uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

Ertaga ob-havo qanday bo‘ladi?

Gidrometeorologiya xizmati agentligi prognozlariga ko‘ra:

▫️TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo‘ladi.

▫️QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

▫️BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

▫️TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND,
JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

▫️QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

▫️ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

▫️RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda qorga aylanadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodislari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ozarbayjon elchisi Guseyn Guliyev:

– O‘zbekiston xalqini bahor, yangilanish va bunyodkorlik ramzi – Navro‘z olam bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bu yorqin bayramda o‘zbek xalqining ulug‘vorligi, chuqur an’analari, matonati va ravnaqiga intilishi o‘z ifodasini topgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston barcha sohalarda ajoyib o‘sish va taraqqiyotni namoyish etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida iqtisodiyot, ijtimoiy soha va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Bu yutuqlar O‘zbekiston ulkan salohiyatga, kelajakka intilayotgan xalqqa ega davlat ekanining yaqqol tasdig‘i bo‘ldi.

O‘zbek xalqi o‘z an’analarini saqlab, dadil olg‘a intilayotgan buyuk xalqdir. Navro‘z uning kuch-qudrati, birdamligi va yangi marralar sari intilish timsoli.

Qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va yanada muvaffaqiyatlar tilayman, — dedi elchi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Imom Moturidiy va Mahdumi A’zam majmualarini qayta ta’mirlash loyihasi taqdimot qilindi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi qayta tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi lavozimiga Sariyev Kaxraman Ramatullayevich qayta tayinlandi.

K.Sariyev tayinlovga qadar ham O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi

“Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Jarayonlarda mamlakatimiz bo‘ylab jami 10 mln 450 mingta ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 3,2 trln soʻmlik 2
369 ta loyiha gʻolib deb topildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz Bektemirdagi yangi bog‘ga ko‘chat ekishda qatnashdi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

🔹Joriy yilning 23-25 mart kunlari O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

🔹23-25 mart kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanish ehtimoli bor.

🔹23-24 mart kunlari shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🔹Kunduzgi havo harorati asta-sekin 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

"Diplomatik xizmat a’lochisi" va "Diplomatik xizmat fidoyisi" ko‘krak nishonlari ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan tegishli nizomlar tasdiqlandi.

▫️"Diplomatik xizmat a’lochisi" ko‘krak nishoni
bilan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilish va mamlakat obro‘sini oshirish hamda davlatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini samarali ilgari surish borasidagi vazifalarni vatanparvarlik ruhida, sidqidildan va namunali tarzda bajarayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlari taqdirlanadi.

▫️"Diplomatik xizmat fidoyisi" ko‘krak nishoni
bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shgan chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, xorijda doimiy yashaydigan vatandoshlar taqdirlanadi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bir qator korxona va ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurib, mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari bahorgi ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda

Mazkur tadbir zararli hashorotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida mutasaddi idoralarning ruxsati va mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida olib borilmoqda. Yong‘in harakatlari va ularning ko‘lami to‘liq nazorat qilinmoqda.

Ushbu tadbir belgilangan rejaga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya etgan holda amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini yakunlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, xorijdagi yetakchi ta’lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muloqot qildi, ularning fikr va takliflarini tinglab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

"Yangi O‘zbekistonning biznes salohiyatini oshirishda biz sizlarga ishonamiz.

Bir narsadan ko‘ngillaring to‘q bo‘lsin: Prezident doimo sizlarga eng yaqin ko‘makchi, tayanch va suyanch bo‘ladi. Sizlar yangilik qilishdan charchamanglar, men qo‘llab-quvvatlashdan charchamayman.

Shu maqsadda bugun muhokama qilingan, sizlarning hamma taklif va tashabbuslaringiz o‘rin olgan farmonni imzolayman. Ushbu farmonning barcha yengilliklari bugundan qo‘shimcha hujjatlarni kutmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri amaliyotga kiritiladi",
— dedi Prezident uchrashuv yakunida.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekistonda kichik biznes uchun besh yillik strategiya ishlab chiqildi

Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qo‘llab-quvvatlab, yangi biznes yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda ko‘maklashishga, buning uchun hozirni o‘zida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.

Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki "Moliyaviy ommaboplik" dasturi doirasida kichik va o‘rta biznesga 100 million dollar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki "yashil" va innovatsion loyihalar uchun 200 million dollar, Fransiya taraqqiyot agentligi ayollar tadbirkorligi uchun 30 million yevro ajratmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Fermerlar uchun ham muhim yangiliksoliqdan qarzini vaqtida to‘lay olmagani uchun shu paytgacha yig‘ilib qolgan 1 trillion so‘mlik penyani undirishdan voz kechiladi.

Bu haqda davlatimiz rahbari kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

AQSh elchisi Jonatan Xenik:

– Avvalo, O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining mamlakatda keng qamrovli va ortga qaytmas islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyati meni hayratda qoldirdi. Biz iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, shuningdek, O‘zbekistonni savdo va investitsiyalar uchun istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rayotgan Amerika kompaniyalarining qiziqishi ortib borayotganini ko‘ryapmiz.

Navro‘z nafaqat yangilanish va farovonlik timsoli bo‘lgan ajoyib bahor bayrami, balki erishilgan yutuqlarni nishonlash uchun muhim fursatdir.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston fuqarolariga Navro‘z bayrami fayzli bo‘lishini chin qalbimdan tilayman!

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Joriy yilda Samarqandda yirik xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tadi

Bugungi kunda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti va Iqlim forumi, "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari" sammiti, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart:

— Sakkiz yillik islohotlar O'zbekiston o‘z mavqeini mustahkamlash yo‘lidagi ta'sirchan yo‘ldan dalolat beradi. Mamlakat jahon sahnasiga qanday ishonch bilan kirib kelayotgani, butun Markaziy Osiyo mintaqasiga naf keltirayotgani kishini hayratga soladi. Ayniqsa, O‘zbekistonning ta'lim va madaniyat sohasidagi yutuqlari e'tiborga loyiq.

Yilning eng sevimli bayrami – Navro‘zni shu yerda, go‘zal Yangi O'zbekistonda Prezident va diplomatik hamjamiyat bilan birgalikda nishonlash katta sharafdir. Bu voqea, shubhasiz, diplomatik taqvimdagi eng muhim bosqichlardan biridir.

Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qiladi, Samarqand viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Navruz bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bayram tadbirini jonli tarzda Prezident Matbuot xizmatining YouTube dagi rasmiy sahifasida tomosha qiling.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

G‘olib loyihalar yaqin soatlarda e’lon qilinadi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi "High Town Mall" savdo majmuasi bilan tanishdi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Buyuk ipak yo‘li metrosidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha 10 ta bekat quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdimot qilingan yangi loyihaga ko‘ra, Buyuk ipak yo‘li metrosidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha 10 ta bekat quriladi. Bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgiladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutaning
mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi


Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan "Navoiy" chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir jarayonida mamlakatimizdan qo‘shni davlat tomon harakatlanayotgan "Lasetti" rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi, 1978 y.t. fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSH dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, u mazkur pul mablag‘ini deklaratsiyasiz, bojxona nazoratidan yashirib, Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu xorijiy valyutalarni Toshkent shahridagi bozorlarda savdo qiluvchi shaxslardan yig‘ib, mazkur ayolga bergan – poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1989 y.t. fuqaroning Toshkent tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, kelgusida Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tish uchun tayyorlab qo‘yilgan 399 ming 170 AQSH dollari borligi ham aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 1 mln. 273 ming 170 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining mamlakatimiz aholisiga murojaati

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Komadagi bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi

Toshkent viloyatida tug‘ilgan 65 yoshli bemor bir necha yildan buyon jigar sirrozi, fibroz, asid, portal gipertenziya va qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi kabi og‘ir kasalliklar bilan kurashib kelgan.

Milliy tibbiyot markazi shifokorlari, jumladan, tajribali transplantolog Jasur Sobirov boshchiligidagi jamoa bemorni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazib, unga jigar transplantatsiyasi zarurligi haqida qaror qabul qilgan. Biroq operatsiyaga tayyorgarlik jarayonida bemorning ahvoli keskin yomonlashib, ensefalopatiya sababli koma holatiga tushib qolgan.

Bunday hollarda jarrohlik amaliyoti o‘ta xavfli hisoblanadi. Biroq Markaz shifokorlari bemorning hayotini saqlab qolish uchun jasorat bilan harakat qilishgan. Bir necha soat davom etgan murakkab operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgan va bemorning hayoti saqlab qolingan. Bemor bir sutka ichida ongiga qaytgan va o‘zini ancha yaxshi his qila boshlagan.

Bemorning 25 yoshli qizi onasi uchun donorlik qilgan.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Kichik biznes bilan ishlashga mahalladagi hokim yordamchisi, mahalla bankiridan tortib, banklar, bandlik vaziri hamda Bosh vazir o‘rinbosarlarigacha juda katta tizim safarbar qilingani ta’kidlandi.

Mutasaddilarga, viloyat hokimlariga kichik biznes vakillari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yib, ular ko‘targan tizimli masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗Endi oxirgi uch yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan oshmagan, soliqdan qarzi bo‘lmagan korxonani ixtiyoriy tugatishda tekshiruv o‘tkazilmaydi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tadbirkorlikka endi qadam qo‘yganlar uchun "birinchi imkoniyat" tamoyili joriy etiladi

Yangi tadbirkorlar "oyoqqa turib olishi" uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qo‘llab-quvvatlash juda muhimligi ta’kidlandi.

Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil to‘lmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari mas’ullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani ko‘rsatib o‘tildi.

"Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo‘yganlar uchun "birinchi imkoniyat" tamoyili joriy etiladi. Ya’ni, ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, kamchilikni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun "javobgarlikdan sug‘urtalangan" bo‘ladi",

— dedi Prezident.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel