piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

44448

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi


#Milliy_kontent

Milliy kontent yaratishga qaratilgan kreativ oromgoh jarayonlaridan videolavha.


📍 Tadbir "Renessans" bolalar oromgohida tashkil etilgan va 3 kun davom etadi.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#Qabul_2025

Oʻzbekiston vaqti bilan | Moʻynoqdan boshlangan madaniyat mahsuli – Nukuslik uch bahodirning zafar yoʻli

#Oʻzbekiston24

🤩 Lavhada Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchilari Manzilbek Karlibayev, Aydos Kitaybekov hamda Azizbek Sheripboyevlar xalqaro taʼlim grantlari sohasida erishgan natijalari haqida soʻz boradi.

Manzilbek Karlibayev KAIST hamda City University of Hong Kong (CityUHK) kabi xorijiy universitetlaring 100 foizlik grantlariga sazovor boʻlgan. KAIST dunyoning top universitetlari reytingida 53-o‘rinni, oʻquvchimiz tanlagan Computer science oʻquv yoʻnalishi boʻyicha 29-oʻrinni egallaydi. City University of Hong Kong (CityUHK) universiteti esa dunyoning top oliygohlari reytingida 62-oʻrinda qayd etilgan.

Aydos Kitaybekov AQShning Braun universiteti (“Pechak ligasi”ga kiruvchi oliygoh hisoblanadi)ga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilingan. Dunyo miqyosida 58-oʻrinda turuvchi mazkur universitet bitiruvchimizga 396 000 AQSh dollari miqdorida toʻliq grant ajratdi.

Azizbek Sheripboyev Gonkong fan va texnologiya universiteti (HKUST)ning "Computer Science and Engineering" yoʻnalishiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilingan. Oʻquvchimiz yutgan grant miqdori 380 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Mazkur xorijiy oliygoh dunyoning top oliygohlari reytingida 47-oʻrinni egallagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan Karimova Eʼzozxon Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Eʼzozxon Gapirjanovna tizimda uzoq yillik tajribaga ega mutaxassis. U “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, direktor maslahatchisi kabi vazifalarda samarali mehnat qilgan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi isloh qilinib, barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Oldimizda juda katta vazifa – universitetning boshqaruv tizimini Yangi Oʻzbekiston universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtirish, taʼlim sohasi uchun sifatli kadrlar yetkazib berish vazifasi turibdi.

Bugungi tayinlov katta ishonch bildirilganidan dalolat. Jamoamiz bilan Eʼzozxon Gapirjanovnaning kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat tilayman!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_yoshlari
#live
#yakuniy_bosqich
#2_kun

"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVINING YAKUNIY BOSQICHI BOʻLIB OʻTMOQDA

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida "Ijod yoshlari" tanlovining yakuniy bosqichi oʻtkazilmoqda.

🗣Bugun, 7-may kuni tanlovning yakuniy bosqichida tuman (shahar) bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan 4-, 5-, 6-sinf oʻquvchilari "ijodiy suhbat" yoʻnalishida bilimlarini sinamoqda.

Maʼlumot oʻrnida, “Ijodiy suhbat” yoʻnalishida:
Bunda o‘quvchi suhbat biletlari asosida sinovdan o‘tkaziladi. O‘quvchining biletda aks etgan savol mohiyatini qay darajada tushunishi, savol tegishli bo‘lgan asar voqealariga tanqidiy-tahliliy yondasha olishi, badiiy asar yuzasidan o‘z kreativ fikriga ega ekanligi, savol tegishli bo‘lgan asardagi badiiy tasvir vositalarini anglay bilishi sinaladi.

⏳Ijodiy suhbat uchun har bir o‘quvchiga 5 daqiqa vaqt ajratiladi, tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt olishi mumkin.

❗️Oʻquvchilarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda hakamlar hayʼati tomonidan qoʻshimcha savollar beriladi.

💫 Tanlovning yakuniy bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari navbatdagi o‘quv yilida tanlovda ishtirok etgan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.

Tanlovda g‘oliblikni qoʻlga kiritgan 4–5-sinf o‘quvchilari 6-sinfda o‘qiyotgan yili tanlovning yakuniy bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

📍Toshkent  shahri va Toshkent viloyati oʻquvchilari uchun tanlov Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtmoqda.

📸 Suratlarda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtayotgan tanlov jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi


#Milliy_kontent

🔴 Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Renessans" bolalar oromgohida milliy kontent yaratishga qaratilgan kreativ mashg‘ulot jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun o‘quv seminar tadbirning 1-kuniga start berildi. Unda ishtirokchilar:

➖Sun'iy intellekt yordamida loyihalar ishlab chiqish,
➖An'anaviy va raqamli rassomchilik,
➖Animatsiyalar yaratish,
➖Media — video va fotolar ustida ishlash,
➖Eko-faol yoshlar ishtirokida mahorat darslarida o‘zaro tajriba almashishmoqda.

Jarayonlar doirasida savol-javoblar, ochiq muloqot va interfaol mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.

Shuningdek, kun davomida sohadagi yetuk mutaxassislar tomonidan davra suhbatlari ham rejalashtirilgan.


Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#KHIMIO_2025

🤩 Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida ishtirok etuvchi Malayziya, Tojikiston hamda Qirg‘iziston jamoasi kutib olindi.

⁉️ Xo‘sh, ushbu nufuzli olimpiada haqida xorijiy ishtirokchilar qanday fikr bildirmoqda?

🗣Batafsil — intervyuda.

#Malaysia #Tajikistan #Kyrgyzstan

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#rahbar_va_yoshlar

🤩 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari Poʻlat Bobojonov tashrif buyurib, oʼquv jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida P.Bobojonov oʻquvchilarimiz bilan samimiy suhbatlashib, ixtirochilik ishlanmalari bilan qiziqdi. Muloqotda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, oʼquv-tarbiya jarayoni, kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash va ilhomlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_yoshlari
#yakuniy_bosqich
#birinchi_kun

"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVINING YAKUNIY BOSQICHI HUDUDLARDA

📍Tanlovning yakuniy bosqichi 9 ta ijod maktabida oʻtkazilmoqda.

🗣Maʼlumot uchun, "Ijod yoshlari" tanlovining tuman (shahar) bosqichi 18–19-aprel kunlari tashkil etilib, ularda saralangan 761 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yoʻllanma olgan edi.

💫  Tanlovning yakuniy bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari navbatdagi o‘quv yilida tanlovda ishtirok etgan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.

📍 Tanlovda g‘oliblikni qoʻlga kiritgan 4–5-sinf o‘quvchilari 6-sinfda o‘qiyotgan yili tanlovning yakuniy bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

📸Suratlarda hududlarda boʻlib oʻtayotgan tanlov jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025

📣📣📣📣📣

❗️UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARI DIQQATIGA!

🗣2025-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻqish istagida boʻlgan oʻquvchilarning hujjatlari erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlar asosida onlayn qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchilarga qulaylik yaratish va hujjat topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari tomonidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish talab etiladi:


Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflardagi oʻquvchilarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi ma’lumotlarini erp.maktab.uz elektron bazasi ma’lumotlariga mosligini tahlil qilish:

tugʻilganlik haqida guvohnomaning seriyasi va raqami;
familiyasi, ismi, sharifi tugʻilganlik haqida guvohnoma bilan bir xil ekanligi;
tugʻilgan yili, kuni, sanasi guvohnomada koʻrsatilgan sanaga mos kelishi.

Oʻquvchining amalda ta’lim olayotgan sinfi erp.maktab.uz elektron bazasida toʻg‘ri kiritilganligini koʻrib chiqish.

❗️erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga shaxsan davlat va nodavlat umumiy oʻrta ta’lim maktablari direktorlari mas’ul ekanligi eslatib oʻtiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#PISA_2025

Ertaga mamlakatimizda PISA 2025 xalqaro sinovlariga start beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan PISA 2025 asosiy sinovlariga tayyorgarlik bosqichida test administratorlari uchun maxsus treninglar tashkil etildi.

Unda kompyuter va texnik qurilmalarni soz holatda tayyorlash, AKT mutaxassislarining vazifalari, shuningdek, umumiy tashkiliy jarayonlar bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalar berildi.

Ma’lumot uchun: joriy yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafarga yaqin 15 yoshli oʻquvchining bilimi PISA xalqaro dasturi orqali baholanadi.

Batafsil videolavhada tanishishingiz mumkin.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#al_Xorazmiy
#xalqaro_olimpiada

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi oʻtkaziladi

Olimpiada 7-13-may kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.

Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.

Eslatma: III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan (matematika va informatika)dan tashkil etilmoqda.

Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xushxabar
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabining 7-sinf oʻquvchisi Sevinch Davlatova sportning shaxmat turi boʻyicha yurtimiz sharafini xalqaro miqyosda munosib himoya qilmoqda!

🏆 2025-yilgi G‘arbiy Osiyo Yoshlar Shaxmat Chempionati (Dushanbe) doirasida:
🥈Blits yo‘nalishida – faxrli 2-o‘rin;
🥈Standart yo‘nalishida – faxrli 2-o‘rin;
🥉Rapid yo‘nalishida – faxrli 3-o‘rin.

⚡️Sevinchga kelgusi chempionatlarda oltin medal olib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishini tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#oʻquv_trening
#kasbiy_rivojlanish
#taqdirlash

⚡️TAQDIRLASH MAROSIMI

🤩 Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari direktor o‘rinbosarlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish va umumta’lim maktablariga tatbiq etilgan yangi baholash tizimini samarali joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-trening mashg‘ulotlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda agentlikning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#oʻquv_trening
#kasbiy_rivojlanish
#2_kun

⚡️OʻQUV-TRENING MASHGʻULOTLARI DAVOM ETMOQDA

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari direktor o‘rinbosarlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish va umumta’lim maktablariga tatbiq etilgan yangi baholash tizimini samarali joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#Qabul_2025

Voha 24 | Taʼlim muassasasida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi
#SurxondaryoMTRK

🤩 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkazildi. Tadbir doirasida maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilindi. Taʼlim muassasasiga tashrif buyurgan oʻquvchilar, ota-onalar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!

Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

– fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
– 5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
– ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
– Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
– oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki;


Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

Tanlovda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarga ustuvorlik beriladi.

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ushbu imkoniyatlar siz uchun, undan foydalaning!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_yoshlari
#yakuniy_bosqich
#ikkinchi_kun

"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVINING YAKUNIY BOSQICHI HUDUDLARDA

📍Tanlovning yakuniy bosqichi 9 ta ijod maktabida oʻtkazilmoqda.

🗣Maʼlumot uchun, "Ijod yoshlari" tanlovinining tuman (shahar) bosqichi 18–19-aprel kunlari tashkil etilib, ularda saralangan 761 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichiga yoʻllanma olgan edi.

💫  Tanlovning yakuniy bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari navbatdagi o‘quv yilida tanlovda ishtirok etgan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.

Tanlovda g‘oliblikni qoʻlga kiritgan 4–5-sinf o‘quvchilari 6-sinfda o‘qiyotgan yili tanlovning yakuniy bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

📸Suratlarda hududlarda boʻlib oʻtayotgan tanlov jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tayinlov

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:


Karimova Eʻzozxon Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan E. Karimova 2021-2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishladi.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib bordi.

Vazirlik jamoasi Eʻzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi. Unga koʻra:

— taʼlim va tibbiyot tashkilotlaridagi qoʻl yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan toʻliq taʼminlanadi,

— sharoiti ogʻir boʻlgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bogʻchaga geliokollektor olib beriladi;

— 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna oʻrnatiladi.


Ushbu maqsadlar uchun shu yilning oʻzida byudjetdan 780 milliard soʻm ajratiladi. Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda boʻlishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

🤩 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jasmina Tursunaliyeva AQShning "Roanoke College" oliygohiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

🗣Endilikda "Roanoke College" oʻquvchimizga taʼlim uchun 135,500 AQSh dollari miqdorida grant ajratadi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Qabul_2025

🤩 Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Axmet Dauletmuratov Koreya Respublikasining AJOU universiteti tomonidan tashkil etilgan "Kelajak muhandisi" II xalqaro olimpiadada faxrli 2-o‘rinni egallab mazkur xorijiy oliygohga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi.

💫 Oʻquvchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad, ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi


#Milliy_kontent

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bolalar uchun milliy kontentlarni yaratish maqsadida sohaning yetuk mutaxassislari va yosh iqtidorlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Unda rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar mahorat darslari, davra suhbatlari, mashg'ulot hamda amaliy jarayonlarda qatnashishlari rejalashtirilgan.

Bugun mazkur o‘quvlarda ishtirok etuvchi yoshlar oromgohga yetib kelishdi. Mas'ullar tomonidan loyihaning ahamiyati, kutilayotgan natija va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Ertaga — 7-may kunidan o‘quv mashg‘ulotlariga start beriladi.

📊 Ma'lumot o‘rnida: ushbu mahorat darslarida yurtimiz bo'ylab 150 nafarga yaqin yoshlar qatnashmoqda.


📍 Bo‘stonliq tumanidagi "Renessans" bolalar oromgohida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari sohadagi tajribasi, yutuqlariga ko‘ra saralab olingan.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_yoshlari
#tanlov
#ikkinchi_bosqich

❗️"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Joriy yilning 6–7-may kunlari "Ijod yoshlari" tanlovining viloyat bosqichi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida boʻlib oʻtadi.

🌐 Tanlovning tuman (shahar) bosqichi natijalari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

🗣Viloyat bosqichida tanlovning tuman (shahar) bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan 4-, 5-, 6-sinf oʻquvchilari ishtirok etadi.

⬇️ Ruxsatnomani mazkur havola orqali yuklab olish mumkin.

Ruxsatnomada viloyat bosqichi oʻtkaziladigan manzil hamda vaqti koʻrsatilgan boʻladi.

‼️ Talabgor tanlovga ruxsatnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi shart!

Tanlovning viloyat bosqichi ikki yo‘nalishda (ijodiy matn va ijodiy suhbat) o‘tkaziladi:

📌 “Ijodiy matn”

O‘quvchilarga bir xil tartibdagi qisqa videorolik ikki marta qo‘yib beriladi. Videorolik mazmuniga mos ijodiy matn yaratishi talab etiladi. Bunda ijodiy matn, hikoya, she’r, esse shaklida bo‘lishi mumkin.

Ijodiy matn yaratish uchun o‘quvchilarga 60 daqiqa vaqt beriladi.


📌 “Ijodiy suhbat”
Bunda o‘quvchi suhbat biletlari asosida sinovdan o‘tkaziladi. O‘quvchining biletda aks etgan savol mohiyatini qay darajada tushunishi, savol tegishli bo‘lgan asar voqealariga tanqidiy-tahliliy yondasha olishi, badiiy asar yuzasidan o‘z kreativ fikriga ega ekanligi, savol tegishli bo‘lgan asardagi badiiy tasvir vositalarini anglay bilishi sinaladi.

Ijodiy suhbat uchun har bir o‘quvchiga 5 daqiqa vaqt ajratiladi, tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt olishi mumkin.


❗️Oʻquvchilarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda hakamlar hayʼati tomonidan qoʻshimcha savollar beriladi.

💫 Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari navbatdagi o‘quv yilida tanlovda ishtirok etgan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi.

📍 Tanlovda g‘oliblikni qoʻlga kiritgan 4–5-sinf o‘quvchilari 6-sinfda o‘qiyotgan yili tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#oʻquv_trening
#kasbiy_rivojlanish
#taqdirlash

🤩 Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari direktor o‘rinbosarlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish va umumta’lim maktablariga tatbiq etilgan yangi baholash tizimini samarali joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-trening mashg‘ulotlarining taqdirlash marosimidan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🎨 Bolalar kontenti: Yangi avlod qahramonlari — ijodkorlar uchun ajoyib imkoniyat!

Milliy ruhdagi zamonaviy kontent yaratishga qiziqasizmi?

Unda zamonaviy qahramonlarni birgalikda yarataylik!

📍 Tadbir joyi:
🛖 “Renassans” bolalar oromgohi. 7-9-may kunlari

📌 Kimlar ishtirok eta oladi?
— Raqamli va ananaviy uslubdagi rassomlar;
— Dizaynerlar;
— Fotograf va videograflar;
— Bolalar yo‘nalishida ijod qiluvchilar;
— Kontent yaratuvchilar;
— Animatorlar.

🎯 Nima kutmoqda?
— Milliy va zamonaviy kontent yaratish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
— Soha mutaxassislaridan mahorat darslari;
— Xorijiy tajriba;
— Tabiat qo'ynida erkin ijod qilish muhiti.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish:
🌐 online.raqamliavlod.uz

🧠O‘rinlar soni cheklangan.

Bolalar tasavvurini birga yaratamiz!


Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya.
# 4


Kun.uz rasmiy kanali

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | Al-Хorazmiy universitetining ilk talabasi haqida ocherk
#Oʻzbekiston24

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#Qabul_2025

Maxsus reportaj | Ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati

#Oʻzbekiston24

🤩 Koʻrsatuvda Agentlik tizimidagi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati haqida soʻz borib, taʼlim muassasida tashkil etilgan"Ochiq eshiklar" kuni tafsilotlari berilgan.


Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning 26-aprel hamda 2-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩 Boʻstonliq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Osiyo chempionatida 🥈 kumush medal sohibi boʻldi.

🇯🇴 Iordaniyaning Amman shahrida oʻsmirlar va kichik oʻsmirlar oʻrtasida sportning boks turi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

⚡️Ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi safida munosib ishtirok etib kelayotgan Boʻstonliq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Elshod Shokirjonov 52 kg vazn toifasida ringga koʻtarilib kumush medalga sazovor boʻldi.


💫 Oʻquvchimizni ushbu yutugʻi bilan samimiy tabriklab, sport faoliyati va oʻqishlariga omad, ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#oʻquv_trening
#kasbiy_rivojlanish
#1_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari direktor o‘rinbosarlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish va umumta’lim maktablariga tatbiq etilgan yangi baholash tizimini samarali joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-trening mashg‘ulotlaridan VIDEOLAVHA.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel