talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Xorijdan_perevod

❗️Qaysi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin-u, qaysinga mumkin emas?

Xorijdan va nodavlat oliygohlardan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar ushbu jadvaldan foydalanishlari tavsiya etiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

5️⃣📩

🗣Talabalar o‘qishini ko‘chirish: muhim 5 savolga 5 javob

Arizalar qachondan va kimga beriladi?
Kimlar grant asosida o‘qishni ko‘chiradi?
Xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish uchun imtihon bormi?
O‘zaro mos bo‘lmagan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?
Talabalar o‘qishini ko‘chirish kim tomonidan amalga oshiriladi?

➡️Batafsil javoblarni o'qish

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun qancha to‘lov qilishi kerak?

Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Ayni paytda bir BHM 330 ming so‘m, uning yarmi esa 165 ming so‘mni tashkil qiladi.

To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
➖o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
➖ nogironligi bo‘lgan shaxslar;
➖ mehribonlik uylari bolalari;
➖ bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
➖“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#abituriyent2023

❗️Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi

✔️Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi.

👩‍🎓Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

🔵kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi;
🔵to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
🔵turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
🔵nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
🔵ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
🔵ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

☝️Tavsiyanoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi.

❗️ESLATMA-1: o‘tgan yili 5 yil staji borligi uchun tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana tavsiyanoma olishi shart emas. O‘tgan yilgi tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

❗️ESLATMA-2: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar esa yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

❗️Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.

©️Xushnudbek Xudoyberdiyev

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar borligi ma’lum qilindi

🗣O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi. Bu boradagi tartib o‘tgan yili qat’iylashtirilgan.

Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.

➡️O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

🔵talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🔵davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

☝️O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar «super-kontrakt» bilan qabul qilinishi mumkin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌Yugurish yo‘lagi ixtirochisi 54 yoshida vafot etdi.

📌Gimnastika ixtirochisi 57 yoshida vafot etdi.

📌Bodibilding bo‘yicha jahon chempioni 41 yoshida vafot etdi.

📌Dunyoning eng yaxshi futbolchisi Maradona 60 yoshida vafot etdi.

📌Jeyms Fuller Fix Amerikada yugurishni ommalashtirish orqali fitnes inqilobini boshlashga yordam bergani uchun xizmat qiladi. U 52 yoshida yugurish paytida yurak xurujidan vafot etdi.

Ammo...

📌Nutella brendining ixtirochisi 88 yoshida vafot etdi.

📌Sigaret ishlab chiqaruvchi Uinston 102 yoshida vafot etdi.

📌Afyun ixtirochisi 116 yoshida zilzilada vafot etdi.

📌Hennessy likyorining ixtirochisi 98 yoshida vafot etdi.

🧐 Qanday qilib shifokorlar jismoniy mashqlar umrni uzaytiradi degan xulosaga kelishdi?

📌 Quyon har doim yuqoriga va pastga sakraydi, lekin u atigi 2 yil yashaydi va toshbaqa, umuman mashq qilmasdan, 400 yil yashaydi.

😉 Shunday qilib, dam oling, dam oling, xotirjam bo‘ling, ovqatlaning, hayotdan zavqlaning ...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎉 Bitta fandan imtihon va siz talabasiz!

Samarqandda joylashgan Yapon Xalqaro Universtitetida o’qish istagida bo’lgan abituriyentlar faqatgina ingliz tilidan imtihon topshirib nufuzli oliygoh talabasi bo’lishlari mumkin.

😎 Bu hali hammasi emas, JIU o’z talabalari uchun 80 foizgacha grant yutish, ta’limni Yaponiyada davom ettirish, AQShda ishlash va sayohat qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Batafsil ma’lumot olish uchun:

👉 https://jiuuz.info/knll

Telegram | Facebook

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🖊 5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish shartlari haqida bilasizmi?

Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabul qilish joriy yilning 1-iyuniga qadar davom etadi.

🟥Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar:
✔️oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;
✔️ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
✔️oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi kerak.
✔️ 1-7-iyun kunlari tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿 O'zbekiston ishonchli hisobda 🇬🇹 Gvatemalani yengib, nimchorak final yo'llanmasiga ega chiqdi.

📍 U20 Jahon Chempionati 🌎 | 3-tur

🇺🇿 O'zbekiston 2:0 Gvatemala 🇬🇹

⚽️ Gollar: Ne'matjonov 9', 20'.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔔 Maktab davrini sog'inganlar uchun "So'nggi qo'ngiroq"!

🎶 Ravshan Sobirov & Setora - Xayr maktabim
Maktab davrlarini sog'inganlar bormi? Maktabdagi qiziqarli voqealarni, esda qolarli holatlar bo'lsa, komentda yozib qoldiring. Bir maktab davrlarini eslaylik...

🎓 @TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#abituriyent2023

Joriy o‘quv yili
qabulida 8 ta OTMda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladi

Bular xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
👉 Andijon davlat chet tillar instituti;
👉 Namangan davlat chet tillar institutining fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘tgan 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlangan edi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📢 Бефарқ бўлмаганлар албатта кўрсин!

Бюджет пули тақсимоти
:

✔️ 92% / 8% = мансабдорлар / халқ

❗️Минбар кўрсатувининг ушбу сонидан сўнг, "Минбар" ёпиладиган бўлибди, дейишмоқда.

Агар шундай бўлса, демак бетоқатлик ва цензура энг чўққида, янги конституциядаги цензурага йўл қўймаслик кафолати эса бурчакка улоқтирилган бўлади.

👉 @r_kusherbayev

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Rasman: Kvotalar tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 042 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Shundan:

• Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 310 ta;
• Dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 732 ta.

💾 KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#motivatsiya

⚠️Maqsadlarga faqat hayollar bilan yetib bo'lmaydi. Buning uchun yaxshigina ter to'kishingiz, intizomingizni namoyon qilishingiz kerak.

☝️Unutmang, kitobni yostig'ingiz ostiga qo'yib uxlab, talabalik haqida tush ko'rish sizni talabalikka yetkazmaydi. Faqatgina mehnat qilsangiz, o'zingiz istagan g'alabaga ega chiqasiz!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🏆 O‘zbekiston boks terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatini 1-o‘rinda yakunladi

🇺🇿 Ikki hafta davomida Toshkent shahridagi “Humo” arenada o‘tkazilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida vakillarimiz oltin medallari sonini 5 taga yetkazib, jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi. Jami 9 ta medal qo‘lga kiritildi va umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallandi.

1️⃣Oʻzbekiston — 5 oltin, 2 kumush, 2 bronza.
2️⃣Qozogʻiston — 4 oltin, 1 kumush.
3️⃣Kuba — 1 oltin, 3 kumush, 2 bronza.
4️⃣Fransiya — 1 oltin, 1 kumush, 1 bronza.
5️⃣Rossiya — 1 oltin, 0 kumush, 4 bronza.

🥊 O‘zbekiston jamoasidan Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Halokov, Ruslan Abdullayev va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo'jayev jahon chempioni bo‘ldi. Saidjamshid Jafarov va Oybek Jo‘rayev turnirning kumush medaliga ega chiqqan bo‘lsa, Lazizbek Mullojonov va A’loxon Abdullayev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

👏 Bundan tashqari, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan O‘zbekiston terma jamoasi – JCH-2023ning eng yaxshi jamoasi deb topildi. Hasanboy Do‘smatov esa chempionatning eng yaxshi bokschisi deb e’tirof etildi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?

Savol: Magistraturaning 2 yil o’qish muddati “trudovoy”ga o’tadimi? Magistraturani kontraktda o’qib, 2 yillik “trudovoy”imga yozilgan mehnat staji bilan diplomni olish mumkinmi? Magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagandim ham.

Javob: O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi taʼlimda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, sizning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davringiz mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan davringiz ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Magistraturada kontraktda bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huquqingiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Chunki, “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da diplom olish uchun “mehnat staji shart”ligi talabi ko‘rsatilmagan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#about #IbratCamp

🤩 Bu oromgoh jahonning nufuzli TOP 100 talik universitetlariga oʻqishga topshirish istagidagi yoshlar uchun yana bir imkoniyat eshiklarini ochadi.

📌 Batafsil ma’lumot bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

🏕 Yozgi mavsum uchun roʻyxatdan oʻtish 16-iyunga qadar davom etadi. Ushbu havola orqali:
👉 Hoziroq roʻyxatdan oʻting

🔴Bepul oromgohda qatnashish uchun 2 kun vaqt qoldi. Shoshiling do'stlar

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣“QVZ – 30 YILLIGI” SHOU-DASTURI

😃“Quvnoqlar va zukkolar” tashkil etiganligiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan QvZ oilasidan yubiley konsert dasturi tashkil etilmoqda. Konsert dasturidan Million, Dizayn, Qoraqalpoq, Voha, Vodiy, Toshkent, Qirg‘iziston va Qozog‘iston terma jamoalari chiqishlari o‘rin egallagan.

➡️18-iyun sanasida, soat 14:00 va 19:00 da barcha talaba-yoshlarni “Xalqlar do‘stligi” saroyiga, QvZ yubiley konsertiga taklif qilamiz!

➡️ Chipta xarid qilish! 🎫

➡️ Batafsil ma’lumot! ℹ️

☎️ (93) 547-09-09

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📩 Abituriyentlar orasida “bu yil sirtqi (zaochniy)ga qabul bo‘lmaydi” degan mish-mishlar tarqalmoqda. Shunga aniqlik kiritsangiz?

JAVOB: yo‘q, bu noto‘g‘ri talqin. Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning faqat 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (ro‘yxat). Qolgan pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun kamida 5 yil ish staji talab etiladi.

👉 Asos: https://lex.uz/uz/docs/-6079561

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga topshiradigan abituriyentlar nechta ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin?

📺 “Yoshlar
” telekanali tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda “Abituriyent-2023“ loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

✅ Yuqoridagi savolga ushbu ko‘rsatuvning ilk sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berilgan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌Test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi qanday bo'ladi?

🔽 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔹3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

📚Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

🔵1️⃣ oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
🔵2️⃣ o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
🔵3️⃣ qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

📌 Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📩 Bu yil qabul qachondan boshlanadi?

JAVOB: Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa, 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.

Xalqaro press klubning“Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusidagi sessiyasidan

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Qabul_2023

⚡️O'qishni ko'chirish uchun endilikda my.uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tiladi

Davlat test markazining nomi va huquqiy maqomi o'zgartirilgani sababli barcha rasmiy sahiflari nomini ham o'zgartirmoqda.

Shu sababli endilikda test sinovlari uchun abituriyent va "perevodchi"larni ro‘yxatga olish, ruxsatnomalarni tarqatish, natijalarni e’lon qilish kabi xizmatlar my.dtm.uz sayti orqali emas, balki my.uzbmb.uz sayti orqali ko‘rsatiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasidan tahsinga sazovor ish!

👏O‘zXIA teatr jamoasi kechgi ovqatdan so‘ng o‘zlari o‘tirgan stolni yig‘ishtirib, hakamlar hay'ati, tashkilotchilar va ishtirokchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Bizning madaniyatimiz ham Yaponiyanikidan umuman qolishmasligini isbotlashdi! Qoyil, ibrat olsa arziydi!👏

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari Majid Karimov bu yilgi qabul jarayonlari haqida quyidagi ma'lumotlarni berdi:

👉 Bu yilgi test sinovlariga 30 mingga yaqin testlar tayyorlandi.

👉 Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko'rsatkich 70 mingga yaqin ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. (7 barobar oshgan)

👉 Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o'tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta'minlanadi.

👉 1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.

👉 Har bir abituriyentning natijasi 24 soatda e'lon qilinadi. Abituriyent shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

👉 Bugungi kunda 48 ta Imtiyoz turlari mavjud. uzbmb.uz sayti orqali imtiyozlar turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin.

👉 Yangilik: Ilgari abituriyent 5 ta yo'nalishni tanlar edi, bu yil esa ta'lim shakli va ta'lim yo'nalishini tanlashi mumkin bo'ladi. Sirtqi, kechki, kunduzgi va masofaviy ta'lim.

👉 Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo'lishi kerak.

👉 1-fani xorijiy til ijodiy imtihoni bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan 4 ta ko'nikma bo'yicha imtihon topshiradi.

👉 Fanlar majmuasi 2022-yil 6 oy oldin e'lon qilingan.

👉 Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50%ga kamaytirilgan. (Ilgari 4 ta edi hozir murakkab savollar 50% ga kamaytirilgan).

👉 Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🕋𝘽𝙀𝙋𝙐𝙇 𝙐𝙈𝙍𝘼 𝙎𝘼𝙁𝘼𝙍𝙄𝙂𝘼 𝙔𝙊'𝙇𝙇𝘼𝙉𝙈𝘼

ER-XOTIN PSIXOLOGLAR:
Elyor Bahodirovich va Malohat Ravshanovna
7yil yillik Tajribaga ega Psixolog va Xalqaro murabbiylardan:

PULSIZLIK VA QARZDORLIK SABABLARI:

- Jinsiy travmalar
- Genetikadan oʻtgan Pulsizlik
- Ota-ona oldida qarzdorlik hissi
- Erini urug’ini tan olmaslik
- Chuqur aybdorlik va gunohkorlik hissi;
- Doimiy hayotidan qoniqmaslik, doimiy charchoqlar
- Xasislik va Nafrat hislari
- Doimiy munosabatlardagi muammolar
Bularning bari barakadan ayiruvchi sabablardir

⚠️ Bularning barchasiga: 𝘽𝙀𝙋𝙐𝙇 𝙑𝙀𝘽𝙄𝙉𝘼𝙍 da javob olasiz.
(shu bilan birga - Umra Safariga bepul yo’llanmani yutish imkoniyati).

⏰ 23-Ⓜ️ⒶⓎ  ⓈⓄⒶⓉ  20:00

📌Bepul webinarga ulanish: 👇
/channel/+DCRNCmL-KmoxODRi
/channel/+DCRNCmL-KmoxODRi

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🏆Bugun yoshlar o‘rtasida FIFA U-20 jahon chempionati start oladi!

⚽️ Ochilish o‘yinida vakillarimiz aynan mezbon Argentina yoshlariga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan bugun yarim tunda, soat 02:00 da boshlanadi va Uzreport TV telekanali orqali jonli efirda translyatsiya qilinadi.

Eslatib o‘taman, O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi jahon chempionatida Argentina, Gvatemala va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan A guruhidan o‘rin egallagan.

🇺🇿 Vakillarimizga nafaqat Argentinaga qarshi ochilish o‘yinida, balki butun chempionat davomida omad tilab qolamiz. Biz sizlarga ishonamiz, olg‘a O‘zbekiston!!!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️“Rektorlarni saylashga tayyormasmiz” – Abduvali Xoliqov

Oliy ta’lim muammolariga bag‘ishlangan suhbatda vazirlik xodimi rektorlarni tayinlashdan voz kechish juda oson ekanini, ammo bunga hali hech kim tayyor emasligini bildirdi. U ta’lim sohasidagi mavjud holatdan kelib chiqib, hozirgi tartib to‘g‘ri ekanligini qayd etdi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

🗣Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshida “Oriental” psixologik xizmat ko‘rsatish markazi o‘z faoliyatini boshladi.

🟥Markazda uch xil yo‘nalishdagi psixologik xizmatlar tashkil etiladi.
🔴Birinchidan – individual psixologik konsultatsiyalar;
🔴Ikkinchidan – qisqa muddatli (10 kunlik) psixologik kurslar;
🔴Uchinchidan – davlat va nodavlat tashkilotlar va ta’lim muassasalariga korparativ psixologik xizmatlar ko‘rsatish.

⚡️Biz tomonimizdan quyidagi taklif etilayotgan qisqa muddatli (10 kunlik) psixologik kurslarda ishtirok etib, kursni tugalaganlik bo‘yicha sertifikat bilan taqdirlanasiz.

🔴Qisqa muddatli kurslar yo‘nalishlari:
🔴Neyrografika;
🔴Psixogimnastika;
🔴O‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini anglash;
🔴Shaxsiy psixologik muammolar;
🔴Ongni boshqarish sirlari;
🔴Stress va depressiya, surunkali tushkun kayfiyat;
🔴Oilaviy munosabatlar;
🔴Baxtli bo‘lish sirlari;
🔴Bola tarbiyasida ota-onalarda uchrayotgan xatolar;
🔴Ijodiy resurslarni ishga solish sirlari
🔴Boshqaruvning zamonaviy texnologiyalari
🔴Pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishning innovatsion texnologiyalari
🔴Pedagogik malaka va qobiliyatlarni rivojlantirish

Davlat va nodavlat tashkilotlar va ta’lim muassasalariga korparativ psixologik xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlari:
🟢Jamoada ijtimoy-psixologik muhitni yaxshilash
🟢Rahbar va hodim munosabatlari
🟢Kasbiy stress va kasbiy so‘nish holatlarini tashxislash va bartaraf etish
🟢Samarali faoliyatni yuzaga keltiruvchi psixologik resurslar

Psixologik xizmatlar, trening va konsultatsiyalar malakali soha mutaxassislari tomonidan o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

📞 Murojaat uchun tel: +998903330330
+998911700390 | +998977778487
📍 Manzil: Toshkent sh, Mirobod tumani, Shahrisabz, 16
🔵 Mo‘ljal: Oybek metro. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Ish vaqti: 9:00 dan 18 :00 gacha

➡️ /channel/Oriental_psixologik_markaz

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👏Rossiyada oʻzbekistonlik erkak topib olgan 5 mln rublini egasiga qaytarib berdi

🇷🇺Moskvaning Strogino tumanida 15 yildan buyon koʻcha supuruvchisi boʻlib ishlab keladigan oʻzbekistonlik Usmon Meliyev shu yerda yashovchi oilaning eʼtiborsizligi sabab axlatga tashlab yuborilgan 5 mln rubl miqdoridagi pullarini topib berdi.

☝️Maʼlum boʻlishicha, xonadon ayoli uyini tozalaganda eski narsalarni axlatga chiqarib tashlagan, biroq ular orasida erining yashirib qoʻygan 5 million rubli ham boʻlgan. Ayol bu haqda eri uyga kelganidan soʻng bilgan.

🗣Usmonning taʼkidlashicha, bu hududda koʻplab topilmalarni uchratishi va imkonini topib egalariga qaytarib kelishini bildirgan. Topilgan buyumlar orasida planshet, hatto tilla zanjirlar ham boʻlgan.

“Oʻzbekistonda qizim va oʻgʻlim bor, ular maktabga borishadi. Har doim ular uchun namuna boʻlishga harakat qilaman”, – deydi u.

💰Qayd etish kerak, 5 mln rubl, taxminan, 65 ming dollar yoki 735 mln soʻmga teng.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo'ling!

Читать полностью…
Subscribe to a channel