Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot
20 ta tumanda kichik va o‘rta sanoat korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislari tashkil etiladi
Ularga xorijiy muhandis, texnolog, dizayner, buxgalter va marketologlar olib kelinadi. Bu maqsadlarga shu yilning o‘zida 100 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.
Loyiha ofislari korxonalarga tannarxni tushirish, sifat va texnologiyani yaxshilashga, ularni yiriklashtirib, sanoat darajasiga olib chiqishga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, kichik biznesda yangi "drayver" bo‘ladigan uskuna va dastgohlar, tibbiy vositalar, elektronika sanoati, logistika kabi sohalarda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida dasturlar qabul qilinadi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs beriladi
Prezident soha uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
▫️Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.
▫️"Bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs beriladi. Buncha katta mablag‘ ilgari hech qachon bo‘lmagan", — dedi davlatimiz rahbari.
▫️Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi.
▫️Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi.
▫️Bu yildan kichik biznesga 300 million so‘mgacha kredit berish boshlandi. Endilikda bir yilda yiriklashib, kichik yoki o‘rta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuni 150 million so‘mi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha ham 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
▫️Mutasaddilarga oldingi kreditidan kechikkan qarzi bo‘lmagan tadbirkorlarga yangi imtiyozli kredit olish imkonini yaratish topshirildi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
"Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu bizning strategik yo‘limiz!" — Shavkat Mirziyoyev
Davlatimiz rahbarining kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi boshlandi.
"Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu bizning strategik yo‘limiz! Tadbirkorlik qancha tez rivojlansa, mamlakatimiz shuncha qudratli bo‘ladi, xalqimiz shuncha farovon yashaydi.
Dekabr oyidagi "ochiq muloqot"da asosan yirik tadbirkorlar bilan gaplashib, keyingi rejalarni belgilab oldik.
Bugun kichik va o‘rta biznesda tez o‘sayotgan tadbirkorlarga ko‘mak berib, ularni ham "chempion"ga aylantirish uchun nima qilish kerak, degan savolga sizlar bilan birgalikda javob topishimiz zarur",
Soliq qo‘mitasi: TEMU marketpleysi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Abay nomidagi Qozog‘iston milliy opera va balet teatrida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti namoyish etildi. Unda Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.
"Bunday madaniy tadbirlar go‘zal san’atimizni namoyon etibgina qolmay, qardosh millatlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishga yordam beradi.
⠀
Biz, Prezidentimiz tomonidan boshlab berilgan yaxshi qo‘shnichilik an’analariga sodiq qolgan holda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va, albatta, madaniy sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga o‘z hissamizni qo‘shishni maqsad qilganmiz. Xalqlarimiz o‘rtasida totuvlik, ahillik hukm sursa, ushbu mintaqa qudratli hamjihatlik markaziga aylanishi shubhasiz",
#TAYINLOV
Xorazm viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
▫️Davlatov Muradbek Saparbayevich Shovot tumani hokimi;
▫️Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich Xonqa tumani hokimi;
▫️Abdullayev Maqsudbek Hojiyevich Hazorasp tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
#TAYINLOV
Abdullayev Nurali Yusufaliyevich – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Yetakchilar bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini, shu jumladan "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi sammitlarga tayyorgarlikni ko‘rib chiqdilar.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
Hukumat qaroriga ko‘ra, belgilangan toifadagi talabalar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (GPA (grade point average) ko‘rsatkichi) “3,5” va undan yuqori bo‘lgan talabalarga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi.
Bunday imtiyoz beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
❗️O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.
Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida
korrupsiya bilan bog‘liq holatlar aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, "Farg‘ona suv ta’minoti" AJ Qo‘qon shahar bo‘limining muqaddam sudlangan 2 nafar inspektori o‘z xizmat vazifalaridan foydalanib, Qo‘qon shahrida mahalliy qurilish firmasi barpo etayotgan yangi ko‘p qavatli uylardagi jami 555 ta xonadonga ichimlik suvi uchun hisoblagich o‘rnatish, shaxsiy kartochka ochish, sertifikat qilib berish va boshqa xizmatlar evaziga 51 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasining 4-qismi "a" bandi va 28,211-moddasining 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyatida kuzatilgan holatda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJga qarashli "Energosavdo" korxonasining Davlatobod tuman bo‘limi muhandisi metall eritish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJda elektr hisoblagichdan noqonuniy foydalanilganligi sababli, davlatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligini ro‘kach qilib, holatni rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga vositachi orqali 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi va 28,211-moddasining 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Andijon viloyatidagi tumanlardan birining kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqaroga bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish uchun hokimiyat tomonidan ijaraga berilgan 1 gektar yer maydonining 17 sotix qismidagi noqonuniy qurilmani buzish bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik, sudlarga da’vo arizasi kiritmaslik va uni jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan prokuratura organlariga hujjatlar taqdim qilmaslik, shuningdek, keyinchalik ushbu yer maydonining 22 sotix qismini "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun asosida turar-joy sifatida rasmiylashtirilishida yordam berish evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilgan. Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Burbon saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Milliy majlisi Raisi Yael-Braun Pive bilan uchrashdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡Toshkent shahrida yaroqlilik muddati o‘tgan katta miqdordagi mahsulotlar aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, Toshkent shahrida spirtli va salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi 2 ta xususiy korxonaning Yashnobod tumanida joylashgan omborida katta qismining yaroqlilik muddati o‘tgan, umumiy qiymati 429 mln. 629 ming so‘mlik 79.172 dona salqin ichimliklar hamda 134 mln. 845 ming so‘mlik 3.374 dona spirtli ichimliklar saqlanayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, omborda kirim hujjatlariga ega bo‘lmagan, qiymati 1 mlrd. 187 mln. so‘mlik, mahalliy va xorijdan keltirilgan 25.746 dona turli xil spirtli ichimliklar mavjudligi ham aniqlandi.
Tekshiruv davomida salqin ichimliklarning asosiy qismining yaroqlilik muddati maxsus suyuqlik yordamida o‘zgartirilib, sotuvga chiqarish uchun tayyorlab qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘z navbatida, yaroqlilik muddati o‘tgan va kirim hujjatlariga ega bo‘lmagan ichimliklar sifatini tekshirish yuzasidan ekspertiza tayinlandi.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
O‘zbekiston Prezidentini Fransiyada rasmiy kutib olish marosimi
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qo‘shinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga davlat tashrifi doirasida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi. Yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi.
Ushbu tumanlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi.
Bu yil kichik va o‘rta biznes loyihalari infratuzilmasiga ajratilishi belgilangan 1 trillion so‘mga qo‘shimcha 500 milliard so‘m ajratiladi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
2025-yilda kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi ulushi 55 foizga ko‘tariladi
Prezident 2025-yil uchun sohadagi asosiy maqsad va vazifalarga to‘xtaldi. Bular:
– kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55 foizga ko‘tarib, 70 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish;
- yangi bozorlarga kirib borishda transport, sertifikat va standart masalalariga ko‘maklashib, kichik biznes eksportini o‘tgan yilgi 9 milliarddan 12 milliard dollarga olib chiqish;
- ichimlik suvi, kanalizatsiya, yo‘l, qurilish, kommunal xo‘jalik, yetkazib berish, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini 2-3 karra oshirish;
- 1,5 million doimiy ish o‘rni tashkil qilib, sohada band aholi ulushini 75 foizga yetkazish;
- 100 nafardan ko‘p ishchisi bor korxonalarni 4 mingtaga olib chiqish;
- kichik biznesda yangi 100 ta brend mahsulot chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
- kichik biznes ishtirokida 200 ta startap loyihalarni moliyalashtirish.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi boshlanadi.
Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi
Davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor va yangilanish bayrami – Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladilar.
Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvga, shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - YeI" sammiti va Iqlim forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida to‘xtaldilar.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.
Mart oyi oxirida Tojikistonda bo‘lajak uch tomonlama uchrashuvga hamda joriy yil aprel-may oylarida mamlakatimizda o‘tadigan "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi sammitlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
#TAYINLOV
Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Nuʼmon Usmonovich Muxammadiyev adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u (2023-yildan) Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi
Markaziy bank 19-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 935,68 soʻm (–7,71)
1 EUR 14 164,57 soʻm (+56,27)
1 RUB 158,80 soʻm (+5,10)
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda joriy yil aprel oyi boshida Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - YeI" birinchi sammiti va Iqlim forumini tashkil etish hamda o‘tkazish jihatlari ko‘rib chiqildi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi
Hukumat qaroriga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan 10 foizgacha bo‘lgan miqdorda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi abituriyentlar (keyingi o‘rinlarda - belgilangan toifadagi abituriyentlar) uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladi.
Bunda muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat grantiga o‘tish balining 80 foizi va undan yuqori ball to‘plagan belgilangan toifadagi abituriyentlar ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda talabalikka tavsiya etiladi.
Mazkur imtiyoz abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamda ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirishda Davlat komissiyasi tomonidan davlat grantiga belgilangan minimal o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Farg‘ona shahridagi non markazida 16 va 23 kilogramlik ulkan non tayyorlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarida mutlaqo yangi davrni boshlab, ikki tomonlama aloqalar solnomasida oltin harflar bilan bitiladigan tarixiy tashrif.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Toshkent—Termiz yo‘nalishida uchayotgan reys Termiz aeroportidagi qalin tuman sababli Samarqand zaxira aeroportiga qo‘ndi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi
Markaziy bank 13-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 920,00 soʻm (–11,94)
1 EUR 14 102,18 soʻm (–5,27)
1 RUB 149,52 soʻm (–0,66)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga uy sovg‘a qilindi
Yaqinda Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoa a’zosi, farg‘onalik Odinaxon Hamdamova 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi chempionatda 26 ta medal — 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza olib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 15 ta davlat o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz