talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba-yoshlar

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba-yoshlar

🔐Firibgarlar bank kartalaridan pullarni qanday qo‘lga kiritmoqda?

Bugungi kunda o‘g‘rilar oldingizga kelib cho‘ntagingizga qo‘l solmaydi, balki sizning hisobingizdagi pullarga ko‘z olaytirmoqda. Ushbu videoda firibgarlar telefonga «kirib olish» uchun eng ko‘p qo‘llaydigan usul – zararli APK fayllar, undan saqlanish yo‘llari hamda firibgarlikka duchor bo‘lganda nima qilish kerakligini tushuntirib beramiz.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#QonunchilikYangiliklari

Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

“Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini  qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

🔹“El-yurt umidi” stipendiyasi g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali aniqlanadi;
🔹test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

✔️Bakalavriat bo‘yicha hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga ko‘ra:

↪️birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
↪️birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
↪️birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🇪🇸 Bo‘ldi o‘yin tugadi, hakam va Realga qarshi o‘yinda Barselona La Liga chempionligi masalasini deyarli hal qildi!

Visca Barsa, Vicsa Katalunya 👏

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🟥🟥🟥🟩🟩🟩 #reklama

🏠😊📚Jamiyatimizda Kitobxonlikni keng targʻib qilish, Yoshlar orasida Kitobxonlik madaniyatini oshirish va Kitobxon Millatni shakllantirish maqsadida "Kitobxon Millat" online kitobxonlik tanlovining ikkinchi mavsumiga start berildi!

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @Kitobxonmillatmizbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 30-Mayga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴"Oʻtgan kunlar" (Abdulla Qodiriy)
🔴"Yulduzlar mangu yonadi" (Togʻay Murod)

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – smart televizor 43 yoki 150 ta kitob
🔵2-o‘rin (1 nafar) – Smart televizor 32 yoki 120 ta kitob
🔵3-o‘rin (1 nafar) – Planshet yoki 80 ta kitob
🔵4-o‘rin (1 nafar) – Smartfon yoki 70 ta kitob
🔵5-o‘rin (1 nafar) – Smartfon yoki 60 ta kitob
🔵6-7- oʻrinlar har biriga 30 tadan kitoblar toʻplami
🔵8-9-10- oʻrinlar har biriga 20 tadan kitoblar toʻplami

🤩“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Smart televizor 43 yoki 150 ta kitob
🔵2-o‘rin (1 nafar) – Smart Televizor 32 yoki 120 ta kitob
🔵3-o‘rin (1 nafar) – Planshet yoki 80 ta kitob
🔵4-o‘rin (1 nafar) — Smartfon yoki 70 ta kitob
🔵5-o‘rin (1 nafar) — Smartfon yoki 60 ta kitob
🔵6-7-o'rinlar har biriga 30 tadan kitoblar toʻplami
🔵8-9-10 oʻrinlar har biriga 20 tadan kitoblar toʻplami

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tanlovda Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari yoshi va mansabidan qatʼiy nazar ishtirok etishlari mumkin!

👉 @Kitobxonmillatmizbot 🎁

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Bu 100% yolg‘on, buni isbotlash uchun ataylab o‘zimni qurbon qildim.

Ular bilan ishlashga rozi bo‘ldim va bugun ishimning 3-kuni, men nihoyat chuv tushdim. O‘z qo‘llarim bilan ularga, o‘zim rozi bo‘lib pul o‘tkazib berdim.

Bu ish orqali sizni qanday aldashligi haqida video qilish uchun ataylab shu ishni qildim. Nasib qilsa 4-5 kun ichida videosini chiqaraman, ungacha siz bu moshenniklar bilan ishlab chuv tushib qolmang, hamma protsesni videoda tushuntirib beraman.

👉 @izzatxoja_asomiddinov

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

↪️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adham Yusupovich Xudoyqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

↪️Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.

↪️Prezidentning tegishli qarori bilan Karimova E’zoza Gapirjanovna Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#yaxshi_kayfiyat

Siz darsda zerikib qolsangiz nima qilasiz?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

💪💪💪💪💪💪

Ro'yxatdan o'tish yakunlanmoqda, shoshiling!

🎉 Sovrin jamg'armasi 4 milliard so'm bo'lgan "UBS Fan Olimpiadasi - 2025" boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

Ushbu olimpiada 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi fanlardan ikki bosqichda tashkil etilmoqda:
✔️ ona tili va adabiyot,
✔️ matematika,
✔️ tarix,
✔️ biologiya
✔️ ingliz tili

Musobaqa bosqichlari:
1-bosqich — onlayn, 6-11 may kunlari
2-bosqich — oflayn, 16-18-may


Olimpiadada qatnashish mutlaqo bepul va ixtiyoriy!

📺 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
🌐 Sayt orqali Ro'yxatdan o'tish
📱 Bot orqali ro'yxatdan o'tish

Batafsil maʼlumot uchun:
📞 +998781132626, +998555202626

👍 @ubsolimpiada

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#yaxshi_kayfiyat

Talabalar uchun eksklyuziv, motivatsion videorolik
📚 “O‘qishni boshla!”

Muallif Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Azamat Axrorov

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Шартнома бўйича ҳисоб рақамига тўлов қилиш керакми?

Бирор жойга бориш ёки навбатда туриш шарт эмас. payme’да барчасини тўғридан-тўғри телефонингиздан бир неча дақиқада бажаришингиз мумкин.

Қўлланма карточкаларда жамланган.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#Qabul_2025 #Kasbiy_taʼlim

Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami 311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

✔️Shundan:
↪️davlat granti asosida — 205 729 ta;
↪️to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta.

Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi.

Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota (to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota (shundan 66 484 ta grant) ajratilgan.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

📌 Yuqoridagi ro'yxatda keltirilgan 13ta oliygoh Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.

Shu vaqtga qadar faqat Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufida edi. Qolgan ro‘yxatdagi oliygohlar oliy ta’lim vazirligi tasarrufida bo‘lgan.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🌿 Bahor – yangilanish, yorqin tadbirlar va ezgu ishlar fasli!

🌸 Sizlarni 1-maydan 3-maygacha o‘tkaziladigan Toshkent gullar festivaliga taklif etamiz. Festivalda ishtirok etish uchun ekologik dizayn, barqaror taraqqiyot va "yashil iqtisodiyot" sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tashkilotlar vakillari taklif etiladi.

📍Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Milliy kutubxona maydoni.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🗣Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi AOKA reytingida birinchi o‘rinni egalladi!

☑️Bunda 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotiblari ish samaradorligi baholandi. Bu Ochiqlik indeksining birinchi indikatori hisoblanadi.

👏Baholash natijalariga ko‘ra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirliklar ichida 91,0 ball bilan 1-o‘rin, respublika davlat organlari va tashkilotlari orasida 2-o‘ringa sazovor boʻldi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#qonunchilik_yangiliklari

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

☑️Farmonga ko‘ra:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;
Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi.

2025/2026 o‘quv yilidan:

➖Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;

➖Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;

➖akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;

➖Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1-kursdan xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

➖ pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

➖ oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

2026-2027-o‘quv yilidan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Sirtqini tugatganlar haqida karikatura

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

📌 Achchiq haqiqa: Umrim davomida tutgan sumkalarim deb nomlangan rasm.

Halol mehnatni uyatli joyi yo‘q. Ko‘pchilik boy insonlarning muvaffaqiyatli yo‘li ofitsiantlikdan boshlangan, to‘g‘rimi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

⚡️ Xususiy universitetlarda kontrakt narxi ko‘tarilishi kutilmoqda.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatiladi. Endilikda universitetlar kunduzgi talabalar sonining 50 foizigacha kechki yoki masofaviy ta’lim shakliga abituriyent qabul qilishi mumkin xolos.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🗣Talabalarga ijtimoiy yordam!

📌 17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan toʻlov-kontrakt summasini to‘lash tarzida ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi

☑️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Sizlarga ham mana shunday ishga taklif qilib, notanish odamlar yozyabdimi?

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

SIRTQI TA’LIM YOPILDI – TA’LIMDA YANGI DAVR BOSHLANDI!

🇺🇿 Prezident farmoniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim shakli butunlay bekor qilindi. Endi oliygohlarga sirtqi shaklda qabul mutlaqo amalga oshirilmaydi.

Nimalar o‘zgardi?

Sirtqi ta’lim shakli endi mavjud emas — na davlat, na nodavlat oliy ta’lim muassasalarida.
Amaldagi sirtqi talabalarning o‘qishi davom etadi — ular uchun o‘qish to‘xtatilmaydi.
Har qanday yo‘nalishda sirtqi ta’limga qabul bekor qilindi.

O‘rniga nima joriy etiladi?

↪️Masofaviy (online) ta’lim
↪️ Part-time (yarim kunlik) ta’lim shakli
↪️ Lekin bu muqobil shakllar uchun kvotalar kunduzgi qabul sonining 50% dan oshmasligi shart.

🎓 Endi magistratura bosqichida ham masofaviy o‘qish mumkin bo‘ladi!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#QonunchilikYangiliklari

⚡️Endi talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish dasturi xarajatlarini qoplash uchun foizsiz qarz (ssuda) olishi mumkin

Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.

✔️ Har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlarga BHMning 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi.

📝 Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

📃 Ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

🔸 xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
🔹ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablag‘larni qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning so‘nggi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va qarz shartnomasi bo‘yicha kafil bo‘lishga rozilik arizasi - agar mavjud bo‘lsa;
🔸 viza.


📋Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan so‘ng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

📌Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan quyidagi kunlari dam olinadi:

9-may (juma) — Xotira va qadrlash kuni;
10-may (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
11-may (yakshanba) — dam olish kuni.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🎓🎓Talabalar, tayyormisiz? Yilning eng yorqin festivali sizlarni kutmoqda!

⚡️1-maydan 25-maygacha butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtiruvchi “Talabalar festivali” bo‘lib o‘tadi.

🎓Abituriyentmisiz? Orzungizdagi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishing.

🎓Talabamisiz? Iste’dodingizni tanlov va loyihalarda sinab ko‘ring.

🎓Bitiruvchimisiz? Yaxshi kasb tanlash yoki biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz, festivalda ishtirok eting!

Festivalda ishtirok etish uchun @yoshtanlovibot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z yo‘nalishingizni tanlang!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

“Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov sirtqi ta’lim tizimi hozirgi kundagi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi.

“Dunyoda boshqa yondashuvlar — masofaviy, uzaytirilgan ta’lim qo‘llanilmoqda. Ya’ni talaba dasturni to‘rt yilda emas, balki besh-olti yilda, o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda, fanlar va o‘qish yillarini tanlagan holda o‘tashi mumkin”, — dedi vazir.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🎗9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bepul kinonamoyishlar tashkil etiladi

⚡️ Joriy yilning 1-10 may kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy kinofondi, O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Kino saroyi ma'muriyati hamkorligida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Agentlik tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o‘zbek filmlarining bepul namoyishlari tashkil etilmoqda.

📽 Namoyish jadvali bilan tanishing:

🗓 1-may
↪️14:00 — “Muhabbat bahori” badiiy filmi
↪️16:10 — “Inoyat Navro‘zboyev” hujjatli filmi

🗓 2-may
↪️14:00 — “Said bilan Saida” badiiy filmi
↪️16:03 — “Malik Qayumov” hujjatli filmi

🗓 3-may
↪️14:00 — “Hayot” badiiy filmi
↪️17:31 — “Xalq jasorati” hujjatli filmi

🗓 4-may
↪️14:00 — “Pandemiya” badiiy filmi
↪️16:06 — “Sobir Rahimov” hujjatli filmi

🗓 5-may
↪️14:00 — “Berlin-Oqqo‘rg ‘on” badiiy filmi
↪️15:57 — “Matonat” hujjatli filmi

🗓 6-may
↪️14:00 — “Meros” badiiy filmi
↪️15:31 — “Oy borip, omon qaytganlar” hujjatli filmi

🗓 7-may
↪️14:00 — “Vatan” badiiy filmi
↪️15:34 — “Sharof Rashidov” hujjatli filmi

🗓 8-may
↪️14:00 — “O‘zbek qizi” badiiy filmi
↪️16:02 — “Qudrat Suyunov” hujjatli filmi

🗓 9-may
↪️14:00 — “Ilhaq” badiiy filmi
↪️16:20 — “Mamadali Topvoldiyev” hujjatli filmi

🗓 10-may
↪️14:00 — “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmi
↪️16:24 — “Zebo G‘aniyeva” hujjatli filmi


🎟 Barcha yurtdoshlarimizni ushbu namoyishlarda kutamiz! Kirish bepul!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Endi yana bir toifadagi talabalarga maxsus stipendiya to‘lanadi

Xabarga koʻra, kambagʻal oilalarni ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab, uch toifada qoʻllab-quvvatlash taklif qilingan. Taʼkidlanishicha, bunday oilalarga 100 dan ortiq turdagi ijtimoiy xizmat, yordam va imtiyozlar taqdim etiladi.

☑️Kambagʻal oila farzandlarining taʼlim olishi uchun ham bir qator moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻriladi. Jumladan, bunday oiladan chiqqan bolalar maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi. Aʼlo bahoga oʻqiganlari esa oromgohlarda bepul dam olishi mumkin boʻladi.

☑️Kambagʻal oiladan chiqqan aʼlochi talaba-qizlarga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdorida maxsus stipendiya toʻlanadi.

❗️Nogironligi bor insonlarni ishga olgan yengil sanoat korxonalariga soliq imtiyozlari berish, bunday xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasini pasaytirish, tadbirkorlarga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan 500 million soʻmgacha subsidiya ajratish kabi ragʻbatlar ham koʻzda tutilmoqda.

❗️Shuningdek, elektron savdo maydonchasi orqali nogironligi bor shaxslarga tegishli tovar va xizmatlarni xarid qilish miqdori oshiriladi. Ularga kasb-hunar oʻrgatish uchun texnikumlarda inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etiladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

💪💪💪💪💪💪

"UBS Fan Olimpiadasi"ga shoshiling!

"University of Business and Science" va Fan olimpiadalari markazi hamkorligida tashkil etilayotgan "UBS Fan Olimpiadasi" minglab maktab o'quvchilarining qiziqishiga sabab bo'lmoqda, ayniqsa qo'yilgan yutuqlar va qanday ro'yxatdan o'tish bo'yicha savollar juda ko'p.

Keling ushbu video orqali barchasiga oydinlik kiritib olamiz.

➡️Olimpiada g‘oliblari uchun mukofotlar:

🟢1-dan 10-o‘ringa qadar: zamonaviy noutbuk va 2 yillik o‘qish uchun grant;
🟢11-dan 40-o‘ringa qadar: 4 million so‘mlik vaucher;
🟢41-dan 70-o‘ringa qadar: 3 million so‘mlik vaucher;
🟢71-dan 100-o‘ringa qadar: 2 million so‘mlik vaucher;
🟢101-dan 200-o‘ringa qadar: 1 million so‘mlik vaucher.


➡️Olimpiadada nafaqat o‘quvchilar, balki:

🟢Ularga ko‘mak bergan va qo‘llab-quvvatlagan o‘qituvchilar,
🟢Eng faol 4 ta viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari,
🟢14 ta eng faol tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlari,
🟢14 ta eng faol maktab direktorlari ham noutbuklar bilan taqdirlanadi!


Olimpiadada qatnashish mutlaqo bepul!

Bilimingizni sinab ko‘ring va sovrindorlar qatoridan joy oling!

Ro‘yxatdan o‘tish: @eduolimpbot

📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Batafsil maʼlumot uchun:
📞 +998781132626, +998555202626

🤖 @ubsuzbekistan_bot

👍 @ubsolimpiada

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🗣Xalqaro brendlar bilan ishlab kelayotgan marketolog o‘zining Telegram kanalini ochdi. U eng zo‘r reklamalar va brendlar haqidagi yangiliklarni joylab kelmoqda.

➡️ @sarvarmijozlarqani kanaliga obuna bo‘ling, bu yerda nafaqat foydali balki qiziqarli ma’lumotlarni topasiz.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

📌 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘nlab bino va inshootlari sotuvga qo‘yilar ekan.

Bu ushbu universitet Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilayotgani bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Nafaqat TDPU balki barcha Vazirliklar, davlat tashkilotlari bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga ko‘chirilishidan xabaringiz bormi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…
Subscribe to a channel