tomchikanali | Unsorted

Telegram-канал tomchikanali - TOMCHI

42004

TOMCHI - Сув тежашда ёрдамчи. Савол ва таклифлар бўйича мутахассислар билан алоқа: @tomchiguruhi “TOMCHI” мобил иловасини ўрнатиб олиш: https://nwrmp.uz/link.html

Subscribe to a channel

TOMCHI

Матбуот учун ахборот

"Бутунжаҳон сув ресурсларикуни” ва “ Бутунжаҳон ер куни” муносабати билан илмий-амалий тадбирлар ташкил этилди

💡2025 йил 22–23 апрель кунлари "Бутунжаҳон сув ресурсларикуни” ва “ Бутунжаҳон ер куни” муносабати билан Андижон қишлоқ хўжалиги ва агротехнологиялар институтида икки кунлик тадбирлар дастури амалга оширилди. Тадбирларда талабалар, олимлар, мутахассислар ҳамда халқаро ташкилотлар вакиллари иштирок этдилар.

🔵Тадбирларнинг биринчи куни талабалар ва ёш олимлар иштирокидаги танловлар, видеороликлар тақдимоти ва интеллектуал ўйинлар билан бойитилди. Жумладан:
🟦Ижтимоий фото танлов кўргазмаси
🟦Инновацион ишланмалар танлови
🟦"Suv sadosi" жамоалари ўртасидаги мунозара финали
🟦Zakovat интеллектуал ўйини – “Билим билан табиатни англа, меҳр билан асра!” шиори остида ташкил этилди.

🔖 Талабалар томонидан тайёрланган видеороликлар орқали сув ресурслари ва ерларни муҳофаза қилиш борасидаги ижтимоий қарашлар намоён этилди.

🔣 Иккинчи кун расмий очилиш маросими ва таниқли мутахассислар, халқаро лойиҳалар вакилларининг маърузалари билан бошланди:
🟦Султонов Тоҳиржон Закирович, институт ректори
🟦Маматов Собит, О‘zbekiston тажрибаси асосида трансчегаравий ҳамкорлик ҳақида
🟦Эргашев Шухратжон, Андижон вилоятида сувдан фойдаланиш муаммолари
🟦Исашов Анваржон, сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш масалалари

📍Шунингдек, талабалар томонидан тайёрланган маърузаларда сувнинг иқтисодий аҳамияти, экологик хавфсизликда гидроэнергетиканинг ўрни ва чучук сув муаммосига ечимлар каби муҳим мавзулар ёритилди.

💙Тадбирнинг якунловчи қисмида турли танловлар ғолиблари (иншо, мунозара, инновацион ишланмалар, ижтимоий фото ва видеороликлар) тақдирланди. Ҳар икки кун давомида сув ва ер ресурслари масалаларига жамоатчилик эътиборини қаратиш, ёшлар онгини ошириш ва экологик маданиятни шакллантиришга қаратилган фаол муҳокамалар бўлиб ўтди.

📸 Тадбир жамоавий фотосессия билан якунланди.


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💙 Ekin dalalaridan 2025 yilning 22 aprelida bug‘langan namlikning miqdorlari

💧 Hurmatli Tomchi muhlislari, Suvchilar maktabining tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalarning sutkalik ma’lumotlari tahlillarini ko‘rsatishicha:

☀️ 2025 yil 22 aprelida Suvchilar maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (Nukus tumani – 72 m3/ga) uchastkasida tuproq namligining bug‘lanishi eng yuqori bo‘ldi.

🌱 Maktabning Xorazm (Urganch tumani – 61 m3/ga), Surxondaryo (Termiz tumani – 55 m3/ga) va Qashqadaryo (Qarshi tumani – 53 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan yuqori,

🍃 Navoiy (Karmana tumani – 49 m3/ga), Buxoro (Buxoro shahri – 48 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani – 47 m3/ga), Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 44 m3/ga), Sirdaryo (Guliston tumani - 44 m3/ga), Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 43 m3/ga) va Jizzax (Paxtakor tumani – 42 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan o‘rtacha,

🌱 Andijon (Andijon tumani – 38 m3/ga) va Farg‘ona (Quva tumani – 38 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan past bo‘ldi.

❗️ Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan hududlardagi dehqonlar o‘zlarining dala yumushlarini ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshirsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

💙 Suvchilar maktabi | 💧 Tomchi

Читать полностью…

TOMCHI

💙 Ekin dalalaridan 2025 yilning 21 aprelida bug‘langan namlikning miqdorlari

💧 Hurmatli Tomchi muhlislari, Suvchilar maktabining tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalarning sutkalik ma’lumotlari tahlillarini ko‘rsatishicha:

☀️ 2025 yil 21 aprelida Suvchilar maktabining Xorazm (Urganch tumani – 66 m3/ga) viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (Nukus tumani – 65 m3/ga) uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan eng yuqori bo‘lgan.

🌱 Maktabning Jizzax (Paxtakor tumani – 44 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani – 44 m3/ga), Sirdaryo (Guliston tumani - 44 m3/ga), Surxondaryo (Termiz tumani – 44 m3/ga), Buxoro (Buxoro shahri – 43 m3/ga), Navoiy (Karmana tumani – 43 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani – 43 m3/ga), Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 42 m3/ga), Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 41 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan o‘rtacha,

🍃 Andijon (Andijon tumani – 35 m3/ga) va Farg‘ona (Quva tumani – 35 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan pastroq bo‘ldi.

❗️ 2025 yil 21 aprelining e’tiborli jihati shundan iborat bo‘ldiki, mamlakatimizning 9 ta viloyatida tuproq namligining bug‘lanishi qariyb bir xil bo‘ldi. Bunday holat kamdan kam kuzatiladi.

Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan hududlardagi dehqonlar o‘zlarining dala yumushlarini ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshirsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

💙 Suvchilar maktabi | 💧 Tomchi

Читать полностью…

TOMCHI

🌍 22 aprel — Xalqaro Ona Yer kuni 🌿

Bugun butun dunyo bizning umumiy uyimiz - Yer sayyorasiga bag'ishlangan kunni nishonlamoqda. Xalqaro Ona Yer kuni BMT tomonidan 2009 yilda ta’sis etilgan va o‘shandan beri u har yili tabiatni asrash muhimligini eslatib keladi.

