talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ RASMAN: Namangan xalqaro universitetiga o'qishni ko'chirish boshlandi!

🧐 Siz talabasiz, lekin ta'lim olayotgan oliygohingizda kontrakt narxlari qimmatmi? Yoki yashash joyingizdan uzoqda joylashganmi?

Unday bo'lsa universitetimiz eshiklari siz uchun ochiq!

✅ Endilikda siz O'zbekistondagi yoki chet el oliygohlarining istalgan biridan o'qishingizni NamXUga muammolarsiz ko'chirib o'tkazsangiz ( perevod ) bo'ladi.

❗️Diqqat: Siz o'qishingizni ko'chirish jarayonida o'z yo'nalishingizni NamXUda mavjud bo'lgan istalgan yo'nalishga o'zgartirib ko'chirishingiz mumkin!

Masalan: "Yer kadastri va yer tuzish" yo'nalishidan bizda mavjud "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishiga ko'chirib o'tkazish imkoni bor.

👉 Bizda mavjud yo'nalishlar

📲 Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz

☎️ +998781132122
☎️ +998692395333

Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Bu ketishda kelasi yildan davlat oliygohlariga hujjat topshirishni bepul qilishadi

Qabul tugashiga 9 kun qoldi.
Prognoz bo'yicha 1 mln 260 ming abituriyentlar hujjat topshirishi kutilayotgan edi. Bu prognozchi mutaxassisni ishdan bo'shatsa ham bo'ladi. Xususiy oliygohlarning imkoniyatlarini inobatga olmagan ko'rinadi.

📈 11-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, davlat oliygohlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 380 ming 430 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 190 ming 195 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 190 ming 235 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Eslatma: hujjatlar 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Qabul yakuniga qadar qancha abituriyent hujjat topshiradi deb o'ylaysiz?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Eng arzon kontrakt qaysi Universitetda ekanligini bilarmidingiz?

✔️ Namangan Xalqaro Universiteti O'zbekiston bo'ylab eng arzon kontrakt narxlari taqdim qilmoqda

Universitetda Sirtqi, Kunduzgi va Kechki ta'lim shakllari mavjud:

Yo'nalishlar:
— Tarix
— Boshlang'ich taʼlim
— Maktabgacha taʼlim
— Pedagogika va psixologiya
— Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
— Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili, rus tili, o‘zbek tili)

💸 Kontrakt narxlari — 9 mlndan boshlanadi

Siz ham arzon narxda, qulay sharoitda o'qishni, professional ustozlardan ta'lim olishni istasangiz, quyidagi manzillar orqali ro'yxatdan o'ting👇

📲 Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz

☎️ +998781132122 +998692395333

Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Endi abituriyentlar avval test topshirib, so'ng oliy ta'lim muassasasini tanlaydilar

☝️Litseyga kirishda yozma imtihon bekor qilinmoqda, nodavlat oliygohlariga kvota ularning reytingdagi o'rniga muvofiq ajratiladi, maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarda talabalar uchun haq to'lanadi.

2023/2024-oʻquv yilidan:
🔴akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
🔴kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;
🔴abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
🔴talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;
🔴oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

2024/2025-oʻquv yilidan:
🔵OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
🔵umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#infografika

🗣7-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavr bosqichiga 239 ming 39 nafar abituriyent, magistratura mutaxassisliklari uchun 1 ming 899 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Batafsil infografikada👆

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Kelgusi o‘quv yilidan:

🔵bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi;
🔵magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
🔵kadrlar yetishmaydigan, taʼlim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Bunda, buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yiladi.
🔵Oliy ta’limga kirishda yoshlarning maktabda o‘qigan baholari ham inobatga olinib, kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

©️Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’lim sohasiga oid rejalari bilan bo‘lishdi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣O‘qishga qabul kvotasi tasdiqlandi!

🔗Bakalavriat kunduzgi ta’lim

🔗Bakalavriat sirtqi ta’lim

🔗Bakalavriat kechki ta’lim

🔗Bakalavriat masofaviy ta’lim

🔗Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun

🔗Magistratura qabul kvotasi

🔵Magistraturaga kvota jami: 17.128 nafar;
🔴Davlat granti: 8.938 nafar;
🔴Kontrakt: 8.190 nafar.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Bu yilgi kirish imtihonlarida qanday o'zgarishlar bo'ladi?

➖ Bu yilgi test sinovlari uchun 30 mingdan oshiq yangi test savollari tayyorlandi;

➖ Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50% gacha kamaytirildi;

➖ Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko'rsatkich 70 mingga yaqin ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. (7 barobar oshgan)

➖ Bugungi kunda 48 ta imtiyoz turi mavjud bo'lib, uzbmb.uz sayti orqali bilib olishlari mumkin;

➖ Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyent 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo'lishi kerak;

1-fani xorijiy tili ijodiy bo‘lgan ta'lim muassasalarida Bilim va malakani baholash agentligi  tomonidan 4 ta ko'nikma bo'yicha imtihon olinadi;

➖ Har bir abituriyent natijasi 24 soatda e'lon qilinadi va abituriyent shaxsiy kabinetida shakllanadi;

➖ Bu yilgi test sinovlar yopiq binolarda bo‘lib o‘tadi;

1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.

➖ Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.

➖ Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o'tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta'minlanadi

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Bugun barcha hududlarda avtobuslar yoshlarga bepul xizmat koʻrsatadi.

30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar avtobuslardan bepul foydalanishlari va bayramga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

📢 Endilikda oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.

☝️ Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.

🟢Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Qabul_2023

⚡️Bu yil 16 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochildi

Ma’lumki, Prezident farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi.

Farmoyish bilan joriy yildan 16 ta bakalavriyat yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligiga yangidan qabul tashkil etilmoqda.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qabul2023

SAVOL: Maqsadli qabul nima?
✅ JAVOB
: Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Misol uchun (rasmga qarang)👆

❕ Eslatma: maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Adliya vazirligi: ta’lim muassasalarining barcha talabalardan “aylanma varaqa”(obxodnoy)ni qog‘oz shaklda to‘ldirib kelishni talab qilishi qonunchilikka zid

Adliya vazirligi aholidan asossiz va ortiqcha hujjat talab qilinishi yoki ularning ovoragarchiligiga yo‘l qo‘yilishi mansabdor shaxslar uchun javobgarlikni keltirib chiqarishi to‘g‘risida ogohlantiradi.

👉 Batafsil: https://yqqedu.uz/122

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🌙 Rasman: Qurbon hayiti 2023-yil 28-iyun kuni nishonlanadi!

🔸O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Islom dini ta’limotlari va mazkur ma’lumotlarga asoslangan holda diyorimizda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

➡️Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:
28-iyun, chorshanba (Qurbon hayiti);
29-iyun, payshanba (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
30-iyun, juma (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
1-iyul, shanba (6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish kuni);
• 2-iyul, yakshanba.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavr kunduzgi hamda magistratura davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qabul2023 #infografika

2023-yil 12-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra:
🔹kasb-hunar maktablariga jami 94 354 nafar;
🔹bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 472 ming 227 nafar
🔹magistratura mutaxassisliklari uchun 4 ming 018 nafar talabagorlar ro‘yxatdan o‘tdi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Endi talabalar diplom ishi yozishi shart bo‘lmaydi

🎓Prezident qarori bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda rasionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi.

Qayd etilishicha, agar talabada biror startap yoki rasionalizatorlik g‘oyasi bo‘lsa, unga yana qayta diplom ishi yozish talabi qo‘yilmaydi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#bilasizmi

Bu yil quyidagi
platformalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan:

Akademik litseyga qabul (1-iyundan 10-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Kasb-hunar maktablariga qabul (1-iyuldan 20-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Bakalavriat yo‘nalishlariga qabul (20-iyundan 20-iyulga qadar)
👉 my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz

Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

SamDVMCHBU Nukus filialiga hujjat topshirish uchun yo‘nalishlar belgilandi!

Unga ko‘ra, filialga 2023-2024 o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar topshiriladi:
🔴Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida);
🔴Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha);
🔴Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha);
🔴Agronomiya (yem-xashak ekinlari);
🔴Buxgalteriya hisobi va audit;
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha filialga jami 225 nafar talaba qabul qilinadi.

Bakalavriatning sirtqi ta'lim shakli uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar topshiriladi:
🔴Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha);
🔴Veterinariya farmasevtikasi.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha filialga jami 50 nafar talaba qabul qilinadi

Magistratura bo‘limiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar topshiriladi:
🔴Chorvachilik;
🔴Hayvonlarning parazitar va yuqumli kasalliklari;
🔴Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi;
🔴Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha filialga jami 32 nafar talaba qabul qilinadi.

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha filialda tashkil etilgan Call-center raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
📞 +998612247303 | +998946282585
📞 +998612247480 | +998991112592

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#infografika

6-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklari uchun 1 ming 849 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 1 779 nafari chet tili sertifikatiga ega bo‘lganlar, 30 nafari davlat mukofoti va nomdor stipendiya egalari hamda 40 nafari nogironlik imtiyoziga ega bo‘lganlar (batafsil infografikada👆).

Ma’lumot uchun, qo‘shimcha imtiyozga ega talabgorlar o‘qishga tanlovdan tashqari alohida qabul qilinadi.

❗️Eslatma: hujjatlar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali 30-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Qabul_2023

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyeny test sinovi uchun to‘lovni 24 soat ichida amalga oshirish kerakmi?

✅ Test sinovi uchun to‘lovni onlayn ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 24 soat ichida amalga oshirish kerak degan talab mavjud emas.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar to‘lovni ro‘yxatga olish yakunlanganga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

📆 Izoh: ro‘yxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlarda 10-iyulga qadar, qolgan yo‘nalishlarda 20-iyulga qadar davom etadi.

❗️Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risida video yo‘riqnoma yuqorida keltirilgan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qabul2023 #infografika

2023-yil 2-iyul holatiga ko‘ra, 126 312 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️Bugundan magistraturaga qabul boshlandi

🗣2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

❗️Eslatma: joriy yilda faqat bir marta yozda qabul bo’lishi, qishki qabul tashkil etilmasligi haqida ma’lum qilingan edi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston yoshlarini bayram bilan tabrikladi.

🚪Prezident tabrigini o‘qish

Shu bilan birga, Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni hamda «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

➡️«Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

➡️«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

🔹Yoshlar kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov ham yoshlarga tabrik yo‘lladi.

🚪Vazir tabrigini o‘qish

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ RASMAN: Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga binoan 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni sifatida e’lon qilindi.

Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

28-iyun, chorshanba (Qurbon hayiti);
29-iyun, payshanba (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
30-iyun, juma (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
1-iyul, shanba (6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish kuni);
2-iyul, yakshanba.


✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Ingliz tilidan online imtihon topshiring va xalqaro universitet talabasi bo'ling

🤓 Samarqandda tashkil etilgan Yapon Xalqaro Universiteti abituriyentlar uchun faqat ingliz tilidan onlayn imtihon topshirib, nufuzli va zamonaviy oliygohda ta'lim olish imkoniyatini taqdim etadi.

👨‍💻 Japanese International University’da quyidagi yo'nalishlarda ta'lim oling:

- Biznes boshqaruvi
- Moliya
- IT
- Turizm
- Pedagogika

🎓 Universitet va imtihon jarayonlari, JIU'ning Grant hamda boshqa ko'plab imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun

👉 https://jiuuz.info/mndkh


Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2023-2024-o‘quv yili
uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul esa 10-iyul kuni yakunlanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Finlandiya ta'lim tizimi dunyodagi eng yaxshisi!

Finlar
mukammallikka da'vogarlik qilishmaydi va erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolishmaydi, hatto eng yaxshi tizimda ham kamchiliklar bo‘lishi mumkin.

🔴 Finlarning farzandlari tunda asabiy zo‘riqishdan uyg‘onmaydi, tezroq katta bo‘lishni orzu qilmaydi, ularda maktabga nisbatan nafrat yo‘q, o‘quvchilar navbatdagi imtihonlarga tayyorlanib, o‘zlari va butun oila a'zolarini qiynamaydi.

🇫🇮 Bu yurtning ta'lim tizimi dunyodagi eng yaxshisi hisoblanadi. Finlandiya ta'lim mo'jizasi kitobi haqidagi videodan esa, siz finlandiyaliklar qanday qilib bunday natijalarga erishganliklari haqida bilib olishingiz mumkin.

Pastdagi havola orqali o'ting va videoni tamosha qilib Yurtimizdagi ta'lim tizimi haqida qanday fikrdasiz? o'z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!
👉🏻 https://youtu.be/dzKw9-K_xWM

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Nodavlat oliygoh tugatilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi?

Nodavlat oliygoh yopilib ketsa ham muammo emas – agarda nodavlat oliygohning litsenziyasi to'xtatilsa, hukumat talabalarni davlat yoki boshqa nodavlat oliygohlarga o'qishi ko'chirilishini kafolatlaydi, ya'ni sizda yo'qotish mavjud emas.

Nodavlat oliygohlarning diplomi o'tadimi o‘zi?

Tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliygohlarning diplomi bevosita tan olinadi. Ularning diplomlari davlat oliygohlari diplomi bilan teng darajada qabul qilinadi. Bundan tashqari ta'lim davrida davlat oliygohiga imtihon asosida o‘qishni ko'chirish imkoniyati ham mavjud.

Xususiyda o‘qigan deb ishga olmay, qaytarib yuboradimi?

Davlat oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan beriladigan diplomlar davlat namunasida va bir xil ko‘rinishda bo‘ladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qabul2023 #kvota

🗣Qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 8 923 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

Shunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan:

🔹 umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari tuman (shahar) kesimida;
🔸 hamda ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti 20-iyunga qadar tasdiqlanib, e’lon qilinadi.

Shuningdek, davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosidagi kvotalar esa:

✔️tizimida OTMlar bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda;

✔️moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari Kuzatuv kengashlari tomonidan 20-iyunga qadar tasdiqlanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…
Subscribe to a channel