📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
📅2025-yil 26-aprel kuni "Rectors’ Club: Central Asia+" beshinchi yig‘ilishidan so`ng, ishtirokchilar Buxoroning tarixiy va madaniy merosi bilan tanishish uchun unutilmas sayohatga chiqishdi.
🌟 Bu safar nafaqat shahar ko‘chalarida sayr qilish, balki mintaqaning boy madaniy qadriyatlari bilan bevosita tanishish va ularning ta’lim, o‘zlik va strategik rivojlanishga ta’sirini chuqur his etish imkonini berdi.
Sayohat qadimiy Ark qal’asi — hukmdorlar qarorgohi va davlat boshqaruvi markazi bo‘lgan tarixiy maskandan boshlandi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar Ulug‘bek va Abdulazizxon madrasalariga tashrif buyurib, ilm va ma’rifat an’analarini aks ettirgan obidalar bilan yaqindan tanishdilar.
Safar davomida mehmonlar Poyi Kalon ansamblini ham ko‘zdan kechirdilar. Ushbu betakror majmua — Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Arab madrasalarini o‘z ichiga olgan holda, me’moriy san’at va tarixiy salobatning yorqin namunasi sifatida yodda qoldi.
🏛 Shuningdek, Abdullaxon madrasasi va Modiraxon madrasasi ham ziyorat qilindi. Bu obidalar Buxoroning boy tarixiy va me’moriy merosini yoritib beruvchi durdonalardandir.
✨ Buxoro yana bir bor o‘zining jozibasi, donishmandligi va tarixiy izlari bilan mehmonlarga ilhom baxsh etdi.
🔗 Читать на русском и английском языках
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
⚡️OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDAN KATTA YANGILIKKA TAYYORMISIZ?
200...
Nima deb o‘ylaysiz?
Katta imkoniyat. Katta o‘zgarish. Katta orzular sari bir qadam.
👀 Tafsilotlar tez orada!
💙Osiyo Xalqaro Universitetida oliy taʼlim sohasidagi eng dolzarb tashabbuslardan biri — “Rectors’ Club: Central Asia” ning beshinchi yig‘ilishi hali ham davom etmoqda!
📌Uchrashuv doirasida quyidagi muhim yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda:
🔘 50 dan ortiq ishtirokchi
🔘Dolzarb masalalar, mintaqaviy integratsiya va raqobat ichra hamkorlik yondashuvi.
🔘 Strategik tashabbuslar va akademik hamkorlik
Ushbu yig‘ilish — fikr almashinuvi, qarorlar shakllanishi va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash sari yana bir muhim qadamdir. Bu orqali Markaziy Osiyoning ilmiy va madaniy kelajagini birgalikda barpo etish maqsad qilinmoqda.
🔗 Читать на русском и английском языках
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
💙Osiyo Xalqaro Universitetida oliy taʼlim sohasidagi eng dolzarb tashabbuslardan biri — “Rectors’ Club: Central Asia” ning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli uchrashuvning asosiy mavzusi:
“Til va milliylik: Markaziy Osiyo universitetlarida strategik boshqaruvning yangi ufqlari”
🌍Yig‘ilishda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon va Mo‘g‘uliston kabi mamlakatlarning oliy ta’lim sohasidagi yetakchilari, rektorlar, ilmiy doira vakillari va ekspertlari ishtirok etmoqda.
🔗 Читать на русском и английском языках
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
RECTORS’ CLUB: CENTRAL ASIA+ Beshinchi tarixiy uchrashuv – Buxoro shaxridagi Osiyo Xalqaro Universitetida!
Oliy ta’lim rivojida yangi davr! Markaziy Osiyo va undan tashqaridagi universitetlar uchun eng dolzarb hamda istiqbolli tashabbuslardan biri – “Rectors’ Club: Central Asia+ ning beshinchi uchrashuvi Osiyo Xalqaro Universitetida boshlandi
🤗 Osiyo Xalqaro Universitetida Dushanbe shahridagi Moskva Davlat Universiteti Professori Svetlana Yakubovna Balxova ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Mazkur tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga doir fikr almashildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.
🟢 Professor Svetlana universitet faoliyati, xalqaro aloqalar va hozirgi kunda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv doirasida ochiq muloqotlar, amaliy mashg‘ulotlar va master-klasslar tashkil etildi.
🟢 Mehmon o‘zining boy tajribasi va ilg‘or yondashuvlarini talaba va professor-o‘qituvchilar bilan ulashdi. Shuningdek, hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yangi tashabbuslar yuzasidan takliflar bildirdi.
📘Ayniqsa, lingvistika yo‘nalishida rejalashtirilayotgan bu hamkorlik, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashga, ilm-fan va ta’lim sohasida xalqaro tajriba almashinuvini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
🔗 Читать на русском и английском языках
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
💙 Osiyo Xalqaro Universitetida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda!
⠀
⚡Bugun anjumanning birinchi qismi— Yalpi majlis bo‘lib o‘tmoqda. Unda xalqaro miqyosdagi taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar va ta’lim sohasining yetuk mutaxassislari o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.
⠀
📌 Yalpi majlisda taqdim etilayotgan ma’ruzalar quyidagilarni qamrab oladi:
– Bilingvizm psixolingvistikasi
– Markaziy Osiyo ta’lim tizimining retrospektiv tahlili
– Zamonaviy lingvistikadagi kontrastiv yondashuvlar
– Shaxsga mos sport dasturlari
– Klassik ta’lim konsepsiyasining dolzarbligi
– Sun’iy intellektning ijtimoiy-psixologik ta’siri
– Yashil texnologiyalar va xalqaro tashkilotlarning roli
⠀
🎓 Ma’ruzalar ingliz, rus va turk tillarida taqdim etilib, xalqaro ilmiy hamkorlik va fikr almashuvga boy muhit yaratmoqda.
⠀
📍 Yalpi majlisda, jumladan, Polsha, Turkiya, Angliya, Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi davlatlardan professorlar ishtirok etmoqda.
🎙 Anjuman ochilishi!
Osiyo Xalqaro Universiteti rektori xalqaro ilmiy-nazariy anjumanni tantanali tarzda ochib berdilar 🔥
🇹🇷 Osiyo Xalqaro Universitetida Turkiyaning nufuzli oliygohlaridan biri — Karabük Universitetining Spor Bilimleri Fakültesi Dekani Prof. Dr. Numan Bahadır KAYIŞOĞLU tashrif buyurdi.
🎯 Prof. Dr. KAYIŞOĞLU jismoniy madaniyat yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi . U o‘zining tajribalari bilan bo‘lishdi va Karabük Universitetidagi sport sohasidagi ta’lim imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berdi.
🌎 Eslatib o‘tamiz, Osiyo Xalqaro Universiteti muntazam ravishda xalqaro hamkorliklarni kengaytirib bormoqda va bunday uchrashuvlar talabalar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
#retro
📣📣📣Ana supriz-u, mana surpriz
Ana kir yuvadigan moshina-yu, mana televizooor 😁
Xullas, gapni ko'p cho'zib o'tirmayman!
Ha, siz uchun 1 emas, 2 ta emas, naq 3 ta katta "СЮРПРИЗ"ni zo'ridan tayyorlab qo'yganmiz! Faqat aktiv bo'lib bersangiz, bo'ldi! Yaqinda boshlaymiz. Tayyor turing 🔥
📜 Osiyo Xalqaro Universitetida Sergey Yeseninning 130 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etildi!
ℹ️ Osiyo Xalqaro Universitetida buyuk rus shoiri Sergey Yeseninning 130 yillik tavalludiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi, Tarix va filologiya kafedrasi hamda Buxoro viloyati “Rus madaniyati markazi” hamkorligida tashkil etildi.
💡 Tantanali kechada talaba-yoshlar tomonidan Yesenin ijodidan she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, “Rus madaniyati markazi” qoshida faoliyat yuritayotgan “Ilhom” teatrining aktyorlari ishtirokida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari shoirning boy merosi va insoniy fazilatlarini yana bir bor yodga oldilar.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎓 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun yangi imkoniyatlar!
📚 2025-yilning navbatdagi choragi uchun mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishida hujjatlar qabul qilish boshlandi!
🗓 Qabul muddati: 2025-yil 15-apreldan 15-mayga qadar davom etadi.
📥 Hujjatlar faqat daraja.ilmiy.uz Yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
📌 Ta’lim yoki ilmiy tashkilotlar har bir talabgorga tegishli tartibda baho berib, ularning hujjatlarini qabul qiladi yoki rad etadi.
✍️ Ilmiy izlanishlar yo‘lida davom etishni istagan izlanuvchilar ushbu platforma orqali o‘z hujjatlarini to‘liq yuklashi shart.
🔬 Ilm yo‘lida dadil qadam tashlang — kelajak sizni kutmoqda!
🇺🇿🇹🇷 Osiyo Xalqaro Universiteti va Karabük Universiteti o‘rtasida yangi ilmiy hamkorlik bosqichi!
Osiyo Xalqaro Universiteti rektori S.S. Dexkanov hamda Turkiyaning nufuzli oliygohi — Karabük Universiteti o‘rtasida yaqinda imzolangan memorandumi (MoU) asosida, Spor Bilimleri Fakültesi Dekani Prof. Dr. Numan Bahadır KAYIŞOĞLU universitetimizga tashrif buyurdi.
🤝 Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqotlar, akademik almashinuvlar va ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlashdir.
🏅 Ilmiy hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida, Sport sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 10 kunlik ilmiy-ma’rifiy dastur tashkil etildi. Dastur davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
📌 Eslatib o‘tamiz, Osiyo Xalqaro Universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida muntazam ravishda tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🌎 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan strategik hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv!
✍️ Osiyo Xalqaro Universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyat filiali bilan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida 2025-yil 29–30-aprel kunlari Osiyo Xalqaro Universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Karyera–2025” mehnat yarmarkasini hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tadbir so‘nggida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi
imzolandi. Ushbu memorandum yangi bosqichdagi samarali va tizimli hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratadi.
📣 Osiyo Xalqaro Universitetida “Karyera–2025” mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi!
Hurmatli talabalar!
Osiyo Xalqaro Universitetida an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan “KARYERA–2025” mehnat yarmarkasi joriy yilning 29–30 aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbir taqvimi quyidagicha:
➡️ 2025-yil 29-aprel — Iqtisodiyot, Pedagogika, Ijtimoiy fanlar va Texnika fakultetlarining 3-, 4- va 5-bosqich talabalari uchun;
➡️ 2025-yil 30-aprel — Tibbiyot fakultetining 3-, 4- va 5-bosqich talabalari uchun.
❕Eslatma: Yarmarkada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar:
— 3 nusxada rezyume tayyorlab kelishlari,
— shuningdek, savol-javoblarga oldindan tayyor bo‘lishlari lozim.
(Rezyume namunasi havola orqali taqdim etiladi)
Barcha yuqori bosqich talabalarga mazkur yarmarkada faol ishtirok etishlarini tavsiya qilamiz.
📢RASMAN
🎉 OXU tarixida ilk bor — 200 TA GRANT!
2025–2026 o‘quv yili uchun Osiyo Xalqaro Universiteti 200 ta GRANTLAR ajratadi!
🎓 Bunday imkoniyat hali bo‘lmagan!
📌Faollik, iqtidor va ulkan maqsadga ega bo‘lgan yoshlar uchun OXU keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
👀 Tafsilotlar yaqin soatlarda e`lon qilinadi!
💙 Osiyo Xalqaro Universiteti “Rectors’ Club: Central Asia+” loyihasining beshinchi nufuzli yig‘ilishiga mezbonlik qildi.
Bu Markaziy Osiyo va unga tutash mintaqalarning yetakchi universitetlari o‘rtasida barqaror hamkorlik, strategik fikr almashuvi va yangi tashabbuslarning tug‘ilish maydonidir.
🗓 Yig‘ilish mavzusi:
“Til va identifikatsiya: Markaziy Osiyo universitetlarida strategik boshqaruvning yangi ufqlari”
📌 Mazkur mavzu doirasida tilning nafaqat aloqa vositasi, balki universitet brendi, milliy o‘zlikni saqlab qolish, xalqaro pozitsiyani belgilovchi strategik omil sifatidagi roli chuqur tahlil qilindi.
🌍 Ishtirokchi davlatlar:
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon va Mo‘g‘ulistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari — rektorlar, olimlar va ta’lim ekspertlari Buxoroda jam bo‘lishdi.
🎯 Muhokama etilgan yo‘nalishlar:
🟡Oliy ta’limdagi dolzarb muammolar
🟡 Mintaqaviy integratsiya va xalqaro hamkorlik
🟡 Hamkorlik va raqobat uyg‘unligi — universitetlar bir vaqtning o‘zida ham sherik, ham raqib sifatida bir-birini rivojlanishga undovchi yondashuv
🟡 Milliy til va madaniyatning xalqaro akademik makondagi o‘rni
🟡Markaziy Osiyo universitetlarining xalqaro tan olinishini oshirish
📢 Bu shunchaki tadbir emas, bu ilm, madaniyat va kelajak sari birgalikdagi harakat. Markaziy Osiyoning kelajagi shu yerda shakllanmoqda.
🎓 “Rectors’ Club: Central Asia+” — nufuzli mehmonlar Buxoroda!
Osiyo Xalqaro Universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Rectors’ Club 2025” uchrashuvi doirasida mintaqaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va ekspertlari bir sahnada jam bo‘ldi.
📌 Tadbirda quyidagi nufuzli ishtirokchilar so‘zga chiqib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar:
🟡 Gulnara Kurenkeeva, PhD — Almaty Management Universiteti rektori, Qozog‘iston
🟡 Timoti O’Connor, PhD — Amerikaning Markaziy Osiyodagi Universiteti prezidenti (AUCA), Qirg‘iziston
🟡 Asel Ajibayeva — Qozog‘iston-German Universiteti (DKU) rektori
🟡 Muzaffar Esanov — Oliy ta’limni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston
🟡 Qahramon Yusupov — Central Asia University prorektori, O`zbekiston
Bu uchrashuv — ilmiy hamkorlik, strategik qarorlar va yangi tashabbuslarning muhim maydonidir.
🎓Rectors’ Club 2025 Buxoroda boshlandi! 🇺🇿
Bugun, qadim va betakror Buxoro shahrida bo‘lib o‘tayotgan Rectors’ Club 2025 uchrashuvini Osiyo Xalqaro Universiteti rektori, hurmatli S.S. Dexkanov tantanali tarzda ochib berdi.
U barcha ishtirokchilarni samimiy qutlab, mazkur tadbirni oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik va taraqqiyot sari muhim qadam sifatida e’tirof etdi.
📣Rektor mehmonlarni faol muloqot, ochiq fikr almashuvi va innovatsion g‘oyalar bilan bo‘lishishga chaqirar ekan, uchrashuv do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va yangi imkoniyatlar eshigini ochishini tilab qoldi.
⚡️Ilm, hamkorlik va taraqqiyot sari birgalikda!
🤗Osiyo Xalqaro Universitetida “Rectors’ Club: Central Asia”ning beshinchi yig‘ilishi boshlanmoqda
Читать полностью…🎙OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI!
💙 Osiyo Xalqaro Universitetida “Zamonaviy va sifatli ta’lim – taraqqiyot negizidir” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Polsha, Turkiya, Angliya, Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan tashrif buyurgan 10 dan ortiq xalqaro olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi:
✅ Ta’limdagi global tendensiyalar
✅ Innovatsion yondashuvlar
✅ Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar
✅ Mehnat bozoriga mos ta’lim tizimi
💙Osiyo Xalqaro Universitetida ilmiy-amaliy anjuman: zamonaviy ta’limning dolzarb masalalari muhokamada!
⚡Osiyo Xalqaro Universitetida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda zamonaviy ta’lim tizimidagi muammolar, ularning yechimlari va ilg‘or tajribalar muhokama qilinmoqda.
Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy yo‘nalishlar:
🟡 Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini modernizatsiya qilish
🟡 Tarixiy tadqiqotlar yutuqlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish
🟡 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt asosida raqamli transformatsiyani jadallashtirish
🟡 Talabalarda kasbiy kompetensiyalar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish
🟡 Pedagogik innovatsiyalar va malaka oshirishning samarali uslublari
🎓Mazkur anjumanda yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda ta’lim sohasidagi malakali mutaxassislar faol ishtirok etmoqda.
🔗 Читать на русском и английском языках
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
Ayni damda Osiyo Xalqaro Universitetida Xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy anjuman boshlanmoqda.
👨🏫 Tadbirda bir qator xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan nufuzli professorlar ishtirok etishi kutilgan.
🎓 Yana bir imkon – “Kelajakka qadam” dasturi
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytiruvchi yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
📄 Prezident qaroriga muvofiq, “Kelajakka qadam” dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
➡️ Biznes g‘oyalar uchun ko‘mak– talabalar o‘z loyihalarini amalga oshirishda maslahat va moliyaviy yordam oladi.
➡️ Sohaviy tanlovlar – g‘oliblar ish beruvchilar buyurtmasi asosida ishga joylashtiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlar:
🟡Ish beruvchilar talabiga mos ta’lim dasturlari
🟡 Ishlab chiqarish amaliyoti va xorijiy qisqa o‘quv kurslari
🟡 Dastlabki tayyorlov bosqichlari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
✉️ Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: @Iqtidorlitalabaoxu
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🇺🇿🇵🇱Osiyo Xalqaro Universiteti va University of Silesia o‘rtasida anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi!
💙 Ushbu kelishuv doirasida professor Huseyin universitetimizga tashrif buyurib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim va ilmiy izlanishlar sohasida aloqalarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yishdir.
Lingvistika yo‘nalishidagi bu tashabbus ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada chuqurlashtiradi. Zamonaviy yondashuvlarga asoslangan bu hamkorlik ilm-fan va ta’lim sohasida xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.
👾 O‘qishni yengillashtiradigan 3 ta ajoyib app!
⏳ Bu ilovalar yordamida dars tayyorlash, o'qishni samarali o‘zlashtirish, konspekt tuzish ancha osonlashadi. Yuqorida siz uchun eng foydali ilovalarni jamladik.
📌 Marhamat, yuklab oling va o‘qish jarayonini yengillashtiring!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎙 Rus tili yo‘nalishi talabalari bilan suhbat: Universitet va ta’lim haqida fikrlar
💙 Osiyo Xalqaro Universitetida rus tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan kichik savol-javob tashkil etildi. Suhbat davomida talabalar universitet hayoti, ta’lim sifati, o‘quv jarayoni va ustozlar faoliyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Keling, ularning fikrlariga quloq tutamiz. Talabalarimizning nigohidan universitet qanday ko‘rinarkan, tomosha qilamiz 🔥
🔗 Читать на русском и английском языках
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🏆 O‘zbekiston U-17 – Osiyo chempioni!
📍 Saudiya Arabistoni | 🏟 Osiyo Kubogi finali
Yurtimiz faxri bo‘lgan U-17 terma jamoamiz Osiyo chempionatida tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi! 9 kishi bo‘lib qolganiga qaramay, mezbon Saudiya Arabistoni ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alaba!
Osiyo Xalqaro Universiteti barchani ushbu ulkan yutuq bilan samimiy tabriklaydi!
🇺🇿 Bu g‘alaba – butun yurtimizniki!
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🔥 3-binomizga marhamat!
🩺 Bu yerda OXUning yuqori kurs tibbiyot talabalari tahsil olishadi.
🖱 "Videomessage" ruknimiz navbatdagi qismida 3 -binoga virtual sayohat qilamiz!
Nimalar bor? Qanday sharoitlar yaratilgan? — barchasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib chiqing. 🤗