Bu bazamizda 3-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin
🇺🇿 Aziz hamyurtlar!
Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizga va yaqinlaringizga yaxshilik, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, farovonlik va kuch-quvvat tilaymiz!
Ushbu kun biz bobolarimizga qahramonlik va jasoratlari, tinch osmon va bolalarning tabassumi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yurtimizning har bir fuqarosi aziz faxriylar va Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilarining jasoratini xotirlab, hurmat bajo keltiradilar. Ona vatan mudofaasiga ko‘ksi qalqon ajdodlarimiz nomlari qalbimiz solnomasiga abadiy muhrlangan.
Ushbu ulug‘ ayyom o‘zida mujassam etgan jasorat va qahramonlik, g‘alaba ruhi qalblaringizga ilhom berib, yangi marralar, muvaffaqiyatlar sari yetaklasin!
✅ Xotira deganda biz bu foniy dunyodan oʻtgan ajdodlarimizni eslash, ularning chirogʻini yoqib, ezgu ishlarini davom ettirishni tushunamiz. Bu xalqimizga xos azaliy fazilatdir.
✅ Qadrlash degani — bu asrlar davomida ona diyorimizni, xalqimizning ozodligi va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarimizni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom koʻrsatmoqdir.
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 2100 samolyot, 17342 samolyot motori, 17100 minomyot, 27 000 tankka qarshi otadigan zambarak qismlari, 60 000 harbiy kimyoviy anjom, 22 million mina, 560 000 snaryad, 2 million 318 ming aviatsiya bombasi, 1 million dona granata, 100 chaqirimdan ziyod sim, dala radiostansiyalari, tank va samolyotlar uchun 3 milliondan ortiq radiolampa, 5 bronepoyezd, 18 harbiy-sanitar va hammom oʻrnida foydalaniladigan hamda kir yuviladigan poyezd, 2200 koʻchma oshxona olib ketildi.
Oʻzbekiston 1943-yili nemis-fashistlaridan ozod qilingan hududlarga yordam berishni boshlab yubordi. Masalan, mazkur yilning oktyabrida Oʻzbekistondan Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning dushmandan tozalangan yerlariga 800 nafar vrach safarbar qilindi. 1944-yilning birinchi yarmida esa Ukrainaga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 6700 bosh qoʻy joʻnatildi. 1943-44 yillarda ozod etilgan shaharu-qishloqlarga Qoraqalpogʻistondan 45 800 000 bosh qoramol va qoʻy yuborildi.
Toshkent temiryoʻlchilari vagonlarda turli xil jihozlarni yuborishdi. Stalingradni tiklash uchun 350 nafar quruvchi bordi. Xorazmliklar Xarkovga har xil qishloq xoʻjalik texnikasini joʻnatilgan.
1943-yil avgust oyida dushmandan ozod qilingan joylarga respublikadan 1152 traktor, 25 kombayn, 1138 omoch, 38 seyalka olib ketildi. Sentyabr oyining oxirlarida oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar toʻldirilgan 374 vagon joʻnatildi. 12-oktyabrda Ukrainaga 450 vagonda sovgʻalar bilan birga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming gazlama mollari, kasalxona, maktab va radiouzellar uchun jihozlar yuborildi.
Voronej va Kursk shaharlariga 275 bosh qoramol, 72 tonna gʻalla, 24 tonna quruq meva olib ketildi. Bulardan tashqari, respublika boʻyicha 300 tonna gʻalla, 180 tonna quruq meva, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming metr gazlama, 2600 ming soʻm naqd pul, yuk mashinasi, telefon stansiyasi joʻnatildi. Ukraina uchun 350 traktor, 200 avtomashina,
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
9-may – "Xotira va qadrlash" kuni.
9-may -Xotira va qadrlash kuni.
Xurshid Davron.
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g'urur.
Xotira-elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira -ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi-nurga intilmoq,
Ko'karsa -ikkiga bo'lib tashlaydi.
Yo'lini ustida tursa hatto tog'.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan ,ey ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yo'lg'iz sen haqli!
9-mayga bag'ishlangan ajoyib video rolik suratga olinbdi. Tomosha qiling!
Снят славный сролик посвящённый 9 мая. Посмотрите!
XOTIRA AZIZ-QADR MUQADDAS !
XOTIRA — ABADIY, QADR — MUQADDAS"
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
“Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik, barhayot. Xotira — kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi buyuk omildir. Zero, o'tganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham farz, ham qarzdir”.
ҒОЛИБ ОТАЛАР
Ғалаба!
Шафақда ҳилпирар байроқ.
Ғалаба!
Бу мангу зафар аталар.
Хамон саҳарларни қаршилар уйғоқ
Юз билан юзлашган ғолиб оталар.
Афсуски, қутлуғ саф тобора сийрак,
Афсуски, ҳануз жанг бораётгандай.
Ўн саккиз ёшида йигит жонсарак
Ҳужум учун рухсат сўраётгандай.
Ҳа, дўстлар, қайтадан бош кўтарган ёв,
Лоқайдлик, танбаллик, орсизлик - ғаним.
Сиз борсиз - балога балогардон ғов,
Сиз борсиз - озоддир гўзал Ватаним!
Ҳикмат заридан ҳал олган сўзингиз,
Бугун ғаниматсиз, табаррук, нодир.
Сал кўпроқ уйқуга кетса кўзингиз
Набира кўнглини босар хавотир.
Матонатни Сиздан ўргансин жаҳон,
Бетоқатлар олсин Сиздан саботни.
Нафсини шоҳ қилиб кўтарган нодон
Англасин - ким эрур ганжи ҳаётнинг...
Бахтимизга омон бўлинг, оталар!
Бугун ҳар бирингиз элда назарда.
Сиз борсиз, бизларда камроқ хатолар,
Сизнинг ҳар бирингиз битта саркарда!
Дунёни қутқарган халоскорларим!
Сиз устоз, қолганлар бари талаба.
Сиз билан бутундир юрагим, бағрим,
Сиз борсиз - бизга ҳам ёрдир Ғалаба!
Спасибо за победу вам,
За мир и за покой,
За то, что небо светлое
Над нашей головой.
Спасибо вам за мужество,
За подвиги, труды,
За то, что все вы сделали,
Чтоб не было войны.
Спасибо вам, мы помним,
Мы вас благодарим,
С Победой вас, родные!
Мы мир наш сохраним.
9-may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan "Urush bo‘lmasin" nomli videorolik
Читать полностью…Bugun
9-may Xotira va qadrlash kuni
Aziz faxriylarimizni xamda barcha yurtdoshlarimizni, bugungi 9-may bayrami bilan muborakbod etamiz!
Uy ishi
85-mashq
Bo’lishli fe’l:
Bo’lgan ekan, yurgan emish, kiribdi, so’rabdi, yuribman, javob beribdi, debdi.
Bo’lishsiz fe’l:
Bo’lmaydi, yetishmaydi, sotilmaydi, bilmayman.
1. Shaxs-narsaning harakatini bildirgan so’zlar fe’l deyiladi.
2. Bo’lishli fe’l nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so’roqlariga javob bo’ladi.
3. Bo’lishli fe’lga –ma qo’shimchasini qo’shish bilan bo’lishsiz fe’l hosil bo’ladi.
9-MAY Hotira va Qadrlash kuni.
Mardlik burch va sadoqatdadir.
50 kombayn, 1500 omoch berildi. Stavropol oʻlkasiga 1142 traktor, 400 seyalka 1142 nafar agronom va haydovchisi bilan joʻnatildi. Ozod qilingan joylarga Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari 50 ming bosh qoʻy va 190 ming bosh qoramol yuborgan. Shuningdek, nemis-fashistlaridan tozalangan respublika va viloyatlarga 1944-yili 100 000 kitob sovgʻa qilingan edi.
1943–44 yillarda ozod qilingan yerlarga Oʻzbekistondan 13 000 dan ortiq temiryoʻl mutaxassisi, hunar bilim yurtlaridan 15 000 yosh yigit sobiq Leningrad, Kiyev va Dunayga yoʻl oldi. Oʻzbekiston sanoat sohasida ham katta ishlarni amalga oshirib, Rossiya, Ukraina va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻnlab korxonalarni joylashtirib, ularning ishchi-xizmatchilarini boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminladi.
Oʻzbekistonda harbiy sohada ham beqiyos ishlar amalga oshirildi. Xususan, Respublikada 15 diviziya va brigada tuzilib, ularda Oʻzbeklar salmoqli oʻrinni egalladilar. Oʻsha harbiy qismlardan tashqari oʻn minglab navqiron yigit harakatdagi armiya saflariga yuborildi. Toshkentdagi harbiy bilim yurtlari front uchun bir necha ming komandir va siyosiy xodimlarni tayyorladi.
Urushning dastlabki oylarida Toshkent shahrining oʻzidan 100 ming yigit va qisman ayollar harbiy xizmatga jalb qilindi. Oʻzbeklar Moskva, Stalingrad, Kavkaz, Qrim, Kursk, Dnepr, Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi janglarda qatnashib, Berlingacha bordilar. Shuningdek, Yaponiya bilan urushda ham ishtirok etishgan, partizan urushlarida mardonavor kurashdilar.
Shu tariqa Oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushida fashistlarni tor-mor etishga molini ham, jonini ham tikdi. Bamisoli topgan bitta nonini toʻrtga boʻlib, bittasini oʻziga, qolganini bevosita frontga, soʻng respublikaga koʻchirib keltirilganlarga, jangga ketganlarning oilalariga, harbiy gospitallarga, fashistlardan ozod qilingan hududlarning och-nochor aholisiga berdi.Ayni paytda bir milliondan oshiq farzandlari fashistlarga qarshi janglarda mardonavor kurashdi. Ulardan bir necha yuz ming kishi halok boʻldi va jarohatlandi.
Bevosita janglarda 27 mln.kishining yostigʻi qurigan, boshqa talafotlarni ham qoʻshganda 30 mln. kishi nobud boʻlgan Ikkinchi jahon urushi Oʻzbek xalqiga ham beqiyos katta talofat keltirdi. Minglab ayollar beva va bolalar yetim boʻlib qoldilar. Ota-onalar farzandlari dogʻida qaygʻu-alam bilan bu dunyodan koʻz yumdilar.
Bu maʼlumotlar botir jangchilar, sabrli Oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushida yuksak jasorat koʻrsatganligidan dalolat beradi.
1941 – 1945-yillarda bashariyat boshiga mislsiz kulfatlar yogʻdirgan Ikkinchi jahon urushi frontlarida Oʻzbekistonlik jangchilar ham tarifga sigʻmas qahramonligini namoyon etgan.
Oʻzbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini taʼminlashda ham nimaiki zarur boʻlsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa jamgʻarmasiga 649,9 mln. soʻm naqd pul, 4 mlrd. 226 mln. soʻm zayom puli, 52,9 kg. oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 ta gimnastyorka, 2 636 700 ta paxtalik, 2 221 200 ta etik va qoʻnjli botinka yuborildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 soʻmlik mahsulot joʻnatilgan. Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent toʻqimachilik kombinati front uchun 410 mln metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, koʻp miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari joʻnatildi. Chunonchi, 1 282 000 tonna gʻalla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va hoʻl mevalar shular jumlasidandir. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida 59 mingta ot frontga olib ketildi.
Respublikaning har bir viloyati, shahar va tumani jangchilarga yordam qoʻllarini choʻzishdi. Masalan, 1942-yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qoʻlqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 poʻstin, 18,5 ming litr vino va quruq mevalar olindi. 1943-yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bugʻdoy, 5496 kilo yorma bugʻdoy, 1160 kilo guruch, 418 qoʻy, 8510 kilo quruq meva, Qoraqalpogʻistondan 224916 soʻm naqd pul, 21614 kilo bugʻdoy, 5819 kilo goʻsht, 3700 kilo guruch joʻnatildi.
Qoraqalpogʻistondagi Moʻynoq baliq kombinatidan 20 mln.banka goʻsht va baliq konservasi olingan edi. Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ham jangchilardan hech nimani ayamadilar. 1942-yilning kuzida Surxondaryodan 5998 bosh qoramol, 18 tonna asal, 28 tonna yogʻ, 31 tonna quruq meva, 3000 litr vino olindi. Toshkentdan 52 vagonda oziq-ovqat mahsulotlari yuborildi. 1943-yili Surxondaryo viloyati front ehtiyojlari uchun 14 mln. soʻm naqd pul, 330 tonna goʻsht va yogʻ, 530 tonna bugʻdoy, 180 tonna quruq meva, 33168 dona teri topshirdi.
Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlar ham frontga joʻnatib turganlar.
Ikkinchi Jahon urushining toʻrt yili davomida Oʻzbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 066 000 tonna gʻalla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna sabzavot va hoʻl meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna goʻsht, 5 286 000 dona teri topshirgani maʼlum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta. Bundan tashqari, urush yillarida Oʻzbekiston aholisi mudofaa jamgʻarmasiga jami 649 900 000 soʻm naqd pul oʻtkazib bergan.
Shuningdek, Oʻzbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldaviya va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻn minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va gʻamxoʻrlik namunalarini koʻrsatdi. Jang boʻlayotgan hududlardan koʻchirilgan bir million shaxs boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlandi. Minglab yetim bolalarni oʻzbek oilalari oʻz qaramogʻiga oldilar, farzandlaridan kam koʻrmay tarbiyaladilar. Oʻzbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. 113 ta harbiy kasalxona-gospitalni ham otaliqqa oldi.
Fashistlarning tor-mor qilinishida Oʻzbekistonda urush yillarida ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar katta ahamiyat kasb etdi. Sanoatning asosiy qismi harbiy qurol ishlab chiqarishga yoʻnaltirilib, ular jang maydoniga uzluksiz yuborib turildi.
"Ғалаба билан табриклайман!"
Левитаннинг табрик овози ёзилган ноёб тасма, 9 май, 1945 йил..
Хотира - абадий, қадр - муқаддас
—
Память - вечна, почитание - священно.
📹 1941-1945 yy. Ulug' Vatan urushi. 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan
Читать полностью…#9_𝒎𝒂𝒚_𝑿𝒐𝒕𝒊𝒓𝒂_𝒗𝒂_𝑸𝒂𝒅𝒊𝒓𝒍𝒂𝒔𝒉_𝒌𝒖𝒏𝒊
𝒀𝒖𝒓𝒕 𝒕𝒊𝒏𝒄𝒉𝒍𝒊𝒈𝒊, 𝒙𝒂𝒍𝒒 𝒇𝒂𝒓𝒐𝒗𝒐𝒏𝒍𝒊𝒈𝒊 𝒗𝒂 𝒐𝒛𝒐𝒅𝒍𝒊𝒈𝒊 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝒌𝒖𝒓𝒂𝒔𝒉𝒈𝒂𝒏 𝒂𝒋𝒅𝒐𝒅𝒍𝒂𝒓𝒏𝒊 𝒙𝒐𝒕𝒊𝒓𝒍𝒂𝒔𝒉, 𝒏𝒖𝒓𝒐𝒏𝒊𝒚𝒍𝒂𝒓𝒏𝒊 𝒆'𝒛𝒐𝒛𝒍𝒂𝒔𝒉 𝒗𝒂 𝒖𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒎𝒖𝒏𝒐𝒔𝒊𝒃 𝒂𝒗𝒍𝒐𝒅 𝒃𝒐'𝒍𝒊𝒔𝒉 𝒉𝒂𝒓 𝒃𝒊𝒓𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒐𝒍𝒊𝒚 𝒃𝒖𝒓𝒄𝒉𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒉𝒊𝒔𝒐𝒃𝒍𝒂𝒏𝒂𝒅𝒊.
𝑻𝒊𝒏𝒄𝒉 𝒗𝒂 𝒕𝒐𝒕𝒖𝒗𝒍𝒊𝒈𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒃𝒂𝒓𝒅𝒂𝒗𝒐𝒎 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒊𝒏
✅ Хотира деганда биз бу фоний дунёдан ўтган аждодларимизни эслаш, уларнинг чироғини ёқиб, эзгу ишларини давом эттиришни тушунамиз. Бу халқимизга хос азалий фазилатдир.
✅ Қадрлаш дегани — бу асрлар давомида она диёримизни, халқимизнинг озодлиги ва истиқлолини, эркин ва фаровон ҳаётини мардлик ва шижоат билан ҳимоя қилган фидойи ватандошларимизни ёдга олмоқ, уларга муносиб ҳурмат ва эҳтиром кўрсатмоқдир.
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
Ikkinchi jahon urushi - 1939y. 1sentyabrdan 1945y. 2sentyabrgacha 61davlat ishtirokida sodir bo‘ldi. Jami 65-67 mln kishi halok bo‘lgan. Butun zarar 4 trillion dollar.
SSSR 27 mln xalqidan ajraldi (eng katta talofat). SSSR ga hujum 1941y 22 iyun tongida boshlangan. Ungacha Stalin Gitlerning hujum qilishiga ishonmagan edi.
O‘zbekistondan 1,5 mln kishi safarbar qilingan (jami aholimiz 6,5 mln. 1941y). Shundan 500 ming kishi urushdan qaytmagan.
📹 #9MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI”
(Qisqa videorolik)
Bo’lishli fe’l:
Bo’lgan ekan, yurgan emish, kiribdi, so’rabdi, yuribman, javob beribdi, debdi.
Bo’lishsiz fe’l:
Bo’lmaydi, yetishmaydi, sotilmaydi, bilmayman.
1. Akmal tepalikka chiqdi, Anvar esa qo’rqib chiqmadi.
2. Eshik moysirab g’irchilladi, moylangach esa g’irchillamadi.
1. Shaxs-narsaning harakatini bildirgan so’zlar fe’l deyiladi.
2. Bo’lishli fe’l nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so’roqlariga javob bo’ladi.
3. Bo’lishli fe’lga –ma qo’shimchasini qo’shish bilan bo’lishsiz fe’l hosil bo’ladi.