Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: t.toshkent_shxtbb@exat.uz Телефон — (+998) 71 237 08 01
#qabul_2025
2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi.
Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:
murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;
shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.
Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.
2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.
Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan bilimdon o‘quvchilarimizga omad tilayman!
@hilola_umarova
✅Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi doirasida tadbir uyushtirildi.
🎥Tafsilotlar bilan O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
✅Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 8-sonli umumta'lim maktabida “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shoiri ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
🔰Tadbirga faxriy ustozlar taklif qilindi. Unda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish qilindi.
💐Bayram so'nggida faxriy pedagoglarga maktab ma'muriyati tomonidan ta'sis qilingan esdalik sovg'alar topshirildi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
Давлатимиз раҳбари Ғалабанинг 80-йиллигига бағишланган тантанали тадбирларда иштирок этди.
—
Глава нашего государства принял участие в торжественных мероприятиях по случаю 80-летия Победы.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
✅Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 83-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shoiri ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
🎥Tafsilotlar bilan vidoyelavhamiz orqali tanishing.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
✅Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorligida poytaxtimizning "Yosh tomoshabinlar" teatrida 10-Frankofon teatr festivali o'tkazildi.
🎭Festivalda jami 18 ta teatr truppalari (Oliy taʼlim vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi muassasalaridan to'qqiztadan) oʻzlari tayyorlab kelgan sahna asarlarini namoyish etdilar. Ularning chiqishlari yuqori malakali xorijiy va mahalliy ekspertlardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan baholanib borildi.
🏆Yakunda gʻoliblar sakkizta nominatsiya boʻyicha taqdirlandi. Quvonarlisi, Olmazor tumanidagi 196-sonli umumta'lim maktabi jamoasi "Eng yaxshi teatr senariysi" nominatsiyasi gʻolibi deb topildi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
🇸🇱Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 232-sonli umumta'lim maktabida ham 9-may — Xotira va qadrlash kuni tadbirlari “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shoiri ostida munosib o'tkazildi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
✅Mirobod tumanidagi 158-sonli umumta'lim maktabida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab an’anaviy harbiy-sport estafetasi bo‘lib o‘tdi.
🏆Unda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari harbiy-sport chiqishlari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish mahoratlarini namoyish qildilar. Jumladan, barcha jamoalar sport estafetasida qatnashib, arqon tortish, tog‘ tugunlarini bog‘lash, O‘zbekiston Qurolli kuchlari tarixiga oid savollarga javob berishdi.
💐O'quvchi-yoshlarning mahoratini faxriylar — polkovnik Siroj Nusrullaev, mayor Hamid Axmedovlar baholab bordi. Tadbir so'nggida faxriylarga maktab ma'muriyati va o'quvchilar gullar, esdalik sovg'alari topshirishdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
😇 «UDEA»da Ochiq eshiklar kuni!
Nimalar Sizni kutmoqda? 👇
— Ta’lim dasturlari va grantlar bo‘yicha taqdimot
— Fakultet a’zolari bilan interaktiv savol-javoblar
— Zamonaviy kampus bo‘ylab sayohat qilish
— Yangi do‘stlar va mentorlar bilan jonli muloqot.
📅 Qachon: 10-may, juma
🙋 Kim uchun: abituriyentlar va ota-onalar
📍 Qayerda: 41.2674179,69.1673436,12z/data=!4m8!4m7!1m0!1m5!1m1!1s0x38ae8b5387e89e01:0x16b3e1190dce45ec!2m2!1d69.2497444!2d41.2674473?entry=ttu">UDEA kampusi — Yakkasaroy tumani, Boshliq 3
🔗 ROʻYXATDAN OʻTING
📌 «Ochiq eshiklar» kuniga tashrif buyuring va «UDEA» talabasi sifatida o‘z imkoniyatlaringizni kashf eting.
------------------------------
😇 Open Day at «UDEA»!
What to expect 👇
— Engaging Presentations on Academic Programmes & Scholarships
— Interactive Q&A Sessions with Faculty members
— A guided tour of our Modern Campus
— Network with fellow prospective students and faculty
📅 When: May 10, Friday
🙋 For Whom: appliciants & parents
📍 Where: 41.2674179,69.1673436,12z/data=!4m8!4m7!1m0!1m5!1m1!1s0x38ae8b5387e89e01:0x16b3e1190dce45ec!2m2!1d69.2497444!2d41.2674473?entry=ttu">UDEA Campus — 3 Boshlik street, Yakkasaray district
🔗 REGISTER HERE
📌 Attend the «Open Day» and unlock your potential as a «UDEA» student!
🔹 Instagram🔹 Facebook🔹 Telegram🔹 udea2931">YouTube
200 ta grantdan biriga ega bo‘ling va UDEA’da Buyuk Britaniyaning Koventri universiteti ta’limini oling.
☎️ 78 888 08 00
🌏 udea.uz
✅Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har bir boshqarma boshlig‘iga shahardagi muammoli yoshlar biriktirilgan. Jumladan, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyeva Uchtepa tumanidagi o‘ziga biriktirilgan bir guruh muammoli yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
☑️Bunda 4 nafar davomati past o‘quvchi ta'lim jarayonlariga to‘liq jalb etilgan bo‘lsa, 11 nafar yoshning ijtimoiy holati, oilaviy ahvoli, muammolari yaqindan o‘rganilib, ularga ko‘mak berish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish belgilandi.
👉Kecha ana shunday yoshlardan ikki nafariga zarur texnika va anjomlar, shuningdek, noutbuk topshirildi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 70-sonli umumta'lim maktabi direktori Barno Mirvaliyevna Qodirova nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan o'z xohishiga ko'ra, vazifasidan ozod etildi.
❇️Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tajribali pedagog Barno Mirvaliyevnaning soha rivojiga qo'shgan salmoqli hissasini yuksak qadrlaydi hamda o'z minnatdorligini bildiradi. Mohir ustozga mustahkam sog'lik, kelgusi hayoti va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
#OAV_biz_haqimizda
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari "Sevimli" telekanalining "Yangi hayot" ijtimoiy-siyosiy tok-shousida ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan tok-shou davomida:
➖ ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar,
➖o‘qituvchilarning malakasini oshirish,
➖ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan malaka toifa sinovlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
➖ Shuningdek, IELTS imtihonidan 7 balni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchimiz Saidaxon Hamroyeva ham onasi bilan ishtirok etib, til o‘rganishdagi tajribasi hamda bu borada maktabning o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#tanishing
#oliy_toifa_sohiblari
✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 28-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi Jahongir Abdazov attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.
👍Yakunda mohir pedagog test imtihonlarida 92 ball jamg'arib, oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bektemir tumanidagi umumta'lim maktablarini bu yil 807 nafar o'quvchi-yoshlar tamomlaydi. Shulardan 36 nafari IELTS xalqaro sertifikatiga ega bo'lsa, 13 nafar o'quvchi muddatidan oldin oliy o'quv yurtlariga talabalikka qabul qilingan.
👨👩👦 Kuni kecha Bektemir tumani hokimligi hamda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida "Farzandim kelajagi uchun befarq emasman!" shiori ostida bitiruvchilarning ota-onalari va tuman mutasaddi rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
🔰Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda Milliy Gvardiya mutasaddilari ota-onalar hamda yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
🎁 Tadbir yakunida namunali xulq va a'lo baholarga o'qiyotgan o'quvchilarning ota-onalari tashakkurnoma va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Yashnobod tumanidagi 149-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rivojlanishining ilmiy-nazariy va huquqiy asoslari” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
❇️Tadbirni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish sho’ba boshligi Elena Legay ochdi va olib bordi.
🔰Unda davlat xususiy sherikchilik asosida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rivojlantirish, Qonun va qonunosti hujjatlarini yuritish yuzasidan o'zaro fikr almashildi, zarur tavsiyalar berildi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
Bolalar uchun milliy kontent yaratish avvalo yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan boshlanadi. Chunki milliy kontent ishlab chiqaradigan, xalqimizning ruhi va qadriyatlarini his etadigan yangi avlodni tarbiyalash soha kelajagi uchun juda muhim.
Yaqinda “Renessans” bolalar oromgohida tashkil etilgan ijodiy muloqot va mahorat darslari yosh iste’dodlar hamda soha mutaxassislari o‘rtasida ijodiy ko‘prik vazifasini o‘tadi. Professionallar o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi, yoshlar esa kreativ g‘oya va loyihalarini taqdim etishdi.
Bunday samarali va ilhomlantiruvchi loyihalarni mamlakatimizning turli hududlarida muntazam o‘tkazib borish zarur. Chunki yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar kerak.
#BolalarUchunKontent
—
Создание национального контента для детей начинается, прежде всего, с поддержки молодых талантов. Ведь для будущего этой сферы важно воспитать новое поколение специалистов, которое сможет создавать контент, чувствовать дух и ценности нашего народа.
Недавняя творческая встреча и мастер-классы, организованные в детском лагере «Ренессанс», стали творческим мостом между молодыми талантами и опытными профессионалами. Мастера поделились своими знаниями, а молодёжь представила креативные идеи и проекты.
Подобные полезные и вдохновляющие проекты необходимо проводить регулярно по всей стране. Потому что у нас много талантливой молодёжи — ей нужны возможности и наставники, которые помогут найти правильный путь.
#КонтентДляДетей
✅Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 147-sonli umumta'lim maktabida ham “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi!” shiori ostida bayram tadbiri uyushqoqlik bilan o'tkazildi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
✅Poytaxtimiz davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni sportga, xususan, futbolga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
⚽️Jumladan, Shayxontohur tumanidagi 484-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida jajji o'g'il-qizlar o'rtasida sportning ushbu turi tobora ommalashmoqda.
🎥Tafsilotlar bilan “Yoshlar” telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
✅Bektemir tumani maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi hamda Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo'linmasi tomonidan 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tantanali tadbir o'tkazildi.
💐Tadbirda kasaba uyushmasi faollari, ta'lim faxriylari ishtirok etdi. Soha rivojiga hissa qo'shgan va samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh faxriy pedagoglarga sovg'alar topshirildi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
✅Poytaxtimizning “Samara” tantanalar saroyida Yunusobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida uzoq yillar tizimda samarali faoliyat olib borgan rahbar va pedagog-tarbiyachilar mehnati alohida e'tirof etildi.
💐Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ular to'kin dasturxonga taklif qilinib, anvoyi gullar, esdalik sovg'alari topshirildi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
✅Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga mamlakatimizda ta'lim tizimi sifat va samaradorligini yanada oshirishda muhim dasturamal bo'lib xizmat qiladi.
🔰Kuni kecha O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan rus tilidagi dasturida Mirobod tumanidagi 154-sonli umumta'lim maktabi direktori Nasiba Mirsoatova, Yashnobod tumanidagi 61-sonli umumta'lim maktabi direktori Gulnora Islomovalarning fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.
🎥Marhamat, Siz ham tanishing.
🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB
✅Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Ravshan Ergashev hamda pedagoglar uzoq yillarda tizimda samarali mehnat qilgan Abdug'affor Abdullayev xonadonida bo'ldilar.
💐Ko'p yillar Shayxontohur tumanidagi 41-sonli umumta'lim maktabida faoliyat ko'rsatgan tajribali ustoz holidan xabar olinib, ularga guldasta va esdalik sovg'a topshirildi.
🖌Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharMMTB
📣 Hurmatli pedagoglar!
✅ Ertaga — 7-may kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimidagi sertifikatlarga ustama berish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.
❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan ushbu mavzularga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.
🖥 Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Attestatsiya
#Bayonot_16
✅ VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅Bugun Chilonzor tumanidagi 201-sonli umumta'lim maktabida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tadbiri o'tkazildi.
👏Uchrashuvda tuman hokimi Saidqahhor Xolho'jayev bitiruvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish bilan bir qatorda ularning takliflarini ham tingladilar.
🔰Tadbir doirasida tuman hokimi mazkur maktabda ikkitata kasb va ikkinchi xorijiy tilni o'rgatish bo'yicha qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🆕Shuningdek, yangi o'quv yilidan boshlab Hokim stipendiyasini joriy qilish, shuningdek, o'quvchilar o'rtasida “Zakovat” intellektual o'yini bo'yicha Hokim kubogi tanlovlarini o'tkazish yuzasidan kelishib olindi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
#tanishing
#oliy_toifa_sohiblari
✅Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 186-sonli umumta'lim maktabi biologiya fani o'qituvchisi Nigora Narzullayeva attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.
👍Yakunda mohir pedagog test imtihonlarida 80 ball jamg'arib, oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Olmazor tumanida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tadbiri muntazam o'tkazib kelinadi.
❇️Jumladan, kuni kecha tuman hokimi Azizxon Umarxonov 249-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
🔰Bitiruvchi-yoshlar bilan kechgan samimiy muloqotda tuman rahbari ularning erishgan yutuqlari, orzu-o'ylari bilan qiziqdi. Bugunning yigit-qizlari yanada ko‘proq yutuq va muvaffaqiyatlarga erishishga loyiq ekanligi alohida ta'kidlandi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumta'lim maktabida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar-trening o'tkazilmoqda.
⚡️Seminarning ochilish marosimida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Otabek Jumaev, tumani hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari ishtirok etdi.
✏️Tadbir davomida ta'lim tashkilotlaridagi o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlarga daxldorlik hissi asosida tarbiyalash bo'yicha hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olinmoqda.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 132-sonli umumta'lim maktabida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir uyushtirildi.
🎥Tafsilotlar bilan Toshkent telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
#tanishing
#oliy_toifa_sohiblari
✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 274-sonli umumta'lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi Zamira Mo'minova attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.
🔰Yakunda mohir pedagog test imtihonlarida 80 ball jamg'arib, oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB