oxu_uz | Unsorted

Telegram-канал oxu_uz - Osiyo Xalqaro Universiteti

28982

📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P

Subscribe to a channel

Osiyo Xalqaro Universiteti

#haziltime

Bu — o‘zbek tilining 2-alifbosi! 😅

🥼 Buni faqat mediklar tushunadi.

Tibbiyotchilar, yozuvingizni taniyapsizmi?

Ha, aytgacha! Bu postni do‘stlaringizga ulashishdan oldin "🔥" bosib, keyin yuboring, yo‘qsa, keyingi hazil mavzusi siz bo‘lishingiz mumkin! 😄

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏆 Osiyo Xalqaro UniversitetidaZakovat” Rektor kubogi final bosqichi o‘tkazildi!

Osiyo Xalqaro Universitetida Buxoro “Zakovat” klubi bilan hamkorlikda “Zakovat” Rektor Kubogi final bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

📌 Musobaqaning final bosqichida universitetning eng bilimdon jamoalari ishtirok etib, qiziqarli va murosasiz bahslarni namoyish etishdi. Intellektual jang davomida ishtirokchilar turli sohalarga oid murakkab savollarga javob berishdi va bilim, mantiq va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

🏆 Natijalar:
🥇 1-o‘rin1-T-24
🥈 2-o‘rin2-PS-24
🥉 3-o‘rin3-IQ-24

🔹 Mazkur turnir universitetimizda yoshlarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, bilim va tafakkurni kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

📣 Kelgusida ham bunday musobaqalar muntazam tashkil etilishi rejalashtirilgan!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🧑‍🎓 Talabalik – bu nafaqat darslar va imtihonlar, balki hayotning eng qiziqarli, eng mazmunli davri!

📊 Bu yillar davomida siz yangi do‘stlar orttirasiz, mustaqil hayotga qadam qo‘yasiz, bilim va tajriba yig‘asiz, unutilmas sayohatlar va tadbirlarda qatnashasiz. Eng muhimi, bu davr o‘z yo‘lingizni topishga, kelajagingizni yaratishga tayyorlaydi.

💡 Har kuningiz yangi imkoniyatlarga to‘la – ulardan unumli foydalaning va talabalikdan to‘liq bahramand bo‘ling!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari uchun "English Club" tashkil etildi!

💬 Agar siz ingliz tiliga qiziqsangiz va darsdan tashqari vaqtingizni foydali, maroqli va samarali o‘tkazishni istasangiz, marhamat, English Club sizni kutmoqda!

Club tarkibida 4 ta qiziqarli to‘garak mavjud:
📖 Book Review
🎭 Drama Club
🎬 Movie Time
🎶 English with Songs

📍 Manzil: OXUning 4-binosi


Ingliz tilini o‘rganish – faqat darsliklardan iborat emas! Tilni o‘zlashtirishni qiziqarli, interaktiv va samarali tarzda amalga oshirishni istasangiz, English Clubga qo‘shiling!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

#haziltime

Universitetda duv-duv gap!

Ikki do'stning suhbati:

— Test imtihonlaridan qanday o'tding?
— Chochiptashladim ..
— Hay, nega baqirib aytasan
— Maksimal ball olganimni hamma bilsin, Universitetda duv-duv gap bo'lsin deymanda...😅

😁 Testlarni zo'r topshirib chiqqanlar, shu yerdamisizlar? Qani reaksiyangizni bir ko'raylikchi 🔥

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎯 Hamkorlik: Transmashholding delegatsiyasining Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrifi!

🇷🇺 Rossiyaning Transmashholding kompaniyasi rahbari Sayfutdinov Ruslan boshchiligidagi delegatsiya Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Buxoro viloyati hokimligi Investitsiyalar boshqarmasi vakili Shohruh Nurullayev hamda “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki direktori Fayzullo Agzamov ham ishtirok etdi.


🚝 Tashrif davomida Transmashholding kompaniyasi va Osiyo Xalqaro Universiteti o‘rtasida Temir yo‘l va Energetika yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar uchun malakaviy amaliyot tashkil etish hamda kelgusida Kogon erkin iqtisodiy zonasida Transmashholding tomonidan quriladigan zavodda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

✔️ Ma’lumot uchun: Kogon erkin iqtisodiy zonasida Prezidentimiz tashabbusi bilan Transmashholding kompaniyasi tomonidan temir yo‘l vagonlari hamda texnologik va mashina jihozlari ishlab chiqarish zavodi barpo etilishi rejalashtirilgan. Mazkur zavod 2026-yilda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalar tanloviga talabgor talabalarni “Stipendiantlar klubi”ga qabul boshlandi!

🗺Stipendiantlar klubi”ga a’zolikka nomzodlar quyidagi tartib asosida saralab olinadi:
✔️Reyting bahosi bali (GPA-4,8 dan) past bo‘lmasligi lozim.
✔️Ilmiy tadqiqot ishlari (ilmiy maqola, tezis va b.) larni chop qilgan va chop qilishni maqsad qilganlar.
✔️ Erishgan yutuqlari (Davlat mukofoti, xalqaro va respublika fan olimpiadasi hamda koʻrik tanlovlar gʻolibligi, patent, ixtirolar va b.)
✔️ Til bilish sertifikati (Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi xorijiy til boʻlgan taqdirda boshqa xorijiy tilni bilish sertifikati talab etiladi).

“Stipendiantlar klubi”ga a’zolikka nomzodlar quyidagi @Iqtidorlitalabaoxu telegram manzil orqali murojaat qilishlari mumkin.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎤 Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakultetida "Iste’dodlar shousi" tanlovi o‘tkazildi!

💡 Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari o‘rtasida "Iste’dodlar shousi" tanlovi katta shijoat va qiziqish bilan tashkil etildi. Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi hamda dekanat nazoratchilari hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tanlovda talabalar sessiya jarayonlari davom etayotganiga qaramay faol ishtirok etishdi.

🖥Tanlovda 9 ta jamoa o‘zaro 4 ta shart bo‘yicha kuch sinashdi. Jarayon nafaqat qiziqarli bellashuvlar, balki zavqli va ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tdi. Talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlarga yorqin taassurotlar ulashdilar. Tanlov davomida fakultet talabalari nafaqat iste’dodlarini namoyish etdilar, balki do‘stona muhit va jamoaviy birdamlikni ham mustahkamladilar.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

#qiziqarlifakt

📱 Ijtimoiy tarmoqlardan nechi soat foydalanaman deb o'ylaysiz?

💬 Bugungi kunda talabalar ijtimoiy tarmoqlarda o‘rtacha 4-6 soat vaqt o‘tkazadilar. Bu vaqtning katta qismi ko‘pincha qiziqarli, ammo samarasiz kontentlarni ko‘rishga ketadi.

📊 Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlardan ortiqcha foydalanish diqqatni jamlash qobiliyatini pasaytiradi va bilim olish samaradorligini kamaytiradi. Shu sababli, kun davomida ijtimoiy tarmoqlarni maqsadli va nazorat ostida ishlatish tavsiya etiladi: faqat kerakli ma’lumotlarni izlash, ta’limga oid guruhlarda faol bo‘lish va boshqa foydali resurslarni kuzatish.

Endi: “Men ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq qaysi faoliyat bilan shug‘ullanaman – vaqtni foydali o‘tkazamanmi yoki oddiy ko‘ngilochar kontentni ko‘ramanmi?” - deb o’zingizga savol bering!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

☕️ Ertaga YAKSHANBA!

😄 Bir hafta davomida yig‘ilgan charchoqlarni chiqarib, miriqib dam oladigan kun!

☀️ Eshitdingizmi, ob-havo ham xuddi bahor kunlaridek iliq bo‘lar ekan. Shunday ekan, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Do‘stlar, oila va yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazish uchun ajoyib kun, shunday emasmi? 🫶

Sessiyani esa bir kunga unutib turing! Dam oling va o‘zingizga vaqt ajrating! 😊

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 Osiyo Xalqaro Universitetida Narzullayeva Gavhar Qobilovna bilan samimiy suhbat!

✏️ Osiyo Xalqaro Universitetida Kogon tumani 1-IDUM o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi, Xalq ta’limi a’lochisi, Vazir stipendiyasi sohibasi Narzullayeva Gavhar Qobilovna bilan uchrashuv tashkil etildi.

💡 Mazkur uchrashuv davomida Gavhar Qobilovna o‘zining boy pedagogik tajribasi, ta’lim sohasidagi yutuqlari va zamonaviy innovatsion yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot berdi. U ta’lim jarayonida nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarning ma’naviy kamoloti va shaxs sifatida shakllanishi yo’lidagi tajribalarini bo’lishdi.

📌 Shuningdek, Gavhar Qobilovna o‘z kasbiy yuksalishi yo‘lida uchragan qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tishdagi muvaffaqiyatlarini talabalarga samimiylik bilan so‘zlab berdi. Suhbat davomida u ta’limni rivojlantirishda insonparvarlik va ma’naviyatning o‘rni, shuningdek, o‘quvchilarga ilhom beruvchi ustozlik mas’uliyatining ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rash va mutaxassisdan batafsil javob olish orqali qimmatli tajriba orttirdilar.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

😅 Imtihon siz uchun ham bayrammi?

" Ha" — 🔥
" Yo'q" — 🫡

Unutmang, sessiya ham o'tadi, ammo xotiralar bir umrga qoladi 🤗

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎯 Endi navbat tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarga!

📊 2025-yil uchun qanday maqsad qo‘yganlarini bilish maqsadida talabalarimiz o‘rtasida kichik bir so‘rovnoma o‘tkazdik.

Talabalarimiz ulkan maqsadlar sari intilmoqda, orzulari esa cheksiz! Ularning har biriga omad tilaymiz! 🤗

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💡Imtihon mavsumi yaqinlashmoqda!

📚 Bu davr har bir talaba uchun katta sinov bo‘lishi mumkin. Ammo to‘g‘ri yondashuv va samarali tayyorgarlik bilan har qanday qiyinchilikni yengishingiz aniq!

Siz uchun TOP-7 eng samarali usullarni tayyorladik! Bu maslahatlar bilimlaringizni mustahkamlash va imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishingizga yordam beradi.

➡️ Karuselni aylantiring va tayyorgarlikni hozirdan boshlang! ✔️

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🧦 OXU’da Yangi Yil kayfiyati ayni avjida!

Archalar bezatildi
, kampuslarda bayramona atmosfera hukm so'rmoqda🎄

🔥 Xullas, bizda Yangi Yil shukuhi o'zgacha.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Tibbiyotchilarga bir hazil kelib qoldi! 😅

Shu yerda bo'lib turing, hech qayerga ketib qolish yo'q, kelishdikmi? 🔥

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔋 Ko‘rdingizmi, talabalik — eng unutilmas davr!

🔥 Bu yillar hayotingizning eng yorqin va esda qolarli sahifalarini yaratadi. Talaba bo‘lishning eng ajoyib 6 ta afzalligini yuqoridagi postda ham o‘qib, bilib olishingiz mumkin!

Shunday ekan, siz hozir eng baxtli insonlardan birisiz!


Yashang, o‘qing va har lahzadan zavqlaning – bu yillar qaytmaydi! 🫶

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏦 Osiyo Xalqaro Universitetiga xush kelibsiz!

↗️ Bilim olish – o‘zgarishning boshlanishi! Bugungi ta’lim muhitida yangi yondashuvlar, zamonaviy sharoitlar va amaliy tajribaga asoslangan o‘qitish uslublari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Osiyo Xalqaro Universitetida o‘rganish jarayoni nafaqat nazariy, balki kasbiy rivojlanish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini taqdim etadi.

🎯 Zamonaviy 5 ta kampus talabalarga ilm olish va kasbiy rivojlanish uchun eng qulay muhitni yaratmoqda. Texnologik laboratoriyalar, mini farmatsevtika zavodlari, psixologiya va boshlang‘ich ta’lim uchun maxsus xonalar, stomatologiya markazlari, klinik bazalar – bularning barchasi nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

💡 Bu hali hammasi emas! Sahifalarimizni bir ko‘rib chiqsangiz, yanada ko‘plab muvaffaqiyatlarimiz bilan tanishasiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔔 Tongni chiroyli boshlash muhim – 5 daqiqalik meditatsiya sirlari!

Ertalab uyg‘onganda qanday holatda bo‘lasiz? Kayfiyatingiz yo‘qmi? To‘yib uxlamagandek his qilasizmi? 🥱

🎯 Bular darsga va kundalik faoliyatingizga ta’sir qilmasligi uchun sizga oddiy, lekin samarali yechim bor – 5 daqiqalik meditatsiya! 🧘‍♂️

🔹 Ko‘zlaringizni yuming va chuqur nafas oling
🔹 Rejalaringiz va qilishingiz kerak bo'lgan ishlarga e’tibor qarating
🔹 Tanangizni bo‘sh qo'ying va ichingizdagi bezovtalikni chiqarib yuboring
🔹 Diqqatni ijobiy fikrlarga qarata turib: "Bugun kunim juda chiroyli o'tadi. Bugungi kunim har doimgidan-da omadli, quvonchli va muvaffaqiyatga boy bo'ladi" deb ayting!

Bu oddiy 5 daqiqalik mashq xotirani mustahkamlash, diqqatni jamlash va kayfiyatni ko‘tarishda yordam beradi.

🙂 Uni har tong bajarib turishni odat qiling!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 OXU tibbiyot fakulteti talabalari imtihonlardan qanday o‘tdi?

Imtihonlardan so‘ng ularning taassurotlari qanday? 📖

✔️ "Birinchi marta imtihon topshirayotganlarga nima tavsiya berasiz?"
✔️ "Imtihon topshirib bo'lgach o‘zingizni qanday xursand qilasiz?"

Bu savollarga talabalar qanday javob berishdi? Videoni oxirigacha tomosha qiling! 🎥

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

#haziltime

Talaba

O‘qishga ham kirib olding,
Qaddingni tut, talaba.
Talabalik oltin davring,
Davringni sur, talaba.

Garchi vatan farzandisan,
Fakultet arzandisan.
Shunday ekan, qadringni ham
Sal bilib yur, talaba.

Bo‘lmoq kerak gapga usta,
Bir gap aytsa starosta
O‘z bilganingdan qolmasang ham,
"Xo‘p-xo‘p" deb tur, talaba.

Tog‘lar boshi qorsiz bo‘lmas,
Talaba degan semiz bo‘lmas.
Chunki hech vaqt qorni to‘ymas –
Rost gap shuda, talaba.

Zachyot dardi bir balodir,
Imtihon ham bir balo..
Senga qolsa ikkovi ham,
Bo'lmasa-da, talaba
😅

Yoqdimi?

Yoqqan bo'lsa, bilasiz-a, "🔥" bosasiz va talaba do'stlaringizga yuborib qo'yasiz 😉

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔭 Qani toping-chi, bugun qanaqa kun?

Yo'q, hech kimni tug'ilgan kuni emas!

🗓 Bugun 29-yanvar, Butunjahon INTERNETsiz (INTERNET ham dam oladigan) kun ekan, qoyilmisiz? 😅

📱 Shunday ekan, bugun internetni tinch qo'ying! Undan ko'ra yaqinlaringizni holidan xabar oling. Do'stlaringiz bilan dildan (layk, stories, kommentlarsiz) suhbatlashing!

🫶 Bu Internet (qurg'ur) kutib turadi, lekin yaqinlaringiz bilan o‘tgan har bir lahzalar – bebaho va unutilmas!

P/S: Ha, bu postni kimga yuborishni bilasiz-a? 🤗

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

😇 "Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganingizdan keyin o‘zingizni qanday rag'batlantirasiz"?

🔥 Bu safar sizga sessiya haqida qiziqarli videorolik tayyorladik.

Oxirigacha ko‘ring va talabalarimizning bu boradagi fikrlarini tinglang 📸

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida sirtqi talabalarning dars jarayonlari avjida!

💡 Bilimga chanqoq talabalar har bir darsda o‘zini namoyon etmoqda. Seminarlar esa faqat nazariya bilan cheklanmay, mazmunli suhbatlar, tajribali fikr almashuvlar va zamonaviy yechimlar bilan boyitilgan.

🔥 Har bir qadam – kelajakka poydevor! Talabalar ta’limga bo‘lgan qat’iyati bilan ilm-fan olamida o‘z yo‘llarini yaratmoqda.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎤 Namozov Sherzod Nasimovich bilan seminar-trening!

🏆 Osiyo Xalqaro Universitetida ikki karra Paraolimpiada chempioni, "O‘zbekiston Iftixori" unvoni sohibi Namozov Sherzod Nasimovich bilan seminar-trening tashkil etildi.

✔️ Seminarda sportda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, intizom va qat’iyatning ahamiyati haqida fikrlar bildirilib, ishtirokchilar qimmatli tajribalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bu uchrashuv talabalar uchun ilhom va yangi maqsadlar sari intilishga kuch bag‘ishladi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💎 Osiyo Xalqaro Universitetida navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi!

📌 Osiyo Xalqaro Universitetida “Xorijiy tillar (ingliz tili)” yo‘nalishidagi 2-kurs M4-XT-23 guruhi magistrlari tomonidan tashkillashtirilgan navbatdagi mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu dars Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, o‘ziga xos interaktiv va ko‘ngilochar yondashuvi bilan ajralib turdi.

💡 Tadbir davomida talabalar turli o‘yinlar va innovatsion metodlar orqali o‘z bilimlarini mustahkamladilar. Magistrlar tomonidan ijro etilgan ko‘ngilochar chiqishlar esa ishtirokchilarga iliq kayfiyat va ilhom bag‘ishladi.

Universitetda bunday mahorat darslari muntazam o‘tkazilib, talabalar bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishmoqda.

🎯 Tadbir yakunida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi, bu esa magistrlar uchun alohida rag‘bat bo‘ldi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetining "Zakovat" intellektual o‘yini saralash bosqichining 4-turi ham muvaffaqiyatli yakunlandi!

📊 Har bir bosqichda talabalarning bilimi va zukkoligi sinovdan o‘tdi. Bu saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va "Zakovat Pro" bosqichiga yo‘llanma olgan guruhlar quyidagilar:

✔️ 14-FT(i)-24
✔️ 1-JM-23
✔️ 1-T-24


💡 Ushbu o‘yin davomida dono va zukko talabalar intellektual janglarda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, qizg‘in bahslar orqali kuch sinashishdi.

Osiyo Xalqaro Universiteti yoshlarning intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda doimo yetakchi!


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 OXU PODCAST | Davlat stipendiyasi egalari bilan suhbat!

🔥 Bizning navbatdagi qahramonlarimiz:
"Navoiy", Islom Karimov" hamda "Pahlavon Mahmud" nomidagi davlat stipendiyalarini qo'lga kiritgan talabalarimizning ilhomlantiruvchi hikoyalari!

Marhamat, suhbatni havola orqali o'tib tomosha qilshingiz mumkin ☺️
https://youtu.be/JOOcsYM9f6A?si=tEnkvOgnEbSAdiA0

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💎 Osiyo Xalqaro Universitetida bo'lib o'tgan ochiq darsdan lavhalar (4-qism)!

Universitetimizda o‘tkazilgan ochiq darslar mana shunday lahzalarga boy bo‘ldi!

💡 Mazkur jarayonlarda talabalarning ishtiyoqi, innovatsion yondashuvlar va o‘qituvchilarning chuqur bilimlari uyg‘unlikda namoyon bo‘ldi!

Marhamat, ochiq dars jarayonlarining eng qiziqarli lavhalarini tomosha qiling! 🔥

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🚀 “Samarqand Olimpiada-2020”: OXU talabalarining sharafli yutuqlari

📍 Samarqand shahrida bo’lib o’tgan “Samarqand Olimpiada-2020” Tibbiyot xalqaro fan olimpiadasi Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari uchun muvaffaqiyatli natijalar bilan yakunlandi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston bilan bir qatorda Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya va Qirg‘iziston kabi mamlakatlarning nufuzli universitet talabalari o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🏆 Quvonarlisi, Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari ushbu musobaqada munosib ishtirok etib, quyidagi yutuqlarga erishdilar:
• 🥈 Ilxomova Laziza Anvar qizi – 2-o‘rin
• 🥈 Haydarov Umidjon Keldiyor o‘g‘li – 2-o‘rin
• 🥉 Mardonov Shoxjaxon Shavkat o‘g‘li – 3-o‘rin
• 🥉 Abdurahmonov Bahodir Zarifovich – 3-o‘rin

🌎 Onlayn formatda ishtirok etgan talabalarimiz ham ajoyib natijalarga erishdilar:
• 🥈 Abdirazzoqova Mavjuda Akbar qizi – 2-o‘rin
• 🥉 Teshayev Shoxijahon Otabek o‘g‘li – 3-o‘rin


🎉 Talabalarimizni bu sharafli yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz! Ularning kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar va yuqori marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel