tstu_online | Unsorted

Telegram-канал tstu_online - TDTrU_online

9985

Hurmatli TDTrU talabalari! ✔️Universitet rahbariyatiga faoliyatni rivojlantirish bo'yicha taklif, mavjud muammo va kamchiliklar haqida yozishingiz mumkin. @tstu_ONLINE_bot Sayt: tstu.uz, manaviyat.tstu.uz

Subscribe to a channel

TDTrU_online

❓5865-savol:
Kantraktdan grantga otishda GPA uchun nechi bal beriladi va yana namalar ahamiyatga olinadi?

***
Assalomu Alaykum grand taqsimotida fayl yuklash uchun bayonoma yuklash keremi yoki rasmni ozi ham bo'ladimi

Javob:
Batafsil
/channel/tstu_online/32068

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5863-savol:
Assalomu aleykum 1- kurslarga zauchniga ariza topshirish qachondan boshlanadi

***
заочныйдан очныйга перевод килса боладими
агар болса перевод качондан бошланади

Javob:
15 iyuldan 5 avgustgacha transfer.edu.uz orqali ariza berish mumkin.

Читать полностью…

TDTrU_online

#Dolzarb90kun

O‘quvchi-yoshlar uchun yozgi sport imkoniyati!

⚽️ Toshkent davlat transport universitetida yozgi ta’til davomida o‘quvchi yoshlar uchun mini futbol maydoni bepul foydalanishga ochildi!
Bu sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va faol dam olish uchun ajoyib imkoniyat

📍 Manzil: Transport universiteti mini futbol maydoni
🗓 Foydalanish: Vaqtingizni oldindan belgilang
📞 Bog‘lanish: Fazliddin aka (+998 93 506 53 53)

💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

🎉 Tabriklaymiz!
📢 “Muhandislik” tanlovining yakuniy bosqichiga yo‘llanma olganlar e’lon qilindi!

Tanlovning 2-bosqichi yakunlariga ko‘ra G‘oya, Loyiha va Ixtiro yo‘nalishlarida eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar orasidan Toshkent davlat transport universitetining quyidagi iqtidorli talabalari Respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar:

🏅 Matqurbonov Bunyodbek Bog‘ibek o‘g‘li
Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi

🏅 Qodirova Oyshaxon Abdurashidxon qizi
Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti magistrantasi

🏅 Normurodov Hasanjon Umidjon o‘g‘li
Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi

📌 Tanlov joriy yilda ilk bor o‘tkazilmoqda. 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha 15 nafardan ishtirokchi saralanib, jami 135 ariza yakuniy bosqichga yo‘llandi.

👏 Iqtidorli talabalarmizni chin qalbdan tabriklaymiz va yakuniy bosqichda ulkan zafarlar tilaymiz!

Читать полностью…

TDTrU_online

🟦🟦🟦🟦

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun!


👔O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi — yurtimiz suvereniteti va mustaqilligining muhim ramzidir. U 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 616-XII-sonli qarori bilan tasdiqlangan.


◼️ Ranglar va belgilar:
▪️ Gerb markazida – quyosh nurlari ostida ochilgan kanotli Humo qushi, xalqimizning ozodlikka intilishi, tinchliksevarligi va oliyjanob orzularining timsolidir.
▪️ O‘ng tomonda – mehnat, baraka va mo‘l-ko‘llik timsoli bo‘lmish bug‘doy boshoqlari,
▪️ Chap tomonda – sharqona go‘zallik va sof tabiatni ifodalovchi paxta g‘unchalari tasvirlangan.
▪️ Gerb tepasida — mamlakatimiz nomi bitilgan “O‘zbekiston” yozuvi tushirilgan lenta, pastida esa Hilol va sakkiz qirrali yulduz, milliy qadriyatlarimiz va islomiy an’analarni bildiradi.
▪️Gerbda yashil (tabiat), oq (poklik), ko‘k (osmon), oltin (baraka va ziyo) ranglar ustuvor. Har bir ramz — xalqimizning urf-odatlari, qadriyatlari va tarixiy merosini mujassam etadi.

◼️ O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi – bu nafaqat huquqiy belgi, balki milliy g‘urur, birlik va mustahkam irodamizning ramzidir!

Erkin Vohidov — “Davlat Gerbi”
(parcha)

Ko‘ksimda gullagan paxtadek oppoq,
Boshoqdek sochilgan oltin donadek,
Tuproqqa mehrin bergan xalqim bor —
Gerbimda aks etgan ulug‘ niyatdek.

Humo parvoz etar orzudek baland,
Ko‘ksida quyosh bor, yuragida nur.
Bu gerb — Vatanimning muqaddas timsoli,
Erkin yurt, ozod xalq, baxtli kelajaktur!


💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5862-savol:
Ассалому Алайкум. Архив булими каерда жойлашган?

Javob:
Avtomobil yo'llari muhandisligi fakulteti binosida

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5860-savol:
Assalauma aleykum
Bu yil bitiruvchilar uchun, bitiruv kechasi bòladimi

Javob:
Iyul oxirlariga rejalashtirilayapti.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5858-savol:
Здравствуйте, на сегодняшний день я обучаюсь в Ферганском Политехе, на направлении "машиностроение" 2 курс. Вопрос: могу ли я осуществить перевод в Транспортный университет?

Javob:
Если один из условий подходит Вам, то можете попробовать подать заявление.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5856-savol:
Assalamu alaykum men 4 kurs bitirdim hozir hamma narsani yopganmz iyul va avgust oylarni stependiyasi beriladimi

Javob:
Bitiruvchi kurslar uchun o'quv yili - 1 iyulgacha. Iyunda oxirgi stipendiya berildi.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5854-savol:
Assalomu aleykum GPA ko'rsatkichi 3.5 dan yuqori bo'lgan talaba to'liq davlat grantiga talabgor bo'la oladimi

Javob:
Albatta

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5852-savol:
Assalomu alaykum. TDTrUning 2025-2026-oʻquv yilida Magistratura uchun qabul rejasi (kvotalari) e'lon qilindimi

Javob:
Yo'q

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5850-savol:
Assalomu alekum 1 semestrni gpa Balini hissoblavotkanda misol uchun:
3.13333333 bo'lsa 3.14 Deb hisoblanadimi ?

Javob:
GPA ball semestr uchun hisoblanmaydi, balki o'quv yili uchun hisoblanadi. Agar Siz aytgan holat bo'lsa, tizim 3,1 deb oladi.

Читать полностью…

TDTrU_online

📣“Yoshlar Yozgi Marafoni – 2025” loyihasi boshlandi!

😀Toshkent davlat transport universiteti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan yozgi ta’til davomida talabalar uchun mazmunli va qiziqarli intellektual hamda ijodiy faoliyatlar tashkil etilmoqda. Loyiha talabalarning bilim, ijod, tafakkur va bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga qaratilgan.

📆1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadigan marafonda quyidagi musobaqalar o‘tkaziladi:


🧠 Onlayn Zakovat – 2025
Har hafta yangi yo‘nalishlarda savollar (tarix, adabiyot, texnika va boshqalar)
📅 3-iyul – 28-avgust
👤 Diyorbek G‘ulomov📲 +998 90 360 12 07


🎬Videorolik tanlovi – “Mening qishlog‘im/shahrim”
📅1-bosqich: 1–20 iyul | 2-bosqich: 1–20 avgust
👤Mansurov Ardasher📲 +998 99 999 84 33


Onlayn Shaxmat – 2025
📅5–7 iyul | 26–28 iyul | 5–7 avgust | 26–28 avgust
👤 Baxrom Norboyev📲 +998 93 588 29 82


🔲 Onlayn Shashka – 2025
📅 5–7 iyul | 26–28 iyul | 5–7 avgust | 26–28 avgust
👤 G‘ulomov Asliddin📲 +998 91 320 54 35


📖 Kitobxonlik to‘garagi
Bolalar va talabalar uchun haftalik mavzuli o‘quv mashg‘ulotlari
📅1–29 iyul (haftada 2 marta)
👤 Shohjahon Saminov 📲+998 91 500 32 00


🎮 3-musobaqa: Online PUBG turniri
📅 Iyul – Avgust oylarida bo‘lib o‘tadi
👤Mas’ul: Sayidaxmedov Firdavs 📲+998 94 953 63 65


😎Tanlov haqida: “Yoshlar Yozgi Marafoni – 2025” loyihasi

🏅Sovg‘alar, sertifikatlar va faol talabalar uchun alohida e’tirof! Yozni bilim va ilhom bilan o‘tkazmoqchimisiz?
Unda ushbu marafon aynan siz uchun!

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺TSTUYOSHLARITTIFOQI">YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

🎥 YOZ – IJOD VA ILHOM FASLI!
Universiteti talabalari uchun maxsus yozgi chellenj!

Yozgi ta’tilni mazmunli va ijodkorona o‘tkazmoqchimisiz? Unda #tstu_mobil chellenjida ishtirok eting!

🔘 Talablar oddiy:
☑️Yashayotgan hududingizdagi chiroyli, betakror manzarani mobilografiya qoidalariga rioya qilgan holda suratga oling!
☑️ Instagram sahifangizga yuklang va storiesda @baratovdilshod_ va @tstu_official sahifalarini belgilab, #tstu_mobil heshtegini qo‘shing!

🗓 Har haftaning oxirida eng kreativ, chiroyli va sifatli videolar mualliflari g‘olib deb topiladi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi! 🎁

🎁 Sovg‘alarni Toshkentda bo‘lsangiz 402-xonadan olib ketishingiz mumkin. Aks holda, o‘qishga qaytganingizda tayyor holatda kutib turadi!

Shoshiling! Bu imkoniyat orqali:
ijodingizni namoyon qiling
qiziqarli videolar orqali yozni yodda qolarli o‘tkazing
sovg‘a yutib oling!

💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

🟦🟦🟦 🟦🟦 🟦🟦🟦 #Dolzarb90kun

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Toshkent davlat transport universitetida yozgi taʼtil davrida tashkil etiladigan to‘garaklar haqida maʼlumot.

📌 Hurmatli talabalar!
Yozgi taʼtil davrini mazmunli, qiziqarli va foydali o‘tkazishingiz uchun quyidagi fan, texnologiya, sport va ijodkorlik yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etildi. Har bir to‘garak mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi.

🏅 SPORT YO‘NALISHLARI:

Futbol
👤 Boboshev Zuxriddin Nasibovich
📞 93 580 41 14
📍 Joylashuv: Sport kompleksi
Vaqti: Chorshanba — 15:00

Basketbol
👤 Xegay Edem Igorevich
📞 90 024 57 79 | 📲 @LebronJames1992
📍 Joylashuv: Sport kompleksi
Vaqti: Seshanba va shanba — 9:00–11:00

Shaxmat – shashka
👤 Rustamov Kamoliddin Jo‘raboyevich
📞 +998 93 581 89 74 | 📲 @kamoliddin1982
📍 Joylashuv: Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti
Vaqti: Payshanba — 10:00–12:00

Kurash
👤 Iskandarov Jamol
📞 998 77 417 21 30 | 📲 @Jamol_19_89
📍 Joylashuv: Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti
Vaqti: Seshanba va payshanba — 10:00–11:30

🔬 FAN VA TEXNOLOGIYA:

Raketalar (Raketasozlik)
👤 Shukurova Sabohat Muratdjanovna
📞 71 299 03 91 | 📲 @Shukurova
📍 Joylashuv: Aviatsiya kafedrasi
Vaqti: Seshanba va payshanba — 11:00

Fizika-texnikaning asosi
👤 Saytdjanov Shovkat Nigmatjanovich
📞 99 795 80 34 | 📲 @Saidshovkat123
📍 Joylashuv: Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti
Vaqti: Seshanba — 11:00

“Al-ximiklar” (Kimyo)
👤 Ergasheva Xikoyat Turobovna
📞 97 713 61 13 | 📲 @ErgashevaHikoyat
📍 Joylashuv: Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti
Vaqti: Seshanba — 11:00

Robototexnika
👤 Sanjar Xakimov
📞 90 739 39 55 | 📲 @ShElektrotexnika
📍 Joylashuv: Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti
Vaqti: Dushanba va juma — 11:00

🌐 TIL VA IJODIY YO‘NALISHLAR:

Fly High (Ingliz tili)
👤 Yuldasheva Aziza Yuldashevna
📞 998 158 788 | 📲 @Aziza080808
📍 Joylashuv: Iqtidorli talabalar markazi
Vaqti: Seshanba, payshanba, juma — 10:00

Mobilografiya
👤 G‘ulomov Latifjon Ilyosjon o‘g‘li
📞 90 018 06 99 | 📲 @GulomovL
📍 Joylashuv: 401-xona
Vaqti: Dushanba va chorshanba — 12:00–13:00

Kitobxonlik to'garagi
👤 Saminov Shohjahon Sharifjon o'g'li
📞 +998915003200 📲@shohjahon_saminov
📍 Joylashuv: 154-maktab binosi
Vaqti: Seshanba 10:00

🎯 Sizga qiziq bo‘lgan to‘garakda ishtirok eting va o‘zingizni yangi sohalarda sinab ko‘ring!
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun ustozlar bilan bevosita bog‘lanishingiz mumkin.

💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5864-savol:
Assalomu alaykum
Qayta topshirish zavochniyalarga qachon boshlanadi

Javob:
/channel/tstu_online/31914

Читать полностью…

TDTrU_online

🟦🟦🟦 🟦🟦 🟦🟦🟦 #Dolzarb90kun

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Toshkent davlat transport universitetida yozgi taʼtil davrida tashkil etiladigan to‘garaklar haqida maʼlumot.

📌 Hurmatli talabalar!
Yozgi taʼtil davrini mazmunli, qiziqarli va foydali o‘tkazishingiz uchun quyidagi fan, texnologiya, sport va ijodkorlik yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etildi. Har bir to‘garak mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi.

🏅 SPORT YO‘NALISHLARI:

Futbol
👤 Boboshev Zuxriddin Nasibovich
📞 93 580 41 14
📍 Joylashuv: Sport kompleksi
Vaqti: Chorshanba — 17:00

Basketbol
👤 Xegay Edem Igorevich
📞 90 024 57 79 | 📲 @LebronJames1992
📍 Joylashuv: Sport kompleksi
Vaqti: Seshanba va shanba — 9:00–11:00

Shaxmat – shashka
👤 Rustamov Kamoliddin Jo‘raboyevich
📞 +998 93 581 89 74 | 📲 @kamoliddin1982
📍 Joylashuv: Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti
Vaqti: Payshanba — 10:00–12:00

Kurash
👤 Iskandarov Jamol
📞 998 77 417 21 30 | 📲 @Jamol_19_89
📍 Joylashuv: Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti
Vaqti: Seshanba va payshanba — 10:00–11:30

🔬 FAN VA TEXNOLOGIYA:

Raketalar (Raketasozlik)
👤 Shukurova Sabohat Muratdjanovna
📞 71 299 03 91 | 📲 @Shukurova
📍 Joylashuv: Aviatsiya kafedrasi
Vaqti: Seshanba va payshanba — 11:00

Fizika-texnikaning asosi
👤 Saytdjanov Shovkat Nigmatjanovich
📞 99 795 80 34 | 📲 @Saidshovkat123
📍 Joylashuv: Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti
Vaqti: Seshanba — 11:00

“Al-ximiklar” (Kimyo)
👤 Ergasheva Xikoyat Turobovna
📞 97 713 61 13 | 📲 @ErgashevaHikoyat
📍 Joylashuv: Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti
Vaqti: Seshanba — 11:00

Robototexnika
👤 Sanjar Xakimov
📞 90 739 39 55 | 📲 @ShElektrotexnika
📍 Joylashuv: Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti
Vaqti: Dushanba va juma — 11:00

🌐 TIL VA IJODIY YO‘NALISHLAR:

Fly High (Ingliz tili)
👤 Yuldasheva Aziza Yuldashevna
📞 998 158 788 | 📲 @Aziza080808
📍 Joylashuv: Iqtidorli talabalar markazi
Vaqti: Seshanba, payshanba, juma — 10:00

Mobilografiya
👤 G‘ulomov Latifjon Ilyosjon o‘g‘li
📞 90 018 06 99 | 📲 @GulomovL
📍 Joylashuv: 401-xona
Vaqti: Dushanba va chorshanba — 12:00–13:00

Kitobxonlik to'garagi
👤 Saminov Shohjahon Sharifjon o'g'li
📞 +998915003200 📲@shohjahon_saminov
📍 Joylashuv: 154-maktab binosi
Vaqti: Seshanba 10:00

🎯 Sizga qiziq bo‘lgan to‘garakda ishtirok eting va o‘zingizni yangi sohalarda sinab ko‘ring!
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun ustozlar bilan bevosita bog‘lanishingiz mumkin.

💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

🎓 Tahlil, himoya va ishonchli qadamlar: bitiruvchilar amaliyotdan ish faoliyatiga!

📌“O‘zsuvta’minot” AJ va Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasidagi amaliy hamkorlik doirasida universitetning bitiruvchi talabalari va magistrlari o‘z bitiruv malakaviy ishlari hamda dissertatsiyalarini aksiyadorlik jamiyati binosida muvaffaqiyatli himoya qildilar.

📣 Bugun ushbu himoyalar yakuniga yetib, bitiruvchilar uchun navbatdagi bosqich — ish faoliyati uchun yo‘l ochildi.
Xususan, “Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha 14 nafar talaba o‘zlari egallagan mutaxassislik bo‘yicha bakalavr yo‘nalishini tamomladi, ularning 12 nafari sohaga oid korxonalarda ish boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

💬Shuningdek, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (transport inshootlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya)” yo‘nalishining jami 25 nafar bitiruvchisidan 19 nafari “O‘zsuvta’minot” AJ tizimidagi korxonalarga ishga tavsiya etildi.

🟣 Umuman olganda, 31 nafar bitiruvchi maxsus tuzilgan komissiya nazorati ostida o‘tkazilgan suhbatlar asosida “O‘zsuvta’minot” AJ tarkibidagi hududiy korxonalarga ishga yo‘llanma oldi.

▶️ Bitiruvchilar quyidagi korxonalarga ishga yo‘naltirildi:

✅ Toshkent shahar suv ta’minoti AJ — 12 nafar
✅ Qoraqalpoq suv ta’minoti AJ — 5 nafar
✅ Toshkent viloyati suv ta’minoti AJ — 5 nafar
✅ Farg‘ona suv ta’minoti AJ — 3 nafar
✅ Buxoro suv ta’minoti AJ — 2 nafar
✅ Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlari suv ta’minoti AJ — har biridan 1 nafardan bitiruvchi.

‼️ Ta’kidlash joiz, mazkur hamkorlik “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan yosh kadrlarga bo‘lgan ishonch, ularning salohiyatini qadrlash va ularni sohaga jalb qilish borasidagi amaliy yondashuvning yorqin ifodasidir.

📚 Ilmiy bilim, amaliy tajriba va mas’uliyatli yondashuv esa suv ta’minoti sohasining barqaror kelajagini belgilaydi.

Читать полностью…

TDTrU_online

#QurilishM | #Dolzarb90kun

📌 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Moliyaviy savodxonlik” to‘garagi faoliyati qizg‘in davom etmoqda!

🏗 Qurilish muhandisligi fakulteti, "Oliy matematika" kafedrasi dotsenti A.A.Eshqobilov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu to‘garak:
Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
Excel MS dasturidagi moliyaviy funksiyalarni chuqur o‘rganish
Amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘nikmalarni mustahkamlash
Shaxsiy byudjetni to‘g‘ri rejalashtirishni o‘rganish

❕ Har bir dars — bu:
🔹 Yangi moliyaviy maqsadlar
🔹 Yangi funksiyalar
🔹 Hayotga yaqin amaliy topshiriqlar

💸 Moliyaviy savodxonligingni oshirishni istaysanmi?
Unda sen ham biz bilan birga bo‘l!
📊 Aql bilan hisobla, bilim bilan yut!

📍 Joy: Qurilish muhandisligi fakulteti, 3-qavat
🕒 Haftada 2 marta, belgilangan jadval asosida

Читать полностью…

TDTrU_online

Ushbu ro'yxat egalarini bugungi quvonchli kunlari bilan muborak etamiz!
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩

AXMEDOVA NAFISA KUDRATOVNA Ishlar boshqarmasi Farrosh
Djumanova Ayjan Baxtiyarovna Hisob va biznes kafedrasi Professor
ABDIYEV ALPOMISH HAMZAYEVICH 3-kurs TVV-8
CHORIYEV JAMSHID XAYRULLO O‘G‘LI 4-kurs MMT-5
ILHOMJONOV BILOL ILHOMJON O‘G‘LI 1-kurs MMT-1-24
YUSUFOV UMARXO‘JA UMID O‘G‘LI 3-kurs HKTE-7r
ASOMITDINOV BAXTIYOR VASPIDDIN O‘G‘LI 2-kurs AEA-14
XIDIROV SIROJIDDIN BAXTIYOR O‘G‘LI 3-kurs AKT-3
SOBIROV SAIDA’LO O‘KTAMJON O‘G‘LI 3-kurs YHT-10
TAJIMOV USMON UMAR O‘G‘LI 1-kurs LT-5-24
UMIROVA SHAHLO ESHDAVLAT QIZI 2-kurs IQT-6
JURAYEV BOBUR ABDUKAXXAROVICH 2-kurs ATM-8
TO‘DAYEV SUNNAT ILXOM O‘G‘LI 1-kurs ATM-9
MUHAMMADIYEV JALOLIDDIN HAMIDULLA O‘G‘LI 1-kurs YU-13-24
ASHURALIYEV SUHROB SUNNATILLA O‘G‘LI 2-kurs BI-10
AHMADOV ISMOIL FARRUX O‘G‘LI 2-kurs MIT-2
ISHMAMEDOV AZAMAT ANVAR O‘G‘LI 2-kurs MIT-2
OMONOV ASILBEK AZIZJON O‘G‘LI 4-kurs EE-6
ABDURASHIDOV ELDAR ABDUGAFUR O‘G‘LI 3-kurs RQ-5r
XUDOYOROV JASUR JAYXUN O‘G‘LI 2-kurs RQ-8
BEGMATOV BAHODIR ALI O‘G‘LI 1-kurs ETM-2-24
ABDUXOLIKOV JAVOXIR ULUG‘BEK UG‘LI 4-kurs SAE-2
BOZOROV JASURBEK TO‘LQIN O‘G‘LI 2-kurs SAE-7 2-OTM
QOBILOVA ZUXRA NORBUTAYEVNA 4-kurs SAB-5
QOBILOV XASAN NORBUTAYEVICH 4-kurs SAB-5
HAMDAMOV FARRUX ABDUVOHID O‘G‘LI 2-kurs SAB-9
JOVLIYEV DAVRON SOBIR O‘G‘LI 4-kurs SEE-3
YO‘LDASHOV OTABEK MAXMUD O‘G‘LI 3-kurs SEE-7
MARDIYEV QOBILJON ODIL O‘G‘LI 3-kurs SEE-8r
MAMALOTIPOV ABDULLA SAID O‘G‘LI 2-kurs SEE-13
XIDOYATOV MIRSODIQ MIRALI O‘G‘LI 3-kurs SBXA-3
KOMILOV AZIMJON SHUXRAT O‘G‘LI 3-kurs SBXT-6a
YEGOROV MAKSIM VASILEVICH 4-kurs SHKTE-3p
XABIBULLOYEVA AZIZABONU SHAVQIDDINOVNA 2-kurs SRQT-5
ABDULLAYEV DAVRON ISMOIL O‘G‘LI 4-kurs STLA-4r
KARIMOV RUSTAM TOLGATOVICH 3-kurs STLA-7 2-OTM
UBAYDULLAYEV DOSTON BOTIR O‘G‘LI 4-kurs STVA-7a
TOVBOYEV ASADBEK MAXMUD O‘G‘LI 3-kurs STVA-11b
DAMINOV SHAYDULLA SODIQOVICH 2-kurs STVA-14
BAXTIYAROV BOBUR ILHOM O‘G‘LI 2-kurs STVA-17
DARYABAEV TAYÍR PUXARBAY ULÍ 2-kurs STVV-12
MEREDOV SANJAR BESHIM O‘G‘LI 4-kurs SYHT-7
HASANOV AZAMAT SHAHOBIDDIN O‘G‘LI 4-kurs SYHT-8a
ERKINOV DILMURAT DAVLATMURAT O‘G‘LI 3-kurs SYHT-15
SULTANOV USMONBEK UTKUROVICH 4-kurs SYHT-7d
MAXKAMOV BOBUR BAXODIR O‘G‘LI 4-kurs SYHT-9b
MIRZABEKOV NODIRBEK AKBARALI O‘G‘LI 2-kurs SYMAL-7 2-OT
NABIJONOV UMIDBEK ABDUSALOM O‘G‘LI 2-kurs SYMAQ-6a
XIKMATOV SHAXZOD SHAVKAT O‘G‘LI 4-kurs STFa-2p
ISROILOV MUHRIDDIN MAXMUDDIN O'G'LI 2-kurs SYMTY-7
KAMOLOV KOMILJON OLIMOVICH 5-kurs SYMAE-1 2-OTM
XAYITMURODOV MIRJALOLJON NURALIYEVICH 5-kurs SYMAL-1a
HASANOV NABIJON IKROM O‘G‘LI 2-kurs SBI-8-2-OTM
YAXSHIBOYEV TURONBEK KILICH O‘G‘LI 1-kurs STVV-1-24
ATABAYEV ARTUR OKTYABR O‘G‘LI 1-kurs STVA-4-24
G‘OFFOROV G‘AYRATJON G‘ANIJON O‘G‘LI 1-kurs STJA-3-24
OMONOV JAHONGIR TO‘RABEK O‘G‘LI 1-kurs STJA-3-24
OKTYABROV FAZLIDDIN HUSNIDDIN O‘G‘LI 1-kurs SYMAE-3-24
XUSANOVA SEVARA SHUXRATOVNA 1-kurs SYU-3-24
ASADOV HAMROZ G‘ANIQUL O‘G‘LI 2-kurs MET-4
AYAPBERGENOV RAUL MINARBAY ULI 2-kurs MAB-8
BAXODIROVA DILOBAR BAXROM QIZI 1-kurs 36B-23
YO‘LDOSHEV ANVAR RENAT O‘G‘LI 4-kurs YMAS-1

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5861-savol:
Men hamma fanlarimni 4 hamda 5 baholariga yopdim. Lekin bizga davlat granti ajratilmagan. Shunga rektor granti ga qanday tartibda ariza topshirsam bo’ladi? qachon ariza ko’rib chiqiladi? Tstu.uz dan topshiramizmi uniyam

Javob:
Yaqin orada bu masala bo'yicha ma'lumot beriladi, Kanalni kuzatib boring.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5859-savol:
Assalovmu alaykum men 4 kursda uqiyman men yozgi maktabda 2 fandan qolib GP balim yetmay qoldi diplomga kirishga. Avgust oyida 4 kurslarga yana yozgi maktab bo'ladimi javob uchun oldindan raxmat

***
Murojaatim shundan iboratki ,men 5-kurs talabasiman , Yakuniy davlat imtixonlaridan qoniqarsiz baho oldim.keyingi imkoniyat beriladi? Keyingi imkoniyat berilishi aniqmi?U qanday tartibda bo'ladi?

Javob:
Kuzda rejalashtirilayapti.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5857-savol:
Asalomu aleykum unversetda masofaviy talim yolga qoyiladimi bu yil

Javob:
Universitetda masofaviy ta'lim mavjud:
https://tstu.uz/uz/page/75

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5855-savol:
Men 2kurs talabasiman va 3kursdan sirtqi ta'limga o'zgartirmoqchiman. Buning uchun GP ball 2.8dan baland bo'lishi kerakmi

Javob:
Sirtqi ta'lim shaklida mos ta'lim yo'nalishi bo'lishi talab etiladi.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5853-savol:
FVV dan ishliman.

Magistraturaga hujat topshirish qachondan boshlanadi ? Qabul qilinsa qaysi oydan öqish boshlanadi ?

Javob:
Magistraturaga hujjatlar qabuli kvota tasdiqlanishi bilan boshlanadi va 30 iyulgacha davom etadi. O'qish sentabrdan boshlanadi.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5851-savol:
Assalomu alaykum javop uchun oldindan raxmat men 2024-yil uqiwimni muzlatgan edim endi uni qanday tilayman universitetga boriw kerakmi yoki onlayin tiklasa ham buladimi

Javob:
15 iyuldan 05 avgustgacha transfer.edu.uz orqali ariza berishingiz mumkin.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5849-savol:
Assalomu alaykum. Ta'lim grandi dasturi bakalavr hamda magistratura bosqichidagi talabalarni barchasi uchunmi?

Javob:
Bu o'quv yilidagi bakalavr va magistr 1-kurs talabalariga taalluqli.

Читать полностью…

TDTrU_online

#teatr

O‘zbekiston Davlat satira teatrida tashkil etilayotgan “Totli ro‘yolar” spektakl namoyishiga barchani taklif qilamiz.

Hurmatli professor-o‘qituvchi (tyutorlar)va talabalar!
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar komissiyasining 2025-yil 30-iyundagi №04-908-sonli xatiga asosan joriy yilning 2-iyul kuni soat 16:00da O‘zbekiston Davlat satira teatri tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini yorituvchi “Totli ro‘yolar” nomli spektakl o‘tkazilishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Davlat satira teatrida tashkil etilayotgan “Totli ro‘yolar” spektakl namoyishiga barchani taklif qilamiz.
Eng asosiy spektakl namoyishiga kirish bepul

💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

#Dolzarb90kun

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Ingliz tili to'garagi faoliyati yurutilmoqda


Iqtisodiyot fakulteti, "Chet tillar" kafedrasi assistenti A.Y. Yuldasheva tashabbusi bilan ingliz tili to‘garagi muvaffaqiyatli davom etmoqda!

To‘garakda talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga, ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini ham jadal rivojlantirmoqda.
Har bir dars — bu yangi so‘zlar, yangi fikrlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z ustingizda ishlash imkoniyati!

Читать полностью…

TDTrU_online

Президент Шавкат Мирзиёев: Фарзандлари билимли, соғлом, мард ва жасур, доимо олдинга интилиб яшайдиган халқ ва давлатнинг келажаги албатта ёруғ бўлади.

Президент Шавкат Мирзиёев: Народ и государство, имеющее образованных, здоровых, смелых и отважных детей, устремленных только вперед, ждет счастливое завтра.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Subscribe to a channel