soliqnews | Unsorted

Telegram-канал soliqnews - Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

77913

www.soliq.uz Facebook: https://www.fb.com/Soliqpressa/ Instagram: https://www.instagram.com/soliqpressa/ Savollar: https://t.me/+S_GGvOiD5x91U7HD 📞1198 📞71 202 32 82 © Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmatiga bog'lanish uchun:http://t.me/DSQ_Pressa

Subscribe to a channel

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#ochiq_muloqot

DSQ Raisi tadbirkorlar bilan haftalik uchrashuvlarini Navoiydan boshladi

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
Sherzod Kudbiyev joriy yilning 13-oktabr kuni tadbirkorlik subyektlari faoliyati va ularga ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifati bilan yaqindan tanishish maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

Sherzod Kudbiyev tashrif davomida “MARMAR OBOD”, “GAZGAN STONE INVEST” va "PRIMER TEXTIL" korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Kunning ikkinchi yarmida DSQ Raisi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda 350 ga yaqin tadbirkorlik subyekti vakillari qatnashdi.

Noodatiy formatda tashkil etilgan tadbir hech qanday ma’ruzalarsiz to‘g‘idan-to‘g‘ri muloqot tarzida bo‘ldi. Uchrashuvda bir qator tadbirkorlik subyektlarining masalalari hal etildi.

Xususan, Navbahor tumanidagi “Fayz Parranda Navbahor” korxonasi rahbari tekshiruv natijasida qo‘llanilgan moliyaviy jarimani 6 oyga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga amaliy yordam so‘radi. Ushbu masala shu kunning o‘zidayoq ijobiy yechim topdi.

Uchrashuvda tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Sh.Kudbiyev tadbirkorlik subyektlari va ularga ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifati bilan tanishish, faoliyati davomida duch kelayotgan masalalarni hal etishga ko‘maklashsish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bugun Sh.Kudbiyev hududiy DSB xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel