talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Magistraturaga qishki qabul bo'ladimi?

Bu yil magistratura uchun 20.054 nafar abituriyent hujjat topshirgandi. Ajratilgan kvota esa 17,1 ming edi.

🗣Hujjat topshirgan deyarli teng yarim talabgorning arizasi talabga javob bermagani uchun qaytarilgan. 6,3 ming nafar talabgor magistraturaga qabul qilindi. 11 mingga yaqin kvota esa bo‘sh qolgan.

Endi nima bo‘ladi?

Kvotalar bo‘sh qolib ketadimi? Bu hozircha aniqmas. Lekin anig‘i yoz boshidayoq sobiq oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu yil magistraturaga faqat bir marta qabul bo‘ladi, qishkisi bo‘lmaydi deb aytgandi. Qoida bo‘yicha esa Qabul komissiyasi ruxsat bersa, to‘lmagan kvotalar uchun qishki qabul ham bo‘lishi kerak.

Katta ehtimol bilan vaziyat qishki qabul ham bo‘lishini ko‘rsatadi. Lekin hozircha bu haqida hozircha biror rasmiy xabar berilmadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💵Talabalar qancha stipendiya oladi?

Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.

🔴Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
🔴Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.

Nomdor stipendiyalar:

🔵Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
🔵Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Yaqin Sharqda Falastin-Isroil muammosi jiddiy tus olmoqda. Uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan nizoning keng yoyilib ketish xavfi kuchaymoqda. Qurolli to‘qnashuvlarda tinch aholi, ayniqsa, keksalar, ayollar va bolalar qurbon bo‘lmoqda.

Bu dunyo mamlakatlarini jiddiy xavotirga solmoqda. Tinchlik tarafdorlari bo'lgan yetakchilar tomonlarni harbiy harakatlarni, o‘t ochishni to‘xtatishga, murosaga kelishga chaqirmoqda.

Jumladan, MDH davlatlari rahbarlari va Tashqi ishlar vazirliklari G‘azo sektoridagi vaziyatga munosabatini bildirdi.

Fikrlarni
“Yuksalish harakati” bitta rasmga jamladi.

TalabayoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Qishki "perevod"ga kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

✔️ Kimlarga ruxsat bor

🔴talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
🔴davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

🔵o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
🔵talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
🔵pasport nusxasi;
🔵yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

❗️Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

TalabayoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣2023-yilning 1-noyabrdan yo’lovchi poyezdlarining chipta narxi o’zgardi

Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ma’lum qildi. Unga ko’ra:

🔵mahalliy yo'nalishlardagi yo'lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 44% ga oshadi;
🔵yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari chiptalari:

🟥Toshkent — Buxoro — Toshkent
🔴VIP — 530 000 so‘m;
🔴Biznes — 385 000 so‘m;
🔴Ekonom — 280 000 so‘m.

🟥Toshkent — Qarshi — Toshkent
🔴VIP — 455 000 so‘m;
🔴Biznes — 325 000 so‘m;
🔴Ekonom — 235 000 so‘m.

🟥Toshkent — Samarqand — Toshkent
🔴VIP — 330 000 so‘m
🔴Biznes — 230 000 so‘m
🔴Ekonom — 170 000 so‘m etib belgilandi.

TalabayoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Xususiy universitet yopilib ketsa, unda o‘qiyotgan talabalar nima qiladi?

◼️ Bu holatga prezidentning yangi qaroridan javob topish mumkin.

Yangi qarorga ko‘ra, ta’lim tashkilotlari har 4 yilda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. Akkreditatsiyadan o‘tolmagan OTMlarning litsenziyasi bekor qilinadi.

Litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.

❗️Ya’ni agar talaba o‘qiyotgan xususiy OTM yopilib qolsa, talaba o‘qishini davlat yoki nodavlat OTMlarga ko‘chira oladi. Hozirgi tartib bo'yicha, davlat OTMiga ko‘chirish uchun beglilangan tartibda – test sinovida o‘tish ballini to‘plash kerak.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Agar bu xabarni Telegramingiz ochmagan bo'lsa yangi versiyasini o'rnating.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Abduqodir Toshqulov ham prezident administratsiyasidan ketdi

🗣Abduqodir Toshqulov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ketdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Abduqodir Toshqulov 2010-yildan Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan, 2017-yil sentyabrida Termiz davlat universitetiga rektor bo‘lgan, 2018-yilda senatorga aylangan. 2021-yil yanvaridan esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga rahbarlik qilgan.

Nima deb o‘ylaysiz, sobiq vazir yana o‘z o‘rniga qaytarmikin?

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Jamoat transportida yo‘l haqi 1-noyabrdan oshirilmoqda

Poytaxt jamoat transportida yangi, qo‘shimcha va rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalari orqali 2000 so‘m, ATTO transport kartalari orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m etib belgilanmoqda.

Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydilar. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Nima uchun grantda o‘qiganlar diplom olishdan oldin 3 yil ishlashi kerak?

✔️ "Davlatning puliga o‘qigani uchun davlat uchun ishlab berish kerak", degandi Oliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimi.

Bitiruvchilarning diplomini 3 yil OTMda ushlab turishdan bizga foyda yo‘q. Bunga bitiruvchiga ham, davlatga ham zarar keltirmaydigan biror yechim topiladi.

❗️Lekin vazirlik xodimiga ko'ra, xorijda o‘qimoqchi bo‘lgan yoshlarga diplomi muammosiz berilyapti.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Diqqat, jamoamizga Telegram kanal menejerligi uchun talaba-qiz ishga olamiz!

🟪Talablar quyidagicha:

🔴O‘zbek tilida (lotin alifbosida) xatosiz yoza olish;
🔴Darsdan bo'sh vaqtida (kuniga 4-5 soat) ofisga kelib ishlash;
🔴Mas'uliyat, diqqat-e'tibor, bilmaganini so'rab o'rganishdan uyalmaslik, odamlar bilan tez chiqishib ketish va xushmuomalalik;
🔴Telegramda kun davomida ko'proq onlayn bo'lishi;
🔴Telegramni yaxshi tushunishi kerak (botlar bilan ishlagan bo'lsa yanada yaxshi).

Sizdan harakat, ishtiyoq va Telegram haqida boshlang'ich bilimlar bo'lsa, qolganini sekin-sekin o'rgatamiz. Ham tajriba bo'ladi, ham ish o'rganasiz, ham oz bo'lsa-da qo'shimcha oylikka ega bo'lasiz!

📍Ofisimiz Toshkent shahar, Talabalar shaharchasida joylashgan (Beruniy metroga yaqin). Shu lokatsiyaga yaqin joyda yashaydigan yoki o'qiydiganlar bo'lsa yanada yaxshi.

Qiziqqanlar @hamkoradmin manziliga o'zi haqida qisqacha va Telegramda qilgan onlayn ishlari (shaxsiy kanali va h.k.lar) bo'lsa shu ma'lumotlarni (bitta SMSda) va telefon raqamini yozib yuborishi so'raladi.

P.S.: Boshlanishiga katta oylik va'da qilinmaydi, ish tajribasiga qarab 500 mingdan 1 million so'mgacha bo'ladi.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Rasman: medinstitutlarni tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi

2024/2025-o‘quv yilidan
barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

🔴1-bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini;
🔴2-bosqichda klinik fanlardan imtihon topshiradi.

✔️ Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💵"Yoshlar daftari"ga kirganlarning "prava"ga o‘qish puli to‘lab beriladi

🔵Qonunchilikka ko‘ra, daftardagi yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari qoplanadi. Bu miqdor — BHMning 4 baravarigacha, 1 mln 320 ming so‘mgachani tashkil qiladi.

Buning uchun avtomaktabda o‘qishni istagan yoshlar tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini beradi.

Shartnomada ta’lim tashkiloti nomi, STIR, o‘quv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik to‘lov miqdori va umumiy muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

O‘qish pulini qoplab berish-bermaslik haqida o‘rtacha 8 kun ichida javob beriladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️kun.uz sahifasi Odil Abdurahmonov yangi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanadi deb e’lon qildi!

🔵Abdurahmonov Odil Qalandarovich 1978-yilda tug‘ilgan, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega, muqaddam ushbu vazirlikda o‘rinbosar bo‘lgan, keyinroq prezident maslahatchisiga aylangan, so‘nggi vaqtlarda prezident administratsiyasidagi departament rahbari sifatida ishlayotgandi.

🗣2018-yil 31-iyuldan 2019-yilning aprel oyigacha oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2020-yil iyulida Transport universiteti rektori etib tayinlagan (hozir ham TDTrU rektori). 2023-yil avgustida prezident administratsiyasidagi islohotlar doirasida tuzilgan Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari lavozimi direktori sifatida ish boshlagandi.

☝️Hali rasman yangi vazir sifatida e’lon qilinmadi, lekin kun.uz va @xushnudbek sahifalariga ishonadigan bo’lsak, tez orada rasmiy qaror chiqadi.

Aytgancha, Odil Abdurahmonovni sobiq vazir Ibrohim Abdurahmonovga qarindoshlik joyi yo‘q, shunchaki familiyadosh...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Bu yilgi qishda ayrim OTMlar ko‘mir bilan isitiladi

Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, jami 115 ta davlat OTMining 51 tasi ko‘mir bilan isitishga moslashtirildi. Bu qishda ular ko‘mir bilan ham isitilishi mumkin.

Kollej, texnikumlar uchun esa 31,7 ming tonna ko‘mir sotib olingan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#tonggi_motivatsiya

🗣Muvaffaqiyat retsepti:

🔵Boshqalar uxlayotgan payt, siz o'qing va izlaning!
🔵Boshqalar bekorchi bo'lib yurgan payt, siz ishlang!
🔵Boshqalar o'ynab yurgan payt, siz tayyorlaning!
🔵 Boshqalar tilak bildirganda, siz maqsad qiling!

Shunda siz boshqalar erishmagan yutuqlarga erishasiz!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🎓 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan yangi “Talabalar tanlovi”ni e'lon qilamiz!

🔄Tanlovda shunchaki yutuqli barabanni aylantirasiz bo‘ldi, omadingiz kelsa sovg‘a sizniki! Ushbu tanlovda kamida 500 ta ishtirokchi sovg‘a yutadi.

🔴3ta – zamonaviy smartfon;
🔴3ta – 500 ming so‘m pul yutug‘i;
🔴20ta – Smart watch;
🔴20ta – Quloqchin;
🔴20ta – Airpods;
🔴20ta – Powerbank;
🔴ko‘plab badiiy kitoblar;
🔴va pul yutuqlari yutib oling.

Tanlov 17-noyabr kuni 20:00 ga qadar davom etadi va tanlov tugashi bilan Instagram sahifamizda super o‘yinni o‘ynaymiz!

📺talabayoshlar/?sub_confirmation=1">TANLOV SHARTLARINI KO‘RISH⬅️

Tanlovda ishtirok eting va ko‘plab sovg‘alardan birini yoki bir nechtasini yutib oling. Harakat sizdan, sovg‘alar esa bizdan!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Darsliklar ro’yxati e’lon qilindi

2024-2025-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimlarni baholash agentligi saytida eʼlon qilindi.

Bunda o‘zingizga kerakli fan va tilni tanlagan holda, darsliklar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

➡️ To‘liq ro‘yxatni ko‘rish

TalabayoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

2 oyda boshqaruvni o'rganib, "job offer" olish mumkinmi?

🧑‍🎓 Yosh Menejer dasturi orqali qisqa muddatda loyiha boshqaruvini o'rganib, karyera qurishda zarur ko'nikmalarga ega bo'lishingiz mumkin. Hozirda loyihaning 7-mavsumiga qabul e'lon qilingan.

Statistika: Loyiha bitiruvchilar 20+ kompaniyalardan jami 90 ta job offer olishgan.
📈

Dasturning asosiy imkoniyatlari:
Project management (loyiha boshqaruvi) va Employability skills (karyeraviy o'sishdagi ko'nikmalar);
— TOP kompaniyalarga ekskursiyalar
(UzAuto Motors, Crafers, Artel, Akfa);
— Qatnashuvchilarga moliyaviy tomondan ko'mak bo'lishi uchun 50% lik 5 ta GRANT o'rni.

☄️ Shoshiling! Faqat 50 ta ishtikorchi 2 bosqichli saralash orqali tanlab olinadi:
1. Ro'yxatdan o'tish (CV va motivatsion xat);
2. Oflayn intervyu.

🔖 Karyera yo'lini tanlash, lavozimda ko'tarilish, saralangan yoshlar orasida expertlardan amaliy bilim olishni xohlasangiz, Yosh Menejer dasturi 7-mavsumiga ro'yxatdan o'ting!

Roʻyxatdan oʻtish:
https://forms.gle/GADNHmtCQtM4zWYcA
Oxirgi muddat: 11-noyabr, 23:59

Murojaat uchun: @young_manager_support
📞 +998901206810

@yosh_menejer_uz

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi.

Yangi vazir kim bo‘lishi hamon noaniqligicha qolmoqda.

TalabayoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇸🇦Saudiya Arabistoni — 2034-yilgi jahon chempionati mezboni

FIFA 31-oktabrga qadar mezbonlik uchun arizalarni qabul qildi. Unga ko‘ra, faqatgina Saudiya Arabistoni JCH-2034 mezbonligi uchun rasman ariza topshirdi va yakunda ushbu davlat tasdiqlandi.

Eslatib o’tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati 🇺🇸AQSh, 🇨🇦Kanada va 🇲🇽Meksikada bo’lib o’tadi.

2030-yilgi Jahon chempionati esa 🇪🇸Ispaniya, 🇵🇹Portugaliya va 🇲🇦Marokashda bo’ladi. Qiziq tomoni, 2030-yilda mundialning dastlabki 3 ta o’yini 🇺🇾Urugvay, 🇦🇷Argentina va 🇵🇾Paragvayda o’tkaziladi (har bir davlatda bittadan uchrashuv).

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Shavkat Mirziyoyev Falastinga yordam uchun $1.5 mln dollar ajratish haqida qaror qabul qildi!

