oxu_uz | Unsorted

Telegram-канал oxu_uz - Osiyo Xalqaro Universiteti

35758

🏦 Buxoro shahridagi yetakchi Universitet ✔️ Bakalavr, magistratura va doktorantura ✔️ 88 ta yo‘nalish ✔️Zamonaviy infrastruktura 📋Davlat Diplomi 📞 +998 55 305 00 09 🌐https://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi): https://bit.ly/4dpCTt4

Subscribe to a channel

Osiyo Xalqaro Universiteti

🖥"Qodiriyning otilishi" spektakli: tarix va san’at uyg‘unligi!

🎬 Osiyo Xalqaro Universitetida "Yoshlar teatr studiyasi" tomonidan atoqli adib Abdulla Qodiriy hayotiga bag‘ishlangan “Qodiriyning otilishi” nomli sahna asari namoyish etildi.

📝 Mazkur spektaklda universitetning iqtidorli va san’atga mehr qo‘ygan talabalari fidokorona ishtirok etib, o‘z rollarini mahorat bilan ijro etdilar. Tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan sahna ko‘rinishlari tarixiy haqiqat, dramatik to‘qnashuv va mahoratli aktyorlik bilan uyg‘unlashdi.

🧬 "Yoshlar teatr studiyasi" faoliyati davom etmoqda. Talabalarga san’at orqali o‘zini namoyon qilish, sahnada erkin fikr ifodalash imkonini beruvchi bunday loyihalar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Aziz talabalar, teatr – bu sahna, bu hayot. Siz ham faol ishtirok eting, iste’dodingizni namoyon qiling!


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💫 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, aziz dindoshim!

💙Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi sizni ushbu ulug‘ va muqaddas ayyom — Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaydi.

🌺 Bu bayram mehr-muruvvat, sabr-toqat, poklik va kechirimlilik kabi yuksak fazilatlarni yodga soladigan, qalblarga orom, ko‘ngillarga nur olib kiradigan muazzam kunlardandir. Yurtimizda tinchlik, xonadonlaringizda fayz, niyatlaringiz ijobat bo‘lsin!

Ramazon hayiti barchamiz uchun ezgulik, baraka va ma’naviy yuksalish fasliga aylansin! 🥳

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎯 Sirtqi ta’lim talabalari uchun darslar reja asosida davom etmoqda!

🎓 Talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini izchil shakllantirib, har bir darsni imkoniyatga aylantirishmoqda. Dars jarayonlari nazariya va amaliyot uyg‘unligida, hayotiy misollar va zamonaviy yondashuvlar bilan boyitilgan tarzda o‘tilmoqda.

📌 O‘quv rejalari asosida olib borilayotgan mashg‘ulotlarda talabalar nafaqat bilim olishyapti, balki uni amalda qo‘llashga ham tayyorlanishyapti. Bu esa sirtqi ta’limni yanada samarali va mazmunli qilmoqda!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥎 Voleybol: “Rektor Kubogi” g‘oliblari aniqlandi!

Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari nafaqat ilmiy sohalarda, balki sport yo‘nalishida ham o‘z salohiyatlarini muvaffaqiyat bilan namoyon etishmoqda. Buni voleybol bo‘yicha tashkil etilgan “Rektor Kubogi” musobaqasi yana bir bor isbotladi.

🔗 Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlar orasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va sport madaniyatini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, unda Tibbiyot, Iqtisodiyot va Pedagogika, Ijtimoiy fanlar hamda Texnika fakultetlarining eng faol jamoalari ishtirok etdi.

Musobaqa jarayonida talabalar o‘zlarining chaqqonligi, strategik fikrlashi va jamoaviy ruhdagi harakati bilan ajralib turishdi.

💙 Universitetimizning ustuvor maqsadlaridan biri — talabalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning jismoniy va ma’naviy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. “Rektor Kubogi” esa ushbu yo‘nalishda tashlangan muhim qadamlardan biridir.


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💳 Osiyo Xalqaro Universitetida SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH yo'nalishi!

📌 Har qanday davlatning iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi puxta soliqqa tortish tizimiga bog‘liq. Soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishi — bu moliyaviy intizom, qonunchilik va tahliliy tafakkurni birlashtirgan zamonaviy kasb egalarini tayyorlashga qaratilgan. Agar siz moliyaviy boshqaruv, soliq strategiyalari va byudjet siyosatida faol ishtirok etishni istasangiz, OXUning Soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishi aynan siz uchun!

Nega aynan bu yo‘nalish?
Soliq siyosati, soliqqa oid qonunchilik va buxgalteriya asoslarini chuqur o‘rganasiz
Davlat daromadlarini shakllantirish va boshqarish jarayonlarini tushunasiz
Real moliyaviy hujjatlar asosida amaliyot o‘taysiz va hisobot tuzishni o‘rganasiz
Chet ellik moliyaviy ekspertlarning seminar va master-klasslarida qatnashasiz

Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Soliq inspeksiyasi va byudjet tashkilotlarida mutaxassis
➡️ Auditorlik va konsalting kompaniyalarida tahlilchi
➡️ Yirik korxona va banklarda moliyaviy menejer
➡️ Buxgalterlik va soliq hisobotlarini yurituvchi ekspert
➡️ Moliya va soliq sohalarida o‘qituvchi yoki ilmiy xodim

Davlat va biznes moliyasini to‘g‘ri yo‘naltirishni istaysizmi? OXU sizga soliqqa oid chuqur bilim va amaliy tajriba asosida moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi mutaxassis bo‘lish imkonini beradi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🚀 Osiyo Xalqaro Universitetida MARKETING yo'nalishi!

📱 Bugungi raqobatbardosh iqtisodiyotda mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarishning o‘zi yetarli emas — uni to‘g‘ri taqdim etish, iste’molchining e’tiborini tortish va bozorda o‘z o‘rnini topish kerak. Ana shunday vazifalarni bajaradigan zamonaviy mutaxassislar – bu marketologlardir. Agar siz kreativ fikrlash, tahlil qilish va biznesda natijaga ishlashni istasangiz, OXUning Marketing yo‘nalishi siz uchun ideal tanlov!

Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️Bozor tahlili, iste’molchilar ehtiyojini o‘rganish va brend strategiyasi tuzishni o‘rganasiz
✔️ Reklama, PR, raqamli marketing va savdo psixologiyasi bo‘yicha chuqur bilim olasiz
✔️ Real biznes-case’lar, amaliy mashg‘ulotlar va marketing kampaniyalarini yaratish bo‘yicha tajriba orttirasiz
✔️Chet ellik mutaxassislar bilan seminar va master-klasslarda qatnashasiz

Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️Marketing bo‘limi rahbari yoki mutaxassisi
➡️Brend menejeri va reklama kampaniyasi koordinatori
➡️Raqamli marketing va SMM strateg mutaxassisi
➡️Bozor tadqiqotchisi va iste’molchilar tahlilchisi
➡️Startaplar va yirik kompaniyalarda kreativ direktor

Bozorda o‘z g‘oyalaringiz bilan ajralib turmoqchimisiz? OXU sizni kuchli strategik fikrlovchi va zamonaviy marketing olamining yetuk mutaxassisiga aylantiradi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🧠 Dars vaqtida miyamiz qanday ishlashini bilasizmi?

📖 Nega ba’zan bir marta o‘qigan narsamiz yodda qoladi-yu, boshqa payt esa kitob sahifalariga tikilib turib ham hech narsani tushunmaymiz?
Gap shundaki, miyamizning faoliyati ham kun davomida o‘zgarib boradi!

➡️ Qanday qilib samarali dars qilish mumkinligini bilishni istasangiz karuselni aylantiring va miyangiz uchun eng qulay vaqtni bilib oling!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

⚡️ OXU va IT Park: Startap-ekotizimini rivojlantirish yo‘lida yangi hamkorlik!

🤍 Osiyo Xalqaro Universitetida iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, startap-ekotizimini shakllantirish hamda IT-ta’limni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahridagi “IT Park Ventures” venchur investitsiya fondi vakillari hamda Buxoro viloyati filiali “IT-Park” direktori universitetimizga tashrif buyurdi.

🛡 Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar, innovatsion g‘oyalar va ilmiy ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi texnologik yechimlar muhokama qilinib, eng istiqbolli startap loyihalar va innovatsion g‘oyalar saralab olindi.

💡 Tadbir doirasida tomonlar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi, bu esa universitet talabalarining IT-sohasidagi izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning loyihalarini real sektor bilan bog‘lashga xizmat qiladi.
🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🛡 Osiyo Xalqaro Universitetida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi o‘tkazildi!

💙 Osiyo Xalqaro Universitetida talabalar o‘rtasida bilim va tafakkur bellashuviga asoslangan “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Buxoro Zakovat klubi bilan hamkorlikda tashkil etilib, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, analitik tahlil qilish qobiliyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.

🖥 Mazkur bosqich intellektual savol-javoblar, fikr almashinuvi va muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Final bosqichi mazmunan boy va saviyali tarzda tashkil etilgan bo‘lib, bahs-munozaralar asosida kechgan ushbu bosqich talabalarning dunyoqarashi va tafakkur salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

G‘oliblar universitet ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirda ishtirok etgan barcha talabalarga intellektual faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 Ishlasam – o‘qish qolib ketadi, o‘qisam –ishmi?

Ikkalasiga birday ulgurish qiyin deysizmi? Haqiqatda, oson emas.


💡 Ammo bu yo‘ldan o‘tayotgan, o‘z yo‘lini topganlar bor. Aynan shu mavzuda biz siz uchun qiziqarli suhbat tayyorladik.

🎯 OXU’da Podcast'ning navbatdagi sonida – ishlab, o‘qiyotgan talabalar hayoti, ularning qiyinchiliklari, topgan yechimlari va real tajribalari!

🔗 Marhamat, havola orqali o‘tib tomosha qiling: https://youtu.be/7KdnP2hBeSE?si=lQa7O7y7eFQYSQxPh

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🌸 Navro‘z – yangilanish va mehr bayrami!

🌷 Bahor nafasi bilan qalblarga iliqlik, yuraklarga ezgulik inadi. Navro‘z – bu nafaqat tabiat uyg‘onishi, balki yangilanish, do‘stlik va hamjihatlik timsoli!

Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi barchangizni ushbu fayzli ayyom bilan muborakbod etadi! Yangi yil sizga ezgu niyatlar, yangi imkoniyatlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin! Ilm yo‘lidagi intilishlaringiz barakali bo‘lsin, qalbingizda bahoriy ilhom hech qachon so‘nmasin!

🥳 Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🧪 Osiyo Xalqaro Universitetida BIOLOGIYA yo'nalishi!

🍀 Hayot mohiyatini anglash, tirik organizmlarning tuzilishi va funksiyalarini o‘rganish – ilm-fan va texnologiyalar rivojida muhim o‘rin tutadi. Biologiya yo‘nalishi tibbiyot, ekologiya, genetika, biotexnologiya kabi sohalarga asos yaratadi. Agar siz tabiat qonuniyatlarini o‘rganish, ilmiy kashfiyotlar qilish va inson hayot sifati uchun yangi yechimlar ishlab chiqishni istasangiz, OXUning Biologiya yo‘nalishi aynan siz uchun!

Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️Genetika, mikrobiologiya, bioinformatika kabi fanlarni chuqur o‘rganasiz
✔️Zamonaviy laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
✔️Biotexnologiya, farmatsevtika va ekologiya sohalarida amaliy bilimga ega bo‘lasiz
✔️Chet ellik mutaxassislarning master-klasslarida qatnashib, xalqaro tajribani o‘zlashtirasiz

Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Ilmiy-tadqiqot markazlari va biotexnologiya laboratoriyalarida olim;
➡️Farmatsevtika va genetik muhandislik bo‘yicha mutaxassis;
➡️Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ekspert;
➡️Tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasida innovatsion yechimlar ishlab chiquvchi;
➡️ Ta’lim va ilmiy sohada biologiya fani bo‘yicha pedagog!


Tabiat sirlarini o‘rganib, ilm-fan rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishni istaysizmi? OXU sizga biologiya olamida mustahkam bilim va yorqin kelajak kafolatlaydi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📢 Bugun OXUda bayram kayfiyati! 🎉

Bugun OXUda sumalak pishirilmoqda! 🍲

🔥Volontyorlar faol ishtirok etmoqda, barcha milliy liboslarda bayramni nishonlashyapti. 🎶
Qo‘shiqchilar jo‘r bo‘lib kuy kuylashmoqda, atmosfera esa haqiqiy Navro‘z kayfiyatida!

Bayram muborak, OXU oilasi! 🎉

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🌿 OXUda Sumalak sayli! 🌿

Haqiqiy bahoriy shodiyona! OXUda sumalak pishirish jarayoni qizg‘in davom etmoqda! 🔥
Do‘stona muhit, mazali sumalak va cheksiz quvonch – barchasi sizlar uchun!

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔈 OXU talabalari nufuzli xalqaro konferensiyada yuqori ilmiy salohiyatini namoyish etishdi!

🤍 Osiyo Xalqaro Universiteti Psixologiya yo‘nalishi talabalari Sh. To‘rayev va Z. To‘ymuradova ilmiy rahbarlari Z. Elov boshchiligida o‘tkazilgan “Zamonaviy dunyoda shaxs muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Mazkur nufuzli anjumanda 15 ta xorijiy universitet vakillari qatnashib, ilmiy fikrlar almashildi. Bizning iqtidorli talabalar o‘zining chuqur tahliliy yondashuvi va ilmiy salohiyati bilan ajralib turib, konferensiyaning eng yaxshi ishtirokchilari sifatida e’tirof etildilar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

🖥 Bu muvaffaqiyat OXU talabalari ilmiy izlanishlarining samarasi bo‘lib, ularning kelajakdagi akademik yutuqlari uchun mustahkam zamin yaratadi! Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi yosh tadqiqotchilarimizni ushbu yutuq bilan qutlab, ularga ilm-fan yo‘lida yanada ulkan zafarlar tilaydi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📈 Ghibli uslubidagi kadrlar!

Osiyo Xalqaro Universiteti ChatGPT’ning yangi fuksiyasida!

➡️ Biz sinab ko‘rdik… Yomon emas, shundaymi? Marhamat, tomosha qiling..

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🌙 Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi barcha mo‘min-musulmonlarni Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etadi!

🕋 Ramazon hayiti — mehr-oqibat, sabr-qanoat va kechirimli qalb timsoli. Bu ulug‘ ayyom har bir yurakka nur, har bir xonadonga fayz, har bir inson qalbiga xotirjamlik olib kelsin.

Osiyo Xalqaro Universiteti jamoasi ushbu muqaddas kunda xalqimizga tinchlik, farovonlik va salomatlik, aziz talabalarimizga esa ilm yo‘lida yorug‘ maqsadlar va omad tilaydi.

🥳 Hayitingiz muborak, qalbingiz nurafshon, niyatlaringiz ijobat bo‘lsin
!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Ibo-hayo sizdadir, go'zal o'zbek qizlari,
Malohatda tengi yo'q, yuzlari qirmizlari,
Kiysangiz yarashadi xoni atlas ko'ylaklar,
Boshingizda barq urar yoqut naqshiy do'ppilar.


P/s: Milliy liboslar kunidan lavhalar! 🔥

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏆Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari Xalqaro fan olimpiadalarida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi!

🎯 Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Avitsenna izdoshlari – V Xalqaro fan olimpiadasi”da Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari yuksak natijalarga erishishdi!

🟣 Qurbonov Jaloliddin Odiljon o‘g‘li xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etib, Biokimyo fani bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🟣Ilxomova Laziza Anvar qizi esa olimpiadada faol ishtirok etib, Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanlari bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joizki, u 2024-yil dekabr oyida o‘tkazilgan “Samarqand Olimpiada–2020” xalqaro fan olimpiadasida ham faxrli 2-o‘rinni egallagan.

🎉 Mazkur yutuqlar — talabalarning fidokorona mehnati, ustozlarning yuksak mas’uliyat va e’tibor bilan olib borgan ilmiy rahbarligi natijasidir. G‘oliblarimizni chin dildan muborakbod etamiz! Ularning kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 Talabalarga biznes boshlash uchun imtiyozli kredit va ustozlik ko‘magi yo‘lga qo‘yiladi!

👾 Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” direktori Rajabov Sirojiddin Mansurovich hamda Osiyo Xalqaro Universiteti rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi va tashkilotlar o'rtasida hamkorlik imzonlandi!

Muzokaralar davomida quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvga erishildi:

– Talabalarning biznes g‘oyalarini imtiyozli kreditlar orqali moliyalashtirish
– Loyihalarni amaliyotga tatbiq etish uchun infratuzilma va metodik yordam ko‘rsatish
– Iqtidorli talabalar uchun tajribali mutaxassislar ishtirokida treninglar tashkil etish
Ustoz-shogird tizimi asosida ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaratish


⚡️ Bu hamkorlik yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ularni real iqtisodiyotga yo‘naltirishda katta qadam bo‘lishi kutilmoqda.


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔭 Har kuni chiqayotgan yo‘nalishlarni ko‘zdan qochirmayapsiz-a?

🎯 Unutmang, xattoki bitta yo'nalishni o‘tkazib yuborish ham hayotingizdagi katta o‘zgarishdan kechish bo‘lishi mumkin!

Yo'nalishlarni barcha ma'lumotlari bilan bafurja tanishib chiqishingizni maslahat beramiz
!


Oldinda esa sizni eng talabgir, eng dolzarb yo‘nalishlar kutmoqda! Kuzatib boring 🔥

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🩺 Osiyo Xalqaro Universitetida OLIY HAMSHIRALIK ISHI yo'nalishi!

🥼 Zamonaviy tibbiyotda hamshiralik faoliyati shunchaki yordamchi xizmat emas, balki mustaqil, chuqur bilim va mas’uliyat talab qiluvchi muhim kasbga aylangan. Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi orqali siz kasallarni parvarishlash, reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassisga aylanasiz.

Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️ Klinik tibbiyot, diagnostika va bemorlarni parvarishlashning zamonaviy usullarini o‘rganasiz
✔️ Har xil yoshdagi bemorlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lasiz
✔️Shoshilinch holatlar, profilaktika va psixologik yondashuvni chuqur o‘zlashtirasiz
✔️Tajribali shifokorlar hamda chet ellik tibbiyot mutaxassislarining seminar va master-klasslarida qatnashasiz

Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Davlat va xususiy klinikalarda oliy toifali hamshira
➡️ Reabilitatsiya va uy sharoitidagi parvarish xizmatlari xodimi
➡️Tibbiy muassasalarda parvarish jarayonini boshqaruvchi koordinator
➡️Psixologik-ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiy xodim
➡️Tibbiyot kollejlari va o‘quv markazlarida o‘qituvchi


Kasbingiz orqali insonlarga sog‘liq va mehr ulashishni istaysizmi? OXU sizni oliy darajadagi, zamonaviy bilim va amaliyotga ega hamshira mutaxassisiga aylantiradi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🧩 Osiyo Xalqaro Universitetida MAXSUS PEDAGOGIKA yo'nalishi!

🛡 Zamonaviy ta’lim tizimida ehtiyojlari turlicha bo‘lgan bolalar bilan ishlay oladigan, mehrli va malakali mutaxassislarga talab katta. Maxsus pedagogika – bu logopediya, defektologiya va inklyuziv ta’limni o‘z ichiga olgan, har bir bolaning o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tushunishga qaratilgan muhim yo‘nalishdir. Agar siz bolalar bilan ishlashni, ularga yordam berishni va jamiyatda ijobiy o‘zgarish yasashni xohlasangiz, OXUning Maxsus pedagogika yo‘nalishi aynan siz uchun!

Nega aynan bu yo‘nalish?
✔️Nutq buzilishlari, aqliy va jismoniy rivojlanishdagi muammolar bilan ishlash metodikasini o‘rganasiz;
✔️ Logopedik va defektologik diagnostika asoslarini o‘zlashtirasiz;
✔️ Amaliy mashg‘ulotlar, psixologik yondashuv va individual ta’lim texnikalari bilan tajriba orttirasiz;
✔️ Chet ellik mutaxassislar bilan seminar va master-klasslarda qatnashib, zamonaviy yondashuvlarni o‘rganasiz!

Sizni qanday kasbiy imkoniyatlar kutmoqda?
➡️ Maxsus maktab va markazlarda logoped yoki defektolog
➡️Reabilitatsiya markazlarida mutaxassis
➡️Inklyuziv ta’lim bo‘yicha konsultant
➡️Oliy ta’lim muassasalarida pedagog
➡️Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy pedagog


OXU sizni har bir bolaga nur ulashadigan sohada chinakam mutaxassis bo‘lish sari yetaklaydi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 Osiyo Xalqaro Universiteti Rektori Nepalda xalqaro hamkorliklarni mustahkamlash yo‘lida!

💙 Osiyo Xalqaro Universiteti (OXU) delegatsiyasi Nepalga tashrifi davomida Madaniyat, Turizm va Fuqaro aviatsiyasi vaziri Hurmatli Badri Pandey, Nepalning Tailanddagi elchisi Janobi Oliy Dhan Bahadur, NRNA ICC prezidenti Dr. Badri K.C hamda Asian Technology Institute (AIT) Muhandislik va Texnologiyalar fakulteti dekani Dr. Sangam Shrestha bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.


ℹ️ Uchrashuvlarda xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot aloqalarini rivojlantirish va yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, OXU delegatsiyasi Nepalda o‘tkazilgan nufuzli Xalqaro Konferensiyada ishtirok etib, universitetning tibbiyot yo‘nalishidagi ta’lim imkoniyatlari, xalqaro ilmiy hamkorlik hamda global ta’lim tizimiga qo‘shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi.

🤝 Muzokaralar davomida xalqaro ta’lim standartlariga mos akademik hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy ta’lim imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🌺 Xush kelding Navro’z!

Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan.
Hush kelding bahor, hush ko’rdik navruz.

Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding bahor, hush ko’rdik navroz.

Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Bahor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding bahor, xush ko’rdik navro’z.

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 Navro'zi olam muborak bo'lsin!

💙 Osiyo Xalqaro Universitetida ushbu milliy bayram qadriyatlar va an’analar bilan uyg‘un holda, jo‘shqin ruhda nishonlandi. Sumalak bazmi kechayu kunduz davom etdi. Olov atrofida do‘stona suhbatlar, xalqona qo‘shiqlar va samimiy tilaklar yangradi.

🎵 Milliy folklor ansambllarining chiqishlari milliy merosimizning betakror jozibasini namoyon etdi. Buxorolik mashhur san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari esa bayramga yanada fayz bag‘ishladi.

💡 Faol talabalar taqdirlandi. Ularning intilishi, fidoyiligi va mehnati e’tirof etildi. Milliy taom festivali esa Navro‘zning haqiqiy totini his etish imkoniyatini berdi. Iftorlik dasturxoni atrofida to‘plangan talabalar o‘zaro iliq tilaklar bildirib, bahorning fayzidan bahramand bo‘ldilar.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

OXUda iftorlik dasturxoni yozildi! 🌙✨

Barchaning yuzida tabassum, samimiy suhbatlar va iliq muhit…

🥰 Bayram ayni avjida va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi! 🎉🤲”

www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 OXUda Navro‘z bayrami boshlandi! 🌿

Universitetimizda bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z tantanalari qizg‘in davom etmoqda! 🌸

📌 Talabalar milliy liboslarda
📌 An’anaviy taomlar: sumalak, ko‘ksomsa va boshqa lazzatlar
📌 Qiziqarli o‘yinlar va sumalak
📌 Jonli kuy-qo‘shiqlar va raqslar

Bayramona kayfiyatda hammamiz bir joydamiz! Sizni ham ushbu quvonchli onlarni baham ko‘rishga taklif qilamiz! ✨

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🍀 Talabalar Navro‘z bayramini qanday nishonlamoqda?

🌺 Biz OXU talabalari o‘rtasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdik va ma’lum bo‘ldiki, ko‘pchilik Navro‘zni Universitetimizda o'tkazilayotgan Sumalak party'da nishonlamoqda!

Ba’zilar oila davrasida, boshqalar esa do‘stlari bilan milliy o‘yinlar o‘ynab, sayr qilib dam olishni tanlashgan.

Navro‘z – do‘stlik va mehr-oqibat bayrami! Siz-chi, Navro‘zni qanday o‘tkazmoqdasiz? 🌸

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥳 QVZ 2025: Osiyo Xalqaro Universiteti QVZ terma jamoasi yarim finalda!

🤍 Osiyo Xalqaro Universitetining faxri – "Osiyo" terma jamoasi — QVZ VOHA LIGASI musobaqasining saralash bosqichida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi!

🔥 Bu shunchaki natija emas, balki jamoamizning iste’dodi, mehnati va jipsligi bilan erishilgan ulkan muvaffaqiyat! Ularni chin dildan tabriklaymiz va navbatdagi bosqichlarda ham zafarli yurishini tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel