#OAV_biz_haqimizda
Subhidam | Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi Gulchehra Karimova hamda bitiruvchisi Nigora Asrorqulova dastur mehmoni
#jizzaxMTRK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yil_sarhisobi
#may_2024
⚡️2024-YIL MAY OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI
✅Agentlik tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari yuzasidan brifing oʻtkazildi.
✅Oʻquvchilarimiz 41-Bolqon Matematika olimpiadasida gʻolib va sovrindirlar safidan joy oldi.
✅Agentlik ishchi guruhi tizimdagi Navoiy viloyatida joylashgan maktablar va faoliyatini yaqindan oʻrgandi.
✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Samarqand filiali ochildi.
✅Agentlik tizimidagi maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.
✅Oʻquvchilarimiz UNIST, Minerva University, Dartmouth Collage, Mississippi University, Xiamen University, Inha University, Debrecen University kabi xorijning nufuzli oliygohlariga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
✅Agentlik tizimidagi maktablar uchun hujjatlar qabuli e’lon qilindi.
✅Ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi.
✅Maktab maslahatchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.
✅"Barcha bolalar muvaffaqiyatli" loyihasi doirasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
✅STEM fanlari boʻyicha olimpiadaning Agentlik bosqichi oʻtkazildi.
✅Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari malaka (test) sinovlarida 100 ballik natija koʻrsatdi.
✅Prezident maktablarida A/AS-level imtihonlari boshlandi.
✅“Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.
✅OPEK prezidenti Samarqand shahridagi Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
✅Navoiy shahridagi Prezident maktabi, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTSdan 8 ballga ega boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#olimpiada
#yakuniy_bosqich
#koreys_tili
🤩 Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimidan videolavha.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi tasdiqlandi
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
👉 Nizomga asosan, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga quyidagilar kiradi:
➖Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
➖Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi;
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari;
➖tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari;
➖A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti;
➖Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari;
➖pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari;
➖malaka oshirish faoliyati bilan shugʻullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari;
➖maktabgacha taʼlim tashkiloti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumiy oʻrta taʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari.
❗️ Shuningdek, mazkur Nizom bilan:
➖ uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga kiruvchi barcha boʻgʻin tashkilot va oʻquv muassasalarining asosiy vazifalari
➖uzluksiz kasbiy rivojlantirish taʼlim olishning ishlab chiqarishdan ajralgan/ajralmagan holda, masofaviy, dual, mustaqil, muqobil shakllari orqali amalga oshirilishi;:
➖ uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlari menejerlik oʻquv kurslari, malaka oshirish kurslari, malaka oshirish kurslari oraligʻida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari, qayta tayyorlash kurslari orqali amalga oshirilishi belgilab berildi.
👉 NIzomning to‘liq matni
Bizni kuzating
#New_Uzbekistan_university
Hogwarts yozgi oromgohi mentorligiga qabul boshlandi
Xabaringiz bor, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalari tomonidan Hogwarts maktabi tashkil etilgan boʻlib, har yili yoshlar uchun yozgi oromgoh va turli loyihalar tashkil etib kelinmoqda.
Ushbu maktab bilimli, shijoatli va yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazishga tayyor mentorlarni oʻz safiga qabul qiladi.
Mentorlik ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi bosqich 2,5 oy davomida turli loyihalarni amalga oshirishda onlayn koʻmaklashish va baholashdan iborat.
Shuningdek, 1 haftalik yozgi oromgohda mahorat darslari, loyihalarni rivojlantirish va turli tashkiliy masalalarda yetakchilik qilishingiz kerak bo'ladi.
📝 Roʻyxatdan o'tish
🗣 Batafsil
Mentorlik oʻz bilim va tajribangizni yanada oshirib, kelajakda muhim koʻnikmalarni rivojlantirishingizda muhim qadam boʻladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Voha 24 | Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari erishgan yutuqlar
#surxondaryoMTRK
📍 Termiz shahridagi Prezident maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tishni boshladik!
Yangi yilni biz bilan texnologiyalar olamida boshlang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.
🔵 Onlayn yo'nalishlar:
•Python
•.Net
•React
•SMM
•AI
•DevOps
•Mobile Flutter
🔴 Oflayn yo'nalishlar:
Robototexnika
CyberSport (Dota 2)
Digital Art
Dasturlash (nocode)
3D modellashtirish
AI (GPT)
📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz
Shoshiling! Qiziqarli darslar, zamonaviy texnologiyalar va o‘zgacha tajribalarni qo‘ldan boy bermang! 🙌
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#yil_sarhisobi
#Prezident_maktablari
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablari yoʻnalishida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan infografika
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#SAT_result
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️OʻQUVCHIMIZ SAT IMTIHONIDA YUQORI NATIJA KOʻRSATDI
🤩 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Gulyora Haydarova 1550 ballik natija bilan SAT sertifikatiga ega bo‘ldi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.
Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
#yil_sarhisob
#fevral_2024
⚡️2024-YIL FEVRAL OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI
✅Agentlik direktori Alisher Ubbiyev tizimdagi Farg‘ona, Namangan viloyatlarida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻlib, taʼlim muassasalari faoliyatini yaqindan oʻrgandi.
✅Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti maslahatchisi Stiv King Nukus shahridagi Prezident maktabida boʻlib, taʼlim maskanida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
✅Agentlik va Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
✅Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Sayfullo Saidov dunyo QS reytingida 17-oʻrinda turadigan "Princeton" universitetiga 350 000 AQSH dollari miqdoridagi grant asosida muddatidan oldin oʻqishga qabul qilindi.
✅"Yangi O‘zbekistonda taʼlim islohotlari" mavzusida videorolik yaratildi.
✅Agentlik hamda Koreya Respublikasining Chonnam taʼlim departamenti oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
✅Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyat boshladi.
✅Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashdi.
✅Samarqand shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Sevara Kazimova "Duke Kunshan" universitetining to‘liq grantini qo‘lga kiritdi.
✅Agentlikda tizimdagi muammolar va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan onlayn yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Rayhona Shoyimqulova xorijdagi nufuzli oliygohlarning jami 948 ming AQSH dollarlik grantlarini qoʻlga kiritdi.
✅Agentlik ishchi guruhi tizimdagi Jizzax, Navoiy viloyatlarida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarida yaqindan oʻrganish olib bordi.
✅Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Tur‘gun Jonzoqov Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatiga 100 foizlik natija bilan ega boʻldi.
✅Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Xitoy davlatida boʻlib, sohaga oid xorijiy tajriba bilan yaqindan tanishdi.
✅Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.
✅Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda Nukus harbiy prokuraturasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
✅Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari oʻtkazildi.
✅Ogahiy nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#rekord
#SAT_result
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️OʻQUVCHIMIZ SAT IMTIHONIDA REKORD NATIJA KOʻRSATDI
🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Manzilbek Karlibayev 1590 ballik (super score 1590) natija bilan SAT sertifikatiga ega bo‘ldi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.
Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
#yil_sarhisobi
#yanvar_2024
⚡️2024-YIL YANVAR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI
✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Asilbek Sunnatov 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida Informatikadan oltin medalni qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik bo‘ldi.
✅Agentlik hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti oʻrtasida memorandum imzolandi.
✅"Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
✅Namangan shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Oybek Saidov bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichi oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
✅ “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida bayram tadbirlari oʻtkazildi.
✅Agentlik tizimidagi barcha maktablarda STEM fanlar olimpiadasining maktab bosqichi oʻtkazildi.
✅ Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻqishga hujjatlar qabuli yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
✅Andijon shahridagi Prezident maktabida “Andijon yoshlar forumi” doirasida “Hokim va sardorlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sport_maktablari
Joriy yilning 15–20-dekabr kunlari Bo‘stonliq tumanida boks bo‘yicha 2011-2012-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar hamda 2009-2010-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi” munosabati bilan Respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qozog‘iston Respublikasi va hududlardan kelgan sportchilar bilan bir qatorda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘quvchi-sportchilari ham ishtirok etdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, boks maktabi jamoasi 13 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#digital_art
#ijod_maktablari
#Besh_tashabbus
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida Raqamli sanʼat (Digital art) toʻgaraklari tashkil etilgan.
Mazkur toʻgaraklarda oʻquvchilar darsdan boʻsh vaqtlarida zamonaviy axborot texnologiyalari, grafik planshetlar, dasturiy taʼminot yordamida raqamli tasviriy sanʼat sirlarini egallamoqda, ijodiy gʻoyalarini roʻyobga chiqarmoqda.
Agentlik tomonidan ijod maktablaridagi Raqamli sanʼat toʻgaraklari barcha zarur vositalar bilan taʼminlangan boʻlib, mashgʻulotlarni olib borishga ayni yoʻnalishda maxsus bilim va malakaga ega mutaxassislar jalb qilingan.
Videolavhada Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida faoliyat koʻrsatayotgan Raqamli sanʼat toʻgaragidagi mashgʻulot jarayonlari aks etgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
English club|Shahrisabz shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Gulyuzbegim Asqarjonova
#ForeignLanguages
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#rejalar_2025
Xabaringiz bor, kecha davlatimiz rahbariga 2025-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida axborot berdik.
Bugun taqdimotda keltirib oʻtilgan sohaga doir eng muhim rejalar bilan sizlarni ham tanishtirib oʻtmoqchiman:
➖Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;
➖Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;
➖Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni 2 000 nafarga yetkaziladi;
➖Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi;
➖Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 943 nafar, shuningdek 54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali 32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;
➖2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib, 72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;
➖Mamlakatimizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖Yurtimizning 208 ta tuman (shahar)ida “Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli, 5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni 5 000 taga yetkaziladi;
➖6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga 1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;
➖“Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida 2 530 ta umumtaʼlim maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;
➖“Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;
➖Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi (jami 3 ta) oʻtkaziladi;
➖Hududiy pedagogik mahorat markazlarida 120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali 370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;
➖Umumtaʼlim maktablarining 2 ming nafar amaldagi direktori va 1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 500 nafar amaldagi direktori va 750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;
➖Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
➖Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi. Buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va 1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;
➖Maktabga tayyorlov guruhlari sonini 28 519 taga yetkazish orqali 798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi 98 foizga yetkaziladi;
➖Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, 30 ming bola oʻrni yaratiladi;
➖6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.
Koʻrib turganingizdek oldimizga qoʻygan rejalar juda katta. Ularga erishish uchun bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilishimiz lozim va biz buni, albatta, uddalaymiz.
@hilola_umarova
#Seminar
🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabida huhuddagi ixtisoslashtirilgan maktablar kutubxonachilari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
🤩 Agentligimiz tizimidagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Ulugʻbek Karimov IELTS imtihonidan 8 ballik natijani qoʻlga kiritdi.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yil_sarhisobi
#ijod_maktablari
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari yoʻnalishida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan infografika
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari_tajribasi
#seminar_trening
#Qaror_ijrosi_amalda
PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI OMMALASHTIRILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarorida Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar “tayanch maktablar” sifatida umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻqituvchilarini yangi ta’lim dasturlari, dars oʻtishning ilgʻor metodikalari va oʻquvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga oʻrgatib borishi belgilangan.
#yil_sarhisob
#mart_2024
⚡️2024-YIL MART OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI
✅Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Surxondaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarda bo‘lib, ta’lim muassasalari faoliyatini yaqindan o‘rgandi.
✅Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabiga Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Yojef Roja tashrif buyurdi.
✅Agentlik ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati o‘rganildi.
✅Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazildi.
✅"Qizlar olimpiadasi"ning Agentlik bosqichi tashkil etilib, unda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar taqdirlandi.
✅“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
✅Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Zulfiya Shomurotova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
✅Agentlikda Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
✅Agentlik direktori Alisher Ubbiyev "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
✅Xatirchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Ilhomjon Baxronov , “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Ahmadov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining o‘quvchisi Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafonida g‘olib bo‘lib, Londonga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
✅Koreya Respublikasining Incheon Metropolitan City ta’lim boshqarmasi delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan tanishdi.
✅Prezident maktablarida xalqaro SAT imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
✅Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
✅Guliston shahridagi Prezident maktabi, Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.
✅Toshkent, Nukus shahridagi Prezident maktablarida “Science Fair” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
✅IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdi.
✅Navoiy shahridagi Prezident maktabi, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.
✅Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari va tuzilmalarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida bayram sayllari tashkil etildi.
✅Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining ilmiy-amaliy treninglar haftaligi tashkil etildi.
✅Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazildi.
✅Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz g‘olib va sovrindor boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ChSB_imtihonlari
#1_kun
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida II chorak yakuni boʻyicha ChSB imtihonlari oʻtkazilmoqda.
✅Maʼlumot uchun, choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
📸 Jarayonlardan suratlar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#metodik_yordam
#Jizzax
UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA METODIK KOʻMAK BERILMOQDA
🤩 Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan taʼlim maskanlari rahbarlari va pedagoglari hududlardagi umumiy oʻrta ta’lim maktablarida boʻlib, oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish boʻyicha oʻz tajribalari bilan boʻlishmoqda.
Xususan, Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi rahbar xodimlari va malakali pedagoglaridan iborat ishchi guruh hududdagi 4-, 8-, 14- , 31-umumta’lim maktablarida boʻlib, dars jarayonlarida qatnashdi.
Ishchi guruh tomonidan mazkur maktablar oʻquv jamoalari uchun seminar-treninglar tashkil etilib, yangi baholash tizimi, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda samarador usullar yuzasidan nazariy-amaliy tushunchalar berildi.
Shuningdek, oʻqituvchilarga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarning ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib, zarur metodik tavsiyalar berildi. Ta’lim maskanlarining ish rejalari birgalikda koʻrib chiqildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Yoshlar vaqti | Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchilari
#surxondaryoMTRK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#olimpiada
#yakuniy_bosqich
#koreys_tili
KOREYS TILI BO‘YICHA II RESPUBLIKA OLIMPIADASINING YAKUNIY BOSQICHI O‘TKAZILDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda tashkil etildi.
1-bosqich (hududiy)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 1 272 nafar o‘quvchi koreys tilida tinglash va o‘qish mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 150 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
2-bosqich (yakuniy)da jami 150 nafar o‘quvchi ishtirok etib, koreys tilida tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalari, o‘qish ko‘nikmalari va grammatika shartlari asosida yozma va test sinovlarini topshirdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 9-, 10-, 11-sinflar kesimida 3 nafar g‘olib va 7 nafar sovrindor aniqlandi.
Olimpiadaning taqdirlash marosimida Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisi Von Do Yon, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong hamda Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To’raboy Shermatov g‘olib va sovrindorlarga Koreya Respublikasiga ta’lim sayohati yo‘llanmasi hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Fakt 24 | Samarqandlik o‘quvchi IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi
#uzbekiston24
📍Samarqand tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.
Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.
Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!
Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.
@hilola_umarova
#xalqaro_konferensiya
🤩 Nukus shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabining ingliz tili o‘qituvchisi Gulnaz Tlewmuratova Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan "Navigating the future: Youth-driven solutions for a sustainable and peaceful world" mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#rekord
#SAT_result
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️OʻQUVCHIMIZ SAT IMTIHONIDA REKORD NATIJA KOʻRSATDI
🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Sa’dulla Rizayev 1590 ballik (super score 1590) natija bilan SAT sertifikatiga ega bo‘ldi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.
Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
#Йил_сарҳисоби
Bir guruh pedagoglar “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan poytaxtimizda joylashgan Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlari, umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari hamda pedagoglar ishtirok etdi.
⚡️ Tadbirda taʼkidlanganidek, ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda.
❗️ Joriy yilda 4 644 ta davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilishi natijasida bolalalarni maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 76,0 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi 96 foizga yetkazildi.
➖ Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 1 500 taga (2023-yil – 500 ta) yetkazildi. Bunda oʻtgan yilgi baholashda ishtirok etgan 500 ta maktab ichida jarayonlarni samarali yoʻlga qoʻygan maktab jamoalariga 40 foizgacha ustama toʻlab kelinmoqda. Oʻtgan oʻquv yilida oʻquvchilarning oʻrtacha oʻzlashtirish darajasi 6 foizga oshgan.
❗️ Xususan, joriy oʻquv yilining birinchi chorak natijalarini oʻtgan oʻquv yilining xuddi shu davri bilan solishtirilganda, oʻquvchilarning bilim olish darajasi 4 foizga oshganligini koʻrsatmoqda.
➖ Yana bir muhim jarayon sifatida malaka toifalarini berish tizimi mutlaqo yangi tartibda amalga oshirildi. Shunindek, 1 000 nafar amaldagi direktor va 1 600 nafar nomzod “Menejerlik oʻquv kursi”da oʻqitilib, 1 800 nafariga sertifikat berildi.
👏 Tadbir davomida joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.
👉 Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar namoyish etildi.
Bizni kuzating