uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

"Haj va Umra yagona portali" ishlab chiqiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, uning mobil ilovasi ham bo‘ladi va 1-sentyabrgacha ishlab chiqiladi. Unda:

— "Haj" tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda "Umra" tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi;
— "Haj" va "Umra" faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlar raqamlashtiriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tuman MMTB, FVB, Ekologiya bo‘limi boshliqlari va bojxona inspektori pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, poytaxtimizdagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fanidan saboq beruvchi o‘qituvchini mazkur tumandagi maktablardan biriga direktor lavozimiga tayinlash evaziga o‘z xizmat xonasida 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, "Yangiyo‘l" TIF bojxona posti inspektori xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan holda, Qozog‘iston Respublikasidan bug‘doy olib kelib, qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi MCHJ tomonidan qo‘shni davlatdan temir yo‘l orqali olib kirilayotgan bug‘doy mahsulotlari ortilgan vagonlarni bojxona ko‘rigi hamda rasmiylashtiruvidan muommosiz o‘tkazib berish evaziga uchinchi shaxs orqali 2 ming 700 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand viloyati Jomboy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1988 y.t. fuqaroga yashash xonadonida xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi ochishi uchun uning turar-joyini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish va kelgusida rahnamolik qilish evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 200 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Samarqand viloyati Paxtachi tumani Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyatga tumanda karyer faoliyatini amalga oshirishi uchun ekologik xulosa berish, Qarnab qishlog‘idagi "Nakvoysoy" hududidan tosh-shag‘al qazib olishiga ruxsat berish hamda kelgusida MCHJ faoliyatiga rahnamolik qilish uchun 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy etiladi:

▫️Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, "O‘zbekneftgaz" AJ hamda "O‘zsuvta’minot" AJning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbari lavozimiga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari tayinlanadi;

▫️eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari bevosita Agentlikka bo‘ysunadi;

▫️eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish Agentlik hamda eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.

Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy ta’minlash, ularning xodimlarini stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish hamda malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

2025-yil 1-iyulgacha "E-anticor.uz" da ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining elektron reestrini yuritish, hisobotni elektron taqdim etish, anonim so‘rovnomalar o‘tkazib e’lon qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan quyidagilar egallab turgan lavozimidan ozod etildi:

▫️Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i;
▫️ Buxoro viloyati IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob ma’lumotlar markazi boshlig‘i;
▫️ Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i;
▫️ G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i hamda yana bir o‘rinbosari — Tergov bo‘limi boshlig‘i;
▫️Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i.

Kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra, ular xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

"O‘zRTXB" AJga yangi rais tayinlandi

Qayumov Asadulla Urolovich O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.

Bungacha u Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
➖ 
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun final!

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Pokistonda bo‘lib o‘tgan VIII Xalqaro "Jamoa ruhi" musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 95% natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Xitoy jamoasi (74% natija) ikkinchi, Bahrayn jamoasi (65% natija) uchinchi o‘rinni olgan.

Musobaqada 14 davlat — O‘zbekiston, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, AQSH, Marokash, Xitoy, Iordaniya, Iroq, Turkiya, Maldiv orollari, Shri-Lanka, Belarus, Qozog‘iston va Qatar va Pokistondan jami 31 jamoa ishtirok etgan.

Xalqaro musobaqaning yopilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi oltin medal bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ayrim tadbirkorlarga soliq ma’murchiligida yengilliklar beriladi

Farmonga koʻra:
▫️1-oktyabrdan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinadi.

▫️20 va undan ortiq ishchisi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarga mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan soliq summalarini 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishiga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Soliq qo‘mitasiga "keshbek" bo‘yicha adolatli tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi

Hozirda 2,5 mingga yaqin restoran va kafe QQS to‘lamoqda. Yil boshidan ularga QQSning 20 foizdan 40 foizgacha qismini "keshbek" sifatida qaytarish tizimi joriy qilingan edi. Lekin, hozirgacha bu imtiyozdan bor-yo‘g‘i 69 ta umumiy ovqatlanish korxonasi foydalangani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, salqin ichimlik, tort, muzqaymoq kabi 200 dan ziyod mahsulot alohida-alohida sotilsa, "keshbek" berilmayapti. Vaholanki, ularga ham QQS to‘langan.

Soliq qo‘mitasiga bu boradagi tushunmovchiliklarni tartibga solib, adolatli tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi

Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.

Bu tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyat ekani ta’kidlandi.

"Bir narsani aniq tushunish kerak. Agar tadbirkorlar qimmat bozorlarga ishlasa, ularda mahsulotni ko‘paytirish, sifatni yaxshilashga intilish, ishtiyoq ortadi, manfaat bo‘ladi",

— dedi Prezident.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 21-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 938,20 soʻm (– 26,23)
1 EUR 14 710,73 soʻm (– 33,72)
1 RUB 159,51 soʻm (+ 1,23)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Prezident sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi

Alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqo‘m, Veterinariya qo‘mitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.

Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:

oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi nazorati bilan faqat Sanepidqo‘m shug‘ullanadi;

oziq-ovqat uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi;

— qo‘mita asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro talablarga – Kodeks Alimentariusga muvofiqlashtiradi.

Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ayrim rahbarlar tadbirkorlarga to‘siq bo‘layotgani tanqid qilindi

"Takror va takror aytaman – "hozirgi dunyodagi vaziyat bizga ta’sir qilmaydi" deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat o‘z kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak",

— dedi davlatimiz rahbari.

Lekin ko‘p rahbarlar hali masalaning jiddiyligini, 2 karra ko‘p ishlash kerakligini bilmayotgani, har bir vazirlik, tarmoq va hududlarni birinchi rahbarlari aniq-aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan o‘zi shaxsan shug‘ullanishi shart va zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bir hafta davomida mutasaddilar 3 mingdan ziyod tajribali tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishbilarmonlar xalqaro bozorlardagi tebranishlarga moslashish uchun tezda hal qilish kerak bo‘lgan yangi-yangi masalalarni qo‘ymoqda. Vazirlar, hokimlar, bank va tarmoq rahbarlariga savollar ko‘p.

Ayrim rahbarlar tendensiyalarni o‘rganib, xatarlarni to‘g‘ri baholab, tadbirkorlarga yo‘l ochish o‘rniga o‘zlari to‘siq bo‘layotgani tanqid qilindi.

Bundaylarga nisbatan qattiq chora ko‘rilishi qayd etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlari 10 trillion dollar yo‘qotgani biz uchun qattiq "signal" bo‘lishi kerak — Prezident

Birgina yuqori tariflar oqibatida xalqaro savdo hajmi 3,5 trillion dollarga qisqarib, dunyodagi inflyatsiya darajasi 7,5-8 foizga ko‘tarilishi haqida prognozlar berilmoqda.

"Uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlari 10 trillion dollar yo‘qotgani biz uchun qattiq "signal" bo‘lishi kerak.

Eng katta xavf – pandemiya davrida bo‘lgani kabi dunyo bo‘ylab ta’minot va qiymat yaratish zanjirlarida uzilishlar paydo bo‘lishidadir.

Ayniqsa, bunday holat jahon eksportida yuqori ulushga ega to‘qimachilik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi "drayver" tarmoqlarga katta zarba berishi mumkin",

— dedi davlatimiz rahbari.

O‘ziga nisbatan eng katta import bojlari qo‘yilgan davlatlar endilikda O‘zbekiston eksport qilayotgan yo‘nalishlarga o‘zining mahsuloti bilan kirish uchun agressiv savdo siyosatini yuritishi mumkinligi qayd etildi. Ya’ni, mamlakatimiz kirib borgan ip-kalava, mato, gazlama, tayyor tekstil va maishiy texnika bozorlarida ham ayovsiz raqobat bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yaylovdan foydalanuvchilarning huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlar asossiz – rasmiy munosabat

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yaylov yer uchastkalaridan foydalanayotgan ayrim fuqarolar va xo‘jaliklarning huquqlari buzilayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qo‘mita bayonotiga ko‘ra, davlatimiz rahbarining "Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga asosan, yaylovlardan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yaylovlarni chorvachilik ehtiyojlari uchun foydalanilishini ta’minlash, boshqaruvning ixcham va shaffof tizimini yaratish, ularni noqonuniy daromad manbaiga aylantirishga chek qo‘yish maqsad qilingan.

Hozirda vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda yaylov yer uchastkalari xatlovdan o‘tkazilib, hududiy yaylov xo‘jaliklari balansiga qabul qilinmoqda va ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlanmoqda. Farmon kuchga kirgan sanada ushbu yerlardan doimiy va samarali foydalangan xo‘jaliklar bilan shartnomalar farmon talablariga muvofiq tarzda rasmiylashtirilmoqda.

Qo‘mita bayonotida qayd etilishicha, Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida faqat rasmiy xatlovdan o‘tgan va davlat ro‘yxatiga kiritilgan yaylovlar ijaraga berilmoqda. Shu bois, ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan tarqatilayotgan huquqiy asosga ega bo‘lmagan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ular asossizdir.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi jamoatchilikni ishonchli manbalarga tayanishga, farmon ijrosi bo‘yicha aniqlashtirilgan ma’lumotlar olish uchun tegishli hududiy yaylov xo‘jaliklari boshqarmalariga murojaat etishga chaqirdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi — Prezident farmoni.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston birinchi chorakda 8,7 milliard dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga investitsiya sohasida joriy yil birinchi chorakda qilingan ishlar hamda navbatdagi asosiy vazifalar bo‘yicha axborot berildi.

▫️Joriy yil birinchi chorakda 8 milliard 700 million dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 20 foizga o‘sdi.

Bu mablag‘lar evaziga energetika, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, kommunal va ijtimoiy sohalarda ko‘plab muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Bunda qo‘shilgan qiymat va ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

▫️Birinchi yarim yillik yakuni bilan 18 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda.

▫️Umuman, 2025-yilda 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilishi, 81 ta yirik, 8 mingdan ortiq o‘rta va kichik loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Energiya samaradorligi milliy agentligiga rahbar tayinlandi


Badriddinov Ziyoviddin Bositovich Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori etib tayinlandi.

U 2019-yildan buyon O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston — Osiyo chempioni!

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Buxoro viloyatining Qorovulbozor, Olot, Shofirkon, Peshko‘ tumanlari hamda Kogon shahri hududida daraxt ko‘chatlari yetarlicha parvarish qilinmagani va sug‘orilmagani bo‘yicha 14 ta huquqbuzarlik aniqlanib, mas’ullarga 52 million so‘m jarima qo‘llanildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

1-iyundan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 200 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi va ota-onasi) 100 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘lovlar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5-yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ichki bozorda raqobat muhiti rivojlantiriladi

Kecha imzolangan Prezident farmoni (PF-67-son)ga ko‘ra, ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish sohasida quyidagilar belgilandi, jumladan:

▫️olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi 1994-yildagi Tariflar va savdo bo‘yicha General kelishuv (GATT) va 1994-yildagi mazkur kelishuvning VII-moddasini qo‘llash to‘g‘risidagi Kelishuvda belgilangan umumiy tamoyil va qoidalarga to‘liq muvofiq keltiriladi;

▫️tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda imtiyozlar yoki maxsus bojxona rasmiylashtiruvi tartiblari, jumladan, muayyan aniqlash usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, ularga muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

2025-yil 1-maydan boshlab muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi hamda ularni shakllantirish va hisobga olish Texnik tartibga solish axborot tizimi (TRIS) orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tushumni ko‘paytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan bo‘lmasligi kerak — Prezident

Joylarda yer solig‘i va ijara to‘lovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga ta’sirini o‘rganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

"Tushumni ko‘paytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan bo‘lmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum ko‘payadi, tadbirkorlar ham rozi bo‘ladi",

— dedi davlatimiz rahbari.

Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinishi belgilandi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi.

Buning hisobiga qariyb 40 ming odam ishlaydigan 5,5 ming qandolat va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalarning yillik aylanmasi kamida 50 trillion so‘mga yetadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Chetdan olib kelinayotgan tovarlarni bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘liq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi

Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

"Mahalliy korxonalarimizga yo‘l ochib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur",
— dedi davlat rahbari.

Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sun’iy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘rnini zaiflashtirayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, o‘zimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzlatgich bozorda o‘rtacha 250 dollardan sotilayotgani uchun 30 dollar QQS to‘lanadi.

Xuddi shunday muzlatgichning import narxi sun’iy pasaytirilib, 25 dollar ko‘rsatilgani uchun bor-yo‘g‘i 3 dollar QQS olinayapti. Ya’ni, ishlab chiqaruvchi importga nisbatan 10 karra ko‘p soliq to‘layapti.

Yangi farmon bilan endilikda chetdan olib kelinayotgan tovarlarni bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘liq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Xavf darajasi yuqori bo‘lgan 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi

Sertifikat olish majburiy bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini keskin qisqartirib, mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash amaliyoti joriy qilinadi.

Asbob-uskuna, xomashyo, maxsus texnika, transport importida mamlakatimizda tan olinadigan xorijiy yuqori sifat va nazorat tizimlari mezonlari ishlab chiqiladi, ular import qilinayotganda milliy sertifikat olish talab qilinmaydi.

"Bir so‘z bilan aytganda, biz mahsulotlarning bozorga kirishini yengillashtirib, uni realizatsiyasidagi nazoratni kuchaytiramiz. Bu xalqaro amaliyotda o‘zini oqlagan",
— dedi prezident.

Mutasaddilarga "Bozor nazorati to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Umuman, sinov va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat laboratoriyalari xususiy sektorga investitsiya kiritish sharti bilan berilsa, sohada sifat va raqobat bo‘lishi, xizmat narxi tushishi ko‘rsatib o‘tildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimidagi eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning "qo‘lini bog‘layotgani", sohada korrupsiyani keltirib chiqarayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

25 mingdan ortiq standart, 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga mos kelmaydi. Hozirda 13 mingga yaqin turdagi tovarning 6,5 mingi majburiy sertifikatlanadi, bu esa tannarxni oshiradi.

"Vazirlar, hokimlar qachon tadbirkorlarni eshitib, qaysi standartni yangilash, qaysi birini bekor qilish, nima mahsulotni majburiy sertifikatsiya ro‘yxatidan chiqarishni o‘ylab ko‘rdi? Afsuski, bunga ijobiy javob yo‘q",

— deya qat’iy e’tiroz bildirdi Prezident.

Xususan, investorlar mamlakatimizdagi ko‘p laboratoriyalar talabga javob bermasligi, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytmoqda.

Hozirgi tizimda sertifikatlash organlari bir paytning o‘zida bozor nazoratini ham olib borayotgani, bu esa manfaatlar to‘qnashuviga olib kelayotgani qayd etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Iqtisodiy murakkablik indeksida sezilarli darajada ko‘tarildi

Garvard universiteti tahliliga ko‘ra, o‘tgan besh yilda Iqtisodiy murakkablik indeksida O‘zbekistonning o‘rni 25 pog‘ona yaxshilanib, 105-o‘rindan 80-o‘ringa ko‘tarildi.

Bugungi kunda 162 turdagi milliy mahsulotlarimiz "dunyo bozorlarida raqobat ustunligiga ega" deb e’tirof etilayapti.

Natijada oxirgi yillarda eksport 2,2 barobar oshdi. Tashqi savdo aylanmasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 57 foizga yetdi.

"Bu – iqtisodiyotimiz tashqi bozorlarga qanchalik bog‘liq ekanini ko‘rsatadigan juda katta raqam",

— dedi Prezident.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, ekstremizm va radikallashuv, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish, mintaqada ekologik xavfsizlikni ta’minlash, transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish, shuningdek transport xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar kabi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan ustuvor sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Markaziy Osiyo davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari ikkinchi yig‘ilishi Bayonnomasi qabul qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel