⛳️ Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 42-uy. Moʻljal: Chorsu, sobiq GUM ro'parasida. 🚗 O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati mavjud! ☎️ +998998454400 | +998712037004 @qamar_delivery 🕗 Har kuni: 08:00-20:00
👤: Qamardan kitob olib avtobusga chiqqanimda, hamma sumkamga qarayotgandek tuyulaveradi 🤭
Sizda-chi?
@qamarbooks
Tushlarimizga kiring, Yo Rasululloh!
Moʻmin kishi jon qulogʻi bilan tinglaydigan, maroq bilan eshitadigan mavzulardan biri bu – "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushimda koʻrdim", deb boshlanuvchi hikoyalardir 😊
📘 "Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) tushimda koʻrdim" kitobida Rasululloh alayhissalomni tushda koʻrishning mohiyati, bu bilan bogʻliq hadislar va tushlar haqidagi turli manbalarning tarqoq maʼlumotlari saralanib, yakdil holatda berilgan.
Asar mutolaasiga chorlaymiz va tushingizda Rasulimiz alayhissalomni koʻrish baxtini tilab qolamiz ⭐️
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 153 bet;
• Narxi – 34.000 soʻm.
Kitobxonlarimiz nima deydi?
⚡️ Biz sizlarga haqiqiy muvaffaqiyat sirini oʻrgatamiz. Buning uchun sizga kerak kitoblar: "Bormisan?", "Million dollarlik xatolar", "Pul psixologiyasi".
Bu uch kitobni olamiz, har birini navbat bilan oʻqiymiz. Unutmang, diqqat bilan oʻqing❗️
Sakson yillik tajribadan shakllangan, pul bilimlarini oʻrgatadigan va biznes egasi yoʻl qoʻyishi mumkin boʻlgan 40 xatodan ogohlantirgan bunaqa kitoblarni tartib bilan oʻqimagansiz. Oʻqiganlar, nima deysizlar?
• "Bormisan?" – 59.000 soʻm;
• "Million dollarlik xatolar" – 33.000 soʻm;
• "Pul psixologiyasi" – 59.000 soʻm.
— Men kuyov tarafga sarpom uchun eng oxirgi modadagi, eng qimmat idishlarni, kiyimlarni, mebellarni oldirdim, sen-chi?
— Men bo’lajak oilam uchun muhim bo’lgan barcha kitoblarni oldirdim…
@qamarbooks
Shunday kitoblar bo’ladiki, ayrim insonlardan ko’ra sizni yaxshi tushunadi.
Tez kunda Qamarda…
@qamarbooks
Samarqand tilga olingan bestseller
🗞 Mashhur yozuvchi Goʻzal Yaxina "Samarqandga yoʻl olgan eshelon" romanini minglab hujjatli manbalar: tarixchilar asarlari, dehqonlarning maktublari, komissiyaning ichki yozishmalari, gazetalar, xotira kitoblari, arxivni oʻrganish orqali yozadi.
Xalqaro miqyosida eʼtirof etilgan ushbu kitobda Volga boʻyida ochlikdan azob chekayotgan besh yuz nafar bolani qutqarish haqidagi voqealar bayon qilingan.
📍 Qozon shahridan Samarqandga koʻchirilgan bolalarning yoʻldagi hayajonli va qoʻrqinchli sarguzashtlariga guvoh boʻlasiz. Volgaboʻyi, Qizilqum choʻllari va Turkiston togʻlarining bepoyon yoʻllarida qahramonlar bilan tom ma’noda sayohat qilasiz.
• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 495 bet;
• Narxi – 59.000 soʻm.
#sizdan_tavsiya
👤: Assalomu alaykum hadya qilishga qaysi kitobni maslahat berasizlar? Bitta oʻrtogʻimning tug'ilgan kuniga sovgʻa qilmoqchi edim. O'zi unchalik badiiy kitob ko'p o'qimaydi. Shunday kitob berishim kerakki, unda ham kitob o'qishga bo'lgan qizishi yanada oshsa.
@qamarbooks
Tarixiy va diniy ahamiyatga ega asar 🎉
📚 Islom dini rivoji yoʻlida xizmat qilgan yurtdoshimiz Hakim Termiziy ijodidan "Nafs tarbiyasi" kitobi qayta sotuvda.
Oʻtkir ilmiy mulohazalar, Qurʼoni karim va hadisi shariflar orqali sharhlab tushuntirilgan mavzular oʻzingizni taftish qilishga chorlaydi.
✨ Allomaning dono fikrlari nafs bilan kurashish, uni tarbiyalab, komillikka erishishning sirlaridan boxabar qiladi.
• Muqovasi — yumshoq;
• Sahifa — 184 bet;
• Narxi — 24.000 soʻm.
😇 Siz soʻradingiz, biz keltirdik
Yangiliklarimizni qarshi oling:
“Antikvarchi” — 33.000 soʻm;
“Mubtalo” — 33.000 soʻm;
“Jallod changalidagi oshiqlar” — 39.000 soʻm;
“U zamonlarda urush bor edi” — 28.000 soʻm;
“Ulugʻ onaning janozasi” — 30.000 soʻm;
“Momoqoʻshiq” — 17.000 soʻm;
“Sening bolalik osmoning” — 23.000 soʻm;
“Zulmat ichra nur” — 18.000 soʻm.
5 kishi “Iroda tarbiyasi” kitobi egasiga aylandi 🥳
Vanihoyat, bugun ko’pchilik javobini kutgan, “Talabalar kuni” munosabati bilan tashkil qilingan “Ibratli voqealar” tanlovimiz g’oliblarini aniqladik 🎁
Bir-biridan ajoyib voqealar juda ko’p keldi, biroq biz quyidagi beshtasini tanlab oldik:
1. Davlatjon Axmadjonov
2. Neverthe7ess
3. Muhammad Shamshiridinov
4. Hasanova
5. Mavluda Jabborberganova
✨ G’oliblarga ertaga aloqaga chiqilib, hadyalari yetkaziladi. Qolgan barcha hikoya egalariga esa o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
☺️ Agar shu orqali sizlarga talabalik davrining ajib xotiralarini biroz bo’lsa-da eslatgan bo’lsak, biz bundan mamnunmiz.
@qamarbooks
Nafaqat asarlarida, balki bookmarklarda ham yashasin…
Siz qaysi o’zbek adabiyoti vakilining asarlarini sevib mutolaa qilasiz? 📚
@qamarbooks
#qamar_dayjest
Oʻtgan hafta davomida e’lon qilingan kitoblar 📚
🌸Yerdagi "oʻzga sayyoralik"larga
🌸 Ishonish qiyin boʻlgan voqealar haqida…
🌸Kimdadir jon qaygʻusi, kimdir vatan qaygʻusida
🌸Umringiz kitobining nechanchi sahifasidasiz?
🌸Turfa taqdirlar hikoyasi
🌸Oʻzgarmoqchimisiz
🌸Sizga kitob bor
🌸Sevimli toʻplamingiz ketma-ketlikda
🌸XX asr oʻzbek adabiyoti moʻjizasi
🌸🌸Muallifning oʻzi jazo ijrosini hayajon bilan kutgan asar
Talabalar kuniga maxsus o’yin 🥳
✍️ Agar sizning talabalik davringizdan kitob(lar) bilan bog’liq “Ibratli voqeangiz” bo’lsa, uni mana shu post ostida yozib qoldiring.
🎁 Eng yaxshi 5 ta hikoya egasiga do’konimiz tomonidan sirli sovg’a taqdim etiladi.
📌 Yuborilgan hikoyalar bugun (17-noyabr) soat 23:59 gacha qabul qilinadi. G’oliblar esa ertaga e’lon qilinadi.
@qamarbooks
Moʻjaz toʻrtlik
📚 Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlari oʻrganishimiz kerak boʻlgan eng goʻzal hayotdir. U zotga muhabbat – muhabbatlarning aʼlosi.
✨ Ummatga namuna umrning soʻnggi damlaridan hikoya qiladigan, habibimizning hayotlari va ahli baytlari bilan tanishtiradigan kitoblar:
1. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlarining soʻnggi damlari" – 19.000 soʻm;
2. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ahli baytiga muhabbat" – 20.000 soʻm;
3. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat haqida 101 qissa" – 20.000 soʻm;
4. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan 101 qissa" – 20.000 soʻm.
Muallifning oʻzi jazo ijrosini hayajon bilan kutgan asar
🟤 Ushbu romanni oʻqimaganlar boʻlishi mumkin, nomini eshitmagan kitobxon boʻlmasa kerak. "Jinoyat va jazo"...
Ikki ogʻiz soʻz bilan gapirib bersa boʻladigan zalvarli kitobning mutolaasida bir sahifasini ham tashlab ketolmaysiz.
📝 Raskolnikov sodir etgan jinoyatining jazosini kuchli ruhiy qiynoq bilan toʻlaydi. Bu jarayon kitobxonni ham yaxshigina sinaydi, psixologik sinovdan oʻtkazadi.
Ruhiy zilzilalarga tayyor boʻlsangiz, mutolaani boshlang 😊
• "Jinoyat va jazo" (yumshoq muqova) – 24.000 soʻm.
Muhabbat mohiyatini anglatadigan kitob
🤎 Muhabbatga toʻla qalblar, mehr-shafqat, sof muhabbatni nomaqbul ishlar, nafs istaklariga almashtirib qoʻymaslik haqida hikoya qiladigan asar – "Muhabbat oyatlari".
Paygʻambarimiz alayhissalomning qiyinchilik va sinovli kunlarida yonlarida turganlarning muhabbatini, tarix va hozirgi zamon voqealarini hikoya qilish orqali kerakli xulosani olishingiz maqsad qilingan.
📖 Ushbu moʻjaz kitobda bayon etilganlari biz tor doirada fikrlaydigan muhabbat tushunchasini dunyoning tirgagi darajasida keng ekanligini anglatadi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 171 bet;
• Narxi – 34.000 soʻm.
Toʻqima boʻlmagan, haqiqiy "Afsona"
⭐️ Islom olamining ismini koʻpchilik eshitmagan qahramonlari koʻp. Shunday insonlardan biri, Usmoniylar davlatining eng mashhur admirallaridan – Xayriddin posho haqida "Afsona" (Barbaroslar haqida roman) kitobi orqali bilib olasiz.
"Afsona" Xayriddin poshoning muzaffar yurishlaridan tashqari granadalik amirzoda Said Murodiyning boshidan oʻtkazgan sarguzashtlari bilan ham tanishtiradi.
📚 Musulmonlarning tarqoqligi, yetakchilarning amal va boylik evaziga qilgan xiyonatlari boshlariga qanday alamlarni solganiga guvoh boʻlasiz.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 381 bet;
• Narxi – 41.000 soʻm.
Kitoblar birja tilida
👀 "Klassik adabiyot" aksiyalarini koʻproq tanlaysizmi yoki "zamonaviy bestseller"larnimi?
Jamgʻarmangiz yoʻqolmaydi, oʻgʻirlanmaydi, inflyatsiyaga uchramasligi kafolatlanadi.
Moddiy va nomoddiy dividendingiz oshishiga xizmat qiladi.
☺️ Xoʻsh, aksiyadorlar! Qimmatli qogʻozlaringizni omonatga soʻrab turishsa, berasizmi? 🌷
@qamarbooks
"Onaning koʻngli bolada, bolaning koʻngli dalada" boʻlmasin...
📎Bolalikdan mehr-muhabbat, eʼtibor va gʻamxoʻrlikda oʻsgan bola oʻziga ishonchi baland, muvaffaqiyatga intiluvchi va ota-onasiga ham muhabbatli boʻlib ulgʻayadi.
"Ota-onamni yaxshi koʻraman" kitobi bolalarda masʼuliyat tuygʻusini qanday tarbiyalashda, uy ishlarida yordam berishga undash, yaxshilik qilishga, ilm olish, kitob oʻqishga ragʻbatlantirishda amaliy maslahatlar beradi.
📚 Ushbu kitob bolalarning ota-onaga boʻlgan muhabbat va hurmat tuygʻusini yanada chuqurroq tushunishiga, ota-onalarga esa farzandlarini gʻamxoʻrlik ila tarbiyalashlarida koʻmaklashadigan qoʻllanma boʻla oladi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 95 bet;
• Narxi – 19.000 soʻm.
#Tavsiya
📚 Oʻqib manfaat olingan, foydali deb hisoblangan kitoblar tavsiya qilinadigan ruknimiz davom etadi.
Psixoterapevt, shariat fanlari bakalavri Fadriyya Farhod tomonidan tavsiya etilgan kitoblar bilan tanishing:
• "Dunyoni tebratgan yetti buyuk" – 70.000 soʻm;
• "Kifoya" – 282.000 soʻm;
• "Dunyo va din odobi" – 58.000 soʻm;
• "Namozda xushu’"– 54.000 soʻm;
• "Halqa" – (sotuvda mavjud emas)
• "Islom tarixi" – 184.000 soʻm;
• "Ar-Rahiqul Maxtum" – 114.000 soʻm.
Ikki yangi kitob...
1⃣ Birini oʻqiganlar: "Nega mazhabboshining gapiga amal qilishimiz kerak? Nima uchun ibodatlarga tegishli hukmlarni toʻgʻridan toʻgʻri Qurʼon va sunnatdan olavermaymiz?
Nega Abu Hanifaga ergashamiz?", kabi savollariga javob topadilar. Ushbu asar – "Hanafiy mazhabiga teran nigoh" kitobidir.
2⃣ Ikkinchi yangiligimiz esa "Oyatlarda madh etilgan sayyidalar" kitobi boʻlib, baʼzilari Paygʻambarlarning onasi, biri ayoli, baʼzilari qizi boʻlgan soliha ayollar bilan yaqindan tanishtiradi.
Qaysi birini tanlaysiz, deb qiynamaymiz. Ikkalasini ham olavering ☺️
• "Oyatlarda madh etilgan sayyidalar" – 78.000 soʻm;
• "Hanafiy mazhabiga teran nigoh" – 152.000 soʻm.
Yo’llarimni yaqin qilgan sherigim…
@qamarbooks
Oʻtmish va qalb odobidan saboq
🩷 Alloh suyganlarining dunyo hayotida uchragan imtihonlari haqida "Qalb iffati" kitobidan bilib olasiz.
Maryam onamizning oʻy-xayollari, iffatlari borasidagi jumlalarni oʻqib, nafsingizni tergay boshlaysiz.
📚 Asar mutolaasidan keyin tashvish degan tushunchani sinov va hikmat soʻzlariga almashtirib qoʻyasiz.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 286 bet;
• Narxi – 39.000 soʻm.
Kecha tanlovda kitob yuta olmadim deb xafa bo’layotganlar bormi? 👋
🥳 Unda sizni Qamar nashriyoti kanaliga taklif etamiz. U yerda siz taqrizlar tanlovida ishtirok etib, “Qalbga taskin bitiklar 2” kitobi egasiga aylanishingiz mumkin.
⏳ Shoshilamiz, taqrizlar 24-noyabrgacha @qamarnashriyoti kanalida qabul qilinadi!
@qamarbooks
Haftaning top 10 kitobi 🌟
📚 Oʻtgan hafta davomida eng koʻp soʻralgan va eng koʻp sotilgan kitoblar.
1. “Men” – 54.000 soʻm;
2. “Pul psixologiyasi” – 59.000 soʻm;
3. “Qalbimdasan, Allohim” – 49.000 soʻm;
4. “Sir” – 42.000 soʻm;
5. “Afv et, Allohim” – 49.000 soʻm;
6. “Dard etma, Aloh yetar” – 39.000 soʻm;
7. "Kundalik odoblar" – 9.000 soʻm;
8. "Ishqqa oshiqman" – 39.000 soʻm;
9. "Lol" – 50.000 soʻm;
10. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan 101 qissa"
– 20.000 soʻm.
Sevimli kitoblar, sevimli bookmarklar bilan buncha chiroyli ko’rinmasa? 🥹
@qamarbooks
Bilasizmi?..
📚 Mutolaa vaqti – joʻshqin hayotimizdagi chiroyli toʻxtash, goʻzal tin olishdir.
Sarflangan sanoqli soatlarda koʻplab kechinmalardan saboq olamiz, asrlararo sayohat qilamiz.
Mutolaa – vaqtning ustidan gʻolib boʻlishdir. Mutolaa – boshqalar uchun qaygʻurishdir.
Mutolaada bardavom boʻling! 😊
@qamarbooks
Deyarli, 50% kuzatuvchilarimiz talabalar ekan 🤩
Birinchi navbatda, barcha talabalarimizni bugungi kunlari bilan tabriklab, ilmlari yanada ziyoda bo’lishini tilab qolamiz! ✨
Ikkinchi navbatda, soat 18:00 da aynan shu yerda, tabalalar uchun maxsus o’yin bo’lib o’tishini aytib qo’ymoqchimiz 🎉
⌛️ 18:00 da tayyor turing, sovg’a uchun kitob yutib olishingiz mumkin.
@qamarbooks
#parcha
Saharlik va iftorlikni bir necha qultum suv bilan qilib, sakkiz kun ro’za tutgan va juda ham kam uxlab, tik turishga harakat qilgandim. Sakkiz kundan keyin tanam meni ko’tara olmaydigan bo’lib qoldi. Iftorlik vaqti yaqinlashganida, nafsim “Menga bergan zahmating yetmadimi?” deya faryod urayotganda, eshigim taqilladi. Eshikni ochsam, qo’shnilardan biri bir kosada ovqat olib kelibdi. Kosani oldim, bir burchakka qo’ydim. Shamni yoqish uchun borganimda, ichkariga bir mushuk kirdi va ovqatni yerga to’kdi. Men esa yana suv bilan iftorlik qilay deya idishni olishga kelayotganimda sham so’ndi, qorong’iligiga qaramay idishdan suv ichishga urinayotganimda bu safar idish qo’limdan tushib ketdi va sindi. Nafsimni jim qilish uchun men chekkan zahmat horg’in tanamning bardoshini qiynadi. Rabbimga iltijo bilan “Yo Alloh, men bir bechora qulingni nimalar bilan sinayapsan?” dedim. Yig’lab, ingrar ekanman, xayolimga bir o’y keldi: “Ehtiyot bo’l, Robiya, shoyadki, tilasang, Alloh seni dunyoviy ne’matlarga g’arq qiladi, ammo buning evaziga narigi dunyo tashvishlari ko’nglingdan chiqib ketadi. Zero, dunyo tashvishlari bilan oxirat tashvishlari bir ko’ngilga jo bo’lolmaydi”.
📚 “Men Robiya…” kitobidan
Qaniydi hech kim halal bermasa…
Shu kitoblar ichiga g‘arq bo‘lsam 🥹
@qamarbooks