TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI Veb-sayt: tstu.uz Facebook: facebook.com/tstu.official Instagram: instagram.com/tstu_officialpage Youtube: youtube.com/channel/UCnqWO7QMu5FZrPQkRk2hTXg Tezkor: @tstu_news
#bu_qiziq
Dunyodagi birinchi gumanoid parvozda muvozanatni saqladi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
“Yuk transport tizimlari” kafedrasi professori Ziyoda Adilova “16th International Conference on Thermal Engineering: Theory and Application” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1925-yil 21-iyunda Moskvada birinchi taksilar xizmat koʻrsata boshlagan
21 июня 1925 года в Москве заработали первые такси.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
🎓 “KARYERA KUNI” — talabalar va bitiruvchilar uchun ochiq imkoniyatlar maydoni
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar bandlik va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi hamda Toshkent davlat transport universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu tadbirda:
🔹 Yetakchi davlat va nodavlat korxonalar
🔹 Xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar
🔹 Ish beruvchilar va kadrlar bo‘limi vakillari bevosita ishtirok etadi.
– Bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot takliflari
– Ish beruvchilar bilan yuzma-yuz suhbat
– Davlat xizmatiga kirish bo‘yicha tavsiyalar
– Huquqiy maslahat va treninglar
Transport universiteti talabalari uchun “Ijtimoiy faollik indeksi”ni baholash tizimi joriy etildi
Toshkent davlat transport universitetida talabalarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini baholash maqsadida “Ijtimoiy faollik indeksi”ni aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur baholash tizimi 10 ta asosiy mezon asosida shakllantirilib, 100 ballik tizimda amalga oshiriladi. Faollikni baholash maxsus platforma orqali, HEMIS axborot tizimi bilan integratsiyalashgan holda bajariladi.
Agar sizda ushbu tizim bo‘yicha savollar, tushunmovchiliklar yoki murojaatlar mavjud bo‘lsa, quyidagi fakultet mas’ullariga murojaat qilishingiz mumkin: ⬇️
Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti
👤 Sotvoldiyev Abduvohid Ro‘ziboy o‘g‘li
📞 +998 71 299 04 78 | +998 91 134 60 03
@Abduvohid_Sotvoldiyev
Asosiy bino, 239-xona
Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti
👤 Aripov Nodir Kadirovich
📞 +998 71 299 02 59
@NodirKadirovichAripov
Asosiy bino, 354-xona
Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti
👤 Ashurov Ortiq Foziljonovich
📞 +998 97 429 70 10
@Ashurov\_OF
Litsey binosi, 108-xona
Qurilish muhandisligi fakulteti
👤 Tursinaliyev Dilshodjon Murodjon o‘g‘li
@DilshodTDTU
Asosiy bino, 308-xona
Iqtisodiyot fakulteti
👤 Po‘latov Ma’ruf Murodulla o‘g‘li
📞 +998 71 299 03 36 | +998 93 313 81 09
@logistik_2023
Asosiy bino, 439-xona
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti
👤 Xolboyev Sherzod Faxriddin o‘g‘li
📞 +998 71 299 02 39
@sh_f_kholboyev
Asosiy bino, 263-xona
Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti
👤 Pulatova Tojinur Asipjanovna
👤 Abduvaxidov Abdumutalib Abdubashir o‘g‘li
📞 +998 93 376 60 06 | +998 97 411 90 90
@TojinurPulatova | @Abdubashirovich_7
Fakultet binosi, 104k-xona
Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti
👤 Xaydarov Doniyor Abdurahmon o‘g‘li
📞 +998 71 299 03 79
@doniyor_301
Litsey binosi, 101-xona
#Himoya #Bakalavr
Transport universiteti bakalavriat bosqichi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayonlari bevosita ishlab chiqarish obyektlarida tashkil etilmoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1993-yil 20-iyunda Yevrotunnel orqali birinchi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
20 июня 1993 года было запущено первое движение поездов по Евротоннелю.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Oliy ta’limda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat transport universiteti prorektori Dilshod Baratov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida 2025-yil 16–18-iyun kunlari barcha oliy ta’lim tashkilotlarining (davlat, nodavlat va xorijiy) yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari (direktor o‘rinbosarlari) uchun tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kursida ishtirok etdi.
Unda tajribali mutaxassislar ishtirokida prorektorlarning yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan yondashish, ularni vatanparvarlik, ota-onaga hurmat, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi bilim, ko‘nikma va malakalari yanada mustahkamlanmoqda.
#oav_biz_haqimizda
MY5 TV | Transport universitetida “Qurilishda yashil iqtisodiyot, suv va atrof-muhitni asrash tendensiyalari, ekologik muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Xitoy – Markaziy Osiyo: Talantlar, texnologiyalar va taraqqiyot yo‘lida hamkorlik
Xitoyning Harbin shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo: talantlar almashinuvi” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Forumning ilk kunida Toshkent davlat transport universiteti va Harbin muhandislik universiteti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Xitoyning Markaziy Osiyodagi infratuzilmaviy diplomatiyasi faqatgina yo‘llar yoki temiryo‘l qurilishi bilan cheklanmaydi. Bu – ishonchni mustahkamlash, o‘sishga keng yo‘l ochish va umumiy kelajakni bog‘lashga qaratilgan hamkorlik modelidir.
Global miqyosda tobora bo‘linayotgan siyosiy va iqtisodiy makonda bunday yondashuvlar ertangi kun uchun ishonch uyg‘otadi. Aynan shunday daqiqalarda, Markaziy Osiyo – Xitoy ikkinchi sammiti arafasida butun e’tibor Ostona shahriga qaratilgan. Bu yerda davlat rahbarlari nafaqat hozirgi bosqichgacha bo‘lgan yutuqlarni tahlil qilmoqda, balki mintaqaning yanada uyg‘un, barqaror va farovon kelajagi uchun yo‘l xaritasini belgilab olmoqda.
Sammit doirasidagi muhim tadbirlardan biri — Harbin shahrida o‘tayotgan “Xitoy – Markaziy Osiyo: talantlar almashinuvi” mavzusidagi xalqaro forumdir. Forum bugun o‘z faoliyatini boshladi va inson kapitalini rivojlantirish orqali mintaqalararo hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur anjumanda:
Xitoy Xalq Respublikasining texnik muhandislik, transport va logistika sohalarida yetakchi hisoblangan 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektorlari boshchiligidagi delegatsiyalar,
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qoraqalpog‘istondan tashrif buyurgan 30 dan ziyod universitet vakillari ishtirok etmoqda.
Forumning ilk kunida Toshkent davlat transport universiteti va Harbin muhandislik universiteti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu hujjat qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishini nazarda tutadi. Bu esa oliy ta’lim sohasidagi o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi.
Forum o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va texnologik hamkorlik istiqbollari keng muhokama qilinmoqda. Bugungi tashabbuslar ertaga sanoat klasterlari, texnoparklar va logistika markazlarining shakllanishiga asos yaratadi.
#bu_qiziq
Xitoyda shaharlararo qatnovlar “Hyperloop” poyezdlari yordamida bog‘lanadi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universiteti professor-o‘qituvchilari Pekin transport universitetida o‘tayotgan xalqaro seminarda faol ishtirok etmoqda
Toshkent davlat transport universitetining 8 nafar professor-o‘qituvchisi Xitoyning Pekin transport universitetida boshlangan O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishiga bag‘ishlangan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pekin transport universiteti dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari reytingi — “QS World University Rankings 2024”da #901–950 o‘rinlar qatoridan joy olgan.
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#oav_biz_haqimizda
Oʻzbekiston 24 | Transport universitetida “Qurilishda yashil iqtisodiyot, suv va atrof-muhitni asrash tendensiyalari, ekologik muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
2009-yil 18-iyunda Lunar Reconnaissance Orbiter kosmik kemasi uchirilgan
18 июня 2009 года состоялся запуск космического корабля Lunar Reconnaissance Orbiter.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Uchuvchi bo’lishni xohlaysizmi?
Toshkent davlat transport universitetida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash bo‘yicha “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” ta'lim yo’nalishi bo'yicha qabul boshlandi.
Talablar va imkoniyatlar 👉 https://tstu.uz/uz/blog/1587
Yo’nalish uchun ro’yhatdan o’tish uchun:
👉 https://sayt.tstu.uz/admission_avia
Murojaat uchun:
Tel: +998712990379
+998712990383
+998712990393
Reklama
#Himoya #Bakalavr
Transport universiteti bitiruvchilari bitiruv malakaviy ishlarini ishlab chiqarish muassasasida himoya qilmoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
⚡️2025–2026 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda
📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.
📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.
2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.
🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Havo orqali qatnov imkoniyatlari kengaymoqda
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Toshkent davlat transport universiteti 1-kurs talabalariga: grantlarni qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma
Ariza topshirish uchun sayt havolasi: https://tstu.uz
“Xitoy – Markaziy Osiyo: Talantlar, texnologiyalar va taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” xalqaro forumi
Forum doirasida o‘tkazilgan “Transport, logistika va intellektual transport tizimlari” mavzusidagi tematik sessiyada Toshkent davlat transport universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Baxodir Turayev ma’ruza bilan ishtirok etdi.
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
📚 “100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!
📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
“Odamiylik mulki” — taniqli yozuvchi Tohir Malik tomonidan yozilgan axloqiy-ma’naviy yo‘nalishdagi asar bo‘lib, u insonning hayotdagi o‘rni, insoniylik, halollik, vijdon, iymon, muhabbat, or-nomus kabi yuksak qadriyatlar haqida chuqur fikrlar bilan to‘ldirilgan. Asar ko‘proq axloqiy-tarbiyaviy darslik sifatida o‘qiladi.
‼️ Ishtirok etish juda oson‼️
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang
🏆 Bu kitob iyun oyida 3-kurslar uchun tavsiya etiladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Koʻp funksiyali yoʻltanlamas avtobus
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
📚 “100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!
📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
"Ikki eshik orasi" — O‘tkir Hoshimovning eng mashhur va ta’sirli romanlaridan biri bo‘lib, inson hayoti, vijdon, iymon, adolat, jamiyatdagi haqiqat va yolg‘on haqida chuqur falsafiy mushohadalarni o‘z ichiga oladi. Asarning nomi ramziy bo‘lib, tug‘ilish (birinchi eshik) bilan o‘lim (ikkinchi eshik) orasidagi hayotni anglatadi.
‼️ Ishtirok etish juda oson‼️
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang
🏆 Bu kitob iyun oyida 2-kurslar uchun tavsiya etiladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Toshkent davlat transport universiteti – QS World University Rankings reytingining TOP-1200 oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatida!
Har yili e’lon qilinadigan dunyoning eng nufuzli reyting tizimlaridan biri — QS World University Rankings 2025 natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat transport universiteti ilk bor global 1201+ o‘rinlar qatoridan joy oldi.
Bu natija — universitetimizning xalqaro reytinglarda ishtiroki borasidagi muhim tarixiy bosqich bo‘lib, dunyoning TOP-1000 oliy ta’lim muassasalari safiga kirishga bir qadam yaqinlashganimizni anglatadi.
Reyting indikatorlari orasida:
Akademik reputatsiya bo‘yicha universitetimiz dunyoning TOP-600 talik ro‘yxatidan,
Ish beruvchilar e’tirofi (employer reputation) bo‘yicha esa TOP-800 talikdan joy olgan.
#kun_tarixi
2010-yil 19-iyunda Moskva metrosining Maryina Rosha stansiyasi ochilgan
19 июня 2010 года открылась станция Московского метрополитена «Марьина Pоша».
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
📚 “100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!
📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
"Shum bola" – o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi G‘afur G‘ulom tomonidan yozilgan mashhur povest bo‘lib, unda bolalik sho‘xligi, hayotiy sarguzashtlar va o‘ziga xos ijtimoiy voqealar aks ettirilgan. Asar bosh qahramoni – Shum bola laqabli bola bo‘lib, u o‘zining sho‘xligi, topqirligi va sarguzashtlarga chanqoqligi bilan kitobxonni o‘ziga tortadi.
‼️ Ishtirok etish juda oson‼️
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang
🏆 Bu kitob iyun oyida 1-kurslar uchun tavsiya etiladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Toshkent davlat transport universiteti THE Impact Rankings 2025 reytingida
Toshkent davlat transport universiteti nufuzli Times Higher Education (THE) Impact Rankings 2025 reytingiga rasman kiritildi. Universitetimiz dunyo bo‘yicha 2 318 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 1001+ o‘rinni egalladi.
Impact Rankings — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) doirasida oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik barqarorlikka qo‘shgan hissasini baholaydigan global reytingdir.
Joriy yilgi nashrda Transport universiteti 17 ta SDGdan 14 tasida faol ishtirok etib, o‘zining barqarorlik, innovatsiya va ijtimoiy mas’uliyat borasidagi sadoqatini namoyon etdi.
Quyidagi yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishildi:
SDG 11 – Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari: 101–200-o‘rin
SDG 6 – Toza suv va sanitariya: 201–300-o‘rin
SDG 7 – Arzon va toza energiya: 401–600-o‘rin
SDG 9 – Sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma: 601–800-o‘rin
SDG 17 – Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik: 601–800-o‘rin
❓Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.
❓To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?
❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
❓Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?
✅ Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.
❓Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Dunyodagi eng katta yuk samolyoti loyihasi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Toshkent davlat transport universiteti “Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “THE Global Sustainable Development Congress”da ishtirok etmoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News