toshkentshaharmmtb | Unsorted

Telegram-канал toshkentshaharmmtb - Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

15004

Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: t.toshkent_shxtbb@exat.uz Телефон — (+998) 71 237 08 01

Subscribe to a channel

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅ Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumta'lim maktabida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo’lib o’tmoqda.

🔰Seminarning dastlabki kunida:
➖O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyat va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda “Vatan tayanchi” harakatining o‘rni;
➖ “Umumta’lim maktablaridagi tarbiyaviy ishlarda zamonaviy yutuq va metodlardan samarali foydalanish”;
➖ Ma’naviy tarbiyaning metodologik asoslari: milliy qadriyatlarga sodiq yoshlarni tarbiyalash, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va Umumta’lim maktablari sinf rahbarlari uchun uslubiy qo‘llanma hamda "Ota-ona-murabbiy" kitoblari taqdimotni o'tkazdi;
➖O‘zbek jadid ziyolilari: maktab islohi va matbuoti kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Rasmiy munosabat

✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod tumanidagi 414-sonli DMTT tarbiyachisi bolalarga qo'pol muomalada bo'lib, ularni qo'rqitib, kuch ishlatayotgani videolavhada aks etgan xabar e'lon qilingandi.


Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Ishchi guruhi o'rganish olib bordi. Unga ko'ra, yuqoridagi voqea 2024 yilning mart oyida Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida kuzatilgan.

Yakunda davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ma'muriyati tarbiyachi I.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilganligi va xodim ishdan bo'shatilganligini ma'lum qilamiz.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Shayxontohur tumanidagi 39-sonli umumta'lim maktabida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar-trening boshlandi.

🔰Seminarning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Kamola ismoilova, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bosh mutaxassis Asqar Atayev ishtirok etdi.

👉Ikki kun davom etadigan mazkur tadbirda tumandagi barcha umumta'lim maktablari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirok etishmoqda.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Bugun Chilonzor tumanidagi 126-sonli umumta'lim maktabida tuman hokimi o'rinbosari Alisher Hotamov o'quvchi-yoshlar bilan uchrashdi.

❇️Samimiy ruhda kechgan muloqotda tuman hokimi o'rinbosari yigit-qizlarga o'z hayoti va faoliyati haqida qisqacha so'zlab berdi. Shuningdek, Alisher Farhodovich o'quvchilarga davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

👉Shu bilan birga yoshlar hayotda o'z o'rnini topishi uchun bugungi kunda avvalo kompyuter savodxonligiga ega bo'lishi, kamida ikkita xorijiy tilni o'rganishi, eng asosiysi, namunali xulq bilan elu-yurtga xolis xizmat qilishi lozimligini alohida ta'kidlab o'tdi.

🔰Tadbir yakunida Alisher Hotamov o'quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Rasmiy munosabat

✅Ijtimoiy tarmoqning ANTIKORRUPSIYA/rasmiy telegramm kanali sahifalarida Yashnobod tumanidagi ayrim davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatidan norozi bo'lib yozilgan xabar chop etilgan edi.


Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi. Yuqoridagi xabar anonim tarzda yozilganligi uchun o'rganilmadi.

🔰Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda turli fikr-mulohazalar bildirish urfga aylangan. Ammo bu hech kimga jamoatchilik orasida o'zgalarni haqorat qilish, hurmatsizlik ko'rsatish, nafsoniyatiga tegish huquqini bermaydi.

Ma'lumki, Konstitutsiyaga muvofiq, har kim axborotni izlash, olish, tadqiq qilish, uzatish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
Yodda tutish kerakki, bu kabi xatti-harakatlar, shu jumladan tuhmat, haqorat uchun fuqarolik, ma'muriy va jinoiy shakldagi javobgarliklar o'rnatilgan.

Tashvishlanarlisi, keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi hech bir dalil va asosga ega bo'lmagan gap-so'zlarning bolalayotganidir. Agar siz rostdan korrupsiya holatlariga qarshimisiz, marhamat, aniq dalil va isbotlari bilan o'z fikringizni bayon qiling. Birov sizga nisbatan nohaqlik qildimi?! Marhamat, tegishli huquq-tartibot idoralariga rasmiy murojaat qilsangiz ayni muddao bo'lur edi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Rasmiy munosabat

✅Bugun ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Maktabmi bu yoki qimorxona?” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.


Videolavhadagi voqea 2024 yil 23 aprel kuni Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta'lim maktabida 8-“B” sinf o'quvchilari tomonidan tarix fani darsi chog'ida sodir etilganligi aniqlandi. Dars jarayoniga xalaqit qilib, “kartabozlik” qilgan to'rt nafar o'quvchi va ularning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Milliy gvardiya, IIB xodimlari, psixolog hamda maktab ma'muriyati ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

O'quvchilarning ota-onalariga Ma'muriy Kodeksning 47-moddasiga asosan jarima qo'llanildi. 8-“B” sinf rahbari N.B. ga nisbatan intizomiy chora ko'rilganligini ma'lum qilamiz.

⚡️Hurmatli ota-onalar!

Yuqoridagi holat o'quvchilar tarbiyasi uchun nafaqat pedagoglar, balki ota-onalar ko'proq mas'ul ekanligini ko'rsatib turibdi. So'nggi paytlarda ta'lim muassasalarida “Davomat”, “Tig'” kabi tadbirlarning muntazam o'tkazilishi ayrim ota-onalarga yoqmayotganligini yashirmaymiz.
Shunday ekan, Sizlardan iltimos, farzandingizning faqat maktabga borishi emas, balki uning papkasida nimalar borligi, ko'cha-ko'yda kimlar bilan o'rtoqligi, darslarni qanday o'zlashtirayotganligi bilan ham qiziqsangiz ayni muddao bo'lur edi. Ularning o'smirlik davri yoshidagi o'zgarishlar, qiziqishlarini nazoratga olish va farzandlarimizga zarur shart-sharoitlar yaratish kelgusida faqat yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi uchun zamin yaratadi, xolos.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun malaka test sinovlari o‘tkazilmoqda.

🔰Kuni kecha mazkur test jarayonlaridan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida poytaxtimizdagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi binosida press-tur tashkil etildi.

🏃♂️Tadbir O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.

🎥Tafsilotlar bilan O’zbekiston 24 telekanali ijodkorlari talqinida tanishing.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan “Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi oʻquv seminari doirasida qator madaniy-maʼrifiy uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi.

📍Jumladan, Yashnobod tumanidagi 339-sonli umumta’lim maktabda respublika amaliy fanlar ish faoliyati boʻyicha tajriba almashinuv tadbiri, musiqiy ansambli va texnologiya fani to’garaklari faoliyati, jismoniy tarbiya va sport musobaqalari ģoliblari, tasviriy san'at yo’nalishida rasmlar bo’yicha hisobot ko’rgazma va konsertlar namoyishi boʻlib oʻtdi.

🔰Shuningdek, seminarda Yunusobod tumanidagi 260-maktab o’quvchisi M.Aytmuradova texnoloģiya fanidan o’rgangan karvin va kashtachilik yo’nalishidan ish jarayolarini namoyish etdi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Odatdagi sinf xonasi, doimiy bir xillik o'quvchini zeriktiradi. Har darsingizga yangilik kiritish, ba'zan o'quvchining xohish-istaklarini ham inobatga olish, ularga erkinlik berish darsda nafaqat ilmiy jihatdan ahamiyatli, balki o'quvtuvchi va o'quvchi, o'quvchilar o'rtasida do'stona munosabatning shakllanishga ham sabab bo'ladi.

⏩Shu sababli ham bugun navbatdagi ona tili va adabiyot darsimizni ochiq havoda tashkil qildik.
⏩O'quvchilar ona tili va adabiyot fanlaridan egallagan bilimlarini turli qiziqarli topshiriqlar bajarish orqali muhokama va mulohaza qilish jarayonlarida yanada mustahkamlashdi.
⏩Tabiat qo'ynida toza havodan bahramand bo'lib dars o'tish o'quvchilarga kõtarinki kayfiyat ulashdi.

🖌Shoira SODIQOVA,
Chilonzor tumanidagi 202-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchisi.


👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

🚀Yandeks dasturlash maktabiga mentorlarni ishga olamiz!

Yandex dasturlash maktabi - bu 8-10-sinf o'quvchilari uchun bepul ta'lim loyihasi hisoblanadi. Maktab hozirda rus tilida Python asoslarini o'rgatadigan faol va tajribali dasturlash o'qituvchisini qidirmoqda.

🗣Mashg'ulotlar:
⏺Toshkentda bo'lib o'tadi;
⏺Rus tilida;
⏺Haftada ikki marta.

🗣Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
⏺Python dasturlash tilini bilish;
⏺Rus tilini bilish.

🗣Biz nima taklif qilamiz:
⏺Intiluvchan talabalar bilan ishlash imkoniyati;
⏺Yandex vositalari bilan ishlash bo'yicha trening va tajriba;
⏺Asosiy ish bilan bir vaqtda ishlash;
⏺Qo'shimcha daromad.

💬Yandex dasturlash maktabiga nomzodlarni saralash ikki bosqichdan iborat: onlayn kursni muvaffaqiyatli yakunlash va suhbatdan o'tish.

⚪️Hujjatlar 10 maygacha qabul qilinadi:
https://forms.yandex.ru/surveys/tutors/
🔄Qo'shimcha ma'lumot uchun: @dilyarajansu1983

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬edu.digitaluz?si=ZLMKxyoxAns4ZS49">YouTube 🎰Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Ayni damda Toshkent Xalqaro Universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezident sovrini "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo'lib o'tmoqda.

☎️ Axborot-maslahat markazi
+998 95 131 5555 | Telegramm
+998 95 383 5555 |
Telegramm

📚 TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI - BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!

🌐 Web-sayt |📲 Instagram | 💻 Telegram | 🖥 Facebook

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

📣📣📣📣📣

✅ Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 100 nafar 5-8-sinf
iqtidorli o‘quvchilar zahirasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan matematika-informatika yo‘nalishi bo‘yicha saralash olimpiadasining Respublika bosqichi natijalari.

📌Olimpiadaning Respublika bosqichi bo‘yicha apellyatsiyalar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/Tj5YSopYNHkKKUtV7

❗️Eslatma: Arizalaringizni joriy yilning 27-aprel soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa, yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (/channel/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining viloyat bosqichiga start berilmoqda!

✅ Joriy yilning 26-aprel kuni
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining ikkinchi - viloyat bosqichi boshlanadi.

Tanlovda tuman bosqichida g‘olib bo’lgan maktablar terma jamoalari kuch sinashishadi.

Mazkur hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar:

🥇
1-o‘rin uchun – 250 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin uchun – 200 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin uchun – 150 mln so‘m
miqdorida pul mukofotini qo’lga kiritadi.

❗️Iqtidoringizni biz bilan birgalikda sinab ko’ring!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Bugun Olmazor tumanidagi 22-sonli umumta'lim maktabida "Yashil chiroq" ko'rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

🔰Tanlov yakunida quyidagi jamolar g'olib va sovrindorlar qatorida e'tirof qilindi:
🥇1-o'rinni 22 -maktab, 
🥈2-o'rinni 249- va 191-maktab,
🥉3-o'rinni 242- va 134-maktab jamoalari egalladi.

🚦Endi shahar bosqichida 22-maktab o'quvchilari Olmazor tumani sharafini himoya qiladi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 68-sonli umumta'lim maktabida ham "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar-trening boshlandi.

🔰Seminar kaskad usulida ikki bosqichda o'tkazilib, unda barcha umumta'lim maktablaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari qamrab olingan. Unda o'quvchilar tarbiyasi va odob-axloqi hamda davomatini yaxshilash bo'yicha mas'ullarning malakasi oshirilishi ko'zda tutilgan.

👉O'quv-seminar davomida ta'lim tashkilotlaridagi o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlarga daxldorlik hissi asosida tarbiyalash bo'yicha hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan vazifalar aniq belgilab olinadi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumta'lim maktabida Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida tahsil olayotgan direktor lavozimiga nomzodlar uchun o'quv-amaliy seminar mashg'ulotlari o'tkazildi.

❇️Mashg'ulotlar davomida maktab direktori Gulnoza Latipova ishtirokchilarni o'z faoliyatidagi ish tajribasi bilan tanishtirdi.

🔰Jumladan, nomzodlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, dars jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo'lishdi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#tanishing
#oliy_toifa_sohiblari

✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta'lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi Muhayyo Xudoyberganova attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.

🔰Yakunda mohir pedagog test imtihonlarida 80 ball jamg'arib, oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Bugun Mirobod tumanidagi 294-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida seminar-trening boshlandi.

🔰Ikki kun davom etadigan mazkur tadbirda tumandagi barcha umumta'lim maktablari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari, psixologlar, sinf rahbarlari ishtirok etishmoqda.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 41-sonli umumta'lim maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o'qituvchilar o'rtasida sport musobaqalarining tuman final bosqichi bo'lib o'tdi.

⚽️Unda tumandagi umumta'lim maktablari o'qituvchilari shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol, futbol bo'yicha o'z omadlarini sinab ko'rdilar. G'olib va sovrindorlar tashkilotlar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Qadrli Toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari.
"9-May xotira va qadrlash"
kuni munosabati bilan 4-may kuni soat 17:00 da Amir Temur xiyoboni bo'ylab "Jasorat-millat g'ururi va iftixori" shiori ostida Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari otliq kavaleriya bo'linmalari ishtirokida "Otlar paradi" bo'lib o'tadi.

Barchangizni mazkur paradni tomosha qilishga chorlab qolamiz.

Website | Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 263-sonli umumta'lim maktabida "Kasbim - faxrim" festivali yuyshqoqlik bilan o'tkazilganini xabar qilgandik.

🎥Tafsilotlar bilan Toshkent telekanali ijodkorlari talqinida tanishing.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi maktab va davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo'ylab press-tur uyushtirildi.

🔰Press-tur doirasida respublika ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlari tumandagi 250-sonli davlat maktab ta'lim tashkiloti, 91- va 127-sonli umumta'lim maktablarida ta'lim sifati hamda samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

🎥Tafsilotlar bilan O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari talqinida tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta'lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o'tkazildi.

❇️Tadbirga “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi raisi Iqbol Ashrapova, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi rahbari Charos Haydarova, huquqshunoslar Gulnora Qo'ziboyeva, Matluba Ro'ziqulova va “Mingchinor” mahalla fuqarolar yig'ini raisi Xolida Fozilovalar taklif etildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Toshkent Xalqaro Universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezident sovrini "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Toshkent shahar bosqichidan fotolavhalar

☎️ Axborot-maslahat markazi
+998 95 131 5555 | Telegramm
+998 95 383 5555 |
Telegramm

📚 TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI - BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!

🌐 Web-sayt |📲 Instagram | 💻 Telegram | 🖥 Facebook

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Bugun 26-aprel kuni Toshkent Xalqaro Universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezident sovrini "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Toshkent shahar bosqichi boshlandi.
Tanlovni Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D. Raximova va Toshkent Xalqaro Universiteti rektori Jun Yong Wook ochib berishdi.

☎️ Axborot-maslahat markazi
+998 95 131 5555 | Telegram
+998 95 383 5555 |
Telegram

📚 TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI - BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!

🌐 Web-sayt |📲 Instagram | 💻 Telegram | 🖥 Facebook

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Аттестация жараёнларини онлайн кузатиб бориш учун махсус сайт ишга туширилди

✅ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш жараёнларини шаффоф ташкил этиш мақсадида тест синовларини тўғридан-тўғри эфир (реал вақт режимида) орқали кузатиб бориш имконияти яратилди.


Жараёнларни қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри кузатиб боришингиз мумкин:

https://cams.uzedu.uz/

©️ Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги

P.S. Бугун, 25 апрель куни Ўзбек тили (Давлат тили) ҳамда Она тили ва адабиёт фанлари ўқитувчилари малака (тест) синовларида иштирок этмоқдалар

Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🔍Sayohatni sevuvchilar diqqatiga!

🏖Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandga 2 kishilik sayohatni qoʻlga kiriting.

❗️Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent shahar boʻlimi tomonidan “Jasorat - millat g‘ururi va iftixori” shiori ostidagi ijtimoiy videoroliklar tanloviga start berildi.

😐Videorolikda oʻzbek milliy qadriyatlari va an'analari, tinchlik va ijtimoiy hamjihatlikni asrash, mustaqillikni mustahkamlash hamda barqaror rivojlantirish yoʻlidan borayotgan Yangi Oʻzbekistonda el-yurt ozodligi uchun kurashgan ota-bobolar xotirasini yod etishga, shuningdek, harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari nomlarini abadiylashtirish, ularning jasoratini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilishga yoʻgʻrilgan ijtimoiy voqealar aks ettirilishi lozim. Videorolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak.

🎬Joʻnatilgan videoroliklarning eng yaxshi 10 tasi saralab olinib, ovozga qoʻyiladi. Eng koʻp ovoz toʻplagan ijodiy ish taqdirlanadi.



😀 Eslatib oʻtamiz: Ijodiy ishlaringizni joriy yilning 2-may soat 18:00ga qadar @RMMMTshB1 telegram foydalanuvchisiga joʻnatishingiz lozim.


👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉/channel/RMMMTSHB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

TALIS 2024 tadqiqotining asosiy soʻrovnoma jarayonlari yakunlandi

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 4 — 18-aprel kunlari yurtimizdagi tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan 210 maktabda Oʻqitish va taʼlim olishni oʻrganish xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy soʻrovnoma jarayonlari oʻtkazildi.

➖ Tadqiqotlar belgilangan barcha maktablarda tasdiqlangan rejaga muvofiq toʻliq tashkil etildi. Unda qatnashishi rejalashtirilgan 4 507 nafar oʻqituvchining 4 436 nafari (98,46 %) ishtirok etdi. Mazkur tadqiqot maʼlumotlari oʻrnatilgan tartibda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga taqdim etildi.

Maʼlumot uchun: TALIS 2024 tadqiqoti natijalari 2024-2025-yillar davomida IHTT hamkorligida tahlil qilinadi va natijalar 2025-yilning soʻnggida xalqaro miqyosda eʼlon qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarining pedagog hodimlari o'rtasida O‘zbekiston ''Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Toshkent shahar mintaqaviy bo‘limi tomonidan ''Quvnoq startlar" sport musobaqalarining Chilonzor tuman (final) bosqichi boʻlib oʻtdi.

💪 Ushbu musobaqada xodimlar sportning barcha turlarini o'z ichiga olgan shartlar bo'yicha kuch sinashdi.

🏆Musobaqa natijalari:

🥇-o‘rinni 184-maktab jamoasi,
🥈-o'rinni 168-maktab jamoasi,
🥉-o‘rinni 281-maktab jamoasi egalladi.

🔰G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoaga Toshkent shahar final bosqichda omad tilaymiz.

🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…
Subscribe to a channel