📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P
🔥OXUDA PODCAST loyihasining yangi soni nima haqida?
Bugun dunyo til bilganlar uchun ochiq! Qayerda yashashingizdan qat’i nazar, til bilsangiz – imkoniyatlaringiz cheksiz!
Til bilish hayotimizga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Va eng muhimi – sizga nima beradi?
📣 Osiyo Xalqaro Universitetida "Eng yaxshi she'r" tanlovi bo'lib o'tdi!
📖 She’riyat muxlislari va ijodkorlar uchun unutilmas tadbir! Osiyo Xalqaro Universitetida tashkil etilgan "Eng yaxshi she'r" tanlovi katta qiziqish bilan o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘z ijodiy asarlari orqali qalblarni zabt etishdi va barchaga unutilmas lahzalar tuhfa etishdi.
Tanlov natijalari:
🥇-o'rin Xojiyeva Maktuba KM11-BT-22
🥈-o'rin Eshimova Xijrona 5-DAV-22
🥉-o'rin Olimova Munojot s10-MT-23
🌍 Xalqaro ilmiy hamkorlik: OXU tadqiqotchilari Buyuk Britaniyaning Sussex universiteti dasturida!
Osiyo Xalqaro Universiteti Tarix va filologiya kafedrasi tayanch doktorantlari M.R. Tursunova va N.X. Xakimova 2025-yil 24-fevral – 28-mart kunlari Buyuk Britaniyaning nufuzli Sussex Universiteti tomonidan tashkil etilgan "Joy of Not Knowing" inklyuziv ta’lim metodikasiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot dasturida ishtirok etish maqsadida Qozoq Milliy Ayollar Pedagogika Universitetiga tashrif buyurishdi.
🏅OXUning sportchi talabasi — Husniddin Nasriddinov 1-o'rinni qo‘lga kiritdi!
🏆 Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi Nasriddinov Husniddin (S4-JM-22) sportning USHU Sanda yo‘nalishi bo‘yicha 60 kg vazn toifasida yuqori natijaga erishdi. U 2025-yil 21-23 fevral kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etib, o‘zining mahorati, chidamliligi va kurashuvchanligi bilan raqiblarini ortda qoldirdi hamda faxrli birinchi o‘rinni egalladi!
🇺🇿🤝🇺🇸 RASMAN! OXU VA WUST O‘RTASIDA HAMKORLIK IMZONLANDI!
🏦 Osiyo Xalqaro Universiteti (OXU) va Washington University of Science and Technology (WUST) o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi yo‘lga qo‘yildi.
AQSH bilan hamkorlik haqida batafsil!
🖥 Ushbu kelishuv OXU talabalariga global ta’lim standartlariga mos bilim olish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish uchun yangi eshiklarni ochadi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🇺🇿 🇺🇸Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasining Washington University of Science and Technology (WUST)ga tashrifi!
💡 Bu tashrif OXUning xalqaro miqyosdagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, tajriba almashish va talabalar uchun global ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim qadam desak adashmagan bo'lamiz!
🏦 WUST – innovatsion ta’lim tamoyillari, ilmiy tadqiqot va zamonaviy bilimlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan AQSHdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri.
Qo‘shma dasturlar haqida tez orada batafsil ma’lumot beramiz.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi!
Unda mamlakatda yoshlar ishsizligini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, 2025-yilda bu jarayonni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi.
🖥 Uchrashuvda yoshlar ishsizligining salbiy oqibatlariga alohida e’tibor qaratildi. Ish bilan band bo‘lmagan yoshlarning ijtimoiy beqarorlikka moyilligi, jinoyatga qo‘l urishi ehtimoli borligi qayd etildi. Bu kabi xavflarning oldini olish uchun yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, ularni barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish dolzarb vazifa ekani belgilandi.
Yoshlar bandligini oshirish maqsadida katta bandlik dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida:
✔️ 126 trillion so‘m mablag‘ ajratilmoqda;
✔️ Mahallalarda 378 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi;
✔️ Mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari orqali 250 ming nafarga yaqin kishini daromadli faoliyat bilan ta’minlaydi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
📜 Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi muborak bo'lsin!
🎉 Bugun 14-fevral, ulug‘ sarkarda, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi!
Bobur nafaqat buyuk saltanat barpo etgan hukmdor, balki qalbi nozik shoir, chuqur tafakkur egasi sifatida ham tarix zarvaraqlariga muhrlangan. Uning jasorati, donishmandligi va merosi asrlar osha bizga saboq berib kelmoqda.
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yamon bo‘lsa, jazo topqusidur.
🌍 Osiyo Xalqaro Universiteti Rektor boshchiligida AQSHga rasmiy tashrifi boshlandi! 🇺🇸
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🤗 "OXUni bir jumla bilan qanday ta'riflagan bo'lardingiz?"
🎓 Talabalarimiz bu savolga qanday javob berganini bilishni istasangiz, videoni oxirigacha tomosha qiling!
🔥 Endi o’ylab ko’ringchi, siz OXU’ga qanday ta’rif berardingiz?
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
📱 "Instagram Life" – real hayotmi yoki o‘rgimchak to‘ri?
— Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar endi trening o‘tishadimi? — Ha, shunday!
❄️ Oppoq manzara, sokinlik va sof havo – kutilmagan qish zavqi!
🤗 OXUda qish atmosferasini sizga ham ilindik!
❄️ Sizga yoqdimi? Bir so'z bilan — barchasi ajoyib, to'g'rimi? ❤️
🎙 Osiyo Xalqaro Universitetida “Zamonaviy ta’limda psixologning imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi!
⚡️ 2025-yil 4-7 fevral kunlari Osiyo Xalqaro Universiteti tomonidan Buxoro viloyatidagi maktab psixologlari uchun “Zamonaviy ta’limda psixologning imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir davomida universitetimiz professor-o‘qituvchilari zamonaviy psixologik metodlar bo‘yicha qator ma’ruzalarni taqdim etdilar.
📌 Tadbirning asosiy maqsadi – maktab psixologlarining zamonaviy metodlarni ta’lim jarayoniga joriy qilish orqali o‘quvchilar ruhiyatini yaxshilash va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini samarali tashkil etishdir.
💡 Ishtirokchilar o‘quvchilarning psixologik salomatligini yaxshilash, ularning ta’limdagi muvaffaqiyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan ilg‘or yondashuvlar va amaliy texnikalar bilan tanishdilar. Tadbir maktab psixologlarining professionallik darajasini oshirish, pedagogik jarayonlarning samaradorligini yaxshilash va psixologik yordam tizimini takomillashtirishga katta hissa qo‘shdi.
📜 Mir Alisher Navoiy – so‘z mulkining sultoni!
🎉 Bugun 9-fevral, buyuk mutafakkir, mumtoz adabiyotimizning yorqin namoyondasi Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi!
Necha asrlar o'tgan bo‘lsa-da, uning hikmatli so‘zlari bugungi avlodga ham ilhom manbai bo'lib xizmat qilmoqda! Haqiqiy ilm-u ma’rifat, adolat va ezgulik timsoli bo‘lgan bu siymoning merosi – xalqimizning bebaho xazinasi!
Navoiy tafakkuri bilan yuksalaylik, uning hikmatlaridan ilhom olaylik!
📌 Osiyo Xalqaro Universitetida mutaxassislar tomonidan navbatdagi seminar-trening bo'lib o'tdi!
🖥 Maktabgacha ta'lim yo'nalishidagi talabalar uchun "Qandimcha" eksperimental davlat MTT direktori, "Ma’naviyat fidoyisi" ko‘krak nishoni sohibasi Yadgarova Dildora Ibadulloyevna bilan birgalikda seminar-trening tashkil etildi.
🛡 Trening davomida Maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasini boshqarish, bolalar psixologiyasi, bolalar bilan ishlash ko'nikmalari, rahbar ayol imidji, oila hamda ishni bir maromda olib borish haqida tushunchalar berib o'tildi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🥼 "Zakovat" intellektual o'yining navbatdagi bosqichi Tibbiyot fakulteti talabalari o'rtasida o'tkazildi!
📌 Ushbu qizg‘in o‘yinning 2-bosqichi davomida har bir jamoa o‘zining bilim doirasi, tezkor fikrlash qobiliyati va mantiqiy tahlil yuritish mahoratini namoyon qildi.
💬 "Zakovat" nafaqat bilim, balki strategik fikrlash, jamoaviy hamkorlik va to‘g‘ri qaror qabul qilish mahoratini ham talab qiladi. Shuning uchun har bir jamoa uchun bu musobaqa haqiqiy intellektual sinov bo‘ldi.
🛡Musobaqa hali yakunlanmadi! Keyingi bosqichda kim g‘olib bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. 2-bosqich natijalari asosida eng kuchli jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oladi.
Siz ham “Zakovat”ga qiziqasizmi? Unda jamoangiz bilan ushbu intellektual bellashuvlarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🛡 Osiyo Xalqaro Universitetida Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiy tadbir bo'lib o'tdi!
📜 Osiyo Xalqaro Universitetida buyuk o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilovaning 110 yilligi munosabati bilan "She’riyat tongining yulduzi" nomli adabiy tadbir o‘tkazildi. Yoshlar siyosati, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘limi hamda "Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti" nazoratchilari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Zulfiya ijodining bebaho merosi yodga olindi.
🎵 Tadbir davomida talabalar shoiraning sermazmun she’rlarini ifodali o‘qib, ijodiy chiqishlar va mushoiralarda ishtirok etdilar. Shuningdek, ko‘rik-tanlov shaklida o‘tkazilgan bahslarda ishtirokchilar uch yo‘nalish – tanishtiruv, slayd namoyishi va erkin mavzudagi chiqishlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
🌙 Xush kelding, muborak Ramazon!
🎉 Ramazon – bu nafaqat ro‘za tutish oyi, balki qalbni poklash, yaxshilik va mehr-oqibat ulashish oyi hamdir! Ushbu muborak oy – sabr, shukur va qalbning yuksalish vaqti. Ramazon insonni nafs ustidan g‘alaba qozonishga, ma’naviy poklanishga va ezgu ishlarga chorlaydi!
🥳 Oylarning eng afzali, musulmon ahlining intiqib kutgani – Ramazon barchangizga muborak bo'lsin, azizlar!
Yaxshiliklar tilab, ilm-u ma’rifat yo‘lida bardavom bo‘lishingizni, qalbingiz tinch, duolaringiz ijobat bo‘lishini tilaymiz. 🤲
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🏛 Buxoro viloyati uchun RAMAZON taqvimi!
🌙 Ramazon – sabr va poklanish oyi. Ushbu muborak kunlarda tutgan ro‘zalaringiz, qilgan duolaringiz qabul bo‘lsin! 🤲
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🏛 Washington University of Science and Technology (WUST)ga SAYOHAT!
💎 Universitetimiz rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich shaxsan WUST infratuzilmasi bilan tanishib, o‘quv muassasasi taklif etayotgan ilg‘or ta’lim uslublari va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini ko‘zdan kechirdi.
Yo‘nalishlari:
✔️ Kompyuter fanlari va IT
✔️ Muhandislik texnologiyalari
✔️ Biznes va menejment
✔️ Sun’iy intellekt va data science
✔️ Kiberxavfsizlik va dasturlash
🇺🇸🤝🇺🇿 AQSHdagi hamkorliklar davom etmoqda!
Yangi hamkorlikni yaqin soatlarda e’lon qilamiz! Reaksiyalaringizni kutamiz! 🔥
📜 Osiyo Xalqaro Universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi!
📌 Osiyo Xalqaro Universitetida buyuk davlat arbobi, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
💡 Tadbir davomida Bobur merosining adabiy va tarixiy ahamiyati, uning davlat boshqaruvidagi ilg‘or qarashlari hamda yoshlar ma'naviy tarbiyasidagi roli atroflicha muhokama qilindi. Talabalar tomonidan Bobur g‘azallari o‘qildi, uning asarlaridan namunalar ifodali tarzda yodga olindi. Shuningdek, Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma'ruzalar tinglanib, uning siyosiy va adabiy merosi haqida fikrlar almashildi.
💬 Tadbir doirasida sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodga buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini chuqur anglash, ularga bo‘lgan hurmat va ehtiromni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🇺🇸 Osiyo Xalqaro Universitetining AQShga rasmiy tashrifi!
🎯 Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich hamda Universitetimizning Xorijiy talabalar dekani Dr. Kishan Bhandari AQShga rasmiy tashrif doirasida New York shahrida World Monuments Fund (WMF) tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🛡 Uchrashuv davomida Buxoro shahrining tarixiy yodgorliklarini saqlash, ularni restavratsiya qilish va shu yo‘nalishda xalqaro investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
✔️ Shuningdek, ushbu tashabbus kelgusida Osiyo Xalqaro Universitetida turizm, tarix va boshqa yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi!
Kuzatib boring! AQShdagi hamkorliklar yana davom etadi!
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🎓 OXU magistrantlari bilan mini so‘rovnoma o'tkazdik!
💬 Osiyo Xalqaro Universiteti magistrantlari o‘qish va ish faoliyatini birgalikda olib borish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning fiklari va maslahatlari ushbu masalada sizga ham foydali bo‘lishi mumkin.
Agar javoblar qiziq bo‘lsa, videoni oxirigacha tomosha qiling 🤗
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🥳 SIZGA "VAAAUUU" YANGILIK TAYYORLAB TURIBMIZ!
😌 Osiyo Xalqaro Universitetining yangi keladigan talabalariga juda "moydek" yoqadigan super yangilik tayyorlab qo'ygan. Tez kunda e’lon qilinadi...
🔥 Hali yana bafurja gaplashamiz, xo‘pmi? Faqat 200 ta reaksiya yig‘ilsagina :)
🎙 OXU PODCAST | YANGI SON!
🔥 Bu safargi suhbatimiz sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan bo'ldi! Ular qanday qilib ham ishlab, ham o‘qib muvaffaqiyatga erishishmoqda?
Albatta, bu yo‘lda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar ham bor…
💡 Keling ularning hayotiy tajribalarini birga tinglaymiz! Motivatsiya, qiziqarli hikoyalar va foydali maslahatlar sizni kutmoqda.
🤗 Podcastni to'liq videosini YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/TS1zCBQ7qww?si=4MEn90tJwHWKWQyS
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
❄️ Qish qaytdimi?
🗓 Mana fevral oyining o‘rtalariga ham yetib keldik, ammo tabiat bizni yana oppoq qorga burkadi! ❄️
🏦 Osiyo Xalqaro Universitetining hovlisi bugun haqiqiy qish manzarasiga burkandi – go‘yo tabiatning o‘zi bu kunlarni unutilmas qilishga harakat qilayotgandek.
Siz ham bu ajoyib qish atmosferasidan zavq olyapsizmi? Reaksiyalaringiz orqali bildirishingiz mumkin ❤️🤗😍
#gazal
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
🎤 Osiyo Xalqaro Universitetida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi!
📜 Bugun Osiyo Xalqaro Universitetida buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy anjuman tashkil etildi.
📖 Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi. Unda Alisher Navoiy ijodining milliy madaniyat va adabiyot taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, ma’naviy merosining ahamiyati xususida fikr yuritildi. Talabalar tomonidan Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qilib, musiqiy chiqishlar ijro etildi. Bu esa tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.
💥 Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirib, Alisher Navoiy ijodining o‘lmasligini yana bir bor isbotladi.
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube
🎯 Osiyo Xalqaro Universiteti va Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi!
🧾 Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Ruziev Sherzod Ibodullayevich hamda sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali boshlig‘i Saibov Hakimjon Mavlonovich Osiyo Xalqaro Universitetiga hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun tashrif buyurishdi.
💡 Universitetimiz rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Sud-tibbiy ekspertiza viloyat filiali bazasida kafedra tashkil etish va qon tahlili laboratoriyasini yaratish rejalashtirildi.
📇 Shuningdek, sud-tibbiyotga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🔗 Batafsil: /channel/RSTEIAM/294?single
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube