📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
🇺🇿🇵🇱Osiyo Xalqaro Universiteti va University of Silesia o‘rtasida anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi!
💙 Ushbu kelishuv doirasida professor Huseyin universitetimizga tashrif buyurib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim va ilmiy izlanishlar sohasida aloqalarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yishdir.
Lingvistika yo‘nalishidagi bu tashabbus ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada chuqurlashtiradi. Zamonaviy yondashuvlarga asoslangan bu hamkorlik ilm-fan va ta’lim sohasida xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.
👾 O‘qishni yengillashtiradigan 3 ta ajoyib app!
⏳ Bu ilovalar yordamida dars tayyorlash, o'qishni samarali o‘zlashtirish, konspekt tuzish ancha osonlashadi. Yuqorida siz uchun eng foydali ilovalarni jamladik.
📌 Marhamat, yuklab oling va o‘qish jarayonini yengillashtiring!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎙 Rus tili yo‘nalishi talabalari bilan suhbat: Universitet va ta’lim haqida fikrlar
💙 Osiyo Xalqaro Universitetida rus tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan kichik savol-javob tashkil etildi. Suhbat davomida talabalar universitet hayoti, ta’lim sifati, o‘quv jarayoni va ustozlar faoliyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Keling, ularning fikrlariga quloq tutamiz. Talabalarimizning nigohidan universitet qanday ko‘rinarkan, tomosha qilamiz 🔥
🔗 Читать на русском и английском языках
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🏆 O‘zbekiston U-17 – Osiyo chempioni!
📍 Saudiya Arabistoni | 🏟 Osiyo Kubogi finali
Yurtimiz faxri bo‘lgan U-17 terma jamoamiz Osiyo chempionatida tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi! 9 kishi bo‘lib qolganiga qaramay, mezbon Saudiya Arabistoni ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alaba!
Osiyo Xalqaro Universiteti barchani ushbu ulkan yutuq bilan samimiy tabriklaydi!
🇺🇿 Bu g‘alaba – butun yurtimizniki!
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🔥 3-binomizga marhamat!
🩺 Bu yerda OXUning yuqori kurs tibbiyot talabalari tahsil olishadi.
🖱 "Videomessage" ruknimiz navbatdagi qismida 3 -binoga virtual sayohat qilamiz!
Nimalar bor? Qanday sharoitlar yaratilgan? — barchasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib chiqing. 🤗
🎯 Seminarga tashrif buyurgan delegatsiya OXUning asosiy binosida bo‘ldi!
💬200 ga yaqin OTMning xalqaro aloqalar bo‘yicha rahbarlari universitetimizga tashrif buyurib, ta’lim jarayonlari, zamonaviy infratuzilma hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlarga OXU faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi, shuningdek, ular uchun ekskursiya tashkil etildi! 💡
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
📣 Bugun Buxoroda “Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi imkoniyatlariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda!
🤍 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Osiyo Xalqaro Universiteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning 200 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarining xalqaro aloqalar bo‘yicha rahbarlari ishtirok etmoqda.
💙 Bugun Buxoroda “Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi va uning imkoniyatlariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda!
Ushbu tadbirda O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalari xalqaro aloqalar bo‘yicha bo‘lim boshliqlari ishtirok etmoqda! 💡
Marhamat, lavhalarni tomosha qiling 🔥
📚 Osiyo xalqaro universitetida “Mutolaa sehri” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi!
📖 Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, tafakkur doirasini kengaytirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Mutolaa sehri” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi.
💥 Mazkur bellashuv talabalarga bilim va fikrlash salohiyatini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, o‘z jamoasining muvaffaqiyati uchun birgalikda harakat qilish imkonini berdi. G‘olib jamoalar diplomlar hamda universitet tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🎭 "OXUda QVZ" — Ijtimoiy fanlar va texnika fakultetidan ijobiy kayfiyat ulashgan sahna shousi!
💙 Osiyo Xalqaro Universiteti Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti talabalari tashabbusi bilan boshlab berilgan “OXUda QVZ” loyihasi tomoshabinlarga iliq kayfiyat ulashdi.
