uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev, Yevrokengash Prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayen birgalikda daraxt ekdilar.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari xalq rassomlari Abilxon Kasteev va O‘rol Tansiqboyev asarlari ko‘rgazmasini tomosha qildilar.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️26 ta turfirma jarimaga tortildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita noqonuniy, firibgarlik yo‘llari bilan sifatsiz umra xizmatlari ko‘rsatilishidan ogohlikka chaqirmoqda.

So‘nggi uch oyda "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonun talablari asosan, "Umra" faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirgan 31 ta turfirmada tekshiruv o‘tkazildi va ularning 26 tasiga 75 mln so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev "Medeu" tog‘-chang‘i klasteriga tashrif buyurdilar.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Jumayev Rustam Shuxratovich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari – Moliya, ta'minot va qurilish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jumayev Rustam Shuxratovich O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

AQSH dollarining rasmiy kursi ko‘tarildi

Markaziy bank 1-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 937,16 soʻm (+23,97)
1 EUR 13 937,20 soʻm (+28,40)
1 RUB 154,55 soʻm (+0,38)

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#RASMIY

⚡Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha yangi tariflarning kuchga kirish muddati uzaytirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev
aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, shuningdek, aholi hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga elektr energiyasi va gaz bo‘yicha yangi tariflarning kuchga kirish muddatini kechiktirish topshirig‘ini berdi.

Yangi tariflar avval rejalashtirilgani kabi 1-apreldan emas, 1-maydan kuchga kiradi. 2024-yil 16-apreldagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga buni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritiladi.

Energetika vazirligi

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yurtimiz masjidlarida 2025-yil 30-mart – yakshanba kuni Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari belgilandi

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Joriy yil 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti tadbirlarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (O‘zTMK) jahon miqyosida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lib, volfram sanoatining eng nufuzli tashkiloti – Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasi (ITIA)ning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ushbu tashkilotga qo‘shilgan ilk davlat sifatida tarixga kirdi. 

A’zolik O‘zTMKga global bozor ma’lumotlari va tahlillaridan foydalanish, statistik hisobotlarni olish hamda yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Jo‘rayev Ulug‘bek Shuxratjon o‘g‘li Andijon viloyat hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

U ushbu tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimligining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#RASMIY

RAMAZON HAYITI 30-MART KUNI NISHONLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorini imzoladi.

Qarorga ko‘ra, joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2025-yil 30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilangan.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekistonlik olimlar xalqaro konferensiyada birinchi o‘ringa loyiq topildi

AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida "TMS Annual meeting-2025" jahon konferensiyasi tashkil etildi. Unda aerokosmik, mashinasozlik va ilg‘or materiallar bo‘yicha dunyoning ko‘zga ko‘ringan tashkilotlari, korxonalar va ta’lim dargohlaridan 4000 nafardan ortiq olimlar ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston jamoasi ham "Yuqori entropiyali qotishmalarning mikrostrukturasi va mexanik xossalariga turli issiqlikdagi toblash (annealing) davomiyliklarining ta’siri chuqur tahlili" mavzusida ilmiy ish bilan ishtirok etdi.

Tadqiqot zamonaviy materialshunoslik yo‘nalishidagi dolzarb muammolarga yechim taklif qilgani uchun xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi va birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Ma’lumot uchun, ushbu tadbirda o‘z ilmiy kashfiyoti bilan ishtirok etgan texnika fanlari doktori, professor Elyorjon Jumayev, dunyoning ko‘zga ko‘ringan tashkilotlari jumladan, "Hyundai Motors", "Samsung", "NASA" va "Oak Ridge" milliy laboratoriyalari loyihalarida faoliyat yuritgan yosh o‘zbek olimidir. U 350 dan ortiq yangi turdagi materiallarni kashf qilgan, 7 tadan ortiq xalqaro patent va 16 dan ziyod dunyoning yetakchi jurnallarida ilmiy maqolalari chop etilgan.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

🇮🇷 Eron 2:2 Oʻzbekiston 🇺🇿

Gollar: Hojimat Erkinov 16’, Abbosbek Fayzullayev 53’ — Taremi 52’, 83’.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun, an’anaga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev iftorlik tadbirida ishtirok etadi. Barcha hududlarda yoziladigan iftorlik dasturxonlariga nuroniylar, mehnat faxriylari, ulamolar va ziyolilar, turli din va konfessiyalar vakillari, nogironligi bor va ehtiyojmand yurtdoshlarimiz, jami 60 ming nafarga yaqin kishi taklif qilingan.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Batafsil: https://uza.uz/posts/703394

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi Farmoniga sharh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 488 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 100 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 268 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 86 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayol, 37 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 167 nafarini yoshlar (shulardan, 1 nafari voyaga yetmagan) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Soliq xodimi va MCHJ rahbarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi

Qarshi shahar Soliq inspeksiyasining soliq ma’murchiligi sho‘basi bosh inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, 2 ta dorixona rahbarining ishonchiga kiradi va unga nisbatan qo‘llanilgan 150 mln. so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini sud organlaridagi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 50 mln. so‘m talab qiladi. Lekin, DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 10 mln. 400 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qarshi shahrida kuzatilgan boshqa holatda esa, mahalliy MCHJ rahbari mansabdor tanishlari orqali transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi MCHJga bankdan 1 mlrd. 500 mln. so‘m kredit olib berish evaziga, uning rahbaridan 84 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Noqonuniy tarzda Umra ziyoratiga yuboradigan "Turfirma"larga aldanmang!

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

"Guliston-Toshkent-Chinorkent" yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Ushbu zamonaviy transport vositasi 586 o‘rindiqli bo‘lib, tik turgan yo‘lovchilar bilan birga mingdan ortiq kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Elektropoyezd Gulistondan Chinorkentgacha bo‘lgan masofani 3 soat 30 daqiqada bosib o‘tadi. Yo‘l haqi ham qulay narxlarda belgilangan:

▫️Guliston – Toshkent: 20 ming so‘m;
▫️Guliston – Chinorkent: kattalar uchun 40 ming so‘m, bolalar uchun 23 ming so‘m.

To‘lovni ATTO transport kartasi orqali yoki temiryo‘l chiptaxonalaridan amalga oshirish mumkin.

Elektropoyezd har kuni qatnaydi. Uning harakat jadvali quyidagicha:

▫️Gulistondan jo‘nash: 06:11;
▫️Chinorkentdan qaytish: 15:43.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Iqtidorli yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi

▫️Yoshlarni to‘g‘ri yo‘naltirib, dunyodagi eng ilg‘or universitetlarda o‘qishiga ko‘maklashish maqsadida joriy yil sentyabrdan xalqaro maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bunga dastlab 8-sinf bitiruvchilari orasidan eng iqtidorli 60 nafar o‘g‘il-qiz saralab olinadi. Ta’lim dasturi xalqaro andoza asosida 3 qismdan – asosiy fanlar, ixtisoslik fanlari, yetakchilik va ijtimoiy faollikni o‘rgatuvchi fanlardan iborat bo‘ladi. O‘quv yili 3 davrga bo‘linib, 11 oy davom etadi.

▫️Yoshlarimizni Amerikaning "Pechak ligasi" (The Ivy League) universitetlariga tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun 6 bosqichli Milliy dastur qabul qilinadi. Bu yil dastlab 3 ming nafar o‘quvchi saralab olinadi. Ularga Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi biriktiriladi.

O‘quvchilar Renessans oromgohida yil davomida 3 haftalik intensiv o‘quv kurslarda o‘qitiladi. Yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafari "Pechak ligasi" universitetlariga tajriba almashish uchun yuboriladi.

▫️Chet elda o‘qigan yoshlarni vatanimizda o‘z sohasi bo‘yicha munosib ish bilan ta’minlash maqsadida "Mamlakat oltin fondi hamjamiyati"ni tuzish taklif etilmoqda. U orqali iqtidorli yoshlar yagona platformada birlashtiriladi. Xorijda ta’lim olib qaytganlar uchun imtiyozlar, grantlar, startap dasturlari va boshqa imkoniyatlar yaratiladi. Har yili 25-mayda hamjamiyat qurultoyi o‘tkazilib, unda ta’lim islohotlari, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, chet el oliygohlari tajribasi kabi mavzularda muloqot yo‘lga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi.

▫️2021–2024-yillarda 47 trillion so‘mlik davlat aktivlari sotilgan. Bu – oldingi o‘n yillikdagi ko‘rsatkichdan 30 karra ko‘p.

▫️Xususiylashtirish sohasidagi 2025 yilgi maqsadlar belgilab olindi. Jumladan:

- 30 trillion so‘mlik davlat mulkini sotib, byudjetga kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;

- 116 ta korxonadagi davlat ulushini va 581 ta ko‘chmas mulk obyektini sotuvga chiqarish;

- 6,1 ming gektar yerni auksionga qo‘yib, sotish hajmini 6 trillion so‘mga yetkazish;

- kamida 300 ta kon va maydonni tashabbuskorlarga taklif etib, 500 milliard so‘m tushum tushirish.

▫️Endi tadbirkorlar kamida besh yil ijarada foydalangan davlat mulkini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zi sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda 632 ta shunday obyekt bor.

▫️Paxtasanoatning sotilmay qolgan 131 ta aktivlarini boshlang‘ich bahosi 50 foizgacha pasaytirilib, auksionga chiqariladi. Bunda, tadbirkorlarga to‘lovlarni uch yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

▫️Bozorlarda mahalliy hokimlikning majburiy ishtirok etishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.

▫️Auksionda uzoq vaqtdan buyon sotilmay turgan, maydoni kichik bo‘lgan yonma-yon joylashgan yer uchastkalari birlashtirilib, qayta auksionga chiqariladi.

▫️Mahalliy byudjetga tushumni ko‘paytirish: Toshkent shahrida munitsipal toifadagi joylar xatlov qilinib, elektron bazasi yaratildi. 102 ta samarasiz bino hamda 97 gektar bo‘sh yer aniqlanib, auksionga chiqarish boshlandi. O‘tgan yili bino-inshootlar ostidagi 118 gektar yer uchastkalarini xususiylashtirishdan 60 milliard so‘m tushum bo‘ldi. Bu – 2022-yilga nisbatan 5 karra ko‘p degani. Endi ushbu tajriba barcha viloyat markazlarida, keyingi yil tumanlarda joriy qilinadi.

▫️Bu yil xalqaro bozorlarda davlat ishtirokidagi 28 ta, keyingi yil 10 ta yirik korxona aksiyalari ommaviy savdoga chiqariladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗Toshkent shahrida 7-apreldan 16-maygacha ichimlik suvi rejali o‘chiriladi

2025-yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

▫️Vaqtinchalik suv to‘xtatiladigan manzillar ro‘yxati

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy DXX kubogi o‘tkaziladi.

16 yoshdan – 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishlari mumkin.

1 – bosqich. Tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida;

2 – bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida;

3 – bosqich. Respublika final bosqichi musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi.


Hamkor: O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Jumladan, mazkur mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yong‘indan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni Davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelgan. Eng achinarlisi bunday obyektlar ichida umumiy o‘rta ta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida keng jamoatchilik bilan birgalikda iftorlik marosimida ishtirok etdi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Qariyb 100 kg. giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sariosiyo tumanida yashovchi, 1977 y.t., muqaddam sudlangan shaxs tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Uzun tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 82 kg. 478 gr. "opiy" moddasini olib, mahalliy fermer xo‘jaliklaridan birining noturar binosiga yashirib qo‘ymoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi. Aniqlanishicha, u 2 ming AQSH dollari xizmat haqi evaziga, tojikistonlik narkosavdogarning ko‘rsatmasiga asosan ushbu giyohvandlik vositasini kelgusida belgilangan joyga yetkazib berishi kerak bo‘lgan.

DXX va IIV xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2001 y.t. shaxs sintetik giyohvandlik vositalarini "zakladka" tarzida joylashtirayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, u o‘z qaynonasining yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilganligi aniqlanib, tintuv tergov harakatlari davomida ushbu manzildan 9 kg. 450 gr. "Mefedron" sintetik giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Bundan tashqari, mazkur fuqaro tomonidan mijozlarga sotish maqsadida xufiya joylarga qoldirilgan jami 595 gr. "Mefedron" moddasi ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Boshqa holatda esa Rossiya Federatsiyasidan xalqaro pochta jo‘natmalari orqali boshqa tovar nomi ostida plastik idishda yuborilgan 7 kg. 313 gr. sintetik kannabinoid analogi bo‘lgan "5-Fluro-ADB" giyohvand moddasini qabul qilib olganlarida Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi, 2001 va 2002-yillarda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 2 nafar shaxs DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, ular "WhatsApp" messenjeri orqali tanishgan noma’lum profil egasi topshirig‘iga ko‘ra, 500 AQSH dollari evaziga ushbu ajal og‘usini Toshkent shahridan Samarqand viloyatiga yetkazib berishlari kerak bo‘lgan.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkotik moddani Samarqand viloyatida qabul qilib olgan vaqtlarida Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 2001 va 2002-yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ham ushlandi.
Ulardan birining Samarqand shahridagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan yashirin laboratoriya tashkil qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel