talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba-yoshlar

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba-yoshlar

▶️Bill Geytsdan tonggi motivatsiya:

💡Koʻproq kitob oʻqib, koʻproq bilim oling. Bu sizni yangi gʻoyalar va imkoniyatlar bilan boyitadi.

💡Kamtarlik bilan muvaffaqiyatning kaliti shundaki, oʻzingizni boshqa odamlar bilan taqqoslashni bas qiling va oʻz yoʻlingizda davom eting.

💡Hamma narsa faqat sizning qoʻlingizda, shunday ekan, jasoratli boʻling.

💡Muvaffaqiyat — bu yomon oʻqituvchi. U aqlli insonlarni hech qachon yutqazmaydigan kabi his qiladi.


‼️Muvaffaqiyatga erishish uchun harakatni bugundan boshlang.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Nega talabalar alkogol va tamakidan koʻra zararliroq mahsulotlarni iste'mol qilishadi?

🔵Kuzatuvlarga koʻra talabalarning 80%i aynan fast food kabi tez tayyorlanuvchi taomlarni istemol qilishar ekan. Qolgan 10% talaba sog'lom ovqatlanishga amal qilgan holda bu turdagi ovqatlarni iste'mol qilishmas ekan.

❗️Shifokorlar, bu turdagi mahsulotlar alkagol va tamakidan ko'ra zararliroq ekanligini ta'kidlashadi:


1. Chipslar va kartoshka fri
2. Konserva va arzon kolbasalar
3. Ketchup va mayonez
4. Fast food va Xotdoglar
5. Popkorn
6. Shirinlik va shokoladlar
7. Margarin
8. Oq non
9. Gazli va shirin suvlar
10. Tez tayyorlanuvchi makaron mahsulotlari.

❗️Bu mahsulotlar ichki kasalliklar hamda ortiqcha vazn muammosiga sabab bo‘ladi.

Sizning ovqatlanish ratsioningizda ushbu mahsulotlar bormi?

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#yaxshi_kayfiyat

Vaqtida o‘qiymiz, darsga kiramiz, bilim olamiz va kvartira pullarini kechiktirmay to‘lasak muammo bo‘lmaydi degan video.


P.S.: Bu videoni sessiyada pora berishga umuman aloqasi yo‘q

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#talaba_hayoti

↪️Uyqu va dars jadvali urushi:

Talabaning eng katta kurashi – bu tongda boshlanadigan dars va o‘rnidan turishga qarshi kurash. Bir payt “5 daqiqadan keyin turaman” degan gapingiz shunchaki afsonaga aylanadi.
↪️“Men oxirgi daqiqada ishlayman” strategiyasi:

Vazifa berilgan kuni boshlash? Hech qachon hayotimizda yuz bermasa ham kerak albatta.
↪️Taqdimot tayyorlash – ijodning cho‘qqisi:

PowerPoint taqdimoti yaratayotganda go‘yoki dizayner bo‘lib qolasiz. Yodingizda bo‘lsin: talabaning oltin qoidasi – chiroyli dizayn o‘qituvchining e’tiborini mazmundan chalg‘itadi.
↪️“Bugun boshlayman” vaqti hech qachon kelmaydi:

Haftaning har kuni nimanidir boshlash uchun “eng yaxshi kun” bo‘lishi mumkin, lekin bu kunlar qandaydir mo‘jiza bilan kelmay qoladi. Buning o‘rniga talabaning sevimli kuni – “ertaga”dir.
↪️“Savollar bo‘lsa, so‘rang” dramasining oxiri:

O‘qituvchi dars oxirida: “Savol bormi?” desa, sinf birdamlik bilan sukut saqlaydi. Ammo sinfdan chiqib ketishingiz bilan: “Men shuni so‘ramoqchi edim!” deb bir-biringizga qaraysiz.
↪️Eng yaxshi joy – orqa qatorda:

Orqa qatorda o‘tirish talabaning yashirin qal’asidir. Bu yerdan siz ma’ruza tinglashni ham, bir oz uxlashni ham, yoningizdagi bilan “faqat 1 daqiqa” gaplashishni ham uddalay olasiz.
↪️“Yo‘q, men hali o‘qimadim” teatri:

Imtihon oldidan bir guruh talabalar “hech narsa o‘qimadim” deb shikoyat qiladi, lekin natijalarda eng yaxshi baholarni oladiganlar ham aynan o‘shalardir.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#universitet_biografiyasi

🏢Universitet haqida qisqacha fikrlar.
✔️Universitet bu 18 yoshgacha boʻlgan hayotdagi eng katta maqsad.
✔️Universitet bu kiyinishni va modani tanitadigan joy.
✔️Universitet bu koʻpgina xatolarni tushunishga yordam beradigan doʻstlar.
✔️Universitet bu biiir oy kutilib biir kunda tugaydigan stipendiya.
✔️Universitet bu aslida rosa arzon boʻlsayam umuman kirilmaydigan universitet oshxonasi.
✔️Universitet bu kechasi 2 dan keyingi uyqu.
✔️Universitet bu telefoningning rusumi agar u iPhone boʻmasa 1 tiyinlik joy.
✔️Universitet bu yotoqxonada yashasang ham darsga kech qolib kelish.
✔️Universitet bu shevalar jamlanmasi: “ibi”, “ovva”, “ashaqqami”
✔️Universitet bu 4 yil oʻqib 12 viloyat shevasini bemalol oʻrganib oladigan joy
✔️Universitet bu millionlab tushilgan rasmlar.

🟩Oʻqilmaydigan darsliklar. Oxiri tugamas navbatlar. Ishlamaydigan bankomat. Chiroyli bino. Shovqindan dars qilib booʻlmaydigan kutubxona. Samimiy doʻstlar. Goʻshtsiz ovqat. Bozor. Boshqa viloyat ovqatlari...

Siz ham davom ettiring...🔽

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#foydali

📌Kundalik vazifalarni qanday qilib charchamasdan qilish mumkin?

▶️Jadval tuzib olib, shunga qarab ishlarni reja asosida qilish;

▶️Texnologiyadan foydalanish: ishni osonlashtiradigan texnikalarni ishlatish;

▶️Muntazam tartibga amal qilish: bir marta vaqtida qilinmagan vazifaga qo‘shilib boshqalari ham to‘planib qoladi;

▶️Vazifalarni guruhlash: ma’lum vaqtda dars qilish, til o‘rganishga sarflash, yana qaysidir qism vaqtda uy ishlarini bajarish;

▶️ Oilaning boshqa a’zolaridan yordam olish: agar imtihoningiz bo‘lsa va vaqtingiz kam bo‘lsa, yaqinlardan yordam olish mumkin.

▶️ Kechiktirishni cheklash: “Ikki daqiqa qoidasi”dan foydalaning — agar vazifa ikki daqiqadan kam vaqt oladigan bo‘lsa, darhol bajarish. Bu kichik uy ishlarining to‘planib qolishining oldini oladi.

▶️Yoqimli narsalarni tinglash: Sevimli musiqangizni, audiokitoblaringizni yoki podkastlaringizni tinglash vaqt talab qiluvchi uy ishlarini yanada yoqimli va tezroq o‘tishini his qilishingizga yordam beradi.


✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Pomodoro texnikasi – samaradorlikni oshirish siri.

❗️Ko‘p ishlash har doim ham unumli ishlash degani emas. Aynan shuning uchun dunyoda eng mashhur vaqtni boshqarish usullaridan biri – Pomodoro texnikasi ishlab chiqilgan.

Pomodoro texnikasi nima?

◀️Bu usul 1980-yillarda italiyalik Fransisko Cirillo tomonidan ishlab chiqilgan. Uning mohiyati shundan iboratki, siz qisqa vaqt davomida (25 daqiqa) to‘liq e’tibor bilan ishlaysiz, keyin esa qisqa tanaffus (5 daqiqa) qilasiz. Bu sikl 4 marta takrorlangach, 15-30 daqiqalik uzunroq dam olish tavsiya etiladi.

Pomodoro texnikasining afzalliklari

➡️ Diqqatni jamlashni osonlashtiradi
➡️ Ish unumdorligini oshiradi
➡️ Charchashni kamaytiradi
➡️ Vazifalarni rejalashtirishga yordam beradi.

Qanday qo‘llash mumkin?

1️⃣ Ishlaydigan vazifangizni tanlang.
2️⃣Taymerni 25 daqiqaga sozlang va faqat shu ishga e’tibor qarating.
3️⃣ Taymer chalingach, 5 daqiqa tanaffus qiling.
4️⃣ Shu jarayonni 4 marta takrorlang, keyin esa 15-30 daqiqa dam oling.


Siz Pomodoro texnikasini qo‘llab ko‘rganmisiz? Izohda fikrlaringizni yozing.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Nima uchun studentlar sessiyadan o’tisha olmaydi?

🔣Keling, bunga matematik yondashamiz.
◀️Bir yilda 365 kun bor. Ulardan 52 kuni yakshanba. 313 kun ilm olish uchun.
◀️Yozgi tatil oʻrtacha 85 kun. Bizda 228 kun dars tayyorlashga qoldi.
◀️Har kunlik 8 soatlik uyqu 122 kun degani. Bizda 106 kun qoldi.
◀️Har bir kishi 1 kunda kamida 1 soat dam olishi kerak va bu 15 kunni anglatadi. 91 kun qoldi.
◀️2 soat ovqatlanish uchun ajratishga majbursiz va bu bir yilning 30 kunini egallaydi. Bizda 61 kun qoldi.
◀️Gaplashish insonga xos tushuncha va bu bir kunda bir kishidan kamida 1 soatni talab qilsa, 1 yilda 15 kun demak. Atiga 46 kun ilm uchun.
◀️ Bayramlar, kutilmagan xursandchiliklar va koʻngilsizliklar 40 kunni har bir kishidan band qilar ekan. 6 kun qoldi.
◀️Issiq jonni isitmasi bor deyishganidek, hammamiz bir yilda kamida 3 kun kasal boʻlsak. Nahotki kinoga tushish, instagramda oʻtirish, uchrashuvlarga bir yilda 2 kun ajratmasak qanaqa odammiz. Ha, atigi 1 kun qoldi.
◀️Oʻsha bir kun meni tugʻilgan kunim-ku. Tugʻilgan kunimda dars qilishga balo bormi !!!

😄Kursdoshlar guruhiga yuborib qoʻyamiz.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🏢Garvard universiteti talabalarini ilhomlantirgan oltin qoidalar!

◀️ Agar hozir uxlasang, albatta, orzuyingni tush ko‘rasan. Agar uxlash o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzuyingni amalga oshirasan.
◀️ Endi kech bo‘ldi, deb o‘ylay boshlaganingda, aslida, hali erta bo‘ladi.
◀️Bilim olishning azobi - o‘tkinchi. Ilmsizlik azobi – abadiy.
◀️Bilim olish bu vaqt emas. Bilim olish – shijoat.
◀️Hayot – bu faqat bilim olish emas; agar sen hayotning bilim olish qismidan ham o‘ta olmadingmi, unda qo‘lingdan nima keladi?
◀️Shijoat va g‘ayrat rohat baxsh etishi mumkin.
◀️O‘z ishini hammadan avval tamomlaydigan, o‘z ishiga chin dildan yondashadigangagina haqiqiy omad kulib boqadi.
◀️Hammaga ham zafar quchish nasib etmaydi. Ammo muvaffaqiyat o‘zini o‘zi mukammal qilishga intiladigan va qat’iyatli bo‘lganlargagina nasib etadi.
◀️Vaqt - oqar suv.
◀️ Bugungi irodasizlik ertangi ko‘z yoshga aylanadi.
◀️Kelajakka nimadir olib o‘tadigan insonlar realistlardir.
◀️Maoshingning hajmi bilim saviyang darajasiga mutanosibdir.
◀️ Bugun hech qachon qaytarilmaydi.
◀️ Dushmanlaring ham ayni damda kitob bilan band.
◀️ Ter toʻkmasang, pul topmaysan.

✈️ TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Oliygohlarning qayta tashkil etilishi (birlashtirilishi) qanchalik foyda beradi?

Deyarli 4 kundan beri, OTMlarning qayta tashkil etilishi hamda yangi oliygohlar bo‘yicha yangiliklar chiqmoqda. Jumladan, yangi Kiberxavfsizlik bo‘yicha va Turkiy davlatlar xalqaro universitetlari tashkil etilishi; Farg‘ona, Namangan, Nukus va Buxorodagi OTMlarning qayta tashkil etilishi, ya’ni birlashtirilishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak.

14 ta OTM bir-biriga qo‘shilib, 6 ta katta oliygohga aylanmoqda. Tasavvur qiling, bora-bora hamma OTMlar bir-biriga qo‘shilib, O‘zbekistonda 60 ta yirik universitetlarga aylansa, judayam zo‘r bo‘lardi. Ham boshqaruv tomondan rahbarlar (rektor va prorektorlar) soni kamayardi, ham bu orqali Xalqaro reytinglarga kirish ancha ko‘payardi.

Sizning fikringizcha, ushbu islohotlar qanchalik foydali?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

👩‍🎓 Talabalar uchun eng zarur 5 ta jihat

1️⃣ Vaqtini boshqarish: samarali o‘qish uchun rejalashtirish va muhimlilikni aniqlash.

2️⃣ Mustaqil o‘rganish qobiliyati: Bilimni mustaqil ravishda o‘zlashtirish va tadqiq qilish.

3️⃣ Muloqot ko‘nikmalari: jamoa ishi va samarali muloqot mahorati.

4️⃣ Motivatsiyani yo‘qotmaslik: Qiyinchiliklarni yengish uchun motivatsiya va maqsad qo‘yish.

5️⃣ Salomatlik: Jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlash orqali yaxshi natijalarga erishish.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

😄 Biz bilgan maqol va iboralar talabalar talqinida:

↪️Dars ishtaha ochar, talaba darsdan qochar.
↪️Talabaning yugurgani sessiyagacha.
↪️Boshingda ukaska sinsa ham mavzuni gapir.
↪️Bilimi zo‘r birni yiqitadi, tankasi zo‘r mingni.
↪️Yaxshi qiz gruppadan ortmaydi.
↪️Domlani kelganda ko‘r, bahoni qo‘yganda ko‘r.
↪️Uch bahoyim, tinch qulog‘im.
↪️Ko‘p gap sessiya paytida yuk.
↪️Abituriyent bilan talabani qancha qilma tarbiya, ... boʻlur, aslo bo‘lmas odamiy.
↪️“Yaxshi” talaba sessiyada “chopadi”.
↪️Talabaga “40 hunar” oz.
↪️Talabaning makri qirq domlaga yuk bo‘lar.
↪️Talaba “yetti xazina”ning biri;
↪️Universitet ikkinchi uyim.

Kommentariyalarda davom ettiring👇

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#qonunchilik_yangiliklari

☄️Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

📌 Muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

✅ 2025/2026-o‘quv yilidan:

➖ Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi;

➖ Universitet professor-o‘qituvchilari va doktorantlari yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi;

➖ Yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi;

➖ 2026-yil 1-yanvardan Universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Sizda IELTS 5.5 daraja va undan baland sertifikat bormi?

↪️Bakalavr bitirguncha Yevropa davlatlarida ham oʻqib ham sayohat qilishni xohlaysizmi?
↪️Magistratura uchun TOP Scholarshiplar orqali oʻqishingizni davom ettirishni-chi?
↪️Sizga toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan inson kerakmi?

Bekzodjon Abdurazzakov – Yevropaning 🇸🇰Slovakia exchange dasturi grantini yutib bir semester xorijda oʻqib kelgan. Shuningdek Bekzodjon 🇱🇹 Litva davlatiga exchange dasturi sohibi ham hisoblanadi.

Hozirga qadar 100 dan ortiq talabalarga almashinuv dasturlarida qatnashishiga yordam bergan. Shogirdlar Yevropaning Latvia, Litva, Slovakiya davlatlariga exchange grantlarni qo‘lga kiritganlar. Bekzodjonning kanalida #result heshtegi orqali natijalarni ko‘rishingiz mumkin...

Hozirda LatSS Latviya 🇱🇻 NSP Slovakiya 🇸🇰 kursiga start berilmoqda. Kurs darslari 1-fevraldan boshlanadi. O‘qishni xorijda davom ettirmoqchi bo‘lsangiz, bu siz uchun katta imkoniyat!

Batafsil ma'lumotlar kanalda:

➡️ t.me/Bekzodjon_Abdurazzakov
➡️ t.me/Bekzodjon_Abdurazzakov

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#diqqat_elon

📚 @kitobxonyoshlar kanalini munosib adminga topshirmoqchiman.

‼️Agar sizga kitobxonlik yo‘nalishi qiziq bo‘lsa, kanal yuritishni yoqtirsangiz, o‘zbek tilida imloviy xatolarsiz yoza olsangiz, hammani qiziqtiradigan postlarni saralab joylashni eplayman desangiz bu imkon siz uchun!

☝️ Quyidagi so‘rovnomani erinmasdan, yaxshilab to‘ldiring. So‘rovnoma javoblari asosida kanal adminligi uchun nomzodlarni saralab olaman. Nomzodlarga bir nechta vazifalar beraman va eng yaxshi bajargan 1-2 nafariga @kitobxonyoshlar kanali adminligini topshiraman.

So‘rovnomani to‘ldirish:

➡️ https://forms.gle/XqkQiB5qjJC9SxK88
➡️ https://forms.gle/XqkQiB5qjJC9SxK88

Kanal yuritishni yangi adminlarni o‘zi to‘liq eplashni boshlagandan keyin alohida oylik yoki reklamadan ulush ham berilishi mumkin.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

‼️Oʻqish paytida talabalarning oʻzaro bir-biriga eng koʻp aytadigan gaplari:

↪️Bugun sana nechchi?
↪️Hozir nima dars?
↪️Kimda ortiqcha ruchka bor?
↪️Soat nechchi boʻldi?
↪️Yozib boʻlib daftaringni menga berib tur.
↪️Oshxonaga tushasanmi?
↪️Dars tugashiga necha minut qoldi?
↪️Yumshoq "h" mi qattiq "x" mi?
↪️Telefoningni berib tur.

❗️ Bu gaplarning birortasini ham eshitmaganman deb inkor qila olmaysiz! Izohlarda davom ettiring😉

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

⚡️Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetga kiraverishda shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:

“Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas”.


🔹Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi.
🔹Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi.
🔹Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi.
🔹Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi.
🔹Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi...
🔹Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi.

💬Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning kasodga uchrashidir!

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

1 gradus kattami yo kichik?

Agar gap harorat yoki burchak haqida ketayotgan bo‘lsa, 1 gradus judayam kichik hisoblanadi, lekin gap hayot yo‘li haqida bo‘lsa-chi ...?


☑️Agar insonning hayot yo‘li atigi 1 gradusga o‘zgarsa, dastlab u deyarli sezilmaydi. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu kichik o‘zgarish katta natijalarga olib kelishi mumkin. Bu xuddi kemaning yo‘nalishini 1 gradusga burishdek – boshida deyarli farq sezilmaydi, lekin uzoq masofada u butunlay boshqa joyga borib qoladi.

◀️Men Izzatxo‘ja Asomiddinov, “Kitobxon yoshlar ligasi”, “Til bilimdonlari” kabi ko‘plab ijtimoiy loyihalar muallifiman. Bugun shaxsiy blogimda sizlar bilan bir gradusga o‘zgarib, katta natijalarga erishish haqida gaplashamiz.

Xabardor bo‘lib, kuzatish uchun kanalimga obuna bo‘ling:

➡️ /channel/+o8D8TpVX0nNiMmE6
➡️ /channel/+o8D8TpVX0nNiMmE6

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#foydali

🕘 Har doim kech qolasizmi? Unda bu postni oʻqing.

Kechikmaslik uchun:
➡️Oldindan rejalashtirish: Har kuni yoki hafta uchun moʻljallangan ishlaringizni oldindan rejalashtirish orqali vaqtga nisbatan yaxshiroq nazorat oʻrnatishingiz mumkin. Har bir vazifani bajarish uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olishni unutmang.

➡️Erta turish: Agar erta turishni odat qilsangiz, kundalik ishlaringizni bajarish uchun koʻproq vaqt topasiz.

➡️Vaqt zaxirasi: Har qanday safar yoki uchrashuvga ketadigan vaqtingizni hisoblashda, yoʻl va boshqa kutilmagan kechikishlar uchun qoʻshimcha vaqt zaxirasi qoʻshing. Masalan, agar yoʻl 30 daqiqa davom etsa, 45 daqiqa yoki 1 soat oldindan yoʻlga chiqishni rejalashtiring.

➡️Elektron qurilmalardan foydalanishni cheklash: Telefoningiz yoki kompyuteringizda koʻp vaqt sarflamaslik uchun, ularni faqat zarurat tugʻilganda ishlatishga harakat qiling. Ijtimoiy tarmoqlarda sarflanadigan vaqt koʻpincha rejalashtirilmagan vaqtdan koʻp boʻladi.

➡️Prioritetlarni belgilash: Kunlik vazifalaringizni muhimligi boʻyicha tartiblang va avval eng muhim ishlarni bajarishga eʼtibor bering.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

📌 Kontrakt uchun toʻlov soliqqa tortilmaydi.

🔴Taʼlim uchun toʻlov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
➡️oʻzingiz uchun;
➡️farzandlaringiz uchun;
➡️26 yoshgacha boʻlgan turmush oʻrtogʻingiz uchun.


◀️To'lovni toʻgʻridan-toʻgʻri ish joyingizdagi ish haqidan oʻquv yurtiga oʻtkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

➡️Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda toʻlanganda yil yakuni boʻyicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval toʻlangan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#yaxshi_kayfiyat😄

— Qanday talaba dars paytida umuman telegramga kirmaydi?
— Umumanmi?
— Umuman.
— Telegrami yoʻq talaba.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#foydali

➡️Leksiyalardan foydali maʼlumotlarni olishning eng yaxshi usullari

Maʼruzada qatnashing va diqqatni oʻqituvchiga qarating. Diqqat bilan tinglang, telefoningiz yoki boshqa narsalarga chalgʻimang.

Oʻqituvchi foydalanadigan asosiy tushuncha va kalit soʻzlarga diqqat qiling, ularni yozib oling. Bu mavzuni yaxshiroq tushunishga va muhim maʼlumotlarni eslab qolishga yordam beradi.

Maʼruzada qatnashing, biror narsa aniq boʻlmasa, savollar bering. Bu maʼlumotni aniqlashtirishga va mavzuni koʻproq tushunishga yordam beradi.

Oʻz bilim va tushunchangizni chuqurlashtirish uchun oʻqituvchi taqdim etishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha materiallardan, masalan, taqdimotlar yoki maqolalardan foydalaning.

Maʼruzadan keyin olingan bilimlarni mustahkamlash va muhim fikrlarni eslab qolish uchun materialni takrorlashni unutmang.

💬Yuqoridagi qoidalarga amal qilgan holda siz mavzu haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishingiz, yaxshiroq tushunishingiz mumkin.


✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#qonunchilik_yangiliklari

📌Oliy ta’lim tizimida dual ta’lim joriy etiladi.

“Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (VMQ-14-son, 16.01.2025-y.) Vazirlar Mahkamasi qarori tasdiqlangan.


✔️Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:

➡️oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimini tashkil etiladi;

➡️“Kasb egasi” dual ta’lim tizimi birinchi bosqichda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3 va 4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi;

➡️talabalarning amaliy mashg‘ulotlari korxonalar bilan hamkorlikda o‘tkazilib, ushbu jarayon oliy ta’lim tashkiloti hamda amaliyot rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi;

➡️dual ta’lim asosida talabalarning korxonalarda faoliyat yuritgan davri uchun ish haqining 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.


🗓 Har yili 1-iyunga qadar dual ta’lim shaklida talabalarni qabul qiladigan korxonalar imkoniyatlari o‘rganiladi va dual ta’lim tashkil qilinadigan korxonalar ro‘yxati e’lon qilinadi.

🗓 Har yili 1-sentabrga qadar dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilingan talabalarning korxonalarga biriktirilishi bo‘yicha korxona, talaba va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuziladi.

✔️ dual ta’lim tashkil qilingan korxonalarda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar doimiy monitoring qilinadi.

✔️ Shuningdek, ushbu qaror bilan Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

❗️Mazkur nizom dual ta’lim jarayonini tashkil etish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni muvofiqlashtirish, oliy ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.

✈️TalabaYoshlarUlashing va obuna boʻling.

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#stipendiya_biografiyasi

💸 Stipendiya – bu ko‘p yillik popuk ildizli o‘t bo‘lib, asosan bank hududlarida, universitet g‘aznasi atroflarida o‘sadi. Kontrak shamollaridan changlanib, ko‘payadi.

↪️Har oyning birinchi o‘n kunliklarida hosilga kiradi. Asosiysi stipendiya talabaning doim umid bilan kutadigan, ko‘plab muammolarini hal qilib bera oladigan najot ildizi hisoblanadi.

— Yana qo‘shimcha ma'lumotlar bo'lsa kommentariyada davom ettiring😉

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Farg‘onada ham 3 ta davlat oliygohlari qayta tashkil etiladi

➡️Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti;

➡️Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti;

➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialini qo‘shib yuborish yo‘li bilan Farg‘ona davlat universiteti.

Tugatilayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#qonunchilik_yangiliklari

☄️Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

✅ Sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

↪️Universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.

↪️2025/2026-o‘quv yiligacha Universitetda tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasi tashkil etiladi.


🗓 2025/2026-o‘quv yilidan:

➡️ Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi.

➡️ Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida muhandislik sohalaridagi kasblar bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlarida to‘liq davlat granti asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Hozirda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Namanganda ham uchta davlat oliygohlari birlashtirilmoqda

Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to'qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

✅Muhandislik, qurilish, to'qimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat ko'rsatish sohalari bo'yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma'lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilg'or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.

2025/2026-o'quv yilidan ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralari ko'riladi.

➖ 2026/2027-o'quv yiligacha Universitetning kamida ikkita bakalavriat ta'lim yo'nalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o'tkazilishi ta'minlanadi.

➖ 2025-yildan yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.


NamMT, NamMQI hamda NamTSIda tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025-o'quv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Sessiya tugagandan keyin talabalarning hayoti

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#TOP1000 #Reyting

⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati


Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🎓 Talabashunoslik atamalari

↪️Talaba – bir so‘mi yo‘q millioner.
↪️Sessiya – yarim yillik uyqudan uyg‘onish.
↪️Stipendiya – hayot mazmuni.
↪️Seminar– 80 daqiqa o‘limga tik boqish.
↪️Ma’ruza – kecha chala qolgan uyquning davomi.
↪️Domla – sessiyada qo‘lga tushmas qasoskor.
↪️Tanka – najot kemasi.
↪️Dekanatga chaqirilgan talaba – oy borib, omon qayt.
↪️Parta – yangliklar doskasi.
↪️Oshxona – talabalar orzusi.
↪️Oshqozon – ta’tilga chiqqan xodim.
↪️Kutubxona – uyqu xonasi.

Kommentda davom ettirish sizdan...

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…
Subscribe to a channel