Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yalpi majlisida ishtirok etmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yalpi majlisida nutq so‘zlaydi. Tadbir doirasida davlatimiz rahbari bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#PREZIDENT_QARORI
⚡️Kam ta'minlangan oilalarga elektr va gaz toʻlovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi
2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan, shuningdek, Reestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:
▫️elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha – oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha;
▫️tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Samarqandda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar tarixida yangi sahifa ochildi hamda iqlim sohasidagi zamonaviy tahdidlarga birgalikda qarshi turishga tayyorlik tasdiqlandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston hududlarida "yashil" energetika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, kommunal va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Amirliklarning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar portfeli qariyb 20 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand iqlim forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning aholi punktlari bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbaxni qabul qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu nufuzli instituti bilan shaharlarni barqaror rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va aholi turmush sifatini oshirish borasida ko‘p qirrali sheriklikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
AQSh dollarining rasmiy kursi yana oshdi
Markaziy bank 7-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 947,20 soʻm (+ 26,76)
1 EUR 14 222,50 soʻm (– 30,04)
1 RUB 153,38 soʻm (– 0,14)
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
"Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz"
— "Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz", degan mashhur hikmatli iborani eslatib o‘tishni istar edim. Bugungi kunda bizning vazifamiz – kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rishdan iborat. Buning uchun muloqotlarni mustahkamlash, umumiy ezgu maqsadlar yo‘lida birlashgan barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini uyg‘unlashtirish zarur,
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro iqlim forumida har yili Navro‘z bayrami arafasida daraxt ekish bo‘yicha "Markaziy Osiyoning yashil belbog‘i" mintaqaviy aksiyasini o‘tkazishni taklif etdi.
— Aminmanki, uning tashkil etilishi bizning ezgu an’anamizga va tabiiy ofatlarga qarshi kurashdagi birligimiz timsoliga aylanadi,
Hozirda Prezident Shavkat Mirziyoyev, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Yevropa Ittifoqi yetakchilari ishtirokida Samarqand xalqaro iqlim forumi o‘tmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
"Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi" sammitida delegatsiyalar rahbarlari ikki mintaqa o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish haqida tarixiy qaror qabul qilinadi
"Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi" sammitida Prezident Shavkat Mirziyoyev:
— Sammit yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish haqida tarixiy qaror qabul qilinadi. Qabul qilinadigan hujjatning qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish va qabul qilish zarur, deb hisoblaymiz.
Ishonchim komilki, bizning strategik sherikligimiz aniq qarorlar, loyiha va dasturlar bilan boyitilishi kerak. Shu munosabat bilan, bizning ikki mintaqamiz o‘rtasida sheriklik va hamkorlik bo‘yicha to‘laqonli Bitimni imzolash masalasini ko‘rib chiqishni taklif etamiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi" sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Samarqandda "Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti o‘z ishini boshladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev delegatsiyalar rahbarlarini qutladi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
AQSh dollarining rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 4-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 920,44 soʻm (+ 5,44)
1 EUR 14 252,54 soʻm (+ 295,30)
1 RUB 153,52 soʻm (– 0,03)
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!
8—9-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning quyidagi hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:
▫️Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
▫️Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
▫️Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
▫️Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
▫️Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
▫️Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
▫️Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
▫️Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#PREZIDENT_QARORI
⚡️Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik yordam beriladi
2025/2026 yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:
▫️Reestrlarga kiritilgan oilalarga;
▫️"mahalla yettiligi" xulosasi asosida Reestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga.
Bunda "mahalla yettiligi" tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi.
Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni Reestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Bugun Nukusda har 18 oyda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan birinchi Orol madaniyat sammiti oʻz ishini boshladi. Unda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi hamda nutq soʻzladi.
“Bu hududning betakror madaniyati va o‘ziga xosligini saqlab qolish, ushbu murakkab sharoitda yashayotgan hamyurtlarimizning munosib kelajagini ta’minlash uchun mintaqaga diqqat-e’tiborni jalb etish lozim”,
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand iqlim forumi doirasida O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.
Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda kompaniya bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar portfeli 15 milliard dollarga yetdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand iqlim forumi doirasida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mamlakatimiz va mintaqamizda cho‘llanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish sohasida BMTning ushbu nufuzli tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand iqlim forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchanni qabul qildi.
Mintaqaviy va mamlakat miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil noyabr oyida Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida bildirilgan tashabbuslarni amaliy ilgari surish jihatlari muhokama qilindi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Markaziy Osiyo va Yevroittifoq yetakchilari ishtirokida Samarqand iqlim forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
2040-yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlari yuqori darajadagi suv taqchilligiga duch keladi
— Tahlillarga ko‘ra, Amudaryo va Sirdaryoda suv oqimi kamayishi natijasida 2040-yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlari yuqori darajadagi suv taqchilligiga duch keladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Biz allaqachon insoniyatning eng yirik fojialaridan biri – Orol dengizi qurishi oqibatlarini boshdan kechirmoqdamiz.
Biz suv resurslarini tejash maqsadida irrigatsiya tizimlarini betonlashtiryapmiz. Suvni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat bazasini yaratdik, sug‘oriladigan yerlarning deyarli yarmida ana shunday texnologiyalarni joriy etdik. (Bu salkam ikki million gektar yer maydoni demakdir). Bunday chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yili 8 milliard metr kub suvni tejashga muvaffaq bo‘ldik.
Markaziy Osiyoda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish va bu sohada mintaqaviy dasturni ishga tushirishga chaqiramiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand xalqaro iqlim forumidagi nutqi
Batafsil — https://uza.uz/posts/705336
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Uch oydan so‘ng Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkaziladi
— Biz iyun oyining boshida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklikda Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazamiz. Ushbu tadbirda Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari bilan umumiy qiymati 30 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan joriy loyihalar portfelini taqdim etish niyatidamiz,
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitidagi nutqi
Batafsil — https://uza.uz/posts/705308
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Ayni paytda "Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi" sammitida ishtirokchi delegatsiyalar rahbarlari kun tartibi yuzasidan so‘zga chiqmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo — YI" birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 1,1 milliard dollardan oshgan tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yevroittifoq yetakchilari Prezidentimiz hamrohligida Samarqanddagi "Boqiy shahar" majmuasi bilan tanishdilar.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz