🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin
🇺🇿O‘zbekistonda 2024-yili o‘rtacha hisoblangan nominal ish haqi 5 mln. 357 ming so‘mga yetdi
☑️Hududlar bo‘yicha eng ko‘p maosh Toshkent shahri (9,1 mln. so‘m) va Navoiy viloyatida (6,8 mln. so‘m). Eng kami esa – Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida (3,8 mln. so‘m).
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
👍👍👍📯📯📯👍👍👍
🔴Aynan sizning maqolangiz Journal of Analytical Synergy and Scientific Horizon (JASSH) Respublika jurnalining ilk sonidan joy egallashi mumkin.
‼️Hurmatli doktorantlar, magistrantlar hamda talaba yoshlar sizning ilmiy maqolangiz dunyo ilmiy hamjamiyatiga biz orqali yetib boradi.
✅ Yo’nalishlar:
⏺Tabiiy va tibbiyot fanlari: biologiya, kimyo, fizika tibbiyot va farmatsevtika;
⏺Ijtimoiy va gumanitar fanlar: falsafa, tarix, sotsiologiya, xalqaro munosabatlar, huquqshunoslik;
⏺Aniq fanlar: ekonomika, texnik fanlar va san'at sohasi, arxitektura, turizm;
⏺Jurnalistika, pedagogika, filologiya.
↪️Yilning ilk oyi va jurnalning ilk soni munosabati bilan 40🛍 chegirma;
↪️Faqatgina turdosh yo‘nalishlar bo’yicha qabul;
↪️Kuchli tartib va nizom;
↪️OAK e’tirof etgan 20 dan ortiq xalqaro ilmiy bazalarda indekslash kabi imkoniyat aynan sizga berilmoqda.
↪️Maqola yozishni o’rgatish kursimiz ham bor
‼️Talaba-qizlar taksiga chiqqanda ehtiyot bo‘linglar, insofi bir chaqaga qimmat odamlar ham bor...
🚎 Jamoat transportidan qo‘ymasin, ham arzon, ham xavfsiz.
#kayfiyat
🏜Qadim zamonlarda olis bir viloyatdagi jodulangan universitetda yovuzlik va qayg‘u nimaligini bilmaydigan mitti mavjudotlar yashar ekan. Ular o‘zlarini “talabalar” deb atashardi. Talabalar juda inoq edi. U yerda yana “ustoz” ismli afsungar ham yasharkan. U talabalarni juda qiynar edi.
“Talabalarni yomon ko‘raman, seni yiqitaman, hammangizni yiqitaman, bittangiz ham qolmaysiz. Qo‘limga tushasan-kuuu. Bir kuni shpargalkangizni topib kulini ko‘kka sovuraman”, derdi.
💸 Talabalar stipendiya puliga bemalol yashasa bo‘ladi.
– Faqat oxirgi 25 kuni qiyin oʻtadi-da😅
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🗣Jamoat transportlaridan foydalanganimizda nimalarga e’tibor berishimiz kerak?
Metro vagonlari to‘lib qolsa, kirishga harakat qilmang. Ichidagi yosh bolalarga, keksalarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
📎Jamoat transportlarida odamlar ko‘proq bo‘lsa, sumka, ryukzaklaringizni qo‘lingizga oling.
📎Jamoat transportlarida yoningizdagi sherigingiz bilan baland ovozda gaplashmang.
📎Jamoat transportlarida keksalar, ayollar va yosh bolalarga joy bering.
📎Kimdir sizga qo‘pol gapirsa, e’tibor bermang. Shunchaki o‘tib keting.
📎Baland ovozda telefonda gaplashib, yoki musiqa eshitib ketmang. Atrofdagilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
📎Jamoat joylarida iloji boricha o‘tkir hidli atirlardan foydalanmaslikka harakat qiling.
📎Va asosiysi, atrofdagi odamlarga qarab kayfiyatingizni tushirmang. Har doim xushchaqchaq bo‘lishga harakat qiling.
💬 Sizningcha, jamoat transportlarida yana nimalarga e’tibor berishimiz kerak?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#kayfiyat
😁 Talaba darsga qimirlamay quloq solib oʻtiribdimi?
Demak, uni telefonining zaryadi tugagan...
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
⚠️MCHS ogohlantiradi: Hurmatli talabalar ayni damda respublikamizning barcha universitetlar hududida "SESSIYA" xavfi yuzaga kelgan. Shu sababli ayrim fanlardan stavka tezligi 100 ming so‘mgacha oshishi va buni eshitib sizni mazangiz qochishi mumkin. Pulsiz va bilimsiz talabalar uchun QAYTAROPASNO bo‘lishi mumkin.
❗️ESLATMA: xarajatsiz harakat darajasi 0 ga teng. Iltimos sessiya imtihonlarida pulsiz va shpargalkasiz yurmang!
Sessiyadan omon chiqishning yana bir yo‘li, bu o‘z vaqtida o‘qishdir.
#bilarmidingiz
❓O‘zbekistondagi qaysi universitetlarda eng ko‘p talaba tahsil oladi?
🔹Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, davlat OTMlarida 995,551 nafar, nodavlat OTMlarida esa 515,634 nafar talaba tahsil olmoqda. Shulardan:
↪️Davlat granti 173,788 nafar
↪️To‘lov kontrakt: 1,377,384 nafar
Eng ko‘p talabaga ega OTMlar:
📌 Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qoʻllash mumkinmi?
➡️Sinov muddati uzog‘i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.
✅ Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:
❓Talaba oliy taʼlim muassasasida telefondan foydalanishi mumkinmi?
🔹Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning uyali aloqa vositalaridan foydalanishining bir nechta shartlari mavjud:
↪️Taʼlim muassasasiga kirib kelishdan kelishda har bir taʼlim oluvchi, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar telefonini “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.
↪️Taʼlim muassasasida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbir boshlanishidan oldin taʼlim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi; telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shart.
📌Taʼlim oluvchilarga quyidagilar qatʼiyan taʼqiqlanadi:
🇺🇿O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari sonini bilarmidingiz?
➡️1940/1941-o‘quv yilida O‘zbekistonda 30 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 19.061 nafar talaba o‘qigan.
➡️Keyinchalik, jahon urushi o‘qishga salbiy taʼsir qilib, taʼlim oladigan talabalar soni keskin kamayib ketgan.
↪️Mustaqillik arafasida O‘zbekistonda 41 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ulardan: 3 tasi universitet, 15 tasi pedagogika, 7 tasi texnika, 5 tasi tibbiyot, 3 tasi iqtisod, 4 tasi qishloq xo‘jaligi, 3 tasi sanʼat, 1 tasi jismoniy tarbiya va sport instituti.
↪️2002-yil O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari soni 61 tani tashkil etdi. Bulardan 18 tasi universitet bo‘lib, 2001/2002-o‘quv yilida 61 ta oliy o‘quv yurtlarida 207,2 ming nafar talaba taʼlim oldi.
↪️Bugungi kunga kelib esa O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari soni 213 taga yetdi. Bulardan: 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🎓 “Talabalar tanlovi”da ishtirok etib, yutuqli barabanni aylantiring va quyidagi sovg‘alardan birini yutib oling:
🔴8 ta – Y58 Ultra 3 box;
🔴25 ta – Smart watch (T900 Pro max );
🔴25 ta – Quloqchin (P9 Pro max);
🔴25 ta – Airpods (TM 90);
🔴25 ta – Kitoblar;
🔴va pul yutuqlari.
✅Tanlov 20-yanvar kuni 20:00 ga qadar davom etadi.
📱G‘oliblar 12-14-16-18-20-yanvar kunlari jonli efirda aniqlanadi.
🔄Tanlov shartlari juda ham oson, pastdagi tugmachani bosib, kanallarga obuna bo‘ling, ro‘yxatdan o‘tib, yutuqli barabanni aylantiring.
GPA haqida eshitgansiz? O‘zi GPA nima?
❗️GPA – bakalavr yoki magistratura talabalarining darslarni qay darajada o‘zlashtirayotganligini ko‘rsatib turuvchi o'rtacha baholar ko‘rsatkichidir
🔹GPA – Grade Point Average maʼnosi “o‘rtacha ball ko‘rsatkichi” bo‘lib, 1-4 shkalada diplomdagi baholarning o‘rtachasiga qarab talabaning darslarni qay darajada o‘zlashtirilganini aks ettiradi.
☑️Shuningdek, xorij universitetlariga bakalavr yoki magistr darajasiga o‘qishga kirganingizda, sizning GPAngiz eʼtibor berilishi kerak bo‘lgan eng muhim narsalardan biridir. Bu sizning talaba sifatida qanday bilimga egaligingizni ko‘rsatishi bilan bir qatorda, universitetdan grant yutish yoki moliyaviy yordam olishingizda ham muhim rol o‘ynaydi.
❓Siz GPAngizni hisoblashni bilasizmi?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🎓 Kanalingiz bormi? Obunachilaringiz sonini ko‘paytirmoqchimisiz? Unda sizga ajoyib taklifimiz bor!
Yaqin kunlarda “Talabalar tanlovi” konkursiga start beriladi. Siz homiylar qatoriga qo‘shilib, kanalingizni 10-20-30 minglab yangi obunachi bilan ko‘paytirishingiz mumkin (yuqoridagi rasm namunaviy).
↪️Homiy kanallariga faqat talaba-yoshlardan iborat “jivoy” obunachi qo‘shiladi.
↪️Konkurs orqali 100% aktiv obunachilar qo‘shiladi (o‘lik, nakrutka) akkountlar qo‘shilmaydi.
↪️Konkurs g‘oliblarga 50 ga yaqin qimmatbaho sovg‘alar beriladi.
↪️O‘tgan safargi konkursda +56k garant yopilgan edi.
‼️Shoshiling, joylar soni cheklangan, konkurs 20-yanvargacha davom etadi! Niyati jiddiy bo‘lganlar yozsin, homiylik narxi sifatga yarasha bo‘ladi
Oʻzbekistondagi 3 ta oliygoh “TOP-1000” nufuzli oliygohlar qatoriga qoʻshildi.
📌Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Oʻzbekistonning quyidagi oliy taʼlim muassasalari mazkur roʻyxatdan joy oldi.
🗣Kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
↪️Axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilanadi.
↪️Universitet to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatdan mustaqil bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.
↪️Unda talabalarni o‘qitish davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida olib boriladi.
↪️Universitet tarkibida IT-klaster (axborot texnologiyalar parki, texnopark) tashkil etiladi va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan texnologik va innovatsion g‘oyalarga yo‘naltirilgan startap loyihalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish uning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilanadi.
❓ Qanday holatda talabalar stipendiyadan ajralishi mumkin?
📌 Hozirgi kunda O‘zbekiston talabalari uchun stipendiya miqdori 517.880 so‘m etib belgilangan. Oddiy holatlarda davlat grantida o‘qiydigan yoki stipendiyali kontrakt to‘laydiganlar shuncha stipendiya olishadi.
🖇Semestr davomida barcha fanlarni aʼlo, yaʼni “5” baho bilan (86 ball va undan yuqori to‘plagan) tamomlagan talabalarga 6 oy – 1 semestr davomida stipendiyaning 20 %i miqdorida 103.576 so‘m qo‘shimcha stipendiya belgilanadi. Shunda talaba 621.456 so‘m stipendiya olishi mumkin.
➖Lekin semestr davomidagi fanlarni 30% va undan kam o‘zlashtirsa, yaʼni yakuniy nazoratlarning 30%ida “3” baho olsa (masalan, 1 semestr davomida 6 ta fan o‘tiladigan boʻlsa, talaba ularning 2 tasidan “3” baho olsa, 33,(3) %ini o‘zlashtirmagan hisoblanadi), semestr davomida stipendiyadan ajraladi.
Hurmatli talabalar, yakuniy nazoratlarni yaxshi baholarga topshirishga harakat qiling!
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
⚡️Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Yig‘ilishda Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar ochilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.
Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.
So‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlarida ilmiy salohiyat 41 foizdan 45 foizga oshgan. Lekin, aksariyat ilmiy tadqiqotlar sanoat va ishlab chiqarishdagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab olmayapti.
Shu bois doktorantura kvotasini taqsimlashda iqtisodiyotning drayver sohalariga ahamiyat qaratish, ilmiy daraja va unvonlar olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
❗️Kambag‘al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlari vaucher tizimi asosida qoplab beriladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:
↪️2025-yil 1-fevraldan kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz aʼzolariga toʻlanadi.
↪️2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
🗓 Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
📌Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi
Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.
❗️Rasmga e’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
❓Bu nima degani?
#foydali
🔺Google Calendar yoki To Do List kabi ilovalar yordamida o‘zingiz uchun eslatmalar yozib qo‘ysangiz, “Topshiriq esimdan chiqibdi” degan bahonaga o‘rin qolmaydi...
✔️ Har qanday topshiriq va vazifalarni telefoningizdagi ilovaga belgilab qo‘yish orqali kuningizni tartibli qilishingiz, barcha ishga o‘z vaqtida ulgurishingiz mumkin.
(😁Lekin esida bo‘la turib bajarmaydigan dangasalar ham topiladi)
▶️Vazifa esidan chiqib, bajarmay keladigan kursdoshlarga jo‘natib qo‘yamiz
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#vakansiya #ishga_qabul
Nodavlat oliygohga ishga taklif qilamiz!
Toshkent shahrida joylashgan nodavlat oliygoh targ'ibotchi-mutaxassis va call-center operatori lavozimlarga ishga qabul qiladi, mazkur so‘rovnomani e’tibor bilan to‘ldiring. Bizga ma’qul kelgan nomzodlarga o‘zimiz aloqaga chiqamiz.
🔹Ishga kirish uchun quyidagi so‘rovnomani to‘ldirishingizni so'raymiz:
📌 Sessiya bu – ...
🔸Sessiya bu – internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib, shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...
🔸Sessiya bu – a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi
🔸Sessiya bu – "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...
🔸Sessiya bu – daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varoqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...
🔸Sessiya bu – ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...
🔸Sessiya bu – qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...
🔸Sessiya bu – 12 varoqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...
🔸Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...
🔸Sessiya bu – abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...
🔸Sessiya bu – ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...
🔸Sessiya bu – sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...
Siz uchun sessiya nima?
#bayram_muborak
Bugun 14-yanvar vatan himoyachilari kuni haqiqiy Erkaklar bayrami
— Erkaklar bo‘lmasa aytilmas azon,
— Erkaklar bo‘lmasa qaynamas qozon,
— Erkaklar bo‘lmasa chaqaloq qayda,
— Erkaklar bo‘lmasa shapaloq qayda,
— Erkaklar bo‘lmasa mo‘ylov qaydadir,
— Erkaklar bo‘lmasa kuyov qaydadir,
— Dunyo turguncha tursin erkaklar,
— Doimo xurmatda yursin erkaklar!
👮♂️Bugun kunni kun demay, tunni tun demay ishlayotgan harbiy xizmatchilarning, balki har bir erkakning bayrami. Chunki oilaning tinchligi, totuvligi; onalarimiz, opa-singillarimiz va barcha ayollarning shaʼni, obroʻsi ularning qoʻlida. Oilasini qoʻriqlash, asrab-avaylash har bir mard erkakning burchi! Bayram muborak bo‘lsin!
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
✅Bugun yutuqli viktorina!
Ushbu loyihada turli mantiqiy savollar, qiziqarli jumboqlar, ajoyib shartlar, kimo‘zar o‘yinlar bo‘lib o‘tadi va har bir g‘olibga va’da qilingan pul yoki sovg‘a taqdim etiladi. Eng asosiysi, bu o‘yinda g‘olib bo‘lish uchun bilim, tezkorlik bilan bir qatorda omad ham juda kerak.
🗣Loyiha soat 21:00 da @izzatxoja_asomiddinov kanalida bo‘lib o‘tadi!
E’lonni yaqinlaringizga ulashing va ushbu postga reaksiya qoldiring.
➡️ Yutuqli viktorinada qatnashish
➡️ Yutuqli viktorinada qatnashish
“O‘G‘RI”
🕯Shayx Ali Tantoviy aytadi:
Cho‘ntakdan narsa o‘g‘irlaydigan talabadan imtihon paytida javobni o‘g‘irlaydigan talabaning jinoyati og‘irdir.
🗣O‘zbeklarning WiFi'yi
↪️Asab qo‘ymas beta’sir, Tirishtirdi manglayni.
↪️Qachon ishlaydi axir, O‘zbeklarning vayfayi
↪️Megabaytni kuydirar, YouTube'jonning qotishi.
↪️Hiqildoqni to‘ydirar, Bu akaxon yotishi.
↪️Google tog‘a qaravor, Harfni bosib bo‘lmaydi .
↪️Ey, chiqargan yashavor, Nega zaryad to‘lmaydi .
↪️Hamma yoq tanish-bilish, Hamma yoq quda-anda .
↪️Bo‘lar millioner kulish, Qachondir biz tomonda.
©️Salohiddin Nosirov
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#bilasizmi
🗣Sun’iy intellektning siz bilgan va bilmagan foydalari
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
📌 Oʻzbekistonda taqiqlangan manbaa va kontentlarning yangilangan roʻyxati e'lon qilindi
🇺🇿 Oliy sud tomonidan 2025-yil 8-yanvar holatiga, internet tarmogʻidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) roʻyxati eʼlon qilindi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!