⛳️ Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 42-uy. Moʻljal: Chorsu, sobiq GUM ro'parasida. 🚗 O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati mavjud! ☎️ +998998454400 | +998712037004 @qamar_delivery 🕗 Har kuni: 08:00-20:00
🫣 Ulardan oldin bu kitobga ega chiqishimiz lozim, aks holda sayyorani boy bergandek kitoblarni ham boy beramiz!
Ular yaqin qoldi…
Oʻrgatishni ham bilish kerak-daa!
📑 Farzandingiz boshlangʻich diniy ta’lim olishini, til oʻrganishini istaysizu, biroq saboq paytida kichkintoyingizning oʻyinqaroqligi tutib qolyaptimi? Tabiiy, bolalar oʻyinlarni yaxshi koʻradilar.
"Green maktaba" oʻquv qurollari orqali bolangizni ham oʻqitasiz, ham oʻynatasiz.
✅ Rivojlanayotgan zamon ota-onalardan ham rivojlanishni talab qiladi. "Qamar"ga oʻzlarini olib kelsangiz, tanlab olishaveradi 🙃
• Green study Karta aylana – 126.000 soʻm;
• Green study aylana kichik – 28.000 soʻm;
• Raskraska joynamoz – 12.000 soʻm;
• Green study Telefon – 14.000 soʻm;
• Raskraska – 35.000 soʻm.
Daqiqa qadrini oʻrgatadigan kitob
✍️ Qayergadir yoʻl olamiz, kimnidir kutamiz, yoʻlda, oldi-qochdi suhbatlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda nechalab oʻn daqiqalarni isrof qilamiz.
"10 daqiqalik amallar" kitobi Qur’oni karimni vaqtlarga boʻlib yodlash, fazilatli vaqtlardan unumli foydalanish, 10 daqiqada ayta oladigan zikrlarimiz va ularning karrasiga oshgan ajr-u savobini tushuntirib beradi.
⏰️ Vaqtingizning barakotli boʻlishi, daqiqalarni ham muhofaza qilishni oʻrgatadigan ushbu kitob uchun oʻn daqiqadan ajratsangiz ham sanoqli kunda tugatib qoʻyasiz.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 112 bet;
• Narxi – 30.000 soʻm.
🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!
• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400
📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
⚡️ Hurmatli mijozlarimiz diqqatiga!
Chorshanba, 25-dekabr kuni “Qamar” do‘konlari soat 8:00 dan – 17:00 gacha ishlaydi.
✔️ Qolgan kunlari esa do‘konlarimiz odatdagidek tartibda, 8:00 dan — 20:00 gacha faoliyat yuritadi.
Do‘konlarimizda sizni kutib qolamiz ☺️
Juda olis, juda xira, ammo bor!
🤍 Qorongʻilikdan hamma bolalar qoʻrqadi. Lekin bu qahramon qizaloq butkul qorongʻilikda qolishini his qilib yashaydi.
Minglab insonlardan birida uchraydigan koʻz kasalligiga chalingan Mafaldaning qaygʻuli qalb kechinmalari oʻzining begʻubor tilidan bayon qilinadi.
🍂 Koʻzidagi qora dogʻ bora-bora kattarib, butunlay koʻrmay qolishini bilgan holda barcha narsani hidi orqali his qilishni oʻrganadi.
"Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa" – jahon adabiyotidan yangilik. Toʻqqiz, olti, uch qarich... Mafaldaning sevimli daraxtini koʻrish masofasi tobora qisqarib borayotgan edi.
🖌️ Moʻjiza yuz berarmikin? Kattalar va oʻn yoshdan oshgan bolalarga oʻqish tavsiya etiladi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 206 bet;
• Narxi – 34.000 soʻm.
Maktublardan iborat asar…🎉
✉️ Ushbu kitob uzoq umrning xulosalaridan iborat. Ona va qiz, buvi va nabiraning hayoti, kechirilmas xatolar va ularning avlodlar hayotidagi ta’siri hikoya qilingan.
Italiyalik yozuvchi Syuzanna Tamaroning "Yuraging chorlagan yerga bor" asarida Olga ismli keksa ayolning nabirasiga yozgan xatlari jamlangan.
📖 Gʻazabnok va hayoti notinch yosh ayolga berilgan daldalar, hayot xulosasidan iborat 12 maktub, olis Italiya hayoti sizga qiziqmi? Tez kunda… "Qamar"da kuting!
@qamarbooks
Bizni UZUM platformasidan Qamar-Books deb qidiring 🔍
Barchaga tezkor va qulay xaridlar tilab qolamiz! 🤗
@qamarbooks
Haftaning top 10 kitobi ✨
📒 Oʻtgan hafta davomida eng koʻp soʻralgan va eng koʻp sotilgan kitoblar.
1️⃣ "Yashamoq" – 49.000 soʻm;
2️⃣ "Ishq toʻplami" – 165.000 soʻm;
• Qof (Q). Muhabbat ishonchdan tugʻiladi – 59.000 soʻm;
• Shin (Sh). Oshiqlik ilmi – 59.000 soʻm;
• Ayn (I). Sharqona muhabbat imzosi – 59.000 soʻm.
3️⃣ "Jinoyat va jazo" (qattiq muqova) – 35.000 soʻm;
4️⃣ "Afv et, Allohim" – 49.000 soʻm;
5️⃣ "Kechir, Allohim" – 28.000 soʻm;
6️⃣ "Qalb iffati" – 39.000 soʻm;
7️⃣ "Dard etma, Alloh yetar" – 39.000 soʻm;
8️⃣ "Men Robiya" – 39.000 soʻm;
9️⃣ "Bu ham oʻtar, yo Hu" – 49.000 soʻm;
1️⃣0️⃣ "Iymon" – 53.000 soʻm.
Safo va Marva orasi…
⏳ Tark etilganidan keyin ham davom etsagina muhabbat haqiqiy boʻlar ekan. Ushbu hikoya hamma tark etganidan keyin boshlanadi.
Bu asar qoʻlidagi farzandi bilan yolgʻiz yoʻlga otlangan, Allohga chin taslimiyat bilan bogʻlangan, evaziga moʻjiza bilan siylangan Hojar hikoyasidir.
📚 Anbiyolar otasi boʻlmish Ibrohim alayhissalomga jufti halol, u zotning pok zurriyotlari Ismoil alayhissalomga onalik bilan sharaflangan ayol haqidagi roman – "Zamzamning onasi – Hojar".
Asrlardan bugunga olamlar Robbisidan darak berib turuvchi muazzam moʻjiza, hayotbaxsh suvning yaralishi haqida oʻqiymiz.
🍂 Ayriliq va musibatlarga rozilik, Yaratganga boʻlgan taslimiyat hayotda taslim boʻlmaslik bilan bogʻliq ekanini mazkur koʻngil hikoyasi orqali chuqurroq anglaymiz.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 303 bet;
• Narxi – 49.000 soʻm.
#parcha
Katta Shahzoda ming yillarki yomg‘ir ostida ivib yurmagandi. Osmonga qarab, qo‘llarini duoga ochgandek ochdi. “Qaniydi, ko‘zlarim ozgina bo‘lsa ham sizga o‘xshaganida”, dedi u o‘ziga gapirgandek.
📚 “Katta Shahzoda” kitobidan
@qamarbooks
Bir umrlik yoʻldosh boʻling
❤️ Juftliklar bir juft poyabzal kabidir. Zero, "zavj" va "zavja" soʻzlari arabchada poyabzalning poylarini bildiradi. Poyabzalning bir poyini yechib qoʻysak, oqsoqlanib yurishimizga toʻgʻri keladi.
Oʻng oyoqqa poyabzalning chapini, chap oyoqqa oʻng poyini kiysak, yura olmaymiz. Turmush ham, turmush oʻrtoq boʻlish ham shunday narsa. Yoʻlga yaxshi niyatlar bilan chiqilgan boʻlsa-yu, er-xotinning oʻrni almashib qolsa, bunday qadam bosish mashaqqatdan boshqa narsa olib kelmaydi.
📚 Oʻnur Boʻzdogʻning "Bir umr yoʻldoshim boʻl" kitobi toʻgʻri juft tanlash, munosib umr yoʻldosh boʻlish, oilani saqlab qolish hamda qaynona-kelin masalalarida joʻyali maslahatlar beradi.
Saodat asri xonadonlarida ham uchragan tushunmovchiliklar va ularga habibimizning munosib yechimlari, ayollariga odob bilan muomala qilishlari, koʻrsatgan ehtiromlari oilaviy munosabatlarimizdagi nozik jihatlarda bizga oʻrnak boʻladi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 175 bet;
• Narxi – 34.000 soʻm.
30 daqiqa qoldi ⏳
Bepul onlayn taqdimot soat 20:00 da boshlanadi. Taqdimotda qatnashganlar “Pingvinbooks” tomonidan taqdimot yakunida maxsus sovgʻalar bor!
Ishtirok etish uchun havola orqali oʻtib kanalga obuna boʻling 👇
/channel/+wX8-6zGmz7oxZmEy
Yaqinlarini ham taqdimotga taklif qiling ☺️
✅ Bugungi taqdimotimizda yaqinlaringiz ham ishtirok etishini istasangiz, pastdagi havola orqali tanishlaringizni kanalimizga taklif qiling!
Taqdimot koʻplab ota-onalarga manfaatli boʻlishiga ishonamiz 😌
/channel/+wX8-6zGmz7oxZmEy
Biz o‘zimizni tabiat tojidagi eng ongli mavjudot deb o‘ylaymiz, ammo boshqa bir aql-idrok egasi paydo bo‘lsa, insonning qudrati faqat bir xayol ekanligi ayon bo‘ladi.
Ota-onalar uchun maxsus 🌞
🗓️ Ertaga, soat 20:00da «Pingvinbooks» kanalida "Bolalarni qanday kitoblar bilan tarbiyalash kerak?" mavzusida bepul onlayn taqdimot bo'lib o'tmoqda.
Taqdimotda mutaxassis tomonidan quyidagi savollarga javob beriladi:
➡️ Bolalarni qanday kitoblar bilan qiziqtirish mumkin?
➡️ Bolalar uchun kitob tanlayotganda nimalarga ahamiyat berish kerak?
➡️ Bolalarga kitob o'qitish uchun nimalar qilish kerak?
✅ Farzandining kelajagiga bee’tibor boʻlmaganlar, taqdimotni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalga obuna boʻling!
👉 obuna boʻlish
➡️ 5 soat deganda uxlamay oʻqib tugatdim. Shunchalik maza qildimki, 10 ta kino koʻrgandek boʻldim.
Eng qizigʻi, oxirida birov boshimga gurzi bilan bir urgandek boʻldi. Nega bunaqa deyayotganimni kitobni oʻqiganda tushunib olasiz.
💪 Asarning bestseller boʻlishi bekorga emas ekan. Shunchaki, qoyilman. Yozuvchi mahoratiga tan berdim. Endi kinosini koʻrib, kitob bilan solishtirmoqchiman. Oʻqiganimdagi emotsiyalar boʻlarmikin, ko’ramiz.
❗️Hammaga tavsiya qilaman. Menimcha, siz ham hali oʻzbek tilida bunaqa fantastika oʻqimagansiz!
P.S. Faqat kechasi o’qishni tavsiya qilmayman 🫣
©️”Qamar” xodimasi — Sitora Oʻktamova
➡️ Ular kelmoqda. Tez kunda..!
🤩 Kutilgan kitob qayta sotuvda!
📗 Barchaning sevimli asariga aylangan “Pul psixologiyasi” asari yana sotuvga chiqdi.
Muqovasi — yumshoq;
Narxi — 62.000 so‘m
Ular kelyapti…Nimalar boʻlyapti?
🙊 "Qamar" kitobxonlarini yangiliklar bilan quvontirishni yaxshi koʻradi. Yangilik yaxshi, noodatiy va kutilmagani boʻlsa, undan ham yaxshi…
Fransuz yozuvchisi Pyer Bul (Pierre Boulle) tomonidan 1963-yilda yozilgan, mashhur ilmiy-fantastik romanni qarshi oling. Insoniyat kelajagi, sivilizatsiyasi va evolyutsiya mavzulari oʻtkir tanqidiy nuqtayi nazardan yoritilgan "Maymunlar sayyorasi"ni sizga taqdim etish niyatidamiz!
🙈 Sevimli mevalarini qarmoqqa qoʻyib qoʻydik. Rastada paydo boʻlishi bilan xabar qilamiz! 👀
@qamarbooks
🤩 Kutilgan kitob qayta sotuvda!
📗 Barchaning sevimli asariga aylangan Fotih Duman qalamiga mansub “Men” asari yana sotuvga chiqdi.
Muqovasi — qattiq;
Narxi — 59.000 so‘m
#parcha
Hayot — ilm, ilm — daryo, osonmas unda suzmoq,
Kerakdir unga bilimdan kema qurmoq
O‘yladim o‘tmish tajribam yelkan qilib,
Xotiram yordami-la uzun yo‘l surmoq.
Alixonto‘ra Sog‘uniy
📚 “Turkiston qayg‘usi” kitobidan
Uzum platformasiga yana qaysi kitoblarimizni joylashimizni istaysiz? 📚
P.s: Ushbu platforma orqali qilingan xaridlaringiz Respublika bo'ylab Uzum punktlargacha bepul yetkaziladi va bo'lib to'lash imkoniyatlari ham bor 😉
Aql uchun kitob kerak
Qorongʻuda chiroq kerak
📖 Oʻqish uchun kerakli yorugʻlik bilan taʼminlaydigan, mutolaadan tin olib qaraganingizda kayfiyatingizni koʻtaradigan kitob chiroqlari siz uchun.
Qaysi birini olgingiz keldi? 🤗
• Mini quyoncha – 28.000 soʻm;
• Mitti mini – 20.000 soʻm;
• Hero mini – 30.000 soʻm;
• Led gul – 34.000 soʻm;
• Robot mini – 30.000 soʻm;
• Pushing led – 34.000 soʻm;
• Decorative night led – 28.000 soʻm;
• Oʻrdak oyoq – 50.000 soʻm.
Insoniyat magʻlubmi?!
— “Men tushundimki, aql nafaqat ne’mat, balki zulm va vayron qilish uchun ishlatilganida la’nat hamdir.”
Bolalar uchun zamonaviy kitoblar
🤔 Farzandingiz kitoblarga qiziqmaydi? Balki olib bergan kitoblaringiz bugungi zamon bolasi uchun qiziqarli emasdir?
"Pingvin books" nashriyoti tomonidan chop etilayotgan kitoblar nafaqat muqova va dizayni, balki ertak va hikoyalarning zamonaviylashtirilganligi bilan bolalarni jalb qila oladi.
Ushbu nashriyotdan uch yangilikni ulashamiz. Ishonmasangiz, bolangiz qoʻliga tutib koʻring! 📚
🔴 "Haker buvi" – mega gʻaroyib kitob. Voqealar zamonaviy texnologiyalar bilan bogʻliq atamalar yordamida ifodalangan. Kompyuter oʻyinlariga mukkasidan ketgan, gadjetlar doʻstiga aylangan bolalarni ham qiziqtira oladi.
🔵 "Oyning orqasidagi sir" – kosmik kema, sayyoralar-u galaktika haqidagi sahifarni hattoki oʻzingiz ham beixtiyor varaqlaysiz. Bu kitob bolangizda kema kapitani, uchuvchi yoki fazogir boʻlish kabi katta orzularni uygʻotsa, ajab emas.
⚪️ "Fazodagi banan daraxti" – olmaxon dumi bilan daraxtdan toʻkilgan yaproqlarni supuradi, fil xartumi bilan daryodan suv olib sepadi. Hamma sirpanib ketayotgan banan poʻstloqlarini yerga kim tashlayotgan edi? Oʻrmondagi shanbalik misolida bolalarni tozalik va tartibga undaymiz.
• "Haker buvi" – 29.000 soʻm;
• "Oyning orqasidagi sir" – 29.000 soʻm;
• "Fazodagi banan daraxti" – 22.000 soʻm.
Taqdimotimiz boshlandi 🤩
Kirish uchun havola ustiga bosing 👇
https://youtube.com/live/Y0_Gppe7Cac?feature=share
#Tez_kunda
Siz soʻragan tabriknoma 💙
💙 "Soʻradilarki, "Kimga yaxshilik qilay, ey Rasululloh?" Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Avval onangga, soʻngra otangga, keyin opa-singlingga, aka-ukangga. Va undan soʻng navbatdagi qarindoshlaringga yaxshilik qilgin".
Hozircha "Jannatim onam" toʻplami bilan volidangizni xursand qilib turing. Qiblagohingizni shod qiladigan tabriknomalar kitobchasini yaqin kunlarda taqdim etamiz ☺️
@qamarbooks
Eng afzal insonlar haqidagi qissalar
📎Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam va barcha paygʻambarlarning hayotlari moʻminlarga hamda butun ummatga oʻrnak-namunadir.
Paygʻambarlar zamonida insonlarning solihlari qanday zafar topgan-u fosiqlari qanday halok boʻlgan? Ularga paygʻambarlar qanday xitob qilishgan?
📖 Bularning barchasi haqida "Paygʻambarlar tarixi" (Qissasul anbiyo) va "Qissasul anbiyo val mursalin" kitoblaridan oʻrin olgan qissalarda tafakkur qilishga yetarli dalil-u isbotlar bilan berilgan.
Zero, ular qalblar taskin topishi, eslatma boʻlishi uchun Qurʼoni karimda zikr qilingan paygʻambarlar qissalaridir.
• "Qissasul anbiyo val mursalin" – 108.000 soʻm;
• "Paygʻambarlar tarixi" (Qissasul anbiyo 1-2-jild) – 194.000 soʻm.
Qahramon oylar
📚 Sizning qahramoningiz kim ekan?
Ushbu nomlar qaysi asar qahramonlari edi? Bir eslamaymizmi? ☀️
@qamarbooks
Iztirobli hayot hikoyasi
❤️ Qandaydir tasodif bilan duch kelib qolgan notanish kishini qidirgan paytingiz boʻlganmi?
Kadir Akel qalamiga mansub "Qalbimdasan, Allohim" romani qahramoni Alaz avtohalokat sabab qutqarib qolgan notanish qizni uzoq izlaydi.
📖 Unga bu yoʻlda doʻsti Nazih yordam beradi. Jonsuni topishdagi mashaqqatlari, kutilmagan vaziyatlar, Allohdan yiroq qalb, iymon va muhabbat oʻrtasidagi kurash hikoyasi sizni ta'sirlantirmay qoʻymaydi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 276 bet;
• Narxi – 49.000 soʻm.