oxu_uz | Unsorted

Telegram-канал oxu_uz - Osiyo Xalqaro Universiteti

28982

📄Buxoro shahridagi Ko’p Tarmoqli Universitet 📌Bakalavr, Magistratura va Doktorantura 📌28 ta Yo’nalish 📍Zamonaviy infrastruktura 📘Davlat Diplomi +998 55 305 00 09 www.oxu.uz http://qabul.oxu.uz Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) https://bit.ly/3yYOm2P

Subscribe to a channel

Osiyo Xalqaro Universiteti

⚡️ Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat o'tkazildi!

📌 Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari mayor Shernazarov Sardor Nabiyevich Buxoro yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig'ning o'rinbosari podpolkovning Azimov Feruz Faxriddinovich va Osiyo Xalqaro Universiteti profilaktika inspektori universitet yoshlariga jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida ma'lumot berishdi.

📍 Suhbat davomida yoshlarni huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, qonunlarni hurmat qilishga undash bo‘yicha tavsiyalar ham berildi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

❓Osiyo Xalqaro Universitetida sirtqi ta'limda ham o'qib ham ishlab kelayotgan navbatdagi talabalarimizning fikrlari siz uchun qiziqmi? Qiziq bo'lsa reaksiya qoldirishni unutmang.

250+ reaksiyalardan so'ng videoni telegram sahifamizga joylaymiz ❤️🔥👍

Talabalar faolroq bo'lamiz🤩

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥼 Tibbiyot fakultetida har hafta dolzarb mavzular bo'yicha ochiq ma’ruzalar davom etadi!

💊 Bu galgi mavzu: "Qandli diabet: kasallik belgilari va uning dunyo miqyosidagi ahamiyati" bo'ldi. Bugungi kunda diabet aholining har o‘ndan birida tashxis qilinayotgan global muammo sifatida ko‘rilmoqda.

Tashkilotchilar:
Klinik fanlar kafedrasi
➖Fundamental fanlar kafedrasi
➖Umumiy fanlar kafedrasi
➖“Medical Ship” jamoasi
➖1-4 bosqich stomatologiya yo‘nalishi talabalari


Har haftaning dushanba kuni o‘tkaziladigan ushbu ochiq ma’ruzalarda siz dolzarb mavzular bo‘yicha qimmatli bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Axborot almashuvida faol ishtirok etib, o‘z bilimlaringizni yanada boyiting!

🔔 Kelgusi hafta ham sizni qiziqarli mavzular kutmoqda!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏆 "Tibbiyot mohirlari" IV Xalqaro tibbiy-amaliy ko‘nikmalar olimpiadasida Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari faxrli natijalarni qo'lga kiritishdi!

🥼 Kuni kecha, Toshkent tibbiyot akademiyasi konferensiyalar zalida "Tibbiyot mohirlari" tibbiy-amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha IV Xalqaro olimpiada boshlandi. Ushbu nufuzli musobaqa talabalarning tibbiy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish hamda ularning professional rivojlanishiga xizmat qiluvchi platforma sifatida tashkil etildi.

🏅Quvonarli jihati shundaki, Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi Mamayusupov Fayzullo Ilxomjon o‘g‘li ushbu xalqaro olimpiadada faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Musobaqaning asosiy maqsadi — talabalarning ilm-fan va ta'lim integratsiyasida faol ishtirok etishini rag‘batlantirishdir!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏅 Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi – o‘zbek jang san’ati qora belbog‘ sohibasi!

🇺🇿 2015-yilda o‘zbek jang san’ati qora belbog‘iga ega bo‘lgan. 2016-yildan boshlab qo‘l jangi sport musobaqalarida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.
2023-yil may oyida, Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro Open turnirida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

🥇 2023-2024-yillarda "Oliy toifali kickboxing treyneri" sifatida faoliyatini davom ettirgan holda, Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada jahon kubogi sohibasi bo‘lib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🎉 Jo‘rayeva Nozimani erishgan ulkan yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va unga kelgusi respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yanada ulkan g‘alabalarni tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Talabalar uchun vaqtni samarali boshqarish: TOP 7 maslahatlar seriyasi!

📌 O‘qish, dam olish, ish va orzular orasida muvozanat topish uchun vaqtni boshqarishni o‘rganish muhim!

Vaqtingizni anglab, uni samarali boshqarishni istaysizmi? Mazkur maslahatlar seriyasi siz uchun! Karuselni aylantiring va har bir maslahatdan unumli foydalaning! ⬆️

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥼 Osiyo Xalqaro Universitetining talabalari Buxoro viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashmoqda!

💡 Pediatriya sikli bo‘yicha amaliy dars jarayonlari nafaqat ularning nazariy bilimlarini boyitmoqda, balki haqiqiy tibbiy muhitda bolalarga yordam berish tajribasini ham orttirmoqda!

📌 Yosh shifokorlarimiz jonkuyar ustozlari yetakchiligida bolalar salomatligi uchun xizmat qilish, ularga yordam berish mas’uliyatini his qilmoqda.

Bu kabi jarayonlar kelajakdagi professional shifokorlarning ilk qadamlari sifatida katta ahamiyatga ega.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida 22-noyabr "Xalqaro psixologlar kuni" munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

✅ Pedagogika va Psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari O.R. Avezov va Z.S. Elov hamda Yoshlar siyosati, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir dasturi psixologiya yo'nalishidagi talabalar o'rtasida musobaqa tarzda o'tkazildi.

⚡️ Kafedra professori T.H.Olimov boshchiligidagi hakamlar hay'ati jamoasi barcha shartlarni odilona va shaffof tarzda baholab, bugungi bayram bilan o'qituvchi va talabalarni tabriklashdi.

🥳 Bayramingiz muborak aziz psixologlar!


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

💎 Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti Farmatsevtika yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi muhim seminar-trening tashkil etildi!

📌 Seminar-treningda Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi bojxona ekspertizasi bo‘limi boshlig‘i, bojxona xizmati mayori Rahmatov Narzullo Umrboyevich talabalarimiz bilan uchrashib, ularga giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va prekursorlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha zarur bilim va tajribalari bilan bo‘lishdi.

🎓 Ushbu tadbir Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, talabalar uchun narkotrafik yo‘nalishlari va ularning oldini olish choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

💡 Trening qiziqarli muhokama va dolzarb savollarga boy bo‘ldi. Mazkur ochiq darslar talabalar bilimini oshirish bilan birga, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish va giyohvandlikka qarshi kurashda faol ishtirok etishlari uchun kuchli turtki beradi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔈 Osiyo Xalqaro Universitetida xotin-qizlarga bag‘ishlangan muhim mavzuda davra suhbati o‘tkazildi!

💬 "Erta tug‘uruq, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish" mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirda Buxoro viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari, O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi raisi Ixtiyorova Shaxodat Xayotovna, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Xuseynova Abira Amonovna, shuningdek, adliya boshqarmasi, reproduktiv salomatlik markazi hamda IIBdan yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.

🎯 Tadbir davomida ayollar va qizlarning jamiyatdagi o‘rni, zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash borasida nazariy bilim va foydali tavsiyalar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

✔️ Tadbir so‘ngida ma'ruzachilarga Osiyo Xalqaro Universiteti ma'muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🌏 Osiyo Xalqaro Universiteti va Indoneziya universitetlari o‘rtasida hamkorlik!

📎 Osiyo Xalqaro Universitetiga Indoneziyaning uchta nufuzli oliy ta’lim muassasasi vakillari tashrif buyurishdi: Universitas Widya Gama Mahakam Samarinda, Universitas Sebelas Maret va Universitas Islam Negeri.

Yangi hamkorlik kelishuvlari asosida quyidagi yo‘nalishlar rejalashtirilmoqda:
➡️ Birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va yirik ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
➡️ Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari;
➡️ Xalqaro konferensiyalar va ilmiy anjumanlar tashkil etish.

📌 Ushbu hamkorlik orqali Osiyo Xalqaro Universiteti va Indoneziya universitetlari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida mustahkam aloqalar o‘rnatiladi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🏅 INNOWEEK G‘OLIBLARI REKTOR TOMONIDAN TAQDIRLANDI!

📌 Xabaringiz bor, “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” xalqaro haftaligida "ENG ZAMONAVIY UNIVERSITET" maqomini qo‘lga kiritdik!

💡 Bugun esa, Rektorimiz INNOWEEK’da qatnashgan ishtirokchilarimzni munosib taqdirlab, ularning mehnati va yutug‘ini alohida e’tirof etdi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔔 DIQQAT, E'LON!

🎓 Osiyo Xalqaro Universiteti huzuridagi doktorantura, tayanch doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka kirish imtihonlari va suhbatlar boshlanmoqda!

📈 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq, yuqorida ko'rsatilgan sanalarda imtihonlar o‘tkaziladi:

✍️ Talabgorlar uchun:
Imtihonga kelishdan oldin shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni (pasport yoki ID karta) olib kelishni unutmang.

👉 Qo‘shimcha ma’lumot uchun @amirbek8686 bilan bog‘laning.
📍 Manzilimiz: Osiyo Xalqaro Universiteti, bosh bino.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 17 Noyabr – Xalqaro Talabalar Kuni!

Aziz talabalar! Sizning orzularingiz – kelajakka eltuvchi yo‘ldir. Har bir harakatingiz, har bir yutug‘ingiz dunyoga yangi nur olib keladi.

OXU siz bilan birga! Bilimga intiling, kuchli bo‘ling va doim oldinga qarab qadam tashlang. Bugungi sa’y-harakatlaringiz – ertangi muvaffaqiyatingizning kalitidir!

📚 O‘zingizga ishoning va yangi marralar sari intiling!

Xalqaro Talabalar Kuni bilan barchangizni tabriklaymiz! 🎓

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 "OXU'da O'qituvchilar bilan Podcast" loyihasining 1-soniga xush kelibsiz!

👩‍🏫 Bu safar biz sizni Osiyo Xalqaro Universiteti o‘qituvchilari bilan birga ta’limga yangicha nazar bilan qarashga chorlaymiz.

📌 Podcast mavzusi: "Ta'limga yangicha nazar bilan"
Fikrlar, ilhom, va yangi yondashuvlar bilan boyitilgan mazmuniy suhbatni o‘tkazib yubormang!

To‘liq videoni tomosha qilish uchun havola ustiga bosing!
https://youtu.be/oUxQplp9WxQ?si=0Xj9SIGhvNxQ03IO

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎙 OXU'da Podcast loyihasining 2-sonini e'tiboringizga havola qilamiz!

🎙 Bu safar mikrofon qarshisida — hayotini ikki yo‘nalishda muvaffaqiyatli boshqarayotgan talabalarimiz!

Ular ham o‘qiydi, ham ishlaydi, va eng muhimi, o‘z maqsadlariga ishonch bilan qadam tashlashda davom etishmoqda 🔥

Marhamat, tomosha qiling https://youtu.be/nM_FT0hzgCo?si=yaw7yRnM6DZQ8QUp

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔈 Osiyo Xalqaro Universiteti talabalari "Biznes Marafon"da!

💎 Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning biznesga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgan “Biznes Marafon” loyihasi Osiyo Xalqaro Universitetining 400 dan ortiq talabalari uchun katta imkoniyat bo‘ldi.

💡Bu loyiha yoshlarga o‘z biznes g‘oyalarini rivojlantirish, muvaffaqiyatli tadbirkorlik sirlarini o‘rganish, va real biznes tajribasidan ilhom olishga yordam bermoqda. Marafon davomida malakali tadbirkorlar va spikerlar universitet talabalarining qiziqishlariga javob berib, o‘z maslahatlarini taqdim etishdi.

✔️Marafonning diqqatga sazovor nuqtalari:
Talabalar spikerlar bilan ochiq muloqot qildilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, Yoshlar Kelajagimiz Jamg‘armasining tajribali vakillari – Xayrullo Sattorov, Xasan Mamasaidov, Umidjon Ishmuhammedov va Azim Bayanxanov – speker sifatida qatnashib, o‘zlarining muvaffaqiyat hikoyalari bilan talabalarni ruhlantirdilar.

Biznes Marafon” – kelajagingizga bir qadam yaqinroq turing!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🌿 Osiyo Xalqaro Universiteti “Yashil Makon” loyihasi doirasida ekologiyaga o’z hissasini qo‘shmoqda!

🌲 Ushbu loyiha, ekologik muhitni yaxshilash, havo sifatini tozalash va yashil makon yaratishga qaratilgan. Bu nafaqat atrof-muhitni tozalash va shahar shovqinini kamaytirishga, balki ekologik ongni oshirishga ham xizmat qiladi. Ushbu archa daraxtlari havo sifatini yaxshilash, biologik xilma-xillikni oshirish, shovqinni pasaytirish va estetik go‘zallik yaratish kabi foydali jihatlari bilan ahamiyatli hisoblanadi.

🔥 Loyihaning muvaffaqiyati mahalliy hokimiyat, universitet talabalari va o‘qituvchilarning faol ishtiroki bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, bu tashabbus yoshlarda ekologik mas’uliyatni shakllantirish va yashil muhitga e’tibor qaratishda muhim o‘rin tutadi.

🌐
www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

Osiyo Xalqaro Universitetida "Knowledge arena" intellektual loyihasining 2-bosqichi bo'lib o'tdi!

📌 Osiyo Xalqaro Universiteti Yoshlar siyosati, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi hamda "Tarix va filologiya kafedrasi" o'qituvchilari hamkorligida filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishida ta'lim oluvchi yigit-qizlar ishtirokida o'tkazildi.

⚡️ Shiddatli kurashlar bilan o'tgan bu loyiha ilmga chanqoq yoshlarning bilim saviyasini oshirishga, ingliz tilidan olayotgan bilimlarini sinovdan o'tkazishga yordam beradi.

Loyiha umumiy 4ta turdan iborat bo'lib, yakuniy turda g‘olib chiqqan guruhlar sertifikat hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida “Zakovat” intellektual bahslarining navbatdagi turi o‘tkazildi!

📚 Iqtisodiyot va Pedagogika fakulteti talabalarining bilimdonligi va zukkoligi yana bir bor sinovdan o‘tdi. Har bir savolga javob izlash jarayoni ishtirokchilar uchun nafaqat intellektual musobaqa, balki qiziqarli va unutilmas tajribaga aylandi.

⚡️ Musobaqada turli yo‘nalishlardagi bilimlar sinovdan o‘tkazilib, qizg‘in bahs va murosasiz musobaqalar talabalar o‘rtasida haqiqiy jamoaviy ruhni shakllantirdi!

💬 Jamoalarning har bir muvaffaqiyatli javobi hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholandi. Ayniqsa, musobaqa davomida talabalarning bilim olishga bo‘lgan intilishi va ishtiyoqining oshgani yaqqol sezildi.

🏆 Osiyo Xalqaro Universiteti yoshlarning intellektual va ijodiy rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

📣 Osiyo Xalqaro Universitetida "Iste'dodlar namoyishi" tanlovi bo'lib o'tdi!

🎭 Yoshlar siyosati va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘z iste’dodlarini namoyish etib, ko‘tarinki ruhda bellashdilar.

Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi:
✔️Aktyorlik mahorati
✔️Qo‘shiqchilik san’ati
✔️ Xoreografiya

Tanlov natijalari esa quyidagicha bo‘ldi:
🥇 Navruzaliyev Merimjon (Aktyorlik mahorati)
🥈 Bozorqulov Abdulaziz (Qo‘shiqchilik san’ati)
🥉 Hikmatova Mohinur (Xoreografiya
)

G‘oliblarni universitetimiz nomidan chin yurakdan tabriklaymiz va ularga kelgusi ijodiy faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥳 G’ALABA MUBORAK!
❤️FINAL MUBORAK!

🏆 Osiyo Xalqaro Universitetining "Omadli jentelmenlar" jamoasi QVZ yarim finalida g‘alaba qozonib, FINAL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

🔥Tinimsiz mehnat va harakatlar bilan jamoamiz FINALDA!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥳 22-noyabr – Xalqaro Psixologlar kuni!

👩‍🏫 Bugun qalblarni anglaydigan, inson ruhiyatiga mehr bilan qaraydigan barcha psixologlarni samimiy tabriklaymiz!

⚡️ Osiyo Xalqaro Universitetining aziz talabalari, psixologiya yo‘nalishidagi bilimlaringiz bilan kelajakda insonlarni hayotini yaxshilashda yordam berishingizga ishonamiz!

Biz sizlardan faxrlanamiz va har biringizga muvaffaqiyat tilaymiz!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎓 Osiyo Xalqaro Universitetida doktorantura va tadqiqotchilik imtihonlari o‘tkazilmoqda!

💎 Osiyo Xalqaro Universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 2025-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka hujjat topshirgan talabgorlar uchun mutaxassislik fanlaridan imtihon va suhbatlar tashkil etildi!

✍️ 20-noyabr kuni tasdiqlangan jadvalga muvofiq, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha talabgorlarning yozma va og‘zaki imtihonlari o‘tkazildi.

🎯 Jarayon davomida talabgorlarning ilmiy tayyorgarligi va ixtisoslik bo‘yicha bilimlari atroflicha baholandi.

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

⚡️Prezidentimiz 2025-yilni  “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🥼 Osiyo Xalqaro Universitetining tibbiyot talabalari amaliyotni faqat nazariya bilan cheklamaydi. 3-binodagi Stimulatsion markazida o‘tkazilgan dars jarayonlari bunga yorqin misol!

🔬 Zamonaviy uskunalar, jonli tajribalar va yuqori malakali o‘qituvchilar – bularning barchasi talabalarning amaliy bilimlarini mustahkamlash uchun yaratilgan.

📚 Osiyo Xalqaro Universiteti — ilmdan amaliyotga, amaliyotdan hayotga!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

INNOWEEK'dan kadrlar!🔥

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🇺🇿 18-noyabr — O’zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kun!

🕊 18-noyabr davlatimiz ramzi bo‘lgan muqaddas Bayrog‘imiz qabul qilingan sana! Bu bayroq xalqimizning mustaqillik, birlik va ozodlikka bo‘lgan intilishini ifoda etadi. Undagi har bir rang ulug‘ marralar va kelajakka bo‘lgan ishonch ramzidir.

💎 Osiyo Xalqaro Universiteti barcha vatandoshlarimizni shu ulug‘ sana bilan muborakbod etadi! Bayrog‘imiz har doim yuksaklarda hilpirasin!

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🎉 2 yillikka bag'ishlangan ajoyib konsert! 🎤

Osiyo Xalqaro Universitetining 2 yilligiga bag‘ishlangan konsert bizning jamoamiz va talabalarimizni yanada birlashtirgan bir bayram bo‘ldi! ❤️ Talantli yoshlarimizning ijodiy chiqishlari, qizg‘in qo‘shiq va raqslari barchamizga unutilmas taassurot qoldirdi.

Bu nafaqat o‘tgan ikki yilning yuksak yutuqlari, balki yangi marralarga bo‘lgan ishtiyoqning ramzidir! 🌟

Shu bilan birga, tadbir davomida eng faol volontyorlarimizni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Marhamat, videoni tomosha qiling! 🎥


🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">| YouTube

Читать полностью…

Osiyo Xalqaro Universiteti

🔥 OXU'ning 2 yilligiga bag‘ishlangan Gala-konsert qizg‘in davom etmoqda!

🎙Atmosfera ajoyib, to‘g‘rimi?

Siz ham jarayondan bahramand bo'lishingiz uchun yorqin kadrlarni ulashdik 🙂

Читать полностью…
Subscribe to a channel