Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: t.toshkent_shxtbb@exat.uz Телефон — (+998) 71 237 08 01
✅Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli umumta'lim maktabida "Millatlararo totuvlik - porloq kelajak timsoli" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
🔰Unda nafaqat maktab jamoatchiligi, balki tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Dilfuza Mustafayeva, poytaxt viloyati Angren shahridagi 33-, Ohangaron tumanidagi 6-maktab direktorlari va pedagoglari ham qatnashdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi aniqlandi
✅ Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20-21-aprel kunlari iqtisod va geografiya fanlaridan tashkil qilingan saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniga yetdi.
❕Natijalarga ko‘ra, iqtisoddan 5 nafar hamda geografiyadan 4 nafar iqtidorli yoshlar O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritildi.
Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2024) 22-31-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining, Gonkong shahrida bo‘lib o‘tadi.
Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
➖ Davlatbek Olimov — Toshkent shahar, Toshkent shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
➖ Jasurbek Ruziqulov — Qarshi shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
➖ Hilola Boymuratova — Termiz shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
➖Azizbek G‘anijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
➖Muslimbek Zaynobiddinov — Andijon shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi.
🌍Xalqaro geografiya olimpiadasi (iGeo 2024) 19-24-avgust kunlari Irlandiya Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi.
Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
➖Mansurbek Tursunbayev — Namangan viloyati, Namangan shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
➖Alisher Safarov — Qarshi shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
➖Hazratbek Ahmadjonov — Toshkent shahar, Yunusobod tumani 235-sonli maktab 9-sinf o‘quvchisi;
➖ Jaloliddin Qosimjonov — Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar IDUMI, 11-sinf o‘quvchisi.
Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
✅Olmazor tumanidagi 133-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida oquvchilar qalbida Vatanga bolgan muhabbatni kuchaytirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, osoyishta yurt va musaffo osmonimizni qadriga yetishni singdirish maqsadida "Ozbekiston - ko'p millatli diyor" shiori ostida "Vatan manzumasi" festival o'tkazildi.
🔰Unda O'zbekiston viloyatlari hamda yurtimizda yashovchi turli millat vakillari timsolida milliy qadriyatlar, urf-odatlar aks etgan sinf burchaklari tashkil etildi. Kuy-qoshiqlar ijro etildi. Festival kotarinki va bayromona ruhda otdi. Oquvchilar koplab ma'lumotlarga ega boldilar.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
⚡️23-27 апрель кунлари вазир жамғармаси устамасига давогар педагоглар учун суҳбат бўлиб ўтади
Суҳбатдан муваффақиятли ўтган педагогларга 9 ой мобайнида 5.775.000 сўм қўшимча устама тўланади.
❓Суҳбат жараёни қай тартибда ўтказилади?
➡️ Суҳбат Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети ҳузуридаги илмий-амалий психологлар маркази. Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги, Педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий маркази раҳбар ва ходимлари ҳамда жамоатчилик вакилидан иборат Суҳбат комиссиялари томонидан ўтказилади.
➡️ Суҳбат жараёнлари ўтказилаётган жойда комиссия аъзолари ва номзоддан ташқари бегона шахсларнинг бўлишига рухсат берилмайди.
➡️ Суҳбат босқичида Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги томонидан ўтказилган 1-босқич тест синовлари натижасига кўра максимал баллнинг 80 фоизи ва ундан юқори натижа кўрсатган номзодлар билан касбий фаолиятига доир тайёрланган тақдимоти бўйича суҳбат ўтказилади. Суҳбат комиссияси суҳбат жараёнларини баҳолаш ишларини электрон платформадан фойдаланган ҳолда амалга оширади.
➡️ Тақдимот ҳамда савол-жавоб учун 15 дақиқа вақт ажратилади. Суҳбат натижалари бўйича баҳолаш максимал 10 баллик тизимда амалга оширилади. Бунда, 2-босқичга чиққан ҳамда номзоднинг касбий маҳоратини баҳолаш бўйича суҳбатдан 4 (тўрт) баллдан кам балл олган номзодлар ғолибликка тавсия этилмайди.
➡️ Суҳбат натижаси бўйича номзодлар томонидан тўпланган балл Суҳбат комиссияси аъзоларининг номзодларга қўйган жами балл миқдорларининг ўртачасидан келиб чиқиб белгиланади.
➡️ Саралаш натижаларига кўра ҳар ойлик устама белгиланган педагог кадрлар рўйхатини тасдиқлаш ва уларга Жамғарма ҳисобидан устамаларни тўлаш бўйича Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг буйруғи қабул қилинади.
🖼 Суҳбат ўтказиладиган манзиллар билан юқоридаги фотода батафсил танишишингиз мумкин.
📱 @talim_obrazovaniye
👉 Ойлик маошни ҳисоблаш
"9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida qator tadbirlar tashkil etiladi
✅ Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida "9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔹 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, vazirlikning hududiy boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va Maktabgacha ta’lim agentliklarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Vidoyekonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda:
➖ “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon sharaf”, Qurolli Kuchlar davlat muzeylari, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamda joylardagi muzey va Xotira maydonlariga barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘quvchilarning ekskursiyalarini tashkil etish;
➖ mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholini tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda qahramonlik ko‘rsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xizmatchilar tahsil olgan maktablarda xotira tadbirlarini o‘tkazish;
➖ o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini uyushtirish;
➖ umumta’lim maktablarida faxriylar ishtirokida Ikkinchi jahon urushi g‘alabasiga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darslarini o‘tkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Биласизми
🔰 Қонунчиликка кўра, журналист ўзи тайёрлаётган ва тарқатаётган хабарлар ҳамда материалларнинг ҳаққоний бўлиши учун қонунчиликда белгиланган тартибда жавобгардир.
📌 Шунингдек, оммавий ахборот воситалари орқали туҳмат ва ҳақорат қилганлик учун маъмурий ҳамда жиноий жавобгарлик белгиланган.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
☄️ Uzoq kutilgan MTT vanihoyat ochildi, u o‘z bag‘riga 240 nafar bolajonni qamrab olishga tayyor.
👏 Kuni kecha Toshkent shahri Yunus Obod tumanidagi 53-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bo‘lib o‘tdi. 2019 yilda eski bog‘chani o‘rniga yangidan qurilgan ushbu davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, bugungi zamonaviy qiyofasida o‘zgacha. Bog‘chaning barcha zamon talablariga mos hamda zamonaviy texika bilan jihozlanganligi bolalar ta’lim va tarbiyasida juda muhimdir.
🕯🕯🕯🕯
Наконец-то начал свою деятельность ДОО, сегодня детский сад готов принять 240 детей.
👏 Вчера состоялось открытие дошкольной образовательной организации №53 Юнусабадского района города Ташкента. В 2019 году это государственная дошкольная образовательная организация, построенная заново на месте старого детского сада, уникально в своем современном облике. ДОО оснащёна современным оборудованием (электронными досками), отвечающим всем требованиям, что позволит улучшить качество образования и воспитания детей.
OAV https://youtu.be/wqtX_fRLiPE
🌐 Rasmiy sahifalarimiz
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Yunusobod tumanidagi 53-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mukammal qayta ta'mirlanib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
/channel/ToshkentshaharXTBB
Жорий йилнинг 15 апрель кунидан республика миқёсида педагог кадрларнинг малака тоифаси бўйича аттестациядан ўтказиш жараёнлари бошланди. Аттестациядан ўтиш жараёнлари очиқлик ва шаффофлик принципи асосида ташкил этилган бўлиб, Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси барча педагог кадрлардан мазкур жараёнларда аттестациядан ўтказишни ваъда қилаётган фирибгарларнинг алдовларига ишониб қолмасликларини сўрайди. Тошкент шаҳрида ўтказилаётган тест жараёнларида сиз коррупцион ҳолатларга дуч келсангиз ёки хабардор бўлсангиз қуйидаги телефон рақамлар орқали мурожаат қилишингиз мумкин.
Мурожаат учун:
71-237-08-93 Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармасининг ишонч телефони;
97-778-10-16 Коррупцияга қарши кураш бўйича масъул ходим.
Тошкент ШММТБ матбуот хизмати
#Live
#Attestatsiya
📣 Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
👉 Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://cams.uzedu.uz/
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hamdardlik
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi Yashnobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Burhonov Shukur Burhonovichga onasi
Gulasal ayaning
vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
🔴#ONLAYN
#PKA_2024 #Pedagoglarga_yordam
🔰Attestatsiya
📍Toshkent shahar
🟢Avval xabar berganimizdek, respublika bo‘ylab, pedagoglarning malaka test sinovlari boshlandi. Ayni damda Toshkent shahridagi pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini baholash markazida Toshkent shahar umumta’lim maktablari informatika fani o‘qituvchilaridan 299 nafari malaka test sinovlarini topshirmoqda.
Test jarayonlari soat 8:00 da boshlandi.
Binoda barcha sharoitlar mavjud. Tibbiyot xodimlari jalb etilgan, qo‘riqlash xizmati faoliyat ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, malaka test sinovlari savollari 50 ta bo‘lib, shundan
35 tasi fan doirasida, 10 ta kasb mahorati, 5 ta pedagogikadan savollar mavjud.
📸Jarayonlar fotolavhalarda
✅Aktam Imomnazarov poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 322-sonli umumta'lim maktabi 2-“A” sinfida o'qiydi.
🔰Kuni kecha Aktam Birlashgan Arab amirliklarining Dubay shaxrida mental arifmetika bo'yicha o'tkazilgan xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etdi. Umidli va iqtidorli o'quvchi dunyoning qirqqa yaqin davlatidan kelgan tengdoshlari o'rtasida oltin medalga sazovor bo'ldi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Toshkent shahar prokuraturasi tashabbusi bilan poytaxt umumta'lim maktablari o'quvchi-qizlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish, ularning salomatligini nazorat qilish maqsadida bepul tibbiy ko'riklar tashkil etilmoqda.
❇️Jumladan, kuni kecha Yashnobod tumanidagi 149- sonli umumta'lim maktabi 2-4-6-8-10-sinf o'quvchilari tumandagi 30-sonli oilaviy poliklinka shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
🔰Poliklinkasining o'ndan ortiq malakali mutaxassislari o'quvchilarga o'zlarining kerakli va muhim maslahat hamda tavsiyalarini berdilar.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bektemir tumanidagi 575-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Katta bo'lsam fazogir bo'laman!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
🔰Ota-onalar bilan hamkorlikda uyushtirilgan tadbirda pedagoglar Mirzo Ulug'bek siymosini yaratishdi. Bolajonlar ishtirokida koinot va uning sirlari haqida hikoya qiluvchi sahnalashtirilgan tomoshalar namoyish etildi. Jajji o'g'il-qizlar she'rlar va ashulalar ijro etishdi. Quvnoq musiqalarga raqslarga tushdilar.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
⏺🟥🟥🟥 #munozara_2024
📑Toshkent shahrida yoshlarni zamonaviy hayotga oid eng dolzarb masalalar ustida bahs olib borishlari, o‘zgalarning fikriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari, ularning tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish maqsadida joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent kimyo texnologiyalari institutida "Munozara" intellektual o'yinining final bosqichi o'tkazildi.
🎙 Final bosqichida Yashnobod tumanidagi 255-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilaridan iborat "Irfon" jamoasi va Yunusobod tumanidagi 239-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilaridan iborat 239-maktab jamoasi o'zaro bellashdilar.
🖌Natijalarga ko'ra: Yashnobod tumani 255-maktabining "Irfon" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritib, Toshkent shahar bosqichi g'olibi sifatida taqdirlandilar.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 263-sonli umumta'lim maktabida "Kasbim - faxrim" festivali yuyshqoqlik bilan o'tkazildi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
Qadrli kuzatuvchilar!
Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati 1-may kuni yakunlanadi.
Avval xabar berganimizdek , turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan, ya’ni maktabni tamomlamagan fuqarolar eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirish uchun ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-mayga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Shu kunga qadar eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 6384 nafar fuqaro ariza topshirgan.
__________
Уважаемые соотечественники!
Срок подачи заявок (документов) для сдачи экзаменов в порядке экстерната заканчивается 1 мая.
Как сообщалось ранее, гражданам, не получившим своевременно общее среднее образование по разным причинам, предоставлена возможность подачи заявок через портал my.gov.uz до 1 мая (включительно).
На сегодняшний день для участия на экзаменах в порядке экстерната приняты заявки от 6384 граждан.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Rasmiy munosabat
✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkentdagi 257-maktabda ota-onalardan majburiy pul yig'imlari amalga oshirilayotgani to'g'risida xabarlar chop etilgandi.
Yuyqoridagi holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o'rganildi. Unga ko'ra, Yunusobod tumanidagi 257-maktab o'qituvchisi N.N. noqonuniy xatti-harakatni sodir etganligi sababli maktab ma'muriyati u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan. O'qituvchi ishdan bo'shatilganligini bildiramiz.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
#PISA
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nodavlat ta’lim muassasalari assosiatsiyasi hamkorligida “PISA xalqaro tadqiqotlari doirasida milliy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ustozlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
❕Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi va xalqaro tadqiqotlarning nodavlat ta'lim tizimini yanada rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
➖ Tadbirda Respublikamiz bo‘ylab 400 nafarga yaqin ustozlar ishtirok etdi hamda tizimni rivojlantirishga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan:
➖Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun erishilgan natijalar asosida vazifalarni aniqlash,
➖milliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ustuvor vazifalarni belgilash,
➖o‘quvchilar faoliyati va kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
➖maktabgacha va maktab sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish,
➖pedagoglar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish kabi mavzularda so‘z bordi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Live
#Attestatsiya
📣 Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
👉 Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://cams.uzedu.uz/
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Rasmiy munosabat
✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida "Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani ma’lum bo‘ldi" sarlavhasi ostida xabar chop etilgandi.
Yuyqoridagi holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o'rganildi. Unga ko'ra, holat Sergeli tumanidagi 277-maktabda sodir bo‘lgan.
Maktab ma'muriyati boslang'ich ta'lim o'qituvchisi R.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilgan va o'qituvchi ishdan bo'shatilgan.
Hozirda huquq--tartibot idoralar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganini bildiramiz.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
Yakkasaroy tumanidahi 91-sonli umumta'lim maktabida ham "Xon atlas" haftaligi doirasida "Milliy liboslar" festivali uyushtirildi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
#Olimpiada
#таълим_саёҳати
Koreys tili olimpiadasi gʻoliblari taʼlim sayohatiga yuborildi
✅ Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda Koreya taʼlim markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 20-yanvar kuni ilk bora Koreys tili olimpiadasi tashkil etilgan edi.
⚡️ Bugun mazkur olimpiadaning 1 — 5-oʻrinlarini egallagan quyidagi oʻquvchilar Janubiy Koreyaga taʼlim sayohatiga joʻnab ketdi:
➖Oybekova Robiyaxon — Andijon viloyati, Shahrihon tumanidagi 1-maktab oʻquvchisi;
➖Subhanov Ahmadullo — Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 42-maktab oʻquvchisi;
➖Kim Artur — Toshkent shahridagi MATES nodavlat taʼlim muassasasi oʻquvchisi;
➖Noʻmonxoʻjayev Muhammad — Namangan shahridagi 34-maktab oʻquvchisi;
➖Razmatova Diana — Toshkent shahridagi 35-maktab oʻquvchisi.
📍 Joriy yilning 13 — 21-aprel kunlari ushbu oʻquvchilar ishtirokida Janubiy Koreya Respublikasida turli taʼlim va sayohat dasturlari tashkil etiladi. Taʼlim sayohatining barcha xarajatlari Koreya taʼlim markazi tomonidan qoplanadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#No_comment
🔴 Malaka toifasi uchun test sinovlari qizg’in davom etmoqda.
📍 Poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi o’qituvchilar attestatsiyasi jarayonlaridan videolavha.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
😇 UDEA Announces the «National English Language Olympiad»!
⭐️ «The National English Language Olympiad» is tailored for graduates of secondary schools and colleges, offering participants the chance to showcase their linguistic prowess and win amazing prizes!
1st stage: Grammar and vocabulary test (online)
2nd stage: Coventry University English Test (online)
3rd stage: Presentation (offline)
UDEA has pulled out all the stops to offer an array of incredible prizes for the Olympiad winners!
🥇1st Place: A 100% contract fee waiver for any Coventry University (UK) programme at UDEA!
🥈 2nd Place: Two lucky applicants will receive a 50% contract fee waiver for any Coventry University (UK) programme at UDEA!
🥉 3rd Place: Three individuals will be awarded three laptops!
Don't miss your chance to become a winner of the Olympiad!
🔗 REGISTRATION LINK
❗️REGISTRATION DEADLINE: APRIL 17, 2024!
———————————————
😇 UDEA «Umumxalq Ingliz tili olimpiadasi»ni e’lon qiladi!
⭐️ «Umumxalq Ingliz tili olimpiadasi» maktab/kollej va litsey bitiruvchilari uchun maxsus ishlab chiqilgan. Va o'z ishtirokchilari o‘zlarining til ko‘nikmalarini namoyish qilgan holda qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
1-bosqich: Grammatika va lug‘at testi (onlayn)
2-bosqich: Koventri universiteti ingliz tili testi (onlayn)
3-bosqich: Taqdimot (oflayn)
UDEA Olimpiada g‘oliblariga bir qator ajoyib sovg‘alar taqdim etiladi!
🥇 1-o‘rin: UDEA’dagi Koventri universitetining istalgan dasturi uchun 100%lik grant.
🥈 2-o‘rin: Ikkita omadli ishtirokchiga UDEA’dagi Koventri universitetining istalgan dasturi uchun 50%lik grant.
🥉3-o‘rin: Uch kishi esa uchta noutbuk bilan taqdirlanadi.
Olimpiada g‘olibi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🔗 RO‘YXATDAN O‘TISH
❗️OXIRGI MUDDATI: 17-APREL, 2024!
🔹 Instagram🔹 Facebook🔹 Telegram
☎️ 78 888 08 00
🌏 udea.uz
🇯🇵 Matematika orqali Yaponiyaga sayohat qilishni xohlaysizmi?
✅Malakali o'qituvchi — sifatli ta'lim poydevori.
🔰Kuni kecha Yoshlar telekanali ijodkorlari tmonidan tayyorlangan 🎥 “Rostini ayting...” tok-shousi aynan shu mavzuga bag'ishlandi. Unda poytaxtlik mumuta'lim maktablari pedagog-o'qituvchilari ham faol ishtirok etishdi.
👉Marhamat, Siz ham batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bugungi kunda poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 127-sonli umumta'lim maktabida 2200 nafarga yaqin o'quvchi ta'lim olmoqda. Mazkur ta'lim muassasasida ularning sifatli ta'lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
🏹Shuningdek, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari, o'zlari yoqtirgan sport turlari bilan muntazam shug'ullanishlariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
🎥Bu haqda Sport telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan reportaj orqali batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Kuni kecha Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovining tuman bosqichi o'tkazilganini xabar qilgandik.
🎥Bu haqda O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB