Nurmetov Tursunbek Kenjayevichning telegram kanali ⚖️ kanalni kuzating va huquqiy savodxonligingizni oshirib boring 💺 Reklama uchun: @T_N_Reklamabot 📝 Savol yo‘llash: @Nurmetovbot
"BILIMDON O‘QUVCHILAR" TANLOVINING XIVA SHAHRIDAGI G‘OLIBI MUNOSIB TAQDIRLANDI
Viloyatimizda umumiy o‘rta ta’lim maktabining 15 yoshli o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Bilimdon o‘quvchilar” tanlovi g‘olibi Xiva shahridagi 56-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchisi Mashhura Ismoilova ham Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining faxriy yorlig‘i hamda noutbuk bilan taqdirlandi.
Taqdirlash ishlari davom qiladi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Al_Xorazmiy
#tabiiy_fanlar
#1_kun
🔥👍👍👍
Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi BOSHLANDI
⚡️Olimpiada ishtirokchilari ayni paytda yozma ish topshiriqlarini bajarmoqda.
🔴 Jonli kuzatuv
💫 OLIMPIADANING BARCHA ISHTIROKCHILARIGA OMAD YOR BOʻLSIN!
🗣Ma’lumot uchun olimpiadaning 2-turi ertaga, 29-mart kuni bo’lib o’tadi.
⚡️ Olimpiada haqida batafsil rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
#Survey
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini o'rganish maqsadida anonim so'rovnoma tashkil etildi.
✔️Bundan ko'zlangan maqsad tizim tashkilotlar va muassasalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish va korrupsiyaning olini olish bo'yicha yanada samarali chora-tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.
❗️ Faol bo'ling! Sizning javobingiz biz uchun muhim!
👉https://forms.gle/F7CszgiAD5SzxGkB7
Bizni kuzating:
Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi maxsus maktab-internatlar o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan asosiy olimpiadaning respublika bosqichida Xiva shahar "Nurli maskan" maktabining 11-sinf o'quvchisi To'raxonov Tolibjon ona tili va adabiyot fanidan qatnashib faxrli 🥈-o'rinni egalladi.
O'quvchimizning kelgusi o'qish va ishlariga omad tilaymiz.
@T_Nurmetov
💖💖💖
Xorazm viloyati Hazorasp tuman ixtisoslahtirilgan maktabning 11-sinf Rajabov Dilshodbek joriy yilning 25-26 mart kunlari o'tkazilgan Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida Fizika fanidan qatnashib faxrli 🥈-o'rinni qo'lga kiritdi.
O'quvchimizning kelgusi o'qishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
@T_Nurmetov
#Ayni_paytda
❇️Xorazmda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” tanloviga start berildi
🔹Bugun, 26-mart kuni viloyatimizning barcha hududlarida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" tanlovining birinchi — tuman (shahar) bosqichiga start berildi.
Yangibozor tumani, Hazorasp tumani, Tuproqqal'a tumani pedagoglari uchun diagnostika testida ishtirok etish bo‘yicha soatli grafik e’lon qilindi!
Xiva shahar, Xiva tumani, Urganch tumani, Gurlan tumani pedagoglari uchun diagnostika testida ishtirok etish bo‘yicha soatli grafik e’lon qilindi!
Urganch shahar, Qo'shko'pir tumani, Yangiariq tumani pedagoglari uchun diagnostika testida ishtirok etish bo‘yicha soatli grafik e’lon qilindi!
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari endilikda Instagram profilimni ham ozroq rivojlantirishga qaror qildim. Agarda kimga qiziq bo‘lsa ulanib olishlaringiz mumkin bo‘ladi.
📷Instagramga ulanish 👈👈
✈️@T_Nurmetov
“INFOTEACH - 2025” FORUMI
20.03.2025 ✅
#sohaga_doir_hujjatlar
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra:
2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi;
➖ I va II guruhga kiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
👉 Farmonning toʻliq matni bilan tanishing
Bizni kuzating
🔥 Xorazmlik 10-sinf o‘quvchisidan REKORD NATIJA!
Kuni kecha TARIX fanidan fevral oyida o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonining natijalari e’lon qilindi va bu safar Xorazm yurtidan chinakam rekord yangradi!
🏆 Urganch shahridagi 21-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Sevinchoy Shonazarova 87,22 ball bilan A+ sertifikatini qo‘lga kiritib, nafaqat maktabining, balki butun viloyatning faxriga aylandi!
Bu natija – mehnat, iroda va fidoyilikning yorqin namunasi! Sevinchoyning ushbu yutug‘i minglab o‘quvchilar uchun ishonch, ustozlar uchun esa ilhom manbayi bo‘lishi shubhasiz.
Biz Sevinchoyni, uning ustozlari, ota-onasi va 21-maktab jamoasini ushbu g‘alaba bilan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi nomidan samimiy tabriklaymiz!
✨ Albatta, bu yutuq ortida fidoyi repetitor – Jalol Boltayevning alohida o‘rni bor. U tarix fanidan o‘zining yuksak pedagogik mahorati, testologiya bo‘yicha chuqur bilimlari bilan RESPUBLIKA miqyosida eng kuchli repetitorlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
📈 Har imtihonda qayd etilayotgan respublikadagi eng yuqori natijalar uning kasbiy salohiyati va tajribasining yaqqol isbotidir. Ayni paytda Jalol Boltayev “Data” xalqaro maktabida faoliyat olib boradi, shuningdek, “Apro” baholash loyihasining ijtimoiy fanlar koordinatori va testologi hisoblanadi.
🔹 Xorazmda shunday malakali va ilmga asoslangan yondashuvga ega mutaxassislar faoliyat yuritayotgani – bu biz uchun katta quvonch va iftixordir.
Hurmat bilan
Tursunbek Nurmetov
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
@T_Nurmetov
Мактаб ва боғча директорининг иш ҳақи оширилади
Президент Шавкат Мирзиёев томонидан мактабгача ва мактаб таълими соҳасида бошқарув тизими самарадорлигини оширишга қаратилган фармон имзоланди. Ҳужжат билан мактаб директори ва унинг ўринбосарлари ҳамда болалар боғчалари директорларининг иш ҳақи миқдорларини ошириш белгиланмоқда. фармонга кўра жорий йилнинг 1 сентябридан Ўзбекистонда мактаб директорлари, директор ўринбосарлари ҳамда мактабгача таълим ташкилотлари директорларининг иш ҳақи оширилади.
Хусусан, мактаб директори лавозимининг базавий тариф ставкаси 20% га, уларнинг ўринбосарлариники эса 15% га оширилади. Боғча директорлари лавозимларининг базавий тариф ставкалари III ва IV гуруҳдаги мактаб директори ўринбосари лавозимининг базавий тариф ставкаларига тенглаштирилади.
@T_Nurmetov
#Диққат_эълон
📣 “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025”: tanlovning yangi mavsumi boshlanish arafasida!
✅ Har yili an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" tanlovining birinchi — tuman (shahar) bosqichi shu yilning 24-31-MART kunlari bo‘lib o‘tadi.
Jarayonlar 3 bosqichda, 3 ta shart asosida bo‘lib o‘tadi.
Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan direktor oʻrinbosari va tarbiyachilarning ish tajribasi mamlakatimiz boʻylab keng miqyosda ommalashtiriladi.
❗️Darvoqe:
Tanlovda sovrinli oʻrinlarni egallagan hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishtirokchilar OTMning “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun maxsus tavsiyanoma bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
Давлат идоралари битта бинога кўчириладиган ҳудудлар эълон қилинди (рўйхат)
Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/116629
Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Президент Шавкат Мирзиёев иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштиришга оид тақдимот билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией, посвященной совершенствованию системы поддержки талантливой молодежи.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #iqtidorliyoshlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Maqsadbek o'z maqsadlariga erishishda davom etmoqda!
Joriy yilning 26-27-mart kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida o'tkazilgan asosiy fan olimpiadasining IV Respublika bosqichida Matematika fanidan Xorazm viloyati sharafini himoya qilayotgan Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o'quvchisi EGAMBERDIYEV MAQSADBEK BAXTIYOR O'G'LI faxrli
🥉-o'rinni qo'lga kiritdi.
Ushbu yutuq bilan uning ustozi Kamalov Ne'matjonni, ota-onasi va maktab jamoasini tabriklaymiz. Maqsadbekning kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
IIV huzuridagi Xorazm akademik litseyi o'quvchisi Saidov Ulug'bek joriy yilning 25-26 mart kunlari o'tkazilgan Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida Geografiya fanidan qatnashib faxrli 🥈-o'rinni qo'lga kiritdi.
O'quvchimizning kelgusi o'qishlari va ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
@T_Nurmetov
💖💖💖
Xorazm viloyati Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o'quvchisi Axmedov Jo'shqinbek joriy yilning 25-26-mart kunlari o'tkazilgan Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida Kimyo fanidan qatnashib faol ishtiroki uchun MAAB akademiyasining 35 mln so'mlik vaucherini qo'lga kiritdi.
O'quvchimizning kelgusi o'qishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz.
@T_Nurmetov
Xonqa tumani, Bog'ot tumani, Shovot tumani pedagoglari uchun diagnostika testida ishtirok etish bo‘yicha soatli grafik e’lon qilindi!
💙💙💙
"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025" kasbiy ko'rik tanlovining 1-tuman bosqichiga start berilmoqda!
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 17-martdagi 86-sonli buyrug'i bilan ""Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025" kasbiy ko'rik tanlovi" birinchi — tuman (shahar) bosqichi 24-31 mart kunlari bo'lib o'tadi.
Unda eng yaxshi natija qayd etgan maktabgacha ta'lim muassasasi direktor o'rinbosarlari va tarbiyachilari viloyat bosqichida hudud birinchiligi uchun bellashishadi.
#KO'RSATUV
"KELAJAK BUNYODKORLARI" KO'RSATUVI XONQA TUMANIDAGI 17-SONLI DMTTDAN TAYYORLANDI.
‼️TTV TELEKANALI ‼️
📱Telegram |📱 Instagram | 📱YouTube
Xorazmda 500 nafar informatika fani oʻqituvchilari uchun raqamli hamda sun’iy intellekt texnologiyalari bo'yicha ekspertlar tomonidan amaliy treyningi o'tkazildi!
🏷Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “InfoTeach — 2025” forumi tashkil etildi.
✅Forum doirasida informatika fani o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt, grafik dizayn, frilanserlik, xalqaro Informatka olimpiadalariga tayyorgarlik hamda zamonaviy texnologiyalar bo'yicha seminar va treninglar tashkil etildi.
🔗Shuningdek, uzbekcoders.uz platformasida yaratilgan imkoniyatlar hamda xalqaro IT sertifikatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
⛵️ KEMA REPETISION TESTI
2️⃣3️⃣➖ MART (yakshanba kuni) Prezident maktablari 2-bosqich real imtihon testi EBRU SCHOOL XUSUSIY MAKTABIda o‘tkazildi❗️
💣 Bomba yangilik❗️
Respublika bo'yicha 1-2-3-o'rin olganlar iyun oyida bo'lib o'tadigan 250 million so'mlik KEMA Yutuqli Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi🎁
⛵️ KEMA Olimpiadasi keyingi bosqichlarida ishtirok qilishni xohlasangiz 🏢 EBRU SCHOOL xususiy maktabiga murojaat qiling.
📞 Tel: +998941162530 / +998954441474
📱 Telegram: @orifjon_87
🏛 Manzil: Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani, Navbahor MFY, Mustqillik ko'cha 5-uy Eski Kollej binosi
📍 Moʻljal: Uz Telekom va IT markaz ro'parasi
⭐️🌟⭐️🌟⭐️🌟⭐️🌟⭐️
✨✨✨✨
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida.
Bizni kuzating
TERMA JAMOA A’ZOLARI MASHGʻULOTLAR DOIRASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRI BILAN UCHRASHDI
✅Bugun, informatika fani boʻyicha Terma jamoaga nomzod oʻquvchilar uchun Raqamli texnologiyalar vazirligida uchrashuv tashkil etildi.
✔️Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Fan olimpiadalari markazi direktori Toʻraboy Shermatov, Terma jamoa a'zolari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.
✅Raqamli texnologiyalar vaziri informatika bo‘yicha terma jamoa a’zolarining intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ularning xalqaro musobaqalarga tayyorgarligini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
⭐Shu munosabat bilan, vazirlik tomonidan yosh dasturchilar uchun qo‘shimcha treninglar, mahorat darslari va innovatsion loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratilishi qayd etildi.
❗️ Uchrashuv davomida O‘zbekiston 2026-yilda ilk bor nufuzli IOI – Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qilishi ta’kidlandi.
✅Mazkur olimpiadaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xorijdan tajribali murabbiylar jalb etilib, o‘quvchilarni olimpiadaga tayyorlash jarayonlari yanada kuchaytirilishi belgilandi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Hamdam Raximov ijrosida Ollohima na darman
📹Youtube
@T_Nurmetov
👍👍👍👍👍👍👍
XALQARO KAVKAZ MATEMATIKA OLIMPIADASIDA 7 ta MEDAL!
🌍 14-19-mart kunlari Adigeya Respublikasi, Maykop shahrida Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
👥Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 7 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥇4 ta oltin, 🥈 1 ta kumush, 🥉 2 ta bronza — jami 7 ta medal!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥇 Behruz Elmurodov - Mirishkor 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi — oltin medal,
🥇 Ozodbek Axtamov - Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi — oltin medal,
🥇 Elbek Zohidjonov - Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Asadbek Boboqulov - “Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisi — oltin medal,
🥈Umarbek Ubaydullayev - Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf o‘quvchisi — kumush medal,
🥉Dildora Mahkamova - Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
🥉Alisher Umurzaqov - "Lider" nodavlat ta'lim muassasasi 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
❗️ Eslatma: O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yilgi Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida jami 4 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Ilm — taraqqiyot poydevori va yuksalish garovidir. Har bir muvaffaqiyat esa porloq kelajak sari tashlangan ishonchli qadamdir.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#yangilik #ulashamiz #maoshlar_oshishi
Prezident farmoni imzolandi va undagi eng muhim oʻzgarishlar (foto)
Bugun hamkasblarimiz uchun yana bir muhim xushxabarni yetkazmoqchiman. Hurmatli Prezidentimiz Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha yangi Farmon imzoladi.
Keyingi yillarda oʻqituvchilarimiz, bogʻchadagi pedagoglarimiz oylik maoshlarini oshirish, ustamalar sonini koʻpaytirish boʻyicha qator islohotlar qilindi va bu jarayon davom etyapti. Endilikda maktab direktorlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bogʻchalarimiz rahbarlari maoshlarini oshirishga navbat yetdi.
Farmondagi eng muhim yangiliklarni sanab oʻtsam:
– Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda.
2025-yil 1-sentabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻchalarimiz direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bogʻcha direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshirilishiga erishiladi.
– 2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
– Tuman boʻlimlarida qoʻshimcha shtatlar ajratilyapti va bu oʻquvchilar bilimini baholashni monitoring qilish, oʻquvchilarga xorijiy til va kasbga oʻrgatish vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli lavozimlarni joriy etish imkoniyati yaratadi.
– Hududiy boʻlinmalari xodimlaringning koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish joriy etilmoqda (Vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi).
– Maktab xodimlari mukofot puli miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha (amalda 50 foizgacha) miqdorida etib belgilanmoqda.
– Yana bir muhim oʻzgarish – avvallari maktablarimizning boʻsh turgan binolari ijarasidan tushgan mablagʻlarning 40 foizigina oʻsha maktabda qolardi. Endilikda ushbu mablagʻlarning 75 foizi oʻsha maktab rivojiga sarflanadi.
Umid qilamanki, tizimdagi yuz minglab xodimlar hayoti, ragʻbatlanishiga doir mazkur Farmon xodimlarimiz moddiy imkoniyatlarini yanada yaxshilab, ularga motivatsiya beradi, ish unumdorligini oshiradi. Pedagoglar, maktabgacha va maktab tizimi moddiy tomonlama ham jozibador sohaga aylanishi lozim, davlatimiz rahbari qoʻllovlari bilan bu masala bosqichma-bosqich hal etilmoqda.
Farmon bilan bogʻliq boshqa oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot va sharhlar vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali beriladi.
@hilola_umarova