⛳️ Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 42-uy. Moʻljal: Chorsu, sobiq GUM ro'parasida. 🚗 O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati mavjud! ☎️ +998998454400 | +998712037004 @qamar_delivery 🕗 Har kuni: 08:00-20:00
#parcha
Kishi ko‘p gapirganda sir-u asrorini, ichidagi borini dasturxon qilib yuboradi. Ko‘p gapirish qalbni o‘ldirar, garchi aytgan so‘zlari Adan durlaridek* bebaho bo‘lsa ham!
Bor kuchini so‘zlashga sarf etgan kishi dillarini jarohatlaydi va e’tiborini yo‘qotadi.
Tilingni og‘zingda mahkam mahbus qil! Maxluqotlardan, insonlardan biror narsa umid qilma, kutma!
Ko‘zlarini faqat o‘z ayb-nuqsonlarini ko‘rish uchun ochadigan kishi ruhiga yangi bir hayot paydo qilganini ko‘radi.
(*Ulug‘larning gaplariga ko‘ra, dur-u marvaridlar orasida “Durri Adan” degan joydan chiqqan turi eng qimmati va sifatlisi ekan. Bu durlar katta-katta va juda yorqin bo‘lar ekan)
📚 “Pandnoma” kitobidan
@qamarbooks
Tarbiyada jazo kerakmi?
🪐 Tadqiqotlarga qaraganda, xatolari uchun nuqul ayblanavergan, dakki eshitavergan yoki tinimsiz jazolangan bolalar uyat va xijolat boʻlish tuygʻularini yoʻqotar ekan.
Bolalarni qanday tarbiyalash kerak? Har bir xato harakatidan ayb topib, tanbeh berib, bosim oʻtkazibmi yoki mehr-muhabbatga burkab, toʻgʻri tushuntirib, doʻstona muloqot oʻrnatibmi?
🩷 Adem Guneshning "Jazosiz tarbiya" kitobi birinchi yoʻlning xatoligi, jazo – qadrsizlik ustiga qurilgan tarbiya usuli ekanini tushuntiradi.
Cheklovlar erkinlikka boʻlgan ehtiyojni oshiradi. Tergashlar ayyorlik yoʻliga oʻtishga majbur qiladi.
💡 Mazkur kitob tarbiyadagi "oltin oʻrtalik"ni topishingizda yordam beradi. Farzand tarbiyasida oʻzingizni taftish qilishni, boshqarishni hamda jahlingizni jilovlashni oʻrgatadi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 268 bet;
• Narxi – 28.000 soʻm.
Qora kunlar darsi
❤️ Misrlik adib Najib Kiyloniyning "Turkiston kechalari" romanida bizga etnik jihatdan yaqin turkiy xalq – uygʻurlarning boshiga tushgan musibatlar haqida bayon qilingan.
Voqealar savdogar Mustafo Murod tilidan bayon qilinadi. Turkiylarning aybi – oʻz tarixini bilmasligi deya Sharqiy Turkistonning alamli qissasini soʻzlab beradi...
📘 Qumulni magʻlub etgan bosqinchilarning xalqni tahqirlash, kamsitish hamda oriyatiga tegish orqali oʻtkazgan zugʻumlarini oʻqib, ozodlik ulugʻ neʼmat ekanini kuchliroq anglaysiz.
Jonini saqlash uchun dushmanga sotilganlar, Chin noibining amir qiziga yuborgan sovchisi, nomusulmon dushmandan oʻlimni afzal koʻrgan malika haqidagi voqealar sizni befarq qoldirmaydi.
❤️ Tutqunlikka tushgan amiri haqida “zindonning devorlari yopiq, eshigi berk, lekin amirimizning aqllari bor, shu aql qanotlari bilan chuqurlar”, degan daldasi bilan harakatga undagan aqlli mulozimlar zehnidan ibrat olasiz.
Xalqlar nima sababdan tanazzulga yuz tutadi va qanday yuksaladi, degan savollarga ushbu kitob orqali javob topasiz.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 191 bet;
• Narxi – 29.000 soʻm.
Uchishni istaysizmi?
🦋 Inson muvaffaqiyatlar, yutuqlar samosida, baxt-u saodat fazosida , gʻalaba choʻqqisida parvoz qila olishi mumkin.
Buning uchun sizni chorlab turgan yuksak marralarga oʻzingizni loyiq koʻrishingiz, jur’at topishingiz, baxtni his qila olishingiz yetarli.
📒 Muallif Tuba Qilichning "Uchishdan qoʻrqmasang, osmon seniki" asari sizga xavotir va qoʻrquvlardan qutulishni, yashirin qobiliyatlarimizni rivojlantirishni, tashvish va vahimani yengishni oʻrgatadi.
Uchishni xohlasangiz, qanotlar shart emas. Qafaslarni ochish, qal’alarni yorish, kishanlarni yechishni xohlaganlar oʻqisin!
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 189 bet;
• Narxi – 37.000 soʻm.
#parcha
Hadyalashish sunnatdir. Suyukli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Hadyalashinglar, toki bir-biringizga sevgingiz ortsin”, deya marhamat qilar edilar, o‘zlari ham hadya berishni juda sevar edilar, tanigan-tanimagan barcha insonlarga saxiylik bilan hadyalar ulashar edilar.
Hadya berish sadaqa berishdan ustundir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham, ahli oilalari ham sadaqa olmas edilar, ammo hadyani qabul qilar edilar. Hadya uni olgan odamning ko‘ngliga ozor bermaydi, chunki hadya muhtojga ham, muhtoj bo‘lmaganga ham berilaveradi. Sadaqa esa faqat faqirlarga beriladi.
📚 “Futuvvat” kitobidan
@qamarbooks
🤩🎁 Demak, bizda 3 nafar “Ishq” to‘plami egalari quyidagi kuzatuvchilarimiz bo‘lishdi:
1. Abduhalilova Munavvara
2. Zarina
3. Zumrad
Sizning guvohligingizda jonli efir orqali ushbu g‘oliblarni birgalikda aniqlab oldik. Ular hamma shartlarni to’liq bajarganini barchamiz birgalikda tekshirdik. G‘oliblarimizni tabriklaymiz 🥳
“Yuta olmadim” deb xafa bo‘layotganlar bizni kuzatishda davom eting, oldinda sizni bir-biridan ajoyib yangiliklarimiz va sovg‘alarimiz kutmoqda 😉
@qamarbooks
Shifo, hidoyat va rahmat boʻlgan kitob
📖 Quroʼni karimni oʻrganish, uni yod olish – bu dunyo neʼmatlarining aʼlosidir.
Shayx Alouddin Mansur tomonidan mazkur ulugʻ kitobning ma’nolar tarjimasi ilk bor zamonaviy oʻzbek tilida xalqimizga taqdim etilgan.
✨ "Qurʼoni Azim muxtasar tafsiri" kitobida Qurʼoni karimning asliyatdan – arabchadan tilimizga qilingan maʼnolar tarjimasi va izohlari bilan tanishasiz. Kitob uylarimiz nurga, qalbimizni iymonga toʻlishiga sababchi boʻlsin.
• Narxi – 250.000 so'm
Ulgurgan, ulgurdi!
✈️ Ertaga "Ishq" tanlovi yakunlanadi. Shartlarni eslatib oʻtamiz:
1️⃣ @Qamarnashriyoti kanaliga ulanasiz;
2️⃣ Telegram "profil"ingizga yuborgan suratlarimizdan birini joylashtirasiz;
3️⃣ Telegram "stories"ingizda ham "shu kitobni oʻqimoqchiman" yozuvi bilan suratlardan biri oʻrnatilsin;
4️⃣ "QATNASHAMAN" tugmasini bosib qoʻyasiz. Boʻldi, qolganini ertaga 20:00 da jonli efirda gaplashamiz 🤗
Rasmlar hammaga koʻrinarli qilib qoʻyilishi, "stories" arxividan ham oʻchirilmagan boʻlishi shart!
Ish vaqtimiz: 8:00 dan 20:00 gacha
✨ Baxt nimada? Baxt – sizni quvontiradigan narsalar, oʻzingizni baxtli his qiladigan joylarda.
Mutolaa sizni xursand qilsa, kitob doʻkonlariga koʻp-koʻp tashrif buyuring. Kitob deganda koʻz oldiga "Qamar" keladiganlar, izohga "🌓" yuborib qoʻying🤎
@qamarbooks
Shunaqasidan ham kerak edimi?
❤️ "Ey, Robbim" deb boshlanuvchi duolarimiz, iltijolarimiz qabul boʻlsin. Duo qilishning ham, iltijo etishning ham odobi, goʻzal namunalari bor.
Baʼzan duolarda nimani soʻrashni bilmay qolamiz. Xayrlisini soʻrang, yana 50 ga yaqin goʻzal duolar "Iltijo" toʻplamida jamlangan boʻlib, yangiligimiz barchaga manfaatli boʻlsin.
❤️ Hadya uchun munosib tanlov boʻla oladigan, mashinangizda, yoningizda ham olib yurishga qulay kitobchani taqdim etamiz. Yod olib, latif duolar bilan "Iltijo" qiling!
• Narxi – 15.000 soʻm.
#Tavsiya
📚 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qizlari, Muslimaat.uz sayti rahbari, ayol-qizlarning ilmli boʻlishlariga xizmat qiladigan koʻplab loyihalarga yetakchilik qilib kelayotgan Odinaxon Muhammad Sodiq qizi tavsiya qilgan kitoblar:
1. "Oʻtkan kunlar" – 37.000 soʻm;
2. "Turkiston qaygʻusi" – 65.000 soʻm;
3. "Mukammal saodat yoʻli" – 82.000 soʻm;
4. "Atom odatlar" – 60.000 soʻm;
5. "Mehrobdan chayon" – 20.000 soʻm;
6. "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" – 42.000 soʻm;
7. "Diqqat" – 60.000 soʻm.
#sizdan_tavsiya
👤: Yigitlarga mos kitoblardan tavsiya qiling. Do‘stimga sovg‘a qilish uchun qanaqa kitob olsam bo‘ladi?
@qamarbooks
Xayol va hayot haqida
🖼 Sabohiddin Alining "Moʻyna mantoli Madonna" asarida inson ichki kechinmalari, ruhiyat tasviri boricha ifodalanadi. Voqealarni Rauf afandining qora daftaridan bilib olasiz.
Suratda tasvirlangan qizga gʻoyibona oshiq boʻlgan qahramon tasodifan uni uchratib qoladi. Hammasi yaxshidek boshlangan munosabatlar oʻz-oʻzini tushunmaslik, jurʼatsizlik tufayli chigallikka aylanadi.
📚 Muallifning voqealarni tasvirlashi sizni hayratlantiradi. Oʻz mohiyatida barcha oliyjanob va sovuq tuygʻularni mujassam etgan mazkur asar sizdan yangi xulosalar kutadi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 218 bet;
• Narxi – 38.000 soʻm.
"Qamar"da tanlov, sovrin esa – "Ishq" 🎉
🔋 Uch gʻolib va uch toʻplam. Bu tanlov aynan "Ishq" toʻplamini kimdir sovgʻa qilishini kutayotganlar uchun.
Shartlar:
1️⃣@Qamarnashriyoti kanaliga obuna boʻling;
2️⃣ Yuqorida berilgan suratlardan birini telegramingiz "profil"iga joylashtiring. (Tanlov yakuniga qadar oʻchirilmasligi va hammaga koʻrinib turishi shart);
3️⃣ Telegram "stories"ingizda ham "Shu kitobni oʻqimoqchiman" yozuvi bilan yuqoridagi suratlardan biri joy olsin. (Tanlov yakuniga qadar oʻchirilmasligi va hammaga koʻrinib turishi shart)
Tanlov gʻolibi yakshanba kuni 20:00 da bot orqali tanlanadi. Shartlarni toʻliq bajarmagan gʻoliblar jonli efir davomida aniqlanadi va gʻoliblik inobatga olinmaydi.
"Ishq" uchun harakatni boshlang!
Shartlarni bajarib boʻlganingizdan soʻng, "QATNASHAMAN" tugmasini bosib qoʻying!
@qamarbooks
Siz izlagan kitob
✨ Shayx, imom, zohid, orif va avliyolar sultoni maqomlariga ega Bagʻdodlik taniqli ulamolardan ilm oʻrgangan olim Shayx Abdulqodir Jiyloniy hazratlaridan "Oʻzingni oʻngla" kitobini taqdim etamiz.
Dunyo muhabbatini qalbdan olib tashlash, qalb zangini tozalash, qadarga rozilik, insonlardan qoʻrqmaslik va kutmaslik borasidagi sizga taʼsir qila oladigan soʻzlarni oʻqiysiz.
🌷 Vaʼzlarida allomalar, avliyolar ham ishtirok etgan, shirin va kuchli soʻzlari bilan ayrim kishilarni hushidan ketkazgan olimning fikrlarini oʻqish imkoniyati bor sizda.
Oʻqing, hayotingizni, oʻzingizni, yoʻlingizni oʻnglang!
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 123 bet;
• Narxi – 24.000 soʻm.
Qur'oni karimning ma’nolar tarjimasi
📖 Biz musulmonlar uchun dastur-ul amal boʻlgan ulugʻ kitobimiz ma’nolarining oʻzbek tilidagi 7-tarjimasi – "Fayzul Furqon" chop etildi.
Mohir mutarjim Mirzo Kenjabek tomonidan amalga oshirilgan ushbu tarjimaga mufassir, hofizi Qur’on, oʻn qiroat boʻyicha ijoza sohibi Hasan Tahsinning tarjimasi, ta’vil, izoh va sharhlari asos qilib olingan.
Barcha suralar mavjud.
🌙 Sizga Anvorul Furqon: "Fayzul Furqon"ning mutolaa baxtini, fayz-u nurini tilaymiz.
• Narxi – 169.000 soʻm.
Mus’haf oʻqiymiz
📖Oʻqilgan bir harfi uchun ham koʻplab ajr-u savoblar yoziladigan mus’hafingiz bormi? Vaqt topib emas, vaqt ajratib oʻqing!
Mus’haf olish, kimgadir hadya qilish istagida boʻlsangiz, "Qamar"ga keling. Bizda tajvidli va tajvidsiz shakldagi, oʻzingiz izlagan mus’haflaringizni topasiz 🌙
• Madina mus’hafi (tajvidsiz) – 220.000 soʻm;
• Tajvidli mus’haf (17x24) –89.000 soʻm;
• Dorul Gʻafsoniy – 71.000 soʻm;
• Furqon mus’hafi –245.000 soʻm;
• Qurʼon Naqshi (tajvidli) (17x24) – 130.000 soʻm.
Qorsiz qish, postcard'siz tabrik boʻlmas
🎨 Faqat bir hafta! Postcard'lar 5.000 emas, 3.000 soʻm. Hammani xursand qiling. Hech kim qolib ketmasin)
@qamarbooks
Haftaning top 10 kitobi ⭐
📚 Oʻtgan hafta davomida eng koʻp soʻralgan va eng koʻp sotilgan kitoblar.
1️⃣ "Yashamoq" – 49.000 soʻm;
2️⃣ "Ishq" seriyasi – 165.000 soʻm:
• Qof (Q). Muhabbat ishonchdan tugʻiladi – 59.000 soʻm;
• Shin (Sh). Oshiqlik ilmi – 59.000 soʻm;
• Ayn (I). Sharqona muhabbat imzosi – 59.000 soʻm.
3️⃣ "Kechir, Allohim" – 28.000 soʻm;
4️⃣ "Qalb iffati" – 39.000 soʻm;
5️⃣ "Savdogarlar sahobalar yohud saodat asrida tijorat" – 54.000 soʻm;
6️⃣ "Nafs tarbiyasi" – 24.000 soʻm;
7️⃣ "Afv et, Allohim" – 49.000 soʻm;
8️⃣ "Men Robiya" – 39.000 soʻm;
9️⃣ "Katta shahzoda" – 25.000 soʻm;
1️⃣0️⃣ "Muqaddas azob" – 45.000 soʻm.
G‘oliblarimiz bilan efir payti bog‘langan edik, bizni kuzatib borayotgan ekanlar 😊
Ayrim sabablarga ko‘ra, yuqorida ularning username’larini qoldirmadik 🙈
Barchaga ishtirok uchun rahmat! 🌓✨
Bir soat qoldi!
✈️ "Ishq" toʻplamining uch gʻolibini 20:00 da aniqlaymiz. Shartlar oʻsha-oʻsha.
Tanlov ishtirokchisi boʻlishga ulgurmaganlar, shartlar bilan tanishmaganlar izohda "hoy" deb yuborsangiz, obunachilarimiz oʻzlari tanishtirishadi shartlar bilan ☺️
@qamarbooks
"Ujas" kitob oʻqiysizmi?
🎬 Shiddatli... Hayajon va qoʻrquvga soluvchi... Zavqli... Oʻtkir syujetli. Detektiv va zamonaviy psixologik triller – Tomas Harrisning "Qoʻzichoqlar sukunati" film kitobida.
Qator jinoyatlar sodir etadigan, faqat ayollarni qurbon qiladigan qotil Buffalo Billni qoʻlga olish ishida FQB (Federal qidiruv byurosi) oʻquvchisi, yosh kursant qiz – Klaris Starling jalb qilinadi.
☁️ Starlingga bu ishda sobiq shifokor va ruhshunos, ayni paytda qamoqdagi vahshiy odamxoʻr Hannibal Lekter yordam bera olar edi.
Lekter Starlingga yordam beradi, lekin maʼlumotlarni juda oʻtkir va ruhiy ogʻriqli shartlar asosida taqdim etadi. U Klarisning bolalikdagi jarohatlari va qoʻzichoqlar bilan bogʻliq qoʻrqinchli xotiralari orqali ruhiyatiga taʼsir oʻtkazadi.
📖 Roman kuchli emotsiya, qoʻrqinchli sahnalarga boyligi bilan birga ruhiy manipulyatsiyaga qarshi turish, ziyraklikni oshirish, diqqatni jamlash hamda eʼtiborlilikni shakllantirishni oʻrgatadi.
Dunyo boʻylab 10 milliondan ortiq nusxada sotilgan ushbu romanning +1 oʻquvchisi boʻling!
• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 437 bet;
• Narxi – 46.000 soʻm.
Tarbiyalamoq uchun tarbiyalaning!
✈️ Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuʼtining "Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobidagi hikoyalarni yozishda koʻplab ota-onalarning tajribalaridan foydalanilgan.
Ushbu kitobda har qanday vaziyatda sizni tushunadigan, soʻzingizga itoat qiladigan farzand ulgʻaytirish boʻyicha saboqlar berilgan.
💡 Farzand tarbiyasida qattiqqoʻllik kerakmi? Tarbiyada jazolashning qanday samarali usullari bor? Mehr va eʼtiborning ham chegarasi boʻlgani yaxshimi?
Bolaning yosh chegarasi boʻyicha oʻzgarib boruvchi ruhiyati borasida sizni qiynaydigan savollar boʻlsa, "Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobining har ikkala qismlarini albatta oʻqing!
• "Farzand tarbiyasida 700 saboq 1" – 49.000 soʻm;
• "Farzand tarbiyasida 700 saboq 2" – 49.000 soʻm.
Barchasi oʻtar...
📎 Yaqinimiz, doʻstlarimizning sinovli kunlarida "hammasi oʻtib ketadi" deb dalda beramiz. Qiyin vaziyatlarda oʻzimizni "bu kunlar ham oʻtar" deya ovutamiz... Birgina shu jumlani eslashimiz ogʻir kunda yupanch, shodon kunda eslatma boʻladi.
"Bu ham oʻtar, yo Hu" kitobidan oʻrin olgan 71 sarlavha ostidagi hikoya va xulosalar sizga mazkur jumla mohiyatini teranroq tushuntiradi.
📚 Har bir qissani tugatib, bisotingizda boshqalarga aytib berishga arziydigan, yupatadigan hikoyangiz borligidan xursand boʻlasiz. Tezroq olishga ulgurib qoling, zero "Bu ham oʻtar"... Tugaganda izlab yurmang!
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 235 bet;
• Narxi – 49.000 soʻm.
"Ishq" tanlovi ...gacha
📚 Sovrin uchun "Ishq" toʻplami qoʻyilgan tanlovimiz yakshanba kuniga qadar davom etadi.
"QATNASHAMAN" tugmasini bosdingizmi? @Qamarnashriyoti'ga oʻtdingizmi?
✅ Telegram "profil"ingiz va "stories"ingizda "shu kitobni oʻqimoqchiman" yozuvi bilan biz yuborgan suratlardan biri joylangan boʻlsa, "Ishq"ning biri sizniki boʻlishi uchun goʻzal niyat qilib turing 😊
Rasmlar hammaga koʻrinarli qilib qoʻyilishi, "stories" arxividan ham oʻchirilmagan boʻlishi shart!
