#New_Uzbekistan_university
⚡️ “OʻZBEKISTON YOSH IQTISODCHILARI HAMJAMIYATI” XAKATONI BOSHLANDI
🤩 “Yangi Oʻzbekiston” universitetida 7–8-dekabr kunlari iqtisodiyot boʻyicha xakaton oʻtkazilmoqda.
✅ Xakatonda respublika boʻylab 150 dan ortiq yoshlar oʻz jamoalarini bilan qatnashib, yurtimizning turli hududlaridagi dolzarb iqtisodiy muammolarga oʻz yechimlarini tayyorlashmoqda.
📝 Xakaton davomida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, “UZCARD” va Kapitalbankning tajribali mutaxassislari tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
NAJOT BILIMDA
Najot bilimda | Andijon shahridagi Prezident maktabining iqtidorli o‘quvchilari va ular erishayotgan yutuqlar
#andijonMRTK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
#rahbar_va_yoshlar
OʻQUVCHILARIMIZ QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRI BILAN UCHRASHDI
🤩 Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Qishloq xo‘jaligi vaziri, OʻzFA akademigi Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotda mazkur taʼlim muassasalari yoshlari bilan birgalikda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Olmazor, Qamashi, Yakkabog‘ tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari video-konferens-aloqa shaklida qatnashdi.
Uchrashuvda Qishloq xoʻjaligi vaziri o‘quvchilik davridan boshlab shu kungacha bosib o‘tgan yo‘li, erishgan yutuqlarida maktabda olgan bilimining ahamiyati, ustozlarning o‘gitlari haqida so‘zlab berdi.
Mamlakatni rivojlantirishda fanlarni yaxshi o‘zlashtirib yetuk kadr bo‘lgan yoshlarning o‘rni, ayni paytda yurtimizda bilim olish uchun yaratilgan qulayliklar aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha xorijda va yurtimizda olib borilayotgan tadqiqotlar, Fanlar Akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi faoliyati, bu yerda yurtimiz olimlarining erishayotgan yutuqlari haqidagi ma’lumotlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir doirasida I.Abdurahmonov maktabdagi laboratoriyalar faoliyati, o‘qituvchilarning ish faoliyati va o‘quvchilarning ishlanmalari bilan yaqindan tanishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#asosiy_fan_olimpiadasi
#ijod_maktabi_natijalari
⚡️Asosiy fan olimpiadasining Jizzax viloyati III bosqichida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining jami 41 nafar o‘quvchilaridan 19 nafari sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Ulardan xususan:
9-sinf oʻquvchilarining 5 nafari Informatika, Biologiya, Ingliz tili, Tarix va Ona tili fanidan;
10-sinf oʻquvchilarining 9 nafari Ingliz tili, Tarix, Ona tili va Nemis tili fanidan;
11-sinf oʻquvchilarining 5 nafari Ona tili va Tarix fanidan sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
Ushbu oʻquvchilarning 5 nafari olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yil_sarhisobi
🤩 Nurafshon shahridagi Prezident maktabida faoliyat olib borayotgan media, drama, raqs, musiqa toʻgaraklarining ijodiy hisobot-konsert dasturidan videolavha.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
MATEMATIK GIPOTEZALAR HAQIDA ILMIY SUHBAT
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.
#xalqaro_tuproq_kuni
#trening
EKOFAOL OʻQUVCHILAR UCHUN TRENING
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻzaro hamkorlikda qoʻshma loyihalar, qiziqarli dasturlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.
Xususan, 5-dekabr – Xalqaro tuproq kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorligida ekofaol oʻquvchilar uchun trening tashkil etildi.
Trening doirasida mazkur maktablar ekofaollari "Tuproqning tabiat va ekotizimdagi ahamiyati" mavzusida taqdimotlar oʻtkazdi. Oʻzaro muloqotda tuproqning ekologiya barqarorligidagi roli, o‘simlik va hayvonot olami rivojiga ta’siri, uni ifloslanishdan himoya qilish usullari muhokama qilinib, taklif va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ekofaol oʻquvchilar oʻz tengdoshlariga "Eco-schools Uzbekistan", "Yosh fermer" kabi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab, ekomadaniyatni oshirish, atrof-muhit tozaligini saqlash, tabiatga gʻamxoʻrlik qilish borasida amaliy tavsiyalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
🇺🇿 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining maxsus sonlari nashr etildi.
🤩 Ushbu maxsus sonlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarining Bosh Qomusimizni oʻrganayotgan jarayonlaridan fotolavhalar joy oldi.
#Yangi_Oʻzbekiston
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#ingliz_tili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij o‘quv dasturi asosida ingliz tilida o‘qitish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mazkur dastur 2024/2025-o‘quv yilining sentabr oyidan Xo‘jayli tuman, Zomin tuman hamda noyabr oyidan Angren shahar, Yangiyer shahar, Buxoro tuman, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida tashkil etildi. Jarayon davom ettirilib, bugun Agentlik tizimidagi Guliston shahar 2-son, Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ham saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, imtihon jarayonlari Prezident maktablari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ma'lumot o‘rnida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarni ingliz tilida o‘qitish amaliyoti bosqichma-bosqich joriy qilinib boriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_baholash
#ijtimoiy_rolik
✅ Yangi baholash tizimini joriy qilishga nima turtki bo‘ldi? O‘quvchilar bilimini baholashning oldingi va hozirgi tizimi o‘rtasida qanday farqlar bor?
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#ishchi_guruh
#Jizzax
ISHCHI GURUH: STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyatida joylashgan tizimdagi maktablarda STEM fanlarini oʻqitishda metodik yordam koʻrsatildi.
Xususan, ishchi guruh Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham boʻlib, oʻquv jarayoni sifatini yaxshilash doirasida olib borilgan ishlarni tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.
Taʼlim maskanida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Jizzax shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi Daniel Potot hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Jizzax shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Jizzax
AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.
Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.
Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, oʻquv jamoasining taʼlim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.
Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#uchinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston
AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.
Nukus shahridagi Prezident maktabi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi, Nukus tuman va Nukus shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.
Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kitobxonlik_targʻiboti
🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Birgalikda o‘qiymiz” shiori ostida kitobxonlik bellashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda kitobsevar oʻquvchilar oʻzlari oʻqigan asarlari haqida taqdimotlar, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. Bellashuv doirasidagi viktorinada oʻzbek va jahon adabiyotiga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.
Taʼlim maskanida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur bellashuv oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan boʻlib, yoshlarning badiiy, ilmiy, ijodiy tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kitobxonlik_targʻiboti
🤩 Agentlik tizimidagi ta’lim maskanlarida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni adabiyot, san’at va madaniyatga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Samarqand shahridagi Prezident maktabida ham kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan qiziqarli tadbir o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar Mahmudxo‘ja Behbudiyning "Padarkush", Tog‘ay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" asarlari asosida taqdimotlar va sahna ko‘rinishlarni taqdim etdi.
Tadbir doirasidagi badiiy asarlar muhokamasida ta’lim maskani yoshlari adabiy-tanqidchilik yo‘nalishidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar
🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida Agentlikning Andijon viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarining Sanʼat(ART) va Robototexnika fani o‘qituvchilarini yangi metodikalarga o‘rgatish hamda ular bilan tajriba almashish maqsadida Prezident maktabi pedagoglari tomonidan seminar tashkil etildi.
✅Unda soha mutaxassislari tomonidan yangi metodikalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, fan yuzasidan qiziqarli faktlar hamda yangiliklar haqida so‘z bordi. Bundan tashqari seminarda barcha pedagoglar uchun interfaol o‘yinlar va mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tanlov_gʻoliblari
🤩 "BIR BAYROQ OSTIDA BIRLASHAMIZ" MAVZUSIDAGI VIDEOROLIKLAR TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Bir bayroq ostida birlashamiz” mavzusida videoroliklar tanlovi eʼlon qilingan edi.
Tanlov 3 bosqichda:
1-bosqich – ta’lim muassasasi miqyosida,15-noyabrdan 20-noyabrga qadar;
2-bosqich – viloyat bo‘yicha (hududiy), 20-noyabrdan 22-noyabrga qadar;
3-bosqich – Respublika (Agentlik) miqyosida, 25-noyabrdan 1-dekabrga qadar oʻtkazildi.
Respublika bosqichi yakuniy natijalariga koʻra:
1-o‘rinni Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Xusan Ilxomjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi;
2-o‘rinni Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Sarvar Suyunov;
3-o‘rinni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Bexruz Abdusamatov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Daler Rahimov qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish hamda OAV, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishga faol hissa qoʻshgani uchun Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi “Eng faol maktab” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.
Tanlov gʻoliblari 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
NAJOT BILIMDA
Najot bilimda | Andijon shahridagi Prezident maktabining iqtidorli o‘quvchilari va ular erishayotgan yutuqlar
#andijonMRTK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_32_yoshda
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi ijod maktablarida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.
📝 IJOD MAKTABLARI:
🚀Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🚀Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🚀Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🚀Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🚀Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🚀Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🚀Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🚀Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🚀Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_32_yoshda
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.
📍HUDUDIY IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR:
🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_32_yoshda
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi Prezident maktablarida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.
🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:
🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
IQTISODCHI OLIM BILAN QIZGʻIN MULOQOT
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.
🎉 Raqamli Avlod IT haftaligi davom etmoqda!
🏆 Bugun haftalik doirasida o‘tkazilgan musobaqalar yakunlandi. Ishtirokchilar DG Contest, RoboFutbol, RoboSumo, DragRacing va Foydali ixtirolar yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etgan g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi!
🖥 Hozir esa festival doirasida IT olamining so‘nggi yangiliklari bilan tanishish va tajribalar almashish uchun "Microsoft Community Conference 2024" bo‘lib o‘tmoqda.
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#kitobxonlik_targʻiboti
🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabida “Kitobsevar millat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan maktablarining oʻquvchilari O‘zbekiston matbuoti namoyandalari, taniqli jurnalistlar va ijodkorlar bilan muloqot qildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi direktori, senator Abdusaid Ko‘chimov, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Xolmurod Salimov, "Yangi O‘zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov soʻzga chiqdi.
Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning toʻrtinchisi – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi axborot-kutubxona markazlari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga 10 nomdagi 730 dona kitob sovgʻa qilindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
ARXEOLOG-TARIXCHI OLIM BILAN UCHRASHUV
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.
#seminar_trening
🤩 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamda Oʻrta Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida bitiruvchi-oʻquvchilar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik yoʻnalishida seminar-trening tashkil etildi.
Unda ekspertlar tomonidan mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli universitetlarga hujjat topshirish tartibi, xalqaro taʼlim va grantlar dasturlari, IELTS, SAT imtihonlariga tayyorgarlik borasida zarur maʼlumotlar berildi, taqdimotlar oʻtkazildi.
Agentlik tizimidagi taʼlim maskanlarida bitiruvchi-oʻquvchilar uchun ayni yoʻnalishdagi seminar-treninglar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Fargʻona 24 | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan inklyuziv ijodiy studiyalar faoliyatiga nazar
#fargʻonaMTRK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#adabiy_tanlov
🔔 IJODKORLAR DIQQATIGA
🤩 Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi “Sheʼryurak” adabiy tanlovining Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligiga bagʻishlangan 2-mavsumiga start berdi.
Tanlovda Respublikamiz bo‘ylab ijod qilib kelayotgan o‘quvchi-yoshlar va barcha shoirlar qatnashishi mumkin.
Ishtirok etish uchun o‘zingiz haqingizda qisqa ma’lumot, 5 ta she’ringiz va telefon raqamingiz joylangan word faylni joriy yilning 5-dekabriga qadar /channel/evtanlovbot manziliga yuborishingiz kerak bo‘ladi.
Gʻoliblarga quyidagi mukofotlar topshiriladi:
1-o‘rin uchun Noutbook;
2-o‘rin uchun Smartfon;
3-o‘rin uchun kitoblar jamlanmasi.
Tanlov haqida batafsil: Tanlov nizomi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#sport_maktablari
TIZIMDAGI SPORT MAKTABLARI FAOLIYATI YAQINDAN OʻRGANILMOQDA
Agentlik direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘ldi.
Ishchi guruh tomonidan mazkur sport maktablarida o‘quvchi-sportchilarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv-mashq jarayonlari tanqidiy-tahliliy o‘rganilib, mas’ullarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Bugungi kunda Bahodir Jalolov nomidagi sport maktabida 140 ta, Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabida 139 ta sportchi-o‘quvchi ta’lim olmoqda.
A.Ubbiyev mas’ullar bilan muloqotda yosh bokschi va gimnastikachilarni texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish, ayni jarayonga ilg‘or tajribalar, eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish lozimligini alohida ta’kidladi.
O‘rganish doirasida Agentlik direktori sportchi-o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning o‘quv-mashq jarayonlarini, ustoz-murabbiylari haqidagi fikrlari, kelgusidagi orzu-maqsadlari bilan qiziqdi.
Shuningdek, A.Ubbiyev yoshlar bilan muloqotda davlatimiz rahbari boshchiligida sport sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasida Vatanimiz jahonga ko‘plab sport yulduzlarini taqdim qilayotgani, Olimpiya o‘yinlaridagi shohsupalar, jahon chempionatlaridagi g‘alabalarning barchasi O‘zbekiston sportining yuksak salohiyatini namoyish etayotganini ta’kidlab, kelgusida sportchi-o‘quvchilarimiz yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishiga tilak bildirdi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube