talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba-yoshlar

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba-yoshlar

📌 Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish topshirig‘i berildi

Ayni damda Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish o‘tkazilmoqda.

✔️Yig‘ilishda, kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi. Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi. Vazir Q.Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#xushxabar #TOP_reyting #QS

⚡️O‘zbekistonning 7 ta oliygohi QS agentligining eng yaxshi universitetlar reytingidan joy oldi 

10-dekabr kuni oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi QS Quacquarelli Symonds 2025-yil uchun Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha jahondagi eng sara universitetlar reytingi – “QS Sustainability Rankings 2025”ni e’lon qildi

✔️Dunyoning ikki mingga yaqin universitetlarini qamrab olgan mazkur reytingdan O‘zbekistonning yettita universiteti joy oldi. Bular:

↪️TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti (828-o‘rin);
↪️O‘zbekiston Milliy universiteti (931-940);
↪️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1161-1180);
↪️Toshkent davlat texnika universiteti (1251-1300);
↪️Toshkent davlat transport universiteti (1401-1450);
↪️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (1501+);
↪️Urganch davlat universiteti (1501+).

Yuqoridagi OTM talabalari, bemalol, men jahondagi eng yaxshi universitetlardan birida o‘qiyman deb maqtanishingiz mumkin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#qulaylik

⚡️Toshkentda talabalar uchun sayyor kassalar tashkil etildi


Qishki ta’til munosabati bilan Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning doimiy yashash manzillariga yetib borishlarida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida sayyor kassalar tashkil etildi.

Mazkur sayyor kassalarda talabalar temir yo‘l hamda avtobus qatnovlariga chiptalarni sotib olishlari mumkin.

Sayyor kassalar quyidagi manzillarda tashkil etilgan.


☑️O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti binosi 1-qavati.
📍Manzil: Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi., 4-uy.

☑️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti A-binosida.
📍Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 60-A-uy. Sobiq Toshkent moliya instituti binosi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

✈️Uzbekistan Airways talabalar uchun 50 foizgacha chegirma e’lon qildi

Aviakompaniya o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 23-dekabrdan 7-yanvarga qadar barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50% gacha chegirma taqdim etadi.  

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

⚡️Talabalarga amaliyot o‘tagani uchun pul to‘lanadi!

❗️Faqat, hammaga emas, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi. Bunda amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.

💵 Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi talabalarga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida (680 ming so‘m) ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan tashkilotga o‘tkazib beriladi. Amaliyot o‘tayotgan korxona talabani qo‘shimcha rag‘batlantirishi ham mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaxsan o‘zi, pochta orqali yoki elektron shaklda o‘zi o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotiga topshiradi. Tanlovda qatnashish uchun talaba:

➡️bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi;
➡️ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi;
➡️O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Nega ta’til muddatlari barcha oliygohlarda har xil?

❗️Qaysidir oliygohda 21-dekabrdan, boshqasida 23-dekabrdan, aksariyatida 28-dekabrdan qishki ta’tili boshlanishi mumkin. Qachondan boshlansa ham hamma roppa-rosa 2 hafta dam oladi. Qishki ta’til hammada har xil boshlanib-tugashi transport muammolari va ommaviy viloyatlarga migratsiya qilishni oldini olish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

☑️Ta'til muddatlarini OTMlar o‘z o‘quv rejasiga ko‘ra mustaqil o‘zlari belgilaydi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa tavsiyaviy muddatlarni belgilab beradi.

28-dekabrdan oldinroq ta’tilga chiqayotganlar bormi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#ijtimoiy_so‘rovnoma

🇺🇿Konstitutsiyamizni qanchalik bilasiz?

🏛Mazkur ijtimoiy so‘rovnoma Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi Media jamoasi tomonidan o‘tkazildi va ishtirok etganlarga kitob sovg‘a qilindi.

📺YouTube orqali ko‘rish

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#Mirziyoyev #yig‘ilish #bandlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan
yig‘ilish o‘tkazildi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#rasmiy #qishki_taʼtil

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

🔷 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#tonggi_motivatsiya

❗️Menda biznes boshlash uchun yetarli mablag‘ yo‘q!
☑️Fhil Knight Nike'ni $50 bilan boshlagan.

❗️Menda ofis yo‘q!
☑️Stiv Jobs Apple'ni ota-onasining garajida boshlagan.

❗️Men bir necha hafta ishladim, lekin natija yo‘q!
☑️Mr.Beast tanilishi uchun 5 yil va 100 dan ortiq videolar kerak bo‘ldi.

❗️Lekin, men charchadim!
☑️Elon Mask Tesla ustida ishlayotganida zavodda uxlagan va haftasiga 100 soatdan ortiq ishlagan.

❗️Lekin, hech kim menga ishonmayapti!
☑️Hovard Shultz Starbacksga budjet yig‘ish uchun 242 marta rad javobini olgan.

Bahonalarni to‘xtating. Sizni to‘xtatadigan yagona narsa bu – o‘zingiz!!!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

Birinchi talaba ikkinchi talabadan so‘radi:
— Sizningcha, birinchi bo‘lib, qaysi vahshiy jonivorlar paydo bo‘lgan?
— Ilk davrlarda Rektozavrlar paydo bo‘lgan. U o‘z zahira manbai qilib Dekanazavrlarni chorlay boshlagan.
— Dekanazavrlar nima bilan oziqlangan?
— Bu davrga kelib, Talabazavrlar dunyoga kelgan. Ular bir yilda ikki martta o‘z boshidan og‘ir kunlarni o‘tkazishgan.
Bu davr Sessionlik davridir. Bu davrda ko‘pchilik talabalar qirilib ketgan. Faqatgina chaqqon Talabazavrlar Tankazavrlar orqali jon saqlab qolishgan.

Hikoyani kreativ tarzda kommentda davom ettiring.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

⚡️Talabalarga amaliyot o‘tagani uchun pul to‘lanadi!

❗️Faqat, hammaga emas, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi talabalarga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida (750 ming so‘m) ish haqi to‘lanadi.

Bunda amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi. Bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lishi mumkin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

‼️2025-yilgi Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkazilmaydi.

Osiyo Olimpiya kengashining bugungi qarori bilan, mazkur musobaqa mezbonligi O‘zbekistondan Bahraynga olib berildi.

↪️Osiyo Olimpiya kengashining xabar berishicha, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi 2025-yil sentyabrda bo‘lib o‘tadigan musobaqa mezbonligidan voz kechishi haqida xat yo‘llagan. Bunga Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishi o‘z vaqtida yakunlanmasligi sabab sifatida ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, mazkur tadbir mezbonligi Bahraynga olib berilgan.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🎓 Talaba lug’ati

↪️Abituriyentlik davri – “Yolg’izlikning yuz yili”
↪️1-avgust – “Asrga tatigulik kun”
↪️Imtihon – “Dahshat”
↪️Imtihonga kirish oldidan tekshiruv – “Alvido, qurol”
↪️Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyent – “Bemor”
↪️Talabalikka tavsiya etilgan abituriyent – “Alvido, bolalik” yohud “Qushdek yengil bo’ling”
↪️Universitet – “Javohirlar sandig’i”
↪️Talaba – “Odam bo’lish(i) qiyin”
↪️Dars – “Suv ostida sakson ming kilometr”
↪️Ma’ruza – “Tushda kechgan umrlar”
↪️Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
↪️Amaliy mashg’ulot – “Jimjitlik”
↪️Talabalar darsga tayyor emas – “Abadiyat qonuni”
↪️Stipendiya – “Ulug’bek xazinasi”
↪️Sessiya – “Bozor dunyo” yohud “Dunyoning ishlari”
↪️Qayta topshirishga qolgan talaba – “Urushning so’nggi qurboni”
↪️Amaliyot – “Gulliverning sayohatlari”
↪️Talabalik yillari – “Bahor qaytmaydi”…

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🇺🇿Talabalar bayramda uch kun dam oladi

Qonunchilikka ko‘ra, joriy yil 8-dekabr — Konstitutsiya kuni yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2024-yil 9-dekabr — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Shunday qilib, o‘zbekistonliklar shanba, yakshanba va dushanba kunlari  — uch kun dam oladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari jamoat joylarida yurish, navbatda turish odobi haqida namuna ko‘rsatib, video tayyorladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🗣Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga ko‘ra, endilikda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

☑️Muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat ko‘rsatish hamda irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilanadi.

QarMII, QIAI, TATU QF, TKTI SHF talabalari endi universitet diplomini oladigan bo‘ldi! 4 ta OTM birlashib, bitta universitet bo‘ladi endi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🗣Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi

Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvarga qadar amal qiladi.

Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🗣Anomal sovuq tufayli barcha darslar onlayn rejimga o‘tkazildi!

Markaziy Osiyoning ko‘plab hududlarida “kuchli” va “ekstremal” sovuqlik stresslari kuzatilishi prognoz qilindi, unga ko‘ra havo harorati -17 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Kuchli sovuq tufayli barcha darslar onlayn rejimga o‘tkazildi, deb xabar bermoqda, Qozog‘iston hukumati.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

❗️Diqqat, viktorina!

Oyina.uz portali Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Adolat ovozi” viktorinasini oʻtkazadi.

Viktorina 2024-yil 10-dekabr kuni soat 16:00 da boshlanib, 20:00 ga qadar davom etadi. Ishtirokchilar Konstitutsiya va madhiyamizga doir 15 ta test savoliga (har bir savolga 20 soniya) javob berishlari kerak. Savollarga eng tez va eng koʻp toʻgʻri javob bergan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topiladi va quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin – Smart soat (XO-M8 mini);
2-oʻrin – Quloqchin (A997BL);
3-oʻrin – Powerbank (XO-PR205).


Viktorinada ishtirok etish uchun @oyina_quiz_bot dan roʻyxatdan oʻting va bayramni sovgʻalar bilan kutib oling!

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🗣Talabalar va o‘quvchilar 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqishlari belgilandi.

Ko‘pchilikda savol tug'ilmoqda, nega 20-dekabrdan boshlab kanikulga chiqmadik?

✔️Vazirlar Mahkamasi qarorida dekabrning oxirgi 10 kunligi hamda yanvarning birinchi 10 kunligida 2 haftalik ta’til berilishi belgilangan, ya’ni 14 kun.

‼️22-dekabrdan ta’til e’lon qilinsa 22-dekabrga 14 kun qo‘shib hisoblaganingizda 4-yanvar ta’tilning oxirgi kuni, 5-yanvardan darslar boshlanardi. Yoki 28-dekabrdan ta’til bo‘lganida 14 kun qo‘shib hisoblasak, 10-yanvar ta'tilning oxirgi kuni, 11-yanvardan darslar boshlanardi.

☑️Hozir esa 25-dekabrdan ta’til e’lon qilindi, 14 kun qo‘shsak 7-yanvar ta’tilning so‘nggi kuni, 8-yanvardan darslar boshlanishiga to‘g‘ri kelmoqda. Xullas, gapni qisqasi, qachondan ta’til e’lon qilinsa ham faqat 14 kun dam olasizlar.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#yaxshi_kayfiyat

🎓 Talabalarda bo‘lib turadigan vaziyatlar. Sizlarda ham shundaymi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

😳 Iya, bu hazilmi yo ...

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#bilasizmi

🌐Endilikda sun’iy intellekt o‘zbek tilida taqdimot tayyorlab beradi.

Bu haqida batafsil ushbu videoda ko‘ring

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

#raqamlashtirish

🗣My.gov.uz mobil ilovasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy etilgan ta’lim xizmatlari soni 11 taga yetdi.


↪️O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim muassasasidan);

↪️O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (litsey va kasbiy ta’lim);

↪️Bakalavlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

↪️Magistratura talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

↪️Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

↪️Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish;

↪️Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish;

↪️Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun akademik ma’lumotnoma (transkript) olish;

↪️Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborish;

↪️Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini olish;

↪️Talabaning hisoblangan stipendiyalari haqida ma’lumot olish.

📱 Ilovani yuklab olish bu yerda: Google Play va AppStore.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

☝️Rejalagan ishing amalga oshmagunicha hech kimga aytma...

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

⚡️5 ta hayot hikmati!

* Boylik – pulning ko'pligi emas, nafsning to‘qligidir!

* Hech qachon omadsizlikdan bosh egmang, chunki  baxtqushi ham egik boshlarga qo‘nmaydi!

* Haqiqiy baxt – bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir...!

* Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o‘zingizga qayta yaqinlashtirmang!

* Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag‘allik belgisi emas, dangasalik belgisi hamdir!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

🇺🇿 Hozirda O‘zbekistonda 1 million 515 ming 833 nafar talabalar tahsil olmoqda!

↪️Bakalavriat bosqichida talabalarning 52,16% zi, yani 790.635 nafarini ayol-qizlar tashkil etsa, 47,84% ni, yani 725.198 nafarini yigitlar tashkil etadi.

↪️Magistratura esa yigitlarga qaraganda ayol-qizlarning soni ancha ko‘p. Yigitlar 15.794 nafar (37,38%), ayol-qizlar esa 26.459 nafar (62,62%)ni tashkil etadi.

↪️Talabalarning 175.490 nafari davlat granti asosida tahsil oladi. 1.388.080 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.

↪️O‘zbekistonda jami 14 ming 438 nafar xorijiy davlat fuqarolari tahsil oladi.

Qaysi OTMda qizlar, qaysi birida yigitlar soni ko‘p deb o‘ylaysiz? Kommentda yozib qoldiring.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

❗️Xususiy oliygohlar qisqa vaqt ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi!

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda “Profi” ta’lim klasteri asoschisi Bektosh Hotamov xususiy ta’limning O‘zbekistondagi o‘rni haqidagi savolga javob berdi.

“Xususiy oliygohlar qisqa vaqtning ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi. Chunki xususiy ta’limda yuzaki narsalar yo‘q. Ya’ni komissiya keladi deb ochiq dars qilmaysiz. Sizning komissiyangiz ham, sizni rag‘batlantiradigan odam ham, jazo beradigan odam ham – bu sizning mijozingiz hisoblanadi. Xususiy ta’limda mana shu mijoz uchun ishlashadi”, dedi tadbirkor Bektosh Hotamov.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba-yoshlar

☃️ Qishning ilk kuni barchaga muborak bo'lsin

Mana ko'z ochib yumguncha 2024-yilning eng so'nggi oyini ham qarshiladik. Vaqt shiddat bilan o'tib bormoqda, 31 kunda so'ng barchamiz yana bir yoshga ulg'ayamiz, umr o'tmoqda.

🟥Ertaga afsuslanmaslik uchun yoshlik davrlarimizni kelajagimiz uchun manfaatli bo'ladigan ishlar bilan, ya'ni ilm olish bilan o'tkazaylik. Chunki, yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidir.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…
Subscribe to a channel