#parcha
— Muso, bilasan, qulni ozod qilgan insonga Alloh taolo benihoya ajru savob beradi. Men ham Alloh uchun sening bo‘yningga taqilgan qullik zanjirini uzib tashlayapman. Endi sen qul emassan, hursan, ozodsan, o‘g‘lim. Baytullohga ozod inson sifatida borasan. Muborak bo‘lsin!
Shu lahzalarda dunyoda Musodan baxtliroq inson bormikin?
Uning ko‘pdan-ko‘p ozorlar ko‘rgan qalbida yana umid uchqunlari paydo bo‘ldi. Kelajagida shirin va achchiq azoblardan iborat yangi sahifa ochilayotgan edi. Muso ugandalikka xaloskordek qaradi. Ko‘z oldiga Faylasuf otasi Rustam Shahlar keldi. U ham Musoni juda katta falokat eshigidan qaytarib olgan edi. Mana endi ugandalik birodari ham Musoni qullikdan, qul sifatida sotilish xorligidan qutqarib qoldi!
Muso unga shu qadar samimiy, cheksiz tashakkur va minnatdorlik ko‘zlari bilan qarardiki, ming quchoqlab o‘psa ham, qalbidan otilib chiqayotgan mehrni, shukrona hislarini ifodalashning imkoni yo‘q edi.
Ikki birodar, ota-o‘g‘ildek bir tanu bir jon bo‘lib, muborak haj safariga tayyorgarlik ko‘ra boshlashdi. Bir haftadan keyin ketadigan kemaga chiptalar olindi. Muso bu kunni sabrsizlik bilan kuta boshladi.
📚 “Muqaddas azob” kitobidan
@qamarbooks
Soʻz – kitobxonlarga ✅
📚 Har ishning ustasi gapirsin deganlaridek, kitoblar haqida kitobxonlarning fikrini tingladik.
Kelsangiz, nasib etsa siz ham "Qamar"ning yulduzi boʻlib ketsangiz ne ajab ☺️
10 ballik tizimda 10 qoʻyadigan kitobingiz qaysi?
@qamarbooks
— Sen ko‘proq nimalar sotib olsang xursand bo‘lasan?
— Yangi kiyimlar, parfyumeriya, taqinchoqlar olsam xursand bo‘lib yuraman. Sen-chi? 😌
— Men… Men mana shu yerga kelsam va kitoblar olsam… ☺️
@qamarbooks
Taqdirni nima oʻzgartiradi?
📖 Qazoni faqatgina duo qaytarishi, umrni faqatgina yaxshilik ziyoda qilishi hadisi shariflarda aytib oʻtilgan.
"Kechir, Allohim" kitobidan oʻrin olgan arab va oʻzbek tillaridagi duolarni oʻrganish hamda davomiy oʻqish orqali hayotingizni oʻzgartiring.
📝 Qoʻllanmada Hasan Basriy rohimahullohdan bizgacha yetib kelgan kunlik istigʻforlar jamlangan.
Mazkur kitobni olishingiz va mutolaa qilishingiz oʻzingizga qilgan yaxshiliklardan biri boʻlsin.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 127 bet;
• Narxi – 28.000 soʻm.
Uch yangilik 🎉
Psixolog olim Dogʻan Jujeloʻgʻludan munosabatlardagi muammolarni hal qilish, goʻzal turmush bunyodkoriga aylanish va farzand tarbiyasi mavzularida yozilgan ushbu uchta kitobni tavsiya qilamiz:
🔸"Turmush qurishdan avval" – nikoh qadriyatlari va oilaviy munosabatlarning har bir bosqichi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Sen va men emas, biz boʻlib yashashni oʻrgatadi.
🔸 "Inson insonga" – qoliplashgan gaplarni takrorlashdan qutulish, ovoz, ohang, urgʻu va sukut masalalari yoritilgan. Ommaviy muloqot va ijtimoiy odob masalasiga alohida yondashilgan.
🔸 "Yetuk ota-ona" – ushbu kitobda esa namunali farzand tarbiyalashning sinalgan usullari berilgan. Har tomonlama shakllangan ota-ona boʻlish, niyat va xohishlaringizni kashf qilish masalalari tilga olingan.
• "Turmush qurishdan avval" – 30.000 soʻm;
• "Inson insonga" – 36.000 soʻm;
• “Yetuk ota-ona" – 30.000 soʻm.