💬 Loyiha davomida talabalarning sahnadagi chiqishlari, o‘ziga xos g‘oyalari va jonli ijrolari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu tashabbus OXUda nafaqat ilmiy salohiyat, balki ijtimoiy faollik, nutq madaniyati va jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
OXUda QVZ” loyihasi talabalar ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ularni ochiq muloqotga va tanqidiy fikrlashga chorlovchi muhim loyihalardan biri desak adashmagan bo'lamiz!
📝 "Я учитель" loyihasi — kelajak pedagog kadrlarini tayyorlash yo‘lida navbatdagi muhim tashabbus!
🤍 Osiyo Xalqaro Universitetida Rus tili filologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Я учитель” loyihasi doirasidagi ishlar boshlandi. Mazkur loyiha doirasida talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📌 Loyihaning asosiy maqsadi — talabalarni o‘z kasbining yetuk, raqobatbardosh va tashabbuskor mutaxassisi sifatida shakllantirish, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdir.
☄️ Osiyo Xalqaro Universiteti yangilik va taraqqiyot tarafdori sifatida, har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi. Zero, bugunning talabalari — ertangi kunning bilimli va fidoyi ustozlaridir.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🖥 OAV biz haqimizda!
🎯 Mazkur lavhada O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi sud-tibbiyot ekspertizasi markazlari hamda Osiyo Xalqaro Universiteti o‘rtasida imzolangan uch tomonlama ilmiy-amaliy memorandumning mazmun-mohiyati yoritilgan.
🌎 Hamkorlik doirasida sud-tibbiyot ekspertizasi sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
⚡️ "Kelinlar Qo’zg'oloni"dagi Nigoraxon anime uslubida!
Ghibli style uslubidagi video yoqqan bo'lsa "🔥" bosib qo'ying va do'stlaringizga yuborib qo'ying 🤗
📣 "OSIYO" QVZ jamoasi – "Xo‘ja Nasriddin" ligasining keyingi bosqichida!
🎯 Osiyo Xalqaro Universitetining "OSIYO" nomli QVZ jamoasi "Xo‘ja Nasriddin" ligasida yorqin chiqish namoyish etib, navbatdagi bosqichga muvaffaqiyatli yo‘l oldi.
💬 Zukko hazil-mutoyiba, ijodkorlik va sahnadagi ishonchli chiqishlar jamoamizga keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etdi. Jamoa a’zolari o‘z iqtidorlari bilan tomoshabinlarga ijobiy kayfiyat ulashdi va e’tirofga sazovor bo‘lishdi.
Oldinda esa yanada mas’uliyatli bellashuvlar va yangi yutuqlar kutmoqda. "OSIYO" jamoasiga kelgusi bosqichda ham katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🏅 Rektor stipendiyasi o‘z sohiblariga tantanali ravishda topshirildi!
💙Osiyo Xalqaro Universitetida iqtidor, tashabbuskorlik va yuqori akademik ko‘rsatkichlar doim e’tirof etiladi. An’anaviy tarzda har oy ajratiladigan Rektor Stipendiyasi bu safar ham o‘z sohiblarini topdi.
🖥 Joriy oyda ushbu stipendiyaga Tibbiyot, Iqtisodiyot va Pedagogika hamda Ijtimoiy fanlar va texnika fakultetlarining ilg‘or vakillari loyiq deb topildi. Stipendiya sohiblarini ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz. Ularning mehnati, izlanuvchanligi va fidoyiligi yoshlarga o‘rnak bo‘lishiga ishonamiz.
🎓 Hurmatli talabalar! Siz ham o‘z bilim va mahoratingizni namoyon eting. Navbatdagi Rektor stipendiyasi sovrindorlari safidan o‘rin egallash imkonini qo‘ldan boy bermang!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎓 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun yangi imkoniyatlar!
📚 2025-yilning navbatdagi choragi uchun mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishida hujjatlar qabul qilish boshlandi!
🗓 Qabul muddati: 2025-yil 15-apreldan 15-mayga qadar davom etadi.
📥 Hujjatlar faqat daraja.ilmiy.uz Yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
📌 Ta’lim yoki ilmiy tashkilotlar har bir talabgorga tegishli tartibda baho berib, ularning hujjatlarini qabul qiladi yoki rad etadi.
✍️ Ilmiy izlanishlar yo‘lida davom etishni istagan izlanuvchilar ushbu platforma orqali o‘z hujjatlarini to‘liq yuklashi shart.
🔬 Ilm yo‘lida dadil qadam tashlang — kelajak sizni kutmoqda!
🇺🇿🇹🇷 Osiyo Xalqaro Universiteti va Karabük Universiteti o‘rtasida yangi ilmiy hamkorlik bosqichi!
Osiyo Xalqaro Universiteti rektori S.S. Dexkanov hamda Turkiyaning nufuzli oliygohi — Karabük Universiteti o‘rtasida yaqinda imzolangan memorandumi (MoU) asosida, Spor Bilimleri Fakültesi Dekani Prof. Dr. Numan Bahadır KAYIŞOĞLU universitetimizga tashrif buyurdi.
🤝 Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqotlar, akademik almashinuvlar va ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlashdir.
🏅 Ilmiy hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida, Sport sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 10 kunlik ilmiy-ma’rifiy dastur tashkil etildi. Dastur davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
📌 Eslatib o‘tamiz, Osiyo Xalqaro Universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida muntazam ravishda tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🌎 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan strategik hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv!
✍️ Osiyo Xalqaro Universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyat filiali bilan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida 2025-yil 29–30-aprel kunlari Osiyo Xalqaro Universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Karyera–2025” mehnat yarmarkasini hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tadbir so‘nggida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi
imzolandi. Ushbu memorandum yangi bosqichdagi samarali va tizimli hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratadi.
📣 Osiyo Xalqaro Universitetida “Karyera–2025” mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi!
Hurmatli talabalar!
Osiyo Xalqaro Universitetida an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan “KARYERA–2025” mehnat yarmarkasi joriy yilning 29–30 aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbir taqvimi quyidagicha:
➡️ 2025-yil 29-aprel — Iqtisodiyot, Pedagogika, Ijtimoiy fanlar va Texnika fakultetlarining 3-, 4- va 5-bosqich talabalari uchun;
➡️ 2025-yil 30-aprel — Tibbiyot fakultetining 3-, 4- va 5-bosqich talabalari uchun.
❕Eslatma: Yarmarkada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar:
— 3 nusxada rezyume tayyorlab kelishlari,
— shuningdek, savol-javoblarga oldindan tayyor bo‘lishlari lozim.
(Rezyume namunasi havola orqali taqdim etiladi)
Barcha yuqori bosqich talabalarga mazkur yarmarkada faol ishtirok etishlarini tavsiya qilamiz.
#amaliy_seminar #videolavha
“Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi bo‘yicha amaliy seminari ishtirokchilarining Osiyo xalqaro universitetiga tashrifi va Buxoro shahrining tarixiy joylariga sayohati jarayonlaridan videolavha
Bizni kuzating
🎙 Buxoroda “Study in Uzbekistan”: 200 ga yaqin OTM vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda!
🧾 Bugun, 18-aprel kuni Buxoro shahridagi Wyndham Bukhara Hotel’da “Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi va Osiyo Xalqaro Universiteti hamkorligida tashkil etildi.
📌 Seminar yakunida, Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrif hamda Buxoro bo‘ylab madaniy sayohat tashkil etiladi. Mazkur seminar xalqaro ta’limdagi raqobatbardoshlikni oshirish va tizimni raqamlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.🌐 www.oxu.uz
🎙 Seminarning 2-qismida Osiyo Xalqaro Universiteti rektori so‘zga chiqdi!
⚡️ U o‘z nutqida chet ellik talabalar va xalqaro valyutadagi investitsiyalarni oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish borasidagi imkoniyatlar va muhim yondashuvlarga to‘xtalib o‘tdi! 🔥
📌 Kogon shahar tibbiyot birlashmasi va Osiyo Xalqaro Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
🖥 Kogon shahar tibbiyot birlashmasi rahbariyati Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitet rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich bilan uchrashuv tashkil etilib, ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.💬 Uchrashuvda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi negizida universitet talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar va tsikl darslarini tashkil etish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi. Birlashma rahbariyati talabalarning amaliyotini sifatli tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rasmiylashtiruvchi memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va uni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.🌐 www.oxu.uz
🚊 "Buxoro-1" bekatidagi Temir yo‘l kasalxonasi va Osiyo Xalqaro Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
⚡️ "Buxoro-1" bekatida joylashgan Temir yo‘l kasalxonasi rahbariyati — direktor Salomov Feruz Shoqirovich, bosh shifokor Rajabov Barot Qurbonovich va kadrlar bo‘yicha inspektor Shadiyeva Dilnoza Sa’dullayevna Osiyo Xalqaro Universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
🖥 Uchrashuv davomida universitet rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich bilan ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, tibbiyot yo‘nalishidagi darslarning kasalxona bazasida o‘tkazilishi borasida taklif va fikrlar almashildi.
Uchrashuv yakunida Osiyo xalqaro universiteti va "Buxoro-1" bekatidagi Temir yo‘l kasalxonasi o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki tomonlama aloqalarning yangi bosqichiga zamin yaratadi.🌐 www.oxu.uz
💙 Hurmatli kanal obunachilari!
📊 Keling, bir kichik so‘rovnoma o‘tkazsak — sizni yaxshiroq tushunish va kanalni siz uchun yanada foydali qilish maqsadida!
Quyidagi savollarga javob bering — bu biz uchun muhim 🙌
🇹🇷 Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasi EUREI 2025 tashabbusi doirasida Turkiyaga uyushtirilgan xizmat safari davomida Aydin Universitetiga tashrif buyurdi!
📌 Mazkur tashrif doirasida tashkil etilgan campus tour davomida mehmonlar Aydin Universitetining zamonaviy infratuzilmasi, fakultetlari hamda ta’lim muhitining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. Universitet hududida yaratilgan innovatsion, ruhiy va intellektual muhit ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif doirasida yaqinda imzolangan Anglashuv Memorandumi (MoU) va boshqa kelishuvlar asosida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratilayotgani ta’kidlandi.
🖥 Uchrashuvlar davomida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun istiqbolli imkoniyatlar yaratildi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🔈 Ilm-fan va ta’lim integratsiyasiga yo‘naltirilgan yangi hamkorlik!
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-sonli hamda 2017-yil 27-iyuldagi PQ–3151-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar asosida Osiyo Xalqaro Universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🎯 Mazkur memorandum ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Unda qo‘shma uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot loyihalari va xalqaro grantlar bo‘yicha hamkorlik qilish belgilandi. Shuningdek, magistrantlar va doktorantlarning ilmiy ishlari bo‘yicha rahbarlik qilish, qo‘shma anjumanlar, simpoziumlar va ko‘rgazmalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
💡 Memorandum yosh olimlar, doktorantlar va izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. U ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
#retro
Stipendiya olgan talaba qizimizning rejalari qanday edi?
💸 Men Stipendiyamga:
- tush
- lak
- qalam
- shampun
- krem olmoqchi edim! Endi qarasam cho'chvarani xom sanagan ekanman!
Stipendiya olgan kunim eshigimni tagida kvartirani egasi turgan ekan! Stipendiyamni oldi-yu, ketdi! 😁
P/s: Stipendiya olib, maza qilib ishlata olmaydigan do'stlaringizga yuborib qo'ying 🚀
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
📝 “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” taqdimoti!
💙 Osiyo Xalqaro Universitetida Pedagogika va Psixologiya kafedrasi hamda Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi hamkorligida buyuk alloma, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiyga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎙 Taqdimotda taniqli adabiyotshunos olimlar — O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi rahbari Shodmon Sulaymonov, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori o‘rinbosari Maqsud Asadov, Qo‘qon davlat universiteti prorektori Zebo Qobilova, Urganch davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Dilshod G‘oyipov, institutning yetuk ilmiy xodimlari — f.f.f.d. Zulayho Rahmonova va Shahnoza Rahmonova, shuningdek, Osiyo Xalqaro Universiteti professori Sh.N. Axmedova va dotsent M.Y. Ro‘ziyeva ishtirok etishdi.
💬 Ayni damda "Alisher Navoiy ensiklopediyasi"ning taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.
Jarayondan yorqin lahzalar bilan bo‘lishamiz 🔥