Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Universitetning barcha TTJ da yashovchi talabalariga osh tarqatildi
Ma'lumot o'rnida ayni damda universitetimiz kampusidagi 7ta TTJlarida 3000 nafarga yaqin talaba istiqomat qilmoqda. Ular uchun 7 ta doshqozonda mohir oshpazlar tomonidan osh pishirildi.
Osh nafaqat talabalarga, balki 500 nafardan oshiq ishchi-xodimlarga ham tortildi.
E'tiborli tomoni bu gal universitet rahbariyati talabalar honasida ular bilab birga taomlanishdi. Samimiy muloqotlar asnosida yoshlarning orzu-umidlari, ulkan rejalariga quloq tutildi, maslahatlar berildi.
Ta’kidlash kerakki, bu kabi ezgu tashabbuslar TerDUda an’anaviy tus olib, muntazam o‘tkazilmoqda. Bu esa jamoada birdamlikni mustahkamlash, talabalarda qadriyatlarimizga hurmat, mehr-oqibat va g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzating
🟢Ta’lim sifati yuksalishi yo‘lida: xodimlar uchun seminar tashkil etildi
🟢TerDUda rektor topshirig‘iga asosan universitetning boshqaruv apparati mas’ullari uchun Prezidentimizning kuni-kecha imzolagan “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatini yetkazishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
🟢Unda mutasaddilar farmonning tizim istiqbolidagi muhim jihatlari xususida slaydlar orqali ma'lumot berib, ijrosini ta'minlashga doir chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Rektorimiz ta’kidlaganlaridek, endilikda mazkur farmon bilan OTMlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanadi, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha mexanizm yo‘lga qo‘yiladi.
🟢Rektor ko‘rsatmasiga asosan mazkur kontingent uchun "Time management" bo‘yicha seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Bizni kuzating
#SportOyligi
A. Toshqulov: 21 kun davomida takrorlangan tashabbus odatga aylanadi
Bizni kuzating
#hisobot #konsert
Termiz davlat universitetida ko‘ngilochar-madaniy tadbir
Termiz davlat universitetining Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan tashkil etilgan musiqiy kecha barcha ishtirokchilarga unutilmas madaniy hordiq ulashdi.
E’tiborga molik jihati shundaki, hisobot konsertiga nafaqat universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar, balki ularning ota-onalari, ishchi-xodimlar hamda ustozlarning oila a’zolari ham taklif etildi.
Tadbir avvalida so‘zga chiqqan universitet rektori bu kabi ko‘ngilochar-ma’naviy tadbirlarning yosh avlod tarbiyasidagi, jamoa birligini mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib, bunday tashabbuslarning davomiy bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Bizni kuzating
#mutolaa #universitet_gazetasi
“Termiz universiteti” gazetasining 2025-yil 28-aprel kungi 376-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Ushbu sonda:
🟢Xalqaro hamkorlikda yangi sahifa ochildi;
🟢Anshlag: Momo yer spektakli;
🟢“Rektor kubogi” g‘oliblari taqdirlandi;
🟢“Milliy qadriyatlar” festivalidan reportaj;
🟢A.Temur fenomeni adabiy manbalarda kabi qator qiziqarli materiallar chop etilgan.
📰Elektron shaklini yuklab olish.
Bizni kuzating
#tafakkur
"Muvaffaqiyat tasodif emas. Bu mashaqqatli mehnat, qat'iyat, o'rganish, intilish, ko'p narsani qurbon qilish va ushbu ish uchun bor muhabbatni berishdir"
Pele
Bizni kuzating
Atoqli olim Nazar To‘rayev nomidagi uy muzeyi tashkil etildi
Denov tumanida taniqli fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni sohibi, akademik Nazar To‘rayev xotirasiga bag‘ishlab uy muzeyi tashkil etildi.
Ochilish marosimida viloyat va tuman hokimligi, oliy ta’lim va madaniyat sohasi vakillari, olimning shogirdlari, pedagoglar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
Akademik Nazar To‘rayev 1938-yilda Denov tumanida tug‘ilgan. U 60 yillik ilmiy faoliyati davomida ko‘plab nufuzli ilmiy va rahbarlik lavozimlarida samarali mehnat qilgan. Jumladan, Termiz davlat universiteti rektori, Fanlar akademiyasi huzuridagi “FANUM” ilmiy-o‘quv markazi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1990–1995-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati sifatida ishlagan.
Uy muzeyining tashkil etilishi – yosh avlodda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy g‘urur va qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | X
#QonunchilikYangiliklari
⚡️Endi talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish dasturi xarajatlarini qoplash uchun foizsiz qarz (ssuda) olishi mumkin
Hukumat qarori (290-son, 02.05.2025-y.) bilan 2025-yil 15-maydan “Work and travel” xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.
Bizni kuzating
🟢"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida TerDU faxriy ustozlari yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishishdi
🟢Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi milliy qadriyatlarimiz va tarixiy merosimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, fidoyi ustoz va olimlarimizni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim loyihalardan biridir.
🟢Sayohat ishtirokchilari Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, mamlakatimiz taraqqiyoti, ma’naviy yuksalishi va turizm salohiyatining yuksalayotganidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi.
Bizni kuzating
"Iste'dod" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Sevinch Narzullayeva | 27-son
Читать полностью…#Mutolaa
🔶 Hikoya: Noqobil qiz
✏️Abdulla Qahhorning "Anor" hikoyalar to‘plamidan
🕖 Davomiyligi: 07:17
🎧 Hikoya audiosini Dilbar Boboqulova o‘qidi.
Bizni kuzating
🏆TerDU futbol jamoasi viloyat chempioni!
⚡️Viloyat hokimi Kubogi uchun tashkil etilgan musobaqada talabalarimiz ajoyib o‘yin namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi!
🟢Yarim finalda Termiz davlat pedagogika instituti jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etgan jamoamiz, finalda Denov tadbirkorlik va pedagogika universiteti futbolchilarini 3:0 hisobida yengib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
🟢Futbolchilarimizni samimiy tabriklaymiz! G‘alabalar bardavom bo‘lsin!
Bizni kuzating
Termiz davlat universiteti Turizm kafedrasi magistrlari amaliy mashg‘ulotda
Turizm kafedrasi mudiri boshchiligida kafedraning magistratura bosqichi talabalari Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida ular muzeydagi qadimiy artefaktlar, Buddaviy arxeologik yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Muzeyda xitoylik sayyohlar bilan bo‘lgan muloqot esa magistrlar uchun xalqaro turizm amaliyotini chuqurroq anglash imkonini berdi. Bunday tadbirlar talabalarning nazariy bilimlarini real tajriba bilan mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Bugun 3-may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni
1993-yilning 20-dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan imzolangan maxsus rezolyutsiyada з-may sanasi “Butunjahon matbuot erkinligi kuni” deb e’lon qilingan edi.
BMT bosh kotibi har yili shu kuni matbuot xodimlariga o'z tabrigini yo‘llaydi. 1997-yildan e’tiboran UNESCO tomonidan maxsus mukofot ham joriy etilgan.
An’anaviy ravishda ushbu kunda O‘zbekistonda “Oltin qalam” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Bugungi bayram bilan barcha jurnalistlarni tabriklaymiz! Jurnalistikamiz doim erkin, qalamimiz esa hamisha o‘tkir bo‘lsin!
Bizni kuzating
"Qo‘shma reja" asosidagi targ‘ibot tadbiri ko‘lami kengaymoqda
Xabaringiz bor haftaning har Juma kuni viloyat prokuraturasi hamda vohadagi OTMlar o‘rtasida tuzilgan "Qo‘shma reja" asosida viloyat prokuraturasi xodimlari universitetlarda bo‘lishib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5.03.2025-yil Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash, korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirish va ularni halollik vaksinasi singdirish maqsadida targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdi.
