📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida TARIX (Magistratura) yo'nalishi!
📜 Tarix – bu insoniyat taraqqiyoti, madaniyati va siyosiy jarayonlarining ildizi. OXUning Tarix yo‘nalishi magistratura bosqichi sizni mustaqil tadqiqot olib borishga, tarixiy manbalarni tahlil qilishga va ilmiy yondashuv asosida chuqur bilimga ega bo‘lishga tayyorlaydi. Agar siz tarix fanini zamonaviy nuqtayi nazardan o‘rganib, ilm-fan rivojiga o‘z hissangizni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, bu yo‘nalish aynan siz uchun!
Nega aynan bu yo‘nalish?
✅Mahalliy va jahon tarixidagi muhim davrlar va hodisalarni chuqur o‘rganasiz
✅Manbashunoslik, arxivshunoslik va tarixiy tadqiqot metodlarini o‘zlashtirasiz
✅ Ilmiy maqolalar yozish, dissertatsiya tayyorlash va tahliliy fikrlash ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz
✅ Chet ellik tarixchilar va tajribali olimlar bilan seminar, ilmiy suhbat va loyihalarda qatnashasiz
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Ilmiy-tadqiqot institutlarida tarixchi olim
➡️ Muzey, arxiv va madaniy meros markazlarida mutaxassis
➡️ Universitet va litseylarda tarix fani o‘qituvchisi
➡️ Tarixiy-kulturologik kontent yaratuvchisi yoki tahlilchi
➡️ Madaniy merosni o‘rganish va himoya qilish loyihalari ishtirokchisi
⚖️ Sud-tibbiyot ekspertizasi sohasida xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
🗓 2025-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sud-tibbiyot ekspertizasi respublika ilmiy-amaliy markazi, Tojikiston Respublikasi Sud-tibbiyot ekspertizasi respublika markazi hamda Osiyo Xalqaro Universiteti o‘rtasida uch tomonlama ilmiy-amaliy hamkorlik memorandumi imzolandi.
🛡 Mazkur memorandum sud-tibbiyot ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda malakali kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash maqsadida tuzilgan.
Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar:
➡️Sud-tibbiyot ekspertizasi bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borish va amaliyotga tatbiq etish;
➡️Zamonaviy algoritmlar ishlab chiqish orqali ekspertiza jarayonlarini takomillashtirish;
➡️ Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ilg‘or xalqaro tajribalarni almashish;
➡️ Seminarlar, ilmiy anjumanlar va xalqaro konferensiyalar tashkil etish;
➡️ Soha bo‘yicha ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalari va monografiyalar tayyorlash.
🛬 Xorijdagi amaliyotlar boshlanish arafasida!
🇮🇩 OXUning iqtisodiyot yo‘nalishidagi iqtidorli talabalari endi amaliyotni xorijda o‘tashmoqda! Bu safar – Indoneziyada!
Yaqin orada boshqa yo‘nalish talabalari ham Yevropaga amaliyotga uchib ketishadi ✈️
🏨 OXUning 2-bino, Tibbiyot binosidamiz!
🖱 Keling, birgalikda binomiz ichkarisiga sayohat qilamiz!
Nimalar bor, qanday sharoitlar yaratilgan — barchasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib chiqing.
Qani ketdik 🔥
🚆 Osiyo Xalqaro Universitetida TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI (Lokomotivlar bo'yicha)!
🚝 Temir yo‘l transporti – sanoat, logistika va yo‘lovchi tashish tizimining ajralmas qismi bo‘lib, uni harakatga keltiruvchi kuch esa — zamonaviy lokomotivlardir. Agar siz yirik texnik tizimlarni chuqur o‘rganish, muhandislik tafakkurini rivojlantirish va texnologiyalar bilan ishlashni xohlasangiz, OXUning Transport vositalari muhandisligi (Lokomotivlar bo‘yicha) yo‘nalishi siz uchun eng to‘g‘ri tanlov!
Nega aynan bu yo‘nalish?
✅ Lokomotivlar va boshqa temir yo‘l transport vositalarining tuzilishi, ishlash prinsipi va texnik xizmatini o‘rganasiz
✅ Diagnostika, ekspluatatsiya va ta’mirlash texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirasiz
✅ Amaliy mashg‘ulotlar orqali real lokomotiv bazalarida tajriba orttirasiz
✅ Chet ellik texnika ekspertlarining master-klass va amaliy darslarida qatnashasiz
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Temir yo‘l kompaniyalarida muhandis-mexanik
➡️ Lokomotivlarni texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha mutaxassis
➡️ Texnik nazorat va ekspluatatsiya xavfsizligi bo‘yicha ekspert
➡️ Transport texnologiyalari ishlab chiqaruvchi korxonalarda texnik maslahatchi
➡️ Muhandislik sohasida ilmiy xodim yoki pedagog
📈 Ghibli uslubidagi kadrlar!
Osiyo Xalqaro Universiteti ChatGPT’ning yangi fuksiyasida!
➡️ Biz sinab ko‘rdik… Yomon emas, shundaymi? Marhamat, tomosha qiling..
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🌙 Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi barcha mo‘min-musulmonlarni Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etadi!
🕋 Ramazon hayiti — mehr-oqibat, sabr-qanoat va kechirimli qalb timsoli. Bu ulug‘ ayyom har bir yurakka nur, har bir xonadonga fayz, har bir inson qalbiga xotirjamlik olib kelsin.
Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi ushbu muqaddas kunda xalqimizga tinchlik, farovonlik va salomatlik, aziz talabalarimizga esa ilm yo‘lida yorug‘ maqsadlar va omad tilaydi.
🥳 Hayitingiz muborak, qalbingiz nurafshon, niyatlaringiz ijobat bo‘lsin!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
Ibo-hayo sizdadir, go'zal o'zbek qizlari,
Malohatda tengi yo'q, yuzlari qirmizlari,
Kiysangiz yarashadi xoni atlas ko'ylaklar,
Boshingizda barq urar yoqut naqshiy do'ppilar.
🏆Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari Xalqaro fan olimpiadalarida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi!
🎯 Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Avitsenna izdoshlari – V Xalqaro fan olimpiadasi”da Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari yuksak natijalarga erishishdi!
🟣 Qurbonov Jaloliddin Odiljon o‘g‘li xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etib, Biokimyo fani bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🟣Ilxomova Laziza Anvar qizi esa olimpiadada faol ishtirok etib, Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanlari bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joizki, u 2024-yil dekabr oyida o‘tkazilgan “Samarqand Olimpiada–2020” xalqaro fan olimpiadasida ham faxrli 2-o‘rinni egallagan.
🎉 Mazkur yutuqlar — talabalarning fidokorona mehnati, ustozlarning yuksak mas’uliyat va e’tibor bilan olib borgan ilmiy rahbarligi natijasidir. G‘oliblarimizni chin dildan muborakbod etamiz! Ularning kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz.
📣 Talabalarga biznes boshlash uchun imtiyozli kredit va ustozlik ko‘magi yo‘lga qo‘yiladi!
👾 Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” direktori Rajabov Sirojiddin Mansurovich hamda Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi va tashkilotlar o'rtasida hamkorlik imzonlandi!
Muzokaralar davomida quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvga erishildi:
– Talabalarning biznes g‘oyalarini imtiyozli kreditlar orqali moliyalashtirish
– Loyihalarni amaliyotga tatbiq etish uchun infratuzilma va metodik yordam ko‘rsatish
– Iqtidorli talabalar uchun tajribali mutaxassislar ishtirokida treninglar tashkil etish
– Ustoz-shogird tizimi asosida ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaratish
🔭 Har kuni chiqayotgan yo‘nalishlarni ko‘zdan qochirmayapsiz-a?
🎯 Unutmang, xattoki bitta yo'nalishni o‘tkazib yuborish ham hayotingizdagi katta o‘zgarishdan kechish bo‘lishi mumkin!
Yo'nalishlarni barcha ma'lumotlari bilan bafurja tanishib chiqishingizni maslahat beramiz
!
🩺 Osiyo Xalqaro Universitetida OLIY HAMSHIRALIK ISHI yo'nalishi!
🥼 Zamonaviy tibbiyotda hamshiralik faoliyati shunchaki yordamchi xizmat emas, balki mustaqil, chuqur bilim va mas’uliyat talab qiluvchi muhim kasbga aylangan. Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi orqali siz kasallarni parvarishlash, reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassisga aylanasiz.
Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️ Klinik tibbiyot, diagnostika va bemorlarni parvarishlashning zamonaviy usullarini o‘rganasiz
✔️ Har xil yoshdagi bemorlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz
✔️Shoshilinch holatlar, profilaktika va psixologik yondashuvni chuqur o‘zlashtirasiz
✔️Tajribali shifokorlar hamda chet ellik tibbiyot mutaxassislarining seminar va master-klasslarida qatnashasiz
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Davlat va xususiy klinikalarda oliy toifali hamshira
➡️ Reabilitatsiya va uy sharoitidagi parvarish xizmatlari xodimi
➡️Tibbiy muassasalarda parvarish jarayonini boshqaruvchi koordinator
➡️Psixologik-ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiy xodim
➡️Tibbiyot kollejlari va o‘quv markazlarida o‘qituvchi
🧩 Osiyo Xalqaro Universitetida MAXSUS PEDAGOGIKA yo'nalishi!
🛡 Zamonaviy ta’lim tizimida ehtiyojlari turlicha bo‘lgan bolalar bilan ishlay oladigan, mehrli va malakali mutaxassislarga talab katta. Maxsus pedagogika – bu logopediya, defektologiya va inklyuziv ta’limni o‘z ichiga olgan, har bir bolaning o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tushunishga qaratilgan muhim yo‘nalishdir. Agar siz bolalar bilan ishlashni, ularga yordam berishni va jamiyatda ijobiy o‘zgarish yasashni xohlasangiz, OXUning Maxsus pedagogika yo‘nalishi aynan siz uchun!
Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️Nutq buzilishlari, aqliy va jismoniy rivojlanishdagi muammolar bilan ishlash metodikasini o‘rganasiz;
✔️ Logopedik va defektologik diagnostika asoslarini o‘zlashtirasiz;
✔️ Amaliy mashg‘ulotlar, psixologik yondashuv va individual ta’lim texnikalari bilan tajriba orttirasiz;
✔️ Chet ellik mutaxassislar bilan seminar va master-klasslarda qatnashib, zamonaviy yondashuvlarni o‘rganasiz!
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Maxsus maktab va markazlarda logoped yoki defektolog
➡️Reabilitatsiya markazlarida mutaxassis
➡️Inklyuziv ta’lim bo‘yicha konsultant
➡️Oliy ta’lim muassasalarida pedagog
➡️Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy pedagog
📣 Osiyo Xalqaro Universiteti Rektori Nepalda xalqaro hamkorliklarni mustahkamlash yo‘lida!
💙 Osiyo Xalqaro Universiteti (OXU) delegatsiyasi Nepalga tashrifi davomida Madaniyat, Turizm va Fuqaro aviatsiyasi vaziri Hurmatli Badri Pandey, Nepalning Tailanddagi elchisi Janobi Oliy Dhan Bahadur, NRNA ICC prezidenti Dr. Badri K.C hamda Asian Technology Institute (AIT) Muhandislik va Texnologiyalar fakulteti dekani Dr. Sangam Shrestha bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
🤝 Muzokaralar davomida xalqaro ta’lim standartlariga mos akademik hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy ta’lim imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
🌺 Xush kelding Navro’z!
Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan.
Hush kelding bahor, hush ko’rdik navruz.
Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding bahor, hush ko’rdik navroz.
Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Bahor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding bahor, xush ko’rdik navro’z.
🎙 Ilmiy-amaliy seminar: “Qo‘shma travmaning sud-tibbiy jihatlari”!
🖥 2025-yil 2-aprel kuni Buxoro shahrida “Qo‘shma travmaning sud-tibbiy jihatlari” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda sud-tibbiyot ekspertizasi sohasidagi dolzarb ilmiy va amaliy masalalar muhokama qilindi.
Seminarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni qamrab oldi:
✅Sud-tibbiyot ekspertizasini rivojlantirish istiqbollari;
✅Ekspertlar faoliyatini baholashning reyting tizimi;
✅Sud-genetik tadqiqotlar amaliyoti;
✅Murakkab ekspertizalarni o‘tkazishdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari;
✅ Ichki a’zolar shikastlanishlarini sud-tibbiy baholash mezonlari
🎙 Chet el amaliyotiga saralangan talabalar bilan suhbatlar boshlandi!
💬 Osiyo Xalqaro Universiteti tomonidan tashkillashtirilgan chet el amaliyoti dasturi doirasida saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar bilan suhbat jarayonlari boshlandi. Unda ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirib, xorijiy amaliyotdan ko‘zlangan maqsadlari va saralash imtihoni jarayonida orttirgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
💡 Mazkur jarayon hali yakuniga yetgani yo‘q — bu faqat Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari bilan boshlangan bosqich, navbatda esa Tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar turibdi.
📊 Osiyo Xalqaro Universitetida MENEJMENT yo'nalishi!
🌎 Bugungi tezkor va o‘zgaruvchan biznes muhitida har bir tashkilotga kuchli, bilimli va strategik fikrlovchi menejerlar kerak. Menejment yo‘nalishi – bu resurslarni samarali boshqarish, jamoani yetaklash va barqaror natijalarga erishishni o‘rgatuvchi eng zamonaviy ta’lim yo‘nalishlaridan biridir. Agar siz boshqaruv sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni istasangiz, OXUning Menejment yo‘nalishi aynan siz uchun!
Nega aynan bu yo‘nalish?
✅ Biznes boshqaruvi, strategik rejalashtirish va risklarni tahlil qilishni o‘rganasiz
✅ HR, moliya, marketing va operatsion menejment sohalarida amaliy bilimga ega bo‘lasiz
✅ Real biznes-case’lar ustida ishlaysiz va kompaniya ichki jarayonlarini chuqur tushunasiz
✅ Chet ellik menejerlar, investorlar va biznes ekspertlari bilan seminar va master-klasslarda qatnashasiz
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Xususiy va davlat tashkilotlarida boshqaruv lavozimlari
➡️ Startaplar va yirik korxonalarda loyiha menejeri
➡️ HR, marketing yoki moliyaviy bo‘limlarda strategik mutaxassis
➡️ Konsalting kompaniyalarida biznes maslahatchi
➡️ Biznes maktablari va oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi
🎯 Navbatdagi ochiq dars jarayonlaridan lavhalar!
📌 Xususan, ochiq dars jarayonlarida har bir guruh mustaqil tayyorlanib, o‘z mavzusini amaliy misollar, vizual materiallar va muhokamalar orqali taqdim etadi. O‘qituvchilar darslarni innovatsion yondashuvlar asosida olib boradi: testlar, rolli o‘yinlar, mini-debatlar kabi texnikalar qo‘llaniladi.
🎓 Jarayonda talabalar faolligi, jamoaviy ishlashi, mustaqil fikrlashi va muloqotga kirishish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
🔗Marhamat, tomosha qiling: ochiq darsdan lavhalar!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🖥"Qodiriyning otilishi" spektakli: tarix va san’at uyg‘unligi!
🎬 Osiyo Xalqaro Universitetida "Yoshlar teatr studiyasi" tomonidan atoqli adib Abdulla Qodiriy hayotiga bag‘ishlangan “Qodiriyning otilishi” nomli sahna asari namoyish etildi.
📝 Mazkur spektaklda universitetning iqtidorli va san’atga mehr qo‘ygan talabalari fidokorona ishtirok etib, o‘z rollarini mahorat bilan ijro etdilar. Tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan sahna ko‘rinishlari tarixiy haqiqat, dramatik to‘qnashuv va mahoratli aktyorlik bilan uyg‘unlashdi.
🧬 "Yoshlar teatr studiyasi" faoliyati davom etmoqda. Talabalarga san’at orqali o‘zini namoyon qilish, sahnada erkin fikr ifodalash imkonini beruvchi bunday loyihalar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Aziz talabalar, teatr – bu sahna, bu hayot. Siz ham faol ishtirok eting, iste’dodingizni namoyon qiling!
💫 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, aziz dindoshim!
💙Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi sizni ushbu ulug‘ va muqaddas ayyom — Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaydi.
🌺 Bu bayram mehr-muruvvat, sabr-toqat, poklik va kechirimlilik kabi yuksak fazilatlarni yodga soladigan, qalblarga orom, ko‘ngillarga nur olib kiradigan muazzam kunlardandir. Yurtimizda tinchlik, xonadonlaringizda fayz, niyatlaringiz ijobat bo‘lsin!
Ramazon hayiti barchamiz uchun ezgulik, baraka va ma’naviy yuksalish fasliga aylansin! 🥳
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎯 Sirtqi ta’lim talabalari uchun darslar reja asosida davom etmoqda!
🎓 Talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini izchil shakllantirib, har bir darsni imkoniyatga aylantirishmoqda. Dars jarayonlari nazariya va amaliyot uyg‘unligida, hayotiy misollar va zamonaviy yondashuvlar bilan boyitilgan tarzda o‘tilmoqda.
📌 O‘quv rejalari asosida olib borilayotgan mashg‘ulotlarda talabalar nafaqat bilim olishyapti, balki uni amalda qo‘llashga ham tayyorlanishyapti. Bu esa sirtqi ta’limni yanada samarali va mazmunli qilmoqda!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🥎 Voleybol: “Rektor Kubogi” g‘oliblari aniqlandi!
⛹ Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari nafaqat ilmiy sohalarda, balki sport yo‘nalishida ham o‘z salohiyatlarini muvaffaqiyat bilan namoyon etishmoqda. Buni voleybol bo‘yicha tashkil etilgan “Rektor Kubogi” musobaqasi yana bir bor isbotladi.
🔗 Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlar orasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sport madaniyatini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, unda Tibbiyot, Iqtisodiyot va Pedagogika, Ijtimoiy fanlar hamda Texnika fakultetlarining eng faol jamoalari ishtirok etdi.
Musobaqa jarayonida talabalar o‘zlarining chaqqonligi, strategik fikrlashi va jamoaviy ruhdagi harakati bilan ajralib turishdi.
💙 Universitetimizning ustuvor maqsadlaridan biri — talabalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning jismoniy va ma’naviy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. “Rektor Kubogi” esa ushbu yo‘nalishda tashlangan muhim qadamlardan biridir.
💳 Osiyo Xalqaro Universitetida SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH yo'nalishi!
📌 Har qanday davlatning iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi puxta soliqqa tortish tizimiga bog‘liq. Soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishi — bu moliyaviy intizom, qonunchilik va tahliliy tafakkurni birlashtirgan zamonaviy kasb egalarini tayyorlashga qaratilgan. Agar siz moliyaviy boshqaruv, soliq strategiyalari va byudjet siyosatida faol ishtirok etishni istasangiz, OXUning Soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishi aynan siz uchun!
Nega aynan bu yo‘nalish?
✅ Soliq siyosati, soliqqa oid qonunchilik va buxgalteriya asoslarini chuqur o‘rganasiz
✅ Davlat daromadlarini shakllantirish va boshqarish jarayonlarini tushunasiz
✅ Real moliyaviy hujjatlar asosida amaliyot o‘taysiz va hisobot tuzishni o‘rganasiz
✅ Chet ellik moliyaviy ekspertlarning seminar va master-klasslarida qatnashasiz
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Soliq inspeksiyasi va byudjet tashkilotlarida mutaxassis
➡️ Auditorlik va konsalting kompaniyalarida tahlilchi
➡️ Yirik korxona va banklarda moliyaviy menejer
➡️ Buxgalterlik va soliq hisobotlarini yurituvchi ekspert
➡️ Moliya va soliq sohalarida o‘qituvchi yoki ilmiy xodim
🚀 Osiyo Xalqaro Universitetida MARKETING yo'nalishi!
📱 Bugungi raqobatbardosh iqtisodiyotda mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarishning o‘zi yetarli emas — uni to‘g‘ri taqdim etish, iste’molchining e’tiborini tortish va bozorda o‘z o‘rnini topish kerak. Ana shunday vazifalarni bajaradigan zamonaviy mutaxassislar – bu marketologlardir. Agar siz kreativ fikrlash, tahlil qilish va biznesda natijaga ishlashni istasangiz, OXUning Marketing yo‘nalishi siz uchun ideal tanlov!
Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️Bozor tahlili, iste’molchilar ehtiyojini o‘rganish va brend strategiyasi tuzishni o‘rganasiz
✔️ Reklama, PR, raqamli marketing va savdo psixologiyasi bo‘yicha chuqur bilim olasiz
✔️ Real biznes-case’lar, amaliy mashg‘ulotlar va marketing kampaniyalarini yaratish bo‘yicha tajriba orttirasiz
✔️Chet ellik mutaxassislar bilan seminar va master-klasslarda qatnashasiz
Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️Marketing bo‘limi rahbari yoki mutaxassisi
➡️Brend menejeri va reklama kampaniyasi koordinatori
➡️Raqamli marketing va SMM strateg mutaxassisi
➡️Bozor tadqiqotchisi va iste’molchilar tahlilchisi
➡️Startaplar va yirik kompaniyalarda kreativ direktor
🧠 Dars vaqtida miyamiz qanday ishlashini bilasizmi?
📖 Nega ba’zan bir marta o‘qigan narsamiz yodda qoladi-yu, boshqa payt esa kitob sahifalariga tikilib turib ham hech narsani tushunmaymiz? Gap shundaki, miyamizning faoliyati ham kun davomida o‘zgarib boradi!
➡️ Qanday qilib samarali dars qilish mumkinligini bilishni istasangiz karuselni aylantiring va miyangiz uchun eng qulay vaqtni bilib oling! ⏰
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
⚡️ OXU va IT Park: Startap-ekotizimini rivojlantirish yo‘lida yangi hamkorlik!
🤍 Osiyo Xalqaro Universitetida iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, startap-ekotizimini shakllantirish hamda IT-ta’limni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahridagi “IT Park Ventures” venchur investitsiya fondi vakillari hamda Buxoro viloyati filiali “IT-Park” direktori universitetimizga tashrif buyurdi.
🛡 Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar, innovatsion g‘oyalar va ilmiy ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi texnologik yechimlar muhokama qilinib, eng istiqbolli startap loyihalar va innovatsion g‘oyalar saralab olindi.
💡 Tadbir doirasida tomonlar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi, bu esa universitet talabalarining IT-sohasidagi izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning loyihalarini real sektor bilan bog‘lashga xizmat qiladi.🌐 www.oxu.uz
🛡 Osiyo Xalqaro Universitetida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi o‘tkazildi!
💙 Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar o‘rtasida bilim va tafakkur bellashuviga asoslangan “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Buxoro Zakovat klubi bilan hamkorlikda tashkil etilib, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, analitik tahlil qilish qobiliyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
🖥 Mazkur bosqich intellektual savol-javoblar, fikr almashinuvi va muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Final bosqichi mazmunan boy va saviyali tarzda tashkil etilgan bo‘lib, bahs-munozaralar asosida kechgan ushbu bosqich talabalarning dunyoqarashi va tafakkur salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
G‘oliblar universitet ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirda ishtirok etgan barcha talabalarga intellektual faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube
🎙 Ishlasam – o‘qish qolib ketadi, o‘qisam –ishmi?
Ikkalasiga birday ulgurish qiyin deysizmi? Haqiqatda, oson emas.
🌸 Navro‘z – yangilanish va mehr bayrami!
🌷 Bahor nafasi bilan qalblarga iliqlik, yuraklarga ezgulik inadi. Navro‘z – bu nafaqat tabiat uyg‘onishi, balki yangilanish, do‘stlik va hamjihatlik timsoli!
Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi barchangizni ushbu fayzli ayyom bilan muborakbod etadi! Yangi yil sizga ezgu niyatlar, yangi imkoniyatlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin! Ilm yo‘lidagi intilishlaringiz barakali bo‘lsin, qalbingizda bahoriy ilhom hech qachon so‘nmasin!
🥳 Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube