Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Davlatimiz rahbari global iqtisodiy holatga to‘xtaldi.
"Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar o‘rtasida barqaror munosabatlar va o‘zaro ishonchni ta’minlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar bugun samarasiz bo‘lib borayapti.– dedi Prezident.
Albatta, bu jarayonlar zanjirli ta’sir ko‘rsatib, jahon iqtisodiyotini sekinlashuvi va xalqaro savdoni kamayishiga olib kelishi mumkin",
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!
19–22-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli, respublikaning quyidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:
▫️Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
▫️Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
▫️Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
▫️Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
▫️Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
▫️Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
▫️Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
▫️Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
❗️Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi hamda harakatlanuvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Kosovo respublikasida boʻlib oʻtgan Yevropa qizlar matematika olimpiadasida terma jamoamiz aʼzolari 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etgan.
Umra litsenziyasini boshqa turdagi litsenziyalardan qanday farqlab olish mumkin?
Batafsil Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmatining videorolikida.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️Dollarning rasmiy kursi 13 ming soʻmga yaqinlashdi
Markaziy bank 17-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 994,59 soʻm (+ 13,70)
1 EUR 14 761,85 soʻm (+ 38,92)
1 RUB 157,68 soʻm (– 0,99)
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Andijondagi 400 dan ziyod mahallada aholiga tun-u kun xizmat ko‘rsatadigan xususiy tibbiyot punktlari tashkil qilindi. Bu yerda qon bosimini o‘lchash, ukol qilish, fizioterapiya kabi birlamchi oddiy xizmatlar ko‘rsatiladi.
Prezidentimiz bu tajribani ma’qullab, mutasaddilarga bu yil ushbu tizimni qolgan viloyatlardagi kamida 100 tadan mahallada yo‘lga qo‘yishga topshiriq berdi.
Andijonda zamonaviy xususiy klinikalar tashkil etish uchun olti oy davomida sotilmagan davlat obyektlari tadbirkorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 5-yil muddatga ijaraga beriladi, keyinchalik bu obyektlar ularning o‘ziga xususiylashtirib beriladi.
So‘nggi yillarda texnikumlar bo‘yicha ham katta islohotlar bo‘ldi. Lekin Andijondagi 56 ta texnikumning barchasida ham ishlar yangicha tashkil etilmayapti.
Masalan, Andijon 4-son texnikumi va Paxtaobod 2-son texnikumida talabalarning bir vaqtning o‘zida o‘qishi va ishlab, daromad topishi bo‘yicha ijobiy tajriba yaratilgan.
Maktablardagidek o‘z ustida ishlab, salohiyati va ko‘nikmasini oshirgan direktorlarni rag‘batlantiradigan tizim endilikda texnikumlarda ham joriy qilinishi belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Andijon shahrini viloyatning 8 ta hududi bilan bog‘lovchi jamoat transporti mavjud emasligi oqibatida kuniga 80 ming aholi viloyat markaziga 20 mingga yaqin yengil transportda kelishga majbur.
Tig‘iz paytda Andijon shahridagi tirbandlik 7-8 ballga chiqib ketmoqda. Vaholanki, 1 ta kichik avtobus kuniga kamida 400 nafar aholiga xizmat ko‘rsatib, 25 ta yengil mashinani o‘rnini bosadi.
Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib, yangi marshrutlar va viloyat sharoitiga mos avtobus rusumlarini aniqlab, taklif berish topshirildi.
Davlatimiz rahbari Andijon shahri bo‘yicha muhim bir tashabbusni aytdi. Shahar markazida "Andijon turmasi" nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi joylashgan. Kundan-kunga shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilib turgan vaqtda 100-yil oldin qurilgan bunday "sovuq" binoning markazda bo‘lishi noto‘g‘ri ekani qayd etildi.
Shu bois bu obyekt shahar chekkasiga ko‘chirilishi, o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar savdo va servis markazi barpo etilishi belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi iste’molining 20 foizi degani.
Prezident bu namunali loyihani ma’qullab, viloyatning suv oqimi yuqori bo‘lgan ariq va kanallarida 75 megavatt quvvatga ega kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati borligini aytdi.
Andijondagi bunday loyihalarga 40 million dollar ajratilishi belgilandi. Bu mablag‘lar tadbirkorlarga 3-yil imtiyozli davr bilan 7-yilga 12 foiz stavkada beriladi.
Mahalliy komponentni rivojlantirish uchun avgust oyida xitoylik investorlar bilan mikro GES agregatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. E’tiborli jihati, bu investor qurilgan GESlarga 1-yil bepul servis ko‘rsatadi, keyingi 9-yilda kafolatli pulli xizmatni yo‘lga qo‘yadi.
Viloyat hokimligiga bu yil quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo‘lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish choralarini ko‘rish topshirildi. Bu loyihalar ishga tushsa, 38 ming xonadon uzluksiz elektr bilan ta’minlanadi, viloyatning elektr importi 10 foizga qisqaradi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Har yili Andijondan Qirg‘izistonga 200 million dollarlik eksport amalga oshirilmoqda.
Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobodda ham xuddi Afg‘oniston chegarasidagi kabi erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan maslahatlashgan holda ushbu ikkita hududdan bittasini tanlab, master-reja ishlab chiqish topshirildi.
Xo‘jaoboddagi "Do‘stlik" postidagi katta tirbandlikdan aholi ham, tashuvchilar ham norozi ekaniga e’tibor qaratildi. Mas’ul vazirlik va idoralar oldiga tirbandlik sababini o‘rganib, tez fursatda buning yechimi bo‘yicha taklif berish vazifasi qo‘yildi.
"O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy" temir yo‘lini qurish bo‘yicha yirik loyiha ishga tushishi natijasida tashish muddati 1 haftaga, masofasi 1 ming kilometrga qisqaradi, yuk tashish 10 barobar oshadi.
"Lekin, ichki temir yo‘l tarmoqlarimiz, bojxona punktlari, stansiyalar bu yukni qabul qilish va o‘tkazishga qanchalik tayyor?",
- deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.
Mutasaddilarga bu boradagi hisob-kitoblarni qilib, amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Viloyatning turizm salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Xonoboddagi Kampirovot mahallasida 92 gektar hududda turizm markazi tashkil qilinadi. Bunday turizm maskanlari Buloqboshidagi Shirmonbuloq, Xo‘jaoboddagi Tosh ota mahallalarida ham tashkil qilinsa, qo‘shimcha 1 million turist jalb qilish uchun barcha imkoniyatlar bor.
Mutasaddilarga ushbu mahallalarning master-rejasini ishlab chiqib, zarur infratuzilma xarajatlarini hal qilib berish topshirildi.
Viloyat va tuman hokimliklari bu yil 125 million dollarlik 25 ta loyihani yakuniga yetkazish, 3,5 million xorijiy va mahalliy sayyohni jalb qilib, turizm eksportini 200 million dollardan oshirishga mas’ul etib belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Joriy yildan boshlab tomorqadan foydalanish bo‘yicha yangi tizim ishlamoqda. Masalan, Asaka tumani Otash mahallasidagi 810 ta xonadondan 805 tasida issiqxona bor, ularda yiliga 3 marta hosil olinayapti. Xuddi shunday, Obod mahallasidagi 922 ta xonadon egalari issiqxonalardan samarali foydalanyapti.
Viloyatdagi qolgan 907 ta mahallada ham bu tajribadan unumli foydalanish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga Asakadagi mahallalarga arzon urug‘ va mineral o‘g‘it yetkazib berish tizimini butun respublikada joriy qilish topshirildi. Bu tizim orqali urug‘ va o‘g‘it 15 foizgacha arzon sotilmoqda.
O‘tgan yilda Andijonda kambag‘allik 11,9 foizdan 9,5 foizga tushgani bilan respublikada 9-o‘rinda turibdi.
Baliqchi va Oltinko‘lda 5 gektardan issiqxona tashkil qilinib, 100 ta ehtiyojmand oila daromadli qilindi. Issiqxona kambag‘al oilalarga 10 sotixdan ikki yilga ijaraga berilgan. Yiliga 3 marta hosil olish hisobiga har bir oila 150-200 million so‘mdan daromad topadi. Tadbirkor ko‘chat, urug‘, o‘g‘it va yoqilg‘ini yetkazib berib, hosilni o‘zi sotib oladi.
Bu ishlar kambag‘allik yuqori Ulug‘nor, Paxtaobod, Xo‘jaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Bunday zamonaviy issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi.
Yoshlarni tadbirkorlik, yerdan samarali foydalanishga o‘rgatish uchun avvalo ularda kasbiy ko‘nikmani rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Hudud ixtisoslashuvi asosida maktablarda mehnat darslari va kasbiy to‘garakalar tashkil etiladi. Ushbu to‘garaklarga sanoat savdo va servis korxonalari, klasterlar mutaxassislari kelib dars o‘tadi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
So‘nggi sakkiz yilda Andijonda dastgohsozlik sanoati 20 karra o‘sgani qayd etildi.
"Kecha yarmarkada ko‘rdim. Viloyatda bu borada katta maktab shakllanib ulgurdi, yangi korxona qilaman, degan tadbirkorlar ham ko‘p. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Ularni ishlab chiqarishni qancha tez o‘zlashtirsak, iqtisodiyotni yangi texnologik bosqichga o‘tkazishda eng muhim qadam bo‘ladi",
- dedi davlatimiz rahbari.
Masalan, Buloqboshidagi "Molekulyar kimyo" korxonasi respublikada yagona bo‘lgan bo‘yash dastgohlarini ishlab chiqarishni boshlagan. Mutasaddilar yana 10-15 ta shunday tadbirkorni topib, ularga sharoit qilib bersa, vaziyat mutlaqo o‘zgarishi ta’kidlandi.
Afsuski, bunday tadbirkorlarga uskunasi uchun sertifikat olish, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni qiyinligi, uzoq vaqt talab qilgani sababli ular loyihalarga pul tikishdan xavfsirayapti. Mas’ullarga ular bilan yaqin muloqot o‘rnatish va loyihalariga ko‘maklashish topshirildi.
Bundan tashqari, mashinasozlik-konstruktorlik ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish Andijondan boshlanishi belgilandi.
Jumladan, tarmoqlar rahbarlari to‘qimachilik, charm-poyabzal, mebel, avtomobilsozlik kabi "drayver" sohalarda talab yuqori bo‘lgan kamida 5 turdagi import uskunasining texnik ko‘rsatkichini o‘rganadi. Ularning konstruktorlik yechimlarini mahalliy korxonalarga taklif qiladi. Bunday uskunalarni mahalliylashtirish istagidagi tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi.
"Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi O‘zbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.
Bu – islohotlarimizning eng katta natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi",
- dedi davlatimiz rahbari.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
No comment: Andijon viloyatining sanoat yarmarkasiga tashrif.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
No comment: Prezident Andijon xalqaro aeroportida
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga ta’sirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡DXX: Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida
yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani hokimligi mas’ul xodimi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 15 gektar yer maydonini 3-yil muddatga ijaraga berish uchun 360 mln. so‘m talab qilib, shuningdek, o‘z mansab mavqeidan foydalanib, mazkur yer maydonining toifasini kovrak o‘simligini ekishga o‘zgartirish bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga fuqarodan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi banklardan birining Kredit operatsiyalari va axborot almashinuvi bo‘limi boshlig‘i hamda Biznes mijozlarini kreditlash bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, 1992 va 1999-yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro o‘zaro kelishgan holda, O‘rtachirchiq tumani hokimligi tomonidan mahalliy MCHJlardan biriga bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish maqsadida ajratib berilgan 5,99 gektar yer maydonini xaridorga 455 ming AQSH dollariga sotishga kelishishadi.
Ular avans sifatida 70 ming AQSH dollari va mazkur yer maydonining toifasini mansabdor tanishlari orqali issiqxona faoliyatiga o‘zgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari, jami 85 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi, 1984 y.t. fuqaro o‘zining 1989 y.t. singlisi bilan kelishgan holda, tuman hokimligi zaxirasidagi 2500 m2 ekin yer maydonini kadastr idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 66 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 45 ming AQSH dollari va 130 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Xorazm viloyati Yangibozor tumani investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalangan holda, “e-auksion” savdolariga qo‘yilgan 1 gektar yer maydonini mahalliy fuqaroga olib berish evaziga 300 mln. so‘m talab qilib, shundan 243 mln. so‘m hamda 4300 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Andijon shahrida yashovchi, 1986 y.t. shaxs Xo‘jaobod tumani hokimligi tomonidan 2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun 30-yil muddatga ijara asosida ajratib berilgan 30 sotix yer maydonini 1987 va 1988-yillarda tug‘ilgan 2 nafar sherigi bilan kelishgan holda, 27 ming AQSH dollariga sotishini, shuningdek, mansabdor tanishlari orqali yer maydonining toifasini o‘zgartirib, kelgusida qurilish ishlarini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma olib berish evaziga 11 ming 600 AQSH dollari talab qilib, jami, 38 ming 600 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi, 1959 y.t. shaxs soxta hujjatlar asosida o‘zlashtirib olgan, tuman hokimligi zaxirasidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan 26 sotix yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali turar-joy toifasiga o‘zgartirib, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 26 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezidentning Andijonga tashrifi: Yangi O‘zbekiston nafasi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib bormoqda, xalqimizni baland-baland marralarga undamoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident xorijiy investorlar bilan muloqot qildi
Bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo‘lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Qayd etilganidek, qurilgan GESlarga 1-yil davomida bepul servis xizmati ko‘rsatiladi.
Ko‘plab sarmoyadorlar Bobur shahri qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda. Jumladan, xitoylik investor 250 million dollar investitsiya hisobiga zamonaviy majmua qurmoqchi. Loyihaga muvofiq, 55 gektar hududda biznes markazi, mehmonxona, savdo markazlari va 3 ming xonadonga mo‘ljallangan uy-joy quriladi.
Uchrashuvda shu va boshqa loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shu bilan Prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yig‘ilish o‘tkazganidan so‘ng yo‘lda keta turib, ta’ziyali xonadonga ko‘zi tushdi.
Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni – Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim bo‘layotgan edi.
Davlatimiz rahbari ta’ziyada qatnashib, xonadon egalaridan ko‘ngil so‘radi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Yig‘ilishda ijtimoiy soha masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Prezident tibbiyotda Andijon brendini yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlar borligini ta’kidladi.
Bu borada o‘tgan yili 650 o‘rinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga o‘tkazilib, uni ta’mirlash va jihozlashga 180 milliard so‘m berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni o‘zida ham o‘qish, ham amaliyot o‘tash imkonini beradi.
Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yo‘lga qo‘yish, klinika yoniga travmatologiya, pediatriya va jarrohlik, ginekologiya bo‘limini qurib, klasterga aylantirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Bunga yana 100 milliard so‘m ajratilishi ma’qullandi.
Simulyatsion markazda sinovdan o‘tgan tibbiy xodimlarga qo‘shimcha 100 foiz ustama berilishi belgilandi.
Hozir 2 ming nafar namanganlik yoshlar Andijonga qatnab o‘qiyotganini hisobga olib, Namangan davlat universitetidagi tibbiyot fakulteti Andijon tibbiyot instituti filialiga aylanadi. Bu filial keyinchalik mustaqil oliygoh darajasiga olib chiqiladi, Andijon tibbiyot institutiga esa universitet maqomi beriladi.
Umuman, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy va Hindistondan kelib o‘qimoqchi bo‘lganlar hisobiga, viloyatda tibbiy ta’lim eksportini yiliga 20 million dollardan oshirish mumkinligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga xorijdan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun "talaba vizasi" joriy qilish bo‘yicha bir oyda taklif kiritish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Yig‘ilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmog‘idan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmog‘ini qurish zarurligi ta’kidlandi va mutasaddilarga tegishli ishlarni tezroq boshlash topshirildi. Andijon suv ta’minoti korxonasi hududida 18 megavattli quyosh panellari va 98 ta energiya tejamkor nasoslar o‘rnatiladi.
"Xonobod" chegara o‘tkazish punkti tiklangani hisobiga, "Bishkek – Dushanbe – Termiz" xalqaro yo‘lidagi transport oqimi 2-3 karra ko‘paydi. Lekin Xonoboddan o‘tuvchi Qoradaryo ustidagi 150 metrli ko‘prik nosozligi uchun mashinalar uning bir qismidan harakatlanmoqda, tirbandliklar hosil bo‘layapti.
Mutasaddilarga bir oyda ushbu ko‘prikni rekonstruksiya qilish dasturini tasdiqlash va 25 milliard so‘m ajratish topshirildi. Mazkur ko‘prik kelgusi yilda to‘liq ishga tushishi shartligi qayd etildi.
Yangi Andijon massivini Andijon shahri va boshqa hududlar bilan bog‘lash uchun 56 kilometrlik halqa yo‘li qurish zarurligi qayd etildi. Bu yil ushbu yo‘lning 5 kilometrini bitkazish hisobiga Andijon shahriga kelish ancha qisqaradi. Bu yo‘lda 200 ta savdo va servis obyekti barpo etilib, 1 ming nafar aholi ishli bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Bir hafta ichida Andijonda 360 ta bo‘sh va samarasiz ko‘chmas mulk aniqlandi. Shuningdek, 96 ta bino-inshootlar ochiq auksionda yillab sotilmayapti.
Bu obyektlar qulay shart asosida sotilsa, tadbirkorlar loyiha qilib, ish o‘rni yaratadi.
Masalan, Andijon shahri endokrinologiya markazidagi 20 sotix, yonidagi 1-son poliklinikaning 30 sotix bo‘sh yeri auksionga chiqsa, tadbirkor 20 million dollarlik 600 o‘rinli xususiy tibbiyot markazi qurmoqchi. Yoki, Andijon tumani O‘rikzor mahallasidagi ta’mirtalab "O‘quvchi yoshlar markazi" auksionga qo‘yilsa, bu yerga 35 million dollar investitsiya kiritib, jami 6 ming o‘rinli bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohdan iborat ta’lim klasteri qilaman, degan tadbirkorlar ham bor.
Mutasaddilarga bo‘sh yotgan barcha yer va binolarni auksionga chiqarish topshirildi.
"Hammani qattiq ogohlantiraman – tibbiyot va ta’lim tashkilotlariga tegishli bo‘sh binolar faqat "profili"ni o‘zgartirmaslik sharti bilan beriladi",- dedi Prezident.
Yig‘ilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tgan uch yilda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.
O‘tgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan ko‘pi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga to‘g‘ri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.
Mutasaddilarga elektron platforma yaratib, xorijiy investorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar ro‘yxatini yuritish, ular ko‘targan har bir masala bo‘yicha aniq ijrochilarni belgilab, kunlik nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Viloyatdagi 5,7 ming gektar sun’iy suv havzalarining atigi 23 foizida intensiv usulda baliq yetishtirilayapti.
Andijon tumanidagi tadbirkor 15 million dollar hisobiga 320 gektarda intensiv usulda baliq yetishtirish, 500 ta xonadon bilan kooperatsiya qilish tashabbusini bildirgan. Loyiha doirasida 27 turdagi karp balig‘idan mahalliy sharoitga mos baliq nasli yaratish reja qilingan.
Ushbu loyihaga Osiyo taraqqiyot banki ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri 15 million dollar berishga rozi. Buning uchun viloyat hokimligi huzurida loyiha ofisi tashkil qilinadi, tadbirkor va Osiyo taraqqiyot banki bilan uch tomonlama shartnoma imzolanadi.
Mutsaddilarga xorijdan 100 million dollar jalb qilib, yil yakunigacha 1,2 ming gektarda kamida 5-6 ta shunday loyihani yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Umuman, respublikada baliqchilikni rivojlantirishga 150 million dollar resurs beriladi. Shundan 50 million dollari Andijonga ajratiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Oltinko‘ldagi tadbirkor zovurni yopiq tizimga o‘tkazib, 1,1 gektarda 20 ta savdo va servis obyekti qurgan. Tuman hokimlari hech bo‘lmaganda 30 kilometr zovurni shu tizimga o‘tkazsa, 1 mingta savdo-servis obyekti, 10 ming ish o‘rni yaratish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga butun respublika bo‘yicha trassa bo‘yidagi kamida 300 kilometr zovurlarni belgilab, tadbirkorlarga taklif qilish topshirildi. Yil yakunigacha Oltinko‘l tajribasi asosida 10 mingta savdo-servis joyi va 100 mingta ish o‘rni yaratilishi belgilandi.
Shuningdek, viloyatdagi 21 ming gektar adirni 13 ming gektariga suv chiqarib, ekin ekish mumkin. Mutasaddilarga respublikadagi barcha qir va adirlardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
Bunday yerlarga suv chiqarishda nasos ishlatish uchun elektr energiyasi narxi dehqonlarga og‘irlik qilishini inobatga olib, quyosh paneli o‘rnatish uchun moliyaviy instrumentlarni tezroq ishlatish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Andijon hamma sohada islohotlar ijrosiga astoydil kirishib, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o‘zgarishlarni tez olib kirayotgan hududlardan biri ekani ta’kidlandi.
O‘tgan yili viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshladi, 51 ta korxona kichikdan o‘rta toifaga o‘tdi, 13 tasi yiriklashdi. Bir yilda 450 ming aholi ishli bo‘ldi.
Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar obyektlar qad ko‘tardi. Buning hisobiga o‘tgan yili savdo va xizmatlar 13 foizga, sanoat 7,5 foizga oshdi.
"Lekin hayot bir joyda to‘xtab qolmaydi. Odamlar har kuni izlanib, yangi g‘oya va tashabbuslar bilan chiqayapti, oldimizga katta-katta masalalarni qo‘ymoqda",
- dedi Prezident.
Shuni hisobga olib, viloyatga qo‘shimcha 1 trillion so‘m yo‘naltirilishi aytildi.
Viloyat hokimligi, viloyat tashkilotlari rahbarlari, 16 ta shahar va tuman hokimlari aholi va tadbirkorlarni har kuni eshitib, hozirgi sur’atni saqlab qolishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
"Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda mas’uliyat olishi lozim",
- dedi davlatimiz rahbari.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
O‘zbekistonda moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 2025-yil 1-oktyabrga qadar uzaytirildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
No comment: "WBM Fabrics" korxonasi bilan tanishuv.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#tayinlov
Tavboyev Suxrob To‘rabek o‘g‘li Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
S.Tavboyev mazkur tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz