polito_uz | Unsorted

Telegram-канал polito_uz - polito.uz

6296

Official channel of Turin Polytechnic University in Tashkent Apply at https://qabul.turin.uz Website: https://turin.uz Youtube: https://youtube.com/@turinpolytechnicuniversity Instagram: https://www.instagram.com/turin_uz Press Service: @TTPU_PRESSbot

Subscribe to a channel

polito.uz

💐 Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

Ustozlik — nafaqat kasb, balki yuksak mas’uliyat, sabr va mehrni talab qiladigan sharafli yo‘l. Sizning har bir so‘zingiz, e’tiboringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, ularni yangi marralar sari ilhomlantiradi.

🎓TTPU jamoasi barcha ustoz va murabbiylarga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, qalb xotirjamligi va faoliyatingizda yangi ilhom tilaydi. Mehnatingiz doimo e’zozda, shogirdlaringiz yutuqlari esa eng katta quvonchingiz bo‘lsin!


💐 Dear teachers and mentors!

We sincerely congratulate you on October 1 — Teachers’ and Mentors’ Day!

Teaching is not only a profession, but also a noble path that requires great responsibility, patience, and compassion. Every word you share, your attention, and your support help young people build confidence in themselves and inspire them to reach new heights.

🎓The TTPU community wishes all teachers and mentors good health, family well-being, peace of mind, and continued inspiration in your professional journey. May your dedication always be valued, and may the achievements of your students be your greatest source of joy!

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🎓  TTPU talaba-xodimlari Turkiyada malaka oshirish dasturida! 🇹🇷

📣 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba-xodimlari Turkiyada Mudofaa sanoati ilmiy-tadqiqot markazini barpo etish loyihasi doirasida tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi hamda Turkiyaning TÜBİTAK BİLGEM ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etilgan.

👨‍💻 Dastur ishtirokchilari quyidagi bo‘limlarda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar:
Yokubov Otabek — Dasturiy ta’minot bo‘limi
Qoriyev Ayubxon — Ma’lumotlar bilan ishlash bo‘limi
Umidjon Atoyev — Og‘ir yuk ko‘taruvchi dronlarni loyihalash va ishlab chiqarish bo‘limi

🌐 Dastur doirasidagi xalqaro tajriba almashinuvi talabalarga dasturiy ta’minot, axborot texnologiyalari, kompyuter va elektronika muhandisligi yo‘nalishlarida ilg‘or bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lish, shuningdek, zamonaviy ilmiy-tadqiqot muhitida o‘z malakasini oshirish imkonini bermoqda.


🎓  TTPU Student Staff Members Participate in a Professional Training Program in Turkey! 🇹🇷

📣  Students and staff members of Turin Polytechnic University in Tashkent are participating in a professional training program in Turkey, organized within the framework of the Defense Industry Research Center development project.
The program is organized through cooperation between the Defense Industry Agency under the Ministry of Defense of the Republic of Uzbekistan and Turkey’s TÜBİTAK BİLGEM Research Center.

👨‍💻Program participants are undergoing practical training in the following departments:
Yokubov Otabek — Software Department
Koriyev Ayubxon — Data Management Department
Umidjon Atoyev — Heavy-Lift Drone Design and Manufacturing Department

🌐 The international training program provides TTPU students with an opportunity to gain advanced knowledge and practical experience in software development, information technologies, computer engineering, and electronics engineering, while developing their professional skills in a modern research and development environment.


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🎓 TTPU vakillari “Chip Design” xalqaro bootcamp'ida!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Maqsudjon Usmonov hamda “Kompyuter muhandisligi” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Abdushukur Qodirov 17–31-avgust kunlari Qozog‘istonning Astana shahridagi Nazarbayev Universityda o‘tkazilayotgan “Chip Design” intensiv bootcampi'da ishtirok etmoqda.

🤩 Mazkur amaliy ta’lim dasturi mikrochip va protsessorlarni loyihalashning to‘liq siklini qamrab olib, ishtirokchilarga chip arxitekturasi, protsessor dizayni hamda zamonaviy yarimo‘tkazgich texnologiyalari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini bermoqda.

🌐 Loyiha Nazarbayev University va Xitoy Fanlar akademiyasi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, dasturga AMD kompaniyasining sobiq muhandisi, Qozog‘istondagi ilk mikrochip yaratuvchilaridan biri — professor Nursultan Kabylkas mentorlik qilmoqda.

TTPU vakillarining mazkur xalqaro dasturdagi ishtiroki zamonaviy chip dizayni, mikroelektronika va protsessor texnologiyalari sohasida tajriba almashish hamda ilg‘or bilimlarni universitet ta’lim va ilmiy faoliyatiga tatbiq etish uchun muhim imkoniyatdir.



🎓 TTPU Representatives Participate in the International “Chip Design” Bootcamp!

Senior Lecturer of the Department of Automatic Control and Computer Engineering, Maqsudjon Usmonov, and Abdushukur Qodirov, a third-year student majoring in Computer Engineering at Turin Polytechnic University in Tashkent, are participating in the intensive “Chip Design” bootcamp being held at Nazarbayev University in Astana, Kazakhstan, from August 17 to 31.

🤩 This hands-on training program covers the full cycle of microchip and processor design, providing participants with practical knowledge and skills in chip architecture, processor design, and modern semiconductor technologies.

🌐 The program is organized with the support of Nazarbayev University and the Chinese Academy of Sciences and is mentored by Professor Nursultan Kabylkas, a former AMD engineer and one of the creators of Kazakhstan’s first microchip.

The participation of TTPU representatives in this international program provides an important opportunity to exchange experience in chip design, microelectronics, and processor technologies, as well as to integrate advanced knowledge into the University’s educational and research activities.


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🚀 DriveX startapiga jami $40 000 investitsiya kiritildi!

Yoshlar Ventures jamg’armasi DriveX loyihasiga $25 000 sarmoya yo’naltirdi. Jamg’armamiz yetakchiligidagi ushbu raundga Turin Politexnika Universiteti ham qo’shildi va o’z navbatida $15 000 kiritdi.

DriveX — tog’li hududlar turizmi, qutqaruv xizmatlari hamda ekstremal sharoitlarda yuk va yo’lovchi tashishga mo’ljallangan modulli, ko’p funksiyali off-road platforma va unga xizmat ko’rsatuvchi servislar ekotizimi.

Loyihaning o’ziga xosligi shundaki, bitta universal shassi ustiga bir necha daqiqa ichida turli modullarni o’rnatish mumkin. Ya’ni bugun turistlarni tashigan mashina ertaga qutqaruv texnikasiga aylanadi.

🏭 DriveX — biz Yoshlar ishlari agentligi va UzCombinator bilan birga ishga tushirgan TechCombinator akseleratorining birinchi mevalaridan biri.

Bu mamlakatimizdagi hardware startaplarga mo’ljallangan ilk akselerator dasturi.
40 kun davomida asoschilar bilan yonma-yon mahsulotni bozorga moslashtirish, mijoz bilan muloqot, oddiy g’oyani jiddiy biznesga aylantirish ustida ishladik.

🎉 DriveX jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz va loyihani global miqyosda rivojlantirishida zafarlar tilaymiz!

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz

Читать полностью…

polito.uz

🥇 President Tech Award 2026: ariza to‘ldirish yo‘riqnomasi

President Tech Award 2026 uchun arizangizni to‘ldirdingizmi?

✅ Uni yakuniy yuborishdan avval barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq kiritilganiga ishonch hosil qiling.

Biriktirilgan yo‘riqnomada quyidagi jarayonlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan:

🔵 platformada ro‘yxatdan o‘tish;
🔵 jamoa va loyiha ma’lumotlarini kiritish;
🔵 ommaviy ofertani to‘ldirish;
🔵 arizani yakuniy yuborish.

⚠️ Arizalar qabuli:
🔹 Inkubatsiya dasturi — 10-avgustgacha;
🔹 Akseleratsiya dasturi — 10-avgustgacha;
🔹 Best Startup Project — 31-avgustgacha.


👉 Arizangizni awards.gov.uz orqali topshiring.

Yo‘riqnomani ko‘rib chiqing va barcha ma’lumotlar to‘liq kiritilganini tekshiring.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Читать полностью…

polito.uz

🎓 TTPU talabalari "UzAuto Motors" AJda!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti hamda mamlakatimizning yetakchi sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida navbatdagi talabalar guruhi "UzAuto Motors" zavodida tanishuv amaliyotini o‘tadilar.

Amaliyot jarayonida talabalar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi:
➡️ Nazariy bilimlarini bevosita zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash;
➡️ Avtomobilsozlik sanoatining ilg‘or texnologiyalari va uskunalari bilan yaqindan tanishish;
➡️ Malakali muhandis va mutaxassislardan soha sirlarini o‘rganish hamda tajriba almashish;
➡️ Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va korxona ichki tartib-qoidalarini amalda ko‘rish.

Muloqot va amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tgan ushbu amaliyot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javoblar olishdi.

Nazariya va amaliyotning uyg‘unligi — kelajakda raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning mustahkam poydevoridir!



🎓 TTPU Students at UzAuto Motors JSC!

As part of the cooperation between Turin Polytechnic University in Tashkent (TTPU) and leading industrial enterprises of Uzbekistan, another group of TTPU students is undertaking an introductory internship at the UzAuto Motors plant.

During the internship, students have the opportunity to:
➡️ Apply their theoretical knowledge directly in modern manufacturing processes;
➡️ Become familiar with advanced technologies and equipment used in the automotive industry;
➡️ Learn from experienced engineers and industry specialists and exchange practical knowledge;
➡️ Gain first-hand experience of occupational safety, workplace regulations, and internal procedures.

Throughout the internship, which included interactive discussions and practical sessions, students had the opportunity to ask questions and receive detailed answers from industry professionals.

The integration of theory and practice is a strong foundation for preparing competitive and highly qualified specialists for the future!

📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🎓 TTPUda INDUCTION WEEK — 4-KUN! ⚡️

TTPUda yangi talabalar uchun tashkil etilgan Induction Week haftaligining 4-kuni ham qiziqarli va mazmunli davom etdi.

💫Kun davomida talabalar universitetdagi akademik jarayonlar, mavjud imkoniyatlar va talabalar hayoti haqida batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, turli interaktiv mashg‘ulotlar va jamoaviy faoliyatlarda faol ishtirok etdilar.

🎓 Yangi tajribalar, yangi do‘stlar va kelajak sari dadil qadamlar!



🎓 INDUCTION WEEK AT TTPU — DAY 4! ⚡️

The fourth day of Induction Week at TTPU continued with engaging and informative activities for our newly admitted students.

💫Throughout the day, students learned more about academic processes, university opportunities, and student life. They also actively participated in interactive sessions and team-building activities.

🎓 New experiences, new friendships, and confident steps toward the future!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🎓 TTPUda INDUCTION WEEK — 3-KUN! ⚡️

Bugun Mexanika muhandisligi, Qurilish muhandisligi va Kompyuter muhandisligi yo‘nalishlariga yangi qabul qilingan talabalar uchun Induction Week dasturining 3-kuni bo‘lib o‘tdi.

💫Talabalar universitetdagi ta’lim jarayoni, zamonaviy laboratoriyalar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, kampus bo‘ylab ekskursiya hamda qiziqarli interaktiv faoliyatlarda ishtirok etdilar.

🎓 Yangi bilimlar, yangi tanishuvlar va katta maqsadlar sari navbatdagi qadam!


🎓 INDUCTION WEEK AT TTPU — DAY 3! ⚡️

Today, newly admitted students of Mechanical Engineering, Civil Engineering, and Computer Engineering took part in the third day of Induction Week.

💫Students learned more about the academic process, modern laboratories, and opportunities available at TTPU. They also explored the campus and participated in engaging interactive activities.

🎓 Another step toward new knowledge, new connections, and ambitious goals!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🎓TTPUda INDUCTION WEEK boshlandi! ⚡️

TTPUda yangi talabalar uchun Induction Week haftaligiga start berildi! ✨

1-kun davomida talabalar universitet hayoti, ta’lim imkoniyatlari hamda kelgusidagi faoliyatlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Kampus bo‘ylab ekskursiya davomida esa zamonaviy laboratoriyalar, texnopark, kutubxona va sport majmuasi bilan yaqindan tanishdilar.

💫Kunning eng qiziqarli qismi sport mashg‘ulotlari, interaktiv faoliyatlar va maxsus treninglar bilan davom etdi.

🎓 Yangi tanishuvlar, yangi taassurotlar va yangi maqsadlar — barchasi ilk kundanoq boshlandi!



🎓 INDUCTION WEEK has started at TTPU! ⚡️

TTPU has officially kicked off Induction Week for its new students! ✨

On Day 1, students received important information about university life, academic opportunities, and their future journey at TTPU. During a campus tour, they also explored the university’s modern laboratories, technopark, library, and sports complex.

💫The most exciting part of the day continued with sports activities, interactive sessions, and special training sessions.

🎓 New connections, new experiences, and new goals — it all started from Day 1!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🇺🇿 "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 3️⃣5️⃣ yilligiga bag‘ishlangan yilning eng yirik texnologik va muhandislik jangi — «TECHNO DRIVE — 2026» ochiq musobaqasiga tayyormisiz? O'z iqtidoringizni amalda ko'rsatish vaqti keldi!"
 
Aviamodel va Raketamodel: "Osmonni zabt etishni xohlaysizmi? Unda Aviamodel va Raketamodel yo'nalishlarida parvoz aniqligi va koinot texnologiyalari bo'yicha o'z mahoratingizni namoyish eting!"
 
FPV Dronlar: "Tezlik va aniqlik ishqibozimisiz? 5 dyuymli dronlarda to'siqlarni yengib o'tuvchi Drone Racing poygalari va nishonga aniq uruvchi Drone Darts sizni kutmoqda!"
 
Robotlar jangi: "Haqiqiy texnologik kuchni his qiling! Yopiq arenada, 110 kilogrammgacha bo'lgan mashinalar o'rtasidagi ayovsiz to'qnashuv — bu Jangovar Robototexnika!"
 
Kibersport: "Strategiya va jamoaviy ruhni sevadiganlar uchun esa qizg'in Kibersport, ya'ni Counter-Strike 1.6 turnirida 5x5 formatdagi shiddatli janglar!"

 🇺🇿 ”Musobaqa 2026-yil 14-16 avgust kunlari Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida bo'lib o'tadi. Yoshi va jinsidan qat’i nazar, barcha ixtirochilar, talabalar va sportchilar ishtirok etishi mumkin!"
 
👑 "Eng kuchlilarni qimmatbaho sovrinlar, kubok, medallar va pul mukofotlari kutmoqda! Fursatni boy bermang, 12-avgustga qadar  
🌐 technodrive.uz  sayti orqali ro'yxatdan o'ting!

❗️ Qo’shimcha ma’lumot olish uchun:
😀 +99897 343 32 82
😀 +99899 667 36 90

🤩 Bizning ishtimoiy tarmoq manzil:
✅ Telegram
📹 TechnoDrive2026">Youtube

Читать полностью…

polito.uz

Uzoq masofadan boshqariladigan mini sapyor

Ixtiyor Sadullayev boshchiligidagi Armor Dengjen Viks jamoasi “Kelajak muhandislari” tanlovida maxsus xavfli hududlarda razvedka olib borish va xavfli moddalarni zararsizlantirishga mo‘ljallangan uzoq masofadan boshqariladigan mini sapyor loyihasini taqdim etdi.

Qurilma Si Uni7 Pro pulti orqali boshqariladi. Issiqlikka bardoshli alyuminiy korpus va 35–50 darajagacha bo‘lgan balandlik hamda qiyaliklarda harakatlana oladigan zanjirli harakatlanish tizimi uni murakkab sharoitlarda ham samarali ishlashini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, mini sapyor 4–5 soat davomida uzluksiz ishlay oladi. Ushbu loyiha xavfli hududlarda inson hayotini asrash, razvedka ishlarini olib borish va zararsizlantirish jarayonlarini xavfsiz tashkil etishga xizmat qiladi.


#KelajakMuhandislar #Ishlanmalar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

polito.uz

🇺🇿🇦🇿 Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi TTPUda

2026-yil 5-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa sanoati vaziri o‘rinbosari Hidayat Azimov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar universitetning ta’lim, ilmiy va innovatsion faoliyati, zamonaviy laboratoriyalari, ilmiy markazlari hamda o‘quv-ishlab chiqarish uskunalari bilan yaqindan tanishdilar.

Rasmiy uchrashuvda:
💫 qo‘shma ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
💫 zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalar almashinuvi;
💫 talabalar hamda tadqiqotchilar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
💫 seminar, trening va konferensiyalarni hamkorlikda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🤝Tashrif yakunida TTPU va Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa sanoati vazirligi huzuridagi Ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.


🇺🇿🇦🇿 Delegation of the Republic of Azerbaijan Visits TTPU

On 5 August 2026, a delegation headed by Hidayat Azimov, Deputy Minister of Defence Industry of the Republic of Azerbaijan, visited Turin Polytechnic University in Tashkent.

During the visit, the guests became acquainted with the university’s educational, scientific and innovative activities, modern laboratories, research centres, and training and production equipment.

The official meeting focused on:
💫 implementing joint research and innovation projects;
💫 exchanging modern technologies and advanced practices;
💫 establishing academic exchange programmes for students and researchers;
💫 jointly organising seminars, training sessions and conferences.

🤝 At the conclusion of the visit, a Memorandum of Understanding was signed between TTPU and the Research Institute under the Ministry of Defence Industry of the Republic of Azerbaijan.

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?

Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.

🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.

📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi

🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Читать полностью…

polito.uz

🎓 2026–2027 o'quv yiliga qabul davom etmoqda!

🎓 Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining
rasmiy tayyorlov kurslari.

🧮 Matematika · ⚛️ Fizika · 🌐 Ingliz tili

📊 Oylik monitoring — o'zlashtirishingiz doim kuzatuvda
👤 Har bir o’quvchiga individual yondashuv
📌 Darslar TTPU binosi 302-xona

✅ 5+ yil · 500+ bitiruvchi
🎓 Kurs bitiruvchilarining TTPU ga kirish ko'rsatkichi — 100%

🔗 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/x7DFUidLbdzPV7pz7
📞 +998 99 222 99 93
🌐Instagram 🌐Telegram

Читать полностью…

polito.uz

🇺🇸 TTPU magistrantlari AQSHda

“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovida 2-o‘rinni egallagan TTPU magistrantlari Mansurxon Asadullayev hamda A’zamjon Kadirov 18–28-iyul kunlari AQSHda tashkil etilgan stajirovka dasturida ishtirok etdilar.

Stajirovka davomida tashrif buyurilgan joylar:
✔️ Massachusetts Institute of Technology — MIT;
✔️ Harvard universiteti;
✔️ Stanford universiteti;
✔️ University of California, Berkeley — UC Berkeley;
✔️ San-Fransisko davlat universiteti;
✔️ Silikon vodiysi;
✔️ NASA markazi;
✔️ Chabot Space & Science Center.

Stajirovka bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplandib, tashriflar davomida TTPU magistrantlari yetakchi universitetlarning ilmiy-tadqiqot muhiti, innovatsion ekotizimi, zamonaviy muhandislik ishlanmalari hamda kosmik texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.


🇺🇸 TTPU Master’s Students in the United States

TTPU master’s students Mansurkhon Asadullayev and A’zamjon Kadirov, who won second place in the national “Engineers of the Future” competition, participated in an internship program held in the United States from July 18 to 28.

Places visited during the internship:
✔️ Massachusetts Institute of Technology — MIT;
✔️ Harvard University;
✔️ Stanford University;
✔️ University of California, Berkeley — UC Berkeley;
✔️ San Francisco State University;
✔️ Silicon Valley;
✔️ NASA Research Center;
✔️ Chabot Space & Science Center.

All expenses related to the internship were fully covered by the government. During the visits, the TTPU students explored the research environments and innovation ecosystems of leading universities and gained valuable insights into advanced engineering developments and space technologies.

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🙊 Mustaqillik kuni muborak boʻlsin!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
Sizni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

🇺🇿Barchangizga sihat-salomatlik, xonadoningizga xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz.

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!



🙊 Happy Independence Day!

Turin Polytechnic University in Tashkent warmly congratulates You on the 35th anniversary of independence of the Republic of Uzbekistan!

🇺🇿We wish you all good health, well-being in your homes.

United as one homeland and one people, we will build a new life and a new future.


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🙊 TTPU talabasi — “Kelajak bunyodkori” medali sohibi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Rustamov Dilmurod Zarifboy o‘g‘li “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

🇺🇿 Ushbu yuksak davlat mukofoti yoshlarning bilim va salohiyatini, tashabbuskorligi hamda Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashning yorqin ifodasidir.

🎓 TTPU jamoasi Dilmurod Rustamovni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi!



🙊 TTPU Student Awarded the “Kelajak Bunyodkori” Medal!

In accordance with the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan “On Awarding a Group of Employees in the Fields of Science, Education, Healthcare, Sports, Culture and Arts, as well as Mass Media, on the Occasion of the Thirty-Fifth Anniversary of the Independence of the Republic of Uzbekistan”, Rustamov Dilmurod Zarifboy o‘g‘li, a student of Turin Polytechnic University in Tashkent, was awarded the “Kelajak Bunyodkori” Medal.

🇺🇿 This prestigious state award is a vivid reflection of the recognition and support given to young people for their knowledge, potential, initiative, and aspiration to make a worthy contribution to the development of our country.

🎓 TTPU community sincerely congratulates Dilmurod Rustamov on this prestigious recognition!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

Scopus’da h-indeksi eng yuqori bo‘lgan O‘zbekiston olimlari: TOP-10

Scopus ma’lumotlari asosida o‘zbekistonlik olimlar orasida h-indeksi eng yuqori bo‘lgan tadqiqotchilar ro‘yxati shakllantirildi.

1️⃣ Behzod Yuldashev — 329 ta maqola | 7 177 iqtibos | h-index 56
2️⃣ Dilfuza Egamberdiyeva — 66 ta maqola | 1 132 iqtibos | h-index 54
3️⃣ Bobomurat Ahmedov — 127 ta maqola | 2 428 iqtibos | h-index 53
4️⃣ Ahmadjon Abdujabbarov — 144 ta maqola | 2 931 iqtibos | h-index 51
5️⃣ Farruh Atamurotov — 198 ta maqola | 4 392 iqtibos | h-index 41
6️⃣ Valentin Popov 155 ta maqola | 4940 iqtibos | h-index 41
7️⃣ Dilshat Tulyaganov — 155 ta maqola| 4940 iqtibos | h-index 40
8️⃣ Elyor Berdimurod — 306 ta maqola| 4 262 iqtibos | h-index 38
9️⃣ Javlon Rayimbaev — 298 ta maqola| 3 306 iqtibos | h-index 36
🔟 Elvir Akhmetshin — 202 ta maqola| 3588 iqtibos | h-index 35

h-index – olimning ilmiy mahsuldorligi va uning ishlari qanchalik ko‘p iqtibos qilinishini birgalikda aks ettiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinda turgan akademik Behzod Yuldashev 2024-yilda vafot etgan. Shunga qaramay, uning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy adabiyotlarda iqtibos qilinishda davom etmoqda.


Ma’lumotlar Scopus bazasida 2021–2026-yillar davri bo‘yicha 2026-yil 20-avgust holatiga shakllantirilgan.

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

Читать полностью…

polito.uz

🚀 TTPU Startup Center is now open!

Have an idea or project? Turn it into a real business with the support of mentors, practical workshops, and startup experts.

💡Develop your idea
🤝 Work with mentors
📈 Build and validate your startup
🎰Get the opportunity to attract $50,000+ in investment early as in 4 month

Open to students who are ready to build, grow, and create something real.

Submit Application Here

📞 For more information: @sdpulatov

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🥇 Dasturlar bilan tanishing. President Tech Award | Best Startup Project

Startapingiz bilan yirik investitsiyalar sari qadam tashlashga tayyormisiz?

🔎 Best Startup Project — President Tech Award doirasidagi tanlov yo‘nalishi bo‘lib, eng istiqbolli texnologik startaplarni aniqlash, ularning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya bilan ta’minlashga qaratilgan.

G‘olib startaplar investitsiya, ekspert ko‘magi va xalqaro rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kimlar uchun?
🔹FinTech,
🔹Enterprise,
🔹AdTech,
🔹GovTech,
🔹GameDev,
🔹EdTech,
🔹Logistics,
🔹HealthTech
🔹DeepTech

Yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan, mahsuloti va bozor natijalariga ega bo‘lgan startup jamoalari uchun.


Nimalarga ega bo‘lasiz?
🥇 1-o‘rin — $125 000 investitsiya
🥈 2-o‘rin — $75 000 investitsiya
🥉 3-o‘rin — $50 000 investitsiya

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 1-iyul – 31-avgust
🏆 G‘oliblar: 30 ta startup
📍 Final: 23-dekabr

🔗 Ro'yxatdan o'ting

President Tech Award g‘oliblari safidan joy oling!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Читать полностью…

polito.uz

🎓 INDUCTION WEEK — 5-KUN! ⚡️

TTPUda Induction Week haftaligining 5-kuni yangi talabalar uchun ko‘tarinki kayfiyatdagi Music Party bilan yakunlandi!

🎧🎧 DJ ijrosidagi sevimli musiqalar, yorqin muhit va unutilmas lahzalar talabalar uchun haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.


🎓 INDUCTION WEEK — DAY 5! ⚡️

The fifth day of Induction Week at TTPU concluded with an exciting Music Party for our newly admitted students!

🎧🎧 Great music by the DJ, a vibrant atmosphere, and unforgettable moments created a truly festive experience for everyone.

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🎉 ERASMUS MUNDUS 2026: O‘ZBEKISTON UNIVERSITETLARI XALQARO LOYIHALARDA NAVBATDAGI MUVAFFAQIYATGA ERISHDI!

Yevropa Komissiyasi Erasmus+ dasturining 2026-yilgi Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) tanlovi natijalarini e'lon qildi. Joriy yilda 37 ta Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturi va 50 ta Erasmus Mundus Design Measures (EMDM) loyihasi moliyalashtirish uchun tanlab olindi.

➖ Quvonarlisi, O‘zbekistonning 3 ta oliy ta'lim muassasasi tanlangan EMJM loyihalarida hamkor sifatida ishtirok etmoqda:

SMARTLight – Smart LightWave technologies for 6G telecom systems
📍 Qarshi davlat texnika universiteti (TATU Qarshi filiali)

ME3-4S – Erasmus Mundus Joint Master in Management and Engineering of Environment and Energy for a Sustainable Future
📍 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

CNE – Chemical Nano-Engineering
📍 Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti


📊 2026-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 3 ta tanlangan EMJM loyihasida ishtirok etayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi.

🌍 Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturlari dunyoning yetakchi universitetlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi va talabalarga bir nechta davlatlarda tahsil olish hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan stipendiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini yaratadi. Yangi tanlangan dasturlar bo‘yicha talabalar qabuli 2026-yil kuzida boshlanadi, o‘qish esa 2027-yil sentyabr oyida start oladi.

👉 Rasmiy havola

Batafsil

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

polito.uz

🎓 TTPUda INDUCTION WEEK — 2-KUN! ⚡️

Bugun Biznes boshqaruvi, Iqtisodiyot, Marketing hamda Arxitektura va dizayn yo‘nalishlariga yangi qabul qilingan talabalar uchun Induction Week dasturining 2-kuni bo‘lib o‘tdi.

💫Talabalar universitetdagi ta’lim jarayoni, imkoniyatlar va talabalar hayoti bilan yaqindan tanishib, kampus bo‘ylab ekskursiya hamda turli interaktiv faoliyatlarda ishtirok etdilar.

🎓 Yangi muhit, yangi tanishuvlar va katta maqsadlar sari yana bir qadam!



🎓 INDUCTION WEEK AT TTPU — DAY 2! ⚡️

Today, newly admitted students of Business Management, Economics, Marketing, and Architecture & Design took part in the second day of Induction Week.

💫Students learned more about the academic process, university opportunities, and student life, explored the campus, and participated in various interactive activities.

🎓 A new environment, new connections, and another step toward new goals!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

#Kelajak_muhandislari | #Final

😅Kelajak muhandislari: Body Tester – 1,5 daqiqada sog‘liq haqida 6 ta ma’lumot!

Body Tester — O‘zbekistonda ishlab chiqilgan ilk robo-doktor bo‘lib, atigi 1,5 daqiqa ichida inson salomatligiga oid 6 ta muhim tibbiy ko‘rsatkichni aniqlaydi va ularning tahlili asosida 7-ko‘rsatkich sifatida shaxsiy sog‘lomlashtirish tavsiyalarini taqdim etadi.


Asadbek Urunov - Turin politexnika universiteti magistranti

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Читать полностью…

polito.uz

#Kelajak_muhandislari #Ishlanmalar

Turin politexnika universiteti talabasidan innovatsion loyiha: Samolyot simulyatori

“Kelajak muhandislari” tanlovining hal qiluvchi final bosqichida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Aviatsiya muhandisligi” yoʻnalishi 2-kurs talabasi Abdaliyev Komronbek Begali o’g’li oʻzining muhandislik loyihasini muvaffaqiyatli taqdim etdi.

Komronbek tomonidan yaratilgan professional samolyot simulyatori erkinlik darajasiga ega harakatlanuvchi tizim bilan jihozlangan boʻlib, real parvoz dinamikasini toʻliq aks ettiradi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

polito.uz

🔺 Hurmatli 2026–2027 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga 1-bosqichga qabul qilingan talabalar!
Sizlarni Induction Week haftaligiga taklif qilamiz! Ushbu hafta davomida universitet hayoti, akademik jarayonlar, talabalar tashkilotlari hamda kampus bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🎓 Dastur:

🗓 10-avgust (Dushanba) | 09:00–13:00
✈️ Aviatsiya muhandisligi
🚗 Transport muhandisligi
🧑‍🎓 Magistratura mutaxassisliklari

🗓 11-avgust (Seshanba) | 09:00–13:00
💼 Biznes boshqaruvi
📊 Iqtisodiyot
📈 Marketing
🏛 Arxitektura va dizayn

🗓 12-avgust (Chorshanba) | 09:00–13:00
🏗 Qurilish muhandisligi
💻 Kompyuter muhandisligi
⚙️ Mexanika muhandisligi

🗓 13-avgust (Payshanba) | 09:00–13:00
🛡 Kiberxavfsizlik injiniringi
👨‍💻 Dasturiy ta’minot muhandisligi
🤖 Sun’iy intellekt
🎓"Foundation" Talabalari

🗓 14-avgust (Juma) | 17:00–21:00
🎉 Barcha talabalar uchun
🚘 Car Show
🎶 Party

✨ Universitetdagi ilk haftangizni unutilmas taassurotlar, yangi do‘stlar va qiziqarli tadbirlar bilan boshlang!
Biz sizni kutamiz! 💙

🔺 Dear First-Year Students of Turin Polytechnic University in Tashkent admitted for the 2026–2027 Academic Year!
We are excited to welcome you to Induction Week! This week is designed to help you become familiar with university life, academic procedures, student organizations, and campus facilities before the semester begins.

🎓 Schedule:
🗓 August 10 (Monday) | 09:00–13:00
✈️ Aviation Engineering
🚗 Transport Engineering
🧑‍🎓 Master’s programmes

🗓 August 11 (Tuesday) | 09:00–13:00
💼 Business Management
📊 Economics
📈 Marketing
🏛 Architecture and Design

🗓 August 12 (Wednesday) | 09:00–13:00
🏗 Civil Engineering
💻 Computer Engineering
⚙️ Mechanical Engineering

🗓 August 13 (Thursday) | 09:00–13:00
🛡 Cybersecurity Engineering
👨‍💻 Software Engineering
🤖 Artificial Intelligence
🎓"Foundation" Students

🗓 August 14 (Friday) | 17:00–21:00
🎉 For all first-year students
🚘 Car Show
🎶 Party

✨ Kick off your university journey with exciting activities, new friendships, and unforgettable experiences.
We look forward to welcoming you to TTPU! 💙

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🇺🇿🇩🇪 TTPUda xalqaro yozgi maktab — “Summer School Uzbekistan 2026”!

2–16-avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Germaniyaning Kempten amaliy fanlar universiteti hamkorligida xalqaro yozgi maktab o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston va Germaniya talabalari aralash jamoalarda Industry 4.0, AKT, turizm va madaniy meros yo‘nalishlarida bilim va tajriba almashadilar. Dastur ma’ruzalar, laboratoriya mashg‘ulotlari, loyiha ishlari hamda talabalar taqdimotlarini qamrab oladi.

💫 Ishtirokchilar UzAuto Motors va BYD ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurib, zamonaviy sanoat jarayonlari bilan yaqindan tanishadilar.

📌 Shuningdek, Toshkent, Samarqand va Buxoroning tarixiy maskanlari bo‘ylab sayohatlar tashkil etilib, mamlakatimizning boy madaniy merosi namoyish etiladi.

Ikki hafta — yangi bilimlar, unutilmas taassurotlar va xalqaro do‘stlik sari muhim qadam!



🇺🇿🇩🇪 International Summer School at TTPU — “Summer School Uzbekistan 2026”!

From 2 to 16 August, Turin Polytechnic University in Tashkent, in cooperation with Kempten University of Applied Sciences in Germany, is hosting an international summer school.

Working in mixed Uzbek-German teams, students exchange knowledge and experience in Industry 4.0, ICT, tourism and cultural heritage. The programme includes lectures, laboratory sessions, project work and student presentations.

💫 Participants will also visit the production facilities of UzAuto Motors and BYD to gain first-hand insight into modern industrial processes.

📌 In addition, cultural tours of the historical sites of Tashkent, Samarkand and Bukhara will showcase Uzbekistan’s rich cultural heritage.

Two weeks of new knowledge, unforgettable experiences and international friendship!


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🔥 Talaba bo'lib, kontrakt pulingizni 100% qaytarib olishni istaysizmi?

🎓 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Sun'iy intellekt, Kiberxavfsizlik va MBA kabi TOP yo‘nalishlarga qabul davom etmoqda!

✨ Bu yerda xalqaro ta’lim olib, o‘z biznes g‘oyangizni real investitsiyalar evaziga hayotga tatbiq eting va to‘lagan kontrakt summangizni 100% gacha to‘liq qaytarib oling!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.turin.uz

📞 Tel: +998712030777

Читать полностью…

polito.uz

🗣 Innovatsiyalar: kelajak sari yo'l

2026-yil 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida sun’iy intellekt, robototexnika, dron texnologiyalari hamda ushbu yo‘nalishlarda zamonaviy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

💠Uchrashuv davomida tomonlar malakali mutaxassislarni tayyorlash, Milliy gvardiya xodimlarining zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Mazkur uchrashuv Milliy gvardiya va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish hamda ularni amaliy faoliyatga tatbiq etishga xizmat qiladi.



🗣 Innovation: The Path to the Future

On July 30, 2026, Commander of the National Guard of the Republic of Uzbekistan, Colonel General B.Tashmatov, visited Turin Polytechnic University in Tashkent.

During the visit, the parties discussed promising projects focused on artificial intelligence, robotics, drone technologies, and the development of modern solutions in these fields.

💠Particular attention was given to training qualified specialists, enhancing the knowledge and skills of National Guard personnel in modern technologies, implementing joint scientific and practical projects, and introducing innovative developments into practice.

The meeting is expected to bring cooperation between the National Guard and the university to a new level, contribute to the advancement of cutting-edge technologies, and support their practical application.


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…

polito.uz

🇺🇸 TTPU talabasi nufuzli xalqaro robototexnika turnirida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonning The Reckless jamoasi AQShning Chikago shahrida bo‘lib o‘tgan robototexnika bo‘yicha dunyoning nufuzli musobaqalaridan biri — Chicago Robot Invitational (CRI) turnirida ilk bor ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Har yili FIRST Tech Challenge (FTC) dasturida dunyo bo‘ylab 35 mingdan ortiq jamoa qatnashadi.

💡Quvonarlisi, universitetimizning 1-bosqich “Avtomobil muhandisligi” yo‘nalishi talabasi Shukrullo Sodiqov ham The Reckless jamoasi tarkibida muhandis sifatida musobaqada munosib ishtirok etdi.

Ushbu yutuq O‘zbekiston yoshlarining robototexnika va muhandislik sohasidagi salohiyati xalqaro maydonda tobora yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.



🇺🇸 TTPU Student Wins Bronze at Prestigious International Robotics Tournament

Uzbekistan’s The Reckless team made its debut at the Chicago Robot Invitational (CRI), one of the world’s most prestigious robotics competitions held in Chicago, USA, and secured an honorable third place.

Every year, more than 35,000 teams from around the world participate in the FIRST Tech Challenge (FTC) program.

💡We are especially proud that Shukrullo Sodiqov, a first-year student in the Automotive Engineering program at our university, participated in the competition as an engineer on The Reckless team.

This achievement once again demonstrates the growing potential of Uzbekistan’s youth in robotics and engineering on the international stage.


Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

Читать полностью…
Subscribe to a channel