⛳️ Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 42-uy. Moʻljal: Chorsu, sobiq GUM ro'parasida. 🚗 O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati mavjud! ☎️ +998998454400 | +998712037004 @qamar_delivery 🕗 Har kuni: 08:00-20:00
✨ “Katta shahzoda”
Tez kunda sotuvda 🤭
@qamarbooks
Sevimli toʻplamingiz ketma-ketlikda
📚 Fotih Duman asarlari mazmunan bir-birining uzviy davomi emas. Ammo qaysi tartibda oʻqishni soʻragan kitobxonlarimiz uchun davriy ketma-ketlikda taqdim etamiz.
⏳ Yozuvchi kitoblarida tasvirlangan voqealarning sodir boʻlgan yillariga koʻra, quyidagicha tartibda oʻqishingiz maqsadga muvofiq:
1. "Pir" – 56.000 soʻm;
2. "Ohi" – 54.000 soʻm;
3. "A'mo" – 49.000 soʻm;
4. "Aso" – 56.000 soʻm;
5. "Dam" – 39.000 soʻm;
6. "Sir" – 42.000 soʻm;
7. "Lol" – 50.000 soʻm;
8. "Men" – 54.000 soʻm.
Barcha muhtasham hikoyalar ikki shaklda boshlanadi: yo kimdir safarga chiqadi, yo shaharga begona odam kirib keladi.
Tolstoy
Oʻzgarmoqchimisiz?
📖 Futuvvat – oliyjanoblik, mardlik, fidokorlik soʻzlari bilan bir maʼnoda qoʻllaniladigan axloq darajasidir. Futuvvat – hazrat Navoiy aytganidek, qilgan yaxshiligini aytmaslikdir.
Insonlar shu dunyodayoq jannat ahli axloqi bilan xulqlanishini niyat qilib yozilgan Rajab Shonturkning "Futuvvat" kitobi sizni goʻzal xulqlar tomon yoʻllaydi.
⭐ Paygʻambarlar hayotidan, asri saodatdan keltirilgan hikoyalardan ibrat olasiz. Oʻzgalarni emas, oʻzingizni taftish qilishga intilasiz. Anglaysiz. Koʻp narsani...Oʻqing!
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 99 bet;
• Narxi – 25.000 soʻm.
Turfa taqdirlar hikoyasi
📓Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" asarida taqdir va inson umrining murakkabliklari haqida hikoya qiladi.
Romanda Ikkinchi jahon urushining front ortidagi insonlar hayotiga solgan jarohatlari tasvirlangan.
⭐️ Kitobdagi koʻp qahramonlarni yozuvchi oʻzi koʻrgan, suhbatlashgan, ayrim soʻzlar qanday aytilgan boʻlsa, shunday yozilgan.
Oʻzbek nasrining oʻz qiymatini yoʻqotmagan ushbu asarini albatta oʻqish kerak!
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 701 bet;
• Narxi – 22.000 soʻm.
Umringiz kitobining nechanchi sahifasidasiz?
🌗 @qamarbooks
Ishonish qiyin boʻlgan voqealar haqida…
📖 Bu kitob odamlar, taqdirlar, qilmishlar va kechmishlar haqida. "Qashqirlar makonidan solihlar tomon" – qiziqtirib qoʻyadigan kitob.
Bobur Abdullohning zoʻravonlik, qimorbozlik, mafiya olamidan hikoya qiladigan mazkur asarini oʻqib, "qashqirlar makoni" uydirma emas ekan-da deysiz 😊
🔒 Jinoyatchilarning tahlikaga toʻla hayoti sizni hayajonga soladi, oʻylantirib qoʻyadi…
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 365 bet;
• Narxi – 24.000 soʻm.
Yaqin kunlarda juda ajoyib yangiligimiz bor 🥳
Bilishni istasangiz bizning instagram sahifamizga obuna bo’lib oling 🤫
Qamarbooks Instagram
Qayta sotuvda! 🤩
“Men Robiya” — 39.000 so‘m.
📌 Izohlarda “Buyurtmani qayerdan, kimga beramiz?” degan mijozlar ko’p ekan. Shu sababli, yana bir bor eslatib o’tamiz:
Bugun (11-noyabr) 23:59 gacha @qamar_delivery ga murojaat qilib, 11%li chegirmadan foydalanish imkoniga egasiz.
“Chegirmaga ilina olmadim” deganlar bizga yozib qo’yavering, ertaga javob berib chiqamiz 😉
@qamarbooks
Haftaning top 10 kitobi 🌟
📚 Oʻtgan hafta davomida eng koʻp soʻralgan va eng koʻp sotilgan kitoblar.
1. “Men” – 54.000 soʻm;
2. “Sir” – 42.000 soʻm;
3. “Yashamoq” – 49.000 soʻm;
4. “Pul psixologiyasi” – 59.000 soʻm;
5. “Afv et, Allohim” – 49.000 soʻm;
6. “Dard etma, Aloh yetar” – 39.000 soʻm;
7. “Qalbimdasan, Allohim” – 49.000 soʻm;
8. “Oʻtkan kunlar” – 37.000 soʻm;
9. “Dam” – 39.000 soʻm;
10. ”Lol” – 50.000 soʻm.
— Eshitdingizmi, “O’tkan kunlar” kitobining yangi nashri Dubaydagi eng katta kutubxona javonlarida ham turgan emish… 🫢
— Ular bu kitobni qayerdan olishibdi? 🤔
— Qamar kitoblar do’konidan.
— Dubayga yetib borgan kitob mening javonimga qachon yetib kelarkan-a? 😭
— Ertaga onlayn xaridlarga 11% li chegirma bo’larkan, balki shu bahona olib qolarsiz 😉
— Onlayn buyurtmani qanday bersam bo’ladi, yetkazib berish xizmati bormi ularda?
— O’zbekiston bo’yicha yetkazib berishadi, siz @qamar_delivery ga yozsangiz kifoya 😌
Bizda ayb yoʻq 🥹
Oddiy qogʻozingizni qimmatli qogʻozga almashtirib berdik xolos! 📖
@qamarbooks
Toʻgʻri qilasiz 🥰
📖 "Niyat, ixlos va sidq" kitobining mohiyati bilan tanishga oʻxshaysiz.
Yuqoridagi videoda nechta kitob borligini va ularning nomini toping-chi? ☺️
@qamarbooks
"Kichkina xonimlar" bilan tanishtiramiz
📚 Kuni kecha sizni uch "Aka-uka Karamazovlar" bilan tanishtirgan edik. Endi esa Luiza Mey Olkottning toʻrt opa-singil haqidagi "Kichkina xonimlar" romanini taqdim etamiz.
📎Yozuvchi ushbu asarida oʻsmirlik dunyosining tezkor va shiddatli davrlarini, vatan, burch, masʼuliyat, sadoqat singari ohori toʻkilmagan mavzularni tasvirlaydi.
• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 413 bet;
• Narxi – 50.000 soʻm.
XX asr oʻzbek adabiyoti moʻjizasi
📚 "Oʻtkan kunlar" – yaqin oʻtmishdan shunchaki soʻzlab, sizni zeriktirib qoʻyadigan kitob emas.
Abdulla Qodiriy XlX asr voqealarini, ijtimoiy manzaralarini, turmush tarzini, murakkab tarixiy davrni fojiali sevgi qissasi ortida tasvirlagan.
✨ Faqat millatimizgagina xos boʻlgan lavhalar kitobxonni taʼsirlantirmay qoʻymaydi. Asl asarni asl holida taqdim etamiz. Yana bir marta oʻqib qoʻying.
• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 575 bet;
• Narxi – 37.000 soʻm.
Sizga kitob bor 📝
🔖Oʻzining mav’izalari, toʻgʻri yoʻlga boshlovchi qissalari, asarlari bilan kitobxonga tanish yozuvchi Muhammad Rotib Nobulsiydan ajoyib asar – "Sen uchun".
Diniy va dunyoviy masalalarda har doim kerak boʻladigan maslahatlar ushbu kitobda jam boʻlgan. Baxillik, ribo, gʻiybat, hasad kabi illatlardan ta’siri kuchli voqealarni hikoya qilish orqali qaytarilgan.
📖 Biz ham sizni yaqin olib aytamiz. Bu kitob – "Sen uchun" ⭐️
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 275 bet;
• Narxi – 45.000 soʻm.
Qishda o’qiyman deb terib qo’ygan kitoblarim bor 😋
Siz qaysi kitoblarni o’qishni reja qilyapsiz?
@qamarbooks
Taqiriz gʻolibi aniq boʻlishiga 1 kun qoldi
“Ishq” toʻplamini kimlar birinchilardan boʻlib olar ekan-a? 🤭
#sizdan_tavsiya
👤: Yaqinda oila quraman, lekin bunga oid umuman kitob o’qimaganman. Qanaqa kitob tavsiya qilasizlar?
Kimdadir jon qaygʻusi, kimdir vatan qaygʻusida
📜 Siz azizlarga rad qila olinmaydigan kitob – Alixontoʻra Sogʻuniyning "Turkiston qaygʻusi" asarini tavsiya etamiz.
Yoʻlboshchi oʻlaroq jasorat koʻrsatgan muallifning Turkiston istiqboli haqida qaygʻurib bayon qilgan fikrlari bugungi kun uchun ham ahamiyatli.
📚 “Turkiston qaygʻusi" – ba'zi sabablar bilan yashirib kelingan yaqin tarix haqiqatlarini bilish imkoniyati. Oʻtmish va kelajakka befarq boʻlmagan kitobxon uchun…
• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 412 bet;
• Narxi – 65.000 soʻm.
2️⃣0️⃣0️⃣ 🔠
Instagramni zabt etyapmiz 🎉
📷 Hamma koʻngilochar sahifalarni kuzatish bilan ovora bir paytda siz "Qamar" sahifasini tanlaganingiz uchun rahmat!
Kitoblarning sokin olamida biz bilan birga ekanligingiz uchun tashakkur!
👌 Ketib qolish yoʻq. Millionlar sari olgʻa. Instagram'chasiga "layk"larni ayamaymiz, izohlarni “portlatamiz” ❤️🔥
@qamarbooks
❗️Tanlov tugashiga 3 kun qoldi
Fotih Dumanning yangi nashrdan chiqayotgan “Ishq” toʻplamini birinchilardan boʻlib qoʻlga kiritishga shoshiling 🤩
Yerdagi "oʻzga sayyoralik"larga
📚 Muallif aytganidek, "dunyoga moslasholmagan tanish-notanish barchaga" atalgan kitob – "Nima uchun bor boʻlsang, shuning uchun yasha".
Oʻqi va yashash mohiyatini angla. Asl baxt uchun yasha, oʻzing uchun yasha, porloq kelajak uchun yasha.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 239 bet;
• Narxi – 37.000 soʻm.
🔥 Muhim
Bugun (11-noyabr) 11%li chegirma munosabati bilan bizga kelayotgan murojaatlar soni keskin oshib ketgani uchun xabarlarga imkon qadar bugun javob berishga harakat qilamiz.
❗️Agarda siz 11-noyabrdagi 11%li chegirma davrida @qamar_delivery ga murojaat qilgan bo’lsangiz, lekin bugun buyurtma rasmiylashtirishga ulgurmay qolsak, ertaga sizning buyurtmangiz mana shu chegirma boʻyicha hisoblab yuboriladi.
Bizni to’g’ri tushunganingiz uchun rahmat 🤗
@qamarbooks
#qamar_dayjest
Oʻtgan hafta davomida e’lon qilingan kitoblar 📚
🌸Hamid Sodiq tomonidan tavsiya etilgan TOP kitoblar
🌸Musʼhafingiz bormi?
🌸 Yangilik deyishga arzirligi bor kitob
🌸 Yozuvchisiga qarab, kitobini ol!
🌸 Dostoyevskiyning "soʻnggi soʻzi"
🌸 "Dunyodagi hech bir narsa bolalardan qadrli emas"
🌸 "Kichkina xonimlar" bilan tanishtiramiz
🌸 Dardlar mehmoningdir deya boshlanuvchi yana bir "darddosh" kitob
🌸Sevimli qahramoningiz ulgʻaydi
🌸🌸 Oddiy qogʻozingizni qimmatli qogʻozga almashtirib berdik xolos!
Ulgursangiz, ulgurib qoling 😚
🛍 11-noyabr kuni "Qamar" doʻkonlaridagi barcha mahsulotlarni 11 foizli CHEGIRMA bilan onlayn xarid qilishingiz mumkin.
Buyurtmangiz talatoʻpda qolib ketmasligi uchun birinchilardan harakat qiling. Ertadan keyin kech boʻladi 🤗
❗️Chegirma faqat onlayn xaridlar uchun amal qiladi
#satrlar
Moʻminning kiyim-kechagi bir juft boʻladi, doim pokiza boʻladi. Oddiy kiyinishga intiladi. Xoʻsh, kiyim javoni turli-tuman kiyimlarga toʻla, yangi kiyimni bir kiyib, qaytib kiymaydigan kishi din haqida soʻzlasa, unda axloq bormi?
Moʻmin kishi kam yeydi, kam uxlaydi, kam gapiradi. Xoʻsh, bir oʻtirishda uch kishilik taomni koʻrdim demaydigan, barvaqt uygʻonish oʻrniga peshingacha uxlaydigan va koʻp gapiradigan, laqillab gap sotib oʻtirishni yaxshi koʻradigan kishi din haqida soʻzlasa, unda axloq bormi?
📚 “Hamza” kitobidan
@qamarnashriyoti
Kuting… Yangilik bor 🎉
📚 Dardlar mehmoningdir deya boshlanuvchi yana bir "darddosh" kitobni sizga taqdim etish niyatidamiz.
"Bu ham oʻtar, yo Hu" – inson umri fasllar kabi oʻzgaruvchan ekanini aytib, koʻngildagi huzn vaqtinchaligini eslatib, xotirjamlik tuygʻusini his qildiradigan kitobni tez kunda ulashamiz…✨
@qamarbooks
❓ Qogʻozli kitob, elektron yoki audio?
Siz qay birini tanlaysiz?
❤️ — Qogʻozli
🔥 — Elektron
👍🏻 — Audio
Izohlarda nima uchun bunday tanlov qilganingizni yozib keting ☺️