💥 QVZning YUBILEY MAVSUMIGA BUYURTMALAR qabul qilish boshlandi!
😃QATNASHISH ISTAGIDAGI JAMOALARGA QO‘YILADIGAN BARCHA TALABLAR (PDF formatida) VA BUYURTMA NAMUNASI (WORD formatida) TELEGRAM KANALIMIZGA YUBORILMOQDA!
➡️BATAFSIL: /channel/qvz_uz/3160
Murojaat uchun:
☎️ +99893-547-09-09
🕊Telegram 📺YouTube 📱Instagram 📱Facebook 🕊Twitter 📱qvzofficial">TikTok
#Super_kontrakt
⚡️Imtihonlardan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar va o‘qishni xorijiy davlatlardan davlat OTMlariga ko‘chiruvchi talabalar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.
👉 Super-kontraktning miqdori quyidagicha:
🟢Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
🟢Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
🟢Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
🟢Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;
🔴Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball va undan ortiq ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazavy kontraktning 8 barobardan 20 barobargacha belgilanishi mumkin.
❗️Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plagan bo‘lsa yuqorida keltirib o‘tilgan tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar etib belgilangan bo'lsa, 56.6 dan kam to'plagan abituriyent 20 barobar to'laydi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi
✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini quyidagi usulda bilishlari mumkin:
🟢my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
🟢mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
_______________________
❓SAVOL: O‘qishimni ko‘chirishga ruxsat berilgan yoki berilmaganini qanday bilsa bo‘ladi?
✅JAVOB: mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqami kiritilganda:
➖ “Talab bajarildi” — sariq rang ko’chirish uchun yetarli ball to’plandi va ruxsat etildi,
➖ “Talab bajarilmadi” — qizil rang o’tish bali to’planmadi va ko’chirish rad etildi degan ma’noni bildiradi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❓Apellyatsiyaga qachon berish mumkin
Abituriyentlar orasida testda xatolik bor deb o‘ylayotgan yoki natijasidan qoniqmaganlar borligi aniq. Ularda mandat e’lon qilingandan kundan boshlab 10 kun ichida apellyatsiyaga berish imkoni bor.
Masalan, mandat 20-avgust kuni chiqsa, 20-30-avgust oralig'ida arizalar olinadi.
❓ Kimlarning apellyatsiyasi ko‘rib chiqilmaydi?
Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi to‘g‘ri yetkazilmagan yoki yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovidan chiqarib yuborilgan yoki javoblarni yozma bermagan abituriyentning shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🟥🟥🟥
⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 18-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
18-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
⚡️16-AVGUST TEST NATIJALARI BUGUN EʼLON QILINADI!
Perevodchilar oʻz ballarini @MANDATJAVOBBOT telegram botiga shunchaki ID-raqamni jo'natish orqali bilish imkoniyati mavjud.
👨🏻💻 ID-raqamni jo'nating va hech qanday muammosiz o'z ballaringizni bilib oling:
👉 @mandatjavobbot
👉 @mandatjavobbot
👉 @mandatjavobbot
#Abituriyentlar_uchun_maxsus
❓Tez orada barcha abituriyentlarga bir savol beriladi: «O‘qish nima bo‘ldi?»
O‘rtoq abituriyentlar, hozirdan bahona o‘ylab qo‘yyapsizlarmi?
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
⚡️Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:
🔴“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
🔴“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
🔴I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
🔴bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;
🔴xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
🔴“Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;
🔴oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
🔴talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🎓 Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash va ijara pulini byudjetdan kompensatsiya qilish tartibi o’zgartirilmoqda
Xabaringiz bor, 2021-yil 1-maydan boshlab ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.
Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur tartib o‘zgartirilmoqda. Yaʼni ijarada turgan talabalar uchun yagona aniq summa belgilanmoqda. Bunda ijara puli:
🔵Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (330 ming so‘m);
🔵qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (165 ming so‘m) miqdorida davlat tomonidan qoplanadi.
Ya’ni, masalan, talaba Toshkentdagi biror xonadonda kursdoshlari bilan birga 600 ming so’mdan ijarada tursa, shuning 330 ming so’mi davlat tomonidan qoplanadi.
✅Shuningdek, sentabr va oktabr oylarida ijara puli qoplanishi uchun hech qanday ijara shartnomasi ko‘rsatish shart bo‘lmaydi, shartnoma bo‘lmasa ham qoplab berilaveradi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🔎 Vazirlik talabalarni kutib olishga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov UzA axborot agentligiga batafsil ma’lumot berdi.
Jumladan, shaffoflikni ta’minlash maqsadida talabalikka tavsiya etilib, yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan abituriyentlardan arizalar 20-avgustdan boshlab onlayn qabul qilinadi.
🔴Ular uchun OTMlarda mavjud yotoq o‘rinlarining o‘rtacha 60 %i alohida ajratilgan. Bundan tashqari, bugungi kunda talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan talabalar uchun respublika bo‘yicha 74 ming yotoq o‘rni bazasi shakllantirilgan.
👉 To‘liq maqolani o‘qish
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🗣Nomli stipendiyalar OTM kesimida quyidagicha taqsimlanadigan bo‘ldi:
🔵Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulug‘bek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurslarning har 1000 nafar talabasiga 1 tadan;
🔵 Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 3 nafar yuqori kurs talabasiga;
🔵Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;
🔵Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;
🔵Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;
🔵To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi har bir oliy ta’lim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;
🔵Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy ta’lim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🎓 Talabalar my.gov.uz portali orqali o’zlari tahsil olayotgan oliygohdan ma’lumotnomani elektron tarzda olishlari mumkin.
📌"Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish" xizmati
🔵Xizmatlar bepul;
🔵Elektron imzo shart emas;
🔵Avtomatlashtirilgan;
🔵Hujjatlar repozitoriysida saqlab qoʻyish imkoniyati bor.
✍️ Agar sizda o'qish joyidan tahsil olayotganligingiz to’g’risidagi ma'lumotnoma olish xizmatida ma'lumotlaringizni olish imkoniyati mavjud bo'lmasa tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasangizga bu bo’yicha murojaat qilishingiz mumkin.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🎓 Talabalar uchun nomli stipendiyalar ro‘yxati yangilandi
🗣Ro‘yxatga quyidagi 5 ta nomli stipendiyalar kiritildi:
🔵kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov nomli;
🔵tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur nomli;
🔵jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud nomli);
🔵tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod nomli;
🔵Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida — To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli).
Bunga qadar amalda bo‘lgan ro‘yxatda Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomli stipendiyalar nazarda tutilgan edi.
Stipendiantlikka harakat qilayotgan barcha talabalarni ushbu yangilik bilan tabriklaymiz!
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
⚡️Yozgi semestrda o‘qish mazzami talabalar
Sessiyani yopolmay, kredit yig'ish uchun yozda o'qiyotgan kursdoshlarga yuborib qo'yamiz...
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
⚡️ Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) davom etadi hamda ushbu muddatga qadar abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❓Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
✅JAVOB: Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
▶️ yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
🟢ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
🟢chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
🟢mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
🟢hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
▶️ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
🔵umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
🔵vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🗣Vazirlikning Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushdi
✅Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbatlarning oldini olish, o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish maqsadida barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hududiga kirish joylarida maxsus markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Markazda ko‘ngilli lider yoshlar hamda tyutorlar faoliyat yuritib, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishini nazorat qiladilar, ularga amaliy yordam beradilar.
📍Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi talabalar shaharchasining eng gavjum yo‘laklarida – vazirlik binosi yonida joylashgan bo‘lib, u shtab sifatida faoliyat yuritadi.
Mazkur shtabda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi xodimlari ham faoliyat olib borishmoqda.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
UZBMB (DTM) imtihonidan olgan balingiz bilan ISFI talabasi bo'ling!
📑️️️️️ Institut rasmiy litsenziyaga ega bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan bakalavr diplomi taqdim etiladi. (Litsenziya №056369, 30.12.2022 yil)
📚Agarda siz UZBMB (DTM) imtihonida qatnashgan bo'lsangiz va to'plagan balingiz aniq bo'lgan bo'lsa, institutimizda quyidagi yo'nalishlardan birida ta'lim olishingiz mumkin:
• Xalqaro munosabatlar;
• Menejment;
• Iqtisodiyot;
• Pedagogika va psixologiya;
• Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz, rus, arab, o'zbek tili filologiyasi)
Siz ushbu yo'nalishlardan birini tanlagan holda kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida tahsil olishingiz mumkin. Agarda hali oliy ta'lim dargohlariga hujjat topshirmagan bo'lsangiz, quyidagi havola orqali Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida hujjat topshirishingiz mumkin.
Hujjat topshirish uchun havola: https://is.gd/OUO2vP
Telegram kanal: @isfi_uz
📞Telefon: 78 113-13-73
🗣2-mutaxassislik imtihoni qachon bo‘ladi?
Buni hamma OTM o‘zi belgilaydi. Tegishli qarorga ko‘ra, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi — kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari OTMning xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va har yili 1-iyulgacha oliy OTMning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
❗️Demak, hamma o‘zi 2-mutaxassislikka hujjat topshirgan OTM bilan aloqada bo‘lib turishi kerak.
Hamma OTM o‘z imkoniyatidan kelib chiqib imtihon o‘tkazsa ham, yakuniy natijalar 30-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🟥Baribir qòlimdan kelmaydi, uddalolmayman axr. Men dangasaman...
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❓Mandat qachon chiqishi kerak?
✅ JAVOB: Testlar to‘liq tugagach 1 hafta ichida.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 14-bandiga ko‘ra, abituriyentning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha tanlov natijasi (mandat) test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida BMB (sobiq DTM) rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Joriy yil test sinovlarining oxirgi kuni 13-avgustda bo‘ldi. Qonunchilikka ko‘ra, mandat shu sanadan boshlab 1 hafta ichida, yaʼni 20-avgust kuni eʼlon qilinishi kerak.
☝️20-avgustdan vaqtliroq e'lon qilinish ehtimoli kam. Lekin 20-avgustdan kechikish ehtimoli yo'q emas. Chunki avvalgi yillarda ham ko'p bora kechikkan.
Ko'ramiz, bu yil qanday bo'lar ekan.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❗️56,7 balldan kam to'plaganlar talaba bo'lolmaydi
🔵Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36%);
🔵To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30%) etib belgilangan.
Bu yilgi imtihon natijalariga qaraydigan bo'lsak, O'zbekiston bo'yicha:
🟢442.337 nafar abituriyent 56.7 balldan past ball toplagan;
🟢59.866 nafar abituriyent esa imtihonga bormagan;
🟢148 nafar abituriyent esa imtihondan chetlashtirilgan;
✅Umumiy hisobda 502.351 nafar abituriyent tanlovdan chiqib ketgan!
Bu yilgi kvota soni 127.259 ta ekanligini inobatga olsak, yuqoridagi statistikadan ko'rinadiki 56.7 balldan ko'p yig'gan har 3 abituriyentdan bittasi talaba aniq o'qishga kiradi deyish mumkin!
Telegram kanallardagi ma'lumotlar asosida tayyorlandi!
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🗣Talabalar uchun xushxabar!
⚡️1-sentabrdan xorijiy tilni bilgan tibbiyot oliygohi talabasiga BHMning 3 barobar miqdorida stipendiya to'lanadi.
🔴2023/2024-o‘quv yilidan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida tahsil oluvchi, xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar rag‘batlantirib boriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining 2023-yil 11-avgustdagi tegishli buyrug‘i qabul qilindi.
C1 va IELTS 7,5 sertifikatiga ega bo‘lish talab etiladi va sertifikatlar amal qilish davridagina to‘lov amalga oshiriladi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❓O’qishga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bilsa bo’ladimi?
Xabaringiz bor, 2 kun avval barcha test sinovlari yakunlandi va barcha abituriyentlarning natijalari maʼlum bo‘ldi. Demak, endi https://mandat.uzbmb.uz saytidagi ro‘yxat boshqa o‘zgarmaydi.
☝️Qissadan hissa, hozir asosiy kvota bo‘yicha o‘qishga kirganlar ro‘yxatida turganlar, yakuniy natijalarni kutib o‘tirmasdan, talabalikni allaqachon nishonlayversa bo‘ladi. Chunki hozir abituriyentlar beshtagacha tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha barcha ro‘yxatda turishibdi, mandatda esa faqat 1 ta ro’yxatda qoladi va to’rttasidan o’chiriladi.
🔴Bu degani hozirgi ro‘yxatdan kimdir chiqib ketsa ketadiki, lekin boshqa yo‘nalishdan baland ball olgan begonalar ro‘yxatga kelib qo‘shilmaydi.
🔴Bundan tashqari harbiy tavsiyanoma olganlar, nogironligi borlar, tavsiyanomali xotin-qizlar, harbiylarning farzandlari va boshqa imtiyozga egalar ro’yxatdan chiqib ketadi.
✅Xullas, mandat chiqqanda hozirgi ro’yxatdagi o’rningizdan teparoqqa ko’tarilish ehtimolingiz juda yuqori, lekin pastga tushmasligingiz aniq.
🔵Shuningdek, hozir kontraktni boshida turganlar byudjetga ko’tarilishi ham mumkin.
🔵Kira olmaganlar esa kontraktga ko'tarilishi mumkin, sabr qilib duoda bo'linglar.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🎓 Talabalar turar joyiga joylashish jarayoni to'liq raqamlashtiriladi
🗣Shaffoflikni ta’minlash maqsadida talabalikka tavsiya etilib, yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan abituriyentlardan arizalar 20-avgustdan boshlab UniHostel platformasi yordamida talabalar turar joyida istiqomat qilish uchun arizalar yuborish, joy olish va to'lovni amalga oshirish onlayn qabul qilinadi.
Bundan tashqari platforma vazirlikning HEMIS va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bo'lib, axborotlar avtomatik tarzda shakllanadi, ariza va ularga berilgan javoblar monitoring qilib boriladi.
✅Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi
📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
🟢1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
🟢2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏳Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
❗️Bugun test sinovlari to'liq yakunlanadi!
Ko'plab hududlarda test sinovlari yakunlanmoqda. 1-avgustdan boshlanib 13-avgustgacha davom etishi belgilangan kirish imtihonlarining bugun 13-kuni davom etmoqda.
✅ Tartibga ko'ra, yakuniy mandat test sinovlari to'liq yakunlangandan keyin 7 kun ichida e'lon qilinadi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
🎖130 nafar oliy ta’lim fidoyisi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan vazirlik va idoralarda faoliyat ko‘rsatib, jamiyatda hurmat qozongan bir guruh fuqarolar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, ular qatori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida hayotini ilm-fan ravnaqi, shuningdek, yoshlarni jamiyat oldida mas’uliyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi xizmati uchun 130 nafar nafaqa yoshidagi ustozlar ham e’tirof etildi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
⚡️O‘zbekistonda qaysi OTMlar eng ko‘p daromad ko‘rdi?
✅Antikorrupsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p daromad ko‘rgan OTMlar:
1️⃣O‘zbekiston milliy universiteti — 245 mlrd so‘m;
2️⃣O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 165 mlrd so‘m;
3️⃣Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 151 mlrd so‘m;
4️⃣Toshkent davlat texnika universiteti — 145 mlrd so‘m;
5️⃣Toshkent moliya instituti — 102 mlrd so‘m daromad ko‘rgan.
✅Harajatlari daromadlaridan yuqori bo‘lgan OTMlar:
🔴Namangan davlat universiteti — 230 mlrd so‘m;
🔴Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 128 mlrd so‘m;
🔴Urganch davlat universitetining daromadidan zarari 85 mlrd so‘m yuqori bo'lgan.
👉 Batafsil ma'lumot
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
#Qabul2023 #Natija
⚡️To'qqizinchi kun natijalari e’lon qilindi
📣 2023-yil 9-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Natijani bilish uchun quyidagi telegram botlariga abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuboring:
👉 @mandatjavob_bot
👉 @mandatjavob_bot
👉 @mandatjavobbot
👉 @mandatjavobbot