🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin
🗣“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!
Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.
✅Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.
Hujjatlar joriy yilning 1-martiga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari orqali qabul qilinadi.
➡️Batafsil nizomni ko‘rish
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
Haftani yaxshi kayfiyatda boshlaymiz!
👍Qaysi OTM talabalarining ijrosi bilmadimku, lekin menga juda yoqdi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
✅Bugun yutuqli viktorina!
Ushbu loyihada turli mantiqiy savollar, qiziqarli jumboqlar, ajoyib shartlar, kimo‘zar o‘yinlar bo‘lib o‘tadi va har bir g‘olibga va’da qilingan pul yoki sovg‘a taqdim etiladi. Eng asosiysi, bu o‘yinda g‘olib bo‘lish uchun bilim, tezkorlik bilan bir qatorda omad ham juda kerak.
🗣Loyiha soat 20:00 da @izzatxoja_asomiddinov kanalida bo‘lib o‘tadi!
E’lonni yaqinlaringizga ulashing va ushbu postga reaksiya qoldiring.
➡️ Yutuqli viktorinada qatnashish
➡️ Yutuqli viktorinada qatnashish
Yangi loyihaga ilk qadam qo‘yildi va o‘ylaymanki kanalim kuzatuvchilari orasida men izlagan zo‘rlaridan zo‘ri bo‘lgan yoshlar bor.
So‘rovnomani to‘ldiring va O‘zbekistonda ilk marta o‘tkaziladigan loyihaning spikerlaridan biriga aylaning.
Yangi yil – bu hammasini boshlash uchun, yangi muvaffaqiyatlar sari ilk qadamni qo‘yish uchun imkoniyat.
Kelasi yildan kitob o‘qishni boshlayman, kelasi yildan zararli odatlarimni tashlayman, kelasi yilda vaqtimni faqat foydali narsalarga sarflayman deganlar uchun bugun yilning ilk kuni boshlandi. Hammamiz 2025-yilni eng esda qolarli yil bo‘lishiga harakat qilaylik. Oldimizga aniq maqsad qo‘yib, unga erishish uchun reja asosida ishlaylik. Bizga berilgan 365 kunning har biri shu o‘ylagan maqsadimiz cho‘qqisi sari olib boradigan zinapoyaning qadamlari bo‘lsin. Men maqsadlarimni qo‘yib oldim, siz-chi, o‘zingizni, o‘tgan 1 yilingizni tahlil qilib, yangi rejalaringizni tuzib oldingizmi?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#o‘qishni_ko‘chirish
⚡️20-dekabrdan uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi
Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.
Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:
🤔 Bu ikkita videoga nima deysizlar (oxirigacha ko‘ring)?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#yil_talabasi2024 #yil_o‘quvchisi2024
🗣“Eng faol yil talabasi” hamda “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovlarining 2024-yilgi mavsum yakuniy bosqichi ishtirokchilari e’lon qilindi.
❗️“Eng faol yil talabasi” tanlovining yakuniy bosqichi joriy yilning 24-25-dekabr kunlari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida o‘tkaziladi. “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovining yakuniy bosqichi esa 2025-yilning yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirildi (qo‘shimcha ma’lumot beriladi).
☑️Tanlab olingan nomzodlar sohaga doir savollar asosida suhbatdan o‘tkaziladi hamda Hakamlar hay’ati tomonidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarga munosib nomzodlar aniqlanadi. G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va nizom asosida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🍏Iphone ishlatadigan talabalarga yangilik! iOS 18 da uzoq kutilgan kalkulyator funksiyasining ishlashi
Siz shunchaki eslatmalaringizda tenglama yoki formulani yozasiz va neyron tarmoqlar ularni yechishi va chizishidan bahramand olasiz.
Siz qanday rusumdagi telefon ishlatasiz? Ko‘pchilikda RedMi bo‘lsa kerak-aaa?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#xulosa_sizdan
⚡️Umr bu davomiyligi 5 daqiqa ham chiqmaydigan, sinovli yo‘ldir. Bu yo‘lning yakuni yoki rohatga yoki afsus-nadomatga olib boradi.
Tafakkur qilib, bir ortga nazar solib ko‘ring, o‘tgan bir necha yillik hayotingiz xuddi bir necha soniyada o‘tib ketgandek tuyuladi. Kechagina ilk marta maktab ostonasiga qadam qo‘ygandeksiz, bugun esa oliygoh talabasisiz.
Vaqtingizni qadriga yeting, insonlarga qo‘ldan kelgancha yordam bering, zero umr yo‘lingiz yakunida ortga qaraganingizda afsuslanishga hojat qolmasin.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#tashabbus
🗣O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Toza likopcha” aksiyasiga start beribdi.
✔️Aksiya barchani to‘g‘ri va me’yorida ovqatlanish hamda yegulikni ortiqcha uvol qilmaslikka chaqiradi. Mana shunday manfaatli tashabbuslar ko‘payaversin.
Sizning oliygohingizda ham shu kabi, respublikadagi barcha talabalarga namuna sifatida ko‘rsatishga arziydigan biror loyiha yoki tashabbus bormi? Kommentda javob kutaman.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
📌 Joriy yilda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan 113.856 nafarining bandligi ta’minlangan
AOKAda o‘tkazilgan brifingda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Faxriddin Hayitovning ma’lum qilishicha, joriy yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra, 194.417 nafar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchisidan 113.856 nafarining bandligi ta’minlangan.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
❄️Sizda ham qorli rasmlar bo‘lsa bizga yuboring va kanalimizga joylaymiz!
Eng ko‘p like va reaksiya yig‘gan post egasiga qimmatbaho sovg‘a beriladi!
Shartlar: Rasm yuboruvchining ism-familiyasi va file ko‘rinishida yuboring!
↪️Yuborish uchun: @oazis_ecobot
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
#diqqat #rasman
‼️Yangi yildan Toshkentda yo‘l haqqi 3 ming so‘m bo‘ladi
Toshkent shahar hokimining qarori bilan 2025-yil 1-yanvardan poytaxt jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m etib belgilandi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
O'qituvchi o'quvchisidan so'radi
- Rasmda nega dadangni qo'llari yo'q
🗣Talabalar uchun yakuniy imtihonlarga tayyorlanish bo‘yicha tavsiyalar
✅Qishki ta’til ham poyoniga yetib, yakuniy imtihonlarga sanoqli kunlar qolmoqda. Imtihonlarga tayyorlanish talabalar uchun juda muhim jarayon. Imtihonda o‘zingiz kutgan yaxshi natijani olish uchun quyidagi tasviyalarga amal qiling:
☑️Imtihonlarga tayyorlanishdan oldin aniq reja tuzing. Har bir fan uchun kunlik yoki haftalik dastur tuzib, o‘z vaqtida barcha mavzularni o‘rganib chiqishga harakat qilish kerak.
☑️Bir vaqtning o‘zida juda ko‘p narsani o‘rganishga urinmang. O‘quv materiallarini kichik qismlarga bo‘lib o‘rganish samaraliroq bo‘ladi.
☑️O‘qigan narsalarni tez-tez takrorlab turish muhim. Har bir mavzudan so‘ng qisqa qaydlar yozish va ularni qayta o‘qish yodda saqlashni osonlashtiradi.
☑️Nazariy bilimlarni amaliy mashqlar bilan mustahkamlash juda foydali. Boshqa talabalar bilan guruh bo‘lib ishlash yoki eski imtihon savollarini yechish ham yordam beradi.
☑️Uzun va samarali o‘qish vaqtida tanani to‘liq tiklash zarur. Dam olish va yaxshi uyqu imtihonlarda yaxshi natijalarga erishish uchun kerak. Kechasi o‘qishdan ko‘ra, ertalab yoki kun davomida o‘qish ko‘proq foyda beradi.
☑️Imtihonlar oldidan stressni boshqarish muhim. Yuqori kayfiyatni ushlab turishga harakat qiling. Yaxshi ruhiy holat imtihonlar paytida konsentratsiyani yaxshilaydi.
☑️O‘qish jarayonida yaxshi ovqatlanishga e’tiborli bo‘ling. To‘g‘ri ovqatlanish va muntazam jismoniy faoliyat energiya beradi va diqqatni jamlashni osonlashtiradi.
☑️O‘qituvchilardan yordam so‘rash, qo‘shimcha darslar yoki onlayn resurslardan foydalanish ham imtihonlarga tayyorlanishda samarali bo‘ladi.
☑️O‘zingizga ishonch hosil qilish va topshiriqlarga ijobiy yondashishga, salbiy fikrlardan qochib, bor imkoniyatlarni ko‘rishga harakat qiling.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
Respublika bo'ylab 300.000dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari ro'yxati.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
📌Aytishlaricha, HEMIS dasturi o‘rniga muqobil boshqa platforma ko‘rib chiqilayotgan ekan.
❗️U HEMIS o‘rniga yangi o‘quv yilidan joriy qilinib, tizimdagi menyular biroz ortishi hamda hemis kabi xususiy oliygohlar uchun ham majburiy bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi tizimda talabalar uchun baholash va o‘qitish fuksiyalarida o‘zgarishlar kutilmayapti. Asosiy kutilmalar saytdagi o‘zgarishlar hamda har bir talabalar uchun oliygohlarga pullik obuna joriy etilishida demoqda vaziyatdan xabardor manbalar.
Xabar rasman tasdiqlanmagan!
🗣Zo‘rlaridan zo‘rlari kerak! Iqtidorli yoshlar izlanmoqda.
☑️Yangi tashkil qilinayotgan loyiha uchun yetakchi, lider, iqtidorli va muvaffaqiyat sari ilk qadamini qo‘ya olgan yoshlarni izlayapmiz. Agar o‘zingizni yoki biror kursdoshingizni boshqa talabalarga namuna sifatida ko‘rsatish mumkin deb o‘ylasangiz ushbu so‘rovnomani to‘ldiring.
Eng munosiblarga aloqaga chiqib, loyiha haqida batafsil ma’lumot beriladi. Quyidagi nomzodlarga ustuvorlik beriladi:
🗣Ertadan qishki ta’til ham boshlanar ekan, o‘zi kanikuldan 1 kun oldin talabalar kelishib olib darsga bormasdi, sizlarda qanday bo‘ldi? Kimdir darsga bordimi?
😅 Keyin adashib ertaga ham darsga boradigan talabalar bo‘lardi, shunaqa holatlar bo‘lganmi?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🗣Pivot.uz nashri “Maqsad” tanloviga start beradi!
MohirDev jamoasining 3 million soʻmlik Data Science va Sun'iy intellekt kursida bepul oʻqish yoki shu miqdorda pul mukofoti yutishni istaysizmi? Tanlovimizda ishtirok etib 5 ta sertifikatdan biriga ega boʻling. Tanlovga oz muddat qoldi.
✔️Tanlov 2 bosqichli va @pivot_tanlov_bot botida boʻlib oʻtadi.
✔️1-bosqichda ishtirokchilar Otabek Hasanovning “Liderlar” kitobini oʻqib va u asosida 15 ta testni ishlashi kerak.
✔️Test 27-dekabr kuni 16:00 dan 28-dekabr 16:00 gacha oʻtkaziladi.
Batafsil maʼlumot uchun kanalimizni kuzating:
➡️ /channel/pivotuzofficial
“Liderlar” kitobining bepul, audio variantini shu yerdan topasiz👇
🎁 https://mutolaa.com/book/liderlar-kitobi
Fransuzlar olqishlagan o‘zbek o‘g‘loni Abduqodir Husanov
⚽️ Fransiyaning “Lans” klubida o‘ynayotgan, hamyurtimiz Abduqodir Husanov kecha kimsan, Paris Saint-Germain jamoasi darvozasiga gol urdi (lekin assist hisoblandi). Uni butun stadion ismini aytib olqishladi.
👏 Eng quvonarlisi, usha stadionda uning otasi ham bor edi (videoning oxiridagi inson). Usha otaga va faxrlanishga arziydigan o‘g‘ilga havas qilganlar qancha, to‘g‘rimi?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#qulaylik
⚡️Qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilib, vagonlar soni ko‘paytiriladi
🚆Transport vazirligi xabariga ko‘ra, qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi (rasmda ko‘rsatilgan).
❓Talabalar chiptalarni qo‘shimcha qayerdan xarid qilishi mumkin?
◀️O‘zMU sayyor kassasi;
◀️TDAU sayyor kassasi;
◀️TDIU sayyor kassasi.
IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🗣Endi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi 2025-yil 1-yanvardan boshlab ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etiladi
Shuningdek, quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi:
🔥 2025-yilda hayotingizni o‘zgartiring! 🔥
Qachongacha shunday yashab, orzularingizni kutasiz? Endi harakat qilish vaqti keldi!
🌟 Ayniqsa yoshlar uchun:
⚡️ Shaxsiy biznes boshlash – hech qanday katta investitsiyasiz yo‘l ochamiz!
📈 Texnologiya va onlayn platformalar yordamida daromad olish sirlarini o‘rgatamiz.
🎯 Muvaffaqiyatga tezroq yetishish uchun to‘g‘ri strategiya bilan ishlaymiz.
🚀 Yoshligingizni bekor o‘tkazmang! Orzularingiz uchun bugun asos qo‘ying. Pul topish, moliyaviy erkinlikka erishish – siz uchun ham mumkin.2025-yilda o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqaring:
🎓 Ta’lim uchun investitsiya qiling,
✈️ Dunyo bo‘ylab sayohat qiling,
🚙 Xohlagan mashinangizga ega bo‘ling,
💡 Va eng muhimi — o‘z kelajagingizni o‘zingiz yaratib, o‘zingizning xo‘jayiningiz bo‘ling!🕰 Qachon boshlaysiz? Hozir boshlash vaqti keldi!
Pivot.uz nashri “Maqsad” tanloviga start beradi!
MohirDev jamoasining 3 million soʻmlik Data Science va Sun'iy intellekt kursida bepul oʻqish yoki shu miqdorda pul mukofoti yutishni istaysizmi? Tanlovimizda ishtirok etib 5 ta sertifikatdan biriga ega boʻling.
✅ Tanlov 2 bosqichli va @pivot_tanlov_bot botida boʻlib oʻtadi.
✅ 1-bosqichda ishtirokchilar Otabek Hasanovning “Liderlar” kitobini oʻqib va u asosida 15 ta testni ishlashi kerak.
✅ Test 27 dekabr kuni 16:00 dan 28 dekabr 16:00 gacha oʻtkaziladi.
Batafsil maʼlumot uchun kanalimizni kuzating: /channel/pivotuzofficial
“Liderlar” kitobining bepul, audio variantini shu yerdan topasiz👇
https://mutolaa.com/book/liderlar-kitobi
❄️ Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?
Bu yilgi Yangi yil bayramida besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 5 kun, olti kunliklar 4 kun dam olishadi.
Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
‼️“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ta’lim olishning quyidagi turlari mavjud:
↪️1) maktabgacha ta’lim va tarbiya – maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim;
↪️2) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim – umumiy o‘rta maktablardagi ta’lim;
↪️3) professional ta’lim – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardagi ta’lim;
↪️4) oliy ta’lim – bakalavriat, magistratura;
↪️5) oliy ta’limdan keyingi ta’lim – tayanch doktorantura, doktorantura;
↪️6) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
↪️7) maktabdan tashqari ta’lim – bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablaridagi ta’lim.
Siz qaysi ta’lim turida tahsil olasiz, reaksiyalar orqali bildiring:
🗣So‘rovnoma: Talaba bir oyda qancha pul sarflaydi?
🎓 Gazeta.uz Toshkent va Nukusdagi talabalardan bir oyda qancha mablag‘ sarflashlari haqida so‘rab, ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazibdi. Batafsil videoda ko‘ring.
Siz-chi 1 oyda o‘rtacha qancha pul sarflaysiz?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
⚡️Bakalavriat bo‘yicha Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari tasdiqlandi!
2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 83 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
❗️Kanalimizda bu yil stipendiant bo‘lganlar bormi? Qanday nomdagi stipendiya g‘olibi bo‘ldingiz?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!