qamarbooks | Unsorted

Telegram-канал qamarbooks - Qamar kitoblar do‘koni

51891

⛳️ Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 42-uy. Moʻljal: Chorsu, sobiq GUM ro'parasida. 🚗 O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati mavjud! ☎️ +998998454400 | +998712037004 @qamar_delivery 🕗 Har kuni: 08:00-20:00

Subscribe to a channel

Qamar kitoblar do‘koni

Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan — bu

Vaqt bilan poyga, orzu bilan sinov, hayot va oʻlim orasidagi nozik chegara haqidagi hikoya.

Yaqinda siz ham bu kitobni yigʻlab, kulib, oʻzingizni soʻroqqa tutib oʻqiysiz. Men qanday yashayapman oʻzi, deb oʻylab qolasiz.

Kutishga arziydi.

Tez kunda sotuvda!

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

📚 Klassikani o‘qimang, agar…

…agar undagi biror so‘z yuragingizga tegib ketishini istamasangiz.
…o‘zingizni boshqalar ko‘zidan ko‘rib qolishdan qo‘rqsangiz.
…hayotga boshqa nigoh bilan qarab yuborishni xohlamasangiz.
…sukutni tushunishni istamasangiz.
…har bir sahifa sizni o‘zgartirib yuborishidan cho‘chisangiz.

Agar aksincha bular siz istagan narsalar bo‘lsa, mutolaaga marhamat!

Klassika shunchaki o‘tmish emas. Undagi so‘zlar eskirishi mumkin, ammo ma’no yashayveradi.

🪶 Tolstoy, Turgenev Dostoyevskiy — ularda vaqt yo‘q. Haqiqat bor.

⏭️ “Jinoyat va jazo” — (yumshoq muqova) 25.000 soʻm;
⏭️ “Qimorboz” — 35.000 soʻm;
⏭️ “Tirilish” — 54.000 soʻm;
⏭️ ”Marjon shodasi” — 25.000 soʻm;
⏭️ “Otalar va bolalar” — 27.000 soʻm.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

Shermin Yasharning yaqinda tarjima qilingan toʻrtta kitobini oʻqib chiqdim.

Inson qadri, ichki kechinmalari, his-tuygʻularining aniq, ravon, xalqchil uslubda yozilgani yozuvchining mahoratini ochib beradi. Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Oʻtkir Hoshimov asarlarining ayni zamonamizdagi muqobillari deya olaman.

Yangi adabiyotlardan bu kabi asarga hali duch kelmadim.
Asarni oʻqigan inson qaysidir obrazda oʻzini topishi shubhasiz.
Birgina kitobini oʻqishingiz muallifning boshqa asarlarini ham oʻqib chiqishga majbur qiladi.

Shermin Yashar asarlari bilan oʻzingiz uchun yangi iste’dodni kashf qiling.

Ayniqsa, turk adabiyotini “sariq adabiyot” deb nomlab olganlarga yaxshigina javob bu kitoblar.

©️ Oisha Mansur (obunachimizdan)

Shermin Yashar asarlari Uzum market sahifamizda mavjud:


👉 https://uzum.uz/qamar-books

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

🖼 “Moʻyna mantoli madonna” — kuchli, ehtirosli va ajoyib muhabbat tasviri…

📜 Romanning asosida bosh qahramon — Rauf afandining qora muqovali daftarga bitgan xotiralari yotadi.

Muallif Sabohiddin Ali aytilmagan gaplar, qalbda saqlangan tuygʻular, oʻzingizni baxtli boʻlishdan cheklash nimalarga olib kelishi mumkinligi haqida soʻz yuritadi.

❤️ Qarshimizdan chiqqan har bir kishining eng avvalo inson ekanligini, uning ham qalbi, oʻziga xos tuygʻulari borligini tushunish uchun ham oʻqishga arziydigan asar.

• Muqova — yumshoq;
• Sahifa — 218 bet;
• Narxi — 38.000 so‘m.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

➡️ Har bir tolibi ilm oʻqishi shart boʻlgan darslik

Imom Navaviy rohimahulloh ilm, taqvo hamda ixlos timsoli bo‘lgan buyuk muhaddis va faqih sifatida tan olinadi.

U zot qisqa umr kechirgan bo‘lsalar-da, musulmon ummatiga o‘chmas ilmiy meros qoldirganlar. “Riyozus Solihin”, “Arba’in Navaviy” asarlari qatorida “At-Tibyon” ham tolibi ilmlar uchun nihoyatda ahamiyatli darslik hisoblanadi.

📖 “At-Tibyon. Hofizi Qur’on odoblari” — Qur’on ahlining odobi, qalb holati va Qur’onga bo‘lgan hurmat, niyat pokligi haqida soʻz yuritadi. Bu asar har bir hofiz, qori, muallim va Qur’onni sevgan kishining do‘sti bo‘lishi zarur.

• Muqovasi — qattiq;
• Sahifasi — 256 bet;
• Narxi — 45.000 soʻm.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

Xolam shu kunlarda iffat haqida koʻp oʻylayotgan edi. Chunki tugʻilajak go‘dagining alohida xususiyati iffat boʻlishini aytardi. Xayollaridan ajralib, boshini menga qaratdi. Bildimki, aytadigan kalomida soʻroq yuki bor:

– Maryam, hayo ustunmi, iffatmi?

Xolamga hazrati Luqmondan oʻgʻli shunga oʻxshash savol soʻraganini aytib berdim.

– Ey otajon, odob, nasab, mol va ilmdan qaysi biri ustunroq? – deb soʻrabdi Luqmoni hakimning oʻgʻli.

Hazrati Luqmon oʻgʻliga:
– Odob nasabdan, ilm moldan xayrlidir, – debdi.
– Eng yaxshi xislat qaysi?
– Dindor boʻlish.
– Bu xislat ikkita boʻlsa-chi?
– Dindorlik va mol sohibi boʻlish.
– Uchta boʻlsa-chi?
– Dindorlik, mol va hayo.
– Toʻrtta boʻlsa-chi?
– Dindorlik, mol, hayo va goʻzal axloq.
– Beshta boʻlsa-chi?
– Dindorlik, mol, hayo, goʻzal axloq va joʻmardlik.
– Oltita boʻlsa-chi?
– Oʻgʻlim, kimda bu besh xislat boʻlsa, u taqvo ahlidan boʻladi.

💝 “Qalb iffati” kitobidan

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

🌾 Xalqaro oila kuni bilan tabriklaymiz!

Oila — bu birga kulgan, birga yigʻlagan, birga ulgʻaygan yuraklar jamiyati. Mana shu oilangizga qut-baraka, cheksiz sevgi va bitmas-tuganmas baxtli kunlar tilaymiz💗

Fursatdan foydalanib, oilangizni nurga toʻlishiga, munosabatlaringiz isloh boʻlishiga koʻmakchi boʻladigan kitoblarni tavsiya qilmoqchimiz:

1️⃣ "Oila saodat maskani" — 29.000 soʻm;
2️⃣ "Ali va Fotima r.a. misolida saodatli oila bayoni — 49.000 soʻm;
3️⃣ "Mehr oyi" — 26.000 soʻm;
4️⃣ "Qalbga taskin bitiklar 2" — 40.000 soʻm;
5️⃣ "Eng baxtli oila" — 50.000 soʻm;


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

📌📌📌📌

Haftaning olov chegirmalaridan foydalandingizmi? 👀

Quyida chegirmaga tushgan kitoblar roʻyxatini qoldiramiz. 22-maygacha sevgan kitoblaringizni chegirma narxlarda xarid qiling! ☺️

https://drive.google.com/file/d/14QlV7ZhZEpFnZMApqIVre8U05ZmSsfxl/view?usp=sharing


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

⚪️ Butun jamiyat tartibini buzgan KOʻRLIK…

📎 Yuqorida koʻpchilikning koʻzini ochayotgan “Koʻrlik” kitobidan ba’zi parchalarni keltirdik. Sezganingizdek, bu shunchaki koʻzimizning ojizligi haqidagi asar emas. Biz nimani koʻrib, nimani e’tiborga olmaslik yoʻlini tanlayotganimiz haqida.

Agar kitobni allaqachon oʻqigan boʻlsangiz, sizning yodingizda qolgan satrlar qaysi? Izohlarda yozib qoldiring ➡️

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 396 bet;
• Narxi – 55.000 so‘m.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

🌒 Shifokor boʻla turib, birdan bemorga aylanish…

Pol Kalaniti — iste’dodli miya jarrohi, faylasuf va yozuvchi. Uzoq yillar davomida boshqalarning hayoti uchun kurashgan bu shifokor kun kelib oʻzining oʻlim hukmini eshitadi. 36 yoshida baxtli oila, porloq kelajak, orzular va ilmiy karyera — bularning barchasi birgina tashxis bilan sinadi: oxirgi bosqichdagi oʻpka saratoni.

Oʻlim yoqasida insonlar qidirgan haqiqat va hayot mazmuni nima boʻlar ekan?

“Soʻnggi nafas havoga qorishguncha”
Tez kunda sotuvda!

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

🫂 Odamlar ikki toifaga boʻlinadi…

〽️-toifadagilar oʻzlari xohlagan ishni qilish uchun boshqalardan ruxsat kutuvchilar.
〽️-toifadagilar oʻzlariga bu ishni qilish uchun ruxsat beradiganlar.

Maqsadingiz yoʻlida foydalanish mumkin boʻlgan imkoniyatlar har doim mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanishga tayyor boʻlgan har qanday kishi unga ega chiqishi mumkin.

📖 “20 yoshimgacha nega bu haqda aytishmagan?” kitobi ham bir imkoniyat. Uni bugun oʻqib, muallifning durdona maslahatlari bilan hayotingizda burilish qilishga oʻzingizga ruxsat bering!

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 238 bet;
• Narxi – 54.000 soʻm.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

"Xolid ibn Valid" asari — SOTUVDA!

📚 Tarixni sevuvchilar va haqiqiy rahbarlik saboqlarini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun bebaho manba!

U o‘zining jasorati, sadoqati, va rahbarlik fazilatlari bilan har bir musulmon uchun namunadir. Uning hayoti — Alloh yo‘lida fidokorlik, sabr, va halollik saboqlariga boy.

🇸🇦 Xolid ibn Valid Islomga kechroq kirgan bo‘lsa-da, imoni mustahkam bo‘lgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom unga "Allohning qilichi" deb laqab berganlar. Bu laqab — Alloh yo‘lida hech kimdan, hech narsadan cho‘chimaydigan mard jangchiga berilgan yuksak maqom edi.

"Xolid ibn Valid. Sinmagan shamshir":

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 285 bet;
• Narxi – 56.000 soʻm.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

Qur’onga tashna qalblar uchun 📖

Qur’oni karimni oʻrganishni, Allohning kalomiga binoan hayot kechirishni istaganlar uchun ulugʻ kitobimizning oʻzbek tilidagi yangi tarjimasi taqdim etildi.

Tarjimaga mufassir, hofizi Qur’on, oʻn qiroat boʻyicha ijoza sohibi, ilohiyot fanlari doktori, professor Hasan Tahsin hazratlarining tarjimasi hamda ta’vil, izoh va sharhlari asos qilib olingan.

"Fayzul Furqon" — Qur’oni karim ma’nolarining izohli tarjimasi boʻlib, Kalomullohni oʻz tilimizda oʻqib, chuqurroq anglash imkoniyatini beradi.

• Narxi – 169.000 soʻm.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

📖 Bugun siz oʻqib bergan kitob, ertaga farzandingizning dunyoqarashi boʻladi.

☀️ Pingvin Books kitoblari orasidan farzandingiz yoshi va qiziqishiga moslarini tanlab olishingiz mumkin.

Narxlari:
• “Bobomning shirin kulchalari” — 22.000 soʻm;
• “Falsafa. Devot ortidagi olam” — 22.000 soʻm;
• “Fazodagi banan daraxti” — 22.000 soʻm;
• “Uzun quloq” — 22.000 soʻm;
• “Bunyo bilan mikroolamga sayohat” — 22.000 soʻm;
• “Noʻxat odam” — 22.000 soʻm;
• “Qiyinchiliklardan qoʻrqmaydigan Dino” — 24.000 soʻm;
• “Dadam uyga qaytganda” — 24.000 soʻm;
• “Daraxsevar bulat” — 24.000 soʻm;
• “Gʻaroyib koʻzoynaklar diyori” — 24.000 soʻm;
• “Lak lak ismlar laylak” — 24.000 soʻm;
• “Mushakbozlik” — 24.000 soʻm.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

Siz soʻradingiz — biz bajardik!

Islom tarixidagi eng muhim janglarni jonli kuzatishga tayyormisiz?

100 ga yaqin jangda g’alaba qozongan
Rim va Vizantiyani tiz choʻktirgan
Allohning qilichi Xolid ibn al-Valid haqidagi

“Xolid ibn al-Valid” asari tez kunda sotuvda!

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

🤓: Nima uchun kitob olsangiz xursand bo‘lasiz? Faqat menda shunaqami yoki hammada?

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

✨ Shamol to‘xtadi, ammo kitoblarga bo‘lgan mehrimiz hech qachon to‘xtamasin.

Chunki ongimizdagi changlarni faqat ilm bilangina tozalash mumkin.

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

Uzr, rejalarim bor…

Bir necha yuz sahifani oʻqib tugatish, bir nechta fikrni oʻylab koʻrish, bir necha dunyolarni kashf qilish rejalarim bor.

Yoʻq, mutolaa — bu qochish emas, oʻzimga qaytish.

Hurmat bilan
Kitobxon

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

"Kompyuter tomografiyasining bosma nusxalariga tezda ko‘z yugurtirdim. Tashxis kundek ravshan edi: o‘pkada ko‘plab o‘smalar, umurtqa pog‘onasi deformatsiyasi, jigarning bir bo‘lagi butkul qurib qolgan — saraton shitob bilan yoyilib borayotgandi. Ta’limimning so‘nggi yilidagi miya jarrohi o‘laroq so‘nggi 6 oy davomida bunga o‘xshash o‘nlab tasvirlarni ko‘zdan kechirgandim. Ammo bu safar vaziyat umuman boshqacha, chunki bu tomografiya o‘zimniki…"

Endigina mehnat-u mashaqqatlarining samarasini ko‘radigan yoshga yetganda to‘rtinchi bosqich o‘pka saratoniga chalingan Pol Kalaniti kutilmaganda o‘lim bilan yuzma-yuz keldi. Uning ichki kechinmalarini "So‘nggi nafas havoga qorishmasdan" asari orqali his etishingiz mumkin.

Tez kunda sotuvda!

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

💝 Har bir kitobxonimizga tanish bu holat…

📖 Doʻkonga kirishingiz bilan kitob hidi bilan toʻlgan olamga tushasiz. Har bir javon — sarguzashtlarga ochilgan bir eshik. Jimjitlik ichra varaqlar shivirlaydi. Bu yerda vaqt sekinlashadi. Tashqaridagi shovqinlar yoʻqoladi. Qoʻlga olganingiz kitob ilk satrlaridan yuragingizni oʻziga tortib ketadi.

Faqat siz, sevimli kitob doʻkoningiz Qamar va siz tanlagan yangi qahramonlar qoladi.

©️ Sizni kutyapmiz.

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

➡️ Ochlar borligini bila turib ovqat tomogʻingizdan oʻtadimi?

Ochlik, ocharchilik deganda koʻpchilik uzoq Afrika qit’asi va u yerdagi bolajonlarni tasavvur qiladi.

Ammo atrofimizga sinchiklab qarasak, ochlik bilan sinalayotgan koʻplab odamlarni payqashimiz mumkin. Ularni ajratib olish qiyin emas. Avvalo, xohish boʻlsa bas.

📖 “Ochlik” asari orqali Knut Hamsun har narsada rivojlanib borayotgan insoniyat iqtidori hali hamon ocharchilikni hal etolmaganini his ettiradi.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 266 bet;
• Narxi – 59.000 soʻm.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

“Mukoshafatul Qulub” — tirik qalblar kashf eta oladigan kitob.

📖 Abu Homid Gʻazzoliy tomonidan yozilgan ushbu asarda Allohga doim toatda, qoʻrquv va zikrda boʻlish fazilatlari haqida soʻz yuritiladi.

Qolaversa, asar yakunida Paygʻambarimiz alayhissalomning soʻnggi kunlari va vafotlari batafsil yozilgan.

Islom dini mohiyatini barcha nozik jihatlari bilan oʻrganib, qalbi bilan kashf etishni istaganlar uchun bu kitob albatta manfaatli boʻladi.

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 471 bet;
• Narxi – 86.000 soʻm.


🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

Imkoniyatlar emas, aslida, bizning tasavvurimiz chegaralangan. Toki tasavvurimizni kengaytirmas ekanmiz, imkonlarimiz ham cheklanib qolaveradi.

Osmonni tasavvur qilmagan ucha olmaydi.
Yerni xayol qilmagan cho‘kib ketadi…

📒 “Qalbga taskin bitiklar” kitobidan

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

Kelishda non olib keling!

“Xonam eshigining orqasidagi koʻzguda aksimga koʻzim tushib qoldi. Oʻzimga tikilib qaradim. Men haqimda odamlar doim: «Otasining quyib qoʻygandek oʻzi-ya», - deyishadi. Mana, menga gʻirt oʻxshaydigan otam bugun kechqurun uyga kelyapti”.

Oradan 16 yil oʻtib bir oila qayta qovushguncha uning har bir a’zosi boshidan nimalarni oʻtkazdi ekan? Shermin Yashar ushbu “Kelishda non olib keling” kitobining shu nomdagi hikoyasida yuqoridagi voqealar haqida yozadi. Ushbu birinchi hikoyani oʻqishingiz bilan kitobning davomini oʻqishdan oʻzingizni toʻxtatolmaysiz 😊

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 288 bet;
• Narxi – 52.000 soʻm.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab UzPost pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

🤍 Kitobni tushunishga qiynalyapsizmi?

Tavsiyamiz — uning muhim joylarini daftarga yozishni yoʻlga qoʻying. Bu usul nafaqat tushunishga, balki eslab qolishga, tafakkur qilishga ham yordam beradi.

⚪️ Yozing va oʻqiganingizni miyangizga muhrlang.

Sizga yana qaysi usullar kitobni tushunishga yordam bergan? Izohlarda boʻlishing ➡️

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

🔝🔝🔝🔝🔝🔝

📚 Oʻtgan hafta davomida eng koʻp tanlangan va xarid qilingan kitoblar bilan tanishing:

🌸 "Yashamoq" — 59.000 soʻm;
🌸 "Koʻrlik" — 55.000 soʻm;
🌸 "Ochlik" — 59.000 soʻm;
🌸 "Ali va Fotima r.a. misolida saodatli oila bayoni" — 49.000 soʻm;
🌸 "Afv et, Allohim" — 49.000 soʻm;
🌸 "O’limdan keyingi hayot" — 51.000 soʻm;
🌸 "Alloh sari yigirma bekat" — 39.000 soʻm;
🌸 "Men" (flexible muqova) — 64.000 soʻm;
🌸 "Meni kimdir eshityaptimi?" — 29.000 soʻm;
🌸🌸 "20 yoshimchaga nega bu haqda aytishmagan?" — 54.000 soʻm.


O‘qiydigan odam — yo‘lga tushgan odam. Har sahifa — yangi qadam. Koʻproq oʻqing, uzoqqa borasiz.

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

🍂 Hammaning oʻz haqiqati bor va har kim oʻzicha haq!

“Otalar va bolalar” — asrlar osha takrorlanadigan avlodlar qarashi toʻqnashuvidir. Ivan Turgenev inson uchun tushunilish qanchalar muhimligini hayqirib emas, pichirlab tushuntiradi. Aynan shu pichirilash qalbning tubigacha yetib boradi.

Agar siz yaqinlaringiz orasida oʻzingizni yolgʻiz his qilsangiz, siz albatta Bazarovni tushunasiz. Agar siz tuygʻularingizni koʻrsatolmay qattiq yaxshi koʻrsangiz, Bazarovning ota-onasini ham tushuna olasiz.

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 240 bet;
• Narxi – 27.000 soʻm.


@qora_yigit

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

⛰️ Shonli Makka fathida Xolid ibn Valid Islom lashkari o‘ng qanotining muzaffar qo‘mondoni bo‘ldi. Uning qo‘l ostida 3 mingdan ortiq askar bor edi, bu ulug‘vor Islom qo‘shinining uchdan birini tashkil etardi. Yonida muhojir va ansorlar bilan birga fazilatli Muzayna, salobatli Aslam, halim-u salim tabiatli Sulaym savlat to‘kib turardi. Bu Nabiyimiz alayhissalomning Xolidni qanchalik qadrlashlarini ko‘rsatardi.

Shuningdek, bu tadbirlari bilan go‘yo Xolidning kelajakda Islom bayrog‘i ostida birlashgan qo‘shinni ham boshqara olishiga ishora qilgandilar.

🏷️"Xolid ibn Valid" kitobidan
Tez kunda sotuvda!

@qamarbooks

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

📘 Kitoblar odamlarni o‘ylashga majbur qiladi. Bu esa xavfli. Shuning uchun ham mazkur roman ba’zi davlatlarda taqiqlangan.

Tasavvur qiling: kitob o‘qish jinoyatga aylangan. Kitoblar yoqiladi. So‘zlardan qo‘rqish — odatiy hol. Aynan shunday dunyoda yashaydigan bir odam — Guy Montag hammasini o‘zgartiradi.

🪶 1953-yilda yozilgan “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” kitobida Rey Bredberi xuddi biz yashayotgan davrni borligicha koʻrsatib bergan. Shuning uchun bu asar biz uchun muhim bir ogohlantirish, deb qabul qilsak arziydi.

“Baxtli boʻlish uchun hamma narsamiz bor-u, lekin baxtsizmiz. Nimadir yetishmaydi.”
(R.Bredberi)

• Muqova — yumshoq;
• Sahifa — 224 bet;
• Narxi — 46.000 so‘m.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…

Qamar kitoblar do‘koni

🪟 Oʻquvchilarni kechalari uxlatmay, koʻz yoshlariga choʻktirgan “Yashamoq” kitobini xotirladik.

Asar hayotni, yoningizdagilarni qadrlashga chaqiradi, shukr hisini uygʻotadi. Tili sodda, yurakka yaqin. Oʻqish oson, lekin unutish qiyin...

▶️ Qalblarni titratgan ba’zi lahzalarni sun’iy intellekt yordamida jonlantirdik. Ularni qayta yashaganday boʻldingizmi?

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 278 bet;
• Narxi – 59.000 soʻm.


🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

Читать полностью…
Subscribe to a channel