talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talabalar uchun haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


🔹Nizomga ko‘ra, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.

Bunda amaliyot o‘tash uchun 500 ta o‘rin (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) ajratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaxsan o‘zi, pochta orqali yoki elektron shaklda o‘zi o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotiga topshiradi.

🗣Tanlovda qatnashish uchun talaba:
🔴bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi;
🔴ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi;
🔴O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim.

☝️Maxsus komissiya tomonidan talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi himoyasi (taqdimot ko‘rinishida) o‘tkazilib, 20 kun ichida yakuniy qaror qabul qilinadi va 10 ish kuni ichida Vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Gʻolib talabalarning amaliyoti bo‘yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng 15 kun davomida qoplanadi.

Bunda talabaga BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq tegishli hisob raqamiga o‘tkaziladi.


TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📈 The Times Higher Education xalqaro tashkiloti 2024-yil uchun dunyodagi top universitetlar reytingini e’lon qildi

Top 10 talik quyidagicha ko‘rinish oldi:

🔵1. Oksford universiteti — Buyuk Britaniya;
🔵2. Stendford universiteti — AQSh;
🔵3. Massachusets texnologiya instituti — AQSh;
🔵4. Harvard universiteti — AQSh;
🔵5. Kembrij universiteti — Buyuk Britaniya;
🔵6. Prinston universiteti — AQSh;
🔵7. Kaliforniya texnologiyalar universiteti — AQSh;
🔵8. London imperial kolleji — Buyuk Britaniya;
🔵9. Kaliforniya universiteti — AQSh;
🔵10. Yel universiteti — AQSh.

Reyting tahliliga ko‘ra, Oksford universiteti ketma-ket sakkizinchi yil reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talaba_hikoyasi

🗣Tanish-bilish aralashtirmaslikka qasam ichtirgan domla

🔹2006-2010 yillarda Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qiganman. Oliy matematikadan bir domla darsga kirar edi. Bu fan biz filologlar uchun juda qiyin bo‘lgani uchun shu domlaning fanidan yaxshi baho olishga qiynalar edik. Ustiga-ustak, domla birovdan bir so‘m olmaydigan, tanish-bilish aralashtirganlarni o‘lguday yomon ko‘rar edi. Baxtga qarshi, fanning o‘zi juda qiyin, uni o‘zlashtirishga juda qiynalganmiz. Domlaning pul olmasligini bilganlar, "tank" aralashtirish yo‘liga o‘tgan. Bu domlaga juda yomon ta’sir qilgan, o‘zini vijdoniga xiyonat qilgandek his etgan. Keyingi semestrda esa u bizdan yaxshigina o‘chini olgan. 110 talabaning hammasidan taxminan shunday mazmunda tilxat yozdirib olgan.

"Men ... shu semestrda ... domlaning oldiga yalinib borsam, pul bersam yoki tanish-bilishni o‘rtaga qo‘yib, semestrni yopishga urinsam, Alloh jazoimni bersin".


Lekin dunyo teskari aylanib, semestr yopish vaqti kelganda domlaning mazasi qochib yotib qoldi. Baholarimizni dekanat to‘g‘rilab bergan...
___________________________
🎓Talabalik davringizda turli xil qiziqarli, ibratli, kulgili yoki og‘riqli voqealarni boshdan kechirganmisiz? Bu haqda boshqalarga ham aytib berishni xohlaysangiz hikoyalaringizni @talabaadminbot manziliga yuboring. Istasangiz hikoyangizni anonim holda chiqaramiz.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Xususiy oliygoh litsenziyasi to'xtatilsa (tugatilsa) talabaning taqdiri nima bo'ladi?

☝️Oliy ta’lim vazirligi bergan so’nggi ma’lumotga ko’ra, vazirlik 6 ta xususiy OTMning litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga ariza bergan. Shu o’rinda savol tug’iladi, agar xususiy OTMlar litsenziyasi olib qo’yilsa, undagi talabalar nima qiladi? Bunga javoban vazirlik ular ko’chada qolmasligini aytmoqda. Ammo amaldagi tartib-qoidalarda lisenziyasi bekor qilingan oliygoh talabalarining o‘qishini ko‘chirish masalasi aniq belgilanmagan.

➡️ Batafsil maqola

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Teshaboyev To‘lqin Zokirovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.

🔹Prezident qaroriga asosan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut birlashtirildi.

U 2020-yil oktyabrdan buyon Toshkent moliya instituti rektori lavozimida ishlayotgandi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori esa qaysi lavozimga o‘tganidan xabaringiz bo‘lsa kerak...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#o‘rnak_olsa_arziydi

🗣QDPIda o‘tkazilayotgan tanlov g‘olibi 50 gramm quyma oltin bilan taqdirlanadi!

👏 Qoyil, Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘tgan yili o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi g‘olibiga ota-onasini bepul Umra safariga yuborish yo‘llanmasi taqdim etilgan ekan.

😮 Bu yilgi tanlov g‘olibiga esa og‘irligi 50 grammga teng oltin quyma bosh sovrin sifatida qo‘yilibdi. Qoyil, talabalar uchun butun o‘quv yilida a’lo baholarga o‘qishga intilishiga sabab bo‘ladigan eng yaxshi motivatsiya.

🔹“Maqtov yorlig‘i berilsin” degan gaplar tarixga aylanmoqda. Talabalarini munosib rag‘batlantirayotgan bunday OTM rahbarlaridan qolganlar ham o‘rnak olsa arziydi.

Oldin doim NamDUni namuna qilib ko‘rsatar edim, endi QDPIga ham hurmatim oshdi. Shunaqa o‘rnak olsa arziydigan ma’lumotlarni @talabaadminbot ga yuborib turinglar.

©️Izzatxo‘ja Asomiddinov

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇯🇵Yaponiyadagi avtomobil haydash madaniyatini ko‘ring! Na signal chalish bor, na bir-birini siqib ketish...

O‘zbekiston rivojlanmaydi, hammayoq tartibsizlik deb ko‘pchilik noliydi, lekin o‘zi yurtimiz rivojiga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shishga harakat qilmaydi. Hattoki oddiy chiqindini maxsus idishga tashlashga erinadi.

🔹Viloyatdan Toshkentga yoki boshqa viloyatga o‘qish uchun boradi, lekin maksimum ilm olishga intilmaydi, vaqtini behuda sarflaydi. Albatta bu gaplar hammaga ham tegishli emas, gap egasini topadi. Lekin agar meni fikrimcha hamma o‘zi uchun harakat qilsa, o‘zi uchun to‘g‘ri, halol va tartibli inson bo‘lsa shundagina jamiyatimiz rivojlanadi.

🔵Tasavvur qiling, namoz uchun takbir aytildi, 7 soniya ichida hamma bir qator bo‘lib, saf tortadi. Hamma o‘zini to‘g‘irlaydi, kimdir kimdirga tur o‘rningdan, orqaroq, oldinroq suril demaydi. Hamma o‘zini to‘g'irlagani uchun ham tartib bo‘ladi.

☝️Xuddi shunday jamiyatda ham o‘zimizni to‘g‘irlasak, ishdami o‘qishdami o‘z vazifamizni a’lo, vijdonan bajarishga intilsak, biz nafaqat Yaponiya balki undan ham rivojlangan davlatga aylana olamiz.

©️Izzatxo‘ja Asomiddinov

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Fakt24 | 16 qutidan iborat 93 kilogrammlik «Shokoladli qal’a»

🍫Shokoladxo‘r talabalar bormi? Eng yoqtirgan shokoladiz qaysi?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim

OTMlarning maqomini belgilash bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqiladi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 116 ta oliygohni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga “milliy”, “davlat” universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilash topshirildi.

El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi belgilandi.

Endi jamg‘arma hisobidan yoshlarni chet elga o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

🔹Davlat rahbari raisligidagi ushbu yig‘ilish “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”dagi talim sohasidagi ilk yig‘ilish hisoblanadi. Yig‘ilishda rektorlar va filial direktorlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Xabaringiz bor, 2-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi vazir tayinlangandi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Bitta penaltini eplomadi. Qanaqqilib 5tadan 3tasini urolmaslik mumkin. Buni faqat biznikilar eplashadi. Qoyil😡😡😡

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Kayfiyatni tushurmaymiz!

Hammasi nazorat ostida...


O'yin oxirida aytgandimku nazorat ostida deb deyish nasib qilsin

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi


“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–901-son, 01.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.


Qonunga ko‘ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

🔹pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

🔹pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

🔹pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Havasim kelyapti

🔹Uylanish tashvishida yurgan 25 yashar yigit, tinmay yig‘layotgan 4 yashar bolaga dedi: - "Buncha yig‘laysan, maza qilib ovqatlanib, multfilm ko‘rib yotmaysanmi? Biror o‘yloving bo‘lmasa. Senga havasim kelyapti...".

🔹Maoshini u oydan bu oyga yetkazayotgan 35 yashar erkak, uylanish tashvishida yurgan 25 yashar bo‘ydoqqa dedi: "Buncha siqilasan? Uylanarsanam, joninga ham tegar. Mana, qaragin, ahvolimni. Senga juda havasim kelyapti...".

🔹Biznesi o‘xshamagan va bankrot bo‘lib boshi tashvishdan chiqmayotgan 55 yashar kishi, 35 yasharga dedi: "Boriga shukur qiling. Kam maosh olsangizam, qulog‘iz tinch. Mana, umrim bo‘yi borimni bergan biznesim kasodga uchrab, qulog‘imgacha qarzga botib ketdim. Sizga qanchalik havas qilayotganimni tasavvur ham qilolmaysiz..".

🔹Uning gapini eshitib turgan 70 yashar chol dedi: "Buncha siqilasan? Menga o‘xshab, beling qaqshab, oyog‘ing qaltiramayapti-ku, o‘rningda bo‘lganimda tog‘ni urib, talqon qilardim. Havasimni keltirma...".

🔹Qabrda yotgan marhum ularga qarab nido qildi: "Barchangizga havasim kelyapti, chunki sizda tavba qilish imkoniyati bor. Qani edi menda shunday imkoniyat bo‘lganida edi, butun hayotimni unga fido qilardim...".

➡️ @Ilhom_Rahmatullayev

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talaba_hikoyasi

🗣Orzusini qurbon qilgan talaba

🔹Andijon davlat tibbiyot institutining to‘rtinchi kursida o‘qirdim. Neyroxirurgiya fanini yaxshi o‘qiganim, rus tilini yaxshi bilganim uchun domlamiz menga ilmiy ish qilib, shu kafedrada qolishni taklif qilib qoldi. Rosti, juda quvondim. Axir bu 30 yil oldin ham hazilakam taklif emas edi-da. Buni ota-onamga ham darhol aytdim. Ular ham quvonishdi. Taklifni jon deb qabul qildim. Fanga bo‘lgan qiziqishim kundan kunga ortib borar edi. Ilmiy ish qilish, fanga yangilik kiritish, shu bilan bemorlar joniga oro kirishga astoydil harakat qilar edim. Xullas, orzularim osmon qadar edi. Shu fan darslari tugash arafasida haligi domla meni yoniga chaqirib, gap boshlab qoldi.

“Agar institutni tugatguncha va undan keyin ham kafedrada ilm bilan shug‘ullanishga qiziqishing bo‘lsa, kafedra mudiri bilan gaplashib, seni olib qolishga harakat qilaman. Faqat mudirga shogird tushishning to‘lovi bor”,

dedi. Buni eshitgach, tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushib ketdi, ilmiy ish qilishga bo‘lgan qiziqishim umuman so‘ndi. Shu voqea sabab ilmiy ish qilish fikridan qaytdim, institutni tugatgandan so‘ng faqat boshqaruv tizimida ishladim. Keyin bilsam kafedra mudiri umuman moddiy manfaatdorlik haqida o‘ylamaydigan, halol-pok inson bo‘lgan-u, pul so‘rash neyroxirurgiya fani domlasining shaxsiy tashabbusi bo‘lgan ekan.

Bu bilan talabalarga orzularingiz uchun kurashing, hayotingizga adolatsizliklar ko‘p bo‘ladi, lekin taslim bo‘lmang, demoqchiman. Men ham o‘shanda domlani yaxshiroq surishtirganimda, orzularimdan voz kechmaganimda bugun ko‘plarning sog‘ayishiga sabab bo‘lishim mumkin edi.
_______________________________

🎓Talabalik davringizdagi qiziqarli, ibratli, kulgili yoki og‘riqli voqealarni boshqalarga ham aytib berishni xohlaysangiz hikoyalaringizni @talabaadminbot manziliga yuboring. Istasangiz hikoyangizni anonim holda chiqaramiz.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#o‘qishni_ko‘chirish #natija

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

💾 OTFIV tizimidagi OTMlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar 2 ta, tugatilgan OTM talabalari ko'chada qolmaydi! — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda “bir nechta nodavlat OTM litsenziyasi bekor qilindi” mazmunida xabarlar tarqaldi. Aslida sud jarayonlari to'liq yakunlanib litsenziyasi bekor qilingan OTMlar 2 ta bo'lib, bular “Valley Innovative University” va Urganch shahridagi Binari universiteti.

Ushbu nodavlat ta'lim tashkiloti talabalari tegishli tartibda boshqa ta'lim tashkilotlariga ko'chirilgan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat

🗣Har bir inson moʻjiza yarata oladi, faqat bunga hafsala va xohish bo‘lsa kifoya.

Moʻjizakor qo‘llarni ko‘ring, zavq oling.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Prezident farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibiga oʻzgartirish kiritildi.

🔹Endilikda axborot texnologiyalari yoʻnalishida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham ushbu mukofot bilan taqdirlanadi. Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi rahbarlik qiladigan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi.

🔹Bundan tashqari, farmonda mukofotni olish uchun talabgorning soʻnggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi.

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Rasman: kollej-texnikumni bitirib OTMga to'g'ridan-to'g'ri 3-kursdan kirish mumkin bo‘ladi

Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda:

🔹kollej-texnikumning 1-2-kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi;

🔹texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.

Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin.

TalabaYoshlarTalaba-yoshlarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#ijtimoiy_so‘rovnoma

Eng yaxshi investitsiya bu ta’limga kiritilgan investisiyadir.


Bu gap bugungi kunda qanchalik kuchda, Toshkent viloyatidagi ota-onalar farzandlarining ta’limiga qancha pul sarflamoqda? Sizning oilangizda-chi?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

O‘zbek tilida yozishga qiynalasizmi?

So‘zlarni qanday to‘g‘ri yozishni bilmay qolasizmi? Tahrirchi boti siz yozgan matndagi xatoliklarni topib, to‘g‘rilab beradigan dastur!

Ustiga-ustak, u berilgan matn va fayllarni kirill yoki lotin imlosiga xatosiz o‘tkazib beradi. Asosiysi, ushbu botdan foydalanish mutlaqo bepul!

➡️ Sinab ko‘ring: @tahrirchi_uzbot

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi

🔹Professional ta’lim uchun mas’ul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.

Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

☝️Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Emotsiyalar to'g'ri tushunasiz...

Qatar 3-zarbani aniq tepolmagach, bo'ldi yutdik deb o'ylagandim, juda alamli bo'ldi...

👏 O'yin ajoyib, kambek ajoyib. Jamoaga rahmat. To'g'ri ular ham yutqazamiz deb maydonga tushmagan, omad ham kelmadi. Taqdir ekan nima ham derdik. Jamoadagi yigitlarga, murabbiyga kattakon rahmat, o'yin uchun, kambeklar uchun... To'liq tarkib bo'lganida, jarohatlar va kartochkalar halaqit qilmaganida Qatarni ko'rdim demay o'tib ketar ekanmiz, afsus nasib qilmabdi...

Penaltini texnikadan ko'ra kuchli zarba bilan tepish kerak edi nazarimda. Shunda darvozabon yo'nalishni topsa ham ulgurmaydi menimcha.

Qisqasi o'yin uchun rahmat, penaltilar seriyasi ustida esa mashg'ulotlarda ko'proq ishlash kerak.

Kommentda nagativlarni bas qilamiz, baribir endi vaqt ortga qaytmaydi, natija o‘zgarmaydi...

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Asosiy vaqt tugadi, 2-taymda o'yinni kuchaytirdik. Qatar qo'rqib o'ynayabdi, Xudo xohlasa qo'shimcha vaqtda g'alabani o'zimizniki qilamiz. Omad!

Olg'a O'zbekiston 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚽️ Bugun futbol kuni! O‘zbekiston Osiyo chempionati chorak finalida Qatar termasiga qarshi maydonga tushadi!

🔹Urganch davlat universiteti va Andijon davlat pedagogika institutida bugungi o‘yin uchun talabalar va ustozlarning tahminiy hisob variantlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilibdi.

Siz ham o‘z takliflaringizni kommentariyada yozib qoldiring.

🇺🇿Olg‘a O‘zbekiston, qanday hisob bo‘lmasin, bugun g‘alaba bo‘lsa bas!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarga kvartira ijarasi to‘lab beriladi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy ijarasi uchun har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.

Albatta, bunda bir qator talablar mavjud. Jumladan:

🔹er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi;

🔹mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar olmagan;

🔹ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar taʼminoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan;

🔹har ikkisi yoki biri "Yoshlar daftari"ga kiritilgan bo‘lishi kerak.

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun yosh oila vakillari yoshlar ishlari bo‘limiga murojaat qiladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Dual professional ta’lim qanday ishlaydi?

Bir vaqtning o‘zida ham o‘qib, ham ishlab pul topish imkonini beruvchi ushbu ta’lim shakli haqida ma’lumot (Germaniya misolida)

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣«Titanik»dan 5 barobar katta kema ilk sayohatga chiqdi

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…
Subscribe to a channel