🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin
#yaxshi_kayfiyat
Talabalar uchun eksklyuziv, motivatsion videorolik
📚 “O‘qishni boshla!”
Muallif Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Azamat Axrorov
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
Шартнома бўйича ҳисоб рақамига тўлов қилиш керакми?
Бирор жойга бориш ёки навбатда туриш шарт эмас. payme’да барчасини тўғридан-тўғри телефонингиздан бир неча дақиқада бажаришингиз мумкин.
Қўлланма карточкаларда жамланган.
#Qabul_2025 #Kasbiy_taʼlim
Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami 311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
✔️Shundan:
↪️davlat granti asosida — 205 729 ta;
↪️to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta.
Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi.
Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota (to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota (shundan 66 484 ta grant) ajratilgan.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
📌 Yuqoridagi ro'yxatda keltirilgan 13ta oliygoh Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.
Shu vaqtga qadar faqat Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufida edi. Qolgan ro‘yxatdagi oliygohlar oliy ta’lim vazirligi tasarrufida bo‘lgan.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🌿 Bahor – yangilanish, yorqin tadbirlar va ezgu ishlar fasli!
🌸 Sizlarni 1-maydan 3-maygacha o‘tkaziladigan Toshkent gullar festivaliga taklif etamiz. Festivalda ishtirok etish uchun ekologik dizayn, barqaror taraqqiyot va "yashil iqtisodiyot" sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tashkilotlar vakillari taklif etiladi.
📍Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Milliy kutubxona maydoni.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🗣Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi AOKA reytingida birinchi o‘rinni egalladi!
☑️Bunda 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotiblari ish samaradorligi baholandi. Bu Ochiqlik indeksining birinchi indikatori hisoblanadi.
👏Baholash natijalariga ko‘ra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirliklar ichida 91,0 ball bilan 1-o‘rin, respublika davlat organlari va tashkilotlari orasida 2-o‘ringa sazovor boʻldi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#qonunchilik_yangiliklari
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
☑️Farmonga ko‘ra:
✅Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;
✅Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi.
2025/2026 o‘quv yilidan:
➖Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;
➖Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;
➖akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;
➖Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1-kursdan xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
➖ pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;
➖ oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
2026-2027-o‘quv yilidan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Sening faqat gapga o‘qigan kursdoshing imtihonda ...
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#reyting #Ochiqlik_indeksi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ochiqlik indeksida birinchi!
🔖 Diqqat “Sohibqiron” onlayn viktorinasida test ishlagan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!
🔵Sertifikatni olish uchun @bilimtanlovbot manziliga kirasiz;
🔵Botga /start buyrug‘ini berasiz;
🔵“Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz;
🔵Kanalga ulanmagan bo‘lsangiz, obuna bo‘lib, qaytadan “Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz.
🔴Eslatma! Siz tanlov uchun qaysi ism-familiya bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, sertifikat o‘sha ism-familiyaga beriladi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#Xalqaro_reyting #natija
⚡️Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi
⭐️ Reytingning yana bir muhim jihati shundaki, ushbu baholashda qatnashish uchun oliygohlar THE agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qat’iy mezonlarga javob berishi lozim. Xususan, talabgor universitetlar so‘nggi besh yillik faoliyati davomida innovatsion yondashuvlar, ilmiy natijalar, xalqaro hamkorliklar va barqaror rivojlanish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishgan holda dunyo universitetlari orasida TOP-1000+ ro‘yxatiga kirgan bo‘lishi kerak.
#diqqat_diqqat
‼️Siz hali ham o‘qishga 5 daqiqa qolganda “meni nima qiynayapti o‘zi” deb o‘ylaysizmi?
‼️Yoki sevgi, stress, motivatsiya, hayot – hammasi bir paytning o‘zida “Ctrl+Alt+Del” bo‘layotgandekmi?
Unda sizga psixolog emas, Psixo_blog.uz kerak! 😎
Bu kanalda:
🟩🟩🟩🟢🟢🟢🟢
🗣“Sohibqiron” onlayn viktorinasi g‘oliblari bilan tanishing:
✅ Tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari:
↪️ Nizomga ko‘ra, tanlov g‘oliblari diplom va quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
🗣Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh bo‘ladi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
⭐️ Chempionlik onlari, davomli bo‘lsin!
👉 @izzatxoja_asomiddinov
🎓🎓Talabalar, tayyormisiz? Yilning eng yorqin festivali sizlarni kutmoqda!
⚡️1-maydan 25-maygacha butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtiruvchi “Talabalar festivali” bo‘lib o‘tadi.
🎓Abituriyentmisiz? Orzungizdagi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishing.
🎓Talabamisiz? Iste’dodingizni tanlov va loyihalarda sinab ko‘ring.
🎓Bitiruvchimisiz? Yaxshi kasb tanlash yoki biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz, festivalda ishtirok eting!
✅Festivalda ishtirok etish uchun @yoshtanlovibot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z yo‘nalishingizni tanlang!
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
“Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov sirtqi ta’lim tizimi hozirgi kundagi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi.
“Dunyoda boshqa yondashuvlar — masofaviy, uzaytirilgan ta’lim qo‘llanilmoqda. Ya’ni talaba dasturni to‘rt yilda emas, balki besh-olti yilda, o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda, fanlar va o‘qish yillarini tanlagan holda o‘tashi mumkin”, — dedi vazir.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🎗9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bepul kinonamoyishlar tashkil etiladi
⚡️ Joriy yilning 1-10 may kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy kinofondi, O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Kino saroyi ma'muriyati hamkorligida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Agentlik tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o‘zbek filmlarining bepul namoyishlari tashkil etilmoqda.
📽 Namoyish jadvali bilan tanishing:
🗓 1-may
↪️14:00 — “Muhabbat bahori” badiiy filmi
↪️16:10 — “Inoyat Navro‘zboyev” hujjatli filmi
🗓 2-may
↪️14:00 — “Said bilan Saida” badiiy filmi
↪️16:03 — “Malik Qayumov” hujjatli filmi
🗓 3-may
↪️14:00 — “Hayot” badiiy filmi
↪️17:31 — “Xalq jasorati” hujjatli filmi
🗓 4-may
↪️14:00 — “Pandemiya” badiiy filmi
↪️16:06 — “Sobir Rahimov” hujjatli filmi
🗓 5-may
↪️14:00 — “Berlin-Oqqo‘rg ‘on” badiiy filmi
↪️15:57 — “Matonat” hujjatli filmi
🗓 6-may
↪️14:00 — “Meros” badiiy filmi
↪️15:31 — “Oy borip, omon qaytganlar” hujjatli filmi
🗓 7-may
↪️14:00 — “Vatan” badiiy filmi
↪️15:34 — “Sharof Rashidov” hujjatli filmi
🗓 8-may
↪️14:00 — “O‘zbek qizi” badiiy filmi
↪️16:02 — “Qudrat Suyunov” hujjatli filmi
🗓 9-may
↪️14:00 — “Ilhaq” badiiy filmi
↪️16:20 — “Mamadali Topvoldiyev” hujjatli filmi
🗓 10-may
↪️14:00 — “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmi
↪️16:24 — “Zebo G‘aniyeva” hujjatli filmi
Endi yana bir toifadagi talabalarga maxsus stipendiya to‘lanadi
Xabarga koʻra, kambagʻal oilalarni ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab, uch toifada qoʻllab-quvvatlash taklif qilingan. Taʼkidlanishicha, bunday oilalarga 100 dan ortiq turdagi ijtimoiy xizmat, yordam va imtiyozlar taqdim etiladi.
☑️Kambagʻal oila farzandlarining taʼlim olishi uchun ham bir qator moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻriladi. Jumladan, bunday oiladan chiqqan bolalar maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi. Aʼlo bahoga oʻqiganlari esa oromgohlarda bepul dam olishi mumkin boʻladi.
☑️Kambagʻal oiladan chiqqan aʼlochi talaba-qizlarga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdorida maxsus stipendiya toʻlanadi.
❗️Nogironligi bor insonlarni ishga olgan yengil sanoat korxonalariga soliq imtiyozlari berish, bunday xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasini pasaytirish, tadbirkorlarga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan 500 million soʻmgacha subsidiya ajratish kabi ragʻbatlar ham koʻzda tutilmoqda.
❗️Shuningdek, elektron savdo maydonchasi orqali nogironligi bor shaxslarga tegishli tovar va xizmatlarni xarid qilish miqdori oshiriladi. Ularga kasb-hunar oʻrgatish uchun texnikumlarda inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etiladi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
💪💪💪💪💪💪
"UBS Fan Olimpiadasi"ga shoshiling!
"University of Business and Science" va Fan olimpiadalari markazi hamkorligida tashkil etilayotgan "UBS Fan Olimpiadasi" minglab maktab o'quvchilarining qiziqishiga sabab bo'lmoqda, ayniqsa qo'yilgan yutuqlar va qanday ro'yxatdan o'tish bo'yicha savollar juda ko'p.
Keling ushbu video orqali barchasiga oydinlik kiritib olamiz.
➡️Olimpiada g‘oliblari uchun mukofotlar:
🟢1-dan 10-o‘ringa qadar: zamonaviy noutbuk va 2 yillik o‘qish uchun grant;
🟢11-dan 40-o‘ringa qadar: 4 million so‘mlik vaucher;
🟢41-dan 70-o‘ringa qadar: 3 million so‘mlik vaucher;
🟢71-dan 100-o‘ringa qadar: 2 million so‘mlik vaucher;
🟢101-dan 200-o‘ringa qadar: 1 million so‘mlik vaucher.
🟢Ularga ko‘mak bergan va qo‘llab-quvvatlagan o‘qituvchilar,
🟢Eng faol 4 ta viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari,
🟢14 ta eng faol tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlari,
🟢14 ta eng faol maktab direktorlari ham noutbuklar bilan taqdirlanadi!
🗣Xalqaro brendlar bilan ishlab kelayotgan marketolog o‘zining Telegram kanalini ochdi. U eng zo‘r reklamalar va brendlar haqidagi yangiliklarni joylab kelmoqda.
➡️ @sarvarmijozlarqani kanaliga obuna bo‘ling, bu yerda nafaqat foydali balki qiziqarli ma’lumotlarni topasiz.
📌 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘nlab bino va inshootlari sotuvga qo‘yilar ekan.
Bu ushbu universitet Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilayotgani bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Nafaqat TDPU balki barcha Vazirliklar, davlat tashkilotlari bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga ko‘chirilishidan xabaringiz bormi?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🇳🇴Norvegiya va 🇫🇮 Finlandiyada ishlash imkoniyati!
❗️ Joylar chegaralangan, ozgina o‘rin qoldi! ❗️
🗓 Ish sharoiti: 5 kunlik ish haftasi 🕗 8 soatlik smena
📌 Talablar: 18–45 yosh
📌 Tajriba talab qilinmaydi
Ish beruvchi ta'minlaydi:
💶 Oylik maosh:
Kerakli hujjatlar:
🗣Tanlov g‘oliblarini taqdirlash uchun hamma narsa tayyor, nasib qilsa kelasi hafta sovg‘alarni egalariga topshiramiz.
📚“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining navbatdagi mavsumi may oyi oxirlarida boshlanadi. Ungacha yana qandaydir kichikroq (xuddi “Sohibqiron” viktorinasiga o‘xshash) tanlov qilsak bo‘ladi.
9-may munosabati bilan qilsakmikin, lekin savollar nima haqida bo‘ladi? Takliflar bo‘lsa kutaman...
👉 @izzatxoja_asomiddinov
❓Attestatsiyada ham tanish-bilishchilikmi?
Ayni paytda maktab o‘qituvchilari malaka toifalari uchun o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayonida turli qiyinchiliklar ham bo‘layotgani, X variantlar tanish-bilishlarga berilayotgani aytilmoqda.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
☑️Xabar berishlaricha: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi — Prezident qarori
Qarorga ko‘ra:
❗️O‘zbek tili – barcha bitiruvchilar uchun majburiy fanga aylandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘iga asosan, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangi tartibga muvofiq, taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflarning bitiruvchilari ham o‘zbek tili fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi (imtihon) topshirishi majburiy hisoblanadi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🗣Bugun soat 19:00 da mana shu tanlovning final bosqichi o‘tkaziladi. Ko‘pchilikning sharoitini inobatga olib, kechroqqa tashkil qildik. Nasib qilsa bugun kechgi vaqtlarda g‘oliblar kimligini e’lon qilaman.
Test ishlashda qatnashgan barcha ishtirokchilarga elektron sertifikatlar ertaga beriladi.
👉 @izzatxoja_asomiddinov
O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionlariga avtomobil sovg‘a qilinadi
⚽️ Saudiya Arabistonida o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qahramoni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga prezident sovg‘asi sifatida Chevrolet Cobalt avtomobillari sovg‘a qilinadi. Jamoa murabbiylar shtabiga Chevrolet Tracker avtomobili taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun soat 19:00da Toshkentga yetib keladi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🔵Rustamjonov musobaqaning eng yaxshi darvozaboni
🔵Hasanov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi
🔵Aliyev musobaqaning eng yaxshi to‘purari
👉 @izzatxoja_asomiddinov