talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌Talabalari xorijda o‘qiyotgan davlatlar orasida O‘zbekiston 5-o‘rinda qayd etildi

O‘zbekistonning qariyb 110 ming talabasi chet elda tahsil olyapti. Dunyo miqyosida oxirgi 20 yilda o‘qish uchun xorijga ketganlar soni 2,2 milliondan 6,39 millionga yetgan.

Maʼlumotga koʻra, eng koʻp talabani oʻz bagʻrida jamlagan davlat AQSh boʻlgan. Bu davlatga 2021-yilda 833 ming nafar xorij talabasi oʻqish uchun borgan.

Quyida 5 ta eng koʻp xorij talabalarini qabul qilgan davlatlar keltirilgan:

1) AQSh – 833 ming nafar;
2) Buyuk Britaniya – 601 ming nafar;
3) Avstraliya – taxminan 378 ming nafar;
4) Germaniya – 376 ming nafar;
5) Kanada – 318 ming nafar.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

1 daqiqada birgina telefon orqali slayd tayyorlatishni istaysizmi?

▪️ Oʻzbekistonda ilk bor 1 daqiqada ajoyib dizaynda slayd tayyorlab beruvchi bot yaratildi.

▪️ Hoziroq start bosing, foydalaning, baholaringiz doimo 5 boʻlsin😉

▫️ Linkni bossangiz kifoya: @Slaydrobot

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik

HEMIS tizimida talabalar uchun qanday qulayliklar bor


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.


✅ BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.

❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Har safar stipendiyaga qo'shilib oshadigan pensiyalar oshdi, lekin stipendiya oshmadi.

2024-yil 1-maydan boshlab:

- ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m;

- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m etib belgilandi.

P/S: Stipendiya oshsa kontrakt ham oshadi, bu grantdagilarni havotirga solmasa ham kontraktda o'qiyotganlarni tashvishga solishi aniq.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Qadrli do‘stlar, yordamingiz zarur!

Jamoamizning eng asosiy a'zolaridan biri konkursda qatnashayotgan edilar.

2 daqiqa vaqtingizni ayamay, shu yaqinimiz uchun ro‘yxatdan o‘tib bersangiz.

Yuqoridagi reklama pasidagi tugmachani bosasiz, 3ta kanalga qo'shilib, telefon raqamingizni yuborasiz bo‘ldi.

Konkurs tugashiga o'z qoldi, o‘ylaymanki, bizni qo‘llab yuborasiz!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talabalar magistraturaga majburiy qo‘yilgan til sertifikatlarini olib tashlanish tarafdorimi?

Xabaringiz bor, magistraturaga kirish uchun til sertifikatlari majburiy etib belgilangan edi. Hozirda magistraturadan til sertifikatlarini olib tashlash to‘g‘risida taklif kiritilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Xo‘sh, aynan mazkur mavzuda talabalar qanday fikrda?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#akademik_litsey #huquqiy_savodxonlik

⚡️Akademik litsey yoki professional ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan)
beriladi

▪️Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

▪️xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

▪️oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);

▪️pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi).

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📢 UZOQ KUTILGAN TURK TILI KURSIGA QABUL BOSHLANDI!!!

Yangi metodlar asosida tayyorlanib SERTIFIKAT olishni istaysizmi?

⚡️Oliy ta’lim imtihonlaridan o‘tishni-chi?

🚀Turkiyada o‘qishni davom ettirasizmi?

Unda kutib oling: SUPER CHEGIRMA ASOSIDA turk tili yangi guruhi ochilmoqda !


👉 Davomiyligi: 4 oy (A1, A2, B1, B2)
👉 Boshlanish vaqti: 14.04.2024
👉 Ustoz darajasi: C1
👉 Dars shakli: ONLAYN
👉 Oylik to‘lov: Chegirmada – 150.000
👉 O‘quvchilar fikri va natijalar
🕊 Turk tili kanali◀️

‼️DARS FAQAT QIZLAR UCHUN!

Har bir o‘quvchi bilan hafta davomida alohida ishlab boriladi.

👩‍💻To‘liq ma’lumot olish uchun: Admin

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#so‘ragan_edingiz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining @eduuzuniversalbot murojaatlar platformasi orqali akademik ta’til olish tartibi bo‘yicha fuqarolardan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar bilan tanishing.

↪️00:25 Qanday holatlarda akademik ta’til olsam bo‘ladi?
↪️01:13 Grantda o‘qiyman. Akademik ta’til davrida ham menga stipendiya beriladimi?
↪️01:36 Akademik ta’til olish uchun universitetga qanday hujjatlar taqdim qilish kerak bo‘ladi?
↪️03:00 Qizim surunkali kasalligi sababli darslarga 3 haftadan beri qatnasha olmayapti, shu sababli men qizimning o‘rniga akademik ta’til olish uchun ariza yozsam bo‘ladimi?
↪️03:55 Akademik ta’til olish haqidagi murojaat qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
↪️04:30 Men 3-kursligimda sog‘ligimdagi muammolar sababli 1-yilga akademik ta’til olgandim. Hozirda mening yo‘nalishim tugatilgan ekan, men o‘qishimni yana shu yo‘nalishda davom ettira olamanmi ?
↪️05:57 Akademik ta’tildan qaytganimdan keyin universitetga qanday hujjatlar taqdim qilishim kerak?
↪️06:35 Akademik ta’til olsam, bir yilim “kuyadi”mi?

📺HD variantda ko‘rish

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☑️Jenisbek Piyazov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi!

☝️Jamoatchilik asosida tashkil etilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich tayinlandi.

Jenisbek Piyazov oliy va professional ta’lim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasida san’at, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni ushbu yo‘nalishdagi to‘garak va klublarga faol jalb etishda maslakdosh bo‘lishiga ishonch bildirildi.


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Ertaga — barcha uchun ish va o‘qish kuni!


2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoniga asosan, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 13-aprel, shanbadagi dam olish kuni 12-aprel, jumaga ko’chirilgan.

Ya’ni 5 kunliklar bugun dam olyapti, ammo ertaga ishga chiqishi kerak.

Shunday qilib, ertaga, 13-aprel — shanba kuni BARCHA xodimlar uchun ISH KUNI hisoblanadi. 6 kunliklar ham, 5 kunliklar ham ishga chiqadi.

©️Xushnudbek Xudoyberdiyev

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🌙 Ramazon hayiti munosabati bilan oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar ham 3 kun dam oladi

🔸10-aprel (chorshanba) – Ramazon hayiti bayrami;
🔸11-aprel (payshanba) – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; );
🔸12-aprel (juma) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

13-aprel (shanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Rasman! 10-aprel – Ramazon hayiti

🌙O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤩 MAGISTRATURA YOKI DOKTORANTURAGA KIRMOQCHI BO'LGANLAR UCHUN AJOYIB YANGILIK

🔥“IT ZONE” o‘quv markazida “TURK TILI”dan tezlashtirilgan guruhlarga qabul boshlanmoqda.


❓1. Turk tili imtihoniga ulguramanmi?!
❓2. Bir oy qisqa vaqt qoldi magistratura uchun sertifikat olsam bo‘ladimi?!
3. Bir oyda o‘rgatib sertifikat olish uchun qaysi o‘qituvchida, qanaqa ta’lim tizimida va qaysi o‘quv markazda o‘rgansam  bo‘ladi?!

Shunaqangi savollar sizni qiynayaptimi. Unda “IT ZONE” o‘quv markazimizga keling va barcha savollaringizga javob oling!

👩🏻‍🏫 Darslar soni 3️⃣0️⃣ ta, haftada 6️⃣ kun 2️⃣ soatdan.

🇹🇷Bizda Turk tili boʻyicha tezlashtirilgan guruhlar tashkil etilmoqda. Darslarni yuqori malakaga ega boʻlgan ustozlar olib boradi.

IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG!!! BUNDAY KURS FAQAT BIZDA😎😎

⚡️SHOSHILING TALAB KUCHLI VA JOYLAR SONI CHEKLANGAN!!!

➡️ Kursga ro‘yxatdan o‘tish

Batafsil👇👇
Tel:
+998912219775
Telegram:
Admin
Manzil:
Beruniy metro

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin

Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

A’lochi talabalar grant asosida o‘qiydi. Endi davlat granti bir talaba uchun 4 yilga berilmaydi

Oliy ma’lumot har bir insonga jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lish imkonini bersa, davlatga bilimlilarni tanlab olish, qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy, iqtisodiy, muhandislik va texnologik sohalarni ilmiy-institutsional qamrab olishga, pirovardida, inson kapitalini samarali yo‘naltirishga xizmat qiladi.


“Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “A’lochi talabalar grant asosida o‘qiydi. Endi davlat granti bir talaba uchun 4 yilga berilmaydi” sarlavhali maqolasi chop etildi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin

Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

9-may munosabati bilan necha kun dam olamiz?

Bu yil Xotira va qadrlash kunida o‘zbekistonliklar faqat bir kun dam oladi.

Bayram kuni — 9 may, payshanba.

Prezident farmoniga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kuni belgilanmagan. 10 may, juma — barcha xodimlar uchun ish kuni.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

✅ Kitoblarning eng qiziqarli joylari va umumiy mazmuni haqida qisqa satrlarda o‘qishni xohlaysizmi?
✅ Kitobxonlar bilan haftada 1 marta jonli chat orqali, kelishilgan kitoblar tahlilini o'tkazishni-chi?

Unda sizga 👉mana bu kanalni👈 tavsiya qilaman.

☝️ Eng asosiysi kanal chati ochiq va barcha savollarga javob beriladi.
📚 Ushbu kanalda barcha turdagi kitoblar haqida post joylanadi:
👨‍⚖️ Siyosiy
👨‍💻 Iqtisodiy
💆‍♂️ Psixologik
🕺 Motivatsion
👨‍👧‍👦 Tarbiyaviy-axloqiy

Quyidagi tugmachani bosib, ushbu kanalga obuna bo‘ling 👇

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat #yutuqli_tanlov

💠 Yutuqli konkursda qatnashib, SMARTFON va PUL yutuqlarini yutib oling!

📱1-o‘rin: RedMI note 13 Pro
💰2-o‘rin: 3 million so‘m pul
💰3-o‘rin: bepul IELTS yoki 2 mln so‘m pul
🔸4-o‘rin: 500 ming so‘m pul
🔸5-o‘rin: bepul Multi-level test

▪️6-o‘rin: 450 ming | 7-o‘rin: 400 ming
▪️8-o‘rin: 300 ming | 9-o‘rin: 200 ming
▫️10-15-o‘rinlarga: 150 mingdan
▫️16-20-o‘rinlarga: 100 mingdan
▫️21-25-o‘rinlarga: 50 mingdan

🎁 Qolgan barcha tanlovda ishtirok etib, shartlarni bajarganlarga bepul Speaking book va Vocabulary lessons!


Tanlovda ishtirok etish uchun 4-may kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘ting va sovg‘a egasiga aylaning, shoshiling, vaqt oz qoldi!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Suitsidlarga tayyor turing: 2025-yil 1-yanvardan internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilibdi.

Shaxsan bunga men qarshiman va buni oqibati ko‘pchilikka yomon, lekin bukmeker kompaniya egalari uncha yaxshigina foydali ekanligini yaxshi bilaman. Siz bu o‘yinni o‘ynab, 1 safar, bor ana 2 3 safar yutarsiz, lekin qachondir yutqazasiz, azartga kirishib ketilsa, katta summalar tikib yuborilishi guvohi ham bo‘lganmiz. Lekin bukmekerlik kompaniya egalari esa hech qachon yutqazmaydi!

Bu borada sizning fikringiz qanday?


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿​​O‘zbekiston – mobil internet hamyonbopligi reytingida Markaziy Osiyoda birinchi!

📈 Broadnabd Genie tomonidan tuzilgan Mobil ma’lumotlar hamyonbopligi indeksida 179 ta davlatlarda o‘rtacha oylik va kamida 10Gb internet ishlatish ushbu oylikni qancha qismiga to‘g‘ri kelishi tahlil qilingan.

O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi va dunyoda 43-o‘rinda deb topilgan.

Siz oyiga necha Gb internet trafik ishlatasiz?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🏆O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Tailandda start olgan Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi!

🇺🇿Oʻzbekiston 3:2 Avstraliya🇦🇺

⚽️ Vakillarimiz musobaqaning ilk turida Avstraliya futzal terma jamoasini ajoyib kambek evaziga 3:2 hisobida yengib, dastlabki 3 achkoga ega bo‘lishdi.

☑️O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi B guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya terma jamoalari bilan joylashgan. Jamoamizning keyingi o‘yini 19-aprel kuni soat 19:00 da Iroq futzal terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, bugun olimpia U-23 terma jamoamiz ham Qatar yashil maydonlaridagi Osiyo kubogi bahslarida o‘z ishtirokini boshlaydi. Ilk turda Timur Kapadze boshchiligidagi jamoamiz Malayziya olimpia jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs bugun 18:00 da start oladi.

👏O‘zbekiston U-23 olimpia terma jamoasi va futzal terma jamoamizga Osiyo kubogi bahslarida omad tilaymiz. Olg‘a yigitlar biz sizga ishonamiz!


TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔹O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxo‘ja Qudratxo‘jayev Yandex “dostavka”da ishlayotgan Toshkent davlat texnika universiteti talabasini mehmon qilib, undan intervyu oldi.

Hozirda ko‘plab talabalar yetkazib berish servislarida ishlayotganiga guvoh bo‘lyabmiz, o‘zimni ham bir necha marotaba buyurtmalarimni talabalar olib keldi. Bu talabalarni qilayotgan mehnatini, pul topib, ota-onasiga og‘irligi tushmasligi uchun qilayotgan harakatini olqishlash kerak.

Erkak kishi uchun mehnatni uyati yo‘q, halol topsa bo‘ldi. Hali kelajakda bunday yoshlarni muvaffaqiyatga erishishiga ishonaman.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Sizni “Kollej/litsey/texnikumni bitirganlarning olgan bilimlari, ko‘nikma va tajribalarining ishga joylashishiga bo‘lgan ta‘siri” mavzusi bo‘yicha so‘rovnomamizga taklif qilamiz.

So‘rovnoma ko‘p vaqtingizni olmaydi va sizning fikringiz muhim va qadrli bo‘lishini bildiramiz.
👉 https://forms.gle/JkxRcfzN2LmdrmMy6

P.S.: So‘rovnoma O‘zMU talabasi tomonidan tadqiqot uchun o‘tkazilmoqda.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

🌙Muborak Ramazon hayiti qutlugʻ bo'lsin!


Sizni Ramazon oyida qilgan ibodatlaringiz, ehsonlaringiz va tutgan ro'zalaringiz qabul bo'lishini tilagan holda Iyd ul-Fitr bilan tabriklayman.

🤲 Duolar qabul bo'ladigan musulmon ummatining ushbu muborak kunida qalbingizdagi barcha ezgu niyatlaringiz ijobat bo'lsin. Alloh taolo siz-u bizdan solih amallarni qabul qilsin!

Kelasi yilgi Ramazonga tinchlikda, omonlikda, xursandchilikda yetishlik barchamizga nasib qilsin.

P.S: bayram shukuhi aks etgan ushbu rasmlar sun’iy intellekt tomonidan tasvirlangan.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-aprelga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” (Rey Bredberi)
🔴 “Otamdan qolgan dalalar” (Tog‘ay Murod)


Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Acer noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️1 ovozga 50 ming pul, 15 taga qo‘zichoq, mingtasiga mashina – bu galgi “Tashabbusli budjet” qanday o‘tdi?

🗣4-aprel, payshanba kuni “Tashabbusli budjet”ning 2024 yil birinchi mavsumi uchun ovoz berish tugadi. Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjyetlari hisobidan 3,39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

Har galgidan ko‘ra raqobatbardosh o‘tgan bu mavsumda quyidagi takliflar erildi:

↪️mingta ovoz uchun Nexia – 1 avtomobili;
↪️15 ta ovoz uchun esa bitta qo‘zichoq;
↪️bitta ovozga bitta yog‘, bitta 5 litr idishda suyuq sovun;
↪️10 ta ovozga qo‘zichoq, 50 ta ovozga buzoqcha, 100 ta ovozga toychoq;
↪️bir ovozga 50 ming so‘m (oxirgi kuni 100 ming so'mgacha ko'tarildi);
↪️20 ta ovozga qizchalar uchun tilla zirak;

Bu galgi ovoz berish qat’iyroq “Bir fuqaro – bir ovoz” ko‘rinishida amalga oshirildi. Bunda fuqaroning bir nechta aloqa operatorlaridan 3-4 ta sim-kartasi bo‘lsa ham, aloqa operatoridan qat’i nazar, har qanday holatda faqat bitta ovozi “Ochiq budjet”da qayd etildi.

🤔Siz ham ovoz berib, ubu narsalik bo‘lib oldingizmi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 O‘zbekistonliklar Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular:


➡️10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
➡️11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shicha dam olish kuni;
➡️12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
➡️13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
➡️14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📖 Sharh:
Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Demak, 13-aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ISH KUNI bo‘ladi.

Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!

Читать полностью…
Subscribe to a channel