🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin
RAMAZON TAQVIMI-2025
(Toshkent vaqti bilan)
📕 «Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz.» (Baqara surasi, 183-oyat).
Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar.
Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftortu, fag‘firliy ya G‘offaru ma qoddamtu va ma axxortu.Allohim, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Yo gunohlarni kechiruvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgin.
#Bilasizmi❓
➡️Talaba (arab.— izlovchi, oʻrganuvchi), student (lot. studens — qunt bilan ishlovchi, shugʻullanuvchi) — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ayrim mamlakatlarda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurti oʻquvchisi.
🖋Turkistonda islom dini yoyilgach (VII— VIII asr), boshlangʻich maktabdan soʻng bilim olish bilan mashgʻul boʻlgan har bir kishi talaba hisoblangan. Madrasalar paydo boʻlgan X asrlardan ularda tahsil olayotgan kishilargina talaba deyila boshlagan. Yevropada XI—XIII asrlarda universitetlar tashkil topgandan soʻng , ularda faoliyat koʻrsatadigan har bir odam, yaʼni saboq beruvchi ham, saboq oluvchi ham student deb atalgan. Keyinchalik universitetlarda oʻqituvchilar uchun magistr, professor va boshqa ilmiy unvonlar joriy etilgach, faqat saboq oladigan kishilargina student deb yuritiladigan bo'lgan.
📌Talaba har bir mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng faol, harakatchan, jonkuyar qismi hisoblanadi. Bevosita ilm-fanni oʻzlashtirish bilan mashgʻulliklari uchun talabalar jamiyatning intellektual ilgʻor qatlami sanaladi. Shuning uchun ham talabalarning chuqur kasbiy hamda maʼnaviy axloqiy tayyorgarlikka ega boʻlishiga katta eʼtibor qilinadi.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
❓Eng katta raqamlar nomlarini bilasizmi?
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
#ramazon_kundaligi
🌙Onlayn Ramazon kundaligi orqali muborak oyda qilgan amallaringizni oson sarhisob qiling!
🌙Ramazon kundaligining BEPUL imkoniyatlari:
🌙Premium versiyadagi imkoniyatlar:
#Bilasizmi❓
🏢Universitet (olmoncha Universität soʻzidan, u esa oʻz navbatida lotincha universitas magistrorum et scholarium — “oʻqituvchilar va olimlar jamoati” iborasidan kelib chiqqan) — fundamental va amaliy fanlar oʻqitilib, mutaxassislar tayyorlanadigan oliy taʼlim muаssаsаsidir.
✅Odatda, ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib boradi. Bugungi kundagi universitetlarning aksariyati oʻquv-ilmiy-amaliy majmualar sifatida faoliyat yuritishadi.
📌Universitet musulmon Sharqida oliy Madrasa yoki Madrasai oliya (qis. Madrasa) nomiga toʻgʻri keladi. Yaqin Sharq mamlakatlarida dorilfunun deb ataladi.
▶️Dastlabki universitetlar:
➡️Italiya: Bolonya (11-asr), Salerno (12-asr oxirlari);
➡️Fransiya: Parij (1215), Monpelye (1289);
➡️Buyuk Britaniya: Kembrij (1209), Oksford (12-asr 2-yarmi);
➡️Ispaniya: Salamanka (1218);
➡️Portugaliya: Lissabon (1290) shaharlarida paydo boʻldi.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
#yaxshi_kayfiyat
▶️Talaba bu — o‘z kvartirasida faqat garoh-makaron ichib, qizini qimmat restoran, kafelarda ovqatlantira oladigan “JENTELMEN”.
▶️Talaba bu — hech bir fandan daftar tutmasa ham 100.000 so‘mlik sumka ko‘taradigan, ichida faqat avtobus uchun 2000 so‘m olib yurish uchun 120.000 so‘mga karman sotib oladigan “KRUTOY”.
▶️Talaba bu — 6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzning ichida 6 oylik konspektni yozishga ulguradigan “PROFESSOR”.
▶️Talaba bu — shotida bir senti bo‘lmasa ham Iphone ko‘tarib yuradigan “BOYVACHCHA”.
▶️Talaba bu — darsda o‘tirib ham naushnikda qo‘shiq eshitib, ham konspekt qilib, ham telefonida netda o‘tiroladigan “SEZAR”.
▶️Talaba bu — atigi 500.000 so‘m stipendiya olish uchun 10.000.000 so‘m kontrakt to‘lay oladigan “MILLIONER”.
▶️Talaba bu — uydan futbolka-jinsida chiqib, dekanni yoniga oq ko‘ylak-galstukda kiradigan “INTELLIGENT”.
▶️Talaba bu — butikda 100$ ga ko‘rgan kiyimini bozordan 85.000 so‘mga tushirib ololadigan “BIZNESMEN”.
▶️Talaba bu - o‘zi 1000 so‘mlik pirashka yeb yurib, qizini tug‘ilgan kuniga 100 dona atirgul sovg‘a qila oladigan “ROMANTIK”.
😉Izohlarda davom ettirib, talaba doʻstlarimizga yuborib qoʻyamiz.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
#qonunchilik_yangiliklari
🗣 OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi
“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) qabul qilindi.
📌Bunda:
✏️Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagay, yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
✍️14-fevral — shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
📌Talabalik – faqat dars va imtihonlar emas. Bu – o‘z ustida ishlash, yangi imkoniyatlarni topish va kelajak uchun mustahkam poydevor yaratish vaqti!
💡Shuning uchun:
☑️O‘qish bilan birga o‘zingizga daromad manbai toping!
☑️Yangi odamlar bilan tanishing – networking kelajakda yordam beradi!
☑️Har kuni kamida 10 sahifa kitob o‘qing – fikrlash o‘zgaradi!
☑️Doimiy harakatda bo‘ling – faqat maqsadlar natija beradi!
❗️Talabalik yillarini faqat imtihon va sessiyalar bilan emas, real hayot uchun tayyorgarlik bilan o‘tkazing!
💬Siz hozir o‘z ustingizda qanday ishlayapsiz? Fikringizni izohlarda yozing! 👇
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
📌11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni!
➖Bugun ilm-fan rivojiga hissa qo‘shayotgan, izlanishdan charchamaydigan, o‘z bilim va iqtidori bilan dunyoni o‘zgartirayotgan ayol-qizlar bayrami!
✅Fan va texnologiyaning turli sohalarida iqtidorini namoyon etib, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan ilm yo‘lidagi barcha ayollarni chin dildan tabriklayman! Sizning izlanishlaringiz, mehnatingiz va fidoyiligingiz dunyoni yanada yorqin va ravshan qilmoqda.
➡️Ilm-fan yo‘lida izlanayotgan barcha qizlarga muvaffaqiyat, ishonch va kuch-quvvat tilayman! Yangi kashfiyotlar, yutuqlar va ilhom sizni hech qachon tark etmasin!
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
✅Dunyoda o‘qituvchi bo‘lishning qiymati
🔹Italiyada
Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak:
Tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar.
🔹Fransiyada
Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar.
🔹Shvetsiyada
Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, ya’ni o‘qituvchi bo‘lmoqchi.
🔹Germaniyada
Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi:
- Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak.
🔹Angliyada
Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi...
🔹Yaponiyada
Soyasini toptamaslik uchun o‘qituvchidan yetti qadam ortda yur!
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
#yaxshi_kayfiyat
Qanday qilib uxlab qolmasdan dars qilish mumkin? Maslahatni zoʻri😄
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
😄Sizning aniq mana shunday kursdoshingiz bor:
↪️Hech kim uy vazifasini qilmay kelganda, ustoz so‘ramasa ham domla uy ishini tekshirmaysizmi deb eslatib turadigan;
↪️Hamma darsdan qochishni kelishib olganda, hamma ketishini kutib, bir o‘zi darsga kiradigan;
↪️Darslarni ko‘p qoldirib, NBlari ko‘p bo‘lsa ham, sessiyani hammadan birinchi bo‘lib yopadigan;
↪️Doim hammadan qarz so‘rab yuradigan;
↪️Yoshlar ittifoqida faol, ko‘pincha tadbirlarda bo‘lib, darslarga vaqtida kirolmay, sessiyada ustoz tadbirda bo‘lganman, bahoyimni qo‘yib beraqoling deydigan;
↪️Doim yonida puli bor, boyvochcha, ko‘pchilikni mensimaydigan;
↪️Bir viloyatdan bo‘lib, alohida 3 4 kishi “uzkiy krug” bo‘lib oladigan.
❔Kimning kursdoshlarida shunday “qobiliyatlar” bor?
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
‼️“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ta’lim olishning quyidagi turlari mavjud:
➡️Maktabgacha ta’lim va tarbiya – maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim;
➡️Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim – umumiy o‘rta maktablardagi ta’lim;
➡️Professional ta’lim – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardagi ta’lim;
➡️Oliy ta’lim – bakalavriat, magistratura;
➡️Oliy ta’limdan keyingi ta’lim – tayanch doktorantura, doktorantura;
➡️Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
➡️Maktabdan tashqari ta’lim – bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablaridagi ta’lim.
❔Siz qaysi taʼlim turida tahsil olasiz? Izohlarda yozib qoldiring.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
📌Ilm olishda 6 ta muhim qoida:
1️⃣Ota-ona duosi:
Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda boʻlur, Ishonmasang ertalab qoʻllaringni duoga och.
2️⃣Ustozlar duosi:
Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini oʻzingda koʻrasan.
3️⃣Xulq-atvor:
Oʻta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va oʻrganish sustlashtiradi, oʻrgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.
4️⃣Uyqu:
Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun doʻstim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.
5️⃣Dars qoldirmaslik:
Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars ogʻirlik qiladi,
Ertangi ogʻirlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.
6️⃣Vaqt:
Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
#bilasizmi ❗️
📌Davlat oliy taʼlim muassasalarida kontraktni boʻlib toʻlash quyidagicha belgilangan:
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
Barcha kurs talabalari:
📊Oʻqimishli davlatlar reytingi
🗣Janubiy Koreyada aholining deyarli 70 foizi oliy ta’limni tamomlagan, bu dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Kuchli uchlikka Kanada va Yaponiya 5 foizdan kam farq bilan kiradi.
📌Ta’lim darajasi yuqori 10 ta davlat quyidagicha:
↪️Janubiy Koreya – 69,29%
↪️Kanada – 66,36%
↪️Yaponiya – 64,81%
↪️Lyuksemburg – 63,12%
↪️Irlandiya – 62,88%
↪️Rossiya – 62,09%
↪️Litva – 57,48%
↪️Buyuk Britaniya – 57,47%
↪️Niderlandiya – 55,60%
↪️Norvegiya – 55,03%
🎉 Ramazon oyi munosabati bilan "Vizier" kitoblar tanlovini e’lon qiladi!
Adabiyot va din tarixi durdonalari bo‘lmish 5 ta kitoblar to‘plamidan biriga ega bo‘lishni xohlaysizmi?
• 1-o‘rin — "Saodat Asri qissalari"
• 2-o‘rin — "Ikki dunyo saodati", doktor Oiz Qarniy;
• 3-o‘rin — "Qanday qilib do‘st ortirish va odamlarga taʼsir etish mumkin", Deyl Karnegi;
• 4-o‘rin — "Pul alifbosi", B. Shefer;
• 5-o‘rin — Bolajonlar uchun sarguzasht kitoblar to‘plami.
🗣 “Qishki perevod” natijalari e’lon qilindi!
📌Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq, 2 ta uzrli sabab asosida o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar arizalari ko‘rib chiqildi.
#Eslatma
📌Nodavlat oliygohlar faoliyatini tartibga solish uchun kiritilgan oʻzgarishlar haqida muhim eslatmalar
↪️Hemis dasturida asosida faoliyat olib borish. Hemis dasturiga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi;
↪️Kontrakt shartnomalari kontrakt.edu.uz sayti orqali berish. Taʼlim krediti faqat ushbu sayt orqali berilgan shartnomalar uchungina amal qiladi;
↪️Nodavlat oliygohlar yilda bir marotaba (iyun-sentabr oylarida) qabul jarayonlari amalga oshiradi xolos;
↪️Nodavlat oliygohlar 2025-oʻquv yilidan xohlagan miqdorida talaba qabul qila olmaydi. Kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar sonidan ortiq boshqa taʼlim shakllariga talabalarni qabul qilishi mumkin emas. Yaʼni kunduzgi = sirtqi+kechki+masofaviy;
↪️Nodavlat oliygohlar har 4 yilda kompleks davlat akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
✈️ TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
📚Kitob oʻqishning 7 ta usuli
Kitob oʻqishning bir necha xil usullari bor, ularning har biri maqsad va kontekstga qarab qoʻllaniladi. Asosiy usullar quyidagilar:
⏯️ Tezkor oʻqish — tezda umumiy mazmunni tushunish uchun oʻqish.
2️⃣ Chuqur oʻqish — matnni toʻliq tushunish va analiz qilish uchun sekin, diqqat bilan oʻqish.
3️⃣ Koʻz yugurtirib oʻqish — asosiy fikrlarni topish uchun matn boʻylab tez harakatlanish.
4️⃣ Aniq maʼlumot izlab oʻqish — matndan muayyan soʻz yoki raqamlarni qidirib topish.
5️⃣ Faol oʻqish — savollar berish, muhim joylarni belgilash, konspekt yozish bilan oʻqish.
6️⃣ Tinglash orqali oʻqish — kitob matnini eshitish orqali oʻzlashtirish.
7️⃣ Qayta oʻqish — yaxshi tushunish yoki yodlash uchun kitobni bir necha marta oʻqish.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
❓Do‘stlar! Keling, bugun siz bilan talabalik hayoti haqida qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazamiz.
⏰Soatma-soat yangi savollar bo‘ladi, o‘z fikringizni bildirib, natijalarga guvoh bo‘ling. Faol bo‘laylik!
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
#matonat #iroda #qahramonlik
⚽️ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi – Osiyo chempioni!
🏆Uch karra Jahon chempioni bo‘lgan vakillarimiz Bangladeshda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 5 ta o‘yinda 33 ta gol urib, chempion bo‘lishdi. Natijalarni qarang:
🇺🇿O‘zbekiston – 8:1 – 🇮🇩Indoneziya
🇺🇿O‘zbekiston – 13:0 –🇳🇵Nepal
🇺🇿O‘zbekiston – 3:0 – 🇧🇩Bangladesh
🇺🇿O‘zbekiston – 3:0 – 🇮🇶Iroq
#final 🇺🇿O‘zbekiston – 6:0 – 🇮🇩Indoneziya
Vakillarimiz 14-fevral, juma kuni soat 01:05 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishadi. Qahramonlarni munosib kutib olish kerak.
#lirik_chekinish
TALABALAR MADHIYASI
Alp oʻgʻlonlar oʻlkasi bu koʻhna Turon,
Qalqonlari,qanotlari ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ilm istang.
Tarixdan tushganda ham otdan tushmagan,
Ajdodingiz uy qurmagan – davlat qurgan
Yurti uchun yelkasida togʻlar surgan
Rustamlari, Farhodlari ilm istang.
Koʻz ochgandan kezib yetti bagʻri ummon,
Yetti tilda soʻzlashgan biz tili biyron,
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton –
Boburlari, Behzodlari ilm istang.
Haq yoʻlida siz ilmning ummatlari,
Xalq yoʻlida hidoyati, himmatlari,
Madad boʻlsin Yassaviyning hikmatlari
Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.
Ilm istang, izingizdan ibrat yogʻsin,
Ixlosingiz, shahdingizdan shiddat yoqsin,
Ortingizdan magʻrur-magʻrur millat yoqsin
Mulki Turon najotlari, ilm istang.
Alp oʻgʻlonlar oʻlkasidir Oʻzbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
©Muhamad Yusuf
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
YANGI KUN – YANGI IMKONIYAT!
✔️Har tongda quyosh yangi umid bilan chiqadi. Har tong sen uchun yangi imkoniyatlar, yangi muvaffaqiyatlar eshigini ochadi. O‘tgan kunlarda xatolar bo‘lishi mumkin, lekin bugun ularni to‘g‘rilash imkoniyating bor!
🔺 Erta tur – g‘alaba qozon! Tongni erinchoqlik bilan emas, katta maqsadlar bilan kutib ol.
🔺 Rejalaringni yoz! Kunni maqsadsiz o‘tkazma. Erishmoqchi bo‘lgan narsalaringni aniq belgilab ol.
🔺 Sog‘lig‘ingga e’tibor ber! Oddiy badantarbiya va bir stakan suv ham kuningni energiyaga to‘ldirishi mumkin.
🔺 O‘zingga ishon! Sen aqlli, kuchlisan va orzularingni ro‘yobga chiqarishga loyiqsan!
❗️Bugun o‘z ustingda ishlashni boshlash uchun eng yaxshi kun!
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
🖌9-fevral — Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
✍️Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har lahza yosh,
Oʻylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh.
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
💡Rivojlanishni xohlaysizmi? Unda harakat qiling!
➡️Oʻzingiz rivojlantirmoqchi boʻlgan qobiliyatingiz haqida oʻqing!
➡️Ustoz toping. Oʻzingizga kerakli bilimlarni olishda, mutaxassis boʻlib yetishishingizda ustozning oʻrni katta.
➡️Har kuningizni sarhisob qiling!
➡️Kundalik rejalar daftarini tuting!
➡️Yaxshi odatlarni shakllantiring!
➡️Oʻzingiz havas qiladigan odamlardan oʻrnak oling.
➡️Doimiylikka amal qiling!
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
Rivojlanmoqchilar uchun xushxabar! | Yangi loyiha
🔹Atigi 1 graduslik o‘zgarish dastlab sezilmasligi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan u hayotingizda katta natijalarga olib keladi – xuddi kemaning yo‘nalishini ozgina burishdek.
☝️Loyihada sizni jamiyatda katta taʼsirga ega spikerlardan master-klasslar va unutilmas taassurotlar kutmoqda! Shuningdek loyiha ishtirokchilari uchun 50 ta kitoblar hamda qiymati 18 mln. so‘mlik kurs va konsultatsiyalar tayyorlab qo‘yilgan
⏳Faqat 2000 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va har biriga sertifikat ham beriladi! Shoshiling va o‘z imkoniyatingizni boy bermang!
Loyihada ishtirok etish👇
/channel/birgradusbot?start=6495300076
#yaxshi_kayfiyat
🗓Talabaning haftaligi:
✅Dushanba — bugun og‘ir kun demak, dam olamiz.
✅Seshanba — og‘ir kundan so‘ng dam olmasak bo‘lmas.
✅Chorshanba — Gagarinning oyga uchganini nishonlaymiz.
✅Payshanba — haftaning qoq o‘rtasi bugun o‘qisak charchaymiz.
✅Juma — shunday ulug‘ kunda o‘qiymizmi?
✅Shanba — kichik sinflardan nima kamimiz bor, o‘qimaylik.
✅Yakshanba — iyee, hamma dam oladi. Biz o‘qiymizmi?😄
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.
❔Talaba boʻlishdan avvalgi kunlarni eslaysizmi?
➡️Ilk bor tanlagan fan va kasbingizni?!
➡️Jahl qilib, “oʻqimayman” deganlaringizni?!
➡️Darsga tushunmasangiz, umidsizlikga tushganingizni?!
➡️“Kam telefon ishlat”, – deb oyingizdan tanbeh eshitganlaringizni?!
➡️“Yaxshi ovqat ye, bolam”, – deb aytilgan so'zlarni?!
➡️Sinov testlaridan kam yechsangiz xafa boʻlganlaringizni?!
➡️Duolarda doim oʻqishga kirishni aytganlaringizni?!
➡️Har duoda “grant!” deb soʻraganlaringizni?!
➡️TV koʻrolmay, vaqtni qizgʻonganlaringizni?!
➡️Oʻqishga kiray deb, voz kechgan tugʻilgan kun, toʻy, tadbirlardan qolganingizni?!
➡️Oʻqishga kirish uchun joningizni berib oʻqiganingizni?!
➡️Oʻqishga kirsam, unday qilaman, bunday qilaman deya orzular qilganingizni?!
➡️Formada talaba nomini olganingizni tasavvur qilganingizni?!
➡️Kundalik rejalar tuzganingizni?!
💬Juda koʻp ...
❔ESINGIZDAMI...
Shu kunga yetguncha qancha qiynalganlarimiz?!
Koʻz yosh toʻkkanlarimiz?!
Boshimiz devorga urilib, aqlimiz kirganlari?!
↪️Endi buning qadriga yetaylik, aziz doʻstlar!
Bilim olish talaba boʻlgancha emas, aynan talabalik davrida beriladigan oltin vaqtdir!
Bu kunga yetganlar bor.... yetmaganlar bor....
✈️TalabaYoshlar — Ulashing va obuna boʻling.