talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Qabul2024 #Natija

⚡️Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Sun’iy_intellekt

Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish” nomli metodik qo‘llanma tayyorlanib, chop etildi.

Siz qo‘llanma bilan tanishish jarayonida quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin:


• Sun’iy intellekt texnologiyasi o‘zi nima?
• Oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish qanday ijobiy va salbiy oqibatlarga olib keladi?
• Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari sun’iy intellekt imkoniyatlaridan qay tarzda foydalanmoqda?
• Dars jarayonida Chat GPT platformasidan qanday qilib foydalanish mumkin?
• Sun’iy intellekt texnologiyasini milliy oliy ta’lim muassasalari faoliyatining qaysi yo‘nalishlariga integratsiya qilish mumkin?


Qo‘llanma 👉 https://online.pubhtml5.com/ilkp/gxuu

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿 Parij olimpiadasi qahramonlariga bag‘ishlanadi!

🎙Bojalar – Parij 2024

Temuriylar keldi, Boburiylar keldi...

O‘zbek sportchilari, Bahodir bokschilari,
Raqinlarin yig‘latib yubordi dzyudochilari,
Vatan bayrog‘in ko‘tarib, mana balandda boshi,
Diyora Keldiyorova sen To‘maris izdoshi,
Uta Abe yig‘laganda yupatolmay qoldilar,
O‘zbek sportiga dunyo muxlis bo‘lib qoldilar.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿O‘zbekiston sportchilari Parij–2024 olimpiadasini rasman 13-o‘rinda yakunladi!

Hozirga qadar sportchilarimiz hech qachon kuchli 20 talikka ham kirmagan edi. Eng yaxshi natijamiz Rio2016 da bo’lgan (21-o’rin).

Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz Parij olimpiadasida 🥇8 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi.


🥇Hasanboy Do‘smatov (boks, 51 kg) – Andijon davlat universiteti bitiruvchisi (2018);

🥇Abdumalik Halokov (boks, 57 kg) – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchisi (2022);

🥇 Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (boks, 71 kg) – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchisi (2023);

🥇Lazizbek Mullajonov (boks, 92 kg) – Qo‘qon davlat pedagogika insituti bitiruvchisi (2021);

🥇Bahodir Jalolov (boks, +92 kg) – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchisi (2018);

🥇Diyora Keldiyorova (dzyudo, 52 kg) – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchisi (2020);

🥇Ulug‘bek Rashitov (taekvondo, 68 kg) – O‘zbekiston milliy universiteti talabasi;

🥈Svetlana Osipova (taekvondo, +67 kg) – O‘zbekiston milliy universiteti bitiruvchisi (2023);

🥈Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) –O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchisi (2023);

🥉G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, 74 kg) – Urganch davlat universiteti bitiruvchisi (2021);

🥉Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo, 100 kg) – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi

🥉Alisher Yusupov (dzyudo, +100 kg) – Urganch davlat universiteti talabasi.

Sportchilarimiz bugun, soat 19:30 da Oʻzbekistonga qaytib kelishadi. Delegatsiyamiz vakillari Toshkentda tantanali tarzda kutib olinadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🥇Razambek Jamalov – Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni!

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida oltinchi oltin medal. Mazkur medalga erkin kurashchimiz Razambek Jamalov mualliflik qildi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi. Barakalla, Razambek!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿 O‘zbekiston umumiy jadvalda 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu Olimpiada o‘yinlari tarixida O‘zbekiston delegatsiya uchun eng yaxshi natija bo‘lmoqda. Hali oldinda bizni yana 3 oltin medal uchun janglar kutmoqda.

🥇Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Olimpiya o‘yinlari chempioni!

- 71 kg vazn toifasida ishtirok etgan, 2023-yili Jahon chempioniga aylangan 23 yoshli bokschimiz finalda meksikalik Marko Alonso Verdeni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqdi.

🥇Lazizbek Mullajonov – Olimpiya o‘yinlari chempioni!

- 92 kg vazn toifasida ishtirok etgan vakilimiz finalda ozarbayjonlik bokschi Alfonso Domingesni munosib tarzda yengib, oltin medalga sazovor bo'ldi.

🥉G‘ulomjon Abdullayev – Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori!

- 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz bronza medali uchun bahsda qirg‘izistonlik Bekzat Almaz o‘g‘lidan ustun keldi va uchinchi o‘rinni egalladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🥇Hasanboy Do'smatov – ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni! Bokschimiz ikki karra Olimpiada chempionligini qo'lga kiritgan ilk o'zbek bokschisiga aylana oldi! Barakalla, PROFESSOR!

- 51 kg vazn toifasida ishtirok etgan vakilimiz finalda fransiyalik Bilol Bennamani mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqdi. Shu tarzda, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar yana bittaga ko‘paydi!

🇺🇿Ayni damda Olimpiada qatnashuvchi davlatlari orasida O'zbekiston delegatsiyasi 3 oltin va 2 bronza bilan 18-o‘rindan joy egallab turibdi.


Yana 4 nafar bokschimiz finalda. Shuningdek, oltin medalga da’vogarlik qiluvchi yana boshqa sportchilarimiz ham o’z chiqishlarini kutib turibdi.

✔️Rio-2016 dagi rekordni yangilaydiganga o’xshaymiz. O‘shanda 🥇4 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉7 ta bronza medali olgan edik.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 24-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴“Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir etish xususida” (Deyl Karnegi)
🔴 “Qo‘rqma” (Javlon Jovliyev)


Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Acer noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Magistratura_2024

⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin


Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤩 "Ustoz AI" loyihasi taqdimotiga kela olmaganlar uchun jonli efir:

👉 http://youtube.com/watch?v=OVFQLUwUaws

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😅 Shuncha odam zamonaviy kasblar platformasi "Ustoz AI" loyihasi taqdimoti uchun kelganmikin yoki sovg‘a yutib olganimi?

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Sitora sen butun O’zbekiston uchun qahramonsan!

Lekin alam qiladi-da, shuncha yil mehnat qilib, intilib 4 yilda 1 marta bo’ladigan olimpiadaga chiqsa-yu, mana bunday raqibga ro’baro’ kelsa...

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Poyezdda kondisioner ishlamasa, yo‘lovchiga kompensatsiya to‘lanadi.

Ma’lum bir yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd tarkibidagi yo‘lovchi vagonining sovitish tizimlari ishlamaganligi bo‘yicha murojaatlar o‘z tasdig‘ini topgan hollarda, mazkur yo‘lovchilarga havo haroratini moʻtadillashtirish va sovitish tizimlari ishlamaganligi uchun tegishli miqdordagi pul mablag‘lari kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

📞 Murojaat uchun telefon:
↪️“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ: (1005) yoki (71) 299-94-50
↪️Raqobat qo‘mitasi: (1159) yoki (71) 207-47-00

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qabul2024

⚡️Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati

Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-y.) qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️1-kursga tavsiya etilganlar diqqatiga!

2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.

Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.

Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

☝️Ma’lumot o‘rnida, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi.


👉 Batafsil: /channel/eduuz/24840

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌Rasman: 2024-yil 1-sentabrdan ish haqi, pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshirildi

Prezident farmoniga asosan, 1-sentabrdan boshlab:


— mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm;

— bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm;

— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 soʻm;

— yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 soʻm;

— nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 soʻm etib belgilandi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

UBSga qabul davom etmoqda: iqtidorli yoshlarga grant, qarindoshlar va sinfdoshlar uchun esa chegirma beriladi

Hurmatli abituriyentlar, “University of Business and Science” quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

👉"Friends" dasturi — sinfdoshlaringiz bilan UBSning kunduzgi yo‘nalishlaridan biriga hujjat topshiring — har biringiz uchun kontraktdan 10% CHEGIRMA taqdim qilinadi.

👉 "Family" dasturi — oilaviy o‘qiydigan talabalar uchun kontrakt to‘lovidan 10% chegirma taqdim qilinadi

👉 Universitetning 300 ta ta’lim granti
👉 Yillik 3 mln so‘mlik stipendiya dasturi
👉 UzBMB natijasi (DTM ball) bilan UBS talabasi bo‘lish

UBSda bakalavriat yo‘nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari

Kunduzgi ta’lim — 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta’lim — 9 860 000 so‘m


Hujjat topshirishga ulgurib qoling.

🌐 qabul.ubsu.uz

+998781132626, +998907894242

📄
Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha

❇️ 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.

Shundan:
↪️respublikadagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan – 33.255 nafar;
↪️xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan – 657 nafar;
↪️xorijiy davlatlarning OTMlaridan – 9.970 nafar.

❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Olimpiadalar tarixidagi O‘zbekiston delegatsiyasining eng yaxshi natijasi! Umumiy medallar jadvalida 13-o‘rindamiz.

🥈Akbar Jo’rayev — Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari kumush medali sohibi!

🥇Abdumalik Xalokov Oʻzbekiston delegatsiyasiga yettinchi oltin medalni taqdim etdi!

🥈Svetlana Osipova Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medalga sazovor boʻldi!

🥇Bahodir Jalolov – ikki karra Olimpiada oltin medali sohibi!

Biz sizlardan faxrlanamiz sportimiz yulduzlari va barchangizga ushbu g'alabali damlardan olgan hissiyotlarimiz uchun tashakkur izhor etamiz!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Biz korrupsiyaga qarshimiz, lekin faqatgina tilda!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#e’lon #o‘qishni_ko‘chirish

⚡️my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Kontrakt to‘layotgan aka-uka va opa-singillar soliqdan ozod etilishi mumkin

O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasida talabalarning shartnoma pullarini to‘layotgan aka-uka va opa-singillarga ham soliq imtiyozini ya’ni ularning daromadlariga soliq solmaslik nazarda tutilmoqda.

Bugungacha bunday imtiyoz faqatgina talabalarning ota-onalariga nisbatan qo‘llanilar edi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🛫Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Uzbekistan Airways” tomonidan 31-avgustdan 3-sentabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflariga 30% chegirma taqdim etilmoqda.

Chegirmali aviachiptalarni 6-avgustdan 3-sentabrgacha xarid qilish mumkin.

🇺🇿Shuningdek, O‘zbekistonda yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanishi kutilmoqda

🔹1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni;
🔹2-sentabr — ko‘chirilgan dam olish kuni;
🔹3-sentabr — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
🔹4-sentabr — yangi o‘quv yilining ilk kuni.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Diqqat! “Sen kuchlisan” loyihasi ko‘ngilli volontyorlarni izlamoqda!

Loyiha maqsadi onkologik va onko-gemotologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy yordam berish.

Loyihaga volontyor sifatida qo‘shilmoqchi boʼlganlar @Shavkatovna0380 profiliga murojaat qilishingiz mumkin.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤔 Ustoz AI = Ustoz Asomiddinov Izzatxo‘ja

Shunchaki mos tusharkan

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤩 Ustoz AI loyihasi taqdimotiga kelganlar bormi?

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤦‍♂️ Ma’lumot uchun ayni damda Olimpiada o‘yinlaridagi vakilimiz Sitora Turdibekova Xitoy Taypeylik trans (ba’zi internet ma’lumotlariga ko‘ra uning jinsi erkak) Lin Yun Tingga qarshi ringga chiqmoqda.

G‘alati holat, Sport TVda jonli efir...

Shu “lobar yigit”ni basharasini yorib tasha Sitora olg‘a!!!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Hozirgi aksariyat yoshlar faqat Olimni taniydimi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Rahimov School xususiy maktabi o'z jamoasiga tajribali va fidoyi boshlang'ich sinf o'qituvchilari (rus yoki o'zbek guruhlari uchun) taklif etiladi

🟢Rahimov School xususiy maktabi Toshkent filiali

📌Rahimov school jamoasi iqtidorlarni qidirishda davom etadi. Ishini sevadigan, professional pedagog bo’lsangiz, sizda jamoamizga qo’shilish imkoni bor.

Talablar

- Kuchli pedagogik malakaga
- 3 yillik o'qituvchilik stajiga
- Rus tilida mukammal muloqot qilish qobilyatiga
- Zamonaviy o‘qitish usullariga
- Tashkiliy qobiliyat va sinfni samarali boshqarish ko'nikmalariga
- O'quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish kabi qobiliyatlarga ega bo'lsangiz

🟢Ish sharoitlari

500ga yaqin kitoblarga ega kutubxona
— Raqobatbardosh oylik ish haqi
— O'z sohasida eng kuchliligini isbotlagan jamoa
— Doimiy shaxsiy va professional o'sish imkoniyati
— Rasmiy ishga joylashish
— Maktab hududida tushlik
— Xalqaro tajriba va muntazam malaka oshirish imkoniyatlari
— Karyera istiqbollari
— Kuchli mentorlardan individual tavsiyalar aynan siz uchun!

🟢 Vazifalaringiz

- Qiziqarli dars rejalarini ishlab chiqish;
- Ijobiy sinf muhitini targ'ib qilish;
- Interfaol va darajalashtirilgan darslarni o'tkazish;
- Turli xil o'quv strategiyalar va materiallaridan foydalanish;
- O'quvchilarni til ravonligi va savodxonligini rivojlantirish;
- O'quvchilarning rivojlanishiga yordam beradigan sinf muhitini yaratish;

🟢Maosh:

O'zbek sinflari uchun 10-15 mln
Rus sinflari uchun 14-17mln

🟢Ishga kirish uchun:

— Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali o'zingiz istiqomat qiladigan hududni tanlab qoldiring va bilimingizni maxsus sinov testlarimiz orqali tekshirib oling.
— Yoki mos tanishlaringizga shu postni jo'natib qo'ying.

🟢 Bizdagi vakansiyalarni kuzatib boring — @talim_ber

Читать полностью…
Subscribe to a channel