talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat #hazil

🎓
"Talaba xalq maqollari" turkumidan

🟢Mashinang yo‘q bo‘lsa ham, “Tankang” bo‘lsin;
🟢Talabani urma-so‘kma “Tankasiz” qoldir;
🟢Yuz marta iltimosdan, bir marta tanka surgan yaxshi;
🟢Bir “Tanka”ga yetti mahalla ota-ona;
🟢“Tanka”siga qarab, talabasini ol;
🟢Tankalaring zo‘r bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur;
🟢Talabani talaba qiladigan ham,
Abituriyent qiladigan ham “Tanka”;
🟢Bo‘ladigan talaba "Tankasi"dan ma’lum.
🟢Tanka sessiya paytida sinaladi;
🟢Tanka achitib gapirar, Talaba kuldirib;
🟢Bir tankani qirq talaba bo‘lib yer;
🟢Talaba egiladi, bukiladi lekin sinmaydi;
🟢Bahosini qo‘yib, Tankasini so‘rama...

Komentariyada davom ettirish sizdan, talaba-do'stlaringizga yuboring.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Toshkent shahridagi ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi

Davlat bayrog‘i va konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ommaviy yugurish musobaqalari sabab quyidagi vaqtlarda ayrim ko‘chalar yopiladi.

🗣2023-yil 17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19-noyabr kuni soat 12:00 gacha:
🔵Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismi;

🗣2023-yil 19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:
🔵Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qaror loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:

🔵Toshkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya negizida Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutini tashkil etish;

🔵Xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish;

🔵universitetni 2025-yilgacha xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar Times Higher Education reytingining Good health and well-being yo‘nalishi bo‘yicha birinchi 200 talikdagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;

Universitetning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari universitet kengashining taqdimnomasiga ko‘ra sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🤖 SOVRIN JAMG'ARMASI 18 MILLION BO'LGAN "ROBOFEST 2023" MUSOBAQASI

Hurmatli O'zbekistonlik robototexnika ishqibozlari! Sizlarni 1-dekabr kuni go'zal Buxoro shahrida bo'lib o'tadigan Respublika robototexnika tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz. Bu noyob tadbir bo'lib, unda siz o'z mahoratingizni namoyish qilishingiz va uchta qiziqarli toifada raqobatlashishingiz mumkin:

🏁 Musobaqa toifalari:
🔵1) Estafeta
🔵2) MiniSumo 10x10
🔵3) Roborace

🏆 G'oliblarga pul mukofotlari (har bir toifa uchun):
🥇 1-o'rin – 3.000.000 so'm;
🥈 2-o'rin – 2.000.000 so'm;
🥉 3-o'rin – 1.000.000 so'm.

Ishtirok etish O‘zbekistonning barcha hududlari uchun ochiq. Ushbu musoboqada 9-yoshdan 20-yoshgacha bo‘lgan barcha qatnashishi mumkin.

➡️ Tanlovga roʻyxatdan oʻtish

➡️ Tanlov nizomini yuklab olish

📞Qoʻshimcha maʼlumot: +998934730331

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣20 daqiqada jonli efirni boshlaymiz!

➡️INSTAGRAM sahifaga ulanish

➡️TELEGRAM sahifaga ulanish

Telegramda ham jonli efir qilishga qaror qildik, faqat Instagramdagi efirni ulab qo'yamiz.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talabalarga ijara puli qanchadan to'lab berilishi kerak?

Ijarada yashaydigan talabalarning ijara xarajatlarining ma'lum summasi qoplab beriladi.

✔️Bu miqdor:

🔵Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;
🔵Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

Shu pulni qaytarib olayotganlar bormi? Ijaraning necha foizini qoplay olyapsiz?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Bosh vazir Abdulla Aripov: «Biz barcha a’zo davlatlarni muqaddas Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa tabarruk maskanlarning daxlsizligini ta’minlash uchun o‘z imkoniyatlarini safarbar etishga chaqiramiz»

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿 O'zbekiston o'smirlar U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining 2-turida Kanada ustidan yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi!

Keyingi o'yin guruh peshqadami Ispaniya U-17 jamoasiga qarshi 16-noyabr kuni 14:00 da bo'lib o'tadi.

🏆 U-17 Jahon Chempionati | 2-tur
🇺🇿 O'zbekiston U-17 3️⃣:0️⃣ Kanada U-17 🇨🇦
⚽️ Gollar: Chukvu 22' (AG), Saidov 24', 80'.

Hozircha vakillarimiz Mali jamoasi bilan bir xil 3 ochkodan jamg'arib, to'plar nisbatiga ko'ra 3-o'rinda turishibdi. Turnirda keyingi bosqichga guruhda 1-2-o'rinni egallagan jamoalar, hamda 6 ta guruhdagi eng yaxshi natijaga ega 4 ta 3-o'rin egalari ham chiqadi.

Jamoamizga 3-turda ham omad tilab, yaxshi natija kutib qolamiz!

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥

TABRIKLAYMIZ!
🎁 Barcha ishtirokchilarga yutuqli barabanni aylantirish uchun +1 imkoniyat sovg'a qilindi!

❗️Endi barabanda ketma-ket "Hech nima" yutolmadingiz deb chiqmaydi, endi sizni sovg'alar yutish imkoniyatingiz ancha oshdi.

🎁 Bizda sovg'alar 100% beriladi, ishonmasangiz @talabatanlov g'oliblar isbotlari joylab boriladigan guruhga kirib ko'ring.

Pastdagi tugmachalarni bosing va o'z omadingizni yana bir bor sinab ko'ring. Sovg'alar sizni kutmoqda!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#eslatma

⚡️Bugun kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlardan vakant joylarga o‘qish uchun ariza qabul qilishning oxirgi kuni

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar BUGUN, 13-noyabr kuni ham professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.

Batafsil: 👉/channel/eduuz/18037

Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Sun'iy intellekt (ChaTGPT) orzudagi O‘zbekistonni tasvirlab berdi.

Bunisiga nima deysiz?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Afsuski vakillarimiz Jahon chempionatini 3:0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlashdi.

Keyingi raqib Kanada bilan o‘yin 13-noyabr kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Respublikamizdagi 14 ta OTM Osiyoning eng kuchli TOP-1000 talik universitetlar qatoridan joy oldi!

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” sammiti doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024-yil uchun reyting natijalarini e’lon qildi.

☝️Unga ko‘ra, mamlakatimizning 6 ta hududidan 14 ta oliy ta’lim muassasasi TOP-1000 talikdagi Osiyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

Joriy yilda xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik sohalari bo‘yicha Osiyo oliygohlari reytingida 25 ta davlatdan 856 ta (148 ta ilk marta) oliygoh ishtirok etdi.

Qaysi oliygoh nechanchi o‘rindaligini yuqoridagi rasmda ko‘rishingiz mumkin! Shu oliygoh talabalari bormi?

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Китоб ўқишга вақтингиз йўқми?

YouTube да янги канал очилган. Китоблар мазмунини 10 дақиқада анимацион тарзда етказиб беради.
Аллақачон 9 та китоб видеоси чиққан ва ҳар хафта битта китоб чиқади.

Янги видео Ёшлар ишлари агентлиги ташаббуси билан чиқарилган "Уйғониш" тўпламининг биринчи китоби - "Мусо ал-Хоразмий" рисоласи мазмуни ҳақида. Келгусида "Уйғониш"нинг барча китобларини ва "Жадидлар" тўпламини чиқариш ҳам режа қилинган.

➡️Видео ҳаволаси: https://youtu.be/O2nyzDxzePQ?si=JXzvoEE5B7RG7Dav

➡️Канал ҳаволаси: 10Daqiqa" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@10Daqiqa

➡️Телеграм канал: http://t.me/ondaqiqa

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#tonggi_motivatsiya

☝️Eng yaxshi vaqt — bugun!

🔴“Biror narsani boshlashning eng yaxshi vaqti bugun. Bugunni o‘z hayotining eng yaxshi kuniga aylantirish uchun harakat qiling”.

🔴“Biror narsaga erishish uchun sabrli va ishonchli bo'ling. Agar sizning xohishingiz kuchli bo‘lsa, siz unga erishishingiz ham kuchli bo‘ladi”.

🔴“Muammolarni hal qilish uchun harakat qiling, ular sizni rivojlantirishga olib keladi”.

🔴“Biror narsaga erishish uchun o‘zingizga ishoning. O‘zingizga ishonmasangiz, hech qachon kutganingizga erisholmaysiz”.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 So'rovnoma: Oliy ta’limdagi mutaxassislar eski zamon uslubidan chiqa olishmayapti

❓Oliy ta’limdagi darslar sifati talabga javob beradimi?
❓Talabalar oliy ta’limdagi darslar sifatiga 5 balldan necha ball beradi?

Shu kabi savollar bilan Rost24.uz poytaxtda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

🤔 Siz bu savollarga qanday javob bergan bo'lardingiz?


✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Bugun ham Instagram sahifamizda jonli efirda soat 19:00 da, sovg'alar uchun ID raqam olgan ishtirokchilar ichidan eng omadli 12 nafarini random tizimi orqali tanlab olamiz va g'olib deb e'lon qilamiz.

📱Instagramdagi jonli efirni o'tkazib yubormaslik uchun pastdagi havolani bosib, obuna bo'lishni unutmang.

➡️INSTAGRAM sahifaga ulanish

Aytgancha, @talabatanlov kanaliga kirib yutganlar haqida ma'lumot va sovg'alar haqiqatda berilayotgani isbotlarini ko'rib borishingiz mumkin.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Qo‘shni Qozog‘istonda talabalar qancha stipendiya oladi?

🇰🇿Qozog‘istonda shu o‘quv yili uchun:

🔵oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun — 41.898 tenge (1 mln 108 ming so‘m);
🔵texnik va kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari uchun — 32.681 tenge (864 ming so‘m);
🔵magistratura talabalari uchun — 94.024 tenge (2 mln 486 ming so‘m) stipendiya belgilangan.

Qozog'istonda talabalar biz bilan solishtirganda ancha boy.

➡️O'zbekistonda stipendiya miqdori

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👨‍🏫 Bir kuni Albert Eynshteyn doskada masala yechdi:

9 x 1 = 09 9 x 6 = 54
9 x 2 = 18 9 x 7 = 63
9 x 3 = 27 9 x 8 = 72
9 x 4 = 36 9 x 9 = 81
9 x 5 = 45 9 x 10 = 91

Toʻsatdan zalda tartibsizlik paydo boʻldi, chunki Albert Eynshteyn bitta masalani notoʻgʻri yechgan edi, 9 x 10=91. Barcha oʻquvchilari uni masxara qilishdi.

🟥Eynshteyn hamma jim boʻlishini kutdi va shunday dedi: Toʻqqizta savolni toʻgʻri tahlil qilgan boʻlsam ham, hech kim meni tabriklamadi, lekin men bitta savolni notoʻgʻri yechganim uchun hamma ustimdan kuldi. Demak, agar inson juda muvaffaqiyatli boʻlsa ham, odamlar koʻziga uning eng kichik xatosi koʻrinadi va koʻpchilik bundan «zavqlanadi».

☝️Hayotda hech qachon xato qilmaydigan yagona odam – hech narsa qilmaydigan odamdir.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

🎓Bugun 19:00 da, jonli efirda “Talabalar tanlovi”ning 12ta sovg‘asi o‘ynaladi!

🔄Agar siz @talabatanlovbot orqali yutuqli barabanni aylantirib, qimmatbaho sovg‘alar uchun ID raqamlar olgan bo‘lsangiz, bugungi o‘yinda g‘olib bo‘lishingiz mumkin. Yutuqli barabanda sovg‘alar ID raqamlari berilmoqda, Sizda qaysi sovg‘a uchun ID bo‘lsa, o‘sha sovg‘a uchun o‘yinda qatnasha olasiz!

🎁 Bugungi jonli efirda 12 ta quyidagi sovg‘alar o‘ynaladi:

🎧 2 ta quloqchin, 2 ta airpods;
⌚️ 2 ta smartwatch, 2 ta powerbank;
📚 2 ta kitob va 2 ta 50 ming so‘m pul.

Agar bugungi o‘yinda sizning IDga yutuq chiqmasa, ertangi o‘yinda ham shu ID bilan qatnasha olasiz. Sizda qancha ko‘p ID bo‘lsa, yutish imkoniyatingiz ham shuncha yuqori bo‘ladi.

➡️INSTAGRAM sahifaga ulanish

Jonli efirga kirish uchun Instagram sahifamizga obuna bo‘ling. 19:00 da jonli efirda ko‘rishguncha...

➡️Yutuqli barabanni aylantirish

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👨‍🎓 Talaba, kursdoshlarga yuboramiz

Oltin davr juda ham tez oʻtib ketyapti toʻgʻrimi talabalar...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Ildiz kitoblari do‘konidan yutuqli o‘yin!

📚 Barcha kitobxon yurtdoshlarimiz uchun @ildizkitoblari yutuqli lototron o‘yinini e’lon qiladi. Ushbu o’yinda ishtirok etish uchun Siz Ildiz kitoblari do‘koniga tashrif buyurasiz va kamida 50 ming so‘m qiymatga ega bo‘lgan kitoblar yoki o‘zingiz istagan biror tovarni xarid qilasiz. Sizga taqdim etilgan xarid chekining orqa tomoniga ism-familiyangiz va telefon raqamingizni yozib qoldirasiz va chek qog‘ozini yaxshilab buklab, kassaning o‘ng tomonida joylashgan lototron ichiga solasiz.

🎁 Lototron uchun cheklar 18-noyabr kuni soat 14:00 ga qadar qabul qilinadi. Aynan shu kuni shu soatda Ildiz kitoblari do‘konida “Talabalar tanlovi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi va yangi kitob taqdimoti (qaysi kitob deb o‘ylaysiz?) bo‘lib o‘tadi. Ana shu marosim davomid lototron ichidan omadli 13 ta chek tanlab olinadi va chek egalari quyidagicha haydalarga ega bo‘lishadi:

🔴birinchi g‘olibga 100 ming so‘mlik vaucher;
🔴ikkinchi g‘olibga 200 ming so‘mlik vaucher;
🔴uchinchi g‘olibga 300 ming so‘mlik vaucher;
🔴qolgan 10 nafar g‘olibga kitob hadya qilinadi.

➡️ Do‘kon manzilini ko‘rish

Ildiz kitoblari do‘koniga tashrif buyuring va yutuqli o‘yinda ishtirok etib, omadingizni sinab ko‘ring.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetining kiraverishida shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:

➡️«Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas»

🔴Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi.
🔴Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi.
🔴Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi.
🔴Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi.
🔴Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi...
🔴Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi.

☝️«Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning kasodga uchrashidir!»

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

🔴a) o‘z xohishiga binoan;
🔴b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
🔴v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
🔴g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
🔴d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
🔴e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
🔴j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
🔴z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

‼️ Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#talabalar_uchun_maxsus

🔵Do'st kulfatda sinaladi, kursdoshlar sessiyada!

🔴Doktor: Mana bu dorilarni 5 mahal ovqatdan keyin ichasiz.
🔴Talaba: 5 mahal ovqatni qayerdan topaman?

🟢Har darsda doskani rasmga olib, lekin usha rasmlarni umuman ochib ko'rmaydigan zot bu talaba!

Kommentariyada davom ettirish sizdan...

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Assalomu alaykum! Hurmatli talabalar!

☝️Sizlarga bir kanalni tavsiya qilmoqchiman, ushbu kanalda ijtimoiy-siyosiy sohadagi viktorinalar, hikmatli so‘zlar, qiziqarli video va foydali audiomateriallar berib boriladi.

Shu kanalga obuna bo‘lib, turli yo‘nalishlardagi bilimlaringizni sinab turishingiz mumkin.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🏆Indoneziyada futbol bo'yicha U-17 o'smirlar o'rtasida Jahon chempionati start oldi!

🔴Ushbu turnida 24 jamoa 6 guruhga bo'lingan holda o'zaro 3 o'yin o'tkazadi. Guruhdan 1-2 o'rinlar to'g'ridan-to'g'ri pley-offga yo'l olsa, 6 guruhdan 4 ta eng yaxshi 3-o'rin egalari ham guruhdan chiqadi.

🇺🇿 O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ushbu turnirda B guruhida Ispaniya, Kanada va Mali terma jamoalari bilan birgalikda o'rin egallagan. Ayni damda jamoamiz Mali U-17 jamoasi bilan bahs olib bormoqda!

🏆 U-17 Jahon Chempionati | 1-tur
🇲🇱 Mali U-17 0:0 O'zbekiston U-17 🇺🇿

Ushbu o'yin TV orqali translyatsiya qilinmaydi. Shu sababli o'yinni kanalimiz orqali jonli efirga tomosha qilishingiz mumkin.

➡️ Jonli efirga ulanish

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ Keyingi oʻquv yilidan avval test topshirib, keyin yo'nalish tanlanadi

📋 Yangi qarorga ko'ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

🔴1) OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

🔴2) Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

☝️Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#milliy_reyting

📊 Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
◀️TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
◀️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
◀️Namangan muhandislik-texnologiya instituti
◀️Buxoro davlat tibbiyot instituti
◀️ Farg‘ona politexnika instituti
◀️ Namangan muhandislik-qurilish instituti
◀️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
◀️Toshkent tibbiyot akademiyasi
◀️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
◀️ Toshkent moliya instituti

Eng quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
♦️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
♦️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
♦️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
♦️ Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
♦️Andijon davlat chet tillari instituti*

*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Buxoroda talaba qiz “musorovoz” g‘ildiraklari ostida vafot etdi

☝️Buxoro viloyati Buxoro shahrida chiqindi tashuvchi yuk mashinasi talaba qizni bosib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Shuhrat Jalolov qalampir.uzga xabar berdi.

Uning ma’lum qilishicha, bugun, 7-noyabr kuni soat taxminan 08:30 larda Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida Buxoro davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi bo‘lgan qiz chiqindini tashlash uchun kelgan vaqtida “Maxsusavtoxo‘jalik” MCHJning 42 yoshli haydovchisi uni payqamasdan bosib ketgan.

“Musorovoz” yuk qutisini bo‘shatib, ikkinchisi tomonga harakatlanayotgan vaqtida mashinaning old tomonidan o‘tib ketayotgan qizni bosib qolgan. Qiz past bo‘yli bo‘lgani uchun yuk mashina kabinasiga juda yaqin kelgan vaziyatda haydovchi uni ilg‘amay qolgan va mashinani ustiga haydab yuborgan. Qiz voqea joyida vafot etgan”, deydi Shuhrat Jalolov.

Axborot xizmati boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…
Subscribe to a channel