🏞 Nima uchun bu muhim?
Sayyoramiz har yili taxminan 10 million gektar o'rmonni yo'qotmoqda va millionlab turdagi hayvonot va o'simliklar yo'q bo'lib ketish arafasida. Ifloslanish, iqlim o'zgarishi, o'rmonlarning kesilishi, brakonerlik - bularning barchasi ekotizimlarning yo'q qilinishini tezlashtiradi.

Yer haqida qiziqarli faktlar:

🟣Sayyoraning yoshi taxminan - 4,5 milliard yil
🟢Ekvatorning uzunligi - 40 010 km
🟣Eng issiq joy - El Aziziya (57,8 °C)
🟢Eng sovuqi - Antarktidadagi Vostok stantsiyasi (-89 °C)
🟣4000 ga yaqin mineral turi ma'lum, har yili yangilari ochiladi.
🟢Yerning bitta tabiiy sun'iy yo'ldoshi bor - Oy

🌎 Shu kuni 180 dan ortiq mamlakatlardan millionlab odamlar ekologik aksiyalarda ishtirok etadilar:
daraxt ekish, hududni tozalash, shahar ko'chalarini mashinalar uchun yopish, ko'rgazmalar va olimlar bilan davra suhbatlari 🌳🌺

Har birimiz o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin: hovlini obodonlashtirish, daraxt ekish yoki boshqalarga tabiatni muhofaza qilish qanchalik muhimligini eslatish.

❗️ Yer bizning uyimiz. Har kuni uni asraylik.


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

QORAQALPOG‘ISTONLIK AYOLLAR TRENINGDA FAOL ISHTIROK ETDI

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamkorligidagi amalga oshirilayotgan «O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi»ning 3-bosqichi doirasida “Suv sektorida ijtimoiy integratsiya: aholining zaif toifalarini ijtimoiy himoya qilishdagi davlat mexanizmlari» mavzusida o‘quv-trening kursi tashkil etildi.

ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan o‘quv-trening kursida Qoraqalpog‘istondagi suv xo‘jaligi tashkilotlarida ishlovchi xotin-qizlar hamda fermer ayollar ham faol ishtirok etdi.

Tinglovchilar guruhlarda ishlash ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha “Gender tengligi va ijtimoiy integratsiya asosida suv siyosatiga takliflar”ini ishlab chiqishdi hamda taqdimotini o‘tkazishdi. Tinglovchilarning o‘quv kursida olgan bilimlari baholandi hamda ishtirokchilarga trening yakunida sertifikatlar topshirildi.

Batafsil: 👇

https://krminwater.uz/21/04/2025/3762

Читать полностью…

TOMCHI

💙 Ekin dalalaridan 2025 yilning 14 aprelidan 20 apreligacha bo‘lgan bir xafta muddatda bug‘langan namlikning miqdorlari

💧 Hurmatli Tomchi muhlislari, Suvchilar maktabining tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalarning 2025 yilning 14 aprelidan 20 apreligacha bo‘lgan muddatdagi sutkalik ma’lumotlarini bir xaftalik kesimda o‘zgarishlarini tahlil qilib, muhlislar e’tiboriga havola qilishga qaror qildik.

☀️ Ma’lumotlar tahlillarini ko‘rsatishicha 2025 yilning 14 aprelidan 20 apreligacha bo‘lgan bir xafta muddatda Suvchilar maktabining viloyatlardagi uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi gektariga 178 -- 400 m3 ni tashkil qilgan.

Bunda eng ko‘p bug‘lanish maktabning Surxondaryo (Termiz tumani – 400 m3/ga) dagi uchastkasida kuzatilgan.

🌎 Tuproq namligining bug‘lanishi maktabning Buxoro (Buxoro shahri – 358 m3/ga), Xorazm (Urganch tumani – 357 m3/ga), Navoiy (Karmana tumani – 348 m3/ga) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (Nukus tumani – 345 m3/ga) uchastkalarida nisbatan yuqori,

🍀 Qashqadaryo (Qarshi tumani – 287 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani – 274 m3/ga), Sirdaryo (Guliston tumani - 245 m3/ga) va Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 240 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida nisbatan o‘rtacha,

🍃 Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 216 m3/ga), Jizzax (Paxtakor tumani – 203 m3/ga), Andijon (Andijon tumani – 190 m3/ga) va Farg‘ona (Quva tumani – 178 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida nisbatan past bo‘ldi.

❗️ Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan hududlardagi dehqonlar o‘zlarining dala yumushlarini, xususan sug‘orish ishlarini ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshirsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

💙 Suvchilar maktabi | 💧 Tomchi

Читать полностью…

TOMCHI

💧 Буюк Хитой каналининг қурилиши нимадан бошланган?

🇨🇳 Буюк Хитой каналининг тарихи жуда қадимги даврларга, аниқроғи милоддан аввалги VI асрга бориб тақалади.

🪼Ўша вақтларда Хитой ҳали ягона давлат эмас, балки кўплаб майда подшоҳлик ва бекликлардан иборат, ранг-баранг ҳолатда эди.
Биринчи сунъий каналлар Вэй, кейинчалик Ци подшоҳликлари даврларида қурилган. Улар унча катта бўлмаган, балки маҳаллий кўллар, дарёлар ва ботқоқларни ўзаро боғловчи қисқа сунъий сув йўллари бўлган холос.

🪼у каналларнинг асосий вазифаси суғориладиган деҳқончилик майдонларини сув билан таъминлашдан иборат бўлган.

🪼нг биринчи йирик муҳандислик лойиҳаларидан бири — Хунгоу канали эди.
Хунгоу канали тахминан милоддан аввалги 486 йилда У  қироллигининг подшоҳи Фучай томонидан қурдирилган.

🪼анал Хуайхэ ва Янцзи дарёларини ўзаро боғлаган.
Хунгоу канали биринчидан ҳарбий мақсадлар учун хизмат қилган. Иккинчидан эса, канал воситасида савдо-сотиқ ишлари ривожлантирилган. Канал ҳар иккала вазифани ҳам бирдай бажарган.

🪼ингоу канали кейинчалик қуриладиган Буюк Хитой каналининг илк намунаси бўлган.

Суй сулоласи давридаги беқиёс қурилиш
🪼унъий сув йўли қуришдаги ривожланиш милодий VII асрда, Суй сулоласи (581–618) даврида кузатилган.

🪼йнан шу даврда император Ян-ди мамлакат ҳудудида ўз ҳокимиятини мустаҳкамлаш мақсадида улкан сув йўлини қуришни бошлаган.
Бу энди алоҳида битта кичик канал эмас, балки 1000 километрдан зиёд узунликдаги бутун бошли каналлар тизими эди...

👍 Давомини кутинг. У албатта қизиқ.


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💧 Қорағатзорларда эрта баҳор парвариши 🌿

Эрта баҳор — қорағат тупларига шакл бериш учун энг муносиб вақт! Бу даврда қуйидагиларга эътибор қаратиш муҳим:

✂️ Қуриб қолган, синган ва касал новдаларни кесиб ташланг.
✂️ Нимжон ва ердан кўкарган бачки новдаларни ҳам олиб ташланг.

🌱 Ҳосил асосан ўтган йилги новдаларда шаклланади.

🔄 Йиллар ўтиши билан новдалар кўпайиб, ҳосил марказдан узоқлашади ва мевалар майдалашади.
Шу боис:
5 ёшга етган шохларни кесиб ташлаб,
✅ Янги чиққан 4-5 та бир йиллик новдани қолдиринг.


💧 Март ойи охирида гуллаб бошлаганда — биринчи суғоришни амалга оширинг. Бу гулларни тўкилишига йўл қўймайди.


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💧 Дунёдаги энг катта шўр кўллар

Босқунчоқ кўли — Россиянинг асосий туз кони


🇷🇺 Босқунчоқ кўлини кўпинча “Россиянинг асосий туз тегирмони” деб аташади. Бу бежизга эмас, чунки мамлакатда ишлаб чиқариладиган ош тузининг тахминан 80 фоизи айнан шу кўлдан қазиб олинади.

🩵ўл маъмурий жиҳатдан Астрахан вилоятининг Ахтуба туманида, географик жиҳатдан эса Каспийбўйи пасттекислигининг шимолий қисмида, Волга-Ахтуба дельтасига яқин ҳудудда жойлашган.

🩵нинг умумий майдони 106 квадрат километрни ташкил қилади, узунлиги 18 км, эни эса 13 км га тенг.

🩵осқунчоқ кўли ҳозирда Богдан-Босқунчоқ давлат қўриқхонаси таркибига киритилган ва давлат томонидан махсус муҳофазага олинган.

🩵ўлнинг асосий сув манбаи — баъзан қуриб қоладиган Горькая дарёси ҳисобланади. Шунингдек, кўлга 25 та булоқдан ҳам сув оқиб келади. Шунга қарамасдан, кўл сувининг шўрлиги жуда юқори бўлиб, ўртача 300 промиллени ташкил этади, яъни ҳар литрида 300 грамм тузи бор.

🩵ўл тубида 10 дан 18 метргача бўлган қалин туз қатлами мавжуд. Туз қазиб олиш жараёнида кўлнинг айрим нуқталарда 8 метргача чуқурликлар юзага келган.

🩵осқунчоқ кўли нафақат туз, балки шифобахш балчиқлари (лойлари) билан ҳам машҳур. Бу лойлар табиий муолажа воситаси сифатида кенг қўлланилади ва кўл шифобахш балчиқ манбаи сифатида тан олинган.

🩵ўлдаги лойлар минералларга жуда бой бўлиб, тери саломатлигини яхшилайди, қон айланишини фаоллаштиради ҳамда яллиғланишларга қарши таъсир кўрсатади. Балчиқ таркибида магний, калий, натрий, кальций ва бошқа муҳим микроэлементлар мавжуд.

🩵осқунчоқ кўлининг балчиғи тери касалликлари (псориаз, экзема, дерматит), суяк-мушак тизими (артрит, остеохондроз), асаб тизими ва гинекологик муаммоларни даволашда, шунингдек стресс ва чарчоқни бартараф этишда кенг миқёсда фойдаланилади.

🩵осқунчоқ кўли — денгиз сатҳидан 21 метр пастда жойлашган бўлиб, унинг ҳавоси ҳам ион ва минералларга бой.
Бу эса кўлдаги нафақат балчиқ, балки унинг ҳавоси ҳам шифобахш эканлигидан далолат беради.


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💙 Ekin dalalaridan 2025 yilning 17 aprelida bug‘langan namlikning miqdorlari

💧 Hurmatli Tomchi muhlislari, Suvchilar maktabining tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalarning 2025 yil 17 aprelidagi sutkalik ma’lumotlari tahlillarining ko‘rsatishicha:

☀️ Suvchilar maktabining Buxoro (Buxoro shahri – 94 m3/ga), Navoiy (Karmana tumani – 87 m3/ga), Surxondaryo (Termiz tumani – 77 m3/ga), Xorazm (Urganch tumani – 77 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi eng yuqori,

🌎 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (Nukus tumani – 72 m3/ga) hamda Qashqadaryo (Qarshi tumani – 71 m3/ga) va Samarqand (Oqdaryo tumani – 68 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan yuqori,

🌱 Sirdaryo (Guliston tumani - 50 m3/ga), Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 45 m3/ga), va Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 44 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan o‘rtacha,

☘️ Jizzax (Paxtakor tumani – 41 m3/ga), Andijon (Andijon tumani – 39 m3/ga) va Farg‘ona (Quva tumani – 32 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan past ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi.

👍 Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan hududlardagi dehqonlar o‘zlarining dala yumushlarini ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshirsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

💙 Suvchilar maktabi | 💧 Tomchi

Читать полностью…

TOMCHI

O'zbekistonda 0,33 ml plastik idishdagi suv narxi bor-yo'g'i 2000–3000 so'm. Juda arzon, to'g'rimi?

Nima uchun suvimiz bunchalik arzon – xursand bo‘lishimiz kerakmi yoki o‘ylashimiz kerakmi?
Bu haqda siz nima deb o'ylaysiz?


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💙Ekin dalalaridan 2025 yilning 16 aprelida bug‘langan namlikning miqdorlari

💧Hurmatli Tomchi muhlislari, Suvchilar maktabining tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalarning 2025 yil 16 aprelidagi sutkalik ma’lumotlari tahlillarini ko‘rsatishicha:

☀️ Maktabning Surxondaryo (Termiz tumani – 87 m3/ga), Buxoro (Buxoro shahri – 83 m3/ga) va Navoiy (Karmana tumani – 79 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan yuqori bo‘ldi.

🌱 Suvchilar maktabining Qashqadaryo (Qarshi tumani – 66 m3/ga) va Samarqand (Oqdaryo tumani – 64 m3/ga) viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus tumani – 63 m3/ga) hamda Xorazm (Urganch tumani – 56 m3/ga), Sirdaryo (Guliston tumani - 52 m3/ga) va Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 52 m3/ga), viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan o‘rtacha,

☘️ Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 50 m3/ga), Andijon (Andijon tumani – 44 m3/ga), Jizzax (Paxtakor tumani – 44 m3/ga) va Farg‘ona (Quva tumani – 43 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan pastroq bo‘ldi.

👍 Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan hududlardagi dehqonlar o‘zlarining dala yumushlarini ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshirsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

💙 Suvchilar maktabi | 💧 Tomchi

Читать полностью…

TOMCHI

Инсон зеҳни, меҳнати ва иродасининг буюк тимсоли
Буюк Хитой Канали


🪼нсоният тарихидаги йирик муҳандислик ютуқлари тўғрисида сўз кетганда, одатда Панама ёки Сувайш каналлари тилга олинади. Аммо ёши улардан улуғ бўлган, кўп жиҳатлари билан улардан устун турадиган айрим иншоотлар камдан-кам тилга олинади.
Бундай иншоотлардан бири Буюк Хитой Каналидир.

🪼уюк Хитой канали дунёдаги энг узун сунъий сув йўлидир.
Унинг умумий узунлиги қарийб 1782 километрга тенг.
Буюк Хитой канали бешта вилоят орқали ўтиб, Пекин ва Ханчжоу каби йирик шаҳарларни ўзаро боғлаб туради.

🪼уюк Хитой канали қарийб 2500 йилдан буён, то ҳозиргача ишлаб турган сунъий сув йўли - транспорт магистралидир.
Буюк Хитой канали аллақачоноқ Хитой давлати иқтисодий, сиёсий ва маданий тараққиётининг ўзагига айланиб бўлган.

❗️ Давоми бор, ТОМЧИ каналини кузатиб туринг!


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💙Ekin dalalaridan 2025 yilning 15 aprelida bug‘langan namlikning miqdorlari

💧Hurmatli Tomchi muhlislari, Suvchilar maktabining tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalarning 2025 yil 15 aprelidagi sutkalik ma’lumotlari tahlillarini ko‘rsatishicha:

☀️Maktabning Buxoro (Buxoro shahri – 80 m3/ga), Surxondaryo (Termiz tumani – 79 m3/ga), Navoiy (Karmana tumani – 71 m3/ga) va Qashqadaryo (Qarshi tumani – 62 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan yuqori bo‘ldi.

🌱Maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus tumani – 52 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani – 60 m3/ga), Xorazm (Urganch tumani – 53 m3/ga), Sirdaryo (Guliston tumani - 47 m3/ga) va Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 46 m3/ga), viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan o‘rtacha bo‘ldi.

☘️Suvchilar maktabining Jizzax (Paxtakor tumani – 40 m3/ga), Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 38 m3/ga), Andijon (Andijon tumani – 35 m3/ga) ) va Farg‘ona (Quva tumani – 33 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan past bo‘ldi.

👍 Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan hududlardagi dehqonlar o‘zlarining dala yumushlarini ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshirsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

💙 Suvchilar maktabi | 💧 Tomchi

Читать полностью…

TOMCHI

Ko'pchiligimiz uchun oddiy hol bo‘lib qolgan ichimlik suvi — aslida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bebaho ne’mat. Qurg‘oqchilik, iqlim o‘zgarishlari va behuda sarf tufayli toza suv tobora kamayib bormoqda.

💧 Ichimlik suvini isrof qilmaylik — uning qadriga yetaylik!


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

Тошкент вилояти

💧Сув хўжалиги вазирлиги томонидан "Ўзбекистонда сув ресурсларини бошқариш" лойиҳасининг 3-босқичи доирасида республикадаги сув хўжалиги ташкилотлари аёл ходималари, аёл-фермерлар, кам таъминланган аёл-томорқа эгаларига онлайн тренинг ташкил этилди.

✔️ Хусусан, Тошкент вилоятидаги сув хўжалигида фаолият олиб бораётган аёл етакчи мутахассислари ҳамда фермер хўжалик раҳбарлари фаол иштирок этиб, "Сув секторида ижтимоий интеграция: аҳолининг заиф тоифаларини ижтимоий ҳимоя қилишдаги давлат механизмлари" мавзусида ўқув-тренинг курсини ўташди.

📍Тренингда сувдан фойдаланишда ижтимоий интеграция ва гендер тенглиги асослари ҳамда аҳолининг заиф тоифаларини ижтимоий ҳимоя қилишдаги давлат механизмлари, уларнинг сув секторида жорий этилишини тушуниш ва хабардорлик даражасини ошириш бўйича билимларини оширдилар.

Манба: Чирчиқ-Оҳангарон ИТҲБ матбуот хизмати


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

Буюк Хитой канали: Суй сулоласи давридаги беқиёс қурилиш

🪼унъий сув йўли қуришдаги ривожланиш милодий VII асрда, Суй сулоласи (581–618 йиллар) даврида кузатилган.

🪼йнан шу даврда император Ян-ди мамлакат ҳудудида ўз ҳокимиятини мустаҳкамлаш мақсадида улкан сув йўлини қуришни бошлаган.

🪼у энди алоҳида битта канал эмас, балки 1000 километрдан зиёд узунликдаги бутун бошли каналлар тизими эди.

🪼анал шимолда жойлашган пойтахт Лоянни мамлакат жанубидаги савдо шаҳарлари, жумладан Ханчжоу билан боғлаган.

🪼арихий манбаларга кўра, бу улкан қурилишда юз минглаб одамлар жалб қилиниб, иштрок этган. Натижада канал қисқа вақт ичида — бир неча йилда қуриб битказилган.

🪼уй сулоласи тез орада ҳалокатга учраган бўлса-да, Ян-дининг канал қурилишидаги ташаббуси Хитойнинг кейинги тараққиётига кучли туртки берган.

Тан ва Сун сулолалари даврларидаги ривожланиш
🪼уюк Хитой канали Тан (618–907) ва Сун (960–1279) сулолалари даврларида янада кенгайтирилиб, такомиллаштирилди.

🪼анал дон, туз, ипак ва бошқа товарлар ташишда асосий йўлга айланди.

🪼анал бўйлаб шаҳарлар вужудга кела бошлади, уларнинг баъзилари кейинчалик йирик савдо марказларига айланди.

🪼у билан бирга канал ёқасида кўплаб бозорлар, маданий марказлар вужудга келди. Бу даврда канал нафақат иқтисодий, балки маданий тараққиёт учун ҳам муҳим воситага айланди.

🪼ан, Мин ва Цин сулолалари даврлари канал тарихида энг юқори юксалиш даврлари бўлди.

👍 Бу ҳақида кейнги чиқишлармизда. Каналимизни кузатиб боринг.


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💧 Онлайн тренинг ўтказилди

Ўзбекистон Республикаси Сув хўжалиги вазирлиги томонидан "Ўзбекистонда сув ресурсларини бошқариш" лойиҳасининг 3-босқичи доирасида республикадаги сув хўжалиги ташкилотлари аёл ходимлари, аёл-фермерлар, кам таъминланган аёл-томорқа эгаларига онлайн тренинг ташкил этилди.

Жумладан, Хоразм вилоятидаги сув хўжалигининг аёл етакчи мутахассислари фаол иштирок этиб, "Сув секторида ижтимоий интеграция: аҳолининг заиф тоифаларини ижтимоий ҳимоя қилишдаги давлат механизмлари" мавзусида ўқув-тренинг курсини ўташди. Тренингда сувдан фойдаланишда ижтимоий интеграция ва гендер тенглиги асослари ҳамда аҳолининг заиф тоифаларини ижтимоий ҳимоя қилишдаги давлат механизмлари, уларнинг сув секторида жорий этилишини тушуниш ва хабардорлик даражасини ошириш бўйича билимларини оширдилар.

- "Семинар-тренинг қизғин баҳс-мунозараларга бой тарзда ўтди. Айниқса С.Атаназарова, З.Жаббарова, М.Қуранбаева, Х.Иноятовалар тренинг давомида энг фаол иштирокчилардан бўлдилар. Тренинг сўнгида иштирокчиларга сертификатлар топширилди", -

дейди Қўшкўпир туман “Сув етказиб бериш хизмати” ДМ бош гидрометри, “Ўзбекистонда сув ресурсларини бошқариш Миллий лойиҳаси” тренери А.Хасанова.

🔣 Манба: Чапқирғоқ Амударё ИТҲБ матбуот хизмати


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

🌳 Мева дарахтларини сийраклатиб кесиш 🌞

Дарахтларингиз ҳосилли, соғлом ва нурли бўлишини истайсизми? Унда сийраклатиб кесиш усули билан танишинг:

✂️ Сийраклатиш нима?
Бу — новда ва шохларни она шохдан чиқиш жойидан, яъни “ёқа” деб аталувчи қисмдан кесиш усулидир. Бундай кесиш:
➡️ Кичкина жароҳат қолдиради
➡️ Тез битади
➡️ Қишки музлашга чидамли бўлади

🌱 Бу кесиш қандай таъсир қилади?
➡️ Дарахтнинг табиий ўсишига халақит бермайди
➡️ Кучли янги новдалар чиқармайди
➡️ Қуёш нурлари дарахт бўйлаб яхши тарқалади

🍂 Қачон амалга ошириш керак?
➡️Тиним даврида
➡️Жуда қалинлашиб кетган дарахтларда
➡️Ҳосилсиз, соя бериб қўйган новдаларни олиб ташлаш керак бўлса

📌 Эсда тутинг:
Кесиш вақтида новдани “ёқаси”дан 1 мм қолдириб кесинг — шунда янги новда чиқишига йўл қўйилмайди.


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💧 SUV - hayot manbai


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💙 Ekin dalalaridan 2025 yilning 20 aprelida bug‘langan namlikning miqdorlari

💧 Hurmatli Tomchi muhlislari, Suvchilar maktabining tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalarning sutkalik ma’lumotlari tahlillarini ko‘rsatishicha:

☀️ 2025 yil 20 aprelida Suvchilar maktabining Xorazm (Urganch tumani – 54 m3/ga) viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (Nukus tumani – 52 m3/ga) uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan eng yuqori bo‘lgan.

🌱 Maktabning Navoiy (Karmana tumani – 43 m3/ga), Buxoro (Buxoro shahri – 42 m3/ga) Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 42 m3/ga), Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 42 m3/ga) Sirdaryo (Guliston tumani - 41 m3/ga) va Samarqand (Oqdaryo tumani – 40 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan o‘rtacha,

🌿 Andijon (Andijon tumani – 18 m3/ga) Jizzax (Paxtakor tumani – 39 m3/ga), Surxondaryo (Termiz tumani – 32 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani – 20 m3/ga) va Farg‘ona (Quva tumani – 20 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan past ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Ekin dalalaridan namlikning bug‘lanishi butun mamlakat bo‘ylab ortishni boshladi.

❗️ Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan hududlardagi dehqonlar o‘zlarining dala yumushlarini ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshirsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

💙 Suvchilar maktabi | 💧 Tomchi

Читать полностью…

TOMCHI

💙 Ekin dalalaridan 2025 yilning 19 aprelida bug‘langan namlikning miqdorlari

💧 Hurmatli Tomchi muhlislari, Suvchilar maktabining tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalarning sutkalik ma’lumotlari tahlillarini ko‘rsatishicha:

☀️ 2025 yil 19 aprelida Suvchilar maktabining Xorazm (Urganch tumani – 60 m3/ga) viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (Nukus tumani – 51 m3/ga) uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan eng yuqori bo‘lgan.

🍃 Maktabning Sirdaryo (Guliston tumani - 43 m3/ga), Jizzax (Paxtakor tumani – 39 m3/ga) va Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 34 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan o‘rtacha,

🌱Surxondaryo (Termiz tumani – 32 m3/ga), Navoiy (Karmana tumani – 29 m3/ga) va Buxoro (Buxoro shahri – 26 m3/ga) va Samarqand (Oqdaryo tumani – 26 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan past,

🌿 Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 21 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani – 19 m3/ga), Farg‘ona (Quva tumani – 19 m3/ga) va Andijon (Andijon tumani – 18 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi juda past ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi.

❗️ Ekin dalalaridan namlikning bug‘lanishi butun mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 3,2 mm ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich, oxirgi 2 oydagi eng past ko‘rsatkichlarning ikkinchisi bo‘ldi.

Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan hududlardagi dehqonlar o‘zlarining dala yumushlarini ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshirsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

💙 Suvchilar maktabi | 💧 Tomchi

Читать полностью…

TOMCHI

💙 Ekin dalalaridan 2025 yilning 18 aprelida bug‘langan namlikning miqdorlari

💧 Hurmatli Tomchi muhlislari, Suvchilar maktabining tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalarning 2025 yil 18 aprelidagi sutkalik ma’lumotlari tahlillarini ko‘rsatishicha:

🍃 Suvchilar maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (Nukus tumani – 55 m3/ga) va Xorazm (Urganch tumani – 53 m3/ga) viloyatidagi uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan yuqori bo‘ldi.

☘️ Maktabning Surxondaryo (Termiz tumani – 36 m3/ga), Navoiy (Karmana tumani – 33 m3/ga) va Buxoro (Buxoro shahri – 31 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida tuproq namligining bug‘lanishi nisbatan o‘rtacha,

🌿 Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 27 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani – 25 m3/ga), Sirdaryo (Guliston tumani - 25 m3/ga) va Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 21 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi nisbatan past,

🌱 Jizzax (Paxtakor tumani – 19 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani – 18 m3/ga), Andijon (Andijon tumani – 17 m3/ga) va Farg‘ona (Quva tumani – 16 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi juda past ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi.

❗️ Shuni ta’kidlash lozimki, ekin dalalaridan namlikning bug‘lanishi qariyb butun mamlakat bo‘yicha avvalgi kunlarga (13-17 aprel) nisbaian qariyb 2-3 martaga kamaygan. Bug‘lanish ko‘rsatkichlari mart oyining boshidagi ko‘rsatkichlar darajasigacha tushib ketgan.

Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan hududlardagi dehqonlar o‘zlarining dala yumushlarini ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshirsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

💙 Suvchilar maktabi | 💧 Tomchi

Читать полностью…

TOMCHI

💧Suv haqida Qiziqarli fakt

🟣FAO mutaxassislari ifloslangan va sifatsiz oziq-ovqatlarni iste'mol qilish muammosini xal qilish uchun oziq-ovqatimizga kiradigan xavfli aralashmalar va patogenlar yo'lini kuzatish imkonini beradigan tizimni ishlab chiqishga harakat qilishdi. Oldini olish davolashdan ko'ra afzalliroqdir va suv sifati va oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog'liq xavflarni erta bosqichda hal qilish yaxshiroqdir. Shu sababli, olimlar patogen mikroorganizmlarning genomlarini o'rganish va ularning suvdan oziq-ovqatga o'tish yo'llarini aniqlash uchun butun genom sekvensiyasidan (WGS) foydalanishga qaror qilishdi.

🟣FAO hozirda suv va oziq-ovqatdagi patogenlarni kuzatish uchun oltita mamlakatda butun genom ketma-ketligini qo'llashni sinovdan o'tkazmoqda. Masalan, Indoneziyada FAO mutaxassislari qishloq xo'jaligi tizimlarida suv sifati bo'yicha genomik tadqiqotlar bilan shug'ullanadilar. Mamlakatning qator hududlarida bir xo‘jalikda tovuq va baliq boqish amaliyoti keng tarqalgan. Tovuq go'ngi o'g'it sifatida ishlatiladi. Baliqlar uchun ozuqa ko'paytirish uchun hovuz suviga qo'shiladi: baliq keyinchalik oziqlanadigan fito- va zooplankton bunday muhitda tez sur'atlarda o'sadi.

🟢Fermerlar uchun bu "simbioz" aniq afzalliklarga ega: baliq yemiga pul sarflashning hojati yo'q. Ammo suvning ifloslanishi va baliq kasalliklarining tarqalishi xavfi sezilarli darajada oshadi. FAO mahalliy mutaxassislarga tizim yordamida baliqlarga suvdan kiradigan potentsial patogenlarni kuzatish, shuningdek, mikroblarga qarshi vositalarga mumkin bo'lgan patogen qarshilikni o'rganish uchun tadqiqot o'tkazishda yordam beradi. Xavfli mikroorganizmlarning bunday "ta'qibi" patogenlar oziq-ovqat zanjiriga kirgan paytni aniqlashga va muammoni erta bosqichda hal qilishga imkon beradi.


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

Инсон зеҳни, меҳнати ва иродасининг буюк тимсоли
Буюк Хитой Канали


Хитойга нега шимолдан жанубга канал қуриш керак бўлиб қолган?

🇨🇳 Хитойнинг географияси мураккаб ва зиддиятли.
Мамлакатдаги энг йирик дарёлар — Янцзи, Хуанхэ ва Хуайхэ — ғарбдан шарққа томон оқади ва охир оқибат бориб, денгизларга қуйилади.
Бу ҳолат рельеф нуқтаи назаридан қараганда табиий ҳолат. Бироқ логистика нуқтаи назаридан қаралганда мамлакат учун жуда ноқулай.
Мамлакатнинг аҳоли энг зич яшайдиган ва сиёсий жиҳатдан муҳим қисми шарқда — Янцзи ва Хуанхэ дарёлари оралиғидаги ҳудудда жойлашган.

🪼амлакатдаги илк давлатлар шу ерда пайдо бўлган, савдо ривожланган, ҳокимият учун курашлар кечган.
Бироқ шимол ва жануб ўртасида транспорт алоқаси қарийб бўлмаган, бўлгани ҳам ўта мураккаб ҳолатда бўлган.

🪼ариқ ва Шарқий Хитой денгизлари орқали ўтадиган йўли узоқ ва хавфли бўлган. Айниқса, денгиз тўфонлари бутун бошлиқ кемалар карвонларини йўқ қилиб юбораверган ҳолатларда, бошқа муқобил йўллар бўлмаган.
Қуриқлик орқали ўтадиган узундан - узоқ йўллар йўллар эса хавфсиз бўлмаган ва ўта машаққатли эди.

🪼Қуруқлик йўллари биринчидан жуда узоқ, иккинчидан йўлларда тоғ – тўсиқлар кўп, учинчидан йўлларда беҳисоб йўлтўсарлар мавжуд ва текисликларда содир бўлиб турадиган чанг-тўзон бўронлари бу йўларни машаққатли қилиб, босиб ўтишни ўта мураккаб қилар эди.

🪼ана шундай сабабар туфайли Хитой ҳукмдорлари узун бўлган сунъий сув йўлини қуриш тўғрисида бош қотира бошладилар. Уларнинг фикрича, бу йўл мамлакатнинг ўзига хос «умуртқаси» бўлиб қолиши керак эди.

🪼имол ва жанубни ўзаро боғловчи канал фақат транспорт магистрали бўлиб қолмасдан, дарёлардаги сув сатҳини тартибга солиш учун ҳам хизмат қилиши керак эди. Айниқса, «офатлар дарёси» деб аталадиганн Хуанхэ дарёси сув оқимини жиловлаши керак эди.

Охир оқибат Буюк Хитой канали қурилди.
Уни қуриш учун юзлаб йиллар сарфланди....
❗️ Давоми бор....


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💧 Suv haqida Qiziqarli fakt

Har yili 600 million odam ifloslangan va sifatsiz oziq-ovqatlarni iste'mol qilish natijasida kasal bo'lib, ularning 420 mingdan ortig'i vafot etadi. Ko'p hollarda xavfli infeksiyalar suv bilan tarqaladi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvning sifati tez pasayib, butun dunyoda suv resurslariga bosim maksimal darajaga yetdi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) suv sifatining genomik tadqiqotini o'tkazmoqda.

📍 FAOning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi uchun yer va suv resurslarining holati toʻgʻrisidagi hisobotiga koʻra, chiqindi suvlarning qariyb 80 foizi atrof-muhitga tegishli tozalanmagan holda kiradi, Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyodagi barcha daryolarning uchdan bir qismi patogenlar bilan jiddiy ifloslangan. Bu millionlab odamlarning sog'lig'iga tahdid soladi.


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида давлат назорати самарали ташкил этилади


“Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида давлат назоратини самарали ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида” ги Президент Фармони (ПФ-66-сон, 14.04.2025 й.) қабул қилинди.

🔰Фармонга кўра, қуйидагилар қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида давлат назоратини такомиллаштиришнинг асосий мақсадлари этиб белгиланди:

🔹Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилиш инспекциясини (Инспекция) мустақил республика ижро этувчи ҳокимият органи сифатида шакллантириш;

🔹қурилиш, кўп квартирали уйларни бошқариш ҳамда ичимлик суви таъминоти ва оқова сувларни чиқариб юбориш соҳасида назорат функцияларини тўлиқ рақамлаштириш;

🔹хусусий сектор томонидан амалга ошириладиган назорат тизими механизмларини шакллантириш.

✔️2025 йил 1 майдан:

🔸тадбиркор ва қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилиш ҳудудий инспекциялари ўртасида шартнома тузилган бўлса, тадбиркорларнинг қурилиш объектларида қисқа муддатли давлат қурилиш назорати тадбирлари шартнома шартлари доирасида амалга оширилади ва “Ягона давлат назорати” ахборот тизимида рўйхатдан ўтказилмайди;

🔸Инспекцияга хўжалик юритувчи субъектларнинг молиялаштириш манбаларидан қатъи назар молия-хўжалик фаолиятига аралашиш қатъиян тақиқланади.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

TOMCHI

Дунёдаги энг шўр кўллар

Элтон кўли – Европадаги энг катта суви шўр кўл


🇷🇺 Элтон кўли Россия Федерациясининг Волгоград области ҳудудида жойлашган кўл.

🤎ўл Каспийбўйи паст текислигининг шимолий-шарқий чеккасида йирик тузли тепаликлар орасидаги табиий чуқурликда жойлашган.
Элтон кўли нафақат Россиядаги, балки бутун Европа қитьфсидаги энг йирик шўр кўл ҳисобланади.

🤎ўл ҳудудида ХIX аср охиригача туз қазиб олинган.
Элтон кўлининг юқоридан кўриниши доирани эслатади, умумий майдони эса 152 км2 га тенг.

🤎ўлнинг чуқурлиги ёзда атиги 5–7 см ни ташкил қилади ва фақат баҳор пайтида эриган қор сувлари келиб қуйилган даврдагина ортади.
Бу даврда кўлга 7кичик сой сувлари келиб қуйилади ва сув қатламининг қалинлиги (чуқурлиги) 1,5 метргача етади.

🤎ундан ташқари, кўл тубидан ҳам доимий булоқлар чиқиб туради. Бироқ уларнинг суви ҳам одатда шўр.
Кўлнинг ҳавзаси тузга тўйинган эритма - рапа билан тўлган. Кўл сувининг минераллашув даражаси жуда юқори - 200–300 г/л ни ташкил қилади.

🤎ўл сувида Dunaliella salina номли сув ўтлари яшайди ва улар кўл сувига қизғиш тус беради.
Кўл тубида натрий хлорид (NaCl) ва калий хлорид (KCl) тузларининг қалин қатламлари мавжуд. Ушбу туз қатламларининг остида олтингугурт водородли лой (балчиқ) қатлами жойлашган.

1882 йилгача Элтон кўлидан туз қазиб олинган.
1910 йилда унинг соҳилида "Элтон" номли даволаш санаторияси ташкил этилган. Санаторий 1945 йилда яқинроқдаги бошқа манзилга кўчирилган.
У ҳозирги кунда бальнеологик ва балчиқли курорт сифатида фаолият юритади.

2001 йилда кўл ва унинг теварагидаги даштлар (умумий майдони 106 минг гектар) ҳудуди бирлаштирилиб, "Элтон" табиий боғи ташкил қилинган.
Ҳозирда Элтон кўли табиий боғ таркибига киритилиб, давлат муҳофазасига олинган.


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💧 Апрель ойида боғ-токзорларда бажариладиган агротехник тадбирлар 🌳🌱

Мамлакатимизнинг барча ҳудудларида боғ-роғлардан юқори ҳосил олиш кутилмоқда. Шаклланган меваларни сақлаб қолиш ҳамда сифатини ошириш мақсадида айни кунларда боғларни минерал ўғитлар билан озиқлантириш зарур. Бунда соф ҳолда 100–120 кг азотли, 70–90 кг фосфорли, 45 кг калийли ўғитларни тупроққа чуқур солиб, кетма-кет суғориш керак.

🍑 Меванинг сифатини оширишда тоқалаш усули муҳим аҳамиятга эга. Ушбу усул ўрик, шафтоли, олхўри, олма, нок, беҳи каби дарахтларда амалга оширилади.

🦠 Қиш ойларининг илиқ келганлиги сабаб, зараркунандалар ва касалликлар тез ривожланиши мумкин. Уларга қарши Бордо суюқлиги ва турли фунгицидлар билан курашиш тавсия этилади.

🍓 Қулупнайзор ва қорағатзорларда қатор ораларини юмшатиш, бегона ўтлардан тозалаш ва зарур миқдордаги ўғитлар билан озиқлантириш муҳим.

🍋 Цитрус ўсимликлари яхши ўсиши учун 70–80% намлик, тўғри озиқлантириш ва шамоллатиш талаб этилади. Шунингдек, гулбанди ҳашаротларга қарши “Вэртемэкс” ва Бордо суюқлиги пуркалади.

🍇 Токзорларда ҳам апрель ойида қатор агротехник тадбирлар амалга оширилади: ер ҳайдалиб, туп юмшатилиб, қуриб қолган туплар пархама орқали тўлдирилади. Шунингдек, касалликларга қарши профилактик пуркашлар ўтказилади.

Ушбу тадбирлар ўз вақтида сифатли бажарилса, боғ-токзорлардан юқори ва сифатли ҳосил олишга эришилади!

🔗 Батафсил маълумот...


📌 Сизнинг боғингиз ҳам унумли ва баракали бўлсин!


😎 TELEGRAM🤑 SAVOLLAR  /  📱"TOMCHI" MI😎  Tomchi">YOU TUBE / 😎 FACEBOOK

Читать полностью…

TOMCHI

💙 Ekin dalalaridan 2025 yilning 14 aprelida bug‘langan namlikning miqdorlari

💧Hurmatli Tomchi muhlislari, Suvchilar maktabining mamlakatimiz viloyatlaridagi tajriba uchastkalarida o‘rnatilgan meteostansiyalar ma’lumotlarini 2025 yilning 14 aprelidan boshlab sutkalik kesimda berib borishga qaror qildik. Marhamat, ma’lumotlarni olib o‘z ezgu amallaringizda foydalaninglar.

☀️2025 yilning 14 apreliga xos sutkalik ma’lumotlarning tahlillari mamlakatimiz janubiy viloyatlarida namlikning bug‘lanishi boshqa viloyatlarga nisbatan yuqori bo‘lganligini ko‘rsatdi.

🌱 Jumladan, 14 aprel kuni Suvchilar maktabining Surxondaryo (Termiz tumani – 77 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani – 68 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani – 63 m3/ga), Buxoro (Buxoro shahri – 61 m3/ga), Navoiy (Karmana tumani – 61 m3/ga) va Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 57 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning bug‘lanishi yuqori bo‘lgan.

🍃 Suvchilar maktabining Andijon (Andijon tumani – 50 m3/ga) ), Farg‘ona (Quva tumani – 48 m3/ga), Sirdaryo (Guliston tumani - 46 m3/ga), Xorazm (Urganch tumani – 44 m3/ga), Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 43 m3/ga), Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (Nukus tumani – 40 m3/ga) va Jizzax (Paxtakor tumani – 39 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida namlikning sutkalik bug‘lanishi nisbatan pastroq qiymatlarda bo‘ldi.

❗️ Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan hududlardagi dehqonlar o‘zlarining 2025 yil aprel oyining ikkinchi yarmida bajaradigan chigit ekish va bug‘doy parvarishlash kabi ishlarini ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida aniqlashtirib amalga oshirsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Suvchilar maktabi | Tomchi

Читать полностью…
Subscribe to a channel