TerDUda bo‘lgan mas’ullar talabalar ham jamiyatning faol a’zolari sifatida korrupsiya illatiga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lib, o‘z bilimi va tashabbuskorligi bilan davlatimizning porloq, adolatli kelajagini yaratishga hissa qo‘shmog‘i lozimligini qayd etishdi.
Shu o‘rinda bir eslatma!
Bizni kuzating
#№22
#Himoya_2025
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Qulmamatova Xurshida Abduxamidovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) ixtisosligidan «O‘quvchilarga texnologiya fanini o‘qitishda amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish (umumta'lim maktablarining 9-sinfi misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Xurshida Abduxamidovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
🟢"Otalar yig'ilishi"da ta'lim-tarbiyaga oid masalalar muhokama qilindi
Bizni kuzating
#fotoreportaj
📸 “Asrlardan oshgan navolar” nomli
hisobot konsertidan fotoreportaj
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🟢“Asrlardan oshgan navolar” nomli
hisobot konserti boshlanish jarayoni...
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
🎵“Asrlardan oshgan navolar” nomli
hisobot konserti
Termiz davlat universitetining Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda ijodkor talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan ushbu musiqiy kecha orqali yuksak san’at va milliy ohanglar olamiga sayohat qiling.
🕐 6-may, soat 18:00 da
🎶Sizni unutilmas lahzalar kutmoqda!
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
Oliygoh professor o'qituvchilari ishtirokida o'quv seminari o'tkazildi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
🟢Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Turkiya Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro tadbirlarda ishtirok etishdi
✅Yaqinda Turkiya Respublikasida bo‘lib o‘tgan qator nufuzli xalqaro tadbirlarda Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
"Turk dunyosidagi ayollar: muvaffaqiyat tarixi" mavzusidagi xalqaro seminar davomida turk ayollarining ijtimoiy, siyosiy va ilmiy sohalardagi yutuqlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va to‘plagan tajribalari yuzasidan fikr almashildi. Seminar doirasida universitetimiz vakillari ma’ruza bilan qatnashib, turk dunyosida ayollarning ta’lim va ilm-fandagi rolini yanada mustahkamlashga oid taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Shuningdek, Al Farobiy nomidagi 14-Xalqaro ilmiy tadqiqot va innovatsiya kongressida dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etib, zamonaviy ilmiy yo‘nalishlardagi izlanishlar, innovatsion loyihalar va yangiliklar bilan o‘rtoqlashdilar.
Bizni kuzating
#tafakkur
Gapirishdan oldin o‘yla. O‘ylashdan oldin kitob o‘qi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
TerDU talabasi To‘rayeva Saodat oltin medal sohibasi bo‘ldi!
Rektor huzurida universitet ijtimoiy-ma’naviy muhiti barqarorligiga daxldor mas’ullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
TerDUda kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
"O‘zbekiston – kitobxonlar yurti" shiori ostida o‘tkazilgan V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" o‘z nihoyasiga yetdi.
Rektor huzurida Darband o‘quv-amaliyot bazasini obodonlashtirish va dala amaliyotiga tayyorlash masalalari muhokama qilindi
Muntazamlik kasb etgan bellashuvlar!
TerDU rektori kampusdagi TTJlarda bo‘lib, sharoitlar bilan tanishish asnosida talabalar bilan samimiy muloqot qildi
Termiz davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Eng katta to‘siq va g‘ov — bu korrupsiya” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Universitet rektori huzurida kimyo fakulteti rahbariyati tomonidan istiqbolli rivojlanish strategiyaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Adabiyot va ilhom uchrashuvi
TerDUda qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi
Termiz davlat universiteti olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
TerDU futbol jamoasi viloyat chempioni!
Bizni kuzating
Аввал хабар берганимиздек, Республика идоралараро ишчи гуруҳи томонидан Сурхондарё вилоятида криминоген вазиятни барқарорлаштириш ва коррупцияга қарши курашиш ишлари ҳолати ўрганилмоқда.
Хусусан, ишчи гуруҳ аъзолари бўлган Бош прокуратуранинг бошқарма катта прокурори Р.Рахмонов ва Коррупцияга қарши курашиш Агентлиги бошқарма бошлиғи ўринбосари А.Камиловлар томонидан вилоятнинг Термиз шаҳар, Термиз, Олтинсой, Девон ва Сариосиё туманларида коррупция хавфи юқори соҳаларида ўрганишлар ўтказилди.
Тиббиёт муассасаларидаги ўрганишларда пуллик ва бепул хизматлар кўрсатиш, дори-дармонлар билан таъминлаш, ишга қабул қилиш ва давлат харидларида коррупцияга имкон бераётган омиллар борлиги аниқланди.
Бандлик бўлимлари томонидан очиқ танловлар етарлича ташкил этилмагани ва аҳолига бўш иш ўринлари ҳақида маълумотлар ўз вақтида ва тўлиқ етказилмаётганлиги танқид қилинди.
Ўрганишлар мактабгача таълим ва умумий ўрта таълим муассасаларида ҳам шаффофлик, бюджет маблағларининг мақсадли сарфланиши, педагогларга муносиб шарт-шароитлар яратиш ва рақамли технологияларни жорий этиш каби йўналишларда бир қатор камчиликлар ҳамда ечимини кутаётган масалалар мавжудлигини кўрсатди.
Ишчи гуруҳ томонидан аниқланган камчиликларни бартараф этиш ва самарали ҳал этиш бўйича тавсиялар берилиб, зарур чора-тадбирлар белгилаб олинди.
Шунингдек, ишчи гуруҳ Термиз давлат университетида бўлиб, университет раҳбарияти томонидан коррупцияга қарши курашиш борасида амалга оширилаётган ижобий иш тажрибалари билан танишди.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Sayt |Telegram | Instagram | uzbprokuratura">YouTube | Facebook
#natijalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 8-sentabrdagi 383-sonli buyrug‘i va Termiz davlat universiteti rektorining 2025-yil 29-apreldagi 69-U-son sonli buyrug`i asosida Biologiya, Kimyo, Fizika hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha Termiz davlat universiteti olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov natijalarini fanlar kesimida quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
🟢Biologiya,
🟢Kimyo,
🟢Fizika,
🟢Informatika va axborot texnologiyalari.
Bizni kuzating
Rektor kapital ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
А.Toshqulov mas’ullar hamrohligida universitet kampusidagi kapital rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binolarda bo‘lib, qurilish va ta’mirlash ishlarining borishi bilan bevosita tanishdi.
Ushbu jarayonda zamonaviy mehnat sharoitlarini yaratish, xonalarni shinam, yorug‘ va estetik ko‘rinishga keltirish, shuningdek, barcha yumushlarni yuqori sifatda bajarish zarurligini ta’kidladi.
Rektor shuningdek, hududlardagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari holatini ham ko‘zdan kechirdi.
Mutasaddi rahbarlar hamrohligida mavjud masalalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi va ularning samarali hal etilishi yuzasidan vazifalar belgilandi.
Bizni kuzating
🏛TerDUda boʻlib oʻtayotgan olimpiada jarayonidan videolavha
Bizni kuzating
#jarayon
Ayni damda Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakultetida umumta’lim maktablari bitiruvchilari o‘rtasida Biologiya, Kimyo, Fizika hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Termiz davlat universiteti olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda. Universitet mas’ullari tomonidan tanlovning odilona va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha zarur sharoitlar ta’minlangan.
Ma’lumot o‘rnida tanlovning tuman va shahar bosqichlarida jami 3000 nafarga yaqin umumta’lim maktablar bitiruvchilari qamrab olindi. Shulardan 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan 181 nafar o‘quvchi esa ayni damdagi viloyat saralash bosqichida ishtirok etishmoqda.
Har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan bitiruvchilar muddatidan oldin TerDUning talabasi bo‘lish sharafiga ega bo‘lishadi.
Olimpiada ishtirokchilariga omad tilaymiz.
Bizni kuzating