“Men Gʻazo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim.

Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyusiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi Prezident.

❗️Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarni turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka chaqirdi

“Men bugungi fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga, avvalo, yoshlarimizga murojaat qilib, ularni turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etmaslikka chaqiraman.

Bizning eng katta kuchimiz, bebaho boyligimiz bo‘lgan tinch va osoyishta hayotimizni, o‘zaro birlik va hamjihatligimizni barchamiz birgalikda asrashimiz zarur”, - dedi davlat rahbari.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Rasman: endi “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Bu degani, maktabni bitirayotganda qizlar ham o‘qishga kirishga imtiyoz ola olishi mumkinligini anglatadi. "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga to‘plagan balliga 15 foiz qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

Lekin keyingi qabulgacha imtiyozlar butunlay tugatib yuborilsa ham yaxshi bo‘lardi. Biroq reja bo‘yicha hozircha imtiyozlarni faqat umumiy kvotadan ajratish belgilangan.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Kunning qaysi qismida dars qilish samaraliroq?

⌛️Ertalabki 10 dan soat 14 gacha, peshin soat 16 dan kechki soat 22 gacha o‘qish uchun juda qulay vaqtlar hisoblanadi.

Ertalabki 04:00 dan 07:00 gacha bo‘lgan vaqt esa dars qilish uchun unchalik samarali hisoblanmaydi.

Lekin hammaning o'ziga qulay dars qilish soati bo'ladi. Sizga kunning qaysi qismi o'qish uchun qulayroq?

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#bilasizmi

❗️Davlat oliygohlarida o'qiydigan ijaradagi talabalarning ijara to'lovi to'lab beriladi. Afsuski, bu imkoniyat xususiy oliygoh talabalariga berilmagan.

🔠 Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli qaroridadavlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Qarorda xususiy oliygoh talabalari uchun ijara pulini qoplab berish bo‘yicha hech qanday gap so‘z yo‘q.

TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

O‘zbekistonda hamma OTM beradigan diplom bir xilmi?

OTMlar bir qancha turlarga bo‘lingan. Bular:
🔵davlat OTMlari (turli vazirliklar tizimida);
🔵xususiy OTMlar;
🔵xorijiy OTMlar va ularning filiallari.

🎓 Bu OTMlar beradigan diplom bir xil. Sababi hammasi davlat talablariga rioya qilgan holda litsenziya bilan ishlaydi. Faqat beriladigan ta’lim sifatida farqlar borligi aniq.

❗️ Eslatma: Oliy ta’lim vazirligi veb-saytida barcha davlat va xususiy ta’lim muassasalari ro‘yxati bor.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talaba bo'lish orzuligicha qolmasin!

🤩 Sizda hali sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba imkoni bor

Kontrakt narxlari atigi 9 mln so'm va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud😉

Mavjud yo'nalishlar:

✔️ Tarix
✔️ Maktabgacha ta'lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Buxgalteriya hisobi va audit

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, hoziroq ro'yxatdan o'ting!

📲 Onlayn hujjat topshirish

📞 78-113-21-22

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️AloqaBank “Talabalar kartasi” loyihasini taqdim qildi

“Talaba kartasi” loyihasi bir vaqtning o‘zida talaba guvohnomasi, ta’lim muassasasi va kutubxonaga ruxsatnoma, VISA asosidagi bank kartasi, onlayn to‘lovlar uchun vosita, transport kartasi (ATTO) kabi xizmat turlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Shunday qilib, “Talaba kartasi” universal vosita sifatida turli xil raqamli xizmatlar va bank xizmatlaridan foydalanish uchun bir qator qulaylik va imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan.

Bugungi kunda tajriba sifatida “Talaba kartasi” loyihasi Toshkent moliya instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ishga tushirildi, lekin kelgusi yildan boshlab loyihani boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham amalga ishga tushirish rejalashtirilgan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Rasman: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmonov Ibrohim Yo‘lchiyevich qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.

Endi kim vazir etib tayinlanar ekan, nima deb o‘ylaysiz?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Jiddiy kitoblarga jiddiy chegirma!

Asaxiy.uz internet-do’konining kitob loyihasi “Asaxiy Books” katta chegirma e’lon qilibdi, maksimal foydalanishni tavsiya qilamiz. Siyosat va iqtisod haqida eng kerakli bilimlarni beradigan, mavzuni aniq va sodda tushuntiradigan 3 kitobni (o’zi narxi 229.000 so’m) 149.000 so’mga taklif qilyapti.

Bu to’plamni O’zbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib berishadi. Havoladan o’tib buyurtma berishingiz mumkin 👉 asaxiy.uz/u/64df67852ba7a

Aksiya faqat 3 kun amal qiladi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel