talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#e’lon

⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!


Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

‼️Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

↪️1-kurs talabalari uchun 55 – 65 foiz;
↪️2-kurs talabalari uchun 15 – 20 foiz;
↪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 – 25 foizgacha ajratiladi.


Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

👉 Batafsil ma’lumot: https://lex.uz/uz/docs/-6568679

‼️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#o‘qishni_ko‘chirish

Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👏 O‘zbekiston OTJ ko‘zingizdagi olov va oxirigacha kurashganingiz uchun tashakkur!

Olimpiadani sizni ishtirokingizsiz ham kuzatishimiz mumkin edi, lekin siz bizga mana shunday hayajonli daqiqalarni, emotsiyalarni ulasha oldingiz. Hali oldinda sizlarni katta muvaffaqiyatlar kutmoqda.

🇺🇿Biz sizlar bilan faxrlanamiz!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Ayni damda Sport telekanalida Parijdagi 33-yozgi olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanmoqda!

Bu safar tashkilotchilar o‘yinlar haqida unutilmas xotiralarni qoldirish uchun yillar davomida an’anaga aylangan marosimga misli ko‘rilmagan o‘zgartirish kiritishdi.

‼️Yozgi Olimpiya o‘yinlari tarixida birinchi marta ochilish marosimi odatdagidek stadionda emas, balki shahar markazida dunyo tanigan Parij ramzlaridan biri bo‘lmish Sena daryosida tashkil etiladi.

Eslatib o‘taman, ushbu olimpiadada O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya qo‘lga kiritgan.


Unutilmas lahzalarni birga his qilishni istasangiz televizorni yoqib, tomosha qiling.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

‼️“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkin

Prezidentning (24.05.2024-yil PF-81-son) Farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

✔️Bu tartib mazmunan, super-kontrakt orqali o’qishga qabul qilingan talabalarga ham tatbiq qilinishi mumkin. Chunki, ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Bu jarayonda, 1-kursda o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan talabalar keyingi yildan grant asosida tahsil olishi mumkin.


Ta’kidlash lozim, mazkur tartib faqatgina 2024-25 o‘quv yilidan boshlab OTMga qabul qilingan talabalarga amal qiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartibning nizomi Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlanishi lozim.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Bankomatdan naqd pul yechayotganimizda nega 1 foiz komissiya to‘laymiz?

Kartangizdagi 1 mln. so‘mni bankomat orqali naqdlashtirsangiz, yechib olingan komissiya 1 foiz, ya’ni 10 ming so‘mning hammasi bank foydasi emas.


↪️10 ming so‘mning 10 foizi, ya’ni 1000 so‘m to‘lov tizimlariga amaliyotni prosessing qilgani uchun;

↪️10 ming so‘mning 40 foizi, ya’ni 4000 so‘m bankomatlar va qurilmalar amortizatsiyasi uchun;

↪️10 ming so‘mning 30 foizi, ya’ni 3000 so‘m inkassatsiya, naqd pullarni qayta sanash xarajatlari;

↪️10 ming so‘mning 10 foizi, ya’ni 1000 so‘m kommunikatsiya, elektr energiyasi, sug‘urta, ehtiyot qismlari va ijara to‘lovlariga oid xarajatlar;

↪️10 ming so‘mning 10 foizi, ya’ni 1000 so‘m bank foydasi tashkil etadi.

Demak, biz naqdlashtirayotgan 1 mln. so‘mning atigi 1000 so‘mi bankning sof foydasi bo‘lar ekan.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

➡️ diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin. Mazkur axborot tizimida bugungi kunda 2 mlnga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

♦️bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;
♦️diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Gooooooool!!!! Eldor maladeeees!!!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talabalarga tavsiya!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#kvota2024 #davlat_buyurtmasi

Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi

↪️bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
↪️magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qabul2024
#magistratura

⚡️ 2024/2025-oʻquv yili MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi


💬 Ushbu roʻyxat orqali qaysi taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasasi MAGISTRATURASI mutaxassisligiga turdosh ekanini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

➡️Faylni yuklab olish

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️E’lon! Respublika OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – transfer.edu.uz;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz.

Arizalar 2024-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

O‘tish ballari bu yerda: /channel/talabayoshlar/6815

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#vakansiya #ishga_qabul

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi video-montaj bo‘yicha mutaxassis lavozimiga ochiq tanlov asosida ishga taklif etadi.

🔹Ishga kirish uchun quyidagi so‘rovnomani to‘ldirishingizni so'raymiz:


➡️ https://forms.gle/QzwgWPEFhKtPNpL3A

Barcha nomzodlar hujjatlari ko‘rib chiqiladi va talablarimizga mos nomzodlar suhbatga chaqiriladi.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

UBS — har bir maktab bitiruvchisi uchun munosib tanlov

👍 “University of Business and Science”da shunday ta’lim muhiti mavjudki, u Sizga ham, oila a’zolaringizga ham birday ma’qul keladi.

UBS — haqiqiy ilm egalari tanlovi!

👉 UBSda bakalavriat yo‘nalishlari
👉
Magistratura mutaxassisliklari

UBSda o‘qib TOP darajadagi mutaxassisga aylaning.

🌐 qabul.ubsu.uz

☎️ +998781132626, +998907894242

📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)

👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

✅ 2024-2025-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#To‘lov_kontrakt2024

⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.

💾 PDF shaklida yuklash

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qabul2024 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz

⚡️Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

✅ Unga ko‘ra:

↪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
↪️ Andijon viloyati – 183;
↪️ Buxoro viloyati – 112;
↪️ Jizzax viloyati – 81;
↪️ Qashqadaryo viloyati – 193;
↪️ Navoiy viloyati – 60;
↪️ Namangan viloyati – 165;
↪️ Samarqand viloyati – 227;
↪️ Surxondaryo viloyati – 155;
↪️ Sirdaryo viloyati – 50;
↪️ Toshkent viloyati – 177;
↪️ Farg‘ona viloyati – 221;
↪️ Xorazm viloyati – 110;
↪️ Toshkent shahri – 155.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#tanlov2024 #Abituriyent2024

⚡️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.


1⃣ Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

1⃣ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

3⃣ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
‼️Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

✔️Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

☝️Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Assalomu alaykum, savobli ishga hissa qo‘shing! Diqqat bilan o‘qing!

❗️Aslida bunday postlarni kanalga joylamayman, lekin bunisiga joylashga qaror qildim. Sababi Allohni tanigan, ishonchli tanishim iltimos qildi, befarq bo‘lolmadim.

❗️Kuni kecha internetda tarqalgan avtohalokatda 19 yoshli Zafarxo‘ja Iskanderov jiddiy jarohat olgan. Uni zudlik bilan operatsiya uchun Hindistonga olib borish kerak. Umumiy harajatlar $67000ni tashkil qiladi.

Yigitning onasi Alloh rizoligi yo‘lida, farzandi oyoqqa turishi uchun sahiy, imkoni bor insonlardan mablag‘ yig‘ishda yordam so‘rayabdilar.


Viza karta raqami:
💳 4463090004326149
Ota – Iskanderov Bobur

Uzcard karta raqami:
💳 8600032900228842
Ona – Iskanderova Gulnora

Imkoni borlar, umidvor insonlar uchun yordamingizni ayamasligingizni, yordamga muhtoj insonlar vaziyatiga befarq bo‘lmasligingizni so‘rab qolaman.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

UMFTda magistratura uchun grant — 2024-2025-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul boshlandi

UMFT universitetida magistratura mutaxassisliklari:

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalar (70610101)
▪️40 ta o'rin: 3 ta grant, 37 ta kontrakt

Telekommunikatsiya injiniringi (70611001)
▪️20 ta o'rin: 3 ta grant, 17 ta kontrakt

Raqamli iqtisodiyot (70310501)
▪️40 ta o'rin: 3 ta grant, 37 ta kontrakt

Ta'lim tili: o'zbek, rus.
Ta'lim shakli: kunduzgi.

Hujjat topshirish uchun: umft.uz

❕IELTS, CEFR til sertifikatlari talab etilmaydi.

Litsenziya (№242954; 09.11.2022)

☎️ +998555068888 | +998555208888
@umft_support
umft.uz

Instagram | Facebook | umftuz">YouTube | Linkedin

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓Imtihonsiz talaba bo'ling!

IELTS yoki SAT sertifikatiga ega abituriyentlar Millat Umidi Universtitetiga imtihonsiz qabul qilinadi!

2024-2025 o‘quv yili uchun qabul ochiq!

Nega Millat Umidi:

1. Xalqaro o‘qituvchilar;
2. Butun dunyo tomonidan tan olingan diplom;
3. Xalqaro sertifikatlar;
4. Ish bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlash;
5. Zamonaviy infratuzilma va qulay yotoqxona;
6. Angliyadagi TOP universitetlarining birida almashinuv dasturi imkoniyati;


Bakalavriat ta’lim dasturlari:

🌍 ELT (Ingliz tili o‘qitish);
💰 Buxgalteriya va moliya (ACCA);
🖥 IT va dasturlash;
📈 Biznes va boshqaruv.

O‘qish narxi: 18-25 mln. so‘m (fakultetga qarab farqlanadi).

🎁 IELTS va SAT sertifikatlariga ega talabalar 20% - 100% grantga ega bo‘lishlari mumkin.

🔗 Ariza topshirishga shoshiling va biz bilan birga xalqaro fuqaro bo‘ling!

🌍 Veb-sayt: millatumidi.uz
☎️ +998 71 200 03 06

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI!

Ma'lumki, PQ-200-sonli qarorga ko'ra, nodavlat oliygohlar reytingi tuziladi. “@nodavlattalim” tomonidan jamoatchilik fikriga asosanlangan holda 2023/2024 o'quv yili yakuni bo'yicha Respublikamizda litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan Nodavlat oliy ta'lim muassasalarining milliy reytingi aniqlanmoqda!

🥇G‘olib OTMlar “Eng yaxshi oliygoh” statuetkasi hamda jami qiymati 20 mln. so’m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

❗️Reytingga kirgan oliygohlarning natijalari doimiy tarzda hisoblab keng jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.

🏆 YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI - 2024 tanlovida faol ishtirok eting!

👉 NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG

Esingizda bo'lsa 2023-yilda Alfraganus universiteti "eng yaxshi nodavlat oliygoh" deb topilgan edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Parij_2024

XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!


Boʻlajak Olimpiya oʻyinlari rasman 26-iyul – 11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz ishtirokini bugun futbolchilarimizning Ispaniyaga qarshi oʻyini bilan boshlaydi.

🇺🇿 Oʻzbekiston ⚽️ Ispaniya 🇪🇸
🗓 24-iyul | 18:00 | Sport TV

Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya qoʻlga kiritgan. Hamyurtlarimiz futbol, kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi dasturlarida Olimpiya oʻyinlarida debyut qiladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_imkoniyat

Siz ilm-fan sohasida ishlaysizmi, odamlarning hayotini yaxshilash haqida orzu qilasizmi, sizda biznes-g‘oyalar bormi?
O‘z loyihangizni ishga tushirish ishtiyoqidamisiz?

❗️C.A.T. Science Accelerator sizga g‘oyangizni amalga oshirishga yordam beradi!

➡️Kimlar uchun: Nomzodlarga hech qanday chegaralar mavjud emas.
➡️Ariza topshirish: 2024-yil 18-agust 23:59 gacha. 
➡️Til: asosan O‘zbek tilida (qisman rus va ingliz tillarida)

➡️Arizalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:
* oziq-ovqat texnologiyalari;
* biotexnologiya;
* "yashil" texnologiyalar;
* diagnostika va biotibbiyot;
* muqobil energiya manbalari;
* yangi materiallar;

* tibbiyot va oziq-ovqat sohalarida IT va raqamli texnologiyalar.

🏆 Hozirgacha 5 ta akseleratsiya dasturi o‘tkazilgan va 7 ta startap umumiy 5 milliard so‘mlik mablag‘larga ega bo‘ldi!

➡️Ariza formasini to‘ldirish

Foydali tomonalari:

☑️Akseleratorda qatnashish mutlaqo bepul;
☑️Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalari va ustaxonalaridan foydalanish imkoniyatini;
☑️tajribali mentorlar (murabbiylar) hamrohligi;
☑️akseleratsiya dasturidan o‘tilgani haqidagi sertifikat;
☑️InnoWeek xalqaro ko‘rgazmasida loyihangizni taqdimot qilish imkoni.
☑️Innovatsion rivojlanish agentligining startaplar va g‘oyalar tanlovlarida ishtirok etish uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

Akselerator rasmiy kanali:
🕊 t.me/CATscienceAccelerator

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🛫 Rossiyada o'qish BEPUL!
📍 Yekaterinburg (Rossiya)

📚 Yo’nalishlar:
— IT
— Kadastr
— Arxitektura
— Temir yo'l haydovchisi
— Neftegaz
— Tilla-kon qazilmalar
— Transport
— Logistika

🆓 4 yil BEPUL Ta’lim!
🇺🇿 O'zbekistonga o'qishni ko'chirish imkoniyati
🔖 O'zbekistonga Diplom o'tadi!
💰 Xaftasiga 20 soat Ishlash Imkoniyati
❗️QOLGAN JOYLAR SONI: 21 TA!

TOSHKENT:
☎️ 940031001 | 334961001
VODIY:
☎️ 999861001 | 999841001

👩‍💻 Onlayn Murojaat

Telegram | Instagram | 🇷🇺Telegram

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Ikkita yangi universitet tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.

Yig’ilishda 2 ta universitet ochilishi haqida ham ma’lumot berildi. Jumladan:


➡️Hozir Surxondaryoda Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti bor. Ularni yiriklashtirish orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Yangi universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etiladi. Unga bilimi yuqori talabalar tanlov asosida olinib, amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi;

➡️Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda.

Uning faoliyati 2024/25-o‘quv yilidan boshlanadi. Universitetda muhandislik, arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlanadi. Bitiruvchilarga Arizona davlat universiteti yoki AQShda tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#o‘qishni_ko‘chirish

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari rasmda👆

👉 PDF shaklida yuklab olish

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#eslatma

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar).

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar).

O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar).

Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Bugundan ikkinchi va undan keyingi(ikkinchi mutaxassislik) ta'limga hujjat topshirish boshlandi.

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️DIQQAT! ONLAYN TEST YECHIB NUFUZLI UNIVERSITET TALABASI BO‘LISHINGIZ MUMKIN

Bugun — 9-iyul kuni soat 10:00 dan boshlab 🔴 Algrafanus universiteti, Taʼlim nazorati, Talimxabarlari.uz hamda Sinovtestuz_bot platformasi abituriyentlar uchun 2-ONLAYN DIAGNOSTIK TEST sinovlariga start berdi.

🎓 Hamkorlik memorandumiga asosan, ushbu testda yuqori natija qayd etgan abituriyentlarga maxsus sertifikat beriladi va Alfraganus universitetining 50 ga yaqin yo‘nalishlaridan biriga imtihonsiz qabul qilinadi. (Tibbiyot yo‘nalishlaridan tashqari)

👉 Ishtirok etish mutlaqo BEPUL
👉 Ro‘yxatdan o‘tish SHART

📚Yo‘nalish tanlang va test yechishni boshlang:
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash


📄 Yakunda abituriyentga test tahlili va maxsus sertifikat taqdim etiladi!


🔴 Alfraganus universiteti — Zamonaviy ta’lim va sharqona tarbiya uyg‘unligi.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

Читать полностью…
Subscribe to a channel