talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qonunchilik_yangiliklari

2024/2025-o‘quv yilidan
Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport diyetologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Bu “Futbol-taʼlim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–355-son, 03.11.2023 y.)da belgilandi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-iyungacha futbol uchrashuvlarini namoyish qilish, futbolni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Ijtimoiy (anonim) so‘rovnoma

Ushbu so‘rovnoma yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni ijobiy hal qilish, talaba-yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Sizdan befarq bo‘lmasdan quyidagi savollarga xolislik bilan javob berishingizni so‘raymiz, barcha javoblar anonim tarzda qabul qilinadi va shaxsingiz sir saqlanadi.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚽️ Bugun futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz Osiyo kubogidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi.

O’yin 13-yanvar soat 22:30 sa “Jassim bin Hamad” stadionida bo’lib o’tadi. O’yinni “Sport” TV telekanalida jonli tomosha qilishingiz mumkin.

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz sen bilan!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

‼️«Hello Tashken, Salam Tashkent» nomli behayo video, rasm "zapal"larni yuklab boradigan Telegram-kanali xaqida 

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, o‘zgalarning pornografik foto va videolarini tarqatib kelish bilan shug‘ullangan guruh a’zolariga 3 yildan 7 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.👇

https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Qishki "perevod"da ham xususiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Yo‘q. Bu muddatda xorijiy va xususiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar olinmaydi.

✔️ Hozirgi mavsumda faqat va faqat 2 toifadagi fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirishi mumkin:

🔹talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
🔹davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).


➡️ Perevod haqida batafsil

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talabalarga eslatma!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😍 Shunaqami aaaa....

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Asaxiy Books bestsellerlari 2023. Roʻyxat bilan tanishing:


😳 1. Jeyms Klir: Atom odatlar — 300 bet
🙌 2. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari — 236 bet
🫥 3. Jorj Oruell: Molxona — 100 bet
😭 4. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar — 240 bet
😎 5. Kel Nyuport: Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari- 230 bet
😎 6. Piter Hopkirk: Katta oʻyin. Ikki imperiya toʻqnashuvi — 744 bet
💸 7. Charlz Uilan: Yalangʻoch iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi — 540 bet
☹️ 8. Daron Ajemoʻgʻli, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambagʻallik manbalari — 676 bet
😅 9. Jorj Oruell: 1984 — 338 bet
🤗 10. Jon G. Miller: COC! Savol ortidagi savol — 104 bet
🤯 11. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs — 624 bet
😓 12. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati — 192 bet
👥 13. Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi — 496 bet
🥶 14. Javlon Jovliyev: Qoʻrqma- 368 bet
🧠 15. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa boʻladi — 352 bet
😏 16. Hans Rosling: Factfulness — 344 bet
👍 17. Klaus Shvab: Toʻrtinchi sanoat inqilobi- 248 bet
🇯🇵 18. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari — 432 bet
🥲 19. Teodor Drayzer: Sarmoyador — 700 bet
😶 20. Rey Bredberi: Farengeyt boʻyicha 451º — 224 bet

Kitoblar toʻplam holatda 699 000 soʻm va bu narx faqat 31-dekabrgacha amal qiladi.

Imkoniyatdan foydalaning va 20ta kitobni yoqimli narxda xarid qiling. Buyurtma uchun shu havoladan oʻting 👉 asaxiy.uz/u/bestseller2023

#yilbestselleri

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Yotoqxona to‘lovini onlayn to‘lash tartibi

To‘lovlarini “Zoomrad” yoki “Click” mobil ilovasi orqali amalga oshiring! Buning uchun mobil ilovadagi “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

↪️“Ta’lim” bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi”ni tanlang.
↪️To‘lov turidan “Yotoqxona to‘lovi”ni tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.
↪️ To‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.


📌Agar sizning ma’lumotlaringiz to‘lov tizimlaridan topilmasa, tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasangizdagi “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash” bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talabaga_qulaylik

🗣Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 23-dekabr kuni soat 10.00 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

🟥Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:
🟢Toshkent — Olot (Buxoro);
🟢Toshkent — Qarshi;
🟢Toshkent — Termiz.

Chiptalar Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

❗️Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali berilishini maʼlum qilamiz.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿Markaziy Osiyo smayliklari

Assalomu alaykum! Biz har kuni ishlatadigan emojilar turli ijtimoiy tarmoqlar va telefonlarimizning muhim qismiga aylandi. Ammo, afsuski, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati ijtimoiy tarmoq va smartfonlarda to‘liq namoyon bo‘lmayapti. Shu sabab, biz bu kamchilikni bartaraf etishni o‘z zimmamizga oldik.

➡️ Havolani bosing va milliy emojilarni yaratishga hissa qo'shing!

Ushbu «Markaziy Osiyo smayliklari» loyihasi «Yoshlar ovozi» jamoat fondi tomonidan Yevroosiyo jamg‘armasi ko‘magida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan «Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar» dasturi doirasida tashkil etildi.

#SICA_YLG

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#O‘qishni_ko‘chirish

🗣Bugundan qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

🔹talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
🔹davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

🟥Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha taqdim etiladi:

🔵o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
🔵talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
🔵pasport nusxasi;
🔵yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ajoyib yangilik!

Yapon Xalqaro Universiteti - bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash uchun Yaponiyaning CAL va SSI tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 

Universitet yoshlar uchun grantlar ajratmoqda. Agarda siz kuchli bilim va iqtidor sohibi bo‘lsangiz JIU sizni qidirmoqda.

JIUʼda quyidagi:
— Biznes Boshqaruv
— Moliya
— IT
— Pedagogika
— Turizm  yo‘nalishlardan birida sifatli taʼlim olishingiz va Yaponiyaning nufuzli korxonalarida ishlashingiz mumkin.

👨‍💻 Grant asosida talaba bo‘lish va qo‘shimcha maʼlumot uchun ro‘yxatdan o‘ting:
Shoshiling, joylar soni cheklangan!

P.S.: Bu postni 2024-yil universitetga topshirmoqchi bo‘lgan yaqinlaringizga ulashing. Ehtimol imtihonda qatnashib grantni qo‘lga kiritar.

➡️ https://bit.ly/tybl

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇹🇷 TURK TILI SERTIFIKATIGA TAYYORLOV KURSI

BAKALAVR, MAGISTRATURA hamda PhD ga kirish imkoniyatini beruvchi TYS hamda Milliy sertifikat uchun yangi metodlar asosidagi tayyorlov guruhiga qabul boshlandi.

🔹Davomiyligi: 4 oy (A1,A2,B1,B2)
🔹Boshlanish vaqti: 19.12.2023
🔹Ustoz darajasi: C1 (TYS)
🔹Dars shakli: ONLAYN
🔹Oylik to'lov: Chegirmada - 300.000

➡️ O'quvchilar fikri
➡️ Turk tili kanali

👧 KURS FAQAT
QIZLAR UCHUN
Batafsil ma'lumot: @Turk_tili_ustoz

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Oliy_taʼlim | #Qishki_perevod

❓Qishki perevodda qaysi uzrli sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish mumkin?

✅ Talabalar qishki perevod vaqtida quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra o'qishini ko'chirish mumkin.

👉 Talaba bir hududdan ikkinchi hududga turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda.
👉 Talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda.
👉 Talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda
.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Sun’iy intellekt tasavvurida O‘zbekiston shaharlari kelajagi.

Hozirgi sharoitda hech qanday qarshi choralar qilinmasa sun’iy idrok respublika shaharlarini yaqin kelajakda shunday tasvirlayapti.

Tabiatni asraylik, yurtimiz ekologiyasini yaxshilaylik. Buni nimadan boshlash kerak? Kommentda fikrlaringizni kutaman.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Milliy gvardiya xodimi bo'lish uchun qayerda o'qish kerak?

Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.

🔹1) Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.

🔹2) Keyin nomzodlarni dastlabki tanlash o'tkaziladi. Bu 2 bosqichda bo'ladi. 1-bosqichda hujjatlar o'rganiladi, suhbat, tibbiy ko'rik, 2-bosqichda individual-psixologik o‘rganish, jismoniy tayyorgarlikni ko'rish, takror tibbiy ko'rik bo'ladi.

🔹3) Keyin yana bir bosqich bor. Bunda hujjatlar ko'riladi, nomzod bilan AKT savodxonligi bo'yicha suhbat, diktant o'tkaziladi.

🔹4) Va nihoyat, test.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Keyingi yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi

Keyingi yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:

🔹1-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos.

So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

🔹To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Endilikda talabalarga amaliyot o‘tagani uchun haq to‘lanadi!

Avval bunaqasi bo'lmagan.

🔹Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.

Bunda amaliyot o‘tash uchun Respublika bo'yicha 500 ta o‘rin ajratiladi. Amaliyot 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Amaliyot uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari, ya'ni 680 ming so‘m ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan amaliyot tashkil etilgan tashkilotga o‘tkazib beriladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda

Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha 13 ta OTMda hududiy ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

✅ Arizalar 20-yanvarga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi. Ishchi guruhlar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat. Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

1️⃣ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;
2️⃣ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).


📒 Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

🔹o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
🔹talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
🔹pasport nusxasi;
🔹yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

❌ Xorijdagi OTMdan O‘zbekistondagi davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

✅ Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan. Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Xavfsiz yangi yil

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 31-dekabr kuni metro bepul xizmat ko‘rsatadi

Hukumat tashabbusi bilan 2023-yil 31-dekabr kuni Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugun, 24-dekabr kuni ham Talabalar shaharchasida tashkil qilingan avtobuslar orqali talabalar hududlarga kuzatilmoqda

Eslatib o‘tamiz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun quyidagi qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etilgan:

Toshkent — Qarshi, Toshkent — Shahrisabz, Toshkent — Qorako‘l, Toshkent — Mirbozor, Toshkent — Termiz, Toshkent — Uzun, Toshkent — Denov.

Hurmatli talabalar, agarda hududlarga chiqib ketishda transport vositalari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +998555200808 (ichki raqam 167)

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

“Kitobxon yoshlar ligasi” o‘zi qanday tanlov?

📚 Bir necha yuz minglab talaba-yoshlarni kitobxonlikka targ‘ib qila olgan, qisqa vaqt ichida keng ommalashib, kitobxonlar orasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltira olgan, onlayn tarzda tashkil etilsa-da, shaffoflikni ta’minlab, adolatli tarzda o‘tkazilishi bilan nom qozongan “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik loyihasi haqida ko‘pchilikka tanish bo‘lib ulgurdi.

Yuqoridagi video orqali mana shu loyiha tashkilotchilari hamda g‘olib va sovrindorlarining fikrlarini sizlarga ulashishga qaror qildik.

📺Videoni sifatli formatda ko‘rish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️⚡️2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😅Biletlar sotilib bo’lgach, e’lon qilingan chegirma haqida

Shu habikatura rosa yoqadi-da, muammoni sarkazm bilan chiqaradi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#so‘ragan_edingiz

🗣O‘qishni ko‘chirish yuzasidan kelayotgan qisqa savollarga javoblar

❓Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
✅ Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.

❓Ruxsat kimlarga beriladi?
🔹talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
🔹davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

❓Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
✅ 20-dekabrdan 20-yanvargacha.

❓Qanday hujjatlar talab etiladi?
✅Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

🔹o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
🔹talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
🔹pasport nusxasi;
🔹yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#obunachilardan_savol

❓Meni bitta tanishim 2 guruh nogironi. Shu qiz o'qishda spendiya olib o‘qirdi, ammo yakuniydan yiqildi, qayta topshirishda ham o‘tolmadi. Shu sababli 2 oylik spendiyasi berilmadi. Zamdekani va marketing bo‘limiga borsa, fanlarning 45% zini 3 ga yopibsiz, shunga stipendiyangiz kuyib ketadi debdi. Shu qanchalik to‘g‘ri? Qonuniy asosi bormi?

🔹Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga 1-ilovasi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bob “b” bandiga ko‘ra: fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi “qoniqarli” baho bo‘lgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.

🔹Aynan shu qarorni 5-bobida 1-2-guruh nogironi bo'lgan talabalarga stipendiya tayinlash va to'lash tartibi ko‘rsatilgan. 12-, 13-bandga ko‘ra, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalarga semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’iy nazar bazaviy stipendiya miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi, stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, 1 va 2-guruh nogironi bo‘lgan talaba, semestrni necha bahoga yopsa ham (hatto sessiyani yopolmasa ham) stipendiyasi kuyib ketmaydi, shuningdek, ular stipendiyasiz kontrakt to‘lasa ham (stipendiyaning 1,5 barobari miqdorida, yani 642 ming so‘m) stipendiya olaveradi.

©️Izzatxo‘ja Asomiddinov

Talabalar bilan bog‘liq masalalarda savollaringiz yoki muammolar bo‘lsa @talabaadminbot orqali yuborishingiz mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣 Madaniyat

🔹Amerikada odamlar bir-biriga ko‘zi tushsa, begona bo‘lsa ham tabassum qilib qo‘yishadi. “Kechirasiz” va “Rahmat” – eng ko‘p ishlatadigan so‘zlari. Qorami, oqmi, boymi gadoymi –hammaga bir xil muomala qilishadi. Birov bilan birovning ishi yo‘q. Hamma o‘z hayoti bilan yashaydi. “Odamlar nima deydi?”, degan stereotip yo‘q.

🔹Eshikdan kirayotganda va chiqayotganingizda sizdan avvalgi odam eshikni ushlab turadi yoki ochib beradi. Hamma o‘zi uchun ochsin deb yuzingizga eshikni yopib ketavermaydi, chunki orqasidan kelayotgan odamga e’tiborli. Ular uchun kompliment qilish odatiy holga aylangan. Shunchaki yoningizdan o‘tib ketayotgan odam ham “kiyimlaringiz juda yarashibdi”, deb aytib o‘tadi. Juda yoqimli-a?

🔹Yordam so‘rasangiz chin dildan yordam berishadi. Masalan, men darsim bo‘ladigan xonani topolmaganimda bitta talabadan so‘raganman, u “pastki qavatda bo‘lsa kerak. Siz shu yerda turib turing, men pastki qavatni qarab chiqaman”, deb yugurib pastdan men uchun xonani izlab kelgan, pastki qavatni qarang deb ketavermagan.

🔹Pollarni yuvayotgan farrosh “hozir tozalagan joyimni kir qilma, boshqa joydan yur”, deyishiga o‘rganib qolganmiz, Amerikada esa “hozir yuvdim, ehtiyot bo‘lib o‘t. Sirpanib yiqilib tushma”, deb aytishadi.

Bu post biznikilarni yomonlab Amerikani ustun qo‘yish uchun yozilmadi. Biz ularning yaxshi taraflarini o‘rganib kelib, bu yerda tatbiq qilish vazifamiz bor. Shu yaxshi taraflarini ko‘rdim va bizda ham bo‘lishini istadim.

©️The University of Arizona talabasi Sabina Nabiyeva

🎓 TalabaYoshlar Talabalarga ulashing!

Читать полностью…
Subscribe to a channel