oxu_uz | Unsorted

Telegram-канал oxu_uz - Osiyo Xalqaro Universiteti

28982

📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P

Subscribe to a channel

Osiyo Xalqaro Universiteti

#amaliy_seminar #videolavha

Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi bo‘yicha amaliy seminari ishtirokchilarining Osiyo xalqaro universitetiga tashrifi va Buxoro shahrining tarixiy joylariga sayohati jarayonlaridan videolavha

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 Buxoroda “Study in Uzbekistan”: 200 ga yaqin OTM vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda!

🧾 Bugun, 18-aprel kuni Buxoro shahridagi Wyndham Bukhara Hotel’da “Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi va Osiyo Xalqaro Universiteti hamkorligida tashkil etildi.

🌎 Seminarda O‘zbekistonning 200 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektorlari va bo‘lim boshliqlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy talabalarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov ochib berdi. Shuningdek, Oliy ta’limni rivojlantirish markazi direktor o'rinbosari Muzaffar Esanov tizim imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazdi.

💬 Asosiy mavzulardan biri — xorijiy talabalarni O‘zbekistonga jalb etish va ta’lim eksportini rivojlantirish bo‘ldi. Shu doirada Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dехkanov Suxrob Sobirovich va Xalqaro fakultet dekani Bxandari Kishan o‘z tajribalarini taqdim etdilar.

📌 Seminar yakunida, Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrif hamda Buxoro bo‘ylab madaniy sayohat tashkil etiladi. Mazkur seminar xalqaro ta’limdagi raqobatbardoshlikni oshirish va tizimni raqamlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 Seminarning 2-qismida Osiyo Xalqaro Universiteti rektori so‘zga chiqdi!

⚡️ U o‘z nutqida chet ellik talabalar va xalqaro valyutadagi investitsiyalarni oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish borasidagi imkoniyatlar va muhim yondashuvlarga to‘xtalib o‘tdi! 🔥

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📌 Kogon shahar tibbiyot birlashmasi va Osiyo Xalqaro Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

🖥 Kogon shahar tibbiyot birlashmasi rahbariyati Osiyo Xalqaro Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitet rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich bilan uchrashuv tashkil etilib, ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
💬 Uchrashuvda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi negizida universitet talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar va tsikl darslarini tashkil etish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi. Birlashma rahbariyati talabalarning amaliyotini sifatli tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyor ekanligini bildirdi.

🎯 Shuningdek, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi vakillari Osiyo Xalqaro Universitetining 2025-yil 29–30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Karera–2025” mehnat yarmarkasida ishtirok etishga taklif etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rasmiylashtiruvchi memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va uni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🚊 "Buxoro-1" bekatidagi Temir yo‘l kasalxonasi va Osiyo Xalqaro Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

⚡️ "Buxoro-1" bekatida joylashgan Temir yo‘l kasalxonasi rahbariyati — direktor Salomov Feruz Shoqirovich, bosh shifokor Rajabov Barot Qurbonovich va kadrlar bo‘yicha inspektor Shadiyeva Dilnoza Sa’dullayevna Osiyo Xalqaro Universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.


🖥 Uchrashuv davomida universitet rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich bilan ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, tibbiyot yo‘nalishidagi darslarning kasalxona bazasida o‘tkazilishi borasida taklif va fikrlar almashildi.

✍️ Temir yo‘l kasalxonasi rahbariyati talabalar kasbiy mahoratini oshirish, tajriba almashish hamda ilmiy-amaliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Osiyo xalqaro universiteti va "Buxoro-1" bekatidagi Temir yo‘l kasalxonasi o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki tomonlama aloqalarning yangi bosqichiga zamin yaratadi.
🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙 Hurmatli kanal obunachilari!

📊 Keling, bir kichik so‘rovnoma o‘tkazsak — sizni yaxshiroq tushunish va kanalni siz uchun yanada foydali qilish maqsadida!

Quyidagi savollarga javob bering — bu biz uchun muhim 🙌

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🇹🇷 Osiyo Xalqaro Universiteti delegatsiyasi EUREI 2025 tashabbusi doirasida Turkiyaga uyushtirilgan xizmat safari davomida Aydin Universitetiga tashrif buyurdi!

📌 Mazkur tashrif doirasida tashkil etilgan campus tour davomida mehmonlar Aydin Universitetining zamonaviy infratuzilmasi, fakultetlari hamda ta’lim muhitining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. Universitet hududida yaratilgan innovatsion, ruhiy va intellektual muhit ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif doirasida yaqinda imzolangan Anglashuv Memorandumi (MoU) va boshqa kelishuvlar asosida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratilayotgani ta’kidlandi.

🖥 Uchrashuvlar davomida yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun istiqbolli imkoniyatlar yaratildi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔈 Ilm-fan va ta’lim integratsiyasiga yo‘naltirilgan yangi hamkorlik!

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-sonli hamda 2017-yil 27-iyuldagi PQ–3151-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar asosida Osiyo Xalqaro Universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🎯 Mazkur memorandum ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Unda qo‘shma uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot loyihalari va xalqaro grantlar bo‘yicha hamkorlik qilish belgilandi. Shuningdek, magistrantlar va doktorantlarning ilmiy ishlari bo‘yicha rahbarlik qilish, qo‘shma anjumanlar, simpoziumlar va ko‘rgazmalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

💡 Memorandum yosh olimlar, doktorantlar va izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. U ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

#retro

Stipendiya olgan talaba qizimizning rejalari qanday edi?

💸 Men Stipendiyamga:
- tush
- lak
- qalam
- shampun
- krem olmoqchi edim! Endi qarasam cho'chvarani xom sanagan ekanman!


Stipendiya olgan kunim eshigimni tagida kvartirani egasi turgan ekan! Stipendiyamni oldi-yu, ketdi! 😁

P/s: Stipendiya olib, maza qilib ishlata olmaydigan do'stlaringizga yuborib qo'ying 🚀

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📝 “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” taqdimoti!

💙 Osiyo Xalqaro Universitetida Pedagogika va Psixologiya kafedrasi hamda Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi hamkorligida buyuk alloma, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiyga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎙 Taqdimotda taniqli adabiyotshunos olimlar — O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi rahbari Shodmon Sulaymonov, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori o‘rinbosari Maqsud Asadov, Qo‘qon davlat universiteti prorektori Zebo Qobilova, Urganch davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Dilshod G‘oyipov, institutning yetuk ilmiy xodimlari — f.f.f.d. Zulayho Rahmonova va Shahnoza Rahmonova, shuningdek, Osiyo Xalqaro Universiteti professori Sh.N. Axmedova va dotsent M.Y. Ro‘ziyeva ishtirok etishdi.

✍️ Taqdimot davomida ensiklopediyaning mazmuni, undagi ilmiy-tarixiy manbalar, shuningdek, Alisher Navoiy merosining jahon adabiyoti va tamaddunidagi o‘rni yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

⚡️ Shuningdek, tadbir doirasida talabalar tomonidan Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qilib, ijodiy chiqishlar namoyish etildi va mavzuga doir fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💬 Ayni damda "Alisher Navoiy ensiklopediyasi"ning taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayondan yorqin lahzalar bilan bo‘lishamiz 🔥

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 Ilmiy-amaliy seminar: “Qo‘shma travmaning sud-tibbiy jihatlari”!

🖥 2025-yil 2-aprel kuni Buxoro shahrida “Qo‘shma travmaning sud-tibbiy jihatlari” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda sud-tibbiyot ekspertizasi sohasidagi dolzarb ilmiy va amaliy masalalar muhokama qilindi.


📝 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi hamda qo‘shni davlatlardan taniqli mutaxassislar, yetakchi olimlar va sud-tibbiyot ekspertlari ishtirok etdi. Tadbirning tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari, Osiyo Xalqaro Universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markazi (RSTEIAM) direktori hamda boshqa mas’ul shaxslar so‘zga chiqishdi.

Seminarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni qamrab oldi:
Sud-tibbiyot ekspertizasini rivojlantirish istiqbollari;
Ekspertlar faoliyatini baholashning reyting tizimi;
Sud-genetik tadqiqotlar amaliyoti;
Murakkab ekspertizalarni o‘tkazishdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari;
Ichki a’zolar shikastlanishlarini sud-tibbiy baholash mezonlari

⚡️ Seminar yakunlari bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi: Ishtirokchilar tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda sud-genetik tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 Chet el amaliyotiga saralangan talabalar bilan suhbatlar boshlandi!

💬 Osiyo Xalqaro Universiteti tomonidan tashkillashtirilgan chet el amaliyoti dasturi doirasida saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar bilan suhbat jarayonlari boshlandi. Unda ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirib, xorijiy amaliyotdan ko‘zlangan maqsadlari va saralash imtihoni jarayonida orttirgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

💡 Mazkur jarayon hali yakuniga yetgani yo‘q — bu faqat Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari bilan boshlangan bosqich, navbatda esa Tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar turibdi.

Amaliyotga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Yangiliklarni kuzatib boring 🔥

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📊 Osiyo Xalqaro Universitetida MENEJMENT yo'nalishi!

🌎 Bugungi tezkor va o‘zgaruvchan biznes muhitida har bir tashkilotga kuchli, bilimli va strategik fikrlovchi menejerlar kerak. Menejment yo‘nalishi – bu resurslarni samarali boshqarish, jamoani yetaklash va barqaror natijalarga erishishni o‘rgatuvchi eng zamonaviy ta’lim yo‘nalishlaridan biridir. Agar siz boshqaruv sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni istasangiz, OXUning Menejment yo‘nalishi aynan siz uchun!

Nega aynan bu yo‘nalish?

Biznes boshqaruvi, strategik rejalashtirish va risklarni tahlil qilishni o‘rganasiz
HR, moliya, marketing va operatsion menejment sohalarida amaliy bilimga ega bo‘lasiz
Real biznes-case’lar ustida ishlaysiz va kompaniya ichki jarayonlarini chuqur tushunasiz
Chet ellik menejerlar, investorlar va biznes ekspertlari bilan seminar va master-klasslarda qatnashasiz

Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Xususiy va davlat tashkilotlarida boshqaruv lavozimlari
➡️ Startaplar va yirik korxonalarda loyiha menejeri
➡️ HR, marketing yoki moliyaviy bo‘limlarda strategik mutaxassis
➡️ Konsalting kompaniyalarida biznes maslahatchi
➡️ Biznes maktablari va oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi

O‘z jamoangizni yetaklab, samarali qarorlar orqali muvaffaqiyat sari yo‘l ochishni xohlaysizmi? OXU sizni kuchli menejer va kelajak lideriga aylanish sari yetaklaydi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎯 Navbatdagi ochiq dars jarayonlaridan lavhalar!

📌 Xususan, ochiq dars jarayonlarida har bir guruh mustaqil tayyorlanib, o‘z mavzusini amaliy misollar, vizual materiallar va muhokamalar orqali taqdim etadi. O‘qituvchilar darslarni innovatsion yondashuvlar asosida olib boradi: testlar, rolli o‘yinlar, mini-debatlar kabi texnikalar qo‘llaniladi.

🎓 Jarayonda talabalar faolligi, jamoaviy ishlashi, mustaqil fikrlashi va muloqotga kirishish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

🔗Marhamat, tomosha qiling: ochiq darsdan lavhalar!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎯 Seminarga tashrif buyurgan delegatsiya OXUning asosiy binosida bo‘ldi!

💬200 ga yaqin OTMning xalqaro aloqalar bo‘yicha rahbarlari universitetimizga tashrif buyurib, ta’lim jarayonlari, zamonaviy infratuzilma hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlarga OXU faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi, shuningdek, ular uchun ekskursiya tashkil etildi! 💡

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 Bugun Buxoroda “Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi imkoniyatlariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda!

🤍 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Osiyo Xalqaro Universiteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning 200 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarining xalqaro aloqalar bo‘yicha rahbarlari ishtirok etmoqda.

Seminar “Wyndham Bukhara” mehmonxonasida o‘tkazilmoqda. Seminarda chet ellik talabalarni O‘zbekistonga jalb etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va elektron axborot tizimi orqali bu jarayonni yanada samarali tashkil etish asosiy muhokama mavzularidan biri bo‘ldi.

Lavhalarni e'tiboringizga havola qildik 🔥

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💙 Bugun Buxoroda “Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi va uning imkoniyatlariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda!

Ushbu tadbirda O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalari xalqaro aloqalar bo‘yicha bo‘lim boshliqlari
ishtirok etmoqda! 💡

Marhamat, lavhalarni tomosha qiling 🔥

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📚 Osiyo xalqaro universitetida “Mutolaa sehri” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi!

📖 Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, tafakkur doirasini kengaytirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Mutolaa sehri” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi.

💥 Mazkur bellashuv talabalarga bilim va fikrlash salohiyatini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, o‘z jamoasining muvaffaqiyati uchun birgalikda harakat qilish imkonini berdi. G‘olib jamoalar diplomlar hamda universitet tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


💡 Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. Ilm-fanga qiziqqan, zukko va faol yoshlarimizni navbatdagi bellashuvlarda ishtirok etishga chorlab qolamiz.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎭 "OXUda QVZ" — Ijtimoiy fanlar va texnika fakultetidan ijobiy kayfiyat ulashgan sahna shousi!

💙 Osiyo Xalqaro Universiteti Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti talabalari tashabbusi bilan boshlab berilgan “OXUda QVZ” loyihasi tomoshabinlarga iliq kayfiyat ulashdi.

💬 Loyiha davomida talabalarning sahnadagi chiqishlari, o‘ziga xos g‘oyalari va jonli ijrolari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu tashabbus OXUda nafaqat ilmiy salohiyat, balki ijtimoiy faollik, nutq madaniyati va jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

OXUda QVZ” loyihasi talabalar ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ularni ochiq muloqotga va tanqidiy fikrlashga chorlovchi muhim loyihalardan biri desak adashmagan bo'lamiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📝 "Я учитель" loyihasi — kelajak pedagog kadrlarini tayyorlash yo‘lida navbatdagi muhim tashabbus!

🤍 Osiyo Xalqaro Universitetida Rus tili filologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Я учитель” loyihasi doirasidagi ishlar boshlandi. Mazkur loyiha doirasida talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📌 Loyihaning asosiy maqsadi — talabalarni o‘z kasbining yetuk, raqobatbardosh va tashabbuskor mutaxassisi sifatida shakllantirish, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdir.

☄️ Osiyo Xalqaro Universiteti yangilik va taraqqiyot tarafdori sifatida, har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi. Zero, bugunning talabalari — ertangi kunning bilimli va fidoyi ustozlaridir.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🖥 OAV biz haqimizda!

🎯 Mazkur lavhada O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi sud-tibbiyot ekspertizasi markazlari hamda Osiyo Xalqaro Universiteti o‘rtasida imzolangan uch tomonlama ilmiy-amaliy memorandumning mazmun-mohiyati yoritilgan.

🌎 Hamkorlik doirasida sud-tibbiyot ekspertizasi sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

⚡️ "Kelinlar Qo’zg'oloni"dagi Nigoraxon anime uslubida!

Ghibli style uslubidagi video yoqqan bo'lsa "🔥" bosib qo'ying va do'stlaringizga yuborib qo'ying 🤗

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 "OSIYO" QVZ jamoasi – "Xo‘ja Nasriddin" ligasining keyingi bosqichida!

🎯 Osiyo Xalqaro Universitetining "OSIYO" nomli QVZ jamoasi "Xo‘ja Nasriddin" ligasida yorqin chiqish namoyish etib, navbatdagi bosqichga muvaffaqiyatli yo‘l oldi.

💬 Zukko hazil-mutoyiba, ijodkorlik va sahnadagi ishonchli chiqishlar jamoamizga keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etdi. Jamoa a’zolari o‘z iqtidorlari bilan tomoshabinlarga ijobiy kayfiyat ulashdi va e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

Oldinda esa yanada mas’uliyatli bellashuvlar va yangi yutuqlar kutmoqda. "OSIYO" jamoasiga kelgusi bosqichda ham katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏅 Rektor stipendiyasi o‘z sohiblariga tantanali ravishda topshirildi!

💙Osiyo Xalqaro Universitetida iqtidor, tashabbuskorlik va yuqori akademik ko‘rsatkichlar doim e’tirof etiladi. An’anaviy tarzda har oy ajratiladigan Rektor Stipendiyasi bu safar ham o‘z sohiblarini topdi.

🖥 Joriy oyda ushbu stipendiyaga Tibbiyot, Iqtisodiyot va Pedagogika hamda Ijtimoiy fanlar va texnika fakultetlarining ilg‘or vakillari loyiq deb topildi. Stipendiya sohiblarini ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz. Ularning mehnati, izlanuvchanligi va fidoyiligi yoshlarga o‘rnak bo‘lishiga ishonamiz.

🎓 Hurmatli talabalar! Siz ham o‘z bilim va mahoratingizni namoyon eting. Navbatdagi Rektor stipendiyasi sovrindorlari safidan o‘rin egallash imkonini qo‘ldan boy bermang!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida TARIX (Magistratura) yo'nalishi!

📜 Tarix – bu insoniyat taraqqiyoti, madaniyati va siyosiy jarayonlarining ildizi. OXUning Tarix yo‘nalishi magistratura bosqichi sizni mustaqil tadqiqot olib borishga, tarixiy manbalarni tahlil qilishga va ilmiy yondashuv asosida chuqur bilimga ega bo‘lishga tayyorlaydi. Agar siz tarix fanini zamonaviy nuqtayi nazardan o‘rganib, ilm-fan rivojiga o‘z hissangizni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, bu yo‘nalish aynan siz uchun!

Nega aynan bu yo‘nalish?
Mahalliy va jahon tarixidagi muhim davrlar va hodisalarni chuqur o‘rganasiz
Manbashunoslik, arxivshunoslik va tarixiy tadqiqot metodlarini o‘zlashtirasiz
Ilmiy maqolalar yozish, dissertatsiya tayyorlash va tahliliy fikrlash ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz
Chet ellik tarixchilar va tajribali olimlar bilan seminar, ilmiy suhbat va loyihalarda qatnashasiz

Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Ilmiy-tadqiqot institutlarida tarixchi olim
➡️ Muzey, arxiv va madaniy meros markazlarida mutaxassis
➡️ Universitet va litseylarda tarix fani o‘qituvchisi
➡️ Tarixiy-kulturologik kontent yaratuvchisi yoki tahlilchi
➡️ Madaniy merosni o‘rganish va himoya qilish loyihalari ishtirokchisi


Tarixni chuqur anglab, uni ilmiy asosda o‘rganishni istaysizmi? OXU sizga tarixshunoslik olamida chuqur bilim, keng fikrlash va tadqiqot olib borish imkoniyatini taqdim etadi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

⚖️ Sud-tibbiyot ekspertizasi sohasida xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

🗓 2025-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sud-tibbiyot ekspertizasi respublika ilmiy-amaliy markazi, Tojikiston Respublikasi Sud-tibbiyot ekspertizasi respublika markazi hamda Osiyo Xalqaro Universiteti o‘rtasida uch tomonlama ilmiy-amaliy hamkorlik memorandumi imzolandi.

🛡 Mazkur memorandum sud-tibbiyot ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda malakali kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash maqsadida tuzilgan.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar:
➡️Sud-tibbiyot ekspertizasi bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borish va amaliyotga tatbiq etish;
➡️Zamonaviy algoritmlar ishlab chiqish orqali ekspertiza jarayonlarini takomillashtirish;
➡️ Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ilg‘or xalqaro tajribalarni almashish;
➡️ Seminarlar, ilmiy anjumanlar va xalqaro konferensiyalar tashkil etish;
➡️ Soha bo‘yicha ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalari va monografiyalar tayyorlash.

📌 Imzolangan memorandum sud-tibbiyot ekspertizasi sohasida xalqaro ilmiy integratsiyani mustahkamlash, yangi yondashuvlarni ishlab chiqish va yuqori malakali kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🛬 Xorijdagi amaliyotlar boshlanish arafasida!

🇮🇩 OXUning iqtisodiyot yo‘nalishidagi iqtidorli talabalari endi amaliyotni xorijda o‘tashmoqda! Bu safar – Indoneziyada!

Yaqin orada boshqa yo‘nalish talabalari ham Yevropaga amaliyotga uchib ketishadi ✈️

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏨 OXUning 2-bino, Tibbiyot binosidamiz!

🖱 Keling, birgalikda binomiz ichkarisiga sayohat qilamiz!
Nimalar bor, qanday sharoitlar yaratilgan — barchasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib chiqing.

Qani ketdik 🔥

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🚆 Osiyo Xalqaro Universitetida TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI (Lokomotivlar bo'yicha)!

🚝 Temir yo‘l transporti – sanoat, logistika va yo‘lovchi tashish tizimining ajralmas qismi bo‘lib, uni harakatga keltiruvchi kuch esa — zamonaviy lokomotivlardir. Agar siz yirik texnik tizimlarni chuqur o‘rganish, muhandislik tafakkurini rivojlantirish va texnologiyalar bilan ishlashni xohlasangiz, OXUning Transport vositalari muhandisligi (Lokomotivlar bo‘yicha) yo‘nalishi siz uchun eng to‘g‘ri tanlov!

Nega aynan bu yo‘nalish?
Lokomotivlar va boshqa temir yo‘l transport vositalarining tuzilishi, ishlash prinsipi va texnik xizmatini o‘rganasiz
Diagnostika, ekspluatatsiya va ta’mirlash texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirasiz
Amaliy mashg‘ulotlar orqali real lokomotiv bazalarida tajriba orttirasiz
Chet ellik texnika ekspertlarining master-klass va amaliy darslarida qatnashasiz

Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Temir yo‘l kompaniyalarida muhandis-mexanik
➡️ Lokomotivlarni texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha mutaxassis
➡️ Texnik nazorat va ekspluatatsiya xavfsizligi bo‘yicha ekspert
➡️ Transport texnologiyalari ishlab chiqaruvchi korxonalarda texnik maslahatchi
➡️ Muhandislik sohasida ilmiy xodim yoki pedagog

Yurtimiz transport tizimining yuragi bo‘lgan temir yo‘l sohasida o‘z o‘rningizni egallamoqchimisiz? OXU sizga kelajak texnologiyalarini yaratadigan muhandis bo'lib yetishingizda yordam